KAMOLIDDIN BEHZOD IS A GREAT ARTIST

HAC
Google Scholar
To share
Urayimjonov, Y. (2023). KAMOLIDDIN BEHZOD IS A GREAT ARTIST. Modern Science and Research, 2(10), 209–213. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24781
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article is dedicated to the life and work of the great artist Kamoliddin Behzod, who is a major representative of the oriental art, who enlightened the world of sophistication with the magic of the brush.

Similar Articles


background image



209

KAMOLIDDIN BEHZOD-BUYUK MUSAVVIR

Urayimjonov Yodgorbek Olimjon o’g’li

Andijon davlat pedagogika instituti, “Ijtimoiy gumanitar fanlar va san’at fakulteti”

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo’nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10048104

Annotatsiya.

Ushbu

maqola sharq musavvirlik san’atining yirik namoyondasi,

mo’yqalamning sehri bilan nafosat olamiga nur baxshida etgan buyuk musavvir Kamoliddin

Behzod hayoti va ijodiga bag’ishlangan.

Kalit so’zlar:

tasviriy san’at, musiqa, teatr, kino, Hirot, naqqosh, hattot.

КАМОЛИДДИН БЕХЗОД – ВЕЛИКИЙ ХУДОЖНИК

Аннотация.

Данная статья посвящена жизни и творчеству великого живописца

Камолиддина Бехзода, являющегося великим проявлением искусства восточной живописи,

просветившего мир утонченности магией кисти.

Ключевые слова:

изобразительное искусство, музыка, театр, кино, Герат,

художник, хеттот.

KAMOLIDDIN BEHZOD IS A GREAT ARTIST

Abstract.

This article is dedicated to the life and work of the great artist Kamoliddin

Behzod, who is a major representative of the oriental art, who enlightened the world of

sophistication with the magic of the brush.

Key words:

fine art, music, theater, cinema, Herat, painter, hattot.

Tasviriy san’at - eng qadimiy va keng tarqalgan san’at turlaridan biridir. Aslida san’atning

turlari juda ko‘p. Ular badiiy adabiyot, musiqa, tasviriy san’at, teatr, kino, xoreografiya,

me’morchilik, amaliy bezak kabi boshqa san’at turlari ham mavjuddir. Odatda, haqqoniy borliqni

tasviriy obrazlarda, shakllarda fazoviy kenglikda yoki tekislikda (qog'oz yuzasida) aks ettiradigan

san’at tasviriy san’at deb ataladi. Tasviriy san’at bu insonni madaniy hordiq chiqarishiga kata hissa

qo’shadi. Har bir inson go’zallikni sevadi va unga intiladi tasviriy san’atda rassomlar shu

go’zalliklarni o’z asarlari yaratadi.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xududida oʻrta asrlar sanʼatida musulmon Sharqi

mamlakatlarida boʻlgani kabi naqsh — bezak asosiy oʻrinni egallagan. Girih, islimiy naqshlarda

uslublashtirilgan oʻsimlik boʻlaklari koʻp ishlatilgan. Oʻrta Osiyoda shakllangan miniatyura

maktablari vakillari qoʻlyozma kitoblarga ishlagan rasm va bezaklar boʻyoqlarining uygʻunligi,

zamin sifatida manzara va meʼmorlikka eʼtiborning kuchliligi bilan diqqatga sazovor. Oʻrta Sharq


background image



210

sanʼati, jumladan, Hirot, Oʻrta Osiyo miniatyura sanʼatida manzara yuksak darajada namoyon

boʻlgan. Ayniqsa, Kamoliddin Behzodning moʼjaz asarlarida manzara, tabiat koʻrinishi mahorat

bilan ishlangan.

Afsuski, bizgacha Behzodning hayoti, ijodiy faoliyati haqida juda kam malumot saqlanib

qolgan

Kamoliddin Behzod takrorlanmas ijodi, go`zal san`ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharq

xalqlari, balki butun dunyo xalqlari madaniyati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyoti

uchun barakali hissa qo`shgan zabardas musavvir. Kamoliddin Behzod Hirotda 1455-yilda

hunarmand-kosib oilasida dunyoga keldi. Tarixiy manbalarda yozilishicha, uning nomi Behzod

bo`lib, Hirot aholisi uni suyub, erkalab Kamoliddin, deb chaqirishgan ekan. Alisher Navoiy uni

o`z maktublaridan birida “ustod Behzod” deb ataydi.

Manbalarda yozilishicha, Behzod ota-onadan

juda erta yetim qolib, taniqli Hirot xattoti va rassomi Mirak Naqqosh Xurosoniy qo`lida tarbiya

oladi. O`z davrining mashhur rassomi, miniatyurasoz Mirak Naqqosh uyidagi nigoristonidagi

ijodiy muhit, go`zallik va nafosat yosh Behzodni ham san`at va hunarga havas qo`yishga undadi,

kelajakdagi taqdiri uchun ijobiy rol’ o`ynadi.Behzod turli ustozlardan tarbiya olgan. Manbalarda

Behzod Pir Sayid Ahmad Tabriziy shogirdi, deb ham ko`rsatilgan. Pir Sayid Ahmad Tabriziy esa

buxorolik ustod Jahongirning shogirdi, buxorolik Jahongir esa o`z navbatida ustod Gung shogirdi

bo`lganligi qayd etilgan. Behzodning asarlaridagi o`ziga xos xususiyatlarda ustozlarning ta`siri

kattadir.U yoshligida mashhur san`atkor Sulton Ali Mashhadiy bilan juda yaqin munosabatda

bo`lganini xattotning bizgacha etib kelgan quyidagi badihasidan ham bilsa bo`ladi:

KAMOLIDDIN BEHZOD


background image



211

XV asrdagi hirot adabiy, badiiy-ilmiy, san`at va madaniyat olamida paydo bo`lgan juda ko`p

shaxslar singari Behzodning ham ijodiy kamolotida Alisher Navoiy hal qiluvchi ro’l

o`ynagan.Navoiyning shaxsiy kutubxonasida o`sha davrning yetuk san`atkorlari Mirak Naqqosh,

Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad

Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo`lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sulton Ali

Mashhadiy va Yoriy Muzaqqib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda bo`lgan. Behzod ijodining mavzu

doirasi, qahramonlari shu erda Navoiy va boshqa san`atkorlar ijodi ta`sirida kamol topgan. Behzod

musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyida xizmatga chaqirilgan. 1487 yil Sulton Husayn

farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o`z

davrining badiiy akademiyasiga aylanadi. Uni mutaxassislar “Nigor xonayi Behzod” yoki

“Behzod akademiyasi” deb ataganlar.

Manbalarda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 1520 yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda

Tahmosibga rasm o`rgatish uchun Behzodni o`z saltanati poytaxti Tabriz shahriga taklif etadi.

1522-yil esa maxsus farmon bilan rassomni o`z kutubxonasidagi kitob aqli (kotib, naqqosh,

muzahhib, javdalkash, halkor, zarko`b, dojuvardsho`y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi.

Behzod Tabrizda istiqomat qila turib san`atkor sifatida hayotida yana bir bor jasorat ko`rsatdi.

hurbatda, g’oyat ruhiy azoblarda, ona shahridan olisda turib yana bir nafis tasviriy san`at maktabini

bunyod etadi. Hirotdagidek bu erda ham o`z atrofiga iste`dodli rassom, naqqosh va boshqa

hunarmandlarni to`pladi, ularga qunt bilan rahnamolik qilib, o`zining sehrgar san`atining sir-

asrorlarini o`rgata boshladi.Tabrizda Sulton Muhammad, Oho Mirak, Mir Mansur Musavvir, Mir

Said Ali singari o`nlab iste`dodli musavvirlarni tarbiyaladi. Manbalarda berilgan ma`lumotlarga

ko`ra, Behzod Safaviylar saroyiga juda yaqin, podsho saltanatidagi eng ishonchli san`atkor


background image



212

bo`lgani uchun ham shahzoda Tahmosibga bolalik paytidanoq miniatyurasozlik ilmidan dars

berib, uni ham o`zining sehrgar san`atining sir-asroridan xabardor qilib borgan.

537 yilda keksayib qolgan Behzod Hirotda suyukli jiyani va shogirdi Rustam Alining o`lim

to`shagidа yotganligidan xabardor bo`lib, uni ko`rmoq uchun ona shahri Hirotga otlanadi. Lekin

u Rustam Ali diydoriga yetisha olmaydi. Behzod Hirotga etib kelguncha u olamdan o`tgan bo`ladi.

Bunday judolikdan qattiq qayg’urgan, keksa mo`ysafid Behzodning o`zi ham og’ir xastalanib,

1537 yilda Hirotda olamdan o`tadi. Musavvirning Qabri Ko`g’i Muxtor (Muxtor toqi; Afg’oniston

hududida)ning xushmanzara joyida.

Behzod chizgan rasmlar tarqab ketgan jahonga, Asl nusxasi etgan Parij va Londonga.Uning

ko`pgina qismi nasib etgan Eronga, Ba`zilarin toparsan borsang agar Afgona, Bu naqshlar sayd

ekan, qayrilar sayyod ekan. Mahmud Hasaniy Kamoliddin Behzod sakson yillik uzoq va

mazmundor hayoti davomida Sulton Husayn Mirzo (1469 – 1505), Muhammad SHayboniyxon

(1451 – 1510), Shoh Ismoil Safaviy (1501 – 1524), Shoh Taqmosib Safaviy (1524 -1576)lar

hukmronlik qilgan to`rt saltanatni ko`rdi.

Temuriylar sulolasi poytaxti Hirotda va Safaviylar poytaxti Tabrizda yashab, falak

gardishining yorqin kunlariyu, azob-uqubatlarini o`z ko`zi bilan ko`rib mushohada qildi, ijtimoiy

borliqdan olgan boy va rang-barang taassurotlarini, ichki kechinmalarini, kayfiyatlarini o`z ijodida

zo`r mahorat bilan tasvirladi. Behzoddan bizga qadar rang-barang janrlarda ko`plab asarlar qolgan.

U Sharq tasviriy san`atini janr, mavzu, g’oyaviy yo`nalishi, tuzilishi, ranglar tanosibi, shakl va

voqealar mutanosibligi jihatdan yangi taraqqiyot cho`qqisiga ko`taradi; oddiy hayotiy voqea-

hodisalardan tortib, mashrihzaminda keng yoyilgan an`anaviy lavhalar asosida go`zal

miniatyuralar chizdi, daho allomalarning shoh asarlarini, tarix kitoblarini bezadi; zamonasidagi

buyuk shaxslarning aksini – portretini yaratdi.Behzod ijodining dastlabki yillarida ko`proq tarixiy,

zamonasining dolzarb mavzularida (masjid qurilishi, tuyalar jangi, Doro sarguzashti, Amir Temur

saroyida qabul marosimi), qahramonlik mavzularida asarlar yaratgan bo`lsa, keyinchalik ko`proq

an`anaviy, xalq og’zaki ijodi va lirik qahramonlar timsollarini yaratishga kirishadi. Jumladan, u

Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”si, Amir Hisrav Dehlaviyning “Layli va Majnun” (1492), Farididdin

Attorning “Mantiqut tayr” (1494) asarlariga g’oyatda go`zal miniatyuralar chizgan. Bu asarlar

doston yoki xikoyatda tasvirlangan voqeaning mo`jaz bir tarzda o`zidamujassalashtirgani,

qahramonlarning har biri o`ziga xos bir tarzda ifodalanganligi bilan kishi diqqatini o`zigа tortadi.

Masalan, Nizomiyning “Xamsa”siga chizilgan “Layli va Majnun maktabda” nomli surat o`zining

har jihatdan mukammalligi bilan diqqatga molik. Bundagi 40 dan ortiq go`zal miniatyura

Kamoliddin Behzod tomonidan ishlangan. “Temur tarixi muraqqa`si”. Ushbu albom 1467 yilda


background image



213

noma`lum san`atkor tomonidan tuzilgan bo`lib, nuqra va tillakorlik hunarlari ila o`ta zo`r mahorat

bilan juda puxta va go`zal ishlangandir. Unda boshqa nafis tasviriy san`at namunalari bilan bir

qatorda Kamoliddin Behzodning bir necha miniatyuralari mavjud. Kamoliddin behzod nafaqat o’z

davrining balki hozirgi davrning ham buyuk rassomi hisoblanadi. Uning mehnati besamar

ketmadi.

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti,

Oʻzbekiston

Respublikasi

birinchi Prezidenti

Islom Karimovning 1997-yil 23-yanvardagi “Oʻzbekiston badiiy

akademiyasini tashkil etish haqi

da”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining1997-yil 11-

martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, 1954-yilda Toshkent teatr va rassomlik san’ati instituti

qoshida ochilgan rassomlik fakulteti negizida tashkil topdi. Institutni nafaqat jahon san’atining

ovroʻpacha yoʻnalishidagi, balki toʻla ma’noda sharqning boy me’rosini oʻzlashtirish asosida

tashkil etilishini davrning oʻzi taqazo etgan edi. Oliy badiiy ta’limni yoʻlga qoʻyishni mashhur

rassomlar

Rahim Axmedov, Oganes Tatevosyanlar

boshlab berganlar.

Xulosa qilib aytganda Kamoliddin Behzod

sharq musavvirlik san’atining yirik

namoyondasi,mo’yqalamning sehri bilan nafosat olamiga nur baxshida etgan buyuk musavvir

.U

o’z davrining buyuk tasviriy san’at ustozi ham hisoblanadi. U ta’lim bergan shogirdlari ham o’z

davrining buyuk musavvirlari bo’lib yetishgan. U biz yosh avlodlarga qoldirgan buyuk merosining

tasviriy san’atdagi o’rni beqiyosdir.

REFERENCES

1.

B.N.Oripov.“Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi ,”ILM ZIYO” Toshkent- 2012.

2.

O.Mo’minov. “Rangtsvir” (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma).”Sharq”

NASHRIYOT- MATBAA AKSIYADORLIK KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI

TOSHKENT-2017.

3.

N.Abdullayev.San’at tarixi.2 jildi, 1986.

4.

B.Boymetov ,S.Abdirasilov.Chizma tasvir Toshkent,G’.G’ulom nomidagi nashriyot,2004.

5.

S.Abdirasilov.Tasviriy san’at atamalari.Toshkent.2003.

References

B.N.Oripov.“Tasviriy san’at va uni o’qitish metodikasi ,”ILM ZIYO” Toshkent- 2012.

O.Mo’minov. “Rangtsvir” (Kasb-hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma).”Sharq” NASHRIYOT- MATBAA AKSIYADORLIK KAMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI TOSHKENT-2017.

N.Abdullayev.San’at tarixi.2 jildi, 1986.

B.Boymetov ,S.Abdirasilov.Chizma tasvir Toshkent,G’.G’ulom nomidagi nashriyot,2004.

S.Abdirasilov.Tasviriy san’at atamalari.Toshkent.2003.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов