THE ADVANTAGE OF THE FORMATION OF JUMPING IN THE ORDER CORRESPONDING TO THE TECHNICAL TECHNIQUES (FOR EXAMPLE, VOLLEYBALL)

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Kdirova, M. (2023). THE ADVANTAGE OF THE FORMATION OF JUMPING IN THE ORDER CORRESPONDING TO THE TECHNICAL TECHNIQUES (FOR EXAMPLE, VOLLEYBALL). Modern Science and Research, 2(4), 21–27. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18815
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article discusses the issues of the need for the development of jumping performance in volleyball players within the framework of the correspondence of its structure to the coordinate content of the game skills performed in the jump. Methodological approaches to improving this ability using conjugate-situational game exercises are determined.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

21

SAKROVCHANLIK QOBILIYATINI TEXNIK USULLARGA MOS TARTIBDA

SHAKLLANTIRISH AFZALLIGI

(VOLEYBOL MISOLIDA)

Kdirova M.A.

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

O`zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7797467

Annotatsiya. Maqolada voleybolchilarga xos sakrash qobiliyatini sakrab ijro etiladigan

o‘yin usullariga mos tartibda shakllantirish zarurligi haqida fikr yuritilgan. Ushbu qobiliyatni
qo‘shma-vaziyatli o‘yin mashqlari yordamida takomillashtirishga qaratilgan uslubiy
yondoshuvlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: sakrash, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligi, sakrash qobiliyati, texnik-

taktik usullar, portlovchi kuch, sakrash fazalari.

ПРЕИМУЩЕСТВО ФОРМИРОВАНИЯ ПРЫГУЧЕСТИ В ПОРЯДКЕ,

СООТВЕТСТВУЮЩЕМ ТЕХНИЧЕСКИМ ПРИЕМАМ

(НА ПРИМЕРЕ ВОЛЕЙБОЛА)

Аннотация. В стате рассматриваются вопросы о необходимости развития

прыжковой работаспособности у волейболистов в рамках соответствия её структуры
координатсионному содержанию игровых навыков, выполняемых в прыжке. Определены
методические подходы к совершенствованию этой способности с исползованием
сопряженно-ситуатсионных игровых упражнений.

Ключевые слова: прыжок, прыгучест, прыжковая выносливост, прыжковая

способност, технико-тактические приемы, взрывная сила, фазы прыжка

THE ADVANTAGE OF THE FORMATION OF JUMPING IN THE ORDER

CORRESPONDING TO THE TECHNICAL TECHNIQUES

(FOR EXAMPLE, VOLLEYBALL)

Abstract.

The article discusses the issues of the need for the development of jumping

performance in volleyball players within the framework of the correspondence of its structure to
the coordinate content of the game skills performed in the jump. Methodological approaches to
improving this ability using conjugate-situational game exercises are determined.

Keywords: jump, jumping ability, jumping endurance, jumping ability, technical and tactical

techniques, explosive force, jumping phases.

Zamonaviy voleybolda sakrab ijro etiladigan o‘yin malakalarining samaradorligi

sakrovchanlikva sakrash chidamkorligi bilan bevosita bog‘liq. Binobarin, yuqori mahoratli
voleybolchilarni tayyorlash jarayonida sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini rivojlantirishga
alohida e’tibor qaratish muhim ahamiyat kashf etadi.

Ma’lumki, muqaddam voleybol o‘yinida hujum zarblari asosan vertikal sakrash orqali ijro

etilib kelingan bo‘lsa, so‘nggi yillarda bu malakalarni himoya zonasidan amalga oshirilishi borgan
sari kuchayib borayotganligi dioganal (balandga uzunlikka) yo‘nalishda sakrash qobiliyatini ham
izchillik bilan shakllantirish zaruriyatini o‘rtaga tashlamoqda. Ta’kidlash o‘rinliki, sakrab ijro
etiladigan o‘yin malakalri (hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish, uzatish, qabul qilish, to‘p kiritish) bir
musobaqa uchrashuvi davomida 400-600 marotaba qaytarilishi mumkin.

Sakrash hayotiy zarur harakat ko‘nikmalari tarkibiga mansub bo‘lib, insonning turmush

tarzida muhim rol o‘ynaydi. Bolalarda sakrash ko‘nikmalari turli harakatli o‘yinlar davomida
shakllanib boradi. Ushbu ko‘nikmaning hayotiy zarur ekanligi favqulodda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan havfli vaziyatlarni (biror-bir hayvon xujumidan qochib ariqdan sakrash yoki baland joyga
sakrab chiqish va h.) bartaraf etish holatlari bilan izohlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

Agar sakrash ko‘nikmasining mantiqiy mohiyati va amaliy ahamiyati yanada chuqurroq

hamda kengroq talqin etiladigan bo‘lsa, unda sakrash-bu nafaqat insonning turmush jarayonida,
harbiy xizmatda yoki favqulodli vaziyatlarda amalga oshiriladigan xayotiy zarur harakatdir, balki
bir qator sport turlarida (sport o‘yinlari, yengil atletika, gimnastika va h.) hal qiluvchi ahamiyatga
loyiq harakat ko‘nikmasidir.

Ushbu malaka sakrab ijro etiladigan har bir sport turida qo‘llaniladigan texnik usullar

xususiyatiga qarab, xatto bir sport turida, masalan voleybolda-zarba turlari, zarba berish zonalari,
to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish va o‘yinda yuzaga kelgan taktik vaziyat talabalariga
muvofiq koordinatsion, biomexanik va aerodinamik jihatlar bilan keskin farqlanadi (1,2,3,4,6,8).

Sakrash ko‘nikmalarining tarkibiy tuzilishidan yoki yugurib kelib, bir yoki ikki oyoq bilan

debsinish asosida tayanch holatdan notayanch holatga o‘tib vertikal yoki dioganal-yoysimon
yo‘nalishda “uchib”, yana tayanch holatga qo‘nish fazalari bilan izohlanadi. Tayanch holatdan
“uchib” yana tayanch holatga qo‘nish vaqti qanchalik uzoq bo‘lsa, shunchalik sakrash balandligi
yoki uzunligi ko‘p bo‘ladi.

Aksariyat murabbiylar sakrash balandligi yoki sakrash uzunligini odatda oyoqlarning

portlovchi kuchiga bog‘lashadi. Ammo ular sakrashning bunday natijalarini tana, gavda va
qo‘llarning aerodinamik harakati yoki boshqacha qilib aytganda tana, gavda va qo‘llarning keskin-
faol yoysimon harakati ta’sirida yuzaga keluvchi inersion-reaktiv kuch omiliga e’tibor
qaratishmaydi. Aynan ana shu inersion-reaktiv kuch oyoqlarning portlovchi kuchi bilan bir qatorda
sakrash balandligi yoki uzunligini ta’minlaydi.

Ma’lumki, balandga yoki uzunlikka sakrash qobiliyati sakrovchanlik deb qabul qilingan.

Sakrovchanlik – bu joydan yoki yugurib kelib, oyoqlarni optimal burchakda bukib, ya’ni tananing
umumiy og‘irlik markazini pastroq tushirib, bir yoki ikki oyoq bilan depsinish asosida gavda va
qo‘llarning faol yoysimon inersion harakati evaziga maksimal balandga yoki uzunlikka sakrash
qobiliyatini anglatadi. Bunday sakrash qobiliyatini uzoq muddat davomida koordinatsion
“nusxasini” saqlagan holda ko‘p martalab takrorlay olish imkoniyati sakrash chidamkorligi deb
yuritiladi.

Sakrash ko‘nikmasi, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi voleybolda ijro etiladigan

aksariyat o‘yin usullarining (zarba berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish)
samaradorligini ta’minlovchi poydevor omil sifatida ko‘plab tadqiqotlarda o‘z yechimini topgan,
ularni shakllantirish uslublari va vositalari muvofiq darsliklar hamda o‘quv qo‘llanmalarida ochib
berilgan.

Shu bilan bir qatorda mazkur harakat sifatlari voleybolchining o‘yin ixtisosligi (ampluasi),

zarba berish usullari, zonalari, to‘siq qo‘yish va to‘p kiritish kabi texnik-taktik usullar xususiyatiga
qarab tabaqalashtirilgan yondoshuv asosida deyarli o‘rganilmagan.

Qayd etilgan har bir o‘yin malakasi (texnik-taktik malaka) o‘z navbatida bir necha

usullardan iborat bo‘lib, ularni ijro etish zonasiga qarab sakrash koordinatsiyasi, biomexanikasi va
aerodinamiksi bir-biridan keskin farqlanadi.

Jumladan, 4 zonadan zarba berishda fazalari, aerodinamikasi va koordinatsiyasi qo‘yidagi

nusxa-mazmunda ifodalanadi:

ikkinchi temp o‘yinchisi xujum va yon chiziqlar kesishgan joy atrofida dastlabki

tayyorgarlik holatini qabul qiladi;

to‘p yo‘nalishi, baland-pastligi, to‘pni to‘rdan va antenadan uzoq-yaqinligini aniqlagandan

so‘ng 2-3 qadam keskin yuguradi va 4 qadamda xatlab-qo‘nib, tizzalar optimal bukiladi va og‘irlik
markazi pastga tushiriladi keyin debsinish bilan bir qatorda “orqada qolgan gavda va qo‘llarni
yoysimon yo‘nalishda yuqoriga keskin xarakatlantirib sakraydi (uchadi)”;

sakrashning maksimal nuqtasida gavda va zarba beruvchi qo‘l orqaga qisman bukilib, shu

zahoti ularni keskin oldinga (to‘pga nisbatan) harakatlantirish asosida to‘pga zarba beriladi;

undan keyingi faza qo‘nish va muvozanatni saqlab qolish bilan yakunlanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

3 zonadan zarba berish birinchi temp hujumchisi ijrosida amalga oshiriladi. Bunda yugurish

(1-2 qadam), xatlash-debsinish, sakrash va boshqa fazalar oralig‘i va vaqti qisqaradi;

hatlab-debsinish vaqtida oyoqlar tizza bo‘g‘imidan qisman bukilib, portlovchi kuch bilan

keskin yozilib, sakrash fazasi bajariladi (debsinish vaqtida gavda va qo‘llarni orqadan yuqoriga
keskin harakatlantirish amplitudasi ikkinchi temp o‘yinchisinikiga nisbatan kichik bo‘ladi);

sakrashning maksimal nuqtasida gavda va zarba beruvchi qo‘lning orqaga bukilishi juda

kichik amplitudaga teng bo‘ladi, lekin zarba berish uchun bajariladigan harakat inersion-reaktiv
jihatdan o‘ta keskin bo‘ladi;

yakuniy fazada qo‘nish va muvozanat saqlash ko‘nikmalari bajariladi.
2 zonada zarba berishda ham qayd etilgan fazalar va gavda-qo‘llarning aerodinamik

(inersion-reaktiv) harakati nisbatan qisqa bo‘ladi.

4,3 va 2 zonalarga uzatilgan to‘pni yon chiziqlar tomon burib zarba berishda tana, gavda va

qo‘llarning harakat koordinatsiyasi ham o‘zgaradi.

Ma’lumki, musobaqa qoidalarining tubdan o‘zgarishi tufayli ximoya zonalaridan xujum

zarbalarini uyushtirish soni 9,6% dan 45% gacha ortdi. Ximoya zonalaridan ijro etiladigan bunday
xujum zarbalarining nusxasi, sakrash fazalari va ularning koordinatsion mazmuni tamomila
boshqacha xususiyatga egadir.

Jumladan, ximoya zonalaridan zarba berishda yugurib kelish, xatlash, oyoqlarning tizza

qismidan bukilishi va tezkor yozilishi, tana, gavda va qo‘llarning yoysimon harakati yanada
shiddatli kechadi. Sakrash vertikal yo‘nalishda emas, balki dioganal–yoysimon yo‘nalishda ijro
etiladi. Debsinish xarakati xujum chizig‘ining ortidan boshlanib, qo‘nish fazasi o‘rta va xujum
chizig‘i o‘rtasida yakunlanishi odat tusiga kirgan. Ximoya zonalaridan tamomila yangicha
koordinatsion nusxada sakrab ijro etiladigan xujum zarbalarini guruhli to‘siq bilan qaytarish
imkoniyati nihoyatda chegaralangan bo‘lgani tufayli, bunday zarbalar samaradorligi tabora ortib
bormoqda.

Muhokoma etilayotgan mavzuning yana bir e’tiborga loyiq joyi shundaki, vertikal (2,3

zonalarda) yoki dioganal-yoysimon yo‘nalishda (ximoya zonalarida) sakrash uchun bajariladigan
shiddatli yugurish texnikasi, xatto raqib tomonidan yo‘naltirilgan to‘pni qabul qilish uchun o‘ng
yoki chap tomonlar bo‘ylab tezkor yonlama harakatlanishlar (yonlama yugurishlar) texnikasi ham
ma’lum darajada sakrash va xatlash elementlaridan iborat.

M.A.Godikning ta’kidlashicha, yugurish texnikasi qo‘yidagi fazalarni o‘z ichiga oladi;

sportchi avval bir oyoq bilan debsinib (masalan chap oyoq bilan), bir qo‘lini (o‘ng qo‘lini) tirsak
bo‘g‘imidan qisman bukkan holda oldinga, ikkinchi qo‘lini (chap qo‘lini) siltab orqaga keskin
harakatlantirish evaziga tayanch holatdan aerodinamik qonuniyatga asosan “uchish” fazasiga
o‘tadi (tayanchsiz holatga), so‘ng ikkinchi oyog‘iga (o‘ng oyog‘iga) qo‘nadi va shu sikl zarur
miqdorda takrorlanadi.

Oyoqlarning portlovchi kuchi qanchalik salmoqli bo‘lsa “uchish” fazasi shunchalik davomli

bo‘ladi, binobarin, qo‘nish va qayta debsinish (boshqa oyoq bilan) nuqtasi ham uzoqroq bo‘ladi.
Ushbu fazalar va debsinish-uchish-qo‘nish sikli qanchalik tez takrorlansa, belgilangan masofa
shunchalik qisqa vaqt ichida o‘tilishi mumkin.

Voleybolga xos yonlama yugurish (oyoqlar yarim bukilgan holda sakrab yoki xatlab

harakatlanish), ko‘krak balandligida bukilgan qo‘llarning baland-pastga keskin harakatlanishi
bilan sakrab-siljib yoki xatlab-siljib amalga oshiriladi.

Sakrash uchun yugurib kelishda debsinish-uchish-qo‘nish fazalari oraliqlar bo‘yicha bir-

biridan farqlanadi: birinchi qadam kattaroq, ikkinchisi-kichikroq, uchinchisi yoki debsinishga
xatlab qo‘nish (sakrash uchun debsinish fazasigacha) zarba berish usuli va zarba beriladigan
zonaga bog‘liq bo‘ladi.

Voleybol mashg‘ulotlarini vizual kuzatish, ilmiy va o‘quv adabiyotlarini tahlil qilish shuni

ko‘rsatadiki, sakrab ijro etiladigan texnik-taktik ko‘nikmalarga dastlabki o‘rgatish amaliyotida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

“sakrash-texnik usul” turlari, fazalari, sakrash zonalari, tana, gavda, bosh, oyoq va qo‘llarning
o‘zaro koordinatsion xususiyatlariga chuqur ahamiyat qaratilmaydi. Vaholanki, musobaqalarda
ko‘pincha sakrash koordinatsiyasi ijro etiladigan texnik-taktik usulning (turli zonalardan zarba
berish, to‘siq qo‘yish, to‘p uzatish, to‘p kiritish) maqsadi va taktikasiga muvofiq emasligi ko‘zga
tashlanadi.

Shuning uchun ham, hatto a’lo sakrovchanlikka ega voleybolchining hujum zarbasida yoki

to‘siq qo‘yishida yetarli samaradorlik bo‘lmaydi. Binobarin, bugungi raqobatli voleybol
amaliyotida, ayniqsa dastlabki o‘rgatish bosqichlarida yuqorida muhokama etilayotgan o‘ta
dolzarb masalalarni e’tiborga olish, sakrab ijro etiladigan texnik-taktik usullar turi va ijro etish
joyiga (zonasiga) qarab sakrash fazalari, koordinatsiyasi, aerodinamikasi (tana, gavda, bosh va
qo‘llar harakati) ni shakllantirish va shu orqali sakrovchanlik hamda sakrash chidamkorligini
rivojlantirishga mo‘ljallangan mashqlar majmualarini ishlab chiqish va amalga joriy etish muhim
ahamiyat kasb etadi.

Biz ana shu fikrga asoslangan holda texnik usullar mazmuniga mos sakrash ko‘nikmalariga

o‘rgatish jarayonida foydalaniladigan bir qator mashqlar andozalarini ishlab chiqtik (1,2,3,4
andozalar).

1-andoza. Hujum zarbasiga xos sakrash turlariga o‘rgatishda foydalaniladigan andoza bloki


Xujum zarbasiga xos sakrash turlariga o‘rgatish andozasi

Dastlabki tayyorgarlik holati

4 zonadan 5 zonaga

Qisqa yugurish

4 zonadan 1 zonaga

Xatlash va oyoqlarni bukish

Debsinish va sakrash

3 zonadan 1 zonaga

3 zonadan 5 zonaga

Qo‘lni bosh ortiga x-tlantirish

2 zonadan 1 zonaga

2 zonadan 5 zonaga

Zarba berish

Qo‘nish va muvozanat saqlash

Orqa zonalardan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

25

2 andoza. To‘siq qo‘yishga xos sakrash ko‘nikmasiga

o‘rgatishda foydalaniladigan andoza bloki

3 andoza. To‘p uzatishga xos sakrash turlariga o‘rgatishda foydalaniladigan andoza bloki


To‘siq qo‘yishga xos sakrash ko‘nikmasiga o‘rgatish andozasi

Tayyorgarlik holati

3 zonada

4 zonada

2 zonada

Oyoqlarni bukish va qo‘llarni bosh sathida tutish

Qo‘llarni faol harakati yordamida sakrash

Qo‘llarni yozib oldinga siltash

Qo‘nish va muvozanat saqlash

To‘p uzatishga xos sakrash turlariga o‘rgatish andozasi

Tayyorgarlik holati

Oyoqlarni bukish va debsinish

2 zonadan
qisqa orqaga

2 zonadan

o‘rtacha orqaga

Sakrash va uzatishni bajarish

Orqa zonalarga

Qo‘nish va muvozanat saqlash

2 zonadan past
4 zonaga

2 zonadan
baland 4
зонага


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

26

4 andoza. To‘p kiritishga xos sakrash ko‘nikmasiga

o‘rgatishda foydalaniladigan andoza bloki

Alohida shuni ta’kidlash joizki, voleybolga xos sakrash usullari, sakrovchanlik va sakrash

chidamkorligini erta yoshlikdan boshlab sakrab ijro etiladigan texnik-taktik malakalar turi hamda
uning xususiyatlariga moslab, ixtisoslashtirilgan mashqlar yordamida shakllantirish foydali
natijaga olib keladi.

Sakrash fazalari – dastlabki tayyorgarlik holati, yugurish (2-4 qadam), debsinishga xatlash

va oyoqlarni tizza bo‘g‘imidan optimal bo‘rchakda bukish, gavda va qo‘llarning faol harakati
yordamida debsinish, sakrash (“uchish”), zarba beruvchi qo‘lni orqaga harakatlantirish va keskin
siltab xujum zarbasini taqlid qilish, qo‘nish va muvozanat saqlash uzviy ketma-ketlikda
mashqlantirilishi o‘rgatish jarayonining o‘ta muhim shartlaridan biridir.

Ushbu jarayonda tavsiya etilayotgan andozalardan didaktik tartibda foydalanish

sakrovchanlik va sakrash chidamkorligini texnik usullar mazmuniga mos ravishda shakllantirish
imkoniyatini yaratadi.


REFERENCES

1.

Беляев

А.В.,Буликина

Л.В.

Прыжковая

подготовка

волейболистов

в

подготовителном периоде на основе анализа их соревнователной деятелности. //
Теория и практика физической културы. 2004, №3, С.37-38.

2.

Abatova G.N. 11-12 yoshli voleybolchilarda sakrovchanlik maxsus jismoniy sifatini
rivojlantirish hamda to‘siq qo‘yish texnikasini takomillashtirishda harakatli o‘yinlar va
maxsus mashqlar samarasini aniqlash//“Jismoniy tarbiya, sport mashg`ulotlari nazariyasi
va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2022 yil 29

To‘p kiritishga xos sakrash turlariga o‘rgatish andozasi

Tayyorgarlik holati

Qisqa va tezkor yugurish

Xatlash

Qo‘llarni faol harakati yordamida debsinish

Sakrash

Maksimal sakrash

Yarim sakrash

Yetakchi qo‘lni bosh ortiga ko‘tarib siltab zarba berish

Kuchli zarba berish

Qo‘nish va muvozanat saqlash

Sekin-aniq zarba berish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

27

yanvar, 613-614b.

3.

Abatova N.G The cluster-modular method as a modern trend of improvement in the
structure of a lesson in physical education for students with different levels of physical
fitness. . // Халqаро илмий-амалий анжумани «2020 йилда ўтказиладиган XXXII ёзги
олимпия ва XVI паралимпия ўйинларига спортчиларни тайёрлашнинг долзарб
муаммолари», Чирчик, 2020, 587

4.

Годик М.А. Физическая подготовка футболистов. - М.: Терра-Спорт, 2006. - 272 с.

5.

5.Kdirova M.A., Ummatov A.A., Pulatov F.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. //
O‘quv qo‘llanma. T.: 2018. – 485 b.

6.

Pulatov A.A., Qdirova M.A. Sport pedagogik mahoratni oshirish (voleybol). // O‘quv
qo‘llanma. T.: 2018. – 251 b.

7.

7.Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.:
2020. – 440 b.


References

Беляев А.В.,Буликина Л.В. Прыжковая подготовка волейболистов в подготовителном периоде на основе анализа их соревнователной деятелности. // Теория и практика физической културы. 2004, №3, С.37-38.

Abatova G.N. 11-12 yoshli voleybolchilarda sakrovchanlik maxsus jismoniy sifatini rivojlantirish hamda to‘siq qo‘yish texnikasini takomillashtirishda harakatli o‘yinlar va maxsus mashqlar samarasini aniqlash//“Jismoniy tarbiya, sport mashg`ulotlari nazariyasi va uslubiyatining nazariy-amaliy muammolari” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2022 yil 29 yanvar, 613-614b.

Abatova N.G The cluster-modular method as a modern trend of improvement in the structure of a lesson in physical education for students with different levels of physical fitness. . // Халqаро илмий-амалий анжумани «2020 йилда ўтказиладиган XXXII ёзги олимпия ва XVI паралимпия ўйинларига спортчиларни тайёрлашнинг долзарб муаммолари», Чирчик, 2020, 587

Годик М.А. Физическая подготовка футболистов. - М.: Терра-Спорт, 2006. - 272 с.

5.Kdirova M.A., Ummatov A.A., Pulatov F.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // O‘quv qo‘llanma. T.: 2018. – 485 b.

Pulatov A.A., Qdirova M.A. Sport pedagogik mahoratni oshirish (voleybol). // O‘quv qo‘llanma. T.: 2018. – 251 b.

7.Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: 2020. – 440 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов