POTATO VEGETABLE HUMAN HEALTH AND FOOD VALUE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xaydarov, A. (2023). POTATO VEGETABLE HUMAN HEALTH AND FOOD VALUE. Modern Science and Research, 2(4), 670–672. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19632
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushbu maqolada kartoshkaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, uning inson salomatligi uchun tutgan o'rni, ahamiyati, dorivor xususiyatlari va foydali xususiyatlari haqida so'z boradi.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

670

KARTOSHKA SABZAVOTI INSON SALOMATLIGI VA OZIQ-OVQATTAGI

AXAMIYATI

Xaydarov Azamat Raxmatillaevich

Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish inistituti, assistenti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7879610

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kartoshkaning xalq xo'jaligidagi ahamiyati, uning inson

salomatligi uchun tutgan o'rni, ahamiyati, dorivor xususiyatlari va foydali xususiyatlari haqida
so'z boradi.

Kalit so‘zlar:

kartoshka ildizi, mazmuni, qiymati, xalq xo`jaligidagi o`rni, inson salomatligi

uchun ahamiyati, dorivor xususiyatlari, foydaliligi, tarkibi.

КАРТОФЕЛЬ ОВОЩНЫЙ ЗДОРОВЬЕ ЧЕЛОВЕКА И ПИЩЕВАЯ

ЦЕННОСТЬ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о значении картофеля в народном

хозяйстве, его роли для здоровья человека, его значении, лечебных свойствах и о полезных
свойствах.

Ключевые слова:

клубни картофеля, значение, значение, место в народном

хозяйстве, значение для здоровья человека, лечебные свойства, полезность, состав.

POTATO VEGETABLE HUMAN HEALTH AND FOOD VALUE

Abstract.

This article talks about the importance of potatoes in the national economy, its

role for human health, its significance, medicinal properties and beneficial properties.

Key words:

potato tubers, meaning, value, place in the national economy, importance for

human health, medicinal properties, usefulness, composition.

Kirish.

Har qanday mustaqil davlatning vazifasi óz mamlakatining oziq-ovqat xavfsizligini

ta`minlash hisoblanadi. Bunda davlatning tashqi va ishki tahdidlardan qat`iy nazar, aholining
normal hayot kechirishi va faoliyat kórsatkishini ta`minlaydigan darajada muhim mahsulotlarga
bólgan ehtiyojini qondirishni kafolatlashi tushuniladi (H.Ch.Bóriev, 2003) [1].

Kópgina mamlakatlarda millat salomatligi insonning ovqatlanishi va ist`emol qilinayotgan

mahsulot sifatiga boǵliqligi hisobga olingan holda, aholining soǵlom ovqatlanishi sohasida davlat
siyosatining Dastur va Koncepsiyalari ishlab chiqilgan. Bu dasturlarda sabzavotlarni iste`mol
qilishga alohida e`tibor qaratilgan.

Sabzavotlarni iste`mol qilish darajasi kópincha aholining ishga layoqatliligi va umr kórish

davomiyligini belgilaydi. Shu sababli soǵlom ovqatlanishda sabzavotlarning ahamiyati va xavfli
mahsulot etishtirishning oldini olish yóllari tuǵrisidagi bilimlarni ommalashtirish nihoyatda
muhim ahamiyat kasb etadi.

Har qanday ishni bajarish energiya sarflashni talab qiladi: ish qanchalik oǵir bólsa, energiya

shuncha kóp sarflanadi.

Kattalar energiyaga bólgan kunlik ehtiyoj yosh va ishga qarab, erkaklarda 11-18 ming kJ va

ayollarda 9-14 ming kJni tashkil etadi. Tinch holatda kuniga 6,7 ming kJ yoki 1600 kKal (1 J-0,39
kKal, 1 kKal-4,18 J) sarflanadi- bu juda jiddiy miqdordir (A.S.Bolotskix, 1998) [1].

İnsonning mehnatga layoqatliligi va umr kórish davomiyliligi iste`mol qilinayotgan ovqat

kaloriyasi va sifati bilan belgilanadi. Bir odamning dunyo miqyosida energiya iste`mol qilish
miqdori bir kunda 3100 Kkalni tashkil etishi lozim. Bir kunda 3000-3500 Kkal energiya iste`mol


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

671

qilinadigan mamlakatlarda umr kórish davomiyligi 75-80, 2500-3000 Kkal energiya iste`mol
qilinadigan mamlakatlarda 70-75 yosh, 2000-2500 Kkal energiya iste`mol qilinadigan
mamlakatlarda 60-70 yosh va 2000 Kkaldan kam energiya iste`mol qilinadigan mamlakatlarda 42-
50 yoshni tashkil qiladi (A.V.Gordeev, 2002) [1].

Shu yuqoridagi takidlab ótilgan

sabzavotlardan kartoshka sabzavoti
eng muhim ahamiyatga ega. Kartoshka
inson uchun muhim oziq-ovqatlardan
bólib chorvani ham oziqlantiradi.

Jahonda inson oziqlanib quvvat oladigan buǵdoy, makkajóxori, guruch va arpadan sóng

kartoshka beshinchi órinda turadigan quvvat manbasidir. Shu sababli uni halqda ardoqlab
«ikkinchi non» deb ataydilar. Kartoshka ishlab chiqarish sanoatining qator tarmoqlari uchun
muhim xom-ashyo hisoblanadi. 100 g kartoshka 301,5 kDj yoki 72 kkal quvvat berish manbasidir.
[2]

Meva-sabzavotlarning kóp turlari etishtiriladigan janubiy mintaqalarda (regionlarda)

kartoshka iste`mol qilish me`yori nisbatan kam tavsiya etiladi. O’zbekistonda soǵlikni saqlash
mutasaddi tashkilotlari aholi son boshiga yil mobaynida 45 kgdan kartoshka iste`mol qilishni
tavsiya etadi. [2]

Tuganakning

kimyoviy

tarkibi

ózgaruvchan bólib, unga nav, etilish darajasi,
tuproq, iqlim sharoiti, beriladigan óǵit miqdori
va uni tarkibi, tuproq namligi va boshqa omillar
ta`sir etadi. Masalan, tuganak tarkibidagi suv
miqdori 65 dan 85 % gacha quruq modda esa 13
dan 37 % gacha ózgaradi (1-jadval).

1-jadval

Kartoshka tuganagi tarkidagi oziqa moddalar miqdori, xom vazniga nisbatan % da (Shvaar

D, 1999)

Moddalar

O’rtacha miqdori

O’zgarish darajasi

Quruq modda

23,7

13,1-36,8

Kraxmal

17,5

8,0-29,4

Eruvchan uglevodlar

0,5

0,0-8,0

Xom kletchatka

0,7

0,2-3,5

Xom protein

2,0

0,7-4,6

Xom yoǵ

0,1

0,004-1,0

Kul

1,1

0,4-1,9

Kartoshkani shifobaxshlik xususiyatlari.

Qadim zamonlardagi atoqli shifokor Gippokrat

«Bizni taomlarimiz shifobaxsh dori-darmon vositasi bólishi kerak, bizni shifobaxsh vositamiz
taomdir» deb ta`kidlagan. Bu talabga kartoshka tóliq javob beradi. U haqiqatdan ham taom ham
dori-darmondir. Kartoshka qimmatli oziqa bólishi bilan birga, tarkibida vitaminlar, mineral tuzlar,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

672

organik kislotalar va boshqa biologik aktiv moddalarni mavjudligi unga shifobaxshlik xususiyatini
beradi:

-kartoshka tarkibida xolin va acetilxolin moddalarini bólishi inson organizmidan zahar

xaydashni kóchaytirib, muskullarni tortishib qolishni bartaraf qiladi;

-inson buyrak xastaligi-nefrit va qon bosimini oshishi gipertonik bilan kasallanganida parhez

qilishi tavsiya etiladi, ya`ni kun mobaynida uch-besh marta (200-300 g) pósti bilan tuzsiz
pishirilgan kartoshka iste`mol qiladilar;

-kartoshka tarkibidagi kaliy tuzi, yurak muskullarida almashuv jarayonlarini neytrallash va

uning faoliyatini me`yoriga keltirishda, yurak hamda buyrak xastaligini va suv tóplanishini oldini
olishda –asosiy vosita vazifasini bajardi;

-tanadan ortiqcha suyuqlik va tuzni olib tashlaydi;
-metabolizmni yaxshilaydi;
-ótkir gastrit belgilarini tóxtatadi;
-oshqozonning kislotaliligini pasaytiradi;
-oshqozon yarasi kursini engillashtiradi;
-xolesterin darajasini pasaytiradi;
-qondagi gemoglobin darajasini oshiradi;
-tanani charchoq bilan kurashishga yordam beradigan foydali moddalar bilan tóyintiradi;
-ayol gózalligiga ijobiy ta'sir qiladi: tirnoqlarni mustahkamlaydi, teri va sochlarning holatini

yaxshilaydi;

-homiladorlik paytida - shishishni kamaytiradi, ayolni kóngil aynishidan qutqaradi, bolaning

tóǵri rivojlanishini ta'minlaydi. [3]

Oǵir jismoniy mehnat qilib kóp terlaydigan insonlar uchun kartoshkani ahamiyati kattadir.

Terlash bilan kóp mineral tuzlar yóqotiladi. Kartoshka esa ularga yóqotilgan tuzlarni órnini tiklash
va yurakni zóriqib ishlashidan saqlaydi.

Xulosa.

Kartoshka xalq tabobatida keng qóllaniladi. Ildizlarning ózlari, qobiǵi va hatto

gullari ishlatiladi. Ildiz hosilining óziga xos xususiyatlari inson tanasiga ijobiy ta'sir kórsatadi va
kóplab patologik jarayonlarni engishga yordam beradi.


REFERENCES

1.

V.İ.Zuev, X.Ch.Bóriev, D.E.Madreymova. Ekologik sabzavotlar –soǵlom ovqatlanish
asosi. T.2009.

2.

V.İ.Zuev, X.Ch.Bóriev, O.Qodirxójaev, B.B.Alimov. Kartoshkachilik. T.2008.

3.

T.E.Ostanaqulov, V.İ.Zuev, O.Q.Qodirxójaev. Sabzavotchilik. T.2009.

References

V.İ.Zuev, X.Ch.Bóriev, D.E.Madreymova. Ekologik sabzavotlar –soǵlom ovqatlanish asosi. T.2009.

V.İ.Zuev, X.Ch.Bóriev, O.Qodirxójaev, B.B.Alimov. Kartoshkachilik. T.2008.

T.E.Ostanaqulov, V.İ.Zuev, O.Q.Qodirxójaev. Sabzavotchilik. T.2009.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов