Noyabr, 2025-Yil
19
GURUH ISHIDA EKZISTENSIAL-GUMANISTIK YONDASHUVLAR VA
TRENINGLARDA MA’NAVIY MAS’ULIYAT
Turemuratova Aziza Begibaevna
Qoraqalpoq davlat universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi assistenti:
azizaturemuratova85@gmail.com
Nurjanova Maxfuza
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi
Shodiyorova Fazilat
Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.17526028
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqotda ta’limda zamonaviy yondashuvlarga asoslangan holda
ekzistensial-gumanistik ta’limga oid tadqiqotlar va psixologik treninglarda guruhlardan iborat
jamoaning ma’naviy yetukligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirib o’tiladi. Shuningdek,
talabalar guruhiga treninglarni tashkil qilish orqali zamonaviy pedagogik metodlarni tashkil
qilishning ahamiyati va bosqichlari haqida ma’lumotlar beriladi.
Kalit so’zlar:
Ta’lim, pedagogik tadqiqotlar, psixologik yondashuvlar, ta’lim metodlari,
kolloborativ ta’lim, psixologik trening, ma’naviyat.
Kirish
Har qanday jamiyatning kelajagi, taraqqiyot yo‘nalishi va ijtimoiy barqarorligi avvalo
uning yoshlari bilan belgilanadi. Yosh avlodning ongli, vatanparvar, axloqan barkamol va ijtimoiy
mas’uliyatga ega bo‘lib shakllanishi esa, o‘z navbatida, jamiyatning ma’naviy-siyosiy muhitiga,
milliy g‘oyaviy asoslariga va mavjud tarbiyaviy tizimning puxtaligi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Zero, yuksak ma’naviyat egasi bo‘lgan jamiyat hech qachon tanazzulga uchramaydi. Zamonaviy
ijtimoiy-ma’naviy muhitda yoshlar nafaqat axborot oqimi, balki turli yot g‘oyalar, madaniy bosim
va iste’molchi dunyoqarashdan ham ta’sirlanmoqda. Ana shunday sharoitda ularni ijtimoiy
inqirozlarga qarshi tura oladigan, mustaqil fikrlovchi, o‘z madaniy ildizlariga tayanadigan
barkamol shaxs sifatida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, milliy g‘oya bilan uzviy
aloqador bo‘lgan tarbiya falsafasini ilgari surishni taqozo etadi. Milliy g‘oya — bu xalqning
tarixiy xotirasi, ma’naviy dunyosi, orzu-intilishlari va hayotiy ideallarining jamlanmasidir. U
shaxsning o‘zlikni anglashidan tortib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishigacha bo‘lgan jarayonni
boshqaradigan ichki g‘oyaviy kuchdir. Ayniqsa, yosh avlod ongida bu g‘oya shunchaki tushuncha
emas, balki ruhiy-mafkuraviy immunitet, ijtimoiy mas’uliyat, estetik idrok, axloqiy mezon sifatida
faol ishlaydi. Shuning uchun ham, milliy g‘oyaning falsafiy mohiyatini anglamasdan, yoshlarni
komil inson sifatida tarbiyalash to‘liq bo‘lishi mumkin emas. Yoshlarning zamonaviy tafakkurini
shakllantirishda milliy g‘oyaning roli — bu ularning qadriyatlar asosida fikrlashi, qaror qabul
qilishda axloqiy mezonlarga tayanishi, o‘zligini anglashi va shaxsiy rivojlanishida mas’uliyatli
yondashuv egallashi bilan namoyon bo‘ladi. Bunday yondashuv esa milliy g‘oyaning faqat nazariy
emas, balki amaliy tarbiyaviy kuchga aylanishini ta’minlaydi. Zamonaviy jamiyatda inson
shaxsining rivojlanishi, uning ma’naviy barkamollikka intilishi va ijtimoiy faolligini ta’minlash
masalalari psixologiya va pedagogika fanlarining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof
etilmoqda. Shaxsni chuqur o‘rganish, uning ichki dunyosini anglash va hayotdagi ma’nosini
Noyabr, 2025-Yil
20
topish g‘oyalari ayniqsa ekzistensial va gumanistik yondashuvlarda o‘z ifodasini topadi. Mazkur
yo‘nalishlar insonning o‘zligini anglash, mas’uliyatni his qilish, maqsad sari harakat qilish hamda
boshqalar bilan samimiy muloqotda bo‘lishini asosiy qadriyat sifatida ko‘rsatadi. Bugungi kunda
psixologik treninglar, guruhiy mashg‘ulotlar va shaxsiy rivojlanish dasturlari insonning o‘z
hayotidagi ma’noni anglashiga, ma’naviy mas’uliyatini his etishiga, ijtimoiy va ruhiy
barqarorlikni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu bois, ekzistensial-gumanistik yondashuvlar
nafaqat individual terapiyada, balki guruh ishlarida ham muhim metodologik asos bo‘lib xizmat
qilmoqda. Ushbu maqolada guruh ishida ekzistensial-gumanistik yondashuvlarning nazariy
asoslari, ularning treninglarda ma’naviy mas’uliyatni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil
qilinadi. Guruh ishlari — bu bir necha shaxsning maqsadli faoliyat doirasida o‘zaro muloqotga
kirishish, tajriba almashish va o‘zini anglash jarayonidir. Guruhiy mashg‘ulotlar psixologiyada
trening, muhokama, psixodrama, konsalting shaklida amalga oshiriladi. Guruhda inson boshqalar
orqali o‘zini ko‘radi, o‘z his-tuyg‘ularini anglaydi va shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Ekzistensial-gumanistik yondashuvda guruh — bu insonning o‘zini erkin ifoda
etish, hayotiy tajribasini baham ko‘rish, ichki muammolarni anglash va ularni hal qilish
imkoniyatidir. Guruh jarayonida inson o‘z “Men”ini chuqurroq tushunadi, boshqalarning
tajribasiga empatik munosabatda bo‘lishni o‘rganadi va shu orqali ma’naviy mas’uliyat hissi
kuchayadi. Pedagogik jihatdan esa guruh ishlari shaxsning ijtimoiylashuvini, jamoaviy qaror qabul
qilish, hamkorlik, murosa va bag‘rikenglik ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.
Guruh treninglarida o‘qituvchi yoki fasilitator nazoratchi emas, balki yo‘l ko‘rsatuvchi, yordamchi
rolida bo‘ladi. Bu esa shaxsiy o‘sish uchun qulay psixologik muhit yaratadi. Ma’naviy mas’uliyat
— bu insonning o‘z e’tiqodi, qadriyati va vijdoni asosida to‘g‘ri qaror qabul qilish, o‘z xatti-
harakatlari uchun javobgarlikni his etish qobiliyatidir. Bu tushuncha nafaqat diniy yoki axloqiy,
balki psixologik kategoriya sifatida ham muhimdir. Ekzistensial yondashuvda ma’naviy
mas’uliyat inson erkinligining tabiiy oqibati sifatida talqin qilinadi. Franklga ko‘ra, inson erkindir,
ammo bu erkinlik cheklanmagan emas — u mas’uliyat bilan birga keladi. Inson o‘z hayotining
ma’nosini topish uchun tanlov qiladi va bu tanlov uchun javob beradi. Ekzistensial-gumanistik
yondashuv insonning hayotdagi o‘rnini, maqsadini va mas’uliyatini anglashga yo‘naltirilgan
zamonaviy psixologik konsepsiyadir. Guruh ishlarida bu yondashuvlar shaxsiy o‘sish, ichki
uyg‘unlik va ma’naviy yetuklikni shakllantirishga xizmat qiladi. Treninglarda inson o‘z hayotiga
nisbatan mas’uliyatni his etadi, boshqalarni tushunishga o‘rganadi va jamiyatda faol, ongli shaxs
sifatida shakllanadi. Demak, ekzistensial-gumanistik yondashuvlar asosida tashkil etilgan guruh
treninglari — bu insonning o‘zini anglash, ma’naviy mas’uliyatni rivojlantirish va ijtimoiy
hayotda muvozanatni saqlashning eng samarali yo‘llaridan biridir. Ta’limda ko‘p vektorli
yondashuvlarga asoslangan yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish
maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlikda
ishlash ko‘nikmalarini oshirish, psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali
ta’lim samaradorligini yanada oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruhlar va jamoaviy
ta'limning eng samarali usulini ko'rib chiqdik. Bu o‘quvchilarning egallagan bilimlarini eslab
qolish qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, mulohaza yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi,
degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida biz talabalar bilan psixologik trening orqali
suhbatlar o‘tkazdik va talabalarning fikrlarini tingladik. Psixologik tadqiqotlarda ta'limda ko'p
Noyabr, 2025-Yil
21
vektorli psixologik treninglar faol va hamkorlikda o'rganish bo'yicha tadqiqotlarning qisqacha
nazariy sharhini taqdim etadi. Ushbu o'quv shakllarining ta'riflari berilgan. Faol va hamkorlikda
o'qitish shakllarining asosiy xususiyatlari sanab o'tilgan. Hamkorlik bilan o'qitishda qo'llaniladigan
o'quv faoliyati turlari sanab o'tilgan: munozara, tengdoshlar bilan o'rganish, muammolarni hal
qilish, birgalikda yozish, o'yinlar. Birgalikda o'qitish samaradorligining mumkin bo'lgan sabablari
ko'rsatilgan: ijtimoiy-psixologik omillar va kognitiv ishtirokning yuqori darajasini ta'minlash
qobiliyatini oshiradi. Ushbu tadqiqotlarga asoslangan holda talabalarning kolloborativ
ko’nikmalarini oshirish bo’yicha zamonaviy pedagogik metodlarga asoslangan tadqiqotlarni
amalda qo’llash va psixologik treninglarni tashkillashtirish bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Psixologik trening mashg'ulotlarida ishlatiladigan turli xil psixologik mashqlar, o’qituvchilarning
o’qitish texnikalar va pedagogik metodlarni tashkil qilishda psixologlar texnikalarning xilma-
xilligiga qaramay, bir nechta asosiy psixologik trening usullarida uslubiy muammolarni ajratib
ko'rsatish mumkin. Ularning ko’pchiligi kolloborativ ta’lim (ya’ni talabalar guruh bo’lib
kolloborativ ta’lim jarayonida) an'anaviy ravishda guruhli bahs va vaziyatli rolli muzokaralarni
o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar – psixologik treningning uslubiy muammolarini
bartaraf etuvchi nazariyotchilari va psixolog amaliyotchilari, shaxslararo sezgirlikni o'rgatish
orqali o'zini psixofiziologik boshqarishga asoslangan metodlar, shu jumladan jamaoviy holda
kolloborativ ta’limda talabalarning idrok etishga qaratilgan sezgirlikni oshirish kabi
mashg’ulotlarni treningning asosiy usullari qatoriga qo'shishni taklif qilishadi. Shuningdek,
psixologik trening ishlarida meditative metodlar va ogohlantiruvchi (o'z-o'zini gipnoz qilishni
o'rgatish uchun) metodlardan foydalanish pedagog-psixologlarga tavsiya etiladi. Psixologik
treninglarni tashkil etish asosan tayyorgarlikda guruhdagi munozara - bu har qanday munozarali
masalani birgalikda (kolloborativ) muhokama qilish, bu to'g'ridan-to'g'ri muloqot jarayonida guruh
a'zolarining fikrlari, pozitsiyalari va munosabatlarini aniqlashtirishga (ehtimol o'zgarishga,
muloxaza qilish, erkin fikrlarni yuritish) imkon beradi. Ta’lim tizimida kolloborativ ko’nikmalarni
oshiruvchi psixologik treningdan foydalanish talabalarning dunyoqarashini shakllantirishga
yordam beradi degan fikrlarni ilgari suramiz. Ta’limda ko‘p vektorli yondashuvlarga asoslangan
yangi tizim yaratishda hamkorlikda o‘qitish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq, deb
hisoblaymiz. O‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish, hamkorlik ko‘nikmalarini oshirish,
psixologik treninglar orqali bilimlarini mustahkamlash orqali ta’lim samaradorligini yanada
oshiramiz. Ushbu tadqiqot orqali biz guruh va jamoaviy ta'limning eng samarali usulini ko'rib
chiqdik. Bu o‘quvchilarning olgan bilimlarini eslab qolish qobiliyatini oshiradi, erkin fikrlash, fikr
yuritish, qaror qabul qilishga yordam beradi, degan fikrni ilgari surdik. Ushbu o‘rganish davomida
talabalar bilan psixologik treninglar orqali suhbatlar o‘tkazdik va ularning fikrlarini tingladik.
Unga asosan oliy ta’limda ko’p vektorlarga asoslangan holda psixologik treninglar va pedagogik
metodlar orqali talabalarning kolloborativ ko’nikmalarini oshirish bo’yicha zamonaviy metodlarni
qo’llash bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Xulosa
Zamonaviy ta’lim institutlarini yaratish bosqichlari orqali ta’limning innovatsion g’oyalar,
zamonaviy psixologik treninglar orqali uyg’unlashishi orqali samarali ta’lim dasturiga
erishishimiz mumkin. Talabalarning kolloborativ ko’nikmalarini oshirish orqali, dunyoqarashini
shakllantirish, ma’naviyatli-ma’rifatli yosh avlod sifatida tarbiyalashimiz, mustaqil fikr bildirish
Noyabr, 2025-Yil
22
qobiliyatlarini oshirishimiz, erkin qaror qabul qilish ko’nikmalarini oshirishimiz va komil insonlar
qilib
tarbiyalashimizga sharoitlar
yaratadi desak
yanglishmaymiz. Treningda
guruh
muhokamasidan ishtirokchilarga psixologik treninglarda kelib chiqqan muammoni har xil nuqtai
nazardan qarash imkoniyatini berish uchun ham foydalanishi mumkin (bu o'zaro rahbarlik va
guruhning boshqa a'zolaridan yangi ma'lumotni qabul qilishga qarshilikni kamaytiradigan o'zaro
pozitsiyalarni aniqlaydi) va individual tahlil orqali guruhni aks ettirishning psixologik uslubiy
mummoni bartaraf etish usuli sifatida amalga oshiriladi. Natijada ushbu tajriba guruhning birligini
kuchaytiradi va shu bilan birga ishtirokchilarni o'zining olamini namoyon qilishga yordam beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
Turemuratova A., Kurbanova R., Saidboyeva B. EDUCATIONAL TRADITIONS IN
SHAPING THE WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN FOLK PEDAGOGY //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 10. – С. 318-322.
2.
Jarilkapovich M. A. Program Technology for Choosing an Effective Educational
Methodology Based on Modern Pedagogical Research in The Educational System
//CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS. – 2025. – Т. 6. – №. 02. – С.
30-33.
3.
Jarilkapovich M. A. USE OF PEDAGOGICAL METHODS BASED ON THE MODERN
EDUCATIONAL
PROGRAM
TO
INCREASE
THE
EFFECTIVENESS
OF
EDUCATION //European International Journal of Pedagogics. – 2024. – Т. 4. – №. 06. –
С. 26-33.
4.
Jarilkapovich M. A. The Role of Modern Education and The Teacher's Pedagogical Skills
in The Application of Pedagogical Teaching Methods //International Journal of
Pedagogics. – 2025. – Т. 5. – №. 04. – С. 266-268.
5.
Turemuratova A. B. TA’LIMDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA
O’QUVCHIYOSHLARNING
KOLLOBORATIV
KO’NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI //Inter education & global study. – 2025. – Т. 3. –
№. 4. – С. 242-250.
6.
Kurbanova, R. J., and B. E. Saidboeva. "MAKTAB VA OILADA ESTETIK TARBIYANI
SHAKLLANTIRISH
JARAYONIDA
O'QUVCHILARNING
AKSIOLOGIK
DUNYOQARASHINI RIVOJLANTIRISH." Inter education & global study 9 (2024):
114-121.
7.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kujamuratova Gulnaz Jumabayevna, and Iskendarova
Shayra
Sabirovna.
"PEDAGOGICAL
MECHANISMS
OF
DEVELOPING
COLLABORATIVE SKILLS OF STUDENTS BASED ON A MULTI-VECTOR
APPROACH." International Journal of Pedagogics 4.09 (2024): 55-62.
8.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "APPLYING METHODS THAT IMPROVE
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL APPROACHES." European International Journal of Pedagogics 4.11
(2024): 178-182.
9.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, and Asamatdinova Bazargul Bakhadirovna.
"PEDAGOGICAL
FOUNDATIONS
OF
DEVELOPING
Noyabr, 2025-Yil
23
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
A
MULTI-VECTOR
APPROACH." European International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 183-187.
10.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "THE ROLE OF PEDAGOGICAL METHODS
BASED ON MULTI-VECTOR APPROACHES IN MODERN EDUCATION IN
IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS." CURRENT RESEARCH
JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.11 (2024): 98-102.
11.
Begibaevna, Turemuratova Aziza. "EFFECTIVE EDUCATIONAL INDICATORS OF
MULTI-VECTOR APPROACHES IN FORMING COLLABORATIVE SKILLS OF
STUDENTS
BASED
ON
PEDAGOGICAL
METHODS
OF
INNOVATIVE
EDUCATION." International Journal of Pedagogics 4.11 (2024): 153-157.
12.
Begibaevna,
Turemuratova
Aziza,
and
Ayimbaeva
Aynura
Rustamovna.
"PEDAGOGICAL ANALYSIS AND ESSENCE OF MULTI-VECTOR APPROACHES
IN IMPROVING STUDENTS'COLLABORATIVE SKILLS BASED ON THE
EDUCATIONAL PROGRAM." CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS
5.11 (2024): 88-92.
13.
Turemuratova, Aziza. "TRADITIONS OF FORMING THE SPIRITUAL AND MORAL
WORLDVIEW OF YOUNG PEOPLE IN PEDAGOGY." Евразийский журнал
академических исследований 3.7 (2023): 225-229.
14.
Begibaevna, Turemuratova Aziza, Kushbaeva Indira Tursinbaevna, and Dawletmuratova
Raxila
Genjemuratovna.
"THE
MAIN
ESSENCE
OF
DEVELOPING
STUDENTS'COLLABORATIVE
SKILLS
BASED
ON
MULTI-VECTOR
PEDAGOGICAL
APPROACHES
IN
MODERN
EDUCATION."
CURRENT
RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS 5.09 (2024): 43-46.
15.
Turemuratova, Aziza, and Marhabo Kenjayeva. "KO’P VEKTORLI YONDASHUVLAR
ASOSIDA
TALABALARNING
KOLLOBORATIV
KO’NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK TRENING USLUBI." Modern Science and
Research 4.4 (2025): 252-261.
