607
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
SA’DIY SHARQ MA’RIFATI DURDONASI: “GULISTON” KONSEPSIYASI
Joʻrayeva Nargiza Farrux qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti
Oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17477767
Annotatsiya.
Ushbu maqolada dunyoga mashhur shoir ,psixolog Saʼdiy Sheroziyning
hayoti va uning "Guliston"asari haqida, yurtimizda tutgan oʻrni haqida hamda ,bir necha xil
tillarga tarjima qilinganligi toʻgʻrisida barcha maʼlumotlar keltirilgan.
Kalit soʻzlar:
Sadiy Sheroziy ,Abdulloh, Sheroz, Bagʻdod, Gyote, tarbiya, Guliston, odob
- axloq, pandnoma.
ШЕДЕВР ВОСТОЧНОГО ПРОСВЕЩЕНИЯ СААДИЯ: КОНЦЕПЦИЯ
«ГУЛИСТАН»
Аннотация.
В этой статье собрана вся информация о жизни всемирно известного
поэта, психолога Садия Ширази и его произведении «Гюлистан», о его роли в нашей
стране, а также о том, что оно переведено на несколько разных языков.
Ключевые слова:
Сади Ширози, Абдулла, Широз, Багдад, Гете, образование,
Гулистан, нравы – мораль, панднома.
SAADIY'S MASTERPIECE OF EASTERN ENLIGHTENMENT: THE CONCEPT OF
"GULISTAN"
Abstract.
This article contains all the information about the life of the world-famous poet,
psychologist Sa'diy Shirazy and his work "Gulistan", about his role in our country, and about the
fact that it has been translated into several different languages.
Key words
: Sadi Shirozi, Abdullah, Shiroz, Baghdad, Goethe, education, Gulistan,
manners - morals, pandnoma.
Fors-tojik adabiyotining yirik vakili Muslihiddin Sa’diy Sheroziy o‘z ijodi bilan Sharq
ma’naviyati tarixida alohida o‘rin egallagan. Uning “Guliston” asari insoniyat axloqi, ma’rifati,
ijtimoiy munosabatlar, ezgulik va odillik haqida hikmatlar bilan sug‘orilgan yuksak badiiy
durdona hisoblanadi. Asar XII–XIII asrlardagi ijtimoiy hayot, davlat boshqaruvi, adolat va inson
fazilatlari masalalarini yoritadi.
Shoirning asl ismi Mushrifiddin ibn Muslihiddin ibn Abdulloh boʻlib, Sherzoda tavallud
topgan. Shu sababli taxallusi ham “Sheroziy”dir. Uning tugʻilganligi haqidagi maʼlumotlar aniq
emas.Hammasi taxminiy lekin 108 yil umr koʻrgani haqida aniq faktlar mavjud.Otasidan erta
ajralgan Saʼdiy dastlabki taʼlimni tugʻilgan yerida oladi. Keyinchalik Bagʻdodga ketadi .U yerda
madrasada tahsil olib,oʻz ijodini davom ettiradi. Madrasada asosan diniy,tabbiy va aniq fanlarni
puxta oʻrganadi. Madrasani tamomlab, olgan bilimlarini tadqiq qilish uchun sayohatga otlanadi.
Yigirma yillik sayohati davomida Kichik Osiyo ,Misr, Xuroson, Sharqiy Turkiston, va Hindiston
kabi mamlakatlarni kezib chiqqan. Sayohat davomida qiyinchiliklarga duch kelgan, hayot
saboqlarini, ilmlarini chuqur oʻrgangan, har xil insonlar bilan muloqot qilib, ularning feʼl -
atvorini oʻrgangan.Shunday qilib, oʻz davrining buyuk donishmandi boʻlib yetishgan.
Nemis shoiri Gyote Saʼdiyni “hayot tajribasi bilan boyigan yaxshi shoir” deb taʼriflaydi.
Saʼdiy Sheroziyni nomini butun olamga mashhur qilgan asar "Guliston"dir. Ushbu asar 1258-yil
yozilgan boʻlib 8 bobdan iborat. Bular:
608
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
birinchisi—podshohlarning odati, ikkinchisi —darveshlarning axloqi,uchinchisi—
qanoatning fazilati, toʻrtinchisi —sukutning foydalari, beshinchisi —ishq va yoshlik, oltinchisi
—zaiflik va qarilik, yettinchisi — tarbiyani taʼsiri, sakkizinchisi— suhbat odobi deb nomlanadi.
Har bir sarlavlalardan maʼlumki, asar pandnoma boʻlib,oʻqigan har bir insonni
poklaydi,manaviy jihatdan kamolotga yetaklaydi hamda tarbiysi uchun ham katta xizmat qiladi.
Masalan, suhbatlashish odobini olsak.Hozirda axborot texnologiyalari rivojlangan davrda
koʻpchilik insonlarning ongi, fikrlashi, kattalarga gapirishi xuddi kompyuter sxemasiga oʻxshab
qolgan. Ularning fikrlashi juda ham tor.Agar badiiy kitob oʻqigan kishi bilan solishtirsangiz
oʻzingiz buning yaqqol isbotini koʻrishiz mumkin.
Koʻpincha jamoat oldida yoki guruhda oʻz fikrini bayon qilish uchun boshqalar
gapirayotganda ularning fikrini, nutqini boʻlmasligi, ular nutqini tugatguncha sabrli boʻlishi
kerak.
Har bir hikoyasida podshohlarga xos har-xil xarakterlar keltirib o’tilgan. Masalan:
Uchinchi hikoyasida bir ko’rksiz shahzoda haqida yozilgan. Qadim zamonda bir pakana ko’rksiz
shahzoda bo’lgan ekan. Bir kuni otasi uni mensimay tahqir nazar bilan qaradi. Shahzoda buni
payqab qolib otasiga shunday dedi. Har nimaning ham baland bulgani bilan qomati, bulavermas
ammo qiymatida. Quy kichik bulishiga qramay,halol,fil kata bo’lsada,murdordir.busuzlarni
eshitgan ota kulib uni suzi arkoni davlatga maqul keldi,birodarlari esa ulguday xafa bo’ldi.Bir
kuni podshohning yurtiga qator dushmanlar keldi.Ularning qushinlari ko’p edi uni ko’rgan
lashkarlar endi qochmoqchi pakana podshoh shunday dedi. “Hoy azamatlar ayollar kiyimini
kiymaylik desanglar, g’ayrat shijoat ko’rsatinglar” dedi. Uning bu so’zi lashkarlarga kuch
bag’ishladi va g’alaba qozondilar. Podshoh ug’lining bag’riga bosib boshu ko’zidan o’pdi.
Shundan keyin podshoh ug’liga bo’lgan ishonchi kun sayin oshib bordi va toju taxtni unga
topshirdi. Buni kurgan akalari uning ovqatiga zahat qushishdi. Buni holni shahzodani singlisi
kushkidan ko’rib daricha qatib qoldi va shahzoda daricha qatib qolganini ko’rib bu voqeaga
tushundi, Bu xabar podshohning qulog’iga yetib bordi va ug’illarini huzuriga chaqirib tanbeh
berdi, shundan keyin mamlakatning har viloyatlarini ajratib berdi. Shu hikoyani o’qib men shuni
payqadimgi hamma narsa chiroyga bog’liq mas balki insonning qalbida, balki ilmida, vbalki
kuchidadir. Ikkinchi bob-Darveshlar axloqi bayoni 33-hikoyasi bor. Bu ikinchi bobda
darveshlarning xulq atvorlari va o’g’riliklari keltirib o’tilgan. Masalan: 9-hikoyasida bir
darveshni pulga muxtojliki keltirib o’tilgan. Bir darvesh qattiq muhtojlikga tushib qoladi va
destining gilamini ug’irladi. hokim uning qulini kesishni buyirdi. Gilamning egasi darveshga
rahmi kelib: “Men uning gunohini kechirdim”, dedi. Hokim dedi: “Sen kechirganing bilan
shariat qonuni kechirmaydi!” Gilam egasi dedi: “To’g’ri aytasiz, lekin vaqf molini o’g’irlagan
odamning qo’lini kesmaydilar. Darveshlardagi hamma narsa muhtojlarning vaqfidir”. Hokim
ug’rini afv etdi va shunday dedi senga olam torlik qildimiki, borib-borib o’z yaqin do’stingning
uyiga o’g’rilikkga tushibsan? Darvesh dedi: “Ey hokim, eshitmaganmisanki”: “Dushman
eshigini qoqqandan ko’ra do’st qoqlagan yaxshi, deydilar”. Qiyin ko’nga qolgan chog’da ruhing
bo’lmasin tushkun, Dushmanlarning terisidan do’stinga bichgil po’stun. Uchinchi bob-
Qanoatning fazilati bayoni 21-hikoyasi bor. Bu uchinchi bobda shoir insonlarni boru yo’qga
qanoat qilishni o’rgatadi. Masalan: birinchi hikoyasida. Bir mag’ribiy gadoy Halabdagi bazzozlik
rastasida derdi: “Ey davlatmandlar! Basharti sizlarda insof-u, menda qanoat bo’lganda edi, olam
tilanchilik degan gap qolmasdi”. Davlatmand qilg’il, ey qanoat, meni, Chunki yuqdir sendan
yaxshiroq ne’mat. Luqmonning murodi-sabr burchagi, Sabrsiz Kishida bo’lmaydi hikmat.
To’rtinchi bob-Sukut saqlashning foydali bayoni 11-hikoyasi bor. To’rtinchi bobda shoir shuni
609
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
hikoyalarida bayon etadiki gapirishdan oldin uni uylab ko’rib gapirish kerak. Sizning yaxshi
gapiz ham yomon gapiz ham dushmanga foyda bo’ladi. Birinchi hikoyasi. Do’stlarimdan biriga
dedim: “Gapirgishdan o’zimni tiyishimni sababi shuki, ko’pincha gapning, yaxshi va yomon
tomonlari bo’ladi, dushmanning ko’zi esa, yomondan boshqa narsaga tushmaydi”. Do’stim dedi:
“Yaxshini payqamagan dushman-durust”. Beshinchi bob-Ishq va yoshlik bayoni 11-hikoyasi bor.
Bu bobda shoir ishq va yoshlik bayonida juda qiziqarli hikoyalar yozgan. Masalan: 9-hikoyasida.
Bir kishining guzal yosh xotini o’ldi, munkilab qolgan qaynonasi mahr yuzasidan uning uyida
yashab qoldi. U odam qaynonasining vaysashidan juda bezor bo’lgan edi. Lekin mahrni topib
berishga quli kaltalik qilardi shu sababli qaynonasi bilan yashahsga majbur edi. Bir kun bir necha
oshna-og’aynilari uni ko’rgani keldilar. Ulardan biri dedi: “Aziz yoringning firoqida nechuk
kechyapti?” U kishi javobida dedi: “Qaynonamning basharasini ko’rish mening uchun
xotinimning diydorini ko’rmaslikdan ko’ra og’riqrroqdir”
Yettinchi bob-Tarbiyaning ta’siri bayoni 17-hikoyasi bor. Bu yettinchi bobda shoir tarbiya
haqida juda qiziqrli hikoyalarni aytib o’tadi. Bir vazirning takasaltang o’g’li bore di. Vazir
o’g’lini bir donishmand huzuriga eltib. Shuni tarbiya qil, shoyad aqli kirib, odam bo’lsa”, dedi.
Donishmand vazirzodani uzoq mudat tarbiya qildi, foydasi bo’lmadi. Bolaning otasiga biro dam
orqali: “O’g’ling odam bo’lmadi, meni ham aqldan ozdirdi”, deb xabar beradi. Sakkizinchi bob-
Suhbat qoidalari bayoni Umr mol-mulk to’plash uchun emas, balki, mol-mulk osuda hayot
kechirish uchundir! Bir oqildan so’radilar: “Kim baxtiyoru kim baxtsiz?” Oqil dedi:
“Baxtiyoryeb-ichadi, ekadi; baxtsiz-yig’ib-yig’ib o’lib keladi”. Xulosa Sa’diy o’z zamonining
yetuk pedagogi, dono, insondo’st, murrabbiy shoiri, chuqur psixolog olimi bo’lgan. Bu ulug’
donishmandning keng va rango-rang ijodida biz yorqin misralar bilan bir qatorda u yashagan
davrning qora tamg’asi tushgan dog’larni ham ko’ramiz.Sa’diy Sheroziy “Guliston”asarini
milodiy 1258-yilda yozgan.Sa’diy Sheroziynin “Guliston”asari 8 bobdan iborat.Shoir bu asarini
o’z hayotida ko’rgan, bilgan voqelarini bayon etib, ulardan axloqiy xulosalar chiqaradi.Undagi
qisqa-qisqa hikoyalarda dunyo-dunyo ma’no bo’lgani uchun ham bu kitob jahon adabiyotining
oltin fondiga kirgan.Bu asarning har bir bobini o’qigan inson o’ziga olam-olam ma’lumot oladi.
Sa’diy Sheroziy “Guliston” asari inson qalbiga ezgulik urug‘ini sepuvchi ma’rifat
xazinasi sanaladi. Uning hikoyatlarida millatidan qat’i nazar, har bir inson uchun zarur bo‘lgan
hayotiy hikmatlar mujassam. Shu bois asar asrlar davomida o‘z qimmatini yo‘qotmagan va
dunyo adabiy merosining oltin fondidan munosib o‘rin egallagan.
REFERENCES
1.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA
TARBIYACHI
NUTQI
NAMUNA-O’RNAK
VOSITASI SIFATIDA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1288-1292.
2.
Baxshilloyevna, S. M. (2022). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR MA’NAVIY
DUNYOSINI BOYITISHDA “ALPOMISH” DOSTONING O’RNI.
BOSHQARUV VA
ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI
,
2
(2), 146-152.
3.
Sharipova, M. B. (2021). Laylo Mirzo Qizi Muslimova XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
, (7).
4.
Sharipova, M. B., & Muslimova, L. M. Q. (2021). XALQ DOSTONLARINI
O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH”
DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1130-1134.
610
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 10
5.
Sharipova,
M.
B.
(2021).
Xursand
Nuriddinovna
Mirzayeva
XALQIMIZ
MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
, (7).
6.
Baxshilloyevna, S. M. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING NUTQ
O ‘STIRISHNING ILMIY-NAZARIY AHAMIYATI.
PEDAGOGS jurnali
,
1
(1), 168-
168.
7.
Baxshulloyevna, S. M. (2022). «ALPOMISH» DOSTONI-VATANPARVARLIK
FAZILATLARIDAN SABOQ BERUVCHI MAʼNAVIY DURDONA.
Scientific
Impulse
,
1
(4), 1426-1430.
8.
Sharipova,
M.
B.,
&
Ravshanova,
G.
F.
Q.
(2021).
QAHRAMONLIK
DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR.
Scientific
progress
,
2
(7), 1139-1144.
9.
Шарипова, М. Б., & Саьдуллаева, М. Б. К. (2020). РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ
СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ.
Проблемы
педагогики
, (6 (51)), 58-60.
10.
Sharipova, M. (2020). O'quvchi yoshlar tarbiyasida o'lmas an'ana va marosimlarning
ahamiyati.
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
11.
Sharipova, M. B., & Nozirova, M. J. Q. (2021). O’ZBEK XALQ DOSTONLARINI
O’QITISHDA KOMPYUTER IMKONIYATLARI.
Scientific progress
,
2
(7), 1102-1108.
12.
Sharipova, M. B., & Farmonova, G. S. Q. (2021). NIKOHDAN SO’NG ADO
ETILADIGAN
URF-ODATLAR
TASVIRI
(“ALPOMISH”
DOSTONI
MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1125-1129.
13.
Sharipova, M. B. (2021). XALQ DOSTONLARIDA SOVCHILIK MAROSIMI BADIIY
IFODASI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA).
Scientific progress
,
2
(7), 1120-1124.
14.
Sharipova, M. B., & Mirzayeva, X. N. (2021). XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI.
Scientific progress
,
2
(7), 1135-1138.
15.
Шарипова, М. Б., & Неьматова, Ш. Н. (2020). Формирование эстетической культуры
воспитанников
дошкольных
образовательных
учреждений.
Вестник
магистратуры
, (3-3 (102)), 113-114.
16.
Sharipova, M. (2020). Qahramonlik eposi-milliy madaniyatimizning nodir xazinasi ("
Alpomish" dostoni misolida).
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
17.
MA’NAVIY, Y. A. R. V., & O’RNI, D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU.
Maktabgacha ta’lim
.
18.
Sharipova, M. B., & Shokirova, N. Z. Q. (2021). «ALPOMISH» DOSTONI–BADIIY
BARKAMOL ASAR.
Scientific progress
,
2
(7), 1145-1148.
19.
Sharipova, M. (2020). ХУДОЖЕСТВЕННАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ОБРЯДОВ В
ЭПОСЕ «АЛПОМИШ».
ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz)
,
1
(1).
20.
Шарипова,
М.
Б.,
&
Хусаинова,
З.
Х.
ВЕСТНИК
НАУКИ
И
ОБРАЗОВАНИЯ.
ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп
, 106-
108.
