THE CONCEPT OF A KNOT IN THE STORY (ON THE EXAMPLE OF ULUGHBEK HAMDAM'S STORY "A BOWL OF WATER")

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
O‘ralova , M., & Hafizova, F. (2023). THE CONCEPT OF A KNOT IN THE STORY (ON THE EXAMPLE OF ULUGHBEK HAMDAM’S STORY "A BOWL OF WATER"). Modern Science and Research, 2(7), 32–34. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21736
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article will talk about the peculiarities of the knot, the content of the knots in Ulughbek Hamdam's story "a bowl of water", as well as the philosophical meanings of the work.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

32

HIKOYADA TUGUN TUSHUNCHASI

(ULUGʻBEK HAMDAMNING "BIR PIYOLA SUV" HIKOYASI MISOLIDA)

O‘ralova Mohichehra

Termez davlat universiteti 2 - bosqich talabasi

Hafizova Feruza

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8110480

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tugunning oʻziga xos xususiyatlari, Ulugʻbek Hamdamning

"Bir piyola suv" hikoyasidagi tugunlar mazmuni, hamda asarning falsafiy maʼnolari haqida
soʻz yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Tugun, fabula, voqea, tahlil, mazmun-mohiyat, psixologik tahlil, falsafiy

qarashlar, kompozitsiya, vazifa.

THE CONCEPT OF A KNOT IN THE STORY

(ON THE EXAMPLE OF ULUGHBEK HAMDAM'S STORY "A BOWL OF

WATER")

Abstract.

This article will talk about the peculiarities of the knot, the content of the knots

in Ulughbek Hamdam's story "a bowl of water", as well as the philosophical meanings of the work.

Key words:

knot, fabula, event, analysis, content-essence, psychological analysis,

philosophical views, composition, task.

ПОНЯТИЕ УЗЛА В РАССКАЗЕ

(НА ПРИМЕРЕ РАССКАЗА УЛУГБЕКА ХАМДАМА "ЧАША С ВОДОЙ")

Аннотация.

В этой статье будут рассмотрены особенности узла, содержание

узлов в рассказе Улугбека хамдама "чаша с водой", а также философский смысл
произведения.

Ключевые слова:

узел, фабула, событие, анализ, содержание-сущность,

психологический анализ, философские воззрения, композиция, задача.

Hozirgi adabiy jarayonimizning yirik vakili, oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga,

oʻzining yangi ovozi, yangi ruhi bilan kiri kelgan, isteʼdodli yozuvchilarimizdan biri bu Ulugʻbek
Hamdam hisoblanadi. U yozgan roman, qissa va hikoyalar kitobxonlar tomonidan juda iliqlik bilan
kutib olinadi.

Ulugʻbek Hamdam hikoyachilikda oʻzining alohida oʻrnig eg boʻlgan buyuk ijodkordir.

Uning hikoyalarida ramziy tasvirlar bilan bogʻliq holda real hayot, hamda, hayolot toʻgʻrisida
falsafiy tushuncha va qarashlar, inson qalbidagi tushunish mushkul boʻlgan hissiyotlar, voqealar
yuksak mahorat bilan talqin qilinadi. Hikoyalaridagi insonlarning turli qiyin mushkulotlarga tushib
qolishi, maʼlum bir shaxs yoki voqea yoritilishi zarur boʻlgan mazmun, mohiyat, yashirin,
mavhum holda berilishi, kitobxonni chuqurroq va teranroq fikrlashga daʼvat qiladi. Ulugʻbek
Hamdam hikoyalarini tinglar ekanmiz, ularning har biridan maʼnaviy ozuqa olib, falsafiy
mushohadaga shoʻngʻiymiz. Hikoyalardagi tugun, kompozitsiya bizni bot - botasarni chuqurroq
tinglab, psixologik tahlil qilishimizga undaydi. Ulugʻbek Hamdamning "Bir piyola suv" hikoyasi
ham xuddi shu uslubda yozilgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

33

Tugun - asosan asarlardagi voqealar rivojini shakllantirib, oʻquvchini asar ichiga

yetaklovchi, qahramonlar taqdiriga qiziqtiruvchi, fabula rivojidagi voqeadir. Koʻpincha tugun asar
oʻrtasi va oxirida koʻproq uchraydi. Ammo baʼzi asarlar tugundan boshlanishi ham mumkin.

Ulugʻbek Hamdamning " Bir piyola suv " hikoyasi ham tugundan boshlanadi.
Asarda, yuk tashuvchi kishiga juda ham muhim boʻlgan bir topshiriq yuklatiladi. Biroq bu

topshiri haqid batafsil maʼlumot berilmaydi. U ikkita ot qoʻshilgan aravani, shom tushgunga qadar,
manzilga eltishi zarur, ammomanzil haqida ham, hatto, bu topshiriq aynan nega unga berilgani
haqida ham maʼlumot yoʻq. Ayni manashu iznma - ketin kelayotgan jumboqlar, asarning tuguni
hisoblanadi Yuk tashuvchi oʻz zimmasiga yuklatilganvazifalarni bajarish uchun yo'lga chiqadi.
Avvaliga yon atrofidagi bepayon sahro, jazirama issiq, osmonda uchayotgan qushlar, unga tetiklik
bagʻishlaydi. Xuddi ular unga nimanidir demoqchidek, unga yuklatilgan vazifani
anglashayotgandek edi. Bundan u juda zavqlanib qoʻshiq kuylagisi, baqirgisi keladi. Ammo
koʻp oʻtmay, jazirama issiq, yoʻ l azobi tufayli uning tanasi chanqab, yon atrofdan buloq
izlay boshlaydi. U shunchalik chanqay boshlaydiki, barcha narsa yodidan koʻtariladi.
Yolgʻizlikda, borib - bori bir karvonsaroyni va bir piyola suv tutib turgan goʻzal qizni koʻradi.
U mamnunligidan karvonsaroy tomon shoshadi va vazifasi yodidan koʻtariladi. Karvonsaroyga
borib bir piyola suv ichib chanqogʻi qoladi . Mana shu vaziyatda u oʻziga, " shuncha yoʻl
bosib, bir piyolagina suvga qonib qoldimmi? " - degan savolni beradi. Ayni shu oʻrinda yan
bir tugunni kurishimiz mumkin. Bu holat inson nimagadir muhtoj boʻlganda uning nafsoniy
sifatlari yuzaga chiqishidan darak beradi.
U karvonsaroy ichiga kirib, turli ishratparast insonlar va u yerdagi aysh -ishratni koʻrib ketgisi
kelmay qoladi, ammo suv haqqini berish uchun navbatda turib, ancha vaqti ketadi va u endi
bu yerdagi insonlarga rahmi kela boshlaydi, ularning umrini bekorchi narsalarga sarflayotganini
koʻrib achinadi.

Suv haqqini beribaravasi tomon oshiqadi, u yerg boribxursandligidan sakramoqchi boʻladi,

ammo qarasaki, u harakat qilolmasdi, u endi ilgarigidek navqiron emasdi. Bu holatni koʻrib
,hushidan ketadi va yelkasida qanaqadir namlikni va qoʻllarida tayoqni his qiladi. Tayoq
yordamida oʻrnidan turib aravani ochib qarasaki, arava ichida toʻla koʻzalarda suv , ularning
biri yorilib oqib yotardi .

Koʻrib turganingizdek asar boshdan oyoq tugun ustiga qurilgan va aynan shu tugun

asarga oʻziga xos joziba baxsh etgan. Odatda tugundan soʻng doimo yechim keladi. (Yechim
bu, asarning tushunilishi qiyin boʻlgan qismlarini, yani tugunni yoritib beruvchi qism
hisoblanadi. ) Ammo Ulugʻbek Hamdam bu hikoyasida tugunlardan soʻng yechimlarni berib
oʻtmagan, balki bu vazifani oʻquvchining oʻziga havola qilib qoʻygan.

Hikoya falsafiy maʼnolarga boy ravishda yozilgan. Masalan: inson dunyoga kelishi

bilan Alloh unga mashaqqatli sahro yoʻli (hayot) ni beradi. Umrining nihoyasiga qadar esa
hech qachon qonmaydigan, oʻziga muqim intiltirib yashatuvchi suv ( poklik ) ni beradi .
Vazifasini ado etgunga qadar esa yordam beruvchi (qushlar ) va umri, vaqtini oʻgʻirlaguvchi
toʻsiqlar. Baʼzida insonlar oʻzida mavjud boʻlgan narsalarni uzoq izlashadi, xuddi yuk
tashuvchi bir piyola suvni izlagani kabi . Qaysi yoʻlni tanlash har bir insonning oʻziga
bogʻliq. Bu hikoyadan hamma har xilcha xulosa chiqarishi tabiiy. Bu yerda eng muhimi
togʻri munozara yuritishdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

34

Ulugʻbek Hamdam oʻz ijodi va ijodkorlar haqida shunday yozadi: "Ijodkor oʻz yuragining

pokligiga ahamiyat bermogʼi, binobarin, oʻz qalbining bir umrlik sadoqatli qoʻriqchisiga
aylanmogi shart. Qorayib ketgan yurak bilan nafaqat zoʻr, balki miyona asar ham yozish
mushkul. Yozish sanʼatining koʻpdan - koʻp sir - u asrori tagiga yetgan, tizgan satrlarida nainki
stilistik, balki bironta orfografik xato uchramaydigan ijodkorlarimiz bor. Sanʼatlariga tasanno
deymiz, lekin ne yoziqki, ularning aksariyatida mazmun toʼpiqqa ham chiqmaydi, asardan
vulqondek otilib chiqib oʻquvchi yuragiga toʻgʻri borib uriladigan badiiy zarb yoʻq, xuddi
qishki tumanlar ar xira koʻrinib turgan quyoshdek taftsiz, nursiz..." Darhaqiqat ushbu jumlalar
orqali ham yozuvchining asarlari va asl adabiyot nima ekanligini anglashimiz mumkin.

Xulosa qilib aytish joizki, Ulugʻbek Hamdam hikoyalarining gʻaroyibligi, undagi tugun

va falsafiy, psixologik tahlilning mavjudligidir. Tugun oʻquvchini fikrlashga undaydi, asarga
nisbatan qiziqish uygʻotadi. Asarlarning eng muhim qismlari: syujet (qurilish) fabula (voqea)
yechim, kompozitsiya, kulminatsiya (asarning eng yuqori nuqtasi) ichida tugun ham oʻz oʻrniga
egadir desak mubolagʻa boʻlmaydi.

REFERENCES

1.

D.Quronov. "Adabiyot nazariyasi asoslari": darslik / Toshkent: "Noshir" nashriyoti,
2019. 336 b.

2.

https://www.ziyouz.com

3.

Quronov D. Adabiyotshunoslik lugʻati. - Toshkent: Akademnashr, 2013. 408 b.

4.

Https://fayllar.org

References

D.Quronov. "Adabiyot nazariyasi asoslari": darslik / Toshkent: "Noshir" nashriyoti, 2019. 336 b.

https://www.ziyouz.com

Quronov D. Adabiyotshunoslik lugʻati. - Toshkent: Akademnashr, 2013. 408 b.

Https://fayllar.org

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов