THE MODERN TENDENCY OF PUBLIC LEGAL POLICY IMPLEMENTATION

HAC
Google Scholar
To share
Mamatqulova, G. . (2024). THE MODERN TENDENCY OF PUBLIC LEGAL POLICY IMPLEMENTATION. Modern Science and Research, 2(12), 1328–1330. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27594
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes in detail the Ministry of Justice, a state organization that implements state legal policy, and its legal policy process. In recent years, in our country, the process of digitalization has become a state issue in almost all sectors and industries in order to adapt to the times and not to be left out of its requirements. Many documents have started to be digitized, including such initiatives have been implemented in the Ministry of Justice.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1328

DAVLAT HUQUQIY SIYOSATINI AMALGA OSHIRISHNING ZAMONAVIY

TENDENSIYASI

Mamatqulova Gulzoda Xolmurodovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10449922

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davlat huquqiy siyosatini amalga oshiruvchi davlat

tashkiloti Adliya vazirligi va uning huquqiy siyosat jarayoni batafsil yoritib berilgan.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillar davomida deyarli barcha soha va tarmoqlarda allaqachon
zamonga moslashish, uning talablaridan chetda qolmaslik uchun ham raqamlashtirish jarayoni
davlat masalasiga ko‘tarildi. Ko‘plab hujjatlar elektronlashtirishni boshladi, shu jumladan, bu
kabi tashabbuslar Adliya vazirligi faoliyatiga ham tatbiq etila boshlandi.

Kalit so`zlar:

Adliya sohasi, raqamlashtirish jarayoni, zamonaviy tendensiyalar,

ishonchlilik, tamoyil, fuqarolar huquqlari, faoliyat.

THE MODERN TENDENCY OF PUBLIC LEGAL POLICY

IMPLEMENTATION

Abstract.

This article describes in detail the Ministry of Justice, a state organization that

implements state legal policy, and its legal policy process. In recent years, in our country, the
process of digitalization has become a state issue in almost all sectors and industries in order to
adapt to the times and not to be left out of its requirements. Many documents have started to be
digitized, including such initiatives have been implemented in the Ministry of Justice.

Key words:

Justice sphere, digitization process, modern trends, reliability, principle,

citizens' rights, activity.

СОВРЕМЕННАЯ ТЕНДЕНЦИЯ РЕАЛИЗАЦИИ ГОСУДАРСТВЕННОЙ

ПРАВОВОЙ ПОЛИТИКИ

Аннотация.

В этой статье подробно описывается Министерство юстиции,

государственная организация, осуществляющая государственную правовую политику, и
его процесс правовой политики. Даже в нашей стране за последние годы практически во
всех отраслях и отраслях практически во всех сферах и секторах процесс оцифровки был
поднят на государственный уровень, чтобы адаптироваться ко времени, не отставать
от его требований. Многие документы начали электронизироваться, в том числе такие
инициативы начали применяться и к деятельности Министерства юстиции.

Ключевые слова:

сфера правосудия, процесс цифровизации, современные

тенденции, надежность, принцип, права граждан, деятельность.


KIRISH.

Bugungi kunda mamlakatimizda tub islohotlar davrida adliya idoralariga tobora masʼuliyatli

va muhim vazifalar yuklanmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat huquqiy
siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni eʼlon qilindi.

Bugungi kunda mamlakatimizda tub islohotlar davrida adliya idoralariga tobora masʼuliyatli

va muhim vazifalar yuklanmoqda. Xususan, yagona davlat huquqiy siyosatini tashkil etish, aholining
huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam koʻrsatish borasida adliya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1329

organlari va muassasalari faoliyati oʻziga xos ahamiyat kasb etmoqda. Farmonda ularning ushbu
yoʻnalishdagi ishlarini yana-da rivojlantirish bilan birga, hozirgi karantin sharoitida adliya idoralari
faoliyatini masofaviy tarzda tashkil etish maqsadida sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy
etishga eʼtibor qaratilgan.

Taʼkidlash joizki, adliya idoralarining raqamli texnologiyalar yordamida faoliyatini

muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun zarur qonunchilik bazasi shakllantirilmoqda. “Harakatlar
strategiyasi”da koʻrsatib oʻtilgan islohotlarni toʻlaqonli amalga oshirish va belgilangan maqsadlarga
erishishda Adliya vazirligining institutsional asoslari va faoliyatini raqamlashtirish boʻyicha bir
qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, bu borada Davlat xizmatlari agentligi
faoliyatini misol sifatida keltirish mumkin. Rivojlangan davlatlarning ilgʻor tajribalariga nazar
solsak, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari davlat organlari faoliyatida katta oʻrin tutishini
koʻrishimiz mumkin.

Adliya idoralari nufuzini yuksaltirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini toʻliq roʻyobga

chiqarish uchun toʻsqinlik qilayotgan byurokratik holatlarni yoʻqotish, raqamli texnologiyalar
asosida koʻrsatiladigan xizmatlar sonini oshirish, shu jumladan, maʼmuriy tartib-taomillar sohasini
ilgʻor xorijiy tajriba va zamonaviy rivojlanish tendensiyalari asosida muntazam ravishda
takomillashtirib borish kabi vazifalarni bajarish zamon talabidir.

Farmonda adliya organlari va muassasalari faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy

etish hamda davlat xizmatlarini raqamlashtirish orqali “virtual adliya” tizimini ishga tushirish
vazifasi qoʻyilgan.

Farmonda adliya idoralari faoliyatini raqamlashtirish yoʻnalishida yana bir muhim talab

qoʻyiladi. Unga koʻra, qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni
kamaytirish maqsadida 2020-yil 1-iyuldan 2021-yil 1-yanvargacha idoraviy normativ-huquqiy
hujjatlarni qabul qilish toʻxtatilib, 2020-yil 1-iyuldan boshlab sinov tariqasida, 2020-yil 1-
oktyabrdan boshlab esa toʻliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning
yagona elektron tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, farmonda adliya idoralari zimmasiga yana bir salmoqli vazifa yuklanadi.

Yaʼni davlat organlari va tashkilotlariga sifatli yuridik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida
Namangan shahri va Qarshi tumanida eksperiment tariqasida tuman (shahar) adliya boʻlimlari
huzurida davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari tashkil etiladi.
Sir emaski, yuridik xizmat va umuman yuriskonsultlarga boʻlgan talab yuqori boʻlsada,
ularning sifati va ish natijalariga asosli eʼtirozlar koʻplab kuzatiladi. Ushbu vaziyatlarning oldini
olish, yuridik xizmatlar sifatini oshirish, ularga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali huquqni
qoʻllash amaliyotini birxillashtirish maqsadida yuqoridagi yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari
faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda.

Farmonga koʻra, mazkur markazlar byudjetdan moliyalashtiriladigan tuman (shahar) davlat

organlari va tashkilotlari yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga tashkil
etilib, ular qonun hujjatlari bilan yuklangan barcha vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi.

Muxtasar aytganda, farmonning qabul qilinishi adliya idoralari faoliyatida raqamli

texnologiyalar joriy etish koʻrsatkichlarini yana-da oshirish, malakali va sifatli davlat xizmati,
jumladan, yuridik xizmat olishga boʻlgan fuqaro va tashkilotlarning manfaatlarini taʼminlash
darajasini yuksaltirish, adliya va notariat faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, adliya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1330

organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri – davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda
samarali zamonaviy mexanizmlarni qoʻllashga imkon beradi.

Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish jarayonida, birinchi

navbatda, yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan huquq ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil
etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarining
samarali himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining huquqiy madaniyatini oshirishning
yaxlit tizimini joriy etish yo‘li bilan amalga oshirishni ko‘zlovchi adliya organlari va muassasalariga
muhim rol ajratilmoqda.

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari

tizimida, ayniqsa, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini huquqiy ta’minlash, ularning yuridik
xizmatlarini muvofiqlashtirish, huquqiy axborotni tarqatish, shuningdek, davlat xizmatlari ko‘rsatish
sifatini yaxshilash masalalari bo‘yicha adliya organlari va muassasalarining roli va mas’uliyatini
oshirish imkonini berdi.

XULOSA

Adliya vazirligiga yuklangan majburiyatlarni bajarishda, ya’ni vazirliklar,davlat

qo‘mitalari, idoralar, mahalliy ijroiya hokimiyatlari bo‘yicha turdagi korxonalar, tashkilotlardagi
huquqiy ishlari holati va yuridik xizmatlar faoliyati,shuningdek, vazirlikda ro‘yxatdan o‘tgan
xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari, birjalar, auditorlik firmalarining ustavlariga rioya
etilganligini nazorat qilishda, ulardan keyingi hujjatlar va ma’lumotlarni talab qilish,aniqlangan
qoidabuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatilgan organlar va korxonalarning rahbarlariga
bir oy muddat ichida bajarishi shart bo‘lgan talabnomalar yuborish, amaldagi qonunlarni
buzganligi yoki o‘z rahbarlari bilan yetkazilgan zararni davlatga yoxud korxonaga to‘lamagan
mansabdor shaxslarni belgilangan javobgarlikka tortish uchun yuqori turuvchi organlar yoki sudga
murojaat etishda ham zamonaviy tendensiyalar asosida tashkil etilgan va sohaga tatbiq etilayotgan
raqamlashtirilgan tizimdan foydalanish natijasida ish samaradorligi ham yuqori bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, Farmonning qabul qilinishi adliya idoralari faoliyatida raqamli

texnologiyalar joriy etish koʻrsatkichlarini yanada oshirish, malakali va sifatli davlat xizmati,
jumladan, yuridik xizmat olishga boʻlgan fuqaro va tashkilotlarning manfaatlarini taʼminlash
darajasini yuksaltirish, adliya va notariat faoliyatiga oid qonunchilikni takomillashtirish, adliya
organlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri – davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda
samarali zamonaviy mexanizmlarni qoʻllashga imkon beradi.


REFERENCES

1.

Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq. Adliya sohasini boshqarish. T. «Ilm-ziyo».2006-y. 417-bet.

2.

Otaxonov F.H. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat. T., «Ilm-ziyo». 2006-y.

3.

Mirenskiy B.A., Raxmonqulov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza
qiluvchi organlari. T., 2005-y. 77–88 bet.

4.

https://zamin.uz/uz/jamiyat/78121-adliya-vazirligi-va-tika-davlat-vayuridik-xizmatlarni-
raqamlashtirish-sohasidagi-qoshma-loyihalarni-amalgaoshirishni-rejalashtirmoqda.html.

5.

https://uza.uz/oz/posts/adliya-idoralari-faoliyatida-raqamlitexnologiyalarning-aham-22-05-
2020.

References

Xojiyev Ye.T. Ma’muriy huquq. Adliya sohasini boshqarish. T. «Ilm-ziyo».2006-y. 417-bet.

Otaxonov F.H. O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat. T., «Ilm-ziyo». 2006-y.

Mirenskiy B.A., Raxmonqulov A.X. O‘zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qiluvchi organlari. T., 2005-y. 77–88 bet.

https://zamin.uz/uz/jamiyat/78121-adliya-vazirligi-va-tika-davlat-vayuridik-xizmatlarni-raqamlashtirish-sohasidagi-qoshma-loyihalarni-amalgaoshirishni-rejalashtirmoqda.html.

https://uza.uz/oz/posts/adliya-idoralari-faoliyatida-raqamlitexnologiyalarning-aham-22-05-2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов