COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON INTELLECTUAL PROPERTY PROTECTION WITH THE WORLD INTELLECTUAL PROPERTY ORGANIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Mamatqulova, G. (2023). COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON INTELLECTUAL PROPERTY PROTECTION WITH THE WORLD INTELLECTUAL PROPERTY ORGANIZATION. Modern Science and Research, 2(10), 770–776. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24721
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes the establishment of cooperation relations with the World Intellectual Property Organization on the protection of intellectual property of the Republic of Uzbekistan, its development, and the work carried out in mutual cooperation. Also, in recent years, the measures established by the Republic of Uzbekistan to further expand cooperation with the World Intellectual Property Organization in ensuring the protection of intellectual property and its analysis have been touched upon.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

770

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING INTELLEKTUAL MULK MUHOFAZASI

BO‘YICHA BUTUNJAHON INTELLEKTUAL MULK TASHKILOTI BILAN O‘ZARO

HAMKORLIGI

Mamatqulova Gulzoda Xolmurodovna

Jizzax viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10040188

Annotatsiya

.

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk

muhofazasi bo‘yicha Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarining
yo‘lga qo‘yilishi, uning rivojlanib borishi hamda o‘zaro hamkorlikda amalga oshirilgan
ishlar tahlil etilgan. Shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi tomonidan
intellektual mulk muhofazasini ta’minlashda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan
hamkorlikni

yanada

kengaytirish

bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar va uning tahliliga

to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

intellektual mulk muhofazasi, Butunjahon intellektual

m

ulk tashkiloti

(BIMT), SIZAK, Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (TIQQM),
Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi.

COOPERATION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON INTELLECTUAL

PROPERTY PROTECTION WITH THE WORLD INTELLECTUAL PROPERTY

ORGANIZATION

Abstract.

This article analyzes the establishment of cooperation relations with the World

Intellectual Property Organization on the protection of intellectual property of the Republic of
Uzbekistan, its development, and the work carried out in mutual cooperation. Also, in recent years,
the measures established by the Republic of Uzbekistan to further expand cooperation with the
World Intellectual Property Organization in ensuring the protection of intellectual property and
its analysis have been touched upon.

Keywords:

intellectual property protection, World Intellectual Property Organization

(WIPO), SIZAK, Technology and Innovation Support Center (TIQQM), National strategy of the
Republic of Uzbekistan in the field of intellectual property development.

СОТРУДНИЧЕСТВО РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН ПО ЗАЩИТЕ

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ СО ВСЕМИРНОЙ ОРГАНИЗАЦИЕЙ

ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНОЙ СОБСТВЕННОСТИ

Аннотация.

В данной статье анализируется установление отношений

сотрудничества со Всемирной организацией интеллектуальной собственности по защите
интеллектуальной собственности Республики Узбекистан, ее развитие, а также работа,
проводимая во взаимном сотрудничестве. Также в последние годы были затронуты меры,
установленные Республикой Узбекистан по дальнейшему расширению сотрудничества со
Всемирной организацией интеллектуальной собственности в обеспечении защиты
интеллектуальной собственности и ее анализа.

Ключевые слова:

защита интеллектуальной собственности, Всемирная

организация интеллектуальной собственности (ВОИС), СИЗАК, Центр поддержки
технологий и инноваций (TIQQM), Национальная стратегия Республики Узбекистан в
области развития интеллектуальной собственности.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

771

Mamlakatimizda intellektual mulk sohasida, shu jumladan mazkur sohada davlat

boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Bunda
ushbu islohotlari amalga oshirishda asos bo‘lib xizmat qilivchi milliy qonunchilik asoslarini
yaratish, ushbu sohalarni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbollarini belgilash bilan bir
qatorda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga
katta e’tibor qaratildi.

Bozor iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi va uni rivojlantirishning asosiy omillarida

biri sifatida intellektual mulkni rivojlantirish, uning muhofazasini ta’minlashda huquqiy
asoslarni yaratish, xalqaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish mamlakatni rivojlantirishda
muhim yo‘nalishlardan biri etib belgilandi. Ushbu sohada, eng avvalo, Butunjahon intellekual
mulk tashkiloti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga

muhim

e’tibor

qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi 1991-yilning o‘zidayoq Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga
a’zo bo‘lib kirdi. Butun dunyoda davlatlar hamkorligi orqali va kerak bo‘lganda, boshqa har
qanday xalqaro tashkilot bilan aloqada intellektual mulkni muhofaza qilishga ko‘maklashish
hamda ittifoqlarning ma’muriy hamkorligini ta’minlash tashkilotning asosiy maqsadi
hisoblanadi

1

.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) intellektual mulk (IP) xizmatlari,

siyosati, axborot

va

hamkorlik sohasidagi

global

forumdir. BIMT Birlashgan Millatlar

Tashkilotining o‘z-o‘zini

moliyalashtiruvchi

tuzilmasi

bo‘lib,

unga

193 davlat a’zo

hisoblanadi . BIMT 1970-yil 26-aprelda Butunjahon intellektual mulk tashkiloti konvensiyasi
(1967-yil 14-iyul, Stokgolm) kuchga kirgandan so‘ng tashkil etilgan.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur tashkilotga a’zo bo‘lib kirgach intellektual

mulkning

turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kirishildi.

O‘tgan

davr

mobaynida

O‘zbekiston

BMTning

20

ga

yaqin shartnomalarini ratifikatsiya

qilgan:

Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi;

Sanoat mulkini muhofaza qilish to‘g‘risidagi Parij konvensiyasi;

Patent kooperatsiyasi to‘g‘risidagi shartnoma;

Tovar belgilari bo‘yicha qonunchilik to‘g‘risidagi shartnoma;

Patent jarayondari maqsadlari uchun mikroorganizmlarni deponenlashtirishni

tan olish

to‘g‘risidagi Budapesht shartnomasi;

Xalqaro patent klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Strasburg bitimi;

Belgilarni

ro‘yxatdan

o‘tkazish

uchun

tovar

va

xizmatlarning

xalqaro

klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Nitssa bitimi;

O‘simliklarning yangi navlarini muhofazalash bo‘yicha Konvensiya;
Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Bern konvensiyasi;
Sanoat namunalarining xalqaro klassifikatsiyasini ta’sis etish to‘g‘risidagi

Lokarno

bitimi;

Patent qonunlari to‘g‘risidagi shartnoma;

1

Qarang. Butunjahon intellektual mulk tashkilotini ta’sis etish Konvensiyasi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

772

Belgilarni xalqaro ro‘yxatga olish to‘g‘risida Madrid Bitimiga Bayonnoma;
Mualliflik huquqi bo‘yicha shartnoma;

Ijrolar va fonogrammalar bo‘yicha shartnoma;

Ko‘zi ojiz, ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan va bosma axborotni idrok etishda boshqa

jihatdan

qobiliyati cheklangan shaxslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish
to‘g‘risidagi Marokash shartnomasi.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur shartnoma va konvensiyalarni ratifikatsiya qilish

asnosida ularning talab va tavsiyalaridan kelib chiqqan holda turli intellektual mulk obyektlarini
muhofaza qilishga qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan hamda ilgari
qabul qilinganlari milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda

ushbu

shartnoma

va

konvensiyalarga muvofiqlashtirilgan. Bularga misol sifatida “Mualliflik huquqi va turdosh
huquqlar

to‘g‘risida”gi qonun, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib

chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonun, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
to‘g‘risida”gi qonun, “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va
ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonun, “Integral mikrosxemalar
topologiyalarini

huquqiy

muhofaza

qilish

to‘g‘risida”gi

qonun

va

boshqalarni

ko‘rsatishimiz mumkin.

O‘zbekiston BIMTga a’zo bo‘lgach o‘zaro aloqalar yildan-yilga rivojlanib bordi.

O‘zbekiston vakillari BIMT tomonidan tashkil etilgan bir qator xalqaro konferensiyalarda
ishtirok etdilar. Shuningdek, BIMTning vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zaro
hamkorlikda Toshkent va boshqa shaharlarda konferensiya va anjumanlar tashkil etildi. Xususan,
1996-yilda BIMT Bosh direktori Arpad Bogsha va 2000-yilda Kamil Idris boshchiligida BIMT
Xalqaro byurosi vakillarining rasmiy tashrifi davomida O‘zbekistonning davlat patentlash va
litsenziyalash siyosatini amalga oshirishdagi nufuzi va mavqeyi rasman tan olindi. Buning
yorqin misoli sifatida

jahondagi

davlatlar

rahbarlari

ichida

birinchilardan

bo‘lib

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov milliy patentlash tizimini
shakllantirish va rivojlantirishdagi ulkan hissasi, ixtirochilik faoliyatidagi ko‘magi hamda
mamlakatimizning sanoat mulk ob’yektlarini xalqaro patentlash huquqiy jarayonlaridagi
faol ishtiroki uchun Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Katta oltin medali bilan
mukofotlandi

2

.

2013-yil

1-mayda

Butunjahon

intellektual

mulk

tashkiloti

va

O‘zbekiston

Respublikasi

Intellektual

mulk

agentligi

tomonidan

tashkil

etilgan

Patent

kooperatsiyasi shartnomasi (RST) tizimi bo‘yicha Milliy seminar o‘tkazildi. Seminar ishi
jarayonida BIMT vakili va Agentlik mutaxassislari tomonidan xalqaro talabnomalarni
tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish (PCT-SAFE namoyishi), xalqaro patent qidiruvi, xalqaro
dastlabki ekspertizasi, RST talabnomalarini elektron yo‘l ilan topshirish, talabnoma
beruvchilar uchun xizmatlar (ePCT) va RST bo‘yicha axborot resurslari masalalari muhokama
qilindi.

2

Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma’sul muharrir: A.G‘afurov. –T.: “Adolat”, 2012.

68 bet.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

773

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va O‘zbekiston Respublikasi

Intellektual mulk agentligi o‘zaro hamkorlikda 2014-yilning 20-23-may kunlari “Oliy o‘quv
yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalarida intellektual mulk” mavzusida, 2015-yilning 12-15-may
kunlari “Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi masalalari va belgilarni ro‘yxatga olishning
Madrid tizimi” mavzusida, 2016-yilning 12-15-may kunlari “Innovatsiya va intellektual mulk”
mavzusida va boshqa qator mavzularda turli darajadagi seminar va uchrashuvlar o‘tkazildi.

Agentlik vakillari 2017-yilda Jeneva shahrida o‘tkazilgan BIMTga a’zo davlatlar

vakillarining Assambleya yig‘ililishida ishtirok etdilar. Mazkur yig‘ilish doirasida agentlik
vakillari BIMT bosh direktori F.Garri bilan uchrashdilar. F.Garri O‘zbekiston Respublikasida
amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonning BIT faoliyatidagi
sezilarli ishtirokini ta’kidladi. Shuningdek, agentlik mutaxassislarining malakasini oshirish
masalalarida zaruriy yordam ko‘rsatishga va’da berdi. Mazkur uchrashuvda erishilgan o‘zaro
kelishuvga muvofiq 2017-yil 6-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi
va Jahon intellektual mulk tashkiloti o'rtasida “O‘zbekiston Respublikasida texnologiyalarni va
innovatsiyalarni

qo‘llab-quvatlash

markazlarini tashkil

etish to‘g‘risida”gi memorandum

imzolandi. Ushbu kelishuvda o‘zaro hamkorlikda texnologiyalarni va innovatsiyalarni

qo‘llab-

quvvatlash

markazlarini tashkil

etish

belgilangan. O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2017-yil

1-noyabrdagi

“Ilmiy-tadqiqot muassasalarining infratuzilmasini

yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-3365-son

Qaroriga

asosan Butunjahon

intellektual

mulk

tashkiloti

bilan

hamkorlikda texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tarmoqlarini
tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan

3

.

Ushbu

Memorandumga

muvofiq

2017-yildan

davomida

Agentlikning

Intellektual mulk sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o'quv
markazi "IP-CENTER" DUK tomonidan respublikamiz Oliy o'quv yurtlari va Fanlar
Akademiyasi ilmiy-tekshirish institutlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash
markazlari (Markaz) tashkil qilib kelmoqda.

Hozirgi kunga kelib respublikamizda jami 9 ta, jumladan Muhammad al-Xorazmiy

nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Akademik S.Yu.Yunusov

nomidagi

O‘simlik

moddalari

kimyosi

instituti,

Berdaq

nomidagi Qoraqalpog‘iston

Davlat

universiteti, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti, Farg‘ona davlat universiteti, “Fizika-
quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti, Jizzax politexnika
instituti,

Namangan

muhandislik texnologiya instituti va Andijon davlat universiteti

qoshlarida Texnologiyalar va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari tashkil etilgan.

Mazkur mazkazlarning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

- ixtirolar va foydali modellar bo‘yicha patent olish, jumladan RST protsedurasi

bo‘yicha

patentlarni xalqaro muhofaza qilishga ko‘maklashish;

-

ilmiy-texnik

axborotlardan,

jumladan

intellektual

mulk

sohasidagi

ixtisoslashtirilgan ma’lumotlar bazalaridan samarali foydalanish, innovatsion faoliyat yurituvchi

3

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil

1-noyabrdagi

“Ilmiy-tadqiqot muassasalarining

infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatini rivojlantirish

chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi

PQ-3365-son

Qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 06/21/6198/0269-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

774

xo‘jalik sub’yektlari va individual ixtirochilarga IMA hamda BIMTning patent va nopatent
axborot resurslari, shuningdek, boshqa axborot resurslariga kirish imkoniyatiga

erishishda

yordam ko‘rsatish orqali mamlakatning innovatsion tarqqiyotiga xizmat qilish;

- intellektual faoliyat natijalarini yaratishni va ulardan samarali foydalanishni

rag‘batlantirish;

- intellektual mulk natijalaridan foydalanish va ularni huquqiy muhofaza qilish nazariyasi

hamda amaliyotining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferentsiyalar va
o‘quv seminarlari tashkil etish, ularga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazishda,

shuningdek,

intellektual mulk ob’yektlarining huquqiy muhofazasi asoslari to‘g‘risdagi ilmiy-uslubiy va
axborot materiallarini tarqatishda ishtirok etish orqali jamiyatda innovatsion faoliyatni targ‘ib
qilish va ommalashtirish;

- huquqiy muhofazaga ega bo‘lgan intellektual mulk ob’yektlarini ularni xalqaro bozorga

kiritish

bilan

birga

kelgusida

kommertsializatsiya

qilish

maqsadida texnologiyalar

transferini amalga oshirishda ko‘mak ko‘rsatish.

Bugungi kunda mazkazlar belgilangan ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda faoliyat

yuritib kelmoqda. Birgina Guliston davlat universitetida tashkil etilgan texnologiyalar va
innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazida 2021-yilning 11 oyi mobaynida

TIQQM

tomonidan 7 ta patent olishga, 35 ta talabnoma topshirishga ko‘maklashilgan. Shuningdek,
xorijiy ilmiy jurnallarda 190 dan ortiq maqolalar chop etilgan. Universitet ilmiy bo‘limi bilan
hamkorlikda TIQQM 2021 yilda 10 dan ortiq tadbirlarni tashkil etib, 700 nafardan ortiq yoshlar
qamrab olingan.

Keltirib o‘tilgan ushbu raqamlar markalar tashkil etishda BIMT hamkorlik qay darajada

samarali ahamiyat kasb etganini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk

sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son
Qaroriga asosan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”da Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan
hamkorlikni yanada kengaytirish vazifasi qo‘yilgan. Xususan, quyidagi masalalar bo‘yicha
BIMT bilan hamkorlikni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan:

- “Tashkent Law Spring” xalqaro yuridik forumi doirasida intellektual mulkni huquqiy

muhofaza qilishning dolzarb tendensiyalarini muhokama qilish;

- Xalqaro normativ-huquqiy hujjatlar, BIMTning texnik qo‘llanmalari va ilmiy kitoblarini

tarjima qilish va moslashtirish bo‘yicha BIMTning texnik ko‘magini oshirish;

- Intellektual mulk, shu jumladan uning huquqiy himoyasi sohasidagi milliy

mutaxassislarni JIMTning shtab-kvartirasiga stajirovkaga yuborish;

- Jamiyatda intellektual mulk ob’yektlariga bo‘lgan huquqqa nisbatan hurmat bilan

qarash madaniyatini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot choralari va ishlarini o‘tkazish

4

.

Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan Intellektual mulk

agentligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Masalan, 2019-yil 11-12- sentabr kunlari
Agentlik tomonidan BIMT bilan hamkorlikda “Intellektual mulkka nisbatan

hurmat

4

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-fevraldagi “Intellektual mulk sohasida davlat

boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4168-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 26.04.2022-y., 07/22/221/0357-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

775

munosabatini oshirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur seminarda BIMT, Estoniya,
Belgiya va boshqa davlatlardan vakillar ishtirok etishdi. Ushbu seminar davomida intellektual
mulk ob’yektlariga nisbatan hurmat bilan qarash madaniyatini shaktlantirish va oshirishning
konsepsual asoslari, mazkur sohada BIMTning tutgan roli, intellektual mulk sohasida
huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha xalqaro hamkorlik va bu boradagi rivojlangan
davlatlarning tajribasi muhokama

qilindi.

Seminar yakunida “Intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha

bo‘yicha strategik hamkorlik” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son Qaroriga asosan Butunjahon
intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida
O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqish belgilangan

5

.

Ushbu milliy strategiyani qabul qilish qilishdan maqsad intellektual mulk sohasini

rivojlantirishning keyingi yo‘nalishlarini va intellektual mulk tizimidagi manfaatdor davlat
tashkilotlari, ularning vazifalari va vakolatlarini belgilash, shuningdek, alohida e’tiborga
molik asosiy muammolarni ochib berishdan iboratdir.

Strategiya vazifalari quyidagilardan iborat:
intellektual mulk sohasini rivojlantirish masalasiga tizimli yondoshuvni va muammoli

masalalarning bartaraf etilishini ta’minlash;

davlat idoralarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, jumladan, intellektual mulk

borasidagi qonunchilikni bir xilda talqin etilishi borasida; qatnashuvchi tomonlarning
mas’uliyatini oshirish;

ilmiy-texnik ijodkorlik va innovatsion fikrlash tadbirkorlik uchun qulay shart- sharoit

yaratish;

qatnashuvchi barcha tomonlarda intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini

shakllantirish.

Bugungi kunda ushbu vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida BIMT bilan hamkorlik

aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, milliy strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha tegishli ishlar
amalga oshirililmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Butunjahon intellektual mulk

tashkiloti bilan hamkorlik

munosabatlari O‘zbekistonda intellektual mulk muhofazasini

ta’minlash,

uning huquqiy asoslarini yaratish hamda ushbu sohada davlat boshqaruvini

takomillashtirib borilishida muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston tomonidan BIMTning
20 ga yaqin xalqaro konvensiya va shartnomalari ratifikatsiya qilindi. Mazkur xalqaro
hujjatlar asosida intellektual mulkni tartibga solish, uning huquqiy muhofazasini ta’minlashga
qaratilgan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi va BIMTning taklif va
tavsiyalari asosida takomillashtirib borildi. Bu esa intellektual mulk huquqining buzilishining
oldini olish, intellektual mulk sub’yektlarining buzilgan huquqlarini tiklashda muhim rol
o‘ynadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarafi tashabbusi bilan BIMT bilan hamkorlikda turli tadbir va

5

Qarang. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini

muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son Qarori. Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

776

konferensiyalar tashkil etildi. Amalga oshirilgan ushbu chora-tadbirlar xalqaro hamjamiyat
ko‘z o‘ngida O‘zbekiston mavqeyini oshirib, intellektual mulk sohasida boshqa tashkilotlar
va davlatlar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishiga imkon yaratdi.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini
yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son Qaroriga
asosan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk
sohasini rivojlantirish strategiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y.,
06/23/108/0460-son;

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk
ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
4965-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-
son;

3.

Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma’sul muharrir: A.G‘afurov.
–T.: “Adolat”, 2012. 68 bet;

4.

Intellektual mulk huquqining dolzarb muammolari / xorijiy ekspertlar ishtirokida
(videokonferensiya shalida) Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. –
T.: TDYU, 2020. – 336 bet;

5.

Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD),
dosent N.E.G‘afurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 588 bet;

6.

Рустамбеков И.Р., Мусаев С.Ф. Международное авторское и патентное право.
– Т.: ТГЮУ, 2016. – 280 стр.

Internet saytlari

7.

www.lex.uz

8.

www.norma.uz

9.

www.huquqiyportal.uz

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-apreldagi “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son Qaroriga asosan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk sohasini rivojlantirish strategiyasi. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4965-son Qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son;

Intellektual mulk huquqi: rivojlantirish istiqbollari / Ma’sul muharrir: A.G‘afurov. –T.: “Adolat”, 2012. 68 bet;

Intellektual mulk huquqining dolzarb muammolari / xorijiy ekspertlar ishtirokida (videokonferensiya shalida) Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – T.: TDYU, 2020. – 336 bet;

Intellektual mulk. Darslik. Mas’ul muharrirlar: yu.f.d., prof., O.Oqyulov, yu.f.f.d. (PhD), dosent N.E.G‘afurova // Mualliflar jamoasi. – T.: TDYU nashriyoti, 2019. – 588 bet;

Рустамбеков И.Р., Мусаев С.Ф. Международное авторское и патентное право. – Т.: ТГЮУ, 2016. – 280 стр.

Internet saytlari

www.lex.uz

www.norma.uz

www.huquqiyportal.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов