IMPORTANT ASPECTS OF THE ETUDE IN THE STAGE WORK.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saparov, R. ., & Zamatdinov, A. (2023). IMPORTANT ASPECTS OF THE ETUDE IN THE STAGE WORK. Modern Science and Research, 2(6), 244–248. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21057
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Etude is the draft lines of the first researches in the birth of the work of art, the practical prelude to the creative process, the method of practical review of the first analysis that is formed in the creative process. More precisely, in the analysis of creative research, yahlit is a method of practical review of the emerging work with the help of small-form etudes.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

244

SAHNAVIY ASARDA ETYUDNING AHAMIYATIGA EGA JIHATLARI.

Saparov Rinat Kuralbayevich

San’at fakulteti, O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Nukus filiali

Zamatdinov Adilbek Mirzaevich

Rejissura va aktyorlik mahorati kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8020623

Аnnotatsiya.

Etyud sanʼat asarini tugʼilishidagi birinchi izlanishlar boʼyicha qilinadigan

qoralama chizigilar, ijodiy jarayonning amaliy debochasi,ijodiy jarayonda hosil boʼlayotgan ilk
tahlilni amaliy koʼrib chiqish uslubi. Yanada aniqroq qilib aytganda, ijodiy izlanishdagi tahlilda
yahlit hosil boʼlayotgan asarni kichik formadagi etyudlar yordamida amaliy koʼrib chiqish
uslubidir.

Kalit soʼzlar:

Etyud, obraz, xoreografiya, haykaltarosh, kino, estrada, kompozitsiya,

rassom, voqelik, baholash, honanda aktyor, rejissyor, dirijyor, partitura, pedagog-rejissyor, nota,
ritm, temp, dinamika, sahnaviy qatti-harakat, voqiylik, dramaturg, baletmeyster, pedagog, muallif,
bastakor, repetitsiya.

IMPORTANT ASPECTS OF THE ETUDE IN THE STAGE WORK.

Abstract.

Etude is the draft lines of the first researches in the birth of the work of art, the

practical prelude to the creative process, the method of practical review of the first analysis that
is formed in the creative process. More precisely, in the analysis of creative research, yahlit is a
method of practical review of the emerging work with the help of small-form etudes.

Key words:

Etude, image, choreography, sculptor, cinema, variety, composition, artist,

reality, assessment, singer, actor, director, conductor, score, pedagogue-director, note, rhythm,
tempo, dynamics, stage effort, reality , playwright, ballet master, pedagogue, author, composer,
rehearsal.

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ЭТЮДА В СЦЕНИЧЕСКОЙ РАБОТЕ.

Аннотация.

Этюд — это черновые линии первых изысканий в рождении

художественного произведения, практическая прелюдия к творческому процессу, метод
практического пересмотра первого анализа, формирующегося в творческом процессе.
Точнее, при анализе творческого поиска яхлит – это метод практического рассмотрения
возникающего произведения с помощью этюдов малых форм.

Ключевые слова:

Этюд, образ, хореография, скульптор, кино, эстрада, композиция,

художник, реальность, оценка, певец, актер, режиссер, дирижер, партитура, педагог-
постановщик, нота, ритм, темп, динамика, сценическое усилие, реальность, драматург,
балетмейстер, педагог, автор, композитор, репетиция.


"Etyud" tushunchasining ko'p ta'riflar mavjud va uni deyarli har bir o'qituvchi oʻz uslubida

tasvirlash mumkin.Misol uchun: har bir sanʼat turlarida oʼziga hos etyud shakillari bor. Rassomlar
musavvir asarni yaratishdan avval etyudlar chizib, asar kompozitsiyasini, uning ruhiyatini,
qahramonlarni obraz shaklidagi koʼrinishlarini, detallarni aks etish yoʼllarini etyud chiziqlari
orqali koʼrib chiqishadi.Musiqa sanʼatida etyud toʼliq asar sifatida emas, unga debocha holatida
namoyon boʼladi. Baʼzi bir ilk tuygʼuni musiqaviy ifodasi sifatida hosil boʼladi. Kichik formadagi
kompozitsion qurilmalar orqali musiqiy etyud yaratiladi. Xoreografiya, haykaltaroshlik, kino va
estrada sanʼatlarida ham oʼziga hos etyud shakllari bor[1.9b].


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

245

Zamonaviy teatr sanʼatida yigirmanchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab etyud uslubi

alohida oʼringa ega boʼladi. Teatr sanʼatida etyud hayotning moʼjazgina bir lavhasi.

Hayot turli voqelar tizmasidan tarkib topganday, etyudning ham negizida voqelar yotadi.

Mukammal etyud, uchta voqelikdan iborat boʼladi. Etyudning uch voqelik tarkibiy qismlaridan
birinchi voqelik, etyudning kirish voqesi boʼlib, u etyud koʼrinishidan avval boshlangan boʼlib,
parda ochilganda voqelikni yakunlovchi qismidan sahnada namoyon boʼlib ketadi. Soʼngra
baholash jarayonidan oʼtilib, sahnaga ikkinchi voqelik kirib kelib, bu voqelik sahnada toʼla holatda
oʼtadi. Uchinchi voqelikning baholash jarayonidan soʼng, yangi voqelik boshlanganida etyud oʼz
yakunini topa oladi. Bu uch voqelikdan tarkib topgan etyud tuzish shakli, risoladagi talab.

Аmmo ijodiy jarayonda, etyudni shakli oʼzgacha tashkil topgan boʼlishi ham mumkin.

Birinchi voqelikning yakuniy qismidan boshlanib, ikkinchi voqelik toʼliq oʼtib, tamom boʼlishi
bilan ham etyud tugashi mumkin. Yoki, ikkinchi asosiy voqelikdan boshlanib, uchinchi voqelik
kirib kelishida ham tugallanishi mumkin. Bu shakllarni paydo boʼlishi, qoʼyilayotgan asar
mohiyatidan kelib chiqilgan holda hal qilinadi. Mashqlardan etyudga oʼtish paytida, hali muallif
asari haqida soʼz yuritilmaydi. Boshlangʼich paytlarda etyudlarning mualliflari talabalarning
oʼzlari boʼlishadi. Ustoz bu jarayonni vazifalar berib, bilvosita boshqarib turadi. Etyud mashqlar
asosida tugʼila boshlanganda, hali koʼp narsalar ustozga ham, talabaga ham, nomaʼlum boʼladi.
Shuning uchun ustoz talabani ijodiy imkoniyatlarini anglab olishi uchun etyud shakllanishida,
etyudni oʼzi qurmay, shogirdlarini ishini bilvosita boshqarib boradi. Ustoz, talabaga mustaqil
etyud qurish yoʼllarini egallashiga sharoit yaratadi. Etyud tugʼilish jarayonida, talabaga koʼp
nomaʼlum boʼlgan ijodiy va tashkiliy narsalar ayon boʼla boshlaydi. Chunonchi, bu mashq hali
etyudga oʼta oladimi? Talabaning, ijodiy va tashkiliy imkoniyatlari qay darajada? Аktyorlik
mahoratini egallashda, erishgan qudrati, tugʼilayotgan etyudga yetadimi? Unda, tugʼilayotgan
etyud talabiga javob beradigan psixotexnikasida, oʼzlashtirgan asoslari bormi? Mashqda tashkil
boʼlayotgan shart sharoitlar talabaga mosmi? Talaba qay darajada sahnada xatti-harakat qilishni
oʼzlashtirgan? Bu etyud uni individual xususiyatlariga yaqin boʼlib, uni ocha oladimi? [2.67b]

Shunga oʼxshash talaygina muammolar yechimi, aynan, mashqdan etyudga oʼtish

jarayonida tugʼilib, shakllanib, rivojlanib boradi.Аgarda talaba, shu paytgacha mashqlarda, xatti-
harakat elementlari ustida ish yuritgan boʼlsa, endi u, etyud shakllanishida, toʼliq xatti-harakatni
bajarishga oʼta boshlaydi. Etyud tugʼilishida talaba, aktyorlik mahoratini asosiy negizi, uning oʼq
ildizi boʼlgan, kichik doiradagi shart sharoitlarda xatti-harakatni sahnada bajarishni organikasida
oʼzlashtirishi kerak.

Xatti-harakat, aktyorlik mahoratini hamma elementlarini oʼz ichiga qamrab olgani uchun

talabalarning hammasi mashqdan etyudga oʼtish jarayonidan oʼtishlari lozim.Dastavval talabalar
yakka etyud qurishga oʼrganishadi. Ijodiy ishlarni oʼzlashtirishiga qarab va talabalarning
iqtidoridan kelib chiqib, ikki kishilik soʼzsiz etyudlar ustida ham ish yuritilishi mumkin.Faqat bu
etyudlar hayvonot olami va kuzatuvlar asosida yaratilsa osonroq kechadi. Birinchi bosqichning,
birinchi yarim yilligida ommaviy edyudlarni sahnaga olib chiqish ham yaxshi natijalar beradi.
Faqat, ommaviy etyudlar mashqlar turkumlaridan yuzaga kelishi maʼqul. Nazarimizda, ular
mashqlardan uygʼunlashib tugʼilsa, oʼquv jarayonida uzilish boʼlmaydi.Mashqdan etyudga
oʼtishda, ustoz mashqlarga yangi shart sharoitlarni kiritib, ularni keskinlashtirish hisobiga, etyud
shakllanishini tashkil qiladi. Аgar mashqlar ustidagi ishlarda talabalar, mashq doirasiga taʼluqli
shart sharoitlar ustida ish yuritishgan boʼlishsa, endi ustozning talabi bilan mashqlardan tashqari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

246

yotgan, shart sharoitlarni olib kirishadi. Har qanday hayotiy kuzatuvlarni, xotira asosidagi xis
tuygʼular va xatti-harakat, buyumlarni jonlashtirish, hayvonlar kuzatuvini, bir necha soʼzlar
asosida qilinadigan mashqlarni etyud tugʼilishiga olib kelish mumkin. Buning uchun kichik
doiradagi shart sharoitlarga oʼrta doiradagi shart sharoitlarni olib kirilsa, voqelik tugʼilib, mashq
etyudga aylanishi mumkin.[3.85b].

Aktyor qachonki kundalik hayotni o'rganib borish jarayonida o'zi yaratayotgan siymoning

ichki va tashqi qiyofasi borasida ozmiko'pmi tajriba orttirganidan keyingina siymoni yaratish
uchun uyda bajariladigan etudlar yaxshi natija berishi mumkin. Misol uchun, aktyor kechqurun
o'ringa yotishdan oldin, «ertaga men barcha harakatlarimni o'zim yaratayotgan siymo — obraz
qiyofasida bajaraman», deb, o'z-o'ziga so'z berib, ertalab uyqudan turishi bilan «siymo» qiyofasida
yuzini yuvib, soqolini olsa, kiyinsa, nonushta qilsa, ya'ni Navoiy, Solihboy, Gamlet, Otello,
Mullado'st kabi harakat qilsa, o'zida bo'lgan o'zgarishni darhol sezadi. Bunday holatda aktyor
siymo bilan bir butunlikka erishadi. Siymoning mag'zini topadi. Xullas, o'zida siymoning ma'naviy
va jismoniy tomonlarini his eta boshlaydi. Aktyor mana shunday etudlarni bir hafta, o'n kun
davomida mashq qilib borsa, bir oylik repetitsiyada erisha olmagan natijalarni qo'lga kiritganini
o'zi ham sezmay qoladi. Qolaversa, bunday etyudlarni bajarish uchun aktyordan alohida vaqt talab
qilinmaydi. Kundalik bajaradigan yumushlar orasida etud ham davom etib boradi. Rol ustidagi
ishlar yakuniga yetay deb qolgan vaqtda yana boshqa bir etudlarni bajarishni tavsiya etamiz. Bu
etudni hayotdagi etyudlar ham deyish mumkin. Buning uchun ishga ketayotganda, bozoro'charda,
navbatda turganda, atrofidagilar bilan o'zi yaratayotgan siymo qiyofasida turib gaplashish kerak.
Albatta, suhbatdoshi uning etyud qilayotganini sezmasligi kerak. Bu kabi mashg'ulotlar, aktyorga
siymoning ichki va tashqi qiyofasmi, uning mohiyati va mag'zini topishga yordam beradi, xolos.
Bunday etyudlar uchun ham maxsus vaqt yoki joy talab qilinmaydi. Albatta, aktyorlik kasbining
minglab ko'zga ko'rinmas qirralari mavjudki, ularning barchasi haqida to'qtalish, ularni so'z bilan
ifoda etishning imkoniyati yo'q. Bu sohada o'rganilmagan, tahlil qilinmagan ilmiy va amaliy ishlar
hisobsiz. Biz esa imkoniyatimiz darajasida aktyorlik mahoratining ayrim muhim jihatlarini ко'rib
chiqdik, xolos. Bu boradagi izlanishlar davom etadiAktyor qachonki kundalik hayotni o'rganib
borish jarayonida o'zi yaratayotgan siymoning ichki va tashqi qiyofasi borasida ozmiko'pmi tajriba
orttirganidan keyingina siymoni yaratish uchun uyda bajariladigan etudlar yaxshi natija berishi
mumkin. Misol uchun, aktyor kechqurun o'ringa yotishdan oldin, «ertaga men barcha
harakatlarimni o'zim yaratayotgan siymo — obraz qiyofasida bajaraman», deb, o'zo'ziga so'z berib,
ertalab uyqudan turishi bilan «siymo» qiyofasida yuzini yuvib, soqolini olsa, kiyinsa, nonushta
qilsa, ya'ni
Navoiy, Solihboy, Gamlet, Otello, Mullado'st kabi harakat qilsa, o'zida bo'lgan o'zgarishni darhol
sezadi. Bunday holatda aktyor siymo bilan bir butunlikka erishadi. Siymoning mag'zini topadi.
Xullas, o'zida siymoning ma'naviy va jismoniy tomonlarini his eta boshlaydi. Aktyor mana
shunday etyudlarni bir hafta, o'n kun davomida mashq qilib borsa, bir oylik repetitsiyada erisha
olmagan natijalarni qo'lga kiritganini o'zi ham sezmay qoladi. Qolaversa, bunday etyudlarni
bajarish uchun aktyordan alohida vaqt talab qilinmaydi. Kundalikbajaradigan yumushlar orasida
etyud ham davom etib boradi. Rol ustidagi ishlar yakuniga yetay deb qolgan vaqtda yana boshqa
bir etudlarni bajarishni tavsiya etamiz. Bu etudni hayotdagi etudlar ham deyish mumkin. Buning
uchun ishga ketayotganda, bozoro'charda, navbatda turganda, atrofidagilar bilan o'zi yaratayotgan
siymo qiyofasida turib gaplashish kerak. Albatta, suhbatdoshi uning etyud qilayotganini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

247

sezmasligi kerak. Bu kabi mashg'ulotlar, aktyorga siymoning ichki va tashqi qiyofasmi, uning
mohiyati va mag'zini topishga yordam beradi, xolos. Bunday etudlar uchun ham maxsus vaqt yoki
joy talab qilinmaydi. Albatta, aktyorlik kasbining minglab ko'zga ko'rinmas qirralari mavjudki,
ularning barchasi haqida to'xtalish, ularni so'z bilan ifoda etishning imkoniyati yo'q. Bu sohada
o'rganilmagan, tahlil qilinmagan ilmiy va amaliy ishlar hisobsiz. Biz esa imkoniyatimiz darajasida
aktyorlik mahoratining ayrim muhim jihatlarini ко'rib chiqdik, xolos. Bu boradagi izlanishlar
davom etadi. [4.63b].

Eng muhimi koʼngildagidek bajarilayotgan mashqlarga yangi kutilmagan yoki

keskinlashgan shart sharoitlarni olib kirish xisobiga, ulardan birini etyudning yetakchi shart sharoit
darajasiga olib chiqilsa, voqelik tugʼilishga asos sola oladi. Mashqning yetakchi shart sharoiti bor
joyda xatti-harakat boʼladi. Xatti-harakat esa maqsadsiz boʼlmaydi. Maqsad tugʼilgandan keyin,
voqelikni boshi bilan oxiri belgilanib qoladi. Mashqga voqelik kirib kelgandan keyin asarning
(etyud kichik shakldagi asar deb qaralishi nazarda tutilayapdi) yetakchi shart-sharoiti shakllanadi.
Аsarni yetakchi shart sharoiti aniqlangandan keyin, unga zid boʼlgan muallifning (Bu yerda
talabaning oʼzi etyud muallifi sifatida ishtirok etishi nazarda tutilayapdi) jamiyatda kuzatayotgan
shart sharoitlardagi nuqsonga, shaxsiy etirozi tugʼiladi. Talaba bu etyudi bilan nima demoqchi?
Insonning qaysi gumanistik ezgu niyatlarini roʼyobga oshirmoqchi boʼlgan istaklarini oshkora
qilishini koʼzlagani aniqlanadi. Etyud uslubida ijod qilish, aktyorlarni stol otrofida ortiqcha oʼtirib
tahlil qilish jarayonidan qochish lozimligi xanuzgacha teatr tajribasida dolzarb masala boʼlib
qolayapdi. Dramatik asarni ongli tahlil qilish, sahnada etyud uslubi orqali, aktyorni fizik vujudi
orqali roʼyobga oshirilishi kerakligi, xaligacha muammoli masala boʼlib qolmoqda[5.78b].
Dramatik asarni maʼlum boʼlagi olinib, undagi shart sharoitlar belgilanib, etyud uslubida xatti-
harakatga kirishib ishlash, sahnada aktyor tanasi orqali, matinni quriq yodlab olmasdan oʼz soʼzlari
bilan harakat qilishlikdan qochishadi. Stol atrofidagi taxlil qilishlik bizning nazarimizda aktyor
sahnaga chiqmasdan maʼlum qoliplarni xosil boʼlishiga olib keladi. Аktyor bu jarayondan
oʼtgandan soʼng stol atrofida kelishilgan ongli taxlil qoliplaridan chetga chika olmay qoladi.
Oqibatda sahnada erkin ijod qilib badan bilan rolni oʼzlashtirishi oʼrniga aniqlab kelishilgan
narsalarni bajarishga tushadi. Bu narsalar uning tabiatiga vujudiga toʼgʼri kelish-kelmasligidan
qattiy nazar, oʼzini organikasini sindirib, tabiatiga teskari boʼladigan narsalarni ijro qila boshlaydi.
Etyud uslubi bunday stol atrofida qoliplangan ijodiy jarayonni qabul qilmaydi. Etyudda sodda
maqsad va xatti-harakat qilishlik uchun lozim boʼlgan uch-toʼrta shart sharoitlardan tashqari xali
hech nima maʼlum emas. Qolgan ijodiy masalalar sahnada aktyorni organikasi orqali, erkin
izlanishlar orqali aniqlanadi. Etyud uslubidagi bunday ijodiy jarayon sahnada erkinlik tugʼdirishi
bilan bir qatorda aktyorni individual tabiatini uygʼotib ishlatishiga va kutilmagan ijobiy natijalarga
erishishga keng imkoniyat tugʼdiradi. Bu uslubda ishlashda aktyor va rejissyorni birlashtirib
turadigan omil shu shart-sharoitlardagi hayotiy haqiqat va uning ustidagi izlanishlar oqibatida
tugʼiladigan jonli badiiy toʼqimadir[6.49b]. Stol atrofidagi statik xolatdagi ongli izlanishlar
emas,sahnadagi etyud uslubida jonli xatti harakat orqali hosil boʼladigan izlanishlar natijasida tom
maʼnoda toʼliq ijodiy jarayon boʼlib oʼta boshlaydi.

Etyudni maxsus qurilma qoliplariga solib boʼlmaydi. Etyudni maʼlum qoliplarga sola

boshlasangiz, uning eng asosiy belgisi-badihagoʼylik yoʼqola boshlab, jonli xatti-harakat oʼrnini
oʼlik ijro egallay boshlaydi. Etyud uslubining eng katta belgisi va bosh yutugʼi erkin badihagoʼylik
tugʼilishidadir. Yalqov, mustaqil ijod qila olmaydigan, sahnada murakkab izlanish jarayonidan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

248

qochadigan, erkin fikirlashni xoxlamaydigan, toʼpori aktyorlar uchun rejissyorni tayyor bergan
vazifalarini bajarishni afzal koʼrishi tushunarli masala. Ular uchun mehnat qilib non topgandan
koʼra, boqimanda boʼlish osonroq shekilli. Balkim bunday aktyorlarga erkin ijod qilishlikni xudo
urib, yuqtirmagandir. Bizlarga, orttirgan kamtarona tajribamizda bir narsa ayon boʼldiki, buyuk
ustozlarimiz asar ustida ishlash jarayonida etyud uslubida ishlash lozimligini takidlashganlarida
ular ming marotaba haq ekanliklariga yana bir bor amin boʼldik.

REFERENCES

1.

J.Maxmudov “XX-asr rejissurasi” Toshkent 2015 y.

2.

J.Maxmudov “Ergash Masofaev” Toshkent 2014 y.

3.

T.Аzizov “Mening rejissyorlik ishlarim” Toshkent 2010 y.

4.

J.Maxmudov “Aktyorlik mahoratiʼʼ Toshkent 2005 y.

5.

Смирнов-Неевицкий “Вахтангов” Ленинград-1987 г.

6.

Встречи с Меерхолъдом. Москва- 1967 г.

References

J.Maxmudov “XX-asr rejissurasi” Toshkent 2015 y.

J.Maxmudov “Ergash Masofaev” Toshkent 2014 y.

T.Аzizov “Mening rejissyorlik ishlarim” Toshkent 2010 y.

J.Maxmudov “Aktyorlik mahoratiʼʼ Toshkent 2005 y.

Смирнов-Неевицкий “Вахтангов” Ленинград-1987 г.

Встречи с Меерхолъдом. Москва- 1967 г.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов