“ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR THE CRIME OF FRAUD”

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Fayzullayev, A., & Baxtiyorov, J. (2023). “ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR THE CRIME OF FRAUD”. Modern Science and Research, 2(4), 459–468. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19332
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The concept and content of the crime of fraud, the legal description of the crime of fraud and the peculiarities of qualifying the crime, the criminological description of the crime of fraud and the factors that create it, the new types of fraud that arise in the field of Economics and the issues of liability for them, fraud crimes related to credit relations and bank plastic cards,, criminal legal and criminological means of property relations in the field of Economics, abuses in the financial and economic and banking system, illegal consumption of raw materials resources and labor resources, positive indicators and unpleasant trends in its economy, Economic Freedom, price liberalization, cancellation of a state order, distribution of funds in the financial and credit system, development of criminal law and criminology theory, , additional proposals and recommendations were made on the analysis of the quality of the property, the cost, the identity of the culprit, his authority and the work carried out with the study of the correct Organization of such activities and the opinion and reasoning of foreign scientists.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

459

UDC: 37(045)(575.1)

ORCID: 0000-0003-0824-4272

“FIRIBGARLIK JINOYATI UCHUN JAVOBGARLIK MASALALARI”

Fayzullayev Abror Faxriddin oʻgʻli

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi

abrorfayzullayev551@gmail.com

Baxtiyorov Jamoliddin Baxtiyor o’g’li

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi o’qituvchisi

jamoliddinturk@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.7844165

Annotatsiya.

Firibgarlik jinoyatining tushunchasi va mazmuni, firibgarlik jinoyatining

yuridik tavsifi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari, firibgarlik
jinoyatining kriminologik tavsifi va uni vujudga keltiruvchi omillar, firibgarlik jinoyatining
iqtisodiyot sohasida vujudga kelayotgan yangi turlari va ular bo’yicha javobgarlik masalalari,
kredit munosabatlari va bank plastik kartalari bilan bog’liq firibgarlik jinoyatlari, sug’urta
sohasida va ijtimoiy to’lovlar qabul qilish sohasidagi firibgarlik jinoyatlari, iqtisodiyot sohasidagi
mulkiy munosabatlarni jinoyat-huquqiy va kriminologik vositalar, moliyaviy-iqtisodiy va bank
tizimidagi suiste’molliklar, xomashyo resurslari va mehnat resurslarining g’ayriqonuniy
sarflanishi, iqtisodiyotidagi ijobiy ko’rsatkichlar va noxush tendensiyalar, iqtisodiy erkinlik, narx-
navoning erkinlashtirilishi, davlat buyurtmasini bekor qilish, moliya-kredit tizimida pul
mablag’larini taqsimlash, jinoyat huquqi va kriminologiya nazariyasini rivojlantirish, sud-tergov
amaliyotida mavjud firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish , yuridik fakt va voqealar,
mulkning sifati, narxi, aybdorning shaxsi, uning vakolati va shu kabi mashgʻulotlarini toʻgʻri
tashkil etish boʻyicha tadqiqot ishlari va chet-el olimlarining fikri va mulohazalari oʻrganib
chiqilib amalga oshirilgan ishlar tahlili boʻyicha qoʻshimcha taklif va tavsiyalar keltirilib
oʻtilgan.

Kalit soʻzlar:

Firibgarlik jinoyati, yuridik tavsifi, kriminologik tavsifi, kredit munosabatlari,

bank plastik kartalari, sug’urta sohasi, texnologik vositalar, yuridik fakt, soxtalashtirish.

«ВОПРОСЫ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА МОШЕННИЧЕСТВО»

Аннотация.

Понятие и содержание преступления мошенничества, юридическая

характеристика

преступления

мошенничества

и

особенности

квалификации

преступления, криминологическое описание преступления мошенничества и факторов, его
обусловливающих, новые виды преступления. преступления мошенничества, возникающие
в экономике, и вопросы ответственности за них, кредитные отношения и преступления
мошенничества, связанные с банковскими пластиковыми картами, преступления
мошенничества в сфере страхования и в сфере получения социальных выплат, уголовно-
правовые и криминологические средства отношений собственности в экономике,
злоупотреблений в финансово-экономической и банковской системе, сырьевого и
незаконного использования трудовых ресурсов, положительных показателей и
отрицательных тенденций в экономике, экономической свободы, либерализации цен,
отмены госзаказа, распределения средств в финансово-кредитная система, уголовно-
правовая и криминологическая Разработка теории мошенничества, обмана или
злоупотребления доверием, юридических фактов и событий, качества и цены имущества,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

460

личности виновного, его полномочий и правильной организации такой деятельности,
исследований и мнений зарубежных ученых. изучены замечания и сделаны дополнительные
предложения и рекомендации по анализу проведенной работы.

Ключевые

слова:

Мошенничество,

юридическая

характеристика,

криминологическая характеристика, кредитные отношения, банковские пластиковые
карты, страховая отрасль, технологические средства, юридический факт, подлог.

“ISSUES OF RESPONSIBILITY FOR THE CRIME OF FRAUD”

Abstract.

The concept and content of the crime of fraud, the legal description of the crime

of fraud and the peculiarities of qualifying the crime, the criminological description of the crime
of fraud and the factors that create it, the new types of fraud that arise in the field of Economics
and the issues of liability for them, fraud crimes related to credit relations and bank plastic cards,,
criminal legal and criminological means of property relations in the field of Economics, abuses in
the financial and economic and banking system, illegal consumption of raw materials resources
and labor resources, positive indicators and unpleasant trends in its economy, Economic
Freedom, price liberalization, cancellation of a state order, distribution of funds in the financial
and credit system, development of criminal law and criminology theory, , additional proposals
and recommendations were made on the analysis of the quality of the property, the cost, the
identity of the culprit, his authority and the work carried out with the study of the correct
Organization of such activities and the opinion and reasoning of foreign scientists.

Keywords:

crime of fraud, legal description, criminological description, credit relations,

bank plastic cards, insurance industry, technological means, legal fact, forgery.


Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarning turlaridan biri hisoblangan firibgarlik iqtisodiyot

sohasidagi islohotlarni amalga oshirilishiga to’sqinlik qilishi bilan birga mulkiy munosabatlarga
xam jiddiy xavf tug’diradi.

Firibgarlik jinoyatining yuridik tavsifi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishning o’ziga xos

xususiyatlari. Qonunchiligimizga ko’ra, firibgarlik jinoyati uchun javobgarlik:

Firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing mulkini yoki

o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni qo’lga kiritish -

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki

ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:
a) ancha miqdorda;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo’lsa,
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch
yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:
a) ko’p miqdorda;
b) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
v) xizmat mavqeyidan foydalangan holda;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

461

g) axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan

bo’lsa

bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to’rt yuz baravarigacha miqdorda jarima

yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum etilgan
holda besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Firibgarlik:
a) juda ko’p miqdorda;
b) o’ta xavfli retsidivist tomonidan;
v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan bo’lsa
bazaviy hisoblash miqdorining to’rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima

yoki sakkiz yildan o’n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yetkazilgan moddiy zararning o’rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan

mahrum qilish tariqasidagi jazo qo’llanilmaydi.

Firibgarlikning obyekti o’zganing mulki yoki mulkiy huquqlari hisoblanadi.
Firibgarlik predmeti sifatida mulk egasiga qonuniy asoslarda tegishli bo’lgan, moddiy

qiymatga ega ko’char va ko’chmas mulk va ularga bo’lgan mulkiy huquqlar hisoblanadi.

Obyektiv tomondan firibgarlik aldash yoki ishonchni suiste’mol qilish yo’li bilan o’zganing

mulkini yoki o’zganing mulkiga bo’lgan huquqni qo’lga kiritishdir. Firibgarlikda jabrlanuvchi
aybdor qonuniy harakat qilayapti, deb o’ylaydi va o’z mulkini aybdorga ixtiyoriy ravishda
topshiradi va aybdorning g’ayriqonuniy harakat sodir etayotganligini bilmaydi.

Firibgarlik o’zganing mulkini yoki mulkka bo’lgan huquqini aldash yoki ishonchni

suiiste’mol qilish yo’li bilan haq to’lamay egallashda ifodalanib, buning ta’sirida mulk egasi yoki
boshqa shaxs yoxud vakolatli hokimiyat organi mulkni yoki unga bo’lgan huquqni boshqa shaxsga
beradi, yoinki ushbu mulk yoki unga bo’lgan huquq boshqa shaxs tomonidan olib qo’yilishiga
imkoniyat beradi.

Fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlar (masalan, qonunga

muvofiq tuzilgan qarz, kredit, arenda, prokat, pudrat, omonat saqlash va v.k.)ni bajarmaganlik
uchun javobgarlik, basharti shaxsninig harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo’lmasa,
fuqarolik qonunchiligi normalari bo’yicha kelib chiqadi. Shu munosabat bilan fuqarolik huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarmagan shaxslarga nisbatan ishlarni
ko’rishda, sudlar jinoyat ishini jinoiy hodisa yuz bermaganligi sababli tugatish masalasini
muhokama etishlari hamda manfaatdor shaxslarga bunday masalalar fuqarolik yoki iqtisodiy sud
ishlarini yuritish tartibida hal qilinishi zarurligi qonunosti hujjatlar orqali izohlangan.

Rossiya Federatsiyada ham ushbu sohada izlanish olib borgan mutaxassislar fikriga etibor

bersak, ular xam o’z qarashlari bilan ajralib turishadi. Masalan, S.Shepalov yozishicha,
firibgarlikda aldash yoki birovning ishonchini suiiste’mol qilish mulkni egallab olish usuli bo’lib
xizmat qiladi, ular o’rtasida ayblanuvchi mulkka egalik qilish huquqini qo’lga kiritish bilan bir
qatorda maqsadli aloqa belgilanishi kerak. Bunda albatta aldovning mazmun va shakliga egalini
nazarda tutish lozim bo’ladi.

Mixal O, Xmelova M esa, firibgarlikni o’z mazmuniga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’ladi:
1) shaxsga taalluqli bo’lgan aldov;
Insonlarni aldash yo’li bilan ularning mulkini yoki mulkiy huquqini qo’lga kiritish

amaliyotda tez-tez uchrab turadi. Bunda firibgar o’zini boshqa shaxs deb tanishtirib,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

462

jabrlanuvchini yangilishtirishi va o’ziga bo’lgan ishonchini yanada orttirib, yolg’on va’dalar berib,
mulkini egallab olishi mumkin. Jinoyatchilar faqatgina o’zgalar nomidan foydalanmasdan,o’zini
boshka shaxs deb ham ko’rsatishi mumkin. Masalan, garderobga o’zga nomerni olib kelib, o’zini
paltoning, portfelning qonuniy egasiman deb ko’rsatib, ularni olib ketishi mumkin, chunki uning
familiyasini garderobchi uchun ahamiyati yo’q;

2) narsa-buyumlarga aloqador bo’lgan aldov;
Odatda, bunday aldovlarda jinoyatchi biror mulkni sotuvchi, jabrlanuvchi esa sotib oluvchi

bo’ladi. Mavjud bo’lgan narsani pulini aybdor aldov yo’li bilan oladi yoki yo’q narsani sotishni
va’da qiladi. Aldov narsani sifati va o’lchamiga ham bog’lik bo’lishi mumkin;

3) turli harakatlar va ma’lumotlar haqida ishlatiladigan aldov.
Ma’lumki, firibgarlik aksariyat hollarda savdo munosabatlaridan kelib chiqadi. Firibgar

olingan narsa uchun pul to’langanligini aytib sotuvchini xotirasini sinab ko’radi va zo’r berib pul
mablag’larini to’langanligini isbotlamoqchi bo’ladi. Odatda, bunday hollarda, uning sherigi
guvoh, bo’lib sotuvchi pulini olganligini tasdiqlab turadi;

4)yolg’on va’dalar berib aldov yo’li bilan jabrlanuvchi foydasiga biror muhim ishni

bajarishni va’da berib mulkni oladi.

Sud-tergov amaliyotidan kelib chiqqan xolda firibgarlikdagi addovning quyidagi shakllarini

ko’rsatish mumkin:

1) haqiqatdan xam shunday maqsadi borligini aytib aldash va mulkni talon-toroj qilish:

jabrlanuvchi tomonidan sotib berish uchun berilgan tovarni olgach, pulini egasiga

topshirishga va’da berish;

jabrlanuvchiga uning puliga biror tovarni olib berishni va’da berish;

jabrlanuvchi mo’ljallagan yoki tovarning haqiqiy narxidan yuqori pul to’lashga va’da

berish;

chet elga ishga joylashtiraman deb, turli to’lovlar (avans, viza olish, shartnoma tuzish

kabilar)ni bahona qilib, jabrlanuvchidan pul olish;

sud yoki tergovdagi ishini ijobiy hal qilishni vada berib, jabrlanuvchidan pul olish kabilar;

2) jinoyat predmeti: xususiyati, sifati, va soni bo’yicha aldash:

jabrlanuvchiga berilayotgan yoki jabrlayauvchi tomonidan olingan pul yoki tovarning soni

bo’yicha aldab qaytarish;

jinoyat predmeti bo’yicha to’liq aldash (oltin uzuk o’rniga mis uzukni berish, to’lov sifatida

pul o’rniga pulga o’xshash qog’oz berish, qalbaki lotereyani yutuq chiqqan deb berish;

mulk olish huquqini beruvchi xujjatlar bo’yicha aldash (soxta xujjatlar asosida kvartirani

sotish yoki nafaqalar olish):

qimmatbaxo kog’ozlar bo’yicha aldash (soxta aksiya, veksel kabi qimmatbaho qog’ozlarni

chiqarish).

3) biror bir fakt yoki voqea, xodisa bo’yicha aldash - bunda biror fakt, voqea, xodisa o’tgan

bo’lishi yoki kelajakda sodir bo’lishi mumkin, masalan, shaxs o’zining mashinasini sug’urta
qiladi, keyin o’zi mashinani o’g’irlanishini tashkil qilib, sug’urta pulini talab qiladi;

4) aybdorning shaxsi bo’yicha aldash — bunda aybdor o’zini hokimiyat vakili (soliq,

militsiya kabi xodimlar) qarindoshi kabilar sifatida tanishtirib, jabrlanuvchini aldab, uning mulkini
egallaydi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

463

5) har xil o’yinlar bo’yicha aldash – bunda aybdor turli qimor yoki tavakkalchilikka

asoslangan o’yin (karta, xususiy lotoreya o’yinlari kabi)larda jabrlanuvchini qiziqtirgan holda yoki
uning o’yinga berilishidan foydalanib mulkni egaldaydi;

6) fol ochish yoki gipnoz yo’li bilan aldash — bunda fol ochishning o’zi jinoyat

hisoblanmaydi, lekin aybdor fol ochish yoki gipnoz yo’li bilan jabrlanuvchining mulkini
egallashni maqsad qilgan bo’lsa, uning qilmishi firibgarlik sifatida baholanadi;

Firibgarlik jinoyatini quyidagi bir qator jinoyatlardan farqlash lozim:

Firibgarlik jinoyatidan aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan mulkiy zarar

etkazish jinoyatini (JK 170-moddasi) farqlash lozim. So’nggi holda shaxs o’zganing mulkini
bevosita olib qo’ymasdan va unga nisbatan huquqqa ega bo’lmasdan, qonunga (shartnomaga)
ko’ra mulkdor egaligi yoki tasarrufiga o’tishi lozim bo’lgan tovar-pul qimmatliklarini o’zlashtiradi
va ular hisobiga boyiydi.

Mulkiy xususiyatdagi g’ayriqonuniy foyda olish maqsadida aldash yoki ishonchni

suiiste’mol qilish, misol uchun, shaxs tomonidan qonunchilikda belgilangan to’lovlarni to’lashdan
ozod etuvchi qalbaki hujjatlarni taqdim etishda (JK 184-moddasida nazarda tutilgan hollardan
tashqari) ifodalanishi mumkin.

Aldov shaxs tomonidan o’zganing mulkini qo’lga kiritishni engillatish maqsadida ishlatilgan

bo’lib, mulkni olib qo’yish jarayonida mulk egasi yoki boshqa shaxs uning asl niyatini sezib
qolgan, aybdor buni anglasada, biroq mulk egasining erkiga zid ravishda mulkni olishni yoki
ushlab turishni davom ettirgan hollarda, qilmish talonchilik sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim
(masalan, shaxs mobil telefonni uning egasidan vaqtincha foydalanish uchun so’rab olib, so’ngra
talon-toroj qilingan telefon bilan yashiringan holda).

Mansabdor shaxs tomonidan u mansab vakolati yo’qligi yoki o’z xizmat mavqeidan

foydalana olmasligi tufayli aslida amalga oshira olmaydigan muayyan harakat (harakatsizlik)
uchun pul, qimmatli qog’oz va boshqa moddiy qimmatliklar olinishi, unda mazkur qimmatliklarni
egallashga nisbatan qasd mavjud bo’lgan taqdirda, firibgarlik sifatida kvalifikatsiya qilinishi
lozim.

Kompyuter firibgarligiga misol qilib, quyidagalarni ko’rsatish mumkin:

internet tizimida sodir etiladigan kompyuter firibgarligi;

bankomatlardan naqd pulni talon-taroj qilish bilan bog’liq kompyuter firibgarligi. Bunga

misol qilib Angliyada kompyuter firibgarlari tomonidan yasalgan «lebanese loops» deb
nomlanadngan qurilmani keltirishimiz mumkin. Bu qurilma plastik karta xajmidan biroz yirikroq
bo’lib, bankomat tirqishiga kirgiziladi. Kredit karta xujayini pulni olishga xarakat qiladi, biroq
bankomat karta ma’lumotlarini uqiy olmaydi, boz ustiga kartani xam qaytarib olib bo’lmaydi. Shu
vaqtda firibgar yaqinlashib, yaqinda u bilan xam shunday xol sodir bulganligini va shunchaki pin-
kodni yozib ikki marotaba «Cancel» tugmasini bosish kerakligini aytib o’tadi. Karta egasi urinib
kuradi va albatta ijobiy natijaga erishilmaydi. U plastik karta bankomatda qoldi deb o’ylaydi va
bankka murojaat etish uchun jo’naydi. Firibgar esa, kredit kartani osonlik bilan oladi va undagi
mablag’larni talon-toroj qiladi;

kompyuter yordamida qalbaki qurilmalar (kartochkalar va boshka shu kabilar) yasash va

ular yordamida kompyuter tizimida sodir kompyuter firibgarligi. Masalan, firibgarlar gavjum
erlarda o’z bankomatlarini o’rnatadilar. U tabiiyki, ishlamaydi. Biroq, plastik kartadan barcha
zarur ma’lumotlarni ko’chirib oladi;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

464

kirish-chiqish dasturlarida hiyla-nayrang ishlatish yo’li bilan sodir etiladigan kompyuter

firibgarligi: kompyuter firibgarlarining bu turida kodlarga taalluqli ma’lumotlarni almashtirish
usuli (data diddling code change) ishlatiladi;

telefon firibgarligi: telefon tizimiga xizmat ko’rsatuvchi kompyuter qurilmalari va

protokollarga ta’sir etish orqali telekommunikatsiyaviy xizmatdarga ulanish kabilarda nomoyon
bo’ladi.

Firibgarlik jinoyatining kriminologik tavsifi va uni vujudga keltiruvchi omillar.

Iqtisоdiy jinоyatlаrning оldini оlishning tеxnik tаdbirlаri tоvаr, xоm аshyoni tаshishning yanаdа
mukаmmаlrоq vоsitаlаrini ishlаb chiqish, o’tа nоyob xоm аshyo vа tоvаr rеsurslаrini jоylаshtirish
vа sаqlаsh jоylаridа ishоnchli qurilmаlаr o’rnаtish, qаlbаki hujjаtlаrni аniqlаsh usullаrini yarаtish,
sоxtаlаshtirilgаn mаhsulоtlаrni shоshilinch аniqlаsh usullаrini jоriy etishgа qаrаtilgаn.

Mazkur bobning «Firibgarlik jinoyatini oldini olishning asosiy chora-tadbirlari» deb

nomlangan qismida firibgarlik jinoyatini keltirib chiqaruvchi omillarning o’rganib chiqilishi
asosida oldini olishning quyidagi umumiy va maxsus chora-tadbirlarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq bo’lur edi:

umumiy chora-tadbirlar:

banklar mijozlarga pul mablag’larini kreditga berish chog’ida,

ularni tegishli foizlar bilan qaytarib olish imkoniyatini beruvchi mexanizmlarni yaratish; banklar
faoliyatida pul kredit berish va o’z vaqtida to’lash bilan bog’liq masalalarni hal etishga to’siq
bo’ladigan holatlarni bartaraf etish; korxona, tashkilot va muassasalarga olingan daromaddan
erkin, o’z xohishicha foydalanishga aralashmaslikning kafolatlanishi; xo’jaliklarda tashkiliy-
xo’jalik nazoratini kuchaytirish; kadrlarni to’g’ri tanlash; aholining huquqiy ongi va huquqiy
madaniyatini yuksaltirish borasida targ’ibot hamda tashviqot ishlarini olib borish va boshqalar
tashkil qiladi;

maxsus chora-tadbirlar:

profilaktik faoliyatni maqsadga yo’naltirilgan holda rejalashtirish;

xorijiy davlatlar huquqni muhofa qiluvchi organlarining mazkur turdagi jinoyatlarning oldini
olishni tashkil etishdagi ijobiy tajribalarini o’rganish va ularni o’z faoliyatlariga tatbiq etish;
alohida profilaktik choralar bilan cheklanmasdan, profilaktik chora-tadbirlar tizimini
tashkillashtirish; boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va davlat hokimiyati organlari bilan
hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlarni olib boorish zarur.

Kredit munosabatlari va bank plastik kartalari bilan bog’liq firibgarlik jinoyatlari.

O’zganing pul mablag’larini o’g’irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit yoki hisob kartasidan
foydalangan holda talon-toroj qilish, agar naqd pul mablag’lari bankomat vositasida amalga
oshirilgan bo’lsa, o’zganing mulkini o’g’irlash sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Biroq
o’zganing bankdagi hisobida turgan pul mablag’larini o’g’irlangan (qalbakilashtirilgan) kredit
yoki hisob kartasidan foydalangan holda talon-toroj qilish, faqat shaxs kredit, savdo yoki servis
tashkilotining vakolatli xodimini aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo’li bilan
yanglishtirgan holdagina (masalan, savdo yoki servis markazida tovarlarga yoki xizmatlarga haq
to’lash uchun bank kartasidan foydalangan holda shaxs xarid chiptasiga kartaning qonuniy egasi
o’rniga imzo qo’yadi yoki uning nomiga qalbakilashtirilgan pasport taqdim etadi) firibgarlik
sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Hozirda ko’plab banklarda “sms-banking” tizimi joriy
qilinmoqda. Ularning qulay taraflaridan biri endilikda online tizimida ishlaydigan bank plastik
kartalari orqali bank operatsiyalarini masofadan telefon yoki komputer vositalari orqali amalga
oshirish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

465

O’zbekiston Respublikasi Oliy Sudining “Firibgarlikka oid ishlar bo’yicha sud amaliyoti

to’g’risidagi” 8-sonli plenum qarorining 11-bandida, ijtimoiy to’lov, nafaqa, boshqa pul to’lovlari
(masalan, kompensatsiyalar, sug’urta to’lovlari)ni yoki boshqa mulkning sodir bo’lishi qonunga
ko’ra to’lovlar yoki mulkni olish uchun asos bo’ladigan holatlar mavjudligi (jumladan,
oluvchining shaxsi, nogironligi, boqimandalari borligi, urush harakatlarida qatnashganligi, ishga
joylashtirish imkoniyati yo’qligi, sug’urta hodisasi ro’y berganligi) to’g’risida tegishli qarorlar
qabul qilishga vakolatli ijro hokimiyati, mahalliy o’zini-o’zi boshqaruv organlari, muassasa yoki
tashkilotlarga, bila turib, yolg’on ma’lumotlar taqdim etish yo’li bilan olish firibgarlik sifatida
kvalifikatsiya qilinishi lozim.

Quyida bir qator holatlarni ko’rib chiqib uning qanday sodir etilishi va undan qanday

himoyalanish choralarini ko’rish mumkin.

Soxta bankomatlarning o’rnatilishi.

Ushbu holatda firibgarlar soxta bankomatlarni

yasashadi va odam gavjum bo’lgan hududlarga o’rnatishadi. Shundan keyin undan
foydalanmoqchi bo’lgan shaxs unga o’z plastik kartasini tiqadi. Ushbu holatda bankomat plastic
kartani siqib qolishi yoki undagi terilgan pin-kodni o’zida saqlab qolishi mumkin.

Maxsus moslama skimmerlarni o’rnatilishi.

Ushbu maxsus moslama vositasida firibgarlar

terilgan pin-kodlarni osongina o’zlashtirib olishlari mumkin.

Yuqoridagi holatda maxsus o’rnatilgan mini-kamera vositasida plastic karta egasining pin-

kodlari yozib olinmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

466

O’rnatilgan soxta klaviatura yordamida pin-kodni aniqlash.
Yuqorida ta’kidlanib o’tilganidek, telefon vositalari orqali firibgarlik jinoyatlarini sodir

etish ham keng uchrayotgan turlardan biridir. Jumladan, banklarda tashkil etilgan sms-banking
tizimidan foydalangan holda, firibgarlar bank yoki mobil aloqa operatori nomidan turli
mazmundagi smslarni junatish orqali, plastik karta kodi, bankdagi hisob varog’i bo’yicha
operatsiyalarga, yoki plastic kartadagi pul mablag’larini tasarruf etishga imkon yaratmoqda.
Masalan, telefon orqali plastic kartadagi pul mablag’lari yechib olinayotgani, agarda ko’rsatilgan
raqamga plastic karta kodini zudlik bilan yuborilmasa, hisobingizdagi pullarni qaytarish iloji
bulmasligi mazmunidagi sms keladi. Mijoz unga ishonib o’z maxsus kodlarini yuboradi va shu
orqali firibgarlar tuzog’iga tushib qoladi.

Xulosa

Firibgarlik jinoyatining subyekti boshqa talon-torojliklarga qaraganda maxsus xususiyatga,

ya’ni ushbu subyektga o’zgalar mulki fuqaroviy-huquqiy, mehnat shartnomasi yoki maxsus
topshiriqlar asosida topshirilganligi yoki uning ixtiyoriga o’tkazilishi bilan bog’liqligi, shuningdek
bozor munosabatlari sharoitida oddiy fuqarolar yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan
shug’ullanishi, ular ham o’zgalar mulkini shartnoma asosida qo’riqlash, tashib berish yoki
kasanachilik asosida biron-bir faoliyat yuritishi mumkinligini inobatga olgan holda, yakka tartibda
xo’jalik yurituvchi subyektlar ham mazkur jinoyatning subyekti bo’la olishi asoslab berildi.
Shuningdek, firibgarlik jinoyati subyektining javobgarlikka tortish yoshi 16 yosh qilib
o’rnatilganligining ijtimoiy zarurati ilmiy asoslantirildi.

Firibgarlik jinoyatining oldini olishga qaratilgan choralarni belgilashda quyidagi jihatlarga

alohida e’tibor qaratish lozim:

– tadqiq etilayotgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslar tarkibining ijtimoiy-demografik tahlili

ularning aksariyati (89,1 %) erkaklar hissasiga to’g’ri kelishini ko’rsatadi, ammo oxirgi ikki yil
davomida ayollar jinoyatchiligi (10,9 %) ham o’sib bormoqda. Mazkur turdagi jinoyatga qarshi
kurashning profilaktik chora-tadbirlarini ishlab chiqishda aynan erkaklarga asosiy e’tibor
qaratilishi lozim;

– o’zlashtirish yoki rastrata qilish jinoyatini sodir etgan shaxslarning 84,9 foizini yoshi 30

yoshdan va undan katta yoshdagi shaxslar tashkil etadi. Chunonchi, bu turdagi jinoyatlarni sodir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

467

etishga moyillik cho’qqisi 35–55 yoshdagi kishilarga to’g’ri keladi, zero, shu yoshdagi
shaxslarning jinoyat sodir etish ko’rsatgichi (56,6%) eng yuqori hisoblanadi;

Firibgarlik jinoyatining oldini olishda quyidagi jihatlarga alohida ahamiyat berish kerak:
– ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hisobidan «ortiqcha» mahsulot paydo bo’lishining

oldini olish bo’yicha nazoratni kuchaytirish;

– xo’jalik-moliyaviy nazorat o’rnatish;
– monopolistik faoliyatni nafaqat tovarlar bozorida, balki moliya bozorlarida ham tartibga

solish, shuningdek, ushbu soha uchun professional kadrlarni tanlash va tayyorlash;

– maqsadga yo’naltirilgan profilaktika faoliyatini rejalashtirish;
– xorijiy davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari bilan mazkur turdagi jinoyatlarning

oldini olish bo’yicha tajriba almashtirish va ularbilan ushbu sohada hamkorlik o’rnatish;

– alohida profilaktik choralar bilan cheklanmasdan, profilaktika choralari tizimini

tashkillashtirish;

– huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o’zaro va davlat hokimiyati organlari bilan

hamkorlikda profilaktik chora-tadbirlarni olib borish;

– kadrlarni to’g’ri tanlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish

borasida targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

REFERENCES

1.

Sh.Y.Abduqodirov, U.M.Mirzaev. Mulkni talon-taroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik.
– T.:TDYU. 2011.112 bet.

2.

Щепалов С. Мошенничество – это умышленное причинение имущественного
ущерба // Российская юстиция. – 2003.

3.

Хафизова Л.С. Уголовно-правовые и криминологические аспекты противодействия
финансовому мошенничеству. Автореф.канд. юрид. наук. Н. Новгород, 2008.

4.

M.H.Rustambaev. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. T.: “Ilm Ziyo”.2011.1-
5 tomlar.

5.

Новоселова С.С. Организация предупреждения преступлений в сфере
экономической деятельности // Российский следователь. №5. 2006.

6.

Qalandarov M.M. O’zgalar mulkini o’zlashtirish yoki zo’rlik ishlatmasdan talon-taroj
qilish jinoyatlarini oldini olish. – T.: “IIV”. 2008-yil.56 bet.

7.

Qalandarov M.M. Amaldagi jinoyat qonunchiligida o’zgalar mulkini o’zlashtirish yoki
zo’rlik ishlatmasdan talon-taroj qilish jinoyatining hozirgi zamon holati. – T.: “TDYI”
2010. 64 bet.

8.

Вехов, В. Б. Компьютерные преступления: Способы совершения и раскрытия. / Под
ред. Б.П. Смагоринского. - М.: Юрист, 2011. - 412 с.

9.

Гаврилов, Д. В. Расследование мошенничества / Д. В. Гаврилов. - М.: Бек, 2008. -
205 с.

10.

Криминология (Умумий қисм). Ниёзова С., Очилов Х., Алланова А. 2021

11.

Антонов, И. О. Расследование мошенничества / И. О. Антонов. М.: Юрист, 2009. -
288 с.

12.

Криминалистика: Расследование преступлений в сфере экономики: / Под ред. В.Д.
Грабовского, А.Ф. Лубина. - М.: Проспект, 2010. - 612 с.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

468

13.

Митрохин, В. А. Мошенничество в сфере страхования / В. А. Митрохин // Мы и
безопасность. - 2010. - №1 (3). - С. 26 - 29.

14.

Носов, А. М. Проблемные вопросы расследования мошенничества / А. М. Носов //
Криминалист. - 2010. - № 6. - С. 22 - 25.

15.

Новиков, В. В. Объективная характеристика мошенничества / В. В. Новиков //
Уголовное право. - 2011. - № 4. - С. 27 - 31.

16.

Тараканова, Е. В. Держи карты ближе к орденам / Е. В. Тараканова // Эксперт. -
2008. - №11(128). - С. 95 - 100.

17.

Ценова, Т. Л. Проблемы методики расследования коммерческого мошенничества /
Т. Л. Ценова // Российский следователь. - 2008. - № 6. С. 22 - 27.

18.

Шаров, А. В. Методика расследования мошенничеств в сфере оборота жилища / А.
В. Шаров // Российский следователь. - 2011. - № 2. - С. 22 - 26.

19.

Q.R.Abdurasulova. Kriminologiya. Toshkent. 2007-yil. 212 bet.

Internet resurslari

20.

http://www.pravo.uz

21.

http://www.uza.uz

22.

http://www.lex.uz

23.

http://www.gov.uz

24.

http://www.minjust.uz




References

Sh.Y.Abduqodirov, U.M.Mirzaev. Mulkni talon-taroj qilganlik uchun jinoiy javobgarlik. – T.:TDYU. 2011.112 bet.

Щепалов С. Мошенничество – это умышленное причинение имущественного ущерба // Российская юстиция. – 2003.

Хафизова Л.С. Уголовно-правовые и криминологические аспекты противодействия финансовому мошенничеству. Автореф.канд. юрид. наук. Н. Новгород, 2008.

M.H.Rustambaev. O’zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. T.: “Ilm Ziyo”.2011.1-5 tomlar.

Новоселова С.С. Организация предупреждения преступлений в сфере экономической деятельности // Российский следователь. №5. 2006.

Qalandarov M.M. O’zgalar mulkini o’zlashtirish yoki zo’rlik ishlatmasdan talon-taroj qilish jinoyatlarini oldini olish. – T.: “IIV”. 2008-yil.56 bet.

Qalandarov M.M. Amaldagi jinoyat qonunchiligida o’zgalar mulkini o’zlashtirish yoki zo’rlik ishlatmasdan talon-taroj qilish jinoyatining hozirgi zamon holati. – T.: “TDYI” 2010. 64 bet.

Вехов, В. Б. Компьютерные преступления: Способы совершения и раскрытия. / Под ред. Б.П. Смагоринского. - М.: Юрист, 2011. - 412 с.

Гаврилов, Д. В. Расследование мошенничества / Д. В. Гаврилов. - М.: Бек, 2008. - 205 с.

Криминология (Умумий қисм). Ниёзова С., Очилов Х., Алланова А. 2021

Антонов, И. О. Расследование мошенничества / И. О. Антонов. М.: Юрист, 2009. - 288 с.

Криминалистика: Расследование преступлений в сфере экономики: / Под ред. В.Д. Грабовского, А.Ф. Лубина. - М.: Проспект, 2010. - 612 с.

Митрохин, В. А. Мошенничество в сфере страхования / В. А. Митрохин // Мы и безопасность. - 2010. - №1 (3). - С. 26 - 29.

Носов, А. М. Проблемные вопросы расследования мошенничества / А. М. Носов // Криминалист. - 2010. - № 6. - С. 22 - 25.

Новиков, В. В. Объективная характеристика мошенничества / В. В. Новиков // Уголовное право. - 2011. - № 4. - С. 27 - 31.

Тараканова, Е. В. Держи карты ближе к орденам / Е. В. Тараканова // Эксперт. - 2008. - №11(128). - С. 95 - 100.

Ценова, Т. Л. Проблемы методики расследования коммерческого мошенничества / Т. Л. Ценова // Российский следователь. - 2008. - № 6. С. 22 - 27.

Шаров, А. В. Методика расследования мошенничеств в сфере оборота жилища / А. В. Шаров // Российский следователь. - 2011. - № 2. - С. 22 - 26.

Q.R.Abdurasulova. Kriminologiya. Toshkent. 2007-yil. 212 bet.

Internet resurslari

http://www.pravo.uz

http://www.uza.uz

http://www.lex.uz

http://www.gov.uz

http://www.minjust.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов