DEVELOPING TECHNICAL SKILLS IN THE PIANO

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Turaqulova, K. (2023). DEVELOPING TECHNICAL SKILLS IN THE PIANO. Modern Science and Research, 2(5), 384–388. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20145
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article is about developing technical skills in the piano. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are presented throughout the article. Pictures are used to reveal the content of the topic.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

384

FORTEPIANO CHOLG’USIDA TEXNIK MAHORATNI O’STIRISH

Turaqulova Kamola Rustam qizi

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7934300

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Fortepiano cholg’usida texnik mahoratni o’stirish haqida

so’z boradi. Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirilgan. Mavzu

mazmunini ochib berishda rasmlardan foydalanilgan.

Kalit so’zlar:

Fortepiano sinfidagi o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish, matn ustida

savodli ishlash, ijrochilik san’ati.

DEVELOPING TECHNICAL SKILLS IN THE PIANO

Abstract.

This article is about developing technical skills in the piano. Reasonable opinions

and comments within the scope of the topic are presented throughout the article. Pictures are used

to reveal the content of the topic.

Keywords:

education and upbringing of students in the piano class, literate work on the

text, performance art.

РАЗВИТИЕ ТЕХНИЧЕСКИХ НАВЫКОВ ИГРЫ НА ФОРТЕПИАНО.

Аннотация.

Данная статья посвящена развитию технических навыков игры на

фортепиано. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы представлены на

протяжении всей статьи. Картинки используются для раскрытия содержания темы.

Ключевые слова:

обучение и воспитание учащихся по классу фортепиано,

грамотная работа над текстом, исполнительское искусство.

Fortepiano sinfidagi o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish jarayonining asosi turli musiqa

asarlari ustida ishlashdan iborat bo'lib, ular ana shu jarayonda har xil jamlar va uslublar bilan

tanishadilar, asarlarning musiqiy tilini o'zlashtiradilar, matn ustida savodli ishlash malakalarini

egallaydilar, texnikaviy qiyinchiliklarni yengish yo'llarini o'rganadilar va hokazo. O'quvchilar

umumiy musiqiy kamol topish, pianinochiga xos bilim, ko'nikma va malaka orttirish bilan birga

asta-sekin nazariy ma'lumotlar ham to'playdilar, musiqa asarlarini tahlil qilishni o'rganadilar,

0'zlarining ichki eshitishlarini, diqqat va nazorat qilishni, tasavvur va ijodiy fantaziyalarini

rivojlantiradilar hamda takomillashtiradilar. Pedagog fortepiano sinfidagi yoshi va xarakter

xislatlari ,musiqiy qobiliyati, moyilligi va qiziqish darajasi turlicha bo'lgan o'quvchilar bilan

shug'ullanishda badiiypedagogik ta'sir ko'rsatishningjuda ko'p usullari hamda vositalaridan

foydalanishi kerak. Shu bilan birga, har bir o’quvchi uchun o’ziga xos


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

385

Jahon musiqa tarixining muhim sohalaridan hisoblangan fortepiano musiqasi ijrochiligi o‘z

mazmun-mohiyatiga ko‘ra yakkaxon ijrochilik uslubiga asoslangan bo‘lsa-da u ansambl holdagi

ijroni ham taqozo etadi. Shu bois, musiqiy ta’lim muassasalarining fortepiano mutaxassisligini

o‘qitish bo‘yicha tuzilgan o‘quv dasturlari va rejalarida fortepiano ansambli ham muhim o‘rin

egallaydi. Bolalar musiqa va san’at maktablaridagi fortepiano ansambli sinfida o‘quvchi musiqa

savodining boshlang‘ich bosqichini ado etibgina qolmay, balki, ilk bor hamkorlikda ijro etish

ko‘nikmasini ham o‘zlashtiradi. Binobarin, aynan hamkorlikda ijro etish ko‘nikmasi orqali yosh

pianinochi jo‘rlik san’ati bilan yaqindan tanishishi mumkin. Zero, aksariyat pianinochilar

yakkaxon ijrochilik bilan birga, jo‘rlik san’ati orqali ham o‘z san’atini ifoda eta oladi.

0‘zbekistondagi musiqiy ta’lim muassasalarida fortepiano ansamblini o‘qitish ko‘p yillar

mobaynida izchil ravishda olib borilgan bo‘lsa-da, ushbu sohaning uslubiyatini aks ettiruvchi

qo‘llanmalar amaliyotda mavjud bo‘lmagan. Ammo ushbu sohaga tegishli bo‘lgan musiqiy

namunalar etarli bo‘lgani bois, ustozlar o‘z shogirdlarining ijro imkoniyatidan kelib chiqqan holda

musiqiy asarlami tanlab olib, ijro mahorati ustida ish olib borganlar.

Fortepiano ansambli janri qadim davrlarda Evropada mavjud bo‘lgan. Mazkur janr ХУШ

asming ikkinchi yarmiga kelib rivojlana boshladi va ulkan mashhurlikka erishib, musiqiy

hayotning ajralmas qismiga aylandi. Tabiiyki, bu janr boy va xilma-xil musiqiy adabiyotning ham

vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. To‘rt qo‘l bo‘lib ijro etish uchun mo‘ljallangan asarlami yaratishga

XIX asming deyarli barcha kompozitorlari alohida hissa qo‘shganlar. XX asrga kelib ushbu janr

yanada taraqqiy etib bordi., Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Fortepiano duetining shu qadar tez

gullabyashnashining sababi nimada bo‘lishi mumkin? Awalambor, bu janr tenghuquqlik

imkoniyatlarini yaratadi, uy sharoitida musiqa ijro etish an’analarini keng targ‘ib etadi. Bundan

tashqari, XVIII asming oxiri va XIX asr boshlarida yaratilgan to‘rt qo‘llik asarlar pianistik

mahorati o‘rta darajada bo‘lgan ijrochilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksariyat havaskorlar uchun

qo‘l kelardi. Pedagogik amaliyotda ham bu asarlardan muvaffaqiyatli foydalanilgan. To‘rt qo‘llik

ijro katta va kichik yoshdagi ijrochilarda ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirar edi. Fortepiano

duetini janrining mashhur bo‘lishiga yana bir sabab shundaki, to‘rt qo‘llik ijro orkestr effektlarini

ifodalay olishga imkon yaratdi. XVIII asming oxiri va XIX asr boshida vujudga kelgan orkestr

asarlarining to‘rt qo‘llik talqini fortepiano duetining musiqiy-ma’rifiy vazifasini belgilab berdi.

Tez orada opera, simfonik, kamer-ansambl asarlari o‘zining to‘rt qo‘llik talqini bilan birgalikda

chop etila boshladi va bu hoi an’ana tarziga kirib qoldi. Shunday qilib, XIX asrda tinglovchilar

turli xildagi janrlar bilan aynan shu tarzda tanisha boshlaganlar. Qanchadan-qancha buyuk asarlar

to‘rt qo‘llik talqin bois mashhurlikni q‘lga kiritdi. Musiqiy ta’lim jarayonida barcha musiqachilar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

386

fortepiano sinfl (umumiy va maxsus)dan o‘tadilar. To‘rt qo‘llik ijro ansambli esa o‘quv

muassasasida ham, uy sharoitida ham qo‘l keladigan janr bo‘lib, uning musiqaqi san’atidagi o’rni

beqiyosdir.

Ma’lumki, har qanday cholg‘uni ijro etishni o‘rganishda avval cholg‘u oldida to‘g‘ri

o‘tirib, gavdani, oyoq-qo‘llarni erkin tutish kabi ko‘nikmalarni o‘zlashtirish muhimdir. Bu

ko‘nikmalarning o‘zlashtirilishi ijrochilik holatining to‘g‘ri shakllanishiga yordam beradi.

Fortepiano ijrochiligida 3 ta tayanch nuqtalari mavjud bo‘lib, bular oyoq holati, o‘rindiqda (stulda)

o‘tirish holati va “qo‘l holati” (barmoqlar)dir.

1.

Oyoq holati –- bir oz oldinga surilgan holda yerga yoki maxsus taxtachaga tayangan

bo‘lishi lozim.

2.

O‘rindiqda (stulda) o‘tirganda, butun o‘rindiqqa emas, balki uning yarmiga

mustahkam o‘tirish kerak. O‘rindiqning balandligi esa maxsus burama moslama yoki taxtachalar

bilan shogirdga moslashtirilgan bo‘lishi lozim. Uning balandligi shunday qo‘yilgan bo‘lishi

kerakki, unda tirsaklar klavishdan pastda emas, balki ular bir tekis balandlikda bo‘lishi maqsadga

muvofiqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

387

3.

Barmoqlar uchinchi - eng muhim tayanch nuqtalardan biri sanaladi. Gavdani tik

tutgan holda qomatni biroz oldinga, cholg‘uga yaqin tutib, “qo‘l holati” (barmoqlar)ni qo‘yganda

bilak tepaga ko‘tarilmagan, tirsak tanadan 300 burchak ostida bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Yelkalar erkin holatda hamda o‘quvchining qaddi rostlangan bo‘lishi lozim. Qo‘llar yumaloq va

klavishni bosganda barmoqlar uchiga tayangan bo‘lishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

388

REFERENCES

1.

Djamalova D., Utayeva N.. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma. G‘.G‘ulom

nomidagi NMIU, Toshkent, 2016. 2. Николаев А., Кисель Е., Натансон Б., Ереженская

Н. “Школа игры на фортепиано”. Издательство “Музыка”, Москва, 1975.

2.

A.Fitrat “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” “Fan”. T.,1993

3.

A.Odilov “O’zbek cholg’ularida ijrochilik tarixi”. T. “O’qituvchi”, 1995.

4.

Ne’matillo Mo’’jaziy “Tavorixi musiqiyn” Pekin millatlar nashriyoti. Pekin. 1982.

References

Djamalova D., Utayeva N.. “Fortepiano olamiga ilk qadamlar”, o‘quv qo‘llanma. G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, Toshkent, 2016. 2. Николаев А., Кисель Е., Натансон Б., Ереженская Н. “Школа игры на фортепиано”. Издательство “Музыка”, Москва, 1975.

A.Fitrat “O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi” “Fan”. T.,1993

A.Odilov “O’zbek cholg’ularida ijrochilik tarixi”. T. “O’qituvchi”, 1995.

Ne’matillo Mo’’jaziy “Tavorixi musiqiyn” Pekin millatlar nashriyoti. Pekin. 1982.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов