FEATURES OF ACTING SKILL ITSELF

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saparov, R. ., & Zamatdinov , A. (2023). FEATURES OF ACTING SKILL ITSELF. Modern Science and Research, 2(6), 874–878. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21279
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article will talk about the peculiarities of acting skills itself, the formation of acting abilities, and some tips will be given on this.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

874

AKTYORLIK MAHORATINING O`ZIGA HOS XUSUSIYATLARI

Saparov Rinat Kuralbayevich

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali studenti, San’atshunoslik fakulteti

Zamatdinov Adilbek Mirzaevich

Rejissura va aktyorlik mahorati kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8053168

Annotasiya.

Bu maqolada aktyorlik mahoratining o'ziga hos xususiyatlari, aktyorlik

qobiliyatini shakllantirish haqida so'z boradi va bu bo'yicha ayrim maslahatlar beriladi.

Kalit soʻzlar:

Teatr, spektakl, san'at, aktyor, dramaturg, raqs, stil, sahna, harakat, rejissor,

opera, balet, musiqa, pyesa, dramaturg.

FEATURES OF ACTING SKILL ITSELF

Abstract.

This article will talk about the peculiarities of acting skills itself, the formation

of acting abilities, and some tips will be given on this.

Key words:

theatre, performance, art, actor, playwright, dance, style, stage, action,

director, opera, ballet, music, play, playwright.

ОСОБЕННОСТИ АКТЕРСКОГО МАСТЕРСТВА

Аннотация.

В этой статье рассказывается об особенностях актерского

мастерства, формировании актерского мастерства и даются некоторые советы по
этому поводу.

Ключевые слова:

театр, спектакль, искусство, актер, драматург, танец, стиль,

сцена, движение, режиссер, опера, балет, музыка, пьеса, драматург.


Teatrdagi jamoaviylik asosida turli san’atlar majmuasi yotadi, ya’ni teatrda adabiyot,

rassomlik, arxitektura, musiqa, raqs san’atlarining yig‘indisidan bir spektakl bunyod bo‘ladi.
Yuqorida sanab o‘tilgan san’at turlarining har biri teatrda alohida san’at emas, balki sahna talabiga
binoan har biri aniq vazifani bajaradi. Bu vazifalarning barchasi bir maqsad – teatrni rivojlantirish,
spektakl sifatini oshirishga qaratilgan. Shuning uchun teatr sintez san’at hisoblanadi. Ushbu
san’atlarning ichida aktyorlik san’ati o‘zining alohida tabiatiga ega. Sababi, rejissyor, dramaturg,
sahna bezakchisi, libos va grim ustalari, umuman, teatr ijodkorlarining mehnati bevosita va
bilvosita aktyor orqali yoki aktyor ijodini to‘ldirgan holda namoyon bo‘ladi. Zero, teatr
sahnasidagi har qanday bezak, har qanday predmet aktyorsiz, uning ijrosisiz jonli ijod bo‘la
olmaydi va yaxlit san’atni ifoda qila olmaydi.

Sahnada spektakl voqealari jarayonida yangrovchi musiqa ham aktyor sodir etayotgan

voqea, xatti-harakatlarning ta’sir kuchini oshirishga xizmat qiladi. Demak, aktyor - teatr
san’atining gultoji, uning ko‘zgusi hisoblanadi. Aktyorlik san’atining asosi - xatti-harakatdir. Biz
yuqorida teatrni jamoaviy sintetik san’at deya ta’rifladik. Biroq faqat teatrgagina xos bo‘lgan
birdan bir material - harakat. Xatti-harakat orqali aktyor spektaklning muhim elementi - obrazni
yaratadi, pyesa voqealarini ifoda etadi. Xatti-harakat - ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan, inson
tomonidan sodir etiluvchi jarayondir. U ikki turga, ya’ni jismoniy va ruhiy shaklga bo‘linadi.
Fikrimizdan kelib chiqib aytish mumkinki, xatti-harakat aktyorlik san’atining asosiy xususiyatini
beligilab beruvchi material hamdir.

Aktyor bir vaqtning o‘zida ham ijodkor, ham o‘z san’atining quroli hisoblanib, bu

jarayonda xatti-harakat ma’lum bir obraz yaralishiga Teatr san’atining muhim asoslari o‘ta jiddiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

875

masala bo‘lib, u teatr san’ati nazariyasini talabalarga yetkazishda eng muhim bosqich hisoblanadi.
Teatr san’ati paydo bolgan qadim davrlardan boshlab bugungi kunga qadar uning asoslari ustida
davomiy izlanishlar olib borilmoqda. Bugungi kunga kelib teatrning turli yo‘nalish va ko‘rinishlari
tarkib topdi. Opera, balet, musiqali drama va drama teatrlari shular jumlasidandir. San’atning bir
jabhasi bo‘lmish teatr inson ongi, shuuriga ta’sir etuvchi, estetik zavq beruvchi, go‘zallikka,
ezgulikka chorlovchi gumanistik san’at hisoblanadi. Shu bilan birga, teatr buyuk g‘oyani targ‘ib
qilib, san’atning eng oliy zavqini taqdim etmasin, u lahzalik san’at bo‘lib, sahnada aktyorning
xatti-harakatlari, ijrolaridagina yashaydi.

Borliqning yorqin va go‘zal aksi, balki undan-da yuqoriroq hayot va xayolot olamining

hamohangligi bevosita va bilvosita ana shu teatr sahnasida aks etadi.Teatr insoniyatning ma’naviy
hamda madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli ham teatr ijodkorlari zimmasida
yuksak mas’uliyat yotadi. Buni bo‘lajak pedagoglar, ya’ni magistrlar unutmasligi kerak.
Binobarin, ushbu san’at sohasini tanlash arafasida turgan yoshlar bu mas’uliyatni anglashi, mazkur
sohaning murakkab olami haqida, oz boisa-da, tasavvurga ega bo‘lishi va, eng muhimi, uning qalbi
san’atga nisbatan har qanday tamadan xoli, fidokorona muhabbat bolishi lozim. Bu talab bo‘lajak
aktyorning kasb mahorati sirlarini egallashi uchun poydevor vazifasini o‘tabgina qolmay, balki
san’at sohasidagi turli kamchiliklami bartaraf etib, uni rivojlantirishga sabab bo‘ladi.

Zero, aktyorlik maktabining ulug‘ namoyandasi K. S. Stanislavskiy ta’biri bilan aytganda,

«afsuski, san’atimizdan, ko‘pincha, unga yot bo‘lgan maqsadlarda foydalanadilar. Teatr o‘zining
ommabopligi va spektaklning tasviriy kuchga egaligi tufayli ikki yoqlama o‘tkir qurolga aylanadi:
bir tomondan, u muhim jamoatchilik vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, san’atimizni o‘z
foydasiga ishlatmoqchi va mansabga erishmoqchi bolganlarni rag‘batlantiradi. Bunday kishilar
ba’zilarning tushunmasligidan va boshqalarning did-farosatsizligidan foydalanadilar, ijodga
mutlaqo aloqasi bo‘lmagan katta mansabdagi kishilaming hammasiga sig‘inadilar. San’atga
tamagirlik bilan qarovchilar uning ashaddiy dushmanlaridir». Teatr maktabiga qadam qo‘ymoqchi
bo‘lgan abituriyent bu kasbni tanlashdan asosiy maqsadini aniqlab olsin. Aktyorlik kasbini
tanlashdan maqsad zamirida zarra tamagirlik zohir bo‘lmasligi lozim. Chunki san’at fidokorlikni
talab etadi.Bu ko‘pchilik uchun juda keskin fikr bolib tuyulishi mumkin. Biroq bu milliy
san’atimiz kelajagi uchun g‘oyat muhim. Bo’lajak aktyorning mahorat ustaxonasiga ilk qadami
teatr san’ati, sahna va sahna orti, uning ijodkorlari haqidagi dastlabki ma’lumotdan boshlanadi. K.
S. Stanislavskiy: «Teatr-jamoa san’ati», - deya ushbu san’­at turiga aniq va lo‘nda ta’rif bergan
edi.

Odatda, spektakl jarayonida biz sahnada ko‘ruvchi aktyorlardan tashqari sahna ortida

ko‘plab ishchi va ijodkorlar zahmat chekadi. Bir spektakl dramaturg, aktyor, rejissyor. bastakor,
sahna bezakchisi, chiroq ustasi, grim va libos bo‘yicha mutaxassislardan tashkil topgan guruhning
bir maqsadga yo‘nalgan mehnati natijasida yuzaga keladi. Teatr san’atining eng muhim
talablaridan biri - yosh aktyorni jamoa muhitida tarbiyalashdir. Bunday muhitda tarbiyalangan
aktyor shaxsiyatida yaxshi ma’nodagi raqobat, yon atrofdagilarga ta'sir koʻrsatadi. Aktyorning
tashqi qiyofasi ikki tig'li xanjarga o'xshaydi. Undan unumli va oqilona foydalanishni o'rganish
kerak, aks holda uning tashqi jozibasi o'z san'atining kushandasiga aylanishi ham mumkin.
Aktyorlik san'atida uning siymo qiyofasiga kira olishi mahorat mezoni hisoblanadi. Aniqroq qilib
tushintiradigan bo'lsak, aktyor sahnada biron bir siymo timsolini yaratar ekan, avvalo, o'sha
siymoga xos bo'lgan xususiyat va xislatlarni tomoshabin ko'z o'ngida, muayyan makon va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

876

zamonda yarata olsagina, u yaratgan timsol haqiqiy ijod namunasi sifatida qiziqarli va ishonarli
bo'ladi. Demak, aktyor siymo ixtirochisi hisoblanar ekan.

Har qanday rol harakatsiz bo'lmaydi. Harakatsiz rol boshsiz tanaga o'xshaydi, xolos.

Siymo qiyofasiga kirish uchun esa ko'p qirrali qurol bo'lmish sahna ijodining qator talablariga
rioya etilgandagina faoliyat natijali bo'lishi mumkin. Bu talab laming dastlabkisi aktyor o'zini
berilgan shartsharoitga qo'yib, siymo zimmasidagi vazifani o'z hayoti tabiatiga qiyoslashidan
boshlanishi kerak. Ya'ni, avvalo, o'zidan kelib chiqishi kerak. Ta'limotning mana shu qismi
noto'g'ri talqin etilishi oqibatida kutilgan natijaning teskarisini ko'rish mumkin. Uzoqqa borishning
hojati yo'q. So'nggi vaqtlarda teatrda ham, kinoda ham tanlangan rolga aktyorning tashqi qiyofasi
mos kelishkelmasligi hisobga olinadi. Kino san'atida esa yana ham oson yo'l tanlanib, shu rolga
tashqi ko'rinishi mos tushadigan, ammo san'atga umuman aloqasi yo'q odam taklif etiladi. Bunday
«aktyor» na siymoning ruhiy holatini va na siymo talab qiladigan xarakterni yorita oladi.

Natijada sahnadan bizga tirik odam emas, harakatlanuvchi surat qarab turadi. Bu bir tomoni

bo'lsa, ikkinchidan, kino va teleekrandan birbiriga o'xshash, bir xil kulib, bir xil yig'laydigan, bir
xil turib, bir xil o'tiradigan robotdan farq qilmaydigan aktyorlar tikilib turganini ko'ramiz. Ularning
soni kundan kunga bolalab, ko'payib borayapti. Bunday rejissorlar aktyorning mahorati, ichki
imkoniyatlarini hisobga olmasdan, uning tashqi qiyofasini suiste'mol qiladilar, xolos. Rejissor u
yoki bu rolni baland bo'yli, qora soch, o'rta yashar qiyofada ko'rdimi, shunday ijrochi qidiriladi.
Ijrochi topildi deguncha uning oldiga, Stanislavskiyning «Agarda men berilgan shartsharoitga
tushib qolsam», degan ta'limotidan kelib chiqadigan talab qo'yiladi. Ya'ni bu ta'limotning texnik
tomonigina talab qilinadi. Modomiki shunday ekan, teatr san'ati sohasidagi ta'limotni egallash
uchun to'rt yil o'qitish shartmikan? Diqqatni to'plash, hamroh bilan munosabat o'rnatish, tabiiy
xatti-harakat, berilgan sharoitda yashashni o'rgandimi, qo'liga diplom tutqazib qo'yish shart
emasmi?

Hamma gap shundaki, hech bir san'at institutida bunday qilinmaydi. Talaba yana ikkiuch

yil o'qitiladi. Lekin u institutni tamomlab, teatrga ishga kelganidan keyin rollar faqat uning tashqi
qiyofasidan kelib chiqib taqsimlansa, bu yerdagi ijod havaskorlik to'garagidan farq qilmay qoladi.
Aktyor ijodining dastlabki bosqichlaridan rejissor yosh ijodkor mahoratini oshirishni, uning
qobiliyati qirralari charxlanishini ko'zlab, rol taqsimoti vaqtida uning tashqi ko'rinishini e'tiborga
olishi mumkin. Ammo bunday tajriba odat tusiga kirib qolsa, aktyor bir qolipga tushib qoladi va
bu hol borabora o'z-o'zini sahnada o'ynashga aylanib ketadi. Chunki u izlanishdan to'xtaydi,
talabchanlik y'oqoladi. Bunday tanazzul holatiga tushib qolmaslik uchun aktyor hamisha o'zi va
siymo o'rtasidagi farqni sezib turishi kerak. Stanislavskiy ta'limotiga ko'ra, timsol ustida ishlar
ekanmiz, «berilgan shart-sharoitga o'zimizni qo'yib ko'raylik», degan iboraga chuqurroq
yondashib ko'ramiz. Aktyorlik san'atining dialektik (tabiiy harakat va rivojlanish) tabiatidan kelib
chiqadigan bo'lsak, qarama-qarshilik qonuniyatining aktyorning — siymo, siymoning — aktyor
shaklini ko'ramiz.

Bir qaralganda, ular haqiqatan ham birbiriga tamoman zid bo'lib tuyuladi. Negaki, aktyor

sahnaga chiqar ekan, o'zligini yo'qotmagan holda timsol qiyofasida yashashi kerak. Dialektik
qaramaqarshilik deganimizda, shu holat nazarda tutilgan. Agar shu ikki holatdan bittasi inkor
etilsa, ijodiy san'at qonuniyati buziladi. Agar aktyor o'zligini unutib, faqat timsol qiyofasida
yashasa, unda bu taqlidiy, ya'ni yasama san'atgaaylanadi. Agar aktyor timsolni emas, sahnada faqat
o'zini takrorlasa, u havaskorlik darajasidagi, aftangoriga bo'yoq surkab olgan sirk artistlaridan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

877

qolishmaydi, bunday holatni sirk artistlarida kuzatishmumkin. Demak, bunday holatda aktyor
o'zo'zini ko'zko'z qiladi, xolos.

Faqat ikki holatni birgalikda olib borish, ya'ni o'zligini yo'qotmay, timsol qiyofasida

yashash teatr aktyorining haqiqiy ijodini, san'atkorlik mahoratini ko'rsatadi. Xo'sh, bunga erishish
yo'llari qanday? Keling, misollarga murojaat qilaylik. Agar hozir qirq yoshda bo'lsangiz, yigirma
yoshingizda qanday edingiz? Nahotki yigirma yil ichida o'zgarmagan bo'lsangiz. So'zsiz —
o'zgargansiz. Avvalo, jismonan o'zgargansiz! Ruhiyatingiz, dunyoqarashingiz o'zgargan. Ong
vaxotira o'zgargan, yurishturish o'zgargan. Lekin bu o'zgarishlar tabiiy tarzda, astasekinlik bilan
ro'y berganligi sababli siz uni sezmagansiz. Lekin sizning xayolingizda hamon o'shao'sha, yigirma
yoshdagideksiz. Chunki o'tgan yigirma yil davomida hamisha, «anovi» deb emas, «men», «o'zim»
deb yashagansiz.

Barcha o'zgarishlar o'zingizda ro'y bergan. Shunday qilib, o'zligingizni tark etmagan holda

to'xtovsiz o'zgarib borgansiz. Aktyor ham siymo qiyofasiga kirib borar ekan, biron soniya bo'lsin,
o'zligidan chetga chiqib ketmaydi. Farqi bitta. Hayotda yigirma yil davomida ro'y bergan
o'zgarishlar sahnada ikkiuch hafta ichida ro'y beradi. Demak, aktyor rol ustida ishlar ekan, o'zini
pyesada berilgan uchinchi shaxs emas, bu «mening o'zim», deya faraz qilishi kerak. Aktyor hech
qachon o'zligini unutmasligi lozim. Bu odam menman, degan sezgini saqlab turishi kerak bo'ladi.
Nega shunday? Chunki timsol yaratadigan barcha qurollar aktyorning o'zidadir. Hissiyot, ovoz,
sezgi, imo-ishora, fikrlash va boshqalar. Harakatga keltiruvchi bunday qurollar manbai —
aktyorning o'zida mujassam. Har bir aktyorning o'ziga xos bo'lgan fazilat va nuqsonlarini, xuddi
urug' qadalgan yerga qiyoslash mumkin.

Mana shu urug'dan o'simlik unib chiqadi. Uni yerdan sug'urib olishingiz bilan quriydi.

Rolni ham aktyorning o'zligidan ajratilsa, rolda hayot nafasi o'chadi. Ma'lumki, qog'ozdan juda
chiroyli gul yasash mumkin, lekin bu gulda hid, hayot nashidasi ufurib turgan tiriklik alomatlari
bo'lmaydi. Sahnadagi taqlidiy ijro ham shu qog'oz guldan farq qilmaydi. Demak, aktyor rol ustida
ishlar ekan, timsolga xos bo'lgan ichki va tashqi xislat va xususiyatlarni o'zida mujassamlashtira
boshlaydi. Shu yo'l bilan u boshqa shaxs qiyofasiga kirib boradi, lekin u o'zligini bir daqiqa
bo'lsada unutmaydi. Stanislavskiy ta'limotining qiymati ana shunda. O'zligini unutmaslik
nimalarda aks etadi? Birinchi navbatda, ichki nigoh orqali o'zligini nazorat qilib borishda. Ya'ni
siymoning tashqi qiyofasiga zo'r berib, qalbini esdan chiqarib qo'yish, yoki siymoning tashqi
qiyofasini unutib, bu mana menman deb, o'zo'zini ko'rsatishga o'tib ketish yaramaydi. Yana
qaytaramiz. Stanislavskiy ta'limotining «o'zidan kelib chiqib» degan shiorining asl mohiyati aktyor
tabiiy ravishda timsol qiyofasiga kirib borishi uchun yaqin yo'l ekanligini ko'rsatib berishda.
Shunday qilib, Stanislavskiy ta'limotining asosiy tamoyillari quyidagilardan iboratdir:

1.Hayotiylik tamoyili.
2.San'atda g'oyaviy fikrning «Oliy maqsad» orqali amalga oshirilishi tamoyili.
3.Sahnadagi maqsad sari intilish jarayonida sezgi va hissiyotlarni qo'zg'atuvchi yagona
kuchharakat ekanligi to'g'risidagi tamoyil.
4.Aktyorning tabiiy tarzda paydo bo'ladigan ijod tamoyili.
5.Siymo qiyofasiga kirishish chog'ida aktyorning o'zligini yo'qotmay, ijodiy yondashuvi

tamoyili.

Stanislavskiy ta'limotining qimmati shundaki, u har qanday zamon va makonda universal

(hammabop) xususiyatga egadir. Aktyorning ijrosi o'zidan, tabiiy qonuniyatlardan chetga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

878

chiqmay, sodda va oddiy holatlardan kelib chiqsagina, qiziq va jozibali bo'lishi mumkin.
Stanislavskiy ta'limoti g'ayritabiiy holatlardan paydo bo'ladigan tuyg'ulardan amalda foydalanish
yo'llarini ko'rsatib berishi bilan ham qimmatlidir. Shuning uchun aktyor qaysi zamon va makonda
sahnaga chiqishidan qatiy nazar, Alloh tomonidan in'om etilgan layoqatini, tabiiy iqtidoriga quloq
solgan holda sahnaga olib chiqqan va tomoshabin qalbini junbushga keltira olgan. Demak,
Stanislavskiy bu qonuniyatlarni ichidan to'qib chiqargan emas, aksincha inson tabiatida yashirinib
yotgan imkoniyatlarni ro'yobga chiqargan, xolos. Bu ta'limot hech bir zamon va makonda o'z
ahamiyatini yo'qotmaydi.

REFERENCES

1.J.Mahmudov <<Aktyorlik mahorati>> Toshkent -2005
2.M.Abdullaeva<<Dramatik teatr va kinoda aktyolik mahorati>>Toshkent-2014
3.B.Sayfullaev <<Aktyorlik mahorati>>Toshkent -2009



References

J.Mahmudov <> Toshkent -2005

M.Abdullaeva<>Toshkent-2014

B.Sayfullaev <>Toshkent -2009

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов