Authors

  • Durdona Choriyeva
  • Yulduz Usmonaliyeva
  • Shahzodaxon Sharofiddinova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.138400

Keywords:

pedagogical conflict national mentality educational process conflictology unity pedagogical culture moral values.

Abstract

This article analyzes the role of national mentality in resolving pedagogical conflicts that arise in the educational process. The essence of pedagogical conflictology, the causes of conflicts, their impact on interpersonal relationships, and methods of resolving disagreements between teachers, students, and parents are discussed.

background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

303

PEDAGOGIK KONFLIKTNI HAL ETISHDA MILLIY MENTALITETNING ROLI

Choriyeva Durdona Anvarovna

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

‘‘Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim’’ fakulteti

Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti, Phd.

Choriyevadurdona76@gmail.som

Usmonaliyeva Yulduz Baxrom qizi

Sharofiddinova Shahzodaxon Doniyorbek qizi

Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti

Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-kurs magistrantlari.

https://doi.org/10.5281/zenodo.17497112

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida yuzaga keladigan pedagogik ziddiyatlar

va ularni hal etishda milliy mentalitetning o‘rni tahlil qilingan. Pedagogik konfliktologiya
fanining mazmuni, konfliktlarning kelib chiqish sabablari, ularning shaxslararo munosabatlarga
ta’siri hamda o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-ona o‘rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etish usullari
yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik konflikt, milliy mentalitet, ta’lim jarayoni, konfliktologiya,

hamjihatlik, pedagogik madaniyat, axloqiy qadriyatlar.

Аннотация.

В данной статье проанализирована роль национального менталитета

в процессе разрешения педагогических конфликтов, возникающих в образовательной среде.

Раскрыта сущность педагогической конфликтологии, причины возникновения

конфликтов, их влияние на межличностные отношения, а также способы урегулирования
противоречий между учителем, учеником и родителями.

Ключевые слова:

педагогический конфликт, национальный менталитет,

образовательный процесс, конфликтология, сплочённость, педагогическая культура,
нравственные ценности.

Abstract.

This article analyzes the role of national mentality in resolving pedagogical

conflicts that arise in the educational process. The essence of pedagogical conflictology, the
causes of conflicts, their impact on interpersonal relationships, and methods of resolving
disagreements between teachers, students, and parents are discussed.

Keywords:

pedagogical conflict, national mentality, educational process, conflictology,

unity, pedagogical culture, moral values.


Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan ziddiyatlar – bu tabiiy va muqarrar hodisa bo‘lib, ular

shaxslararo munosabatlarning ajralmas qismidir. Pedagogik konfliktologiya fanida bunday
ziddiyatlar o‘qituvchi va o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-ona, hamkasblar yoki ta’lim muassasasi
rahbariyati o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin.

Konfliktning mazmuni, uning sabablari va hal etish usullari ko‘p jihatdan jamiyatning

milliy mentaliteti, ya’ni madaniy qadriyatlar, an’analar, ijtimoiy norma va axloqiy qarashlarga
bog‘liqdir. Zamonaviy konfliktologiya yondashuvlari milliy madaniyat va qadriyatlar konfliktni
idrok etish hamda hal etish uslublariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatadi.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

304

Shu bois pedagogik jarayonda milliy mentalitetning o‘rni – konfliktni konstruktiv yo‘l

bilan hal etishda muhim omil sifatida qaraladi.

Pedagogik konflikt - ta’lim tiziinida pedagogik konfliktlaming vujudga kelish sabablari va

tabiatini o‘rganadigan, ulami bartaraf etish usullari va amaliy tavsiyalami ishlab chiqadigan
nazariy-amaiiy yo‘nalish hisoblanadi.

Pedagogik konflikt ijtimoiy hayotdagi ko‘p uchraydigan holat bo‘lib, tabiiyki jamiyatmng

kuchli ijtimoiy munosabatlari to‘plangan bo‘laklari asosan maktabda, oliy va o‘rta maxsus
ta’limda ko'zga tashlanadi. Ta’limda o‘z «Men»ini qattiq hnrmat qilishga odatlangan o‘quvchi
yoki talabalar orasida konfliktli munosabatlaming bo‘lishi tabiiy hodisa.

Lekin amaliy ko'mkmalarga, kuchli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan pedagog yoki rahbarlar

ham konfliktli munosabatlami vujudga kelishiga sharoit yaratib berishi mumkin.

Milliy mentalitet esa — xalqning tarixiy tajribasidan, diniy, axloqiy va ma’naviy

qadriyatlaridan shakllanadigan dunyoqarash tizimidir. O‘zbek xalq mentalitetida hurmat, kattaga
itoat, hamjihatlik, sabr, kechirimlilik, ijobiy muloqot kabi qadriyatlar markaziy o‘rinni egallaydi .

Shu sababli o‘qituvchi yoki tarbiyachi konflikt vaziyatida “keskin qarama-qarshilik” emas,

balki “tinch yo‘l bilan kelishish” uslubini tanlashga moyildir.

O‘zbekistondagi tashkilotlarda konfliktni boshqarishda “moslashuv” va “chetlashish”

strategiyalarining ustunligi aniqlangan. Bu usullar O‘zbek jamiyatining guruhiylik, mo‘tadillik va
obro‘ni saqlash kabi qadriyatlari bilan bog‘liqdir. Pedagogik muhitda ham shunga o‘xshash
yondashuvlar kuzatiladi:

O‘qituvchi–o‘quvchi konfliktida o‘qituvchi keskin bahsni chetlab o‘tishga, vaziyatni

yumshatishga intiladi.

Ota-ona–tarbiyachi o‘rtasidagi ziddiyatlarda esa murosaga kelish biroz qiyin, bunda

maslahatlashish orqali muammoga yechim toppish mumkin.

O‘zbek xalq pedagogikasida “hamjihatlikda baraka bor” degan qadriyat keng tarqalgan. Bu

qadriyat ta’lim jarayonida ham aks etib, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida ijobiy muhit yaratadi.

O‘zbekistondagi pedagogik madaniyat “axloqiy burch” va “kasbiy mas’uliyat”

tushunchalariga tayanadi. Shunday ekan, konfliktni hal etishda o‘qituvchi ko‘pincha “arbitrajchi”
ya’ni hakam rolini bajaradi.

Yana bir muhim jihat — ota-onalarning tarbiyaviy qadriyatlari. O‘zbek oilalarida farzand

tarbiyasida mehr, itoat, odobga urg‘u beriladi, bu esa bola va tarbiyachi o‘rtasidagi
munosabatlarda konflikt ehtimolini kamayatiradi. Shu bilan birga, haddan ortiq itoat yoki
“avtoritar hurmat” modeli konfliktni yashirin shaklda keltirib chiqarishi mumkin.

Pedagogik konfliktni hal etishda milliy mentalitetning ta’siri ikki yo‘nalishda namoyon

bo‘ladi:

1. Ijobiy ta’sir: mentalitetdagi sabr, hurmat, murosa, hamjihatlik qadriyatlari konfliktning

ijobiy yechimini ta’minlaydi.

2. Salbiy ta’sir: haddan ortiq “avtoritetga bo‘ysunish” yoki “ochiq muloqotdan qochish”

holatlari konfliktni kechiktiradi yoki yashirin shaklga o‘tishiga sabab bo‘ladi. Shu bois,
zamonaviy pedagogik konfliktologiya yondashuvi milliy qadriyatlarni saqlagan holda, ularni
interfaol muloqot, mediatsiya va restorativ amaliyotlar bilan uyg‘unlashtirishni taklif etadi.


background image

2025

OKTABR

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 10

305

Xulosa qilib aytganda, pedagogik konfliktni hal etishda milliy mentalitetning o‘rni

beqiyosdir. O‘zbek xalqining ma’naviy-axloqiy qadriyatlari, hurmat va sabrga asoslangan muloqot
an’analari o‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatishda muhim resurs
bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga, ta’lim tizimida ochiq muloqot madaniyatini shakllantirish,
konfliktologik kompetensiyani rivojlantirish orqali milliy mentalitetning konstruktiv salohiyatini
to‘liq namoyon etish mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Axmedova M.T. Pedagogik Konfliktologiya. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2020. – 305 b.

2.

Bozorova M. K. Life Features of Uzbek Folk Pedagogy // International Journal on integrated
Education. – 2021. – 29-30 B.

3.

Ernazarova Z. Pedagogical Cultural Directions in Uzbekistan and Great Britain //
“PEDAGOGS” international research journal. – 2024. – 82-85 B.

4.

Abmurodov A., Turobova N. The Role of Parents in Uzbek Culture // MODERN
EDUCATIN AND DEVELOPMENT. – 2024. - №14. – 27-33 B.

References

Axmedova M.T. Pedagogik Konfliktologiya. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2020. – 305 b.

Bozorova M. K. Life Features of Uzbek Folk Pedagogy // International Journal on integrated Education. – 2021. – 29-30 B.

Ernazarova Z. Pedagogical Cultural Directions in Uzbekistan and Great Britain // “PEDAGOGS” international research journal. – 2024. – 82-85 B.

Abmurodov A., Turobova N. The Role of Parents in Uzbek Culture // MODERN EDUCATIN AND DEVELOPMENT. – 2024. - №14. – 27-33 B.