PLOT ELEMENTS IN THE STORY "THE VAST SKY".

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nosirova, S., & Hafizova, F. (2023). PLOT ELEMENTS IN THE STORY "THE VAST SKY". Modern Science and Research, 2(5), 448–450. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20247
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article examines the different aspects of the terms plot and fabula found in the science of literature, as well as terms that make up the plot in a work of art, such as the knot, development of events, culmination, solution, on the example of Nazar Eshanqul's story "The Endless Sky".

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

448

“BEPOYON OSMON” HIKOYASIDA SYUJET ELEMENTLARI

Nosirova Setora Narzulla qizi

Termiz davlat universiteti, 121-guruh talabasi

Hafizova Feruza

Ilmiy rahbar, Termiz davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7942159

Annotatsiya.

Maqolada adabiyotshunoslik ilmida uchraydigan syujet va fabula

terminlarining o’zaro farqli jihatlari hamda badiiy asarda syujetni tashkil etuvchi tugun, voqealar
rivoji, kulminatsiya, yechim kabi istilohlar Nazar Eshonqulning “Bepoyon osmon’’ hikoyasi
misolida o’rganib chiqiladi.

Kalit so'zlar:

syujet, fabula, tugun, ekspozitsiya, voqealar rivoji, kulminatsiya, yechim.

PLOT ELEMENTS IN THE STORY "THE VAST SKY".

Abstract.

The article examines the different aspects of the terms plot and fabula found in

the science of literature, as well as terms that make up the plot in a work of art, such as the knot,
development of events, culmination, solution, on the example of Nazar Eshanqul's story "The
Endless Sky".

Key words:

plot, fable, knot, exposition, development of events, climax, solution.

СЮЖЕТНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ В РАССКАЗЕ «БЕЗБРЕЖНОЕ НЕБО».

Аннотация.

В статье рассматриваются различные аспекты терминов сюжет и

фабула, встречающихся в науке о литературе, а также терминов, составляющих сюжет
в художественном произведении, таких как завязка, развитие событий, кульминация,
завязка. решение, на примере рассказа Назара Эшанкула «Бесконечное небо».

Ключевые слова:

сюжет, басня, узел, экспозиция, развитие событий, кульминация,

развязка.

Avvalo, har bir badiiy asar ma’lum bir voqealar tizimi, ya’ni syujetdan tashkil topadi.
Syujetlilik badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlaridan biri sifatida tushuniladi. Syujet (fran.
predmet, asosga qo’yilgan narsa) badiiy shaklning eng muhim elimentlaridan biri sanalib, badiiy
asardagi bir-biriga uzviy bog’liq holda kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tarkib
topuvchi voqealar tizimini anglatadi.

1

Adabiyotshunoslikda syujet bilan bir qatorda fabula istilohi

ham borki, bu ikki atama XIX asr oxirigacha bir-biriga ma’nodosh holda qo‘llanilgan.
Keyinchalik XXasr boshlaridan syujetning kengroq o‘rganilishi va chuqurroq tatbiq etilishi
natijasida bu ikki atamaning bir-biridan farqli tomonlari borligi isbotlandi va fanga olib kirildi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, syujet bu asardagi ma’lum voqealarning ijodkor tomonidan o’zaro
joylashtirish tartibidir. Fabula esa asardagi voqealarning shunchaki hayotda yuz berish ketma-
ketligidir. Shu ma’lumotlarga tayanib biz syujet va fabulani farqlar ekanmiz, avvalo, voqealarning
hayotda yuz berish tartibi bilan uning badiiy asarda yuz berish tartibining farqini anglab olishimiz
lozimdir.

Misol tariqasida o‘zbek modernizm adabiyotining yirik vakillaridan biri Nazar

Eshonqulning “Bepoyon osmon” hikoyasini olsak. Hikoya asar qahramoniga qisqa va zardali xat
kelishi bilan boshlanadi: “Xat qisqa va zardali edi. Oyto’ldi enang og’ir yotibdi. Joni uzilmasdan

1

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti, 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

449

kel! – bunaqa dag’al jumlalarni faqat ammam yozdirishi mumkin, boshqa hech kim. Pashshsaning
qanotiday keladigan shu bir parcha qog’ozda ham Oyto’ldi enamga nisbatan bir umr tark etmagan
tana-yu dashnomini, o‘zining azaliy munosabatini bildirish uchun Oyto’ldi enang deya istehzo
qilgani va bunday piching-u kinoyalar faqatgina ammamning qo’lidan kelishini xatni
o‘qigandayoq tushungan edim

2

. Asar mana shunday boshlanadi. Qahramon avvaliga xatni

o’qiydi., vaziyat qanchalar murakkab ekanligini, tug’ilib o‘sgan qishlog’iga tezroq qaytishi kerak
ekanligini tahlil qilar ekan, shu o’rinda u ortga, o’tmishga nazar tashlaydi. Bu o’rinda biz asar
syujet asosida qurilganini anglab olamiz.

Hikoyaga yaxshiroq e’tibor beradigan bo’lsak, asar voqealar tugunidan boshlanadi.

Keling, avvalo, asarda voqealar tuguni nima ekanligiga atroflicha tahlil qilamiz. “Tugun asar
voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqea, asar konflekti qo’yilgan joydir. Ekspozitsiyadan
farqli o’laroq, tugun syujetning zarur elementi sanaladi, ya’ni u syuzetda har vaqt hozirdir”

3

.

Tugun, odatda, asarning boshida, ekspozitsiyadan keyin beriladi. Ba’zan muayyan badiiy estetik
maqsadni ko’zda tutgan holda uning o’rni o’zgartirilishi mumkin. “Bepoyon osmon” hikoyasini
o’qishni boshlar ekanmiz, jumlalarni birin-ketin o’qiganimiz sari tugun ham birin-ketin namoyon
bo’laveradi. Yuqorida keltirilgan hikoyaning boshlanmasi bizda turli xil savollar tug’diradi: Aslida
qahramon “ammam” deya ta’riflayotgan obraz kim, nega qahramon o’z ammasiga nisbatan bu
qadar salbiy munosabat bildiryapti? Oyto’ldi ena obrazi qanday obraz? Nega qahramon uni
shunchaki ena demasdan Oyto’di ena deb murojaat qilyapti? Oyto’ldi ena qanday yomonlik
qilganki amma obrazi Oyto’ldi enaga nisbatan bir umr tark etmagan ta’na-yu dashnomlarning
egasi sifatida ta’riflanadi?! Manashu pallada tugun yuzaga keladi va biz asarni o’qishni davom
ettirar ekanmiz, har bir voqealar tuguni birma-bir o’z yechimini topib boraveradi.

Tugundan keying voqealar zanjiri voqealar rivoji deyiladi. Hikoyadagi qahramonning

amakisi va amakisining ayoli (muallif tili bilan aytganda yangasi) ning farzand dog’ida kuyishlari,
akasining umri besamar o’tayotganligidan achinib kelinoyisiga kun bermaydigan “amma” obrazi
tasviri,

uning

sha’ni, g’ururi sabab bor aybni o’z bo’yniga olib, ta’na-yu dashnomlarga ko’milib

yashagan xokisor ayol qismati asar voqealar zanjirini tashkil etadi. Syujet voqealari bosqichma-
bosqich, darajama-daraja rivojlanib boraverar ekan, natijada, asar voqealar rivojining eng yuqori
nuqtasi – asar kulminatsiyasi vujudga keladi. Ushbu hikoyadagi kulminatsiya bu qahramonning
Oyto‘ldi enasining vafotidan so‘ng uning sandiqlari orasidagi turli xil qog’ozlar ichidan topilgan
tashxis varaqasi bo‘ladi. Qahramon kasbi taqazosi bilan ushbu varaqada gap nima haqida
ketyotganini yaxshi anglaydi. Asar kulminatsiya va yechimning hamohangligida yakunlanadi:
“…Oniy lahzalarda yorishgan xotira siniqlari ichida ammamning bir umr begiz qilingan qo’llari,
butun qishloq yangamga yog’diirgan dashnomlar, ...tashxisdan o’tib kelishgan kuni xuddi
yangamning—enamning yuzidan sil kabi oqib tushgan ko’zyoshlari—hammasi bor edi. Men endi
hammmasini tushungan va anglagan edim: yangam, mening tutingan enam bepusht yashash
qismatini o’ziniki deb bilgan, bilgani uchun ham tashxis qog’ozlarini yashirib qo’ygan, el-yurt
oldida amakimning boshi egilmasligi, erkaklik g’ururi toptalmasligi uchun bu sirni hammamizdan

2

Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam.

__

Toshkent: Yangi nashr, 2019.

3

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti, 2018.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

450

yashirgan ammamning va butun qishloqning bir umrlik xo’rlik va nadomatlariga chidab
kelgan…”

4

.

Yuqorida tasvirlangan tugun voqealar rivoji va kulminatsiya syujetni tutib turuvchi asosiy

unsurlar sanaladi va ular har qanday syujetda mavjud bo’ladi. Shunday ekan o’quvchi har bir
badiiy asarni o’qir ekan, uning voqealar rivoji ortidan quvish shart emas, balki asarning tub
mag’zini chaqib, uni ilmiy va badiiy jihatdan ham tadqiq eta olishi lozimdir.

REFERENCES

1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti, 2018.
2. Umurov H, Nasirov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. SamDU nashri, 2021. – 252b.
3. Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam.

__

Toshkent: Yangi nashr, 2019.

4

Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam.

__

Toshkent: Yangi nashr, 2019.

References

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.—Toshkent: Navoiy universiteti, 2018.

Umurov H, Nasirov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. SamDU nashri, 2021. – 252b.

Nazar Eshonqul. Maymun yetaklagan odam.__ Toshkent: Yangi nashr, 2019.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов