ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
194
BOSHLANG’ICH SINFLARDA TASVIRIY SAN’ATNI O’QITISH METODIKASI
Urayimjonov Yodgorbek Olimjon og’li
Andijon davlat pedagogika instituti Tasviriy sanat va muhandislik grafikasi
Yo’nalishi 2 - bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8016003
Annotatsiya.
Ushbu maqolada boshlang’ich sinflarda tasviriy san’atni o’qitishning o’ziga
xos xususiyatlari, avvalo bu sinflardagi ta’lim mazmuni kichik maktab yoshidagi bolalarning
yoshlik xususiyatlari va psixologiyasi, qiziqishi, ulardagi mavjud bilim va qobiliyat hamda
layoqatlariga qarab aniqlangan.
Kalit soʻzlar:
rasm, bo’yoq, tasviriy faoliyat, kompazitsion faoliyat, o’qitish metodikasi.
METHODOLOGY OF FINE ART TEACHING IN PRIMARY GRADES
Abstract.
In this article, the specific features of teaching visual arts in primary classes,
first of all, the content of education in these classes are determined depending on the youth
characteristics and psychology of children of junior school age, their interest, their existing
knowledge, skills and abilities.
Key words:
painting, paint, visual activity, compositional activity, teaching methodology.
МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОМУ ИСКУССТВУ В
НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ
Аннотация.
В
данной
статье
определяются
особенности
обучения
изобразительному искусству в начальных классах, в первую очередь, содержание обучения
в этих классах в зависимости от особенностей юношества и психологии детей младшего
школьного возраста, их заинтересованности, имеющихся у них знаний, умений и навыков.
И способности.
Ключевые
слова:
живопись,
краска,
изобразительная
деятельность,
композиционная деятельность, методика обучения.
KIRISH
Ma’lumki, bolalarda tasviriy faoliyatga, xususan rasm chizishga ishtiyoq nihoyatda erta
boshlanadi. Uni 2-3 yoshlardan boshlanishi tarixdan ma’lum. Shunisi xarakterliki, bolalar o’qish
va yozishdan ko’ra rasm chizishni juda yoqtiradilar. Biroq ular chizadigan rasmlarning
davomiyligi juda qisqa bo’ladi, 1-2 minut, ko’pi bilan 4-5 minutda har qanday rasmni tugallab
qo’yadilar. Bolalar tomonidan chizilgan rasmlar savodli bo’lmasa-da, biroq mazmunan biron-bir
ko’rinishni, voqeani yoki buyumni o’z iqtidorlariga yarasha, ularning xarakterli belgilarini
tasvirlay oladilar. Bo’yoqlar bilan ishlash ularga ma’lum qiyinchiliklar tug’dirishi sababli ulardan
foydalanishni aytarlik xush ko’rmaydilar. Lekin turli yorqin ranglar bilan bo’yalgan buyumlar
bolalarda katta qiziqish uyg’otadi. Rasmlari yaxshi chiqmagan holda o’z ishlaridan ixloslari tez
qaytadi. Bunday sharoitda o’qituvchining bolalarga tez yordam ko’rsatishi va kayfiyatini
ko’tarishga harakat qilishi foydadan holi bo’lmaydi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining tasviriy
faoliyatlarining xarakterli jihatlaridan yana biri ularning chizadigan rasmlarini soddalashtirishga
bo’lgan xarakatlaridir. Ular ayrim narsalarning oldi ko’rinishini (uy, odam, kitob, soat, portfelь)
ayrimlarini yon tomonidan (mashina, qayvonlar, qushlar, baliqlar, bayroqcha v.b.), yana
boshqalarini ustki tomonidan (kapalak, barg, ninachi, qo’ng’iz v.b.) tasvirlaydilar. Bunga asosiy
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
195
sabab bu yoshdagi bolalar hali narsalarni yorug’soya, perspektiv qisqarishi va ularning qoidalarini
uncha tushunib yetmaganliklaridir.
METODOLOGIYA
Bolalar ijodiga xos yana bir jihat bor, u ham bo’lsa tasvirlarni (buyumlarni) birbirlarini
to’sib turgan (yoki qisman) holda tasvirlanmasligidir. CHunki bolalar narsalarni doimo butun
holda idrok etadilar. Yuqorida qayd qilingan tasviriy faoliyatlarning bu hususiyatlari bolalar
tafakkurining konkret, obrazli va emotsional tarzda bo’lishligi bilan bog’lanadi. Endi boshlang’ich
sinflarda tasviriy san’at darslarini o’tkazish metodikasining o’ziga xos xususiyatlari haqida
to’xtaladigan bo’lsak avvalo uning quyidagi to’rt turi qayd qilinishi lozim:
1. Borliqni idrok etish.
2. Badiiy qurish-yasash.
3. Naturaga qarab tasvirlash (naturaga qarab rasm ishlash, naturaga qarab haykal ishlash).
4. Kompozitsion faoliyat.
Borliqni idrok etish mashg’ulotlari 1-4- sinf dasturida aks etgan bo’lib, uning maqsadi
bolalarni o’rab olgan borliq haqida, ulardagi narsa va hodisalarning tuzilishi, shakli, rangi,
o’lchovlari, o’lchov nisbatlari haqida tasavvur hosil qilishdir. CHunki, bolalar tevarak-atrofni,
ya’ni tabiat, hayvonlar va qushlar olami, hashoratlar va baliqlar, odamlar, obi-havo, predmet va
buyumlar, qurilish va transport vositalari haqida yaxshi tasavvurga ega bo’lganliklari taqdirdagina
ularning rasmlarini aniq-ravshan tasvirlaydilar. Borliqni idrok etish mashg’ulotlarining
mazmunidan kelib chiqqan holda amaliyotda ularni o’rganishi kerak bo’lgan quyidagi yo’llar
qo’llaniladi:
1. Buyumni, tabiatni o’ziga qarab kuzatish orqali o’rganish.
2. Borliq haqida o’qituvchining suhbati orqali o’rganish.
3. Savol-javob orqali o’rganish.
4. Borliqni rasmini chizish orqali o’rganish.
5. O’qituvchining pedagogik rasmi orqali o’rganish v.b.
O’qituvchilar uchun namoyish etiladigan narsalar va tasvirlar avvalo mashg’ulot mavzusi
bilan bog’liq holda bo’lib, ular o’z tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari bilan sodda, tushunarli,
bolalarda his-hayajon uyg’otadigan bo’lishligi maqsadga muvofiqdir.
MUHOKAMA
Eng muhimi, bunday materiallar o’quvchilarni o’ylashga majbur etadigan, bolalarni yangi
tushunchalar bilan boyitadigan bo’lishligi muhim. Namoyish etiladigan narsalar, ularning
tasvirlari haqidagi ma’lumotlarni bolalarga og’zaki yetkazishda ularning tahlili muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu tahlil bevosita narsalarning tuzilishi, shakli, rangi, o’lchovlari, ularning mohiyati
haqida savol-javob tarzida o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Quyida borliqni idrok etish
mavzusiga doir mashg’ulot ishlanmasi beriladi. Darsning mavzusi: Kuzgi tabiat manzarasini idrok
etish. Darsning vazifalari: Kuzatuvchanlik, sinchkovlik, diqqat va xotirani o’stirish. Tabiatdagi
go’zallikni ko’ra bilishga va qadrlay olishga o’rgatish. Kuzgi tabiat manzarasining o’ziga xos
xususiyatlari va kuzgi ishlar bilan tanishtirish. Darsning jihozlanishi: Kuz fasli tasvirlangan rasm.
Kuzgi ishlarga doir manzara tasviri. Tabiat qo’yniga sayohat. Uni tashkil etishning imkoni
bo’lmagani taqdirda san’at asarlarining reproduktsiyalaridan foydalanish mumkin. Masalan:
O’.Tansiqboevning „Tog’da kuz”, Z.Inog’omovning „Kuz”, N.Karaxanning „Oltin kuz”,
I.Haydarovning „Oltin kuz”, H.Basharovning „O’zbek kuzi. SHaftolilar”, G.CHernuxinning
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
196
„Farzandlar va nabiralar”, Usta Mo’minning „Xirmonda” va boshqalar. Bu asarlarning hammasi
bilan o’quvchilarni tanishtirish shart emas. Ulardan ayrimlari (o’z xoxishiga ko’ra) tanlab olinadi.
Darsning mazmuni: Mashg’ulot asosan ikki yo’nalishda olib boriladi. Birinchisi, kuzgi tabiat
manzarasining xarakterli xususiyatlarini estetik idrok etish, ikkinchisi kuzgi ishlarning o’ziga xos
tomonlari bilan tanishtirish. Bu vazifalarni amalga oshirish maqsadida o’qituvchi shunday
ob’ektni tanlashi lozimki, bu ob’ekt ham kuz, ham kuzgi ishlar uchun xarekterli ko’rinishda
bo’lsin. Dars o’quvchilarni maktab bog’i yoki dalaga sayohatga olib chiqish va u yerda amalga
oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirishdan boshlanadi.
NATIJA
Sayohat jarayonida o’qituvchi bolalar e’tiborini chiroyli kuz manzarasiga jalb etadi.
Ularga kuz fasli va bu vaqtdagi o’zgarishlar haqida so’zlab beradi: “Bolalar, mana hozir kuz fasli.
U niqoyatda chiroyli, chunki, kuzda havo soviy boshlaydi, natijada daraxtlarning barglari o’z
rangini o’zgartiradi. Ba’zi barglar qizg’ish tusga kiradi. O’t-maysalar sarg’aygan bo’ladi, qisqasi,
ular oltin rangga burkanadilar. Osmonda yengil parcha-parcha bulutlar paydo bo’ladi. Ertalab
kuzgi ekin va o’tlarning usti oppoq qirov bilan qoplanadi. Yerga to’kilgan daraxt barglari oyoq
ostida shitirlaydi. Oktyabrь oyida kech pishar mevalar terib olinadi va tokdagi shirinshakar
uzumlar uziladi. Yong’oq qoqiladi. Kechki kartoshka, sabzi, piyoz, lavlagi kabi savzavotlar
yig’ishtirib olinadi. Bunday ishlarni amalga oshirishda o’quvchilar otaonalariga, maktab bog’ida
esa maktab jamoasiga yordam beradilar. Kuzda shahar va qishloqlarda ko’chat o’tkazish oyligi
boshlanadi. Bu ishlarda ham bolalar kattalar bilan bir qatorda qatnashadilar. Kuzgi yig’im-terim
ishlari nihoyatda zavqlidir. Sayohat jarayonida o’qituvchi emotsional-estetik vaziyat hosil qilish
maqsadida bolalarga kuz va kuzgi ishlar haqidagi she’rlardan namunalar o’qib beradi. She’r o’qib
bo’lingandan so’ng, tabiatning ko’rinishi bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida
kuzatilayotgan manzara yuzasidan bolalarga savollar beriladi. Bu savollar quyidagicha bo’lishi
mumkin: -kuzda tabiatda qanday o’zgarishlar ro’y beradi? — qarshingizdagi manzarada qanday
daraxt turlarini ko’ryapsiz? -daraxtlarning o’lchovi bir xilmi? -daraxtlarning shakli bir-biridan
qanday farq qilib turibdi? — e’tibor bering, daraxt shoxlarining yo’g’onligi bir xilmi? -
daraxtlarning tanasi va shox-shabbalarining tuzilishi qanday? -osmonga ham razm soling, uning
rangi qanday? -osmondagi bulutlarning shakli yoki rangi qanday (bulutlar bor bo’lsa)? -o’t va
daraxtlarning rangida farq bormi? -tabiatni kuzatish jarayonida yaxshi taassurot qoldirgan narsa
nima? Tabiatni kuzatish jarayonida bolalar ba’zi bir tabiiy materiallarni (urug’lar, barglar, mayda
hashoratlar, ildizlar) kollektsiya uchun yoki tasviriy ishlar uchun yig’ishlari mumkin.
Kuzatilayotgan ob’ekt yuzasidan savol-javob tugagach, o’qituvchi suhbatga yakun yasab,
bolalarning javoblarini aniqlashtiradi, kamchiliklarini to’ldiradi, xatolarini tuzatadi. Agar dars
sinfda o’tkaziladigan bo’lsa, o’qituvchi yuqorida nomlari qayd qilingan tasviriy san’at asarlarining
reproduktsiyalari, diapozitivlari, slaydlarini bolalarga ko’rsatib, sinfda o’quvchilar bilan birga
tahlil qiladi. Lekin, shuni ham qayd qilish lozimki, dars sinfda qanchalik ilg’or metodlar bilan olib
borilmasin, baribir u aynan tabiat qo’yniga qilingan sayohatning o’rnini bosa olmaydi. SHuning
uchun o’qituvchi darsni iloji boricha tabiat qo’ynida o’tkazishga harakat qilishi lozim. Uyga
bolalarni yashash joylaridagi bironta oltin rangga kirgan tabiat manzarasini kuzatish vazifa qilib
topshiriladi.
Badiiy
qurish-yasash
mashg’ulotlarini boshlang’ich sinflarda o’tkazish
rejalashtirilgan. Bunday mashg’ulotlarni o’tkazish uchun bolalarga turli-tuman tabiiy va badiiy
materiallar zarur bo’lganligi sababli, o’qituvchi bu masalaga o’z e’tiborini ko’proq qaratishi kerak
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
197
bo’ladi O’qituvchi barcha bolalarni bunday materiallar bilan ta’minlay olmagani taqdirda bu ishga
o’quvchilarni jalb etishi zarur bo’ladi. Tabiiy va badiiy, tashlandiq materiallarni to’plash uchun
sinfda maxsus joy ajratilgan bo’lishligi, uni bolalar ishtirokida to’lg’izib turilishi kerak bo’ladi.
Qurish—yasash mashg’ulotlariga xos bo’lgan bir muhim jihat shundaki, bunda o’qituvchi va
bolalar amaliy ishlarning bir vaqtni o’zida bajaradilar. Ayrim mashg’ulotlarda (ko’pincha 3-4-
sinflarda) amaliy ish uchun hamma tayyorgarlik ishlari tugangani va topshiriq barcha bolalar
uchun tushunarli bo’lganidan so’ng asosiy ishga o’tiladi. Badiiy qurish-yasash mashg’ulotlarida
o’qituvchi bolalarni faqat bir xil material yordamida ishlash bilan chegaralab qo’ymasligi lozim.
Ular ham tabiiy, ham badiiy, ham tashlandiq materiallar bo’lishligi mumkin.
XULOSA
Bunday mashg’ulotlarda o’qituvchi tabiiy va tashlandiq materiallar yordamida hashorat,
qush, hayvon, odam kabilarning shaklini ko’rsatishi muhimdir. Masalan, ildizda ilon, kaltakesak,
ilon baliq, yong’oq po’chog’ida toshbaqa kosasi, tuxum po’chog’ida pingvin, jo’xori o’zagida
hayvon tanasi shakllarini ko’rish mumkin. Badiiy qurish-yasash ishlarida o’qituvchi
materiallarning xususiyatlari (qattiq, yumshoq, mo’rt, og’ir, yengil, yaltiroq, egiluvchan v.b.), ular
bilan to’g’ri munosabatda bo’lishlik haqida ham bolalarga yetarlicha va keng tushunchalar berishi
kerak bo’ladi. Turli materiallardan yasalgan narsalarni to’plab, ularni bolalarga tez-tez namoyish
etib turish, ularning ijodkorligini faollashtiradi, tabiiy va tashlandiq materiallardan samarali
foydalanishga yo’naltiradi. Mashg’ulotlarning samaradorligi bolalarni uyda, ko’chada, sayohat
vaqtida tabiiy va tashlandiq materiallarni ko’plab yig’ish hamda maktabga olib kelishga ham
bog’liq. SHuning uchun o’qituvchi har bir darsda bu haqda bolalarga ko’rsatma berishi, yangi
bajarilgan orginal qurish-yasash ishlaridan ularga ko’rsatib turishi yaxshi natijalar beradi. Quyida
badiiy qurish-yasashga doir dars ishlamasi beriladi. Darsning mavzusi: Hayvonlar tasvirini tabiiy
materiallardan applikatsiya uslida ishlash. Darsning vazifalari: O’quvchilarni tasviriy faoliyatda
turli materiallardan foydalanish haqidagi tushunchalarini kengaytirish, ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish. Narsalar shaklini va o’lchov nisbatlarini ko’ra bilishga o’rgatish. Applikatsiya
ishlash malakalarini o’stirish. Darsning jihozlanishi: Hayvonlarni tabiiy materiallardan ishlangan
rasmlari, yangi yoki quritilgan barglar, bolalar kitoblariga ishlangan illyustratsiyalar. Darsning
mazmuni: O’qituvchi bolalarning bilimlarini boyitish va tasavvurlarini o’stirish uchun ular
ko’rgan hayvonlarini eslashni taklif etadi. O’qituvchi savol berib, bolalarni hayvonlarning nomi
va tashqi qiyofasi haqidagi bilimlarini tekshirib ko’radi. Bunda u quyidagi savollarni berishi
mumkin: „Bolalar, mana bu rasmlarga qarang, nimalarni ko’ryapsiz? Ularning tashqi qiyofalari
bir-biriga o’xshaydimi? Ularni farq qiluvchi belgilarini aytib bering. Ulardan qaysilarini
ko’rgansiz? Nomlarini ayting! Ana shu rasmdagi hayvonlarning barglardan ishlangan applikatsiya
tasvirini ko’rsating va xarakterli belgilariga ko’ra nomini ayting! O’z oldingizda turgan barglardan
ko’rgazmali qurolda tasvirlangan birorta hayvonning tashqi ko’rinishiga mos keladiganlarini
tanlab oling! Ana shu barglardan nima qilish mumkin? Mana bu applikatsiya qanday barglardan
ishlangan”? v.b. So’ng o’qituvchi o’quvchilarning javoblaridagi kamchiliklarni to’ldirib,
ko’rgazmali qurol asosida ularning tushunchalarini yanada boyitadi. Buna o’qituvchi bolalarning
diqqat-e’tiborini asosan hayvonlarning tashqi ko’rinishlariga, qiyofalariga, xarakterli belgilariga,
o’lchovlari va o’lchov nisbatlariga qaratishi lozim. Asosiy ishga o’tishdan avval o’qituvchi
bolalarga xar xil tabiiy va badiiy materiallarni ko’rsatib, ulardan turli hayvonlar ishlash
mumkinligini bildiradi. Navbatdagi ish o’quvchilarga barglardan biror hayvonning tashqi
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
198
ko’rinishini amaliy tarzda ko’rsatishdir. Masalan, o’qituvchi bolalarga xo’roz tasvirini ishlab
ko’rsatish uchun kattaroq bargni tanlab oladi va uni o’rtasidan qaychida qirqib, teng ikkiga bo’ladi.
Bargning bir tomonidan xo’rozning bosh qismini tasvirlash uchun bir ozgina qiyib tashlaydi.
So’ngra uni fon uchun tanlangan qog’ozga yopishtiradi. Keyin xo’rozning oyoqlarini mayda
barglardan yasaydi. Mo’yqalam yordamida xo’rozning qora rang bilan ko’z va og’zini chizadi.
Bolalar tayyorlangan barg shakllarini o’qituvchining ruhsati bilan, yopishtirishga o’tadilar. Bunda
hayvon tasvirining qaysi detallari tasvirning tagida qolishi kerak bo’lsa, oldin o’sha qismi
yopishtiriladi. So’ngra boshqa qismlarini yopishtirishga o’tiladi. Bunda o’qituvchi barglarni
qog’ozga yopishtirishda ehtiyot bo’lishni, bargning orqa tomoniga mo’yqalamda yelim surgach,
kerakli joyga qo’yib, ustidan latta bilan bosib, tekkislash va ortiqcha yelimni latta bilan astalikda
artib olish kerakligini eslatadi. Dasr oxirida o’quvchilarning ishlari namoyish taxtasiga qo’yiladi
va bolalar bilan birgalikda tahlil qilinadi. Uyga xo’roz tasvirini kattaroq o’lchovda, boshqa
shakldagi va rangdagi barglardan tayyorlash vazifa qilib topshiriladi.
REFERENCES
1.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining
poydevori.-Toshkent: SHarq, 1997.
2.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida tasviriy san’at ta’limi kontseptsiyasi.- Toshkent,
1995.
3.
Tasviriy san’at. Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o’quv dasturi.-
Toshkent: SHarq, 1999. 4. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash
metodikasi.—Toshkent: O’qituvchi, 1984.
4.
Bakushinskiy A.V. Xudojestvennoe tvorchestvo i vospitanie. Issledovanie i
statьi.—Moskva: Sov. Xudojnik, 1981. 6. Boymetov B. , Tolipov N. Maktabda
tasviriy san’at to’garagi. Toshkent, 1995.
5.
Bulatov S. Amaliy san’at qisqacha lug’ati.-Toshkent: HBM, 1992.
6.
Bulatov S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati.—Toshkent: Mehnat, 1994.
7.
Nabiev M. Rangshunoslik.—Toshkent; O’qituvchi, 1995. 10. Nikonorova N.M.
8.
Naglyadnыe posobiya i oborudovaniya dlya zanyatiy izobrazitelьno’m
isskustvom.—Moskva: Prosveqenie, 1975.
