MENGZIYO SAFAROV ASARLARIDA INSON, TABIAT VA SUV TASVIRI

Annotasiya

Maqolada yozuvchi Mengziyo Safarovning asarlarida tabiat va inson suv obi hayot ekanligi xususida soʻz yuritilib, taalluqli xulosalar yasaladi. Zotan tabiat va inson hozirgi globallashuv zamonida oʻziga xos jumboqlarga duch kelmoqda, bundan buyon bu hodisa jidddiylashib va chuqurlashib boraveradi, u aslo toʻxtamaydi. Asarlarda tabiat va inson mavzusi bosh maqomga ega, bilamizki, tabiat va inson mutanosib taraflar, inson tabiat qoʻynida kamol topadi, tabiatsiz inson hech kim, bu tezis yangilik emas, albatta.

Manba turi: Jurnallar
Yildan beri qamrab olingan yillar 2022
inLibrary
Google Scholar
Chiqarish:

Кўчирилди

Кўчирилганлиги хақида маълумот йук.
Ulashish
Murtazoyev , B. ., & Hafizova, F. . (2024). MENGZIYO SAFAROV ASARLARIDA INSON, TABIAT VA SUV TASVIRI. Zamonaviy Fan Va Tadqiqotlar, 3(6), 215–219. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/34861
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Annotasiya

Maqolada yozuvchi Mengziyo Safarovning asarlarida tabiat va inson suv obi hayot ekanligi xususida soʻz yuritilib, taalluqli xulosalar yasaladi. Zotan tabiat va inson hozirgi globallashuv zamonida oʻziga xos jumboqlarga duch kelmoqda, bundan buyon bu hodisa jidddiylashib va chuqurlashib boraveradi, u aslo toʻxtamaydi. Asarlarda tabiat va inson mavzusi bosh maqomga ega, bilamizki, tabiat va inson mutanosib taraflar, inson tabiat qoʻynida kamol topadi, tabiatsiz inson hech kim, bu tezis yangilik emas, albatta.


background image


215

MENGZIYO SAFAROV ASARLARIDA INSON, TABIAT VA SUV TASVIRI

Murtazoyev Bobonazar Xurramovich

TerDU Oʻzbek adabiyotshunosligi kafedrasi,

f.f.n., dotsent.

Hafizova Feruza Odiljon qizi

TerDU doktoranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.12199190

Annotatsiya.

Maqolada yozuvchi Mengziyo Safarovning asarlarida tabiat va inson suv obi

hayot ekanligi xususida soʻz yuritilib, taalluqli xulosalar yasaladi. Zotan tabiat va inson hozirgi

globallashuv zamonida oʻziga xos jumboqlarga duch kelmoqda, bundan buyon bu hodisa

jidddiylashib va chuqurlashib boraveradi, u aslo toʻxtamaydi. Asarlarda tabiat va inson mavzusi

bosh maqomga ega, bilamizki, tabiat va inson mutanosib taraflar, inson tabiat qoʻynida kamol

topadi, tabiatsiz inson hech kim, bu tezis yangilik emas, albatta.

Kalit soʻzlar:

Atrof, tabiat, inson, tarix, suv, badia, esse, xayol, oʻy, fikr.

THE IMAGE OF MAN, NATURE AND WATER IN THE WORKS OF MENGZIYO

SAFAROV

Abstract.

In the article, the works of writer Mengziyo Safarov mention that nature and man

are aquatic life, and relevant conclusions are made. Already, nature and man are facing unique

puzzles in the current era of globalization, and from now on, this phenomenon will become more

serious and deeper, and it will not stop at all. In the works, the theme of nature and man has the

main status, we know that nature and man are equal sides, man matures in the bosom of nature,

man is nothing without nature, this thesis is certainly not new.

Key words:

Environment, nature, human, history, water, art, essay, fantasy, thought,

thought.

ОБРАЗ ЧЕЛОВЕКА, ПРИРОДЫ И ВОДЫ В ТВОРЧЕСТВЕ МЭНЗИЁ САФАРОВА

Аннотация.

В статье в произведениях писателя Мэнзиё Сафарова природа и

человек являются водной жизнью, и сделаны соответствующие выводы. Уже сейчас

природа и человек сталкиваются с уникальными задачами в нынешнюю эпоху глобализации,

и отныне это явление станет более серьезным и глубоким, и оно вовсе не прекратится. В

произведениях тема природы и человека имеет основной статус, мы знаем, что природа и

человек — равные стороны, человек зреет в лоне природы, человек — ничто без природы,

этот тезис, конечно, не нов.


background image


216

Ключевые слова:

Окружающая среда, природа, человек, история, вода, искусство,

эссе, фантазия, мысль, мысль.

Inson, tabiat va tarix oʻzaro uzviy, mushtarak qutblarni namoyon etadi, aslida ham bu

tushunchalar – bir-bitriga uyqash, hatto egizak. Inson va tabiat azal-azaldan sherik, inson tabiat

qoʻynida oʻsib-ulgʻayadi, kamol topadi, murgʻak qalb koʻz ochadi, dunyoni taniydi. Tabiat – inson

uchun maskan, nafaqat maskan, balki Vatan, tabiat – ona, inson – tabiat farzandi, bunga zarracha

shubha, gumon yoʻq, olis va muysafid moziy buni hamisha tasdiqlaydi.

Surxon vohasining jonkuyar kuychisi, ona tabiatning chinakam oshuftasi, jonajon

viloyatimiz tarixining oʻtkir bilimdoni, xassos qalb sohibi Mengziyo Safarov asarlarida ayni tabiat

va inson mavzui yetakchi, inson va tabiat muammosi ustuvordir. Mengziyo Safarov tabiat

jumboqlarini eʼtiborsiz qoldirmas edi, zotan tabiat muammmosi, bu inson muammosi ekani sira

sir emasligini, u hammadan koʻproq tushunar edi. Mengziyo Safarov biz yashagan jamiyatning va

biz voyaga yetgan vohamizning bir kichik fuqarosi, moʻjaz, kamtar aʼzosi sifatida Surxon tabiati

ila bogʻliq muammolarni oʻz dardi deb bilar edi. Uning boshqalardan farqi shunda ediki, u bu

muammolarni yuragida toʻplab yurmay, uni qogʻozga tushira olar edi. Tushirganda ham

shunchaki, yuzaki xas-poʻshlab emas, balki voqeani borligicha, oʻzgarishsiz tarzda qogʻozga

muhrlab qoʻya qolar edi. Uning boshqalardan yana ajralib turadigan fazilati shunda ediki, tabiatga

ozor yetsa, u chidab turolmas edi, u ham ogʻrinar edi. “Vatanparvarlik – yurtni sevish,

insonparvarlik – hayotni sevish, fidoyilik – mehnatga tashnalik...” [15–B.249]. degan adib,

bularga baralla ishora qilmoqda. Yuqoridagi gaplar, shak-shubhasiz, yozuvchining qalb nidosi va

uning hayotiy shioriga aylangan bir umrlik sadosi edi. Darhaqiqat, ajdodlarimiz oʻgitlarida

aytilgani va bizu sizning qulogʻlarimiz ostida jaranglagani kabi “Vatan ostonadan boshlanadi”,

dean aks-sado barchamiz uchug yagona ham hukm, ham farmondir.

Tabiat – ona, inson – farzand, ushbu ibora oʻz ifodasi bilan ham barqaror maʼno tashiydi

va oʻzida bu hikmatni mutlaq toʻligʻicha tajassum etadi. Yozuvchi taʼkidlaganidek, tabiat oʻz

“...farzandi – insondan hamisha muruvvat kutadi” [15–B.250], bu tabiiy hol. Xoʻsh, tabiat

insondan kutgan muruvvat nimadan iborat, bu shuki, insonning tabiatga munosabati, oqilona

boʻlishini taqozo etuvchi hayqiriqdir. “Aks holda, noshukur bandasiga (tabiatning) jazosi hamisha

tayyor” [15–B.250], bundan hech kim, hech vaqt qochib qutila olmasligi muqarrar haqiqatdir.

Yozuvchi kitobxonlar bilan mubohasaga kirishar ekan, “Sarbasta Surxon” asari uchun “...

tabiat, tarix, tirikchilik va taraqqiyotni asosiy mavzu qilib ol”adi [15–B.250]. Tirikchilik va

taraqqiyot insoniyat bilan chambarchas vobasta ekani aniq, ammo tabiat va tarixdan ham


background image


217

insoniyatni yulqib olib boʻlmaydi. Tabiat, tarix, tirikchilik va taraqqiyotdan anglashilayotgan fikr

zamirida insoniyat tushunchasi jamuljamdir. Nafsilamrini aytganda, inson tabiatsiz hech kim,

tabiat inʼom etgan neʼmat insonning hayoti va umrining bezavolligini tayin va naqd taʼminlashda

kafolatdir. Biroq ana shu kafolat insonning tabiatga faol munosabati oqibatida talafotga aylanadi,

aylanadigina emas, aylanib boʻldi. Bu talafotlar nimalarda namoyon boʻlmoqda, bunga muallif

baralla javob beradi, mutlaqo hayiqmaydi: “Taassufki, Sir, Amu va Orolning taqdiri ayon boʻlib

qoldi” [15–B.254]. M.Safarov bu bilan qanoatlanmaydi va oʻz fikrida sobit davom etadi, u

kuyinchaklik bilan ushbularni eʼtirof etadi: “Suv havzalarining yagona manbai – togʻ oʻrmonlari

jiddiy talafot koʻrdi va koʻrayapti, tobora siyraklashyapti” [15–B.251]. Oʻrmon – inson istiqomati

uchun zarur va hayotiy omil, u togʻ bagʻrida maskan tutadi hamda namliklarni saqlash

moʻjizasimga molik. Muallif shular haqida gapirar ekan, Surxon vohasida “... urushdan oldin va

undan keyingi yillarda Boysun, Sherobod, Sangardak togʻlaridagi oʻrmonlarning koʻpi befarosat

boshqaruvning qurboni boʻl” [15–B.279]ganini kuyinib eslatadi. Buning oqibati oʻlaroq vohada

tabiiy ravishda suv tanqisligi yuzaga kelgan, bu muammoga har kim har xil munosabatda boʻldi.

Bular shunchaki yoʻl-yoʻlakay sanab oʻtilmaydi, balki muallif qolgan-qutgan mavjud

oʻrmonlarni asrash barobarida yangi oʻrmonzorlar barpo etishni maslahat beradi. M. Safarov

vohamiz istiqboliini yangi oʻrmonlar barpo etishda koʻradi, kelajakda sodir boʻlishi ehtimoli bor

“tabiiy oʻpirilishlarning oldini olish” [15–B.280], faqat shu yoʻl orqali bartaraf etilishini bot-bot

uqtiradi. Bir qarich archa daraxti oʻn-oʻn ikki yilda boʻy koʻrsatar ekan, demak oʻrmon yaratish

uchun sabr-toqat, chinakam matonat talab etiladi. “Oʻrmonni kesish oson, uni yaratish qiyin” [15–

B.280], deydi muallif va misol tariqasida oʻrmonlarning ayovsiz kesilishi natijasida

Sheroboddaryo (asli Turkondaryo)da suv kamayishi yuz berganini oʻkinch ila qalamga oladi.

Suv – tiriklik manbai, buni barcha biladi, lekin uni asrashni, avaylashni hech kim nechundir

xayoliga ham keltirmaydi. Suvni tejash, saqlash, uni muhofaza qilishga hamma masʼul, muallif

buni har bir oʻrinda takror taʼkidlashdan zinhor erinmaydi. Chunki aybni kimlargadir toʻnkab,

agʻdarib, javobgarlikdan choʻchimasdan, qochmasdan xolisona ravishda bunda “...oʻzimizning

ham ulushimiz borligini tan olish” [15–B.265] kerak. Shu munosabat bilan muallif Surxon

vohasining hayot qon tomirlari Toʻpolang, Qoratogʻ, Sangardak, Xoʻjaipak, Sherobod

(Turkon)daryolarini birma-bir sanab oʻtadi. Olam yaralibdiki, tabiat bagʻrida ummonu dengizlar,

togʻlar, daryolar, oʻrmonlar va choʻlu sahrolar inson bilan hamnafas hamda yonma-yon yashaydi.

Serviqor togʻlardagi qorlar erib oʻrmonlar uzra jilgʻalar oqadi, jilgʻalardan daryolar,

daryolardan dengizlar, dengizlardan ulkan ummonlar paydo boʻladi. Bular inson hayoti bilan


background image


218

uzviy bogʻliq hodisalar, ular insonni oʻrab turadi va uni tashnalikdan asrovchi suv, nafas olish

uchun musaffo havo xazinalaridir.

Vohamiz siynasida oqayotgan Surxon, uning oʻng irmogʻi Toʻpolang daryosi sohillarini

M. Safarov koʻp yillar kezdi, ulardagi tanazzulni kuzatdi. Kuzatibgina qolmadi yoki oddiy

tomoshabin ham boʻlib turgani yoʻq, balki Surxon va Toʻpolang taqdiri haqida oʻtgan asrning 60-

yillaridayoq bong urgan edi (“Ona tuproq qoʻshigʻi”ni qayta birrav varaqlab chiqsangiz buning

guvohi boʻlasiz-qoʻyasiz!). Qadim Chagʻonrud – hozirgi Surxondaryo allaqachon oʻzining eski

oʻzanini unutib boʻlgan, undan ne-ne suvlar oqmadi, Surxon – koʻpdan-koʻp hodisalar guvohi,

koʻhna tarix shohidi. Surxon! Bilasizmi, muallifning aqidasicha, keyingi avlodlarga uning oʻzi

emas, nomigina meros boʻlib qolar ekan, vo ajab! Ismi boru, jismi yoʻq daryoning nomi bilan katta

bir viloyatning atalishiga boʻlgʻusi nasllarimiz taajjublanishi naqd!

M.Safarov uchun Toʻpolang daryosi ham qadrli, uni muallif jonu dilidan sevadi, uni

alohida bir mehr bilan taʼriflaydi. Toʻpolang havzasidagi Janglaktoʻqayga xos tabiat moʻjizasi –

oʻsimlik (yovvoyi meva) lar dunyosining antiqa nusxalari kurrai zaminning boshqa mintaqalarida

uchramas ekan. Shundan boʻlsa kerak, yozuvchi Toʻpolangni hech ikkilanmasdan Surxon

diyorining, yurtining yuragi deyishgacha yetib boradi: “Toʻpolang – yurtning yuragi” [15–B.266],

Toʻpolang daryosining qirilib ketayotgan yetti xazinaning biri sanalmish norasida – “gulmoyi” va

“shirmoyi” baliqlari ham M.Safarov nazaridan chetda qolmagan. Toʻpolangning qismatida

burilish nuqtasi sanalmish qurilayotgan zamonaviy suv omboriga ham munosabat izhor etilgan.

Surxon va Toʻpolang daryolarining tarixi, taqdiri, qismati, bu – vohamiz ahlining

oʻtmishi, kechmishi, azali va buguni, hatto ertasi. “Daryolarni hayotga mengzashadi” [15–B.286],

“umr – oqar daryo” [15–B.253] deya, daryo va suvning inson hayotidagi cheksiz va beqiyos

mohiyatini qalban anglagan muallif Amu (Oks)daryo suvlarining bugunda xomtalash

boʻlayotganini ham unutmagan.

“Sarbasta Surxon” essesida voha tarixiga ham kichik-kichik ishoraviy chizgilar beriladi,

oʻlkamizning qadim nomlari sanab oʻtiladi. Bular: Baqtriya (Boxtar zamin), Yunon-Baqtriya,

Toxariston, Chagʻoniyon, Sharqiy Buxoro va boshqalar. Qadim moziyda Sherobodning – Guftan,

Denovning – Chagʻoniyon (markaziy shahri Chagʻonshahr), Surxondaryoning – Chagʻonrud,

Toʻpolangning – Nihonrud, Hisorning – Hisori Shodmon, Temuriylar davrida Fan (Fon),

mangʻitlar zamonida Koʻhiston deb atalgani maʼlumot tariqasida kitobxonga havola etiladi.

Shuningdek, Surxon vohasidagi qadimiy shaharlar: Sarmangon (Jarqoʻrgʻon hududi),

Darzangi (Bandixon atrofi), Darangi (Shoʻrchi atrofi), Basand (Boysun), Sangardak, Qumgʻonli,

Zinvar (Denov atrofi), Rigdasht (reg–qum, Qumdasht), Navandak (Uzun hududi), Hoshimgird


background image


219

(Angor atrofi), Darayi ohanin (Temir qopigʻ, Darband) birma-bir tilga olinadi. Muallif “Avesto”,

uning yaratilishi, dunyoga kelishi bizning oʻlka bilan bogʻliq mantiq sigʻimiga daxldor hodisalarni

toʻlqinlanib soʻzlaydi. Qisqasi “Sarbasta Surxon” jozibali tilda yozilgan, vohamizning oʻtgan

asrdagi 60-yillariga xos ijtimoiy kemtiklar, zalvorli kamchiliklar, tabiatga oʻjarlarcha hujum,

yetkazilgan mislsiz putur rostmona ifodalab berilgan.

REFERENCES

1.

Murtazoyev B. “Ona tuproq qoʻshigʻi” // Surxon yoshlari. 2021 –yil 30-aprel, juma.

2.

Normatov Nodir. Abadiyat oldida hech kimmiz // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʻati. 2008

–yil, 19-dekabr.

3.

Rasulov Abdugʻafur. Haqiqatparast // Tafakkur.– 2006. – №2. –B.52–56.

4.

Safarov Mengziyo. Boysun lavhalari // Guliston.–1970. –№ 2. –B.14–15.

5.

Safarov Mengziyo. Muqaddas tuproq // Sovet Oʻzbekistoni sanʼati.–1981.–№ 2. – 20–21.

6.

Safarov Mengziyo. Daryo – hayot, mangulik (Yon daftardan) // Sharq yulduzi. – 1991. –

№ 9. –B. 6–16.

7.

Safarov, Mengziyo. Ayrishox: (Qissalar, hikoyalar, esse) / M.Safarov; Masʼul Muharrir

X.Maqsadqulov. – Toshkent: “Oʻqituvchi” NMIU, 2008-y. – 288 b.

8.

Gʻofurov Gʻulom. Bobotoqqa safar // Sharq yulduzi. – 1990. –№ 11. –B. 197–198.

Bibliografik manbalar

Murtazoyev B. “Ona tuproq qoʻshigʻi” // Surxon yoshlari. 2021 –yil 30-aprel, juma.

Normatov Nodir. Abadiyat oldida hech kimmiz // Oʻzbekiston adabiyoti va sanʻati. 2008 –yil, 19-dekabr.

Rasulov Abdugʻafur. Haqiqatparast // Tafakkur.– 2006. – №2. –B.52–56.

Safarov Mengziyo. Boysun lavhalari // Guliston.–1970. –№ 2. –B.14–15.

Safarov Mengziyo. Muqaddas tuproq // Sovet Oʻzbekistoni sanʼati.–1981.–№ 2. – 20–21.

Safarov Mengziyo. Daryo – hayot, mangulik (Yon daftardan) // Sharq yulduzi. – 1991. – № 9. –B. 6–16.

Safarov, Mengziyo. Ayrishox: (Qissalar, hikoyalar, esse) / M.Safarov; Masʼul Muharrir X.Maqsadqulov. – Toshkent: “Oʻqituvchi” NMIU, 2008-y. – 288 b.

Gʻofurov Gʻulom. Bobotoqqa safar // Sharq yulduzi. – 1990. –№ 11. –B. 197–198.