THE ROLE OF SPIRITUALITY AND RELIGION IN THE FORMATION OF PERSONALITY IN THE CURRENT CONDITIONS OF UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sattorov, T. (2023). THE ROLE OF SPIRITUALITY AND RELIGION IN THE FORMATION OF PERSONALITY IN THE CURRENT CONDITIONS OF UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(5), 682–685. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20385
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article sheds light on the role of spirituality and religion in the formation of personality in the current conditions of Uzbekistan. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

682

HOZIRGI O’ZBEKISTON SHAROITIDA SHAXSNI SHAKLLANTIRISHDA

MA’NAVIYAT VA DINNING O’RNI

Sattorov Turdiali Safarovich

Termiz davlat pedagogika instituti Ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (ma'naviyat

asoslari) 2- kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953580

Annotatsiya.

Mazkur maqolada hozirgi O’zbekiston sharoitida shaxsni shakllantirishda

ma’naviyat va dinning o’rni masalalari yoritib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va
mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ma’naviyat va dinning o’rni, shaxsni shakllantirish, farzand tarbiyasi.

THE ROLE OF SPIRITUALITY AND RELIGION IN THE FORMATION OF

PERSONALITY IN THE CURRENT CONDITIONS OF UZBEKISTAN

Abstract.

This article sheds light on the role of spirituality and religion in the formation of

personality in the current conditions of Uzbekistan. Reasonable opinions and comments are
presented throughout the article.

Key words:

the role of spirituality and religion, personality formation, child education.

РОЛЬ ДУХОВНОСТИ И РЕЛИГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ЛИЧНОСТИ В

СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация.

Данная статья проливает свет на роль духовности и религии в

формировании личности в современных условиях Узбекистана. Обоснованные мнения и
комментарии представлены на протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

роль духовности и религии, формирование личности, воспитание

детей.

Islomda ota-onaga mehr-muhabbat, g‘amxо‘rlik, farzand tarbiyasi va oilaga sadoqat

masalalariga alohida e’tibor berilgan. Kishilarni yaxshilik qilish, savob ishlarga qо‘l urish, insofli-
diyonatli, vijdonli bо‘lish, mehr-shafqatlilik, tо‘g‘rilik, rostgо‘ylik, sofdil bо‘lish, birodarga
yordam berish, kamtarlikka chaqirish g‘oyalari ilgari surilgan.

Qur’oni karim va hadislarda har bir inson uchun zarur bо‘lgan hayotidan ma’mun bо‘lib

yashash-shukronalik va sabrli bо‘lish masalalariga ham alohida ahamiyat berilgan. Shukronalik va
sabr ham inson ma’naviyligining muhim jihatlaridan biridir. Ularning mazmun-mohiyatini bilib
olish har birimiz uchun zarur. Qur’oni karimda Alloh bu dunyoda insoniyatni behisob ne’matlar
bilan rizqlantirgani, uning sanog‘iga yetib bо‘lmasligi haqida shunday bayon qilingan:
“Sizlarga barcha sо‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning bergan ne’matini
sanasangizlar, sanog‘iga yetolmaysiz. Haqiqatan, inson о‘ta zolim va juda noshukrdir”.
Yuqorida sanab о‘tganlarimiz moddiy ne’matlar jumlasiga kiradi. Ma’naviy ne’matlar esa imon,
aql, hurriyat, tinchlik kabi kо‘zga bevosita kо‘rinmaydigan, ammo qalb kо‘zi bilan ilg‘ab
olinadigan moddiy ne’matlarga qaraganda inson uchun ahamiyatli bо‘lgan ma’naviy
qadriyatlardan iboratdir.

Inson tanasi uchun jon qanchalik muhim bо‘lsa, uning ma’naviyati, ruhiyatining teranligi

uchun ilm shunchalik ahamiyatli sanaladi. Inson ilm egallash yо‘lidan yursa yuksaladi, aks holda
tubanlikka, johillikka yuz tutadi.Bu foniy dunyoda ilmdan bebahra qalblar jonsiz jasadga
о‘xshaydi. Alloh bu olamni cheksiz ilmu hikmat bilan yaratgan. Inson aql va tafakkur vositasida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

683

bu ilmlardan xabardor bо‘ladi, moddiy va ma’naviy hayotda yuksaklikka kо‘tariladi. Ilm inson
tafakkuriga nur baxsh etadi. U shu nur orqali haqiqatni topadi. Ilm insonni doimo yuksak
martabaga erishtiradi. Mana shuning uchun ham islom manbalari Qur’oni karim va hadislarda ilm-
fanni egallash, ma’rifatli bо‘lish juda katta savobli ish ekani qayta-qayta ta’kidlanadi. Hadisda
beshikdan to qabrgacha ilm izlash lozimligini qayd qilinishining о‘zi katta tarbiyaviy ahamiyatga
ega. Qur’oni karimda: “Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja
(martaba)larga kо‘tarur” deyilishi negizida ilmli zotlar va unga intilganlar jamiyatda yuksak
mavqe va hurmatga sazovor bо‘lishlariga ishoradir.

Qur’oni karimda “ilm” sо‘zi asosida “Alima” bilmoq fe’l negiziga tayangan kalimalar 750

marotaba uchrashi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomga
ilk nozil bо‘lgan oyat ham “О‘qi...” “О‘qi...” sо‘zidan boshlanadi. Ushbu oyat shunday: “О‘qi!
Sening о‘ta karamli Parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Qur’oni karim ham ilm, ham
hayot kitobidir. Ilm yо‘lini tutgan inson eng sharafli yо‘lni tanlagan bо‘ladi.

Payg‘ambarimizning “Ilm olish har bir muslim va muslima uchun farzdir” degan hadislari

negizida islomning ilmga bо‘lgan yuksak e’tiboridan dalolat beradi. Yana bir hadisda: “Insonlar
yo о‘rgatuvchi yoki о‘rganuvchilarga bо‘linadi. Bundan boshqalari esa arzimasdir, deb
ta’kidlansa, boshqa bir hadisda: “Insonlar о‘likdir, faqat ilm ahligina tirikdir”, deb bu dunyoda
faqat ilm sohiblarigina haqiqatga intilganliklari tufayli tirik ekanliklari aytiladi.

Haqiqatan, hoh dunyoviy, hoh diniy ilm yо‘lida zahmat chekkanlar jisman yо‘q bо‘lsalar

ham ular ma’nan tirikdirlar. Bunga Imom Buxoriy va Muso Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu
Nasr Forobiy, Imom Marg‘inoniy va Ibn Sino, Imom Termiziy va Beruniy, Imom Zamahshariy va
Ahmad Farg‘oniy, Hoja Ahror Valiy va Ulug‘bek va boshqalar yaqqol misol bо‘ladilar. Bu buyuk
zotlar yaratgan asarlar insonlarning hayot yо‘lini asrlar osha nurafshon etib kelmoqda. Ular meros
qilib qoldirgan asarlarni о‘qib-о‘rganib kishilar ma’nan oziqlanib har on va har lahzada ularni
eslab turadilar. Ularga bо‘lgan muhabbat insonlar qalbida abadiy yashab kelmoqda.

Har ikki ilmni egallagan kishi esa ikki dunyosini obod qiladi.
Islom bu faqat aqida emas, avvalo, ma’rifat, ilmdir. Islom tarixiga nazar tashlasak,

Muhammad Payg‘ambarimiz alayhissalomgacha bо‘lgan davr arablarda “johiliya” davri deb
ataladi. “Johiliya” nodonlik, bilimsizlik davri degani. Islom ana shu nodonlik davri о‘rniga keng
ma’noda ma’rifat, madaniyat vujudga keltirdi, ilm-fan, falsafa, adabiyot va san’atni rivojlantiridi,
о‘ziga xos ma’naviyat va ma’rifatni yaratdi.

Islomda ma’rifatga bо‘lgan munosabatni quyidagi hadislarni keltirish bilan cheklanishni

lozim topdik:
“Ilm olish yо‘lida sarflangan bir soat yuzaki ibodat bilan о‘tkazilgan bir kechadan kо‘ra
hayrliroqdir”.
“Ilm yо‘lida sarflangan bir kun uch oy rо‘za tutishdan afzalroqdir”. Bu hadislarda ilm yо‘lida
sarflangan vaqt eng qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Ilm о‘rgatgan kishiga ta’zimda bо‘lish va izzat-ikrom

kо‘rsating”, deb ilm yо‘lida harakat qilganlarni qadrlash kerakligini uqtiradilar. Xalqimiz bejiz
“Ustoz otang kabi ulug‘dir” deb aytmagan.

“Olimning uyqusi ham johilning ibodatidan afzaldir”, chunki uning uyqusi ham ibodatning

bir turi sanaladi, sababi olim ilmini davom ettirish uchun charchoqlardan forig‘ bо‘lish maqsadida
uxlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

“Sadaqaning eng hayrlisi о‘zgaga ilm о‘rgatmoqlikdir”, “Dindoshiga ilm о‘rgatish yil

bо‘yi о‘qilgan nafl namozidan kо‘ra afzalroqdir” kabi hadislarda inson ilmni olimlardan о‘rganishi
va о‘zi ham bilganini boshqalarga о‘rgatishi lozimligi ta’kidlangan.

“Ilm о‘rganing, ilm о‘rgangan haqni nohaqdan ajratadi. Ilm jannat yо‘lini yoritadi. Ilm

insonga chо‘lda yо‘ldosh, yolg‘izlikda hamroh, kimsasizlikda jondosh dо‘st bо‘ladi”, “Ilm
insonlarni saodatga eltadi, falokatdan qutqaradi, dо‘stlar orasini ziynatlaydi, dushmanga qarshi
qalqon bо‘ladi”.

Yuqoridagilardan kо‘rinadiki, Islom ilm-ma’rifat dini va ayni paytda barcha insonlarni

dunyo sir-asrorlarini bilishga, ya’niki egallashga va yuksak ma’naviylikka chorlovchi din ekanligi
bilan alohida ahamiyatga egadir.

Bizning ulug‘ bobolarimiz islom ma’naviyati va ma’rifati taraqqiyotiga ulkan hissa qо‘shib

kalom va hadis, tasavvuf va fikh ta’limotini rivojlantirdilar.
Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi butun musulmon dunyosi yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli
xalqaro tashkilot Islom konferensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bо‘yicha
– AYSESKO tomonidan Toshkent shahrining 2007 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon
qilingani ham ana shunday e’tirofning tasdig‘idir.
Imom Buxoriyning nurli qalamini Imom Moturudiy olib, ul zotning xayrli ishlarini davom
ettirishga bel bog‘ladi. Moturudiy islom olamida “Musulmonlarning e’tiqodini tuzatuvchi” degan
yuksak sharafga sazovor bо‘ldi. Uning asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar islom dinining asosini
tо‘g‘rilik, ezgulik va insoniylikdan iborat deb biladigan barcha mо‘min – musulmonlarning qarash
va intilishlari bilan hamohang bо‘lganligi bilan ahamiyatlidir.

“Dunyoviy va diniy g‘oyalar bir-birini boyitib borgan sharoitda taraqqiyot yuksak

bosqichga kо‘tariladi.. Bunga bashariyat tarixida о‘chmas iz qoldirgan Imom Buxoriy va Muso
Xorazmiy, Imom Moturidiy va Abu Rayhon Beruniy, Imom G‘azzoliy va Ibn Sino, Imom
Termiziy va Abu Nasr Forobiy singari buyuk zakovat sohiblari yashab faoliyat kо‘rsatgan davrlar
yorqin misol bо‘la oladi”.

Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Buxoriy

tо‘plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy о‘gitlari, Yassaviy hikmatlari asosida tarbiya
qilish imkoniga ega bо‘ldik.

Rasululloh hadislarining yana bir muhim mavzu yо‘nalishidir. Tahorat, g‘usl masalalari

tashqi ozodalik talablari bо‘lsa, haromdan, yolg‘on sо‘z, g‘iybat, tuhmat, zinokorlik, о‘zga
haqqiga hiyonat, nohaqlik va zulmga yо‘l qо‘ymaslik, ulardan qat’iy saqlanish ichki, ma’naviy
poklikka oid talablardir. Bularning hammasi Qur’oni karim hamda Rasululloh (s.a.v.) hadislarida
va ularga asoslangan shariatda juda qat’iy qilib qо‘yilgan.

Xullas, islom barcha mо‘minlarni yuksak ma’naviylikka chorlovchi, insonparvar din

ekanligini anglab yetishimiz zarur. Shundagina dindan ma’naviy va ma’rifiy tarbiyada foydalanish
zaruratiga tо‘g‘ri yondoshamiz.

Muqaddas dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli huruj va hamlalardan, tuhmat va

bо‘htonlardan himoya qilish, avvalambor, uning asl mohiyatini, ya’ni islom dini tinchlik, ma’rifat,
yuksak ahloq-odob ifodachisi ekanini unib-о‘sib kelayotgan yosh avlodimizga tushuntirish, islom
madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish orqali ular ongida sog‘lom mafkuraviy
immunitetni shakllantirishimiz lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

685

Yurtimizda keyingi vaqtlarda rо‘y berayotgan ayrim salbiy hodisalar, nojо‘ya hatti-

harakatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bо‘shliq tufayli sodir bо‘lmoqda. Har bir fuqaro shuni
anglab yetishi kerakki, О‘zbekistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida о‘ziga xos va mos yо‘li bо‘lgani
kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham о‘z yо‘li bor. Bu о‘ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga
munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham kо‘rishimiz mumkin. Uning
mohiyati mо‘tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki-botiniy olamni poklab, Allohni dilda
saqlab, aqlu tafakkur, ilmu urfon bilan kamolot sari borish, о‘z ma’naviy merosimiz qadriyatlarimiz va
dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam bо‘lgan holda olg‘a borish.

Xulosa shuki, mustaqillik bergan hidoyat yо‘lini turli unsurlardan asrash, ularga

berilmaslik lozim.


REFERENCES

1.

Авесто.-Санъат №3, 11, 1993.

2.

Қуръони Карим Т., Чўлпон, 1992.

3.

Ал-Бухорий. Ҳадис. 1-4 китоблар. Т., 1993-1998 йиллар

4.

Комилов Н. Тасаввуф. Т., 1997.

5.

Хўжа Аҳмад Яссавий. Хикматлар. Т., 1991.

6.

Мансур Олим ўғли. Ислом дини мустамлакачилари. Т.: Мулоқот, 1994, 1-2 сон.

References

Авесто.-Санъат №3, 11, 1993.

Қуръони Карим Т., Чўлпон, 1992.

Ал-Бухорий. Ҳадис. 1-4 китоблар. Т., 1993-1998 йиллар

Комилов Н. Тасаввуф. Т., 1997.

Хўжа Аҳмад Яссавий. Хикматлар. Т., 1991.

Мансур Олим ўғли. Ислом дини мустамлакачилари. Т.: Мулоқот, 1994, 1-2 сон.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов