Authors

  • Aziz Ergashev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138201

Keywords:

social justice rule of law independence of judges legal mechanism professional qualifications of judges inviolability of judges.

Abstract

In this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the protection of fundamental rights and freedoms, as well as the legitimate interests of citizens enshrined in the Constitution, subject only to the Constitution and laws, regulations aimed at ensuring this principle.

background image


Oktabr, 2025-Yil

327

SUDYALAR MUSTAQILLIGINI TA’MINLASH – ODILLIK VA QONUN

USTUVORLIGINING ASOSIY MEZONI

Ergashev Aziz Adilovich

Fargʻona yuridik texnikum direktori.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17478456

Annotatsiya.

USHBU tezisda muallif tomonidan sudyalar ijtimoiy adolat, huquqiy tartib,

qonun ustuvorligini kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va
erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatni
amalga oshirishda mustaqil ekanliklari, faqat Konstitutsiya hamda qonunlarga boʻysunishi, ushbu
prinsipni taʼminlashga qaratilgan meʼyoriy hujjatlar haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy adolat, qonun ustuvorligi, sudyalarning mustaqilligi, huquqiy

mexanizm, sudyalarning kasbiy malakasi, sudyalar daxlsizligi.

Аннотация.

В данном тезисе автором высказаны мнения о том, что судьи

независимы в осуществлении деятельности, направленной на обеспечение социальной
справедливости, правопорядка, верховенства закона, защиты основных прав и свобод, а
также законных интересов граждан, закрепленных в Конституции, подчиняются только
Конституции и законам, нормативные акты, направленные на обеспечение данного
принципа.

Ключевые слова:

социальная справедливость, верховенство закона, независимость

судей, правовой механизм, профессиональная квалификация судей, неприкосновенность
судей.

Abstract.

In this thesis, the author expresses the opinion that judges are independent in

carrying out activities aimed at ensuring social justice, law and order, the rule of law, the
protection of fundamental rights and freedoms, as well as the legitimate interests of citizens
enshrined in the Constitution, subject only to the Constitution and laws, regulations aimed at
ensuring this principle.

Key concepts:

social justice, rule of law, independence of judges, legal mechanism,

professional qualifications of judges, inviolability of judges.

Mamlakatimizda sud hokimiyati ijtimoiy adolat, huquqiy tartib, qonun ustuvorligini

kafolatlash, fuqarolarning Konstitutsiyada mustahkamlangan asosiy huquq va erkinliklari hamda
qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini taʼminlashga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishdan
iboratdir. Ushbu vazifalarni sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlamasdan turib
amalga oshirishni tasavvur qilib boʻlmaydi.

Shu munosabat bilan Yurtboshimizning bir qator farmonlari, jumladan, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni

1

, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 7-

dekabrdagi PF-6127-sonli “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh

qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491.


background image


Oktabr, 2025-Yil

328

korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

farmoni

2

qabul

qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq

tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida ham ustuvor vazifalar sifatida
sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga
oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal
qilinishini taʼminlash, faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati
institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali
mexanizmlarini keng qoʻllash, faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish
va tashkil etish, bunda eʼtiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini
takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda
bartaraf etishga qaratish kabi masalalarga alohida urgʻu berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil

7-dekabrdagi

PF-6127-sonli

“Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

farmonidan ham koʻzlangan maqsad

sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha kasbiy faoliyatini har qanday koʻrinishdagi
tashqi taʼsirlardan samarali muhofaza qilishni taʼminlaydigan huquqiy mexanizmlarni yaratish;
sudyalikka kadrlarni tanlash, tayyorlash, lavozimga tayinlash, shuningdek, sudyalar faoliyatini
baholashda xolislik va shaffoflikni taʼminlash, ushbu jarayonlarga zamonaviy axborot
texnologiyalarini izchil joriy qilish; sudyalar va sud apparati xodimlari orasida korrupsiya
holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlashga qaratilgan tizimni yoʻlga qoʻyish hamda sud
tizimida aniqlangan har qanday korrupsiyaviy harakatni murosasiz holat deb baholash;
sudyalarning kasbiy malakasi, maʼnaviyati va masʼuliyatini oshirish boʻyicha kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish orqali yuksak professional sudyalar korpusini shakllantirishdan iborat
edi.

Mazkur farmon bilan sudyalar daxlsizligini taʼminlash boʻyicha sud inspeksiyasi negizida

Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasini
tuzish;

-

Ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish shuʼbasi negizida matbuot xizmati va

birinchi boʻlim, shuningdek ijro apparati negizida axborot-tahlil, murojaatlar bilan ishlash,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini taʼminlash
tuzilmalari hamda arxiv va devonxona tashkil etish;

-

Kengashga kelib tushayotgan shikoyatlarni umumlashma tahlil qilish, aniqlangan

kamchiliklarni bartaraf etish borasida sudyalar malaka hayʼatlari bilan birgalikda aniq choralar
belgilash vazifasini yuklatildi. Ushbu farmon Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda
qonunlarida belgilangan sudyalarning chinakam mustaqilligi va faqat Konstitutsiya va qonunlariga
boʻysunishi prinsipini amalda taʼminlanishiga qaratilganligini eʼtirof etish oʻrinlidir.

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam

mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi

farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.


background image


Oktabr, 2025-Yil

329

Farmonga muvofiq, sudyalarning yuridik javobgarligi masalasini hal etish paytida ularning

odil sudlov bilan bogʻliq faoliyatiga har qanday aralashuvning oldini olish maqsadida quyidagicha
tartib oʻrnatildi:

-

Birinchidan, sudyalarning daxlsizligini buzganlik va odil sudlovni amalga oshirish

borasidagi faoliyatiga aralashganlik holatlari yuzasidan Kengash raisi tomonidan kiritilgan
taqdimnoma prokuratura organlari tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqilib, jinoyat ishi
qoʻzgʻatilganligi yoki qoʻzgʻatish rad etilganiligi haqida Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi tomonidan xabar beriladi;

-

Ikkinchidan, sudyalarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga guvoh yoki gumon

qilinuvchi sifatida soʻroq qilish uchun chaqirishga tegishli malaka hayʼatlari roziligi bilan yoʻl
qoʻyiladi;

-

Uchinchidan, sud hokimiyati mustaqilligini va sudyalar daxlsizligini taʼminlash, odil

sudlovni amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan omillar va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish
holati yuzasidan Kengash raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yil yakuni
boʻyicha axborot taqdim etib boriladi.

Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi

“Sudlar toʻgʻrisida”gi

qonuni

3

ning 9-moddasida sudyalarning mustaqilligi toʻgʻrisidagi normalar ham oʻz ifodasini

topgan boʻlib, unga koʻra sudyalar mustaqilligi, faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va
qonunlariga boʻysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirishga doir faoliyatiga har qanday
tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab
boʻlishi hamda sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmasligi belgilab qoʻyilgan.

Sud mustaqilligida hal qiluvchi omil sudyaning shaxsidir. U oddiy davlat xizmatchisigina

emas, balki keng maʼnoda oʻzida mamlakatimizning sud hokimiyatini aks ettiradi. ... Eng muhimi,
sudyaning odil sudlovni adolatli va mustaqil ravishda amalga oshirayotganiga hech bir shubha
tugʻilmasligi kerak. Shu munosabat bilan “sudyalar mustaqilligi” kategoriyasining mazmuni va
kafolatlari tizimi alohida, chuqurroq tadqiq etilishi lozim.

4

Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi

qonunida Sudyalarning odil sudlovni

amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi,

muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilish yoki

gʻayriqonuniy sud hujjati chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin taʼsir
koʻrsatish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi, sudyadan koʻrilgan yoki ish
yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni talab qilish, shuningdek
qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun
ishlarni taqdim etish taqiqlanishi, ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish
yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga qanday
shaklda boʻlmasin taʼsir koʻrsatishga haqli emasligi oʻz ifodasini topgan.

Sudyalarni mustaqilligini taʼminlash sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar bilan

bir qatorda sudyalar mustaqilligini taʼminlashda toʻsiq boʻlayotgan ayrim masalalarga ham eʼtibor
qaratish lozim, - deb oʻylaymiz, хususan, sudyalarni oʻzining professional vazifalari xususan odil

3

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi

“Sudlar toʻgʻrisida”gi

qonuni. https://lex.uz/docs/5534923

4

S.Abduqaxxorov. Odil sudlov jarayonini taʼminlashda sudyalarning mustaqilligi prinsiplarining oʻrni.EURASIAN

JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
SPECIAL SERIES “OUTCOMES IN CRIMINAL-PROCEDURAL RELATIONS” UIF = 8.3 | SJIF = 5.961


background image


Oktabr, 2025-Yil

330

sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatdan tashqari boshqa turli tadbirlarga jalb qilinishini
oldini olishga erishish;

Ikkinchidan, sudyalar va sud xodimlarining ijtimoiy va moddiy taʼminotini yanada

kuchaytirish.

Sudyalar faoliyatining qonuniy muhofazasini oshirish barobarida ularning masʼuliyatini

ham kuchaytirish, qonun ustuvorligini taʼminlash va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi
faoliyati davomida turli nojoʻya harakatlardan holi inson sifatida faoliyat olib borishiga erishish
ham dolzarb masalalardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi

“Sudlar toʻgʻrisida”gi

qonuni.

https://lex.uz/docs/5534923.

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq
tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish
kafolatlarini

kuchaytirish

chora-tadbirlari

toʻgʻrisida”gi

Farmoni.

https://lex.uz/docs/3050491.

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning

chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish
samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi

farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.

5.

S.Abduqaxxorov. Odil sudlov jarayonini taʼminlashda sudyalarning mustaqilligi
prinsiplarining oʻrni. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED
SCIENCES

INTERNATIONAL

SCIENTIFIC

JOURNAL

SPECIAL

SERIES

“OUTCOMES IN CRIMINAL-PROCEDURAL RELATIONS” UIF = 8.3 | SJIF = 5.961



References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/5534923.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktyabr PF-4850-sonli “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/3050491.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-dekabrdagi PF-6127-son “Sudyalarning chinakam mustaqilligini taʼminlash hamda sud tizimida korrupsiyaning oldini olish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni. https://lex.uz/docs/5146554.

S.Abduqaxxorov. Odil sudlov jarayonini taʼminlashda sudyalarning mustaqilligi prinsiplarining oʻrni. EURASIAN JOURNAL OF LAW, FINANCE AND APPLIED SCIENCES INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL SPECIAL SERIES “OUTCOMES IN CRIMINAL-PROCEDURAL RELATIONS” UIF = 8.3 | SJIF = 5.961