APPLICATIONS OF THE CONCEPT OF "LONGING" IN ARTISTIC TEXT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Raximjonova , G. (2023). APPLICATIONS OF THE CONCEPT OF "LONGING" IN ARTISTIC TEXT. Modern Science and Research, 2(5), 1054–1058. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20518
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

One of the current topics of modern linguistics is the concept. This term is one of the important categories of cognitive linguistics and linguistic culture. This article presents excerpts from artistic works about the concept and its meaning, the uniqueness of the concept of "longing" and its expression in speech.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1054

“SOG’INCH” KONSEPTINING BADIIY MATNDA QO’LLANILISH O’RINLARI

Raximjonova Gulnoza

FarDU o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7970948

Annotatsiya.

Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb mavzularidan biri bu –konseptdir. Bu

termin kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiyaning muhim kategoriyalaridan biri hisoblanadi.
Mazkur maqolada konsept va uning ma’nosi, “sog’inch” konseptining o’ziga xosligi va uning
nutqda ifodalanishi haqida badiiy asarlardan parchalar berilgan.

Kalit so’zlar:

Lingvokulturologiya, leksika, tushuncha, konsept, mavhum birliklar, sog’inch,

badiiy matn, tilshunoslik.

APPLICATIONS OF THE CONCEPT OF "LONGING" IN ARTISTIC TEXT

Abstract.

One of the current topics of modern linguistics is the concept. This term is one of

the important categories of cognitive linguistics and linguistic culture. This article presents
excerpts from artistic works about the concept and its meaning, the uniqueness of the concept of
"longing" and its expression in speech.

Key words:

Linguistics, lexicon, understanding, concept, abstract units, longing, artistic

text, linguistics.

ПРИМЕНЕНИЕ КОНЦЕПТА "ТОЧКА" В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ

Аннотация.

Одной из актуальных тем современного языкознания является концепт.

Этот термин является одной из важных категорий когнитивной лингвистики и
лингвокультуры. В данной статье представлены отрывки из художественных
произведений о понятии и его значении, своеобразии понятия «тоска» и его выражении в
речи.

Ключевые слова:

Языкознание, лексика, понимание, концепт, абстрактные единицы,

тоска, художественный текст, языкознание.


So'nggi paytlarda til va madaniyat o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish dolzarb masalalardan

biriga aylandi. Olimlarning ushbu muammoga qiziqishi 20-asr oxirida til birliklarining milliy-
madaniy semantikasini butun mazmuni, milliy mentalitetini va tuslari boʻyicha oʻrganish
maqsadida oʻrganilishi lingvokulturologiyaning paydo boʻlishiga olib keldi. Lingvokulturologiya
tilda milliy madaniyatni aks ettirish muammosini o‘rganuvchi tilshunoslikning bir yo‘nalishidir.

Ma’lumki, inson bolaligidan boshlab o’z millatiga xos til va til orqali madaniyatni o’rganib

boradi.Shundagina u inson hisoblanadi.Xalqning nozik madaniy belgilari uning tilida aks etadi.Til
insonning o’ziga xos va o’ziga mos atributlaridan bo’lib,u orqali inson o’zini va olamni anglaydi.

1

Haqiqatdan ham til millatning ko’zgusidir.

Qayga bormay, boshda do’ppim,
G’oz yurarman gerdayib

(Erkin Vohidov)

Tong bilan jahon bo’ylab
Bir xabar qoqdi qanot,
O’zbek yana o’z so’zin
O’z so’zin do’ndiribdi.

1

Saidova.M,Qo’ziyev.U.Lingvokulturologiya.Uslubiy qo’llanma.-Namangan,2017.-B.6


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1055

Bemisol talato’pda
Muzaffar-u bosabot,
O’zbek yana do’ppisin
Qiyalab qo’ndiribdi.

(A. Oripov)

Demak, tilni shunchaki aloqa quroli va tafakkur natijasi sifatida emas, millatning madaniy

ochqichi sifatida tadqiq etish kerakligi yuzaga chiqyapti.Shuning uchun mutafakkir Abdulla
Avloniyning “Har bir millatning duyoda borligini ko’rsatadurg’on oyinayi hayoti bu uning tili va
adabiyotidur.Milliy tilni yo’qotmak, millat ruhini yoqotmakdir” deb bejizga aytmaganlar.

Lingvokulturologiyada til nafaqat muloqot va bilish vositasi, balki birinchi navbatda etnik

guruhning madaniy kodi sifatida qaraladi.Ya’ni til milliy mentalitet yoki inson psixalogiyasini
ochib beruvchi aloqa vositasi. Tilning inson bilishi va madaniy-ijodiy faoliyatining asosiy
mexanizmlarining paydo bo'lishi va faoliyatidagi roli va ishtirokini o'rganish bizga voqelikning
tilda aks ettirilgan xususiyatlarini bilish va falsafa, axloqiy va estetik tushunchalar olish imkonini
beradi.

Olamning milliy-madaniy manzarasi haqida B. Gumboldt “har bir tilda til egalarining

dunyoqarashi aks etishi, xalq ruhi va tili o’rtasidagi munosabat o’zaro zich bog’langanligi, ularni
ayro tasavvur qilib bo’lmasligini, til xalqning ruhi xalqning ruhi esa uning tili ekanini, tillarning
xilma- xilligi faqat tovushlarning xilma- xilligi emas, balki har bir millatdagi dunyoni ko’rishning
farqliligi natijasi”ekanini ta’kidlaydi.

2

Lingvokulturologiyaning diqqat markazida inson tursa,til

ana shu insonning bilimi va qaysi bir xalqning madaniyat vakili sifatida belgilaydigan xatti-
harakatlar normalari haqida gapirishga imkon beradi. Til har doim etnosning eng yorqin
identifikatsiyalash xususiyati bo'lib kelgan. Til nafaqat muloqot va bilish vositasi, balki birinchi
navbatda etnik guruhning madaniy kodi sifatida ham ko'rib chiqiladi. Til va madaniyat o'rtasidagi
munosabatlar muammosi ko'plab tadqiqotchilarni hayratda qoldirdi. Tilning etnik tajriba va
dunyoqarashni shakllantirish jarayonida asosiy rolini tushunishning kelib chiqishida, ma'lumki,
faylasuf va tilshunos Vilgelm fon Gumboldt bo'lib, uning kontseptsiyasi til va madaniyat
o'rtasidagi sababiy bog’liqlikni tan oladi. O’tgan asrning oxiridan boshlab, gumanitar bilimlarning
ilmiy paradigmasidagi o'zgarishlarning bir qismi sifatida tizimli-strukturaviy va statistik
paradigma antropotsentrik, funktsional, kognitiv va dinamik paradigma bilan almashtirildi.
Antropotsentrizm ma’lum bir tilni nafaqat insonni o’rab turgan voqelikka, balki uning tafakkuri,
ruhiyati, tarixi, madaniyati va ona tilida so’zlashuvchilarning ijtimoiy mavqeiga qarab o’rganish
talabida ifodalanishini ta’kidlashadi. Kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, psixolingvistika,
etnolingvistikaga oid adabiyotlarda ishlab chiqilgan “tildagi odam” va “insondagi til” muammolari
antropotsentrik paradigma doirasida olib borilgan tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqadi.

Antroposentrik paradigm yo’nalishida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar o’zbek tilshunosligida

ham yuzaga kela boshladi. Xususan, A. Hurmonov til falsafiy jihatdan gnosologik va ontologik
tabiatga ega, tilga gnosologik nuqtai nazardan yondashilganda, birinchidan insonning tili orqali
olamni bilishi, tilning ob’yektiv borliq uzvlarini nomlash vazifasi, ikkinchidan, tilning shu til
egalarining olam haqidagi bilimlari to’plami ekanini qayd etadi.Anglashiladiki, tilning
gnoseologik tabiatini belgilashda insonning olamni idrok etishi va uni tilda aks etirishi

2

Қаранг: Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. – Москва, 1984. – С.50-54.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1056

mexanizmni tadqiq etish muhim.

3

Tilshunoslikda antroposentrik tilshunoslik ( yoki antroposentrik

paradigm;neolingvistika) sohasining shakllanishi til egasi- so’zlovchi shaxs omilining tadqiq etish
bilan bog’liqdir.”Tilshunoslikda antroposetrik burilishning yuzaga kelishi shu bilan
izohlanadiki,tadqiqotchilarning diqqati “ til qanday qurilgan” degan masaladan “til qay tarzda
amal qiladi” degan masalaga ko’chdi… Tilning qay tarzda amal qilishini tadqiq etish uchun esa
tilni uning egasi bo’lgan shaxs omili nuqtai nazaridan ko’rib chiqish kerak bo’ladi.

4

Antropotsentrik paradigma doirasidagi ko‘plab lingvistik tadqiqotlar natijasida

tilshunoslikda o‘z nazariyasi va metodologiyasiga, o‘z terminologik apparatiga ega bo‘lgan yangi
yo‘nalish – lingvokulturologik yo‘nalish shakllandi. Natijada yangi fan – lingvokulturologiya
vujudga keldi.Lingvokulturologiya lingvistik tadqiqotlarning alohida sohasi sifatida 70-yillarda
rivojlangan.XX asr bu ilmiy fan madaniyat va tilning faoliyatidagi munosabati va o'zaro ta'sirini
o'rganish va bu jarayonni birliklarning ajralmas tuzilishi sifatida ularning lingvistik va
ekstralingvistik (madaniy) mazmunining birligida aks ettirishdir. Madaniy tilshunoslik
etnolingvistikaning yosh tarmoqlaridan biridir. Lingvokulturologik tadqiqotlar tilga muayyan
etnik guruh madaniyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan hodisa sifatida yondashishga asoslanadi. Bu
tilshunoslik, etnopsixolingvistika, etnografiya sohasidagi turli tadqiqotlarni o’zida mujassam
etgan umumiy tushuncha bo’lib, ma’lum bir lingvistik va madaniy materialda - boshqa tillar va
madaniyatlar bilan taqqoslaganda ma’lum bir tilning milliy va etnik o’ziga xosligini ochib
beradi.

5

Lingvokulturologiyaning fan sifatida rivojlanishiga muhim hissa qo‘shgan tadqiqotchilar

tomonidan talqin qilingan lingvokulturologiyaning ayrim ta’riflariga to‘xtalib o‘tamiz.V.N.Teliya
rahbarligidagi Moskva frazeologik maktabi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar bilan bog‘liq
ravishda “lingvokulturologiya” termini paydo bo‘ldi.

“Konsept” lingvokulturologiyada eng faol qo’llanuvchi birlik sanalishini va bu yuzasidan

salmoqli ishlar juda ko’p qilinganligi o’zbek tilshunoslari orasida ham ko’p uchraydi.
Masalan,O’tanov Adhamning “Vaqt” konseptining arab va o’zbek tillaridagi qiyosiy tahlili, M.
Sadoqatning o’zbek tilida “Ostona” konseptining lingvomadaniy xususiyatlari,X.Adilbekning
“Ispan va o’zbek tillarida “Hombria” “mardlik” konsepti qo’llanilishining lingvokognitiv va
lingvomadaniy xususiyatlari kabi ilmiy ishlarni keltirish mumkin. Konsept lingvomadaniy birlik
sifatida u yoki bu xalq madaniyatining о‘ziga xos jihatlarini ham ochib berish xususiyatiga ega.
Masalan ”sog’inch” konsepti o’zbek mentalitetida koproq ona yurtga , onaga, farzandga hamda
yorga bo’lgan sog’inchni ifodalashi mumkin.

Kutaman, uzoqdan ko’rinsa bir ot,
Kelyapti, deyman ko’rinsa g’ubor.
Bahor novdasida bo’rtgan har kurtak
Sog’ingan ko’ngilga berar tasalli.
Ko’chatlar qomati eslatganidak,
Nafasin ufurar tong otar yeli.

3

Йигиталиев У.С. Ўзбек тилида “одам” ва “жинс” концептлари билан боғлиқ ассоциатив-вербал бирликлар:

Фалсафа д-ри(PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2020. – Б.10.

4

Usmanova.Sh.Lingvokulturoligiya.-Toshkent, 2019.-B.14.

5

Василова, Альфия Шамилевна.Лингвокультурныи концепт "сагыш" (тоска) в татарской языковой картине мира:

Автореф. дисс. ... канд. филол. наук.-Казань. 2006

.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1057

Kechqurun osh sizsak, bir nasiba kam,
Qumsayman birovni allakimimni.
Sog’inch leksemasining kontekstual tahlili yordamida biz uning quyidagi konseptual

xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin.

Sog’inch “yolg’izlik, ajralish, “ichki kechinmalarga e'tibor qaratish”, “o’z-o’ziga

chekinish”, “qiynoq”, “qiynoqqa solish”, “ayriliq”, “tashvish”, “og’irlik”, “ixtiyorsizlik”, “kutish”
, “jimlik”, “og’riq”, “kasallik”,”isyon”, “istak”. Sog’inch kontseptsiyasining mazmuni shularni
birlashtiradi.

Haqiqatdan ham G’ofur G’ulomning ”Sog’inish” she’rida shoirni o’g’liga bo’lgan sog’inchi

yuragida shunday alamli isyon ko’taradiki,u bir lahza o’g’lini yo o’q tegib, yo bir falokat sabab
vafot etishi yuragiga g’ulg’ula soladi.Lekin undagi isyon ko’targan sog’inch faqat unga o’g’lini
diydorini qayta ko’rish umidini beradi.Shunday ekan qaysi bir inson sog’inib yashar ekan,unga
nisbatan intilish bor , umid bor.Shuning uchun Stepanov “Sog’inchda umid bor, zerikishda
umidsizlik bor” (Stepanov 2001: 880-881) degan.

Shunday qilib, “sag’inch” insoniy tuyg'ularning butun doirasi bilan o’zaro bog’liq bo’lib

chiqadi, uni izohlab bo’lmaydi (aytaylik, quvonch yoki achinish), sog'inish inson vujudining
tubidan kelib chiqadi va butun inson qalbini egallaydi.

Bizningcha, “sog’inch” inson ichki dunyosining atributi bo'lib, uni mutlaqo “ob’ektiv”

o'rganib bo’lmaydi, chunki u mohiyatan chuqur sub’ektivdir.

Jon bolam, jonim bolam, qaylardasan bergil xabar,
G’amda boshim, ko’zda yoshim, ichganim bo’ldi zahar.
Za’farondek sarg’ayurman hasratingda qon yutib,
Ko’zlarimning nuri ketdi yo’llaringga ko’z tutib.
Zebi xolaning yumuq ko’zlaridan ikki tomchi yosh silqib chiqdi-yu, qirra burnining chetida

to’xtab qoldi.Dutorni yonboshiga qo’ydi-da, keng yengining uchi bilan ko’zini artdi.Hamma jimib
qolgan, hech kim birinchi bo’lib gapirishga jur’at eta olmas edi.
Hech bo’lmasa Kimsanim kelgandayam mayli edi,-dedi u xo’rsinib.

O’tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidan olingan ushbu parchada urush tufayli

o’z yurtiga qaytmagan o’g’lining alamli sog’inchi onaning yuragini tilka pora qiladi. Alamli
sog’inch - bu biror narsani xohlaydigan, lekin nima ekanligini aniq bilmaydigan yoki bilsa ham va
faqat unga erishib bo’lmasligini biladigan odamning boshidan kechiradigan tuyg’u.Badiiy
matnlarnini tahlil qilar ekanmiz o’zbek millatining madaniyatini, o’ziga xos til xususiyatlarini va
inson omilining ichki dunyosiga guvoh bo’lamiz.

Milliy madaniyat odatda ma’lum bir millatning ijtimoiy munosabatlari va qadriyatlari

yig’indisi sifatida tushuniladi. Har bir milliy til boshqasi ifoda eta olmagan narsani xuddi shunday
ifodalaydi. Milliy madaniyat o‘zining o‘ziga xosligini ochib berish uchun o‘z xalqining o‘ziga xos
tajribasini, milliy dunyoqarash va hayot tuyg‘usining xususiyatlarini, butun insoniyat tajribasini
unga yetkazish imkonini beradigan shunday lisoniy materialga ega bo‘lishi kerak. Sog’inch
tushunchasi biz bilan yoki boshqa odamlar bilan sodir bo’ladigan yaxshi yoki yomon tuyg’u. Shu
sababli, rus tili ongidagi sog'inch so’zi yaxshi narsaning yo’qligi yoki erishib bo’lmasligini
bildiradi.

O‘zbek tilida “sog’inch” konseptini anglatuvchi iztirob, ilinj, alam, o’kinch kabi mavhum

otlarda o’kinmoq, iztirob chekmoq, oh tortmoq, qayg’u , g’urbat alam kabi otli va fe‘lli birikmalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1058

aks etadi. Soha mutaxassislari tomonidan yaratilgan paremiologik lug‘atlarda “sog’inch” konsepti
bilan bog‘liq matal, maqol, hikmatli so‘zlar kiritilgan.Xususan, Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,
Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar,O’z yurtingni qadri o’zga yurtda bilinar, Vatangado
bo’lguncha, Kafangado bo’l maqollari mazmun-mohiyatida o‘z yurtidan ayrilgan inson bir umr
azob- uqubatda qolishi hamda sarson- sargardon hayot kechirishi aytib o’tilgan.O’z uying o’lan
to’shaging deb bejizga aytmaganlar.Ma’rifatparvar ijodkorlarimizdan biri A. Avloniy “Biz
Turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortuq suydig’imiz kabi arablar Arabistonlarini, qumlik,
issiq cho’llarini, eskimolar shimol taraflarini, eng sovuq qor muzlik yerlarini boshqa yerlardan
ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarin tashlab
hijrat qilurlar edi

6

.”

Sog’inch his-tuyg’usi va ichki kechinmasi shaxsning xususiy munosabati sifatida

shakllanadi.Ijobiy emotsionallikka ega bo’lgan bu tuyg’uni o’lchovi yoki biron bir shakli
yo’q.Lekin sog’inch deganda inson qalbini junbushga keltiradigan, vujudini titratadigan, ichki his
tuyg’ular orqali his qilinadigan biron bir lisoniy birlik bilan o’lchab bo’lmaydigan tushunchadir
desak mubolag’a bo’lmaydi.

Demak, “sog’inch” konseptining nutqda yoki matnda qo’llanishi insonlarning ichki his-

tuyg’ulari ro‘yobini ko‘rsatadi.Bu mavhum tushuncha har bir insonning qalbidan joy
olgan.Shuning uchun har bir shaxsda o’zi xohlamasada, yuzaga chiqadigan qalb tug’yonidir.

She’riy matnlarda mujassamlangan hissiy tushunchalar nafaqat badiiy dunyoni, balki

muallifni tilda aks ettirilgan lingvistik shaxs sifatida tushunish uchun ayniqsa muhimdir.
Shubhasiz, bu tushunchani ifodalovchi leksemalar boshdan kechirilgan tuyg‘uning chuqurligi,
shiddati va davomiyligi bilan farqlanadi.Demak “sog’inch” tushunchasining konseptual
maydonida insonga qayg’u, alam beradigan iztirob tushunchasi ustunlik qilishiga amin bo’lamiz.

REFERENCES

1.

Saidova.M,Qo’ziyev.U.Lingvokulturologiya.Uslubiyqo’llanma.Namangan,2017.-B.6

2.

Қаранг: Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. – Москва, 1984. – С.50-54.

3.

Йигиталиев У.С. Ўзбек тилида “одам” ва “жинс” концептлари билан боғлиқ
ассоциатив-вербал бирликлар: Фалсафа д-ри(PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2020.
– Б.10.

4.

Abdulla Avloniy Vatanni suymak kitobi

5.

G’ofur.G’ulom.Tanlangan asarlar.-Toshkent,1973.-B-234.

6.

Usmanova.Sh.Lingvokulturoligiya.-Toshkent, 2019.-B.14.

7.

Василова, Альфия Шамилевна.Лингвокультурныи концепт "сагыш" (тоска) в татарской
языковой картине мира: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук.-Казань. 2006.

8.

O’tkir.Hoshimov.Dunyoning ishlari.-Toshkent,2015.-B-185.





6

Abdulla Avloniy Vatanni suymak kitobi

References

Saidova.M,Qo’ziyev.U.Lingvokulturologiya.Uslubiyqo’llanma.Namangan,2017.-B.6

Қаранг: Гумбольдт В. Избранные труды по языкознанию. – Москва, 1984. – С.50-54.

Йигиталиев У.С. Ўзбек тилида “одам” ва “жинс” концептлари билан боғлиқ ассоциатив-вербал бирликлар: Фалсафа д-ри(PhD) ... дисс. автореф. – Тошкент, 2020. – Б.10.

Abdulla Avloniy Vatanni suymak kitobi

G’ofur.G’ulom.Tanlangan asarlar.-Toshkent,1973.-B-234.

Usmanova.Sh.Lingvokulturoligiya.-Toshkent, 2019.-B.14.

Василова, Альфия Шамилевна.Лингвокультурныи концепт "сагыш" (тоска) в татарской языковой картине мира: Автореф. дисс. ... канд. филол. наук.-Казань. 2006.

O’tkir.Hoshimov.Dunyoning ishlari.-Toshkent,2015.-B-185.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов