WAYS TO DEVELOP FOREIGN DIRECT INVESTMENT ATTRACTION AND INVESTMENT THEORY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qo’ldoshev, S. (2023). WAYS TO DEVELOP FOREIGN DIRECT INVESTMENT ATTRACTION AND INVESTMENT THEORY. Modern Science and Research, 2(4), 191–194. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19229
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the forms of attracting foreign direct investment, directions of economic development and the concept of investment, as well as suggestions for actively attracting foreign direct investment. it has been said.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

191

TO’G’RIDAN TO’G’RI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB ETISHNI

RIVOJLANTIRISH YO’LLARI HAMDA INVESTITSIYA NAZARIYASI

Qo’ldoshev Sanjar

Orcid: 0009-0005-2406-904X

e-mail:

sanjarkuldoshev99@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7828496

Annotatsiya. Ushbu maqolada to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni

shakllari, Iqtisodiyotini rivojlantirish yo’nalishlari hamda investitsiya tushunchasi yoritilgan,
shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar faol jalb qilish bo’yicha takliflar bildirib
o’tilgan.

Kalit so‘zlar: investitsiya, xorijiy investitsiyalari, investitsiya muhiti, to‘g‘ridan-to‘g‘ri

xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

ПУТИ РАЗВИТИЯ ПРИВЛЕЧЕНИЯ ПРЯМЫХ ИНОСТРАННЫХ

ИНВЕСТИЦИЙ И ТЕОРИЯ ИНВЕСТИЦИЙ

Аннотация. В данной статье описаны формы привлечения прямых иностранных

инвестиций, направления экономического развития и концепция инвестиций, а также
предложения по активному привлечению прямых иностранных инвестиций.

Ключевые слова: инвестиции, иностранные инвестиции, инвестиционная среда,

привлечение прямых иностранных инвестиций.

WAYS TO DEVELOP FOREIGN DIRECT INVESTMENT ATTRACTION AND

INVESTMENT THEORY

Abstract. This article describes the forms of attracting foreign direct investment, directions

of economic development and the concept of investment, as well as suggestions for actively
attracting foreign direct investment. it has been said.

Key words: investment, foreign investments, investment environment, attraction of direct

foreign investments.


KIRISH

Jahonda mamlakatlari iqtisodiy jihatdan jadal rivojlanib borayotgan bir davrda bizning ham

yurtimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni taqoza etmoqda.
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo’lidagi eng asosiy
vosita hisoblanadi” [1]. Dunyo mamlakatlari ilmiy o’rganishlari shuni ko’rsatadiki to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlat mulkining va davlat hissasi bo‘lgan xo‘jalik
yurituvchi jamiyatlarning ishlab chiqarish hajmi va imkoniyatlaridan samarali foydalanish, xorijiy
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay sharoitlarni yaratib berish, yangi raqobatbardosh
korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratish kerakligini
ko’rsatmoqda. O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda sanoat zonalar roli beqiyosdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni yo’naltirishning asosiy muommolaridan biri,
hududlarda ularni to‘g‘ri taqsimlash muommosidir.Shu boisdan «O‘zbekiston Respublikasining
investitsiya salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, investitsiya muhitini yanada takomillashtirish,
yillik investitsiya dasturlarini sifatli ishlab chiqish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun qulay
sharoitlar yaratish, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlarning moliya institutlari, yetakchi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

192

chet el kompaniyalari va bank tuzilmalari bilan hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, jalb
etiladigan chet el investitsiyalari samaradorligini oshirish” [2] vazifasi alohida belgilab berildi.

ASOSIY QISM

Investitsiya (lotincha: investio - oʻrash) — iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida biror bir

davlatda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarga, uzoq muddatli sarmoya kiritish. Pulning
vaqtga bogʻliq qiymati nazariyasiga koʻra, investitsiya yaqin yoki uzod kelajakda foyda olish
maqsadida mablagʻlar kiritishdir. Iqtisodiy jihatdan investitsiya turli sohalarga safarbar etilgan
moddiy yoki nomoddiy boyliklarga boʻlgan huquqlarni aks ettiradi. Investitsiya sifatida pul
mablag’lari, qimmatli qogʻozlar (aksiya, sertifikat, obligatsiya), yer, inshootlar kabi boyliklar,
ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va b. ishlatiladi. Investitsiya loyihalariga investorlar davlat, korxona,
kompaniya, chet ellik shaxslar, va boshqalar kirishi mumkin.

Xorijiy investitsiyalar keng qamrovli tushunchadir va uni quyidagicha izohlash mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g’risida»gi qonuniga ko‘ra,
to‘g’ridan to‘g’ri chet el investitsiyalari-chet ellik investorning hukumat kafolatlarisiz,
tavakkalchilik sharoitlarida o‘z mablag’lari yoki qarz mablag’lari hisobidan investitsiyalari [3].
A.Sh.Bekmurodov fikricha, to‘g’ridan-to‘g’ri xorijiy investitsiyalar-investorga korxonani nazorat
qilish huquqini beruvchi kapitalni to‘g’ridan-to‘g’ri eksport qilish va shu bilan karxona asosiy
bosh kompaniyasining xorijiy sho‘ba korxonasiga aylanadi [4]. B.A.Vaxobov esa to‘g’ridan-
to‘g’ri xorijiy investitsiyalar-investorga iqtisodiy faoliyati ustidan ta’sirchan nazorat etish
imkonini beradigan investorning uzoq muddatli, firmaning kamida 10 foizi ulushiga yoki
aksiyadorlar kapitaliga egalik qilishiga imkon beradigan investitsiyalardir, deb ta’kidlaydi [5].
A.S.Azizov to‘g’ridan-to‘g’ri xorijiy investitsiyalar atamasini, avvalo, xo‘jalik faoliyati ustidan
qisman yoki to‘liq nazoratni ta’minlash orqali xorijiy korxonaga investitsiya sifatida tushunish
kerakligini ta’kidlaydi[6].

Investitsiyaning quyidagi turlari mavjud:

1. davlat tomonidan kiritiladigan investitsiya — davlat byudjeti va moliya hisobidan

kiritiladi;

2. chet el investitsiyasi — xorijiy davlatlar, banklar, kompaniyalar, korporatsiyalar yoki

tadbirkorlar tomonidan kiritiladi;

3. xususiy investitsiya — xususiy, korporativ xoʻjalik va tashkilotlar, fuqarolar mablagʻlari,

shu jumladan, shaxsiy mablagʻlar hisobidan qoʻyiladi.

Investitsiya qoʻyilish shakliga qarab moliyaviy (portfel) va real (ishlab chiqarish)

investitsiyaga boʻlinadi.

Moliyaviy

(portfel) investitsiya — aksiya, obligatsiya va b. qimmatli qogʻozlarni sotib

olishga qoʻyiladigan investitsiya, ;

Real investitsiya

— moddiy ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish va b.)

sohasiga, moddiy-ashyoviy faoliyat turlariga uzoq, muddatli mablagʻlar qoʻyish shakllarida
amalga oshiriladi.

Jahon tajribasida investitsiyani moliyalashtirish turli usul va shakllarda, shu jumladan,

korxonalarni aksiyadorlashtirish va aksiyalarni joylashtirish, byudjet mablagʻlari, bank kreditlari,
lizing, bevosita chet el investitsiyalari, ipoteka, byudjetdan tashqari maxsus fondlar, amortizatsiya
va xoʻjalik yuritish subʼyektlarining boshqa mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

Keyingi davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda investitsion hamkorlik rivoj topdi. Bunday

hamkorlikning real, moliyaviy, intellektual (litsenziyalar, hamkorlikda bajariladigan ilmiy
ishlanmalar va b.ga mablagʻ sarflash) koʻrinishlari bor.

Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi.

Jahondagi bevosita investitsiya faol oʻsib bormoqda: 1980-yillar oʻrtalarida jahon boʻyicha
umumiy yillik investitsiya hajmi 450 milliard dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-yillar oʻrtalariga
kelib investitsiya hajmi 2 trillion dollardan oshdi.

Barchaga malumki har bir davlat yoki shaxs biror davlatga yoki biror sohaga investitsiya

kiritar ekan uning asosiy maqsadi maksimal tarzda daromad olishdir. Avvalambor investitsiya
qaysi sohalarga ko’proq kiritilishi mumkin? Albatta daromad manbai bo’lmish ishkab chiqarish
yoki undan ham ser daromad soha turizmga sababi turizm sohasida yaratilgan 1 ta ish o’rni 20 ta
sanoat sohasida yaratilgan ish o’rniga tengdir. Malum nir davlatga tashrif buyuradigan 30 ta turist
istalgan istalmagan holda 2 yoki 3 ta ish o’rni yaratadi. Bu sohalar serdaromad bo’lganligi sabab
ham investorlarni ko’proq o’ziga jalb qiladi.

Endi esa investorlarni ko’proq investitsiya kiritishi uchun nimalar qilish kerak ekanligi

haqida suhbatlashsak:

1.

puxta ishlangan stratigiya (yani maqsadlarni aniq qo’yish)

2.

qulay sanoat zonasi (beznis uchun ajratilgan qulay hudud)

3.

kafolatlangan daromad (kelajakda o’sha sohadan daromad olishini kafolatlash)

4.

huquqlarining kafolatlanishi (mamlakat hududida uning mol mulki, uning faoliyatini
qonun bilan kafolatlash hamda himoya qilish)

5.

aniq, ochiq, hamda to’g’ri tuzilgan beznis loyiha (loyihaning maqsadi va vazifalari
hamda uning kelajakda olib kelishi mumkin bo’lgan sof foydasi)

XULOSA

Toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo’yicha xulosalar quyidagicha bo’ldi.

Jumladan: To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning samarali tizimini yaratish
uchun birinchidan, puxta o’ylangan strategiyani ishlab chiqish, ikkinchidan, “yo‘l xaritalari”
yaratish, uchinchidan, uzoq yillarga mo‘ljallangan rivojlanish konseptsiyasini yaratish.
Investitsiyalarni kiritish qarorini qabul qilishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar to‘plami investorning
qaysi sohaga tegishli ekaniga qarab turlanadi, lekin barcha turdagi investorlarni jalb qilishda
hududning investitsion muhitini ifodalovchi va unga tasir ko’rsatuvchi indikatorlarning bo‘lishi
maqsadga muvofiqligi ilmiy jihatdan isbotlandi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchu quyidagi vazifalarning ijrosini

ta’minlash o‘rinli: to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarga tegishli qonunchilikni xalqaro va
mintaqaviy standartlarga moslashtirish, xalqaro tajribada investitsiya faoliyatini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha turli modelli huquqiy tartibga solish; innovatsion loyihalarni
shakllantirayotgan tarmoqlarga va korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berish; to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar bilan aloqalarini faollashtirish ta’minlash zarur deb
hisoblayman.

Xulosa o’rnida aytib o’tish joizki, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni mamlakat

iqtisodiyotiga jalb etishning turlicha usullari bo‘lib, barchasining asosiy maqsadi mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

REFERENCES

1.

James E. Anderson, Mario Larch, Yoto V. Yotov. Trade and Investment in the Global
Economy. Journal of NBER Working Paper No. 23757 (2017) 1879-1913.
https://www.nber.org/papers/w23757.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar
strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni
qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” gi
Farmoni. 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son.

3.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiya va investitsiya
faoliyati to‘g’risida» gi O‘RQ-598-son Qonuni, 3-modda.

4.

A.Sh.Bekmurodov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Iqtisodiyot. – T. – O‘quv
qo‘llanma.

5.

A.B.Vaxobov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Moliya, 2010. – T. – O‘quv
qo‘llanma.

6.

A.S.Azizov. (2021) To‘g’ridan to‘g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishda
moliyaviyiqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish. Iqt. fan. bo‘y. fals. dokt.
(PhD) diss. Avtoref. – Toshkent: 2021. – 11 b.

7.

World Investment Report 2020. https://unctad.org/webflyer/world-investment-
report2020

References

James E. Anderson, Mario Larch, Yoto V. Yotov. Trade and Investment in the Global Economy. Journal of NBER Working Paper No. 23757 (2017) 1879-1913. https://www.nber.org/papers/w23757.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” gi Farmoni. 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 25 dekabrdagi «Investitsiya va investitsiya faoliyati to‘g’risida» gi O‘RQ-598-son Qonuni, 3-modda.

A.Sh.Bekmurodov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Iqtisodiyot. – T. – O‘quv qo‘llanma.

A.B.Vaxobov. Xorijiy investitsiyalar. – Toshkent: Moliya, 2010. – T. – O‘quv qo‘llanma.

A.S.Azizov. (2021) To‘g’ridan to‘g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishda moliyaviyiqtisodiy va mamlakat xatarlarini kamaytirish. Iqt. fan. bo‘y. fals. dokt. (PhD) diss. Avtoref. – Toshkent: 2021. – 11 b.

World Investment Report 2020. https://unctad.org/webflyer/world-investment-report2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов