ORGANIZING THE STUDY PROCESS IN THE CREDIT MODULE SYSTEM OF EDUCATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamatqulova, G. (2023). ORGANIZING THE STUDY PROCESS IN THE CREDIT MODULE SYSTEM OF EDUCATION. Modern Science and Research, 2(5), 645–648. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20362
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article presents views on the objective and subjective conditions for organizing self-study in the credit-modular system and the training system.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

645

TA’LIMNING KREDIT MODUL TIZIMIDA O‘QUV JARAYONINI TASHKIL

ETISH

Mamatqulova Gulzoda Xolmurodovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi

“Xususiy-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituchisi

Telefon:+998915910264

gulzodamamatqulova.81@bk.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953205

Annotatsiya.

Ushbu maqolada kredit-modul tizimida mustaqil ta’limni tashkil etishning

obyektiv va subyektiv sharoitlari va unda о‘qitish tizimi bо‘yicha fikrlar keltirilgan.

Adliya

vazirligi yuridik texnikumlarida kredit-modul tizimini qo‘llashning o‘ziga xos jihatlari, yuridik
texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish, professional ta’lim
muassasasida kredit-modul tizimning tashkil etilishi bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Kredit, modul, kredit-modul tizimi,

akademik mobillik, kredit soati, mustaqil

ta’lim.

ОРГАНИЗАЦИЯ УЧЕБНОГО ПРОЦЕССА В КРЕДИТНО-МОДУЛЬНОЙ

СИСТЕМЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Аннотация.

В статье представлены взгляды на объективные и субъективные

условия организации самостоятельного обучения в кредитно-модульной системе и
системе обучения.

Ключевые слова:

Кредит, модуль, кредитно-модульная система, академическая

мобильность, кредитный час, самостоятельное обучение.

ORGANIZING THE STUDY PROCESS IN THE CREDIT MODULE SYSTEM OF

EDUCATION

Abstract.

The article presents views on the objective and subjective conditions for organizing

self-study in the credit-modular system and the training system.

Key words:

Credit, module, credit-module system, academic mobility, credit hour,

independent education.


O‘zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar asosan inson

huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Shubhasiz, globallashuv va
postmodernizatsiya jarayonlari hayotning barcha jabhalariga, jumladan, ta’limga ham o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda. Maʼlumki, davlat rivojlanishi va huquqiy davlat maqomini olishi uchun yuqori
malakali Yuridik kadrlar boʻlishi zarur.

Bu esa, o‘z navbatida, mutaxassislar tayyorlash darajasi

va huquqiy ta’lim sifati bilan bog‘liq.

Zamonaviy kadrlar tayyorlash tizimi zamon talablarini hisobga olgan holda, yangi

pedagogik va axborot texnologiyalari asosida ta’lim mazmunini yangilash va sifatini oshirishni
taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida Yuridik ta’lim va

fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2020-yil 29-
apreldagi PF-5987-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10
iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

646

modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 359-son qaroriga asosan yuridik
texnikumlarda kredit-modul tizimi joriy qilingan.

Kredit - modul tizimi

– mustaqil ta’lim olishga qaratilgan va individuallik asosida bilimni

ijodiy o‘zlashtirish, o‘quv jarayonini qat’iy belgilangan holda ta’lim yo‘lini tanlash va kredit
holida bilim hajmini belgilovchi tizimdir. Bu tizim hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlar ta’lim
tizimida umumiy yo‘lga qo‘yilgan, vaqt sinovlarida o‘zini yetarlicha oqlagan va bir biridan farq
qiluvchi, lekin bir – birini o‘zaro to‘ldiruvchi ikkita –

modul

va

kredit

o‘qitish texnologiyalarini

birlashishidan hosil bo‘lgan.

Kredit-modul tizimi, bu — taʼlimni tashkil etish jarayoni boʻlib, oʻqitishning modul

texnologiyalari jamlamasi va kredit o‘lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir
butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Kredit-modul tamoyilida ikkita
asosiy masalaga ahamiyat beriladi: o‘quvchilarning mustaqil ishlashini taʼminlash; o‘quvchilar
bilimini reyting asosida baholash.

Yuridik texnikumlarda o‘quv jarayonida kredit-modul tizimi Kredit to‘plash va

ko‘chirishning Yevropa modeli (European Credit Transfer and Accumulation System — ECTS)ga
muvofiq tashkil qilinadi.

ECTS kredit-modul tizimida bir yillik kreditlar miqdori 60 ni tashkil etadi. Bir o‘quv yili 2

semestrdan iboratligini hisobga olsak, o‘quvchi o‘qishi davomida har semestrda 30 kredit to‘plab
borishi kerak bo‘ladi. Professional ma’lumotli kadrlar tayyorlovchi texnikumlarda o‘qish muddati
2 yilni tashkil etib, yakunda 120 kredit to‘lashi talab etiladi. Kreditlar shunchaki raqamlar emas.
Har bir kredit o‘quvchi bajarishi kerak bo‘lgan ma’lum miqdordagi o‘qish yuklamasini bildiradi.

ECTS kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 soatlik o‘qish yuklamasini anglatadi.

Bu degani, agar fan 6 kreditli fan bo‘lsa, o‘quvchi ushbu fan bo‘yicha belgilangan miqdordagi
kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 150-180 soatlik o‘qish yuklamasini bajarishi
kerak bo‘ladi (25*6=150; 30*6=180). Shunday ekan, kredit-modul tizimini joriy etgan ta’lim
muassasalarida o‘quvchilar har bir fan uchun belgilangan kreditlar miqdoriga qarab, o‘qish hali
boshlanmasdanoq har bir fanni o‘qish va o‘rganishga qancha vaqt sarflashlari kerakligini bilib
oladilar. Bu ta’limda shaffoflikning bir ko‘rinishidir. 1 kredit o‘qish yuklamasi (25-30 soat
oralig‘ida) aynan necha soat bo‘lishini odatda har bir ta’lim muassasasi o‘zining ichki qoidalarida
belgilaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, 1 kredit uchun belgilangan 25-30 soatlik o‘qish yuklamasi bu fanni

o‘rganish uchun sarflanadigan jami harakatlar jamlanmasi bo‘lib, unga nafaqat dars vaqti, balki
o‘quvchining fanni o‘rganish uchun uyda va kutubxonada sarflagan vaqti, imtihonlar vaqti,
o‘quvchi ushbu fanni o‘zlashtirish uchun sarflagan barcha tizimli harakatlari vaqtini qamrab oladi.

Umumiy o‘qish yuklamasining aynan qancha qismi darsga, auditoriya soatlariga to‘g‘ri

kelishi quyidagicha: Kredit-modul tizimi amaliyotida auditoriya va mustaqil o‘qish soatlari nisbati
o‘rtacha 40/60 foizni tashkil etadi. Bu nisbat, boshqacha qilib aytganda, 1/1.5ga to‘g‘ri keladi,
ya’ni o‘quvchi muayyan fan bo‘yicha belgilangan har bir soat dars uchun darsdan tashqari bir
yarim soat mustaqil o‘qishi, tayyorlanishi kerak bo‘ladi.

Bunda OTM 1 kredit uchun 30 soatlik o‘qish yuklamasi belgilagan bo‘lsa, undan 12 soati

(30*40 %=12) auditoriya soatlari, 18 soati (30*60 %=18) esa o‘quvchining mustaqil o‘qish
soatlariga to‘g‘ri keladi. Ushbu taqsimot asosida 6 kreditlik fan o‘qish yuklamasini aniqlasak,
o‘quvchi ushbu fan bo‘yicha belgilangan kreditlarni qo‘lga kiritish uchun semestr davomida 72


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

647

soat ((30*6)*40 %=72)) auditoriya darslarini, 108 soat ((30*6)*60 %=108)) uyda va kutubxonada
mustaqil o‘qish yuklamasini bajarishi kerak bo‘ladi. Yuridik texnikumlarning bitiruvchilari
TDYUda ikkinchi kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega ekanligini inobatga olib,
TDYUning birinchi kursidagi kreditlarini (60 kredit) yuridik texnikumlarda to‘playdi.

Kredit texnologiyasi taʼlim oluvchilarga ishchi oʻquv rejaga kiritilgan tanlov fanlarini

tanlash, bu orqali individual oʻquv rejasini shakllantirishda bevosita ishtirok etish huquqini beradi.
Ularga, nafaqat fanlarni, balki professor-oʻqituvchilarni ham tanlash erkinligi beriladi.
O‘quvchilarga fanlarni tanlash imkoniyatining berilishi ijobiy hol sanaladi. Bu oʻquv jarayonlarini
baholashning oʻziga xos qiymat koʻrsatkichi boʻlib ham hisoblanadi.

Kredit-modul tizimining joriy etilishi oʻqituvchi va o‘quvchining hamkorlikda ishlashida

muhim omil hisoblanadi. Modulli taʼlimda pedagog tinglovchining oʻzlashtirish jarayonini tashkil
etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. O‘quvchi esa yoʻnaltirilgan obyekt tomon mustaqil
harakat qiladi. Eng katta urgʻu ham o‘quvchilarning mustaqil taʼlim olishiga qaratiladi.

Oʻquv jarayonida mustaqil taʼlim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda

mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi.
Kredit-modul tizimida professional taʼlim o‘quvchilari har doim oʻqituvchi va kursdoshlaridan
yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega boʻladi. Bu esa oʻzaro hamjihatlikni
mustahkamlaydi va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, kredit-modul tizimi o‘quvchilarga fanlarni mustaqil

va ongli ravishda tanlash, o‘qituvchiga esa o‘z vaqtini samarali taqsimlash imkonini beradi.
Mamlakatimiz professional ta’lim tizimiga ta’limning jahon tan olgan mukammal o‘lchov
birligining olib kirilishi, professional ta’lim muassasalari o‘quv dasturlarida muvozanat va me’yor
paydo bo‘lishi, professional ta’lim muassasalarda o‘qish jarayonining shaffof tarzda tashkil
etilishi, o‘quv dasturlari iqtisodiyot, mehnat bozori va o‘quvchilar ehtiyojlari asosida shakllanishi,
darslarning sifati yaxshilanishi va nihoyat har bir o‘quvchi, ma’lum ma’noda o‘zining mustaqil
o‘quv dasturiga ega bo‘lishiga xizmat qiladi.

Takliflar
Yuridik texnikumlarda baholash tizimida kamida 10 foizni pedagog ixtiyorida qoldirish;
Professional ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan amaldagi baholash tizimi, mezonlari va

shkalasini isloh qilish va ularni jahondagi eng ilg‘or baholash tizimlariga yaqinlashtirish tavsiya
etiladi. Amaldagi baholash tizimida ijobiy baxolar soni ancha cheklanganligi tufayli baxolar
o‘quvchilarning bilim va salohiyatlaridagi farqlarni etarli darajada aks ettirmaydi.

Masalan amaldagi baholash shkalasida bor yo‘g‘i 3 ta ijobiy baxolar mavjud (3, 4, 5), ECTS

tizimida esa 5 ta, Amerika baholash tizimida esa 12 ta ijobiy baholar mavjud. Baholash
amaliyotidagi bu katta farqlar baholar konvertatsiyasida noaniqliklar va xatolar bo‘lishi ehtimolini
kuchaytiradi.

Professional ta’lim muassasalari o‘z o‘quv dasturini, uning o‘qish natijalarini ishlab

chiqishda biz o‘quvchilarga nimalarni o‘rgatishni xohlaymiz degan nuqtai nazar bilan emas balki
o‘quvchilar bizdan nimalarni o‘rganishni xohlaydi va ular o‘z mutaxassisliklariga munosib kadr
bo‘lib etishishlari uchun nimalarni bilishi va qila olishi kerak degan nuqtai nazar bilan yondashish
taklif etiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

648

REFERENCES

1.

Sh.Mustafaqulov, M.Sultonov “Kredit-modul tizimiga o‘tish nima uchun kerak?
Maqsad, mohiyat va afzallik”//Xalq so‘zi №185/2020

2.

V.O‘rinov, A.Umarov “Oliy ta’limda kredit-modul: yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni
nimalar kutmoqda?” //Kun.uz 22.07.2020

3.

Hasanova M, Jumanova M “Kredit-modul tizimi va uning amaliyotga joriy etilish
tamoyillari” Kiberlineyka. (25-may 2022-yil)

4.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-
modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 10.06.2021yildagi 359-sonli Qarori.

References

Sh.Mustafaqulov, M.Sultonov “Kredit-modul tizimiga o‘tish nima uchun kerak? Maqsad, mohiyat va afzallik”//Xalq so‘zi №185/2020

V.O‘rinov, A.Umarov “Oliy ta’limda kredit-modul: yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni nimalar kutmoqda?” //Kun.uz 22.07.2020

Hasanova M, Jumanova M “Kredit-modul tizimi va uning amaliyotga joriy etilish tamoyillari” Kiberlineyka. (25-may 2022-yil)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.06.2021yildagi 359-sonli Qarori.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов