ABOUT THE TRAINING OF ABDULLAYEVA GULRUKH ON THE TOPIC "I WILL ACHIEVE AND WIN" WITHIN THE "PSYCHOLOGICAL HEALTH" CAMPAIGN "BEING HEALTHY IS GREAT"

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdullayeva, G. (2023). ABOUT THE TRAINING OF ABDULLAYEVA GULRUKH ON THE TOPIC "I WILL ACHIEVE AND WIN" WITHIN THE "PSYCHOLOGICAL HEALTH" CAMPAIGN "BEING HEALTHY IS GREAT". Modern Science and Research, 2(5), 656–659. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20365
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, Abdullayeva Gulrukh, a psychologist of comprehensive school No. 320 in Shaikhontohur district, as part of the campaign "Psychological health improvement", has a training session with the students of the 2nd "A" class on the topics "Being healthy is wonderful" and "I will achieve and win". passed the test. It will be discussed how to increase and improve psychological literacy among society and population, and how important psychology is in human life today. To provide a wide coverage of the promotional activities of corporate management centers in the field of psychology in our country. It is an important issue to protect the health of the current young generation and the entire nation.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

656

ABDULLAYEVA GULRUXNING "PSIXOLOGIK SOG'LOMLASHTIRISH"

AKSIYASI DOIRASIDA "SOG'LOM BO'LISH-AJOYIB" "ERISHAMAN VA

YUTAMAN" MAVZUSIDA TRENINGI HAQIDA

Abdullayeva Gulrux

Shayxontohur tumanidagi 320-sonli umumtalim maktabning psixologi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953310

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Shayxontohur tumanidagi 320-sonli umumtalim maktabning

psixologi Abdullayeva Gulruxning "Psixologik sog'lomlashtirish" aksiyasi doirasida "Sog'lom
bo'lish-ajoyib" "Erishaman va yutaman" mavzularda 2"A"-sinf o'quvchilari bilan trening
mashg'uloti o‘tkazdi.

Jamiyat va aholi o‘rtasida psixologik savodxonlikni oshirish va

takomillashtirish hamda bugungi kunda psixologiyaning inson hayotida qay darajada muhimligi
haqida so‘z yuritiladi. Mamlakatimizda psixologiya sohasiga oid korporativ boshqaruv
markazlarining olib borayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini keng ko‘lamda yoritib berish.
Hozirgi yosh avlodning, butun millatning sog'lig'ini asrashning muhim masalasi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar:

Sog'lom turmush tarsi, ma’naviyat, iqtisodiy-demokratik, tibbiy gigiyenik,

organism, shaxs hayoti.

ABOUT THE TRAINING OF ABDULLAYEVA GULRUKH ON THE TOPIC "I

WILL ACHIEVE AND WIN" WITHIN THE "PSYCHOLOGICAL HEALTH"

CAMPAIGN "BEING HEALTHY IS GREAT"

Abstract.

In this article, Abdullayeva Gulrukh, a psychologist of comprehensive school No.

320 in Shaikhontohur district, as part of the campaign "Psychological health improvement", has
a training session with the students of the 2nd "A" class on the topics "Being healthy is wonderful"
and "I will achieve and win". passed the test. It will be discussed how to increase and improve
psychological literacy among society and population, and how important psychology is in human
life today. To provide a wide coverage of the promotional activities of corporate management
centers in the field of psychology in our country. It is an important issue to protect the health of
the current young generation and the entire nation.

Key words:

Healthy lifestyle, spirituality, economic-democratic, medical hygiene, organism,

personal life.

О ТРЕНИНГЕ АБДУЛЛАЕВОЙ ГУЛРУХ НА ТЕМУ «Я ДОСТИЖУ И

ПОБЕДИТЬ» В РАМКАХ АКЦИИ «ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ЗДОРОВЬЕ» «БЫТЬ

ЗДОРОВЫМ – ЭТО ПРЕКРАСНО»

Аннотация.

В данной статье Абдуллаева Гулрух, психолог общеобразовательной

школы № 320 Шайхонтохурского района, в рамках акции «Психологический
оздоровительный» провела тренинг с учащимися 2 «А» класса на темы «Быть здоровый -
это прекрасно", "Я добьюсь и выиграю". Прошел испытание. Речь пойдет о том, как
повысить и улучшить психологическую грамотность общества и населения, и какое
значение психология занимает в жизни человека сегодня. Обеспечить широкое освещение
рекламной деятельности центров корпоративного управления в области психологии в
нашей стране. Важным вопросом является сохранение здоровья нынешнего молодого
поколения и всего народа.

Ключевые

слова:

Здоровый

образ

жизни,

духовность,

хозяйственно-

демократическая, медицинская гигиена, организм, личная жизнь.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

657

Malumki maktab yoshdagi meyorda rivojlanayotgan bolada butun psixik rivojlanishida katta

o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Uning idrok qilish faolligi o‘ta tez o‘sib boradi - zehni rivojlanadi,
ko‘rib fikrlashi rivojlanadi, mantiqiy fikrlashga asos olinadi. Idrok qilish imkoniyatlari o‘sishiga
ma'naviy xotira, ixtiyoriy diqqate'tiborining tiklanishi yordam beradi.

O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin barqarorlashtirib

borar ekan, uning istiqboli bugungi yoshlarimizga bog‘liqdir. Kelajak bugundan boshlanadi. Ayni
damda tarbiya masalasiga e’tibor qilmasak, kelajak boy beriladi. Ma’naviy va axloqiy poklanish,
iymon, insof, diyonat, or- nomus, mehr-oqibat va shu kabi chinakam insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan
kelmaydi, hammasining zamirida tarbiya yotadi. Kundalik turmush tashvishlaridan ortib
bag‘ringizda o‘sib ulg‘ayayotgan farzandingiz yoki uning do‘stlarining fe’l-atvorlari,
qiziqishlarini hech kuzatganmisiz?

O‘g‘lingiz yoki endigina balog‘atga yetayotgan qizingiz bilan dildan suhbatlashganmisiz?

Aslida farzand ota - ona bilan ko‘proq yaqinroq bo‘ladi, deyishadi. Bu isbotlangan hayot

tajribasi. O‘sha yaqinlikni yaratish esa onaning qo‘lida. Ishda o‘tirib telefon orqali nazorat
qilishingiz yoki ma’lum bir fanga, to‘garaklarga vaqtini biriktirib qo‘yishingiz mumkin. Lekin
bolaning ham o‘z xayollari, dilida saqlab yuradigan gaplari bo‘ladi. Bir o‘ylab ko‘ring-a, bolangiz
sizni yaxshi ko‘rishini, yoki qalbidagi shirin orzularini, iztirobi yoki quvonchini baralla ayta
oladimi? “Agar meva donagini chaqib, mag‘zini yerga eksak, albatta u unib chiqmaydi. Agar
ustidagi qobig‘i bilan tuproqqa qadasak-chi unib, o‘sib gullab yashnaydi”. Danak ruh, qobig‘ini
jism deb olsak, demak, bolalarimiz bir maqsadga erishmoqchi bo‘lsalar har ikkala asosga suyanishi
zarur. Aks holda, maqsadiga erishishi qiyin bo‘ladi. O‘ylagan maqsadiga erishishi uchun uning
ruhiyati sokin ,xotirjam bo‘lishi kerak.Bola ruhiyati qachonki oilasi tinch va ota-onasining unga
bo‘lgan munosabati yaxshi bo‘lsa, unga o‘z vaqtida e’tibor qaratib, mehrini bersa, dildan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

658

suhbatlashsa, bolaning dardini tinglasa, unga ham gapirishi uchun navbat bersa,bolaning fikrlari
teran va sog‘lom bo’ladi .

Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish turli yo‘nalishlarda olib borilishi lozim. Bu, bir

tomondan, o‘quvchilar va kattalarga sog'lom turmushga oid muayyan tibbiy gigiyenik bilimlarni
berishga, ularda sog'lom turmush tarzini organizm rivojiga qanday ta’sir etishi haqidagi
tasawurlarni uyg'otishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ta’lim-tarbiyada gigiyenik
qoidalarga amal qilishga, o‘zini va yon atrofidagilar sog'lig'ini asrashni kundalik odatga aylantirish
ko‘nikmalarini shakllantirishga bog'liq.

Sog'lom turmush tarzi bu — inson havoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlashga xizmat

qiluvchi ko‘nikmalarga ega bo‘lish asosida hayotiy faoliyatni yo‘lga qo‘yish hamda
salomatlikning yuqori darajada bo‘lishiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy hodisadir.

Sog'lom turmush tarzi — inson turmush sharoitlarini faol o‘zlashtirish usuli bo‘lib, kun

tartibiga rioya qilish, faol harakat asosida organizmni chiniqtirish, sport bilan shug'ullanish, to‘la
va sifatli ovqatlanish, ovqatlanishning gigiyenik qoidalariga rioya qilish, muloqot va ekologik
madaniyatga erishish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar asosida ma’naviy tarbiya olish, zararli
odatlardan o‘zini tuta bilish demakdir. Sog'lom turmush tarzini shakllantirish predmetining
maqsadi va vazifalari:

Inson ruhiyatini o'rganish nihoyatda murakkab. Diagnostika ishlari uchun, yordamchi

maktablarni butlash uchun bolalar ruhiyatini o'rganish juda zarur hisoblanadi, chunki yordamchi
maktablardagi ta'lim-tarbiyani samarali olib borish uchun ham bu boradigi ma'lumotlar kerak.
Inson ruhiyatini‘ atroflicha o'rganish kishidan har tomonlama bilim va malakalar bo'lishi talab
etilishi bilan bir qatorda bilim, yetarlicha hayotiy tajriba ham talab etiladi. Aqli zaif bola
ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlarini bilish asosida ular bilan olib boriladigan o'quv tarbiyaviy
ishlar mazmun-mohiyati belgilanadi. Aqli zaif bolalarning shaxsiy hujjatlari bilan tanisha borib,
o'qituvchi, tarbiyachi bolaning kasallik tarixi, kasallik qoldirgan asorat xususiyatlarini tahlil qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

659

Bu — oila, maktab va inson tarbiyasi, kamoloti bilan shug'ullanuvchi rnaskanlar oldiga

sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalasini ko‘ndalang qo‘yadi. Millat sog'lig'i ham, tabiiy
ravishda, sog'lom turmush tarzi orqali hal etiladi. Bular, yosh avlodning sog'lig'iga ta’sir qiluvchi
asosiy omillarni bilishni, o‘quvchilarda sog'lom turmush tarzini shakllantirishning metodologik,
psixologik, pedagogik, tibbiy va gigiyenik asoslarini yaratishni taqozo etadi». Har bir talaba
«salomatlik» tushunchasi; salomatlik omillari; salomatlikni saqlashda organizmning
himoyalanishi; valeologiya fani, uning tamoyillari va metodlari to‘g'risida bilimlarga ega bo‘lishi
kerak. Turmush tarzi inson yashashi uchun zarur bo‘lgan turmush sharoitlarini o‘zlashtirish
demak. O‘zlashtirish usuliga qarab uni sog'lom turmush tarzi va nosog'lom turmush tarzi deb
ajratish mumkin, hamda sog'lom turmush tarzini shakllantirishning rivojlanishi, boshqa fanlar
bilan aloqasi, uning maqsad va vazifalarini o‘zlashtirish zarur. «Turmush tarzi» va «Sog'lom
turmush tarzi» tushunchalarining mohiyati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Inson
xuquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, «Bola xuquqlari to‘g'risida»gi Konvensiya, nutq va
ma’ruzalarida bayon qilingan sog'lom turmush tarzini shakllantirishga oid fikrlar, O‘zbekiston
Respublikasining «Ta’lim to‘g'risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Jismoniy
tarbiya va sport to‘g'risida»gi Qonun, Sharq hamda Yevropa olimlari va mutafakkirlarining
sog'lom turmush tarzini shakllantirishga oid fikr va qarashlarida o‘z ifodasini topadi. Har qanday
shaxsning turmush tarzi kun savin ro‘v beravotgan voqeahodisa va turli o‘zgarishlaming ta’siri
ostida shakllanadi. Ta’kidlash joizki, o‘zaro munosabatlarning o‘zgarayotgani o‘quvchilar
ruhiyatiga tobora ko‘proq ta’sir etmoqda. Natijada ularda o‘z taqdiri, oilasi, jamoasi uchun zarur
bo‘lgan aqliy, hissiy va erkiga oid xattiharakatlami tanlash ma’suliyati oshmoqda. Shular
natijasida yuzaga keladigan asab kasalliklarining oldini olish zarur.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak Shayxontohur tumanidagi 320-sonli umumtalim maktabning

psixologi Abdullayeva Gulruxning "Psixologik sog'lomlashtirish" aksiyasi doirasida "Sog'lom
bo'lish-ajoyib" "Erishaman va yutaman" mavzularda 2"A"-sinf o'quvchilari bilan trening
mashg'uloti o‘tkazishdan maqsad shiddat bilan o‘zgarib borayotgan zamonda milliy ma’naviy,
ta’lim tarbiya va o’quvchilar o’rtasida psixologik sog’lomlashtirsh haqida tushuncha uyg’otishga
qaratildi.


REFERENCES

1.

Jo‘raboyev K. “O‘quvchi – yoshlarni kasb – hunarga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik –
pedagogik o‘yinlar, mashqlar va metodikalar” Uslubiy qo‘llanma. “KOMRON PRESS”
Toshkent 2017 yil

2.

Soatov.A.J. Bо’lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish kо’nikmalarini
shakllantirish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyot-
matbaa uyi. 2020 yil.

3.

Soatov.A.J. Pedagogika-psixologiya ixtisosligi talabalarida psixologik maslahat kо’rsatish
kо’nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. UzACADEMIYA ilmiyuslubiy jurnal 2 jild.
Avgust 2020.

4.

Mo‘minov X. Sog'lom turmush — sog'liqqa yo‘l.

References

Jo‘raboyev K. “O‘quvchi – yoshlarni kasb – hunarga yo‘naltirish bo‘yicha psixologik – pedagogik o‘yinlar, mashqlar va metodikalar” Uslubiy qo‘llanma. “KOMRON PRESS” Toshkent 2017 yil

Soatov.A.J. Bо’lajak pedagog-psixologlarda psixologik maslahat berish kо’nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent: Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi. 2020 yil.

Soatov.A.J. Pedagogika-psixologiya ixtisosligi talabalarida psixologik maslahat kо’rsatish kо’nikmalarini shakllantirish texnologiyasi. UzACADEMIYA ilmiyuslubiy jurnal 2 jild. Avgust 2020.

Mo‘minov X. Sog'lom turmush — sog'liqqa yo‘l.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов