SOME CURRENT DIRECTOR ISSUES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saparov, R. ., & Zamatdinov, A. . (2023). SOME CURRENT DIRECTOR ISSUES. Modern Science and Research, 2(6), 879–881. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article will discuss the emergence of the director and his current importance, what kind of konikma and skills future directors should have, their relationship with the actors.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

874

HOZIRGI KUN REJISSURASINING AYRIM MASALALARI

Saparov Rinat Kuralbayevich

O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali studenti,

San’atshunoslik fakulteti

Zamatdinov Adilbek Mirzaevich

Rejisura va aktyorlik mahorati kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8053202

Annotatsiya.

Bu maqolada rejissuraning paydo boʻlishi va uning hozirgi kundagi

ahamiyati, boʻlajak rejissyorlarning qanday konikma va mahoratlarga ega bolishi kerakligi,
ularning aktyorlar bilan munosabatlari haqida soʻz boradi.

Kalit soʻzlar:

Rejissura, rejissyor, aktyor, teatr, film, sanʼat, syujet, mavzu, gʻoya, mahorat,

obraz.

SOME CURRENT DIRECTOR ISSUES

Abstract.

This article will discuss the emergence of the director and his current

importance, what kind of konikma and skills future directors should have, their relationship with
the actors.

Keywords:

director, director, actor, Theater, film, Art, plot, theme, idea, skill, image.

НЕКОТОРЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ РЕЖИССУРЫ

Аннотация.

В этой статье рассказывается о возникновении режиссуры и ее

значении в наши дни, о том, какими навыками и навыками должны обладать будущие
режиссеры, об их отношениях с актерами.

Ключевые слова:

режиссура, режиссер, актер, театр, кино, искусство, сюжет,

тема, идея, мастерство, образ.


Rejissura tushunchasini ommalashganiga uncha kо‘p bо‘lgani yо‘q. XVIII-XIX asrga kelib

teatr asarlarini sahnalashtiruvchi shaxsga ehtiyoj tug‘iladi. Rejissura ixtisoslik sifatida shakllana
boshladi. Avvallari aktyorlar о‘zlari о‘ynab tomosha kо‘rsatar, kichik-kichik teatrlarda sahna
lavhalarini ijro qilishar edi. Bu tomoshalarni tashkil qiluvchi ham, sahnalashtiruvchi ham
aktyorlarning о‘zlari yoki dramaturglarning ishtirokida tayyorlanar edi. Teatr sanatining rivoji
rejissura sohasida ham о‘z allomalarini paydo bо‘lishiga olib keldi. Antuan, Gardon Kreg,
Reynxard, Stanislavskiy, Nemirovich-Danchenko, Meyerxold, Mannon Uyg‘ur,Toshxо‘ja
Xо‘jayev va boshqalar. Teatr sanatining spektakllari yuksak darajada tasirli bо‘lishi, uning
ijodkori, boshqaruvchisi ijodiy jamoani birlashtiruvchi rahnamoga bog‘liq.

Rahnamo bu - rejissyordir. Kо‘p yillar teatr sanatida rejissura mutaxassisligiga ehtiyoj

sezilib keldi. Rejissyor bu fransuzcha sо‘z bо‘lib, boshqaruvchi, yetakchi, о‘zimizning jaydari til
bilan aytganda karvonboshi deb ataladi. Jonli kino paydo bо‘lganidan keyin, tasvir muhrlanib о‘z
ifodasini topa boshlaganidan keyin, ayniqsa “kichik ekran” sanati, XX asr mо‘jizasi televideniye
paydo bо‘lganidan keyin mana shu karvonboshiga ehtiyoj yanada kuchaydi. Yirik badiiy asarlarni
xoh teatrda bо‘lsin, xoh kinoda, xoh televideniyeda rejissyorsiz tasavvur qilib bо‘lmay qoldi.
Mumtoz dramaturgiya namunalarini, roman, qissa, novellalarning adaptatsiyalarini, tok-shou,
hordiq dasturini, yirik tantana va tadbirlarni namoyish qilishda rejissyorning о‘rni va roli beqiyos
bо‘lib qoldi. Shuning uchun ham bu kasbni egallaydigan shaxs uning sir-asrorlarini, qonun-
qoidalarini, о‘zlashtirgan, maktabini о‘rgangan bо‘lishi lozim bо‘lib qoldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

875

Boshqara olish iqtidori hammaga nasib qilmagan, bu qobiliyatni tarbiyalash, yо‘lga solish,

yо‘naltirish mumkin. Rejissura asoslari shu soha mutaxassisligini egallagan talabalarga yordam
beradi. Rejissyorlik sanati hayotni teatr, kino, televideniye sanati ifoda vositalari orqali tasvirlash
badiiy inikosidir. Fan bilan sanatning tafovuti nima? Aslini olganda fan hayot qonuniyatlarini
о‘rganadi, isbotlaydi, mantiqiy tahlil qiladi. Sanat esa о‘sha qonuniyatlarni tasvir orqali badiiy
obrazlarda kо‘rsatadi, ishontiradi. Sanatning ham fanning ham asosiy maqsadi oddiy hayot, inson
idroki, uning turmush tarzi hisoblanadi. Faqat sanatning fandan tafovuti shuki, u insonni о‘rganadi,
insonning his tuyg‘ulari, kechinmalari, uning ruhiyati bilan shug‘ullanadi.

Fan insonning biologic xususiyatlarini, jismoniy tomonlarini, psixologik holatlarini

о‘rganadi. San`at shularning barchasini bir kо‘lamda, bir vujud qiyofasini, uning hayotdagi о‘rnini
kо‘rsatib beradi. Demak, sanatning о‘ziga xos xususiyati bu badiiy qiyofa ekan. Qiyofalar orqali
fikrlash, uni yaratish sanatning burchi, asosiy vazifasidir. Mо‘yqalam ustalari ham, grafiklar ham,
haykaltaroshlar ham, bastakorlar ham, teatr, kino, televideniye ijodkorlari ham badiiy qiyofalar
yaratish ustida bosh qotirishadi. Badiiy qiyofalarsiz sanatni tasavvur qilish mumkin emas. Barcha
sanat turlarining, ijod xodimlarining asosiy maqsadi badiiy qiyofalar yaratishdir. Rejissorning
tashkilotchilik va boshqaruvchilik qobiliyati.

Har bir rejissorning о‘zi xush kо‘rgan, orzu qilgan mavzusi, syujetlari, qahramonlari

bо‘ladiki, imkon qadar shular haqida film olishga intiladi. Shuning uchun u ssenariy izlaydi,
topilgan kino ssenariy uning kо‘nglidagi ijod intilishlariga mos kelsa, jon deb ish boshlaydi.
Mabodo ssenariy unga tо‘g‘ri kelmasa, о‘zi ssenariy yozishi yoki uni hamfikr kinodramaturg bilan
hamkorlikda yaratishi mumkin. Mazkur holat hech qanday shubha, e’tiroz yoki qarshilik
uyǵotmaydi. Lekin, ssenariyni yozishga ketgan kuch-g‘ayrat, mehnat о‘zini oqlashi dargumon va
rejissyorlar hohlaydilarmi, yо‘qmi, tajribadan ma’lumki, buning salbiy natijasi filmni suratga olish
jarayonida seziladi. Tayyor ssenariy ustida ish anchayin murakkab jarayon. U ssenariy muallifi
bilan hamkorlikda kechadi.

Mavzu, g’oya aniqlanadi, obrazlarga aniqliklar kiritiladi. Lekin, eng muhimi, bu bosqichda

rejissyor fikrida bо‘lajak filmning umumiy mazmuni pishib yetiladi. О‘z filmi orqali о‘ziga ya’ni
bizga aytmoqchi bо‘lgan fikrlari aniqlanadi, tartibga keladi. Rejissyor fikri-niyatisiz bir qadam
ham siljish bо‘lmaydi, chunki aynan shu narsalar syujet rivojini, bо‘lajak filmning obrazli
qurilmasini belgilaydi. Fikr-niyat aniq bо‘lmasa, filmning qurilmasi nurab ketadi, uni kо‘rgan
tomoshabin esa film nima haqidaligini bilmay qolaveradi. Fikr-niyataniq, bо‘lgandankeyin,
navbatdagibosqich — filmni qanday janrda yaratish hisoblanadi. Janrni belgilash bо‘lajak
filmning shakli va stilini aniqlash demakdir. Rejissyor filmga qaysi aktyorlarni taklif etishi ham
uning janriga bog‘liq.

Adabiy ssenariy ustida ishlash jarayonida bо‘lajak filmning janrini aniqlash shart. Zero,

film kompozitsiyasi, obrazlar talqini, film tempo-ritmi,stilistikasi hamma-hammasi shunga
bog‘liq. Rejissyor mushohadalarining mazmuni, uning ssenariy ustida muallif bilan, yoki bir о‘zi
ishlashining mohiyati,qahramonlar xarakterlari, ular xatti-harakatlarining sabablari, dialoglar
aniqligi, lо‘ndaligi kabi aniq natijalarni kо‘zlaydi. Zero, rejissyor kelgusida filmning boshqa
tarkibiy jihatlarini aynan shunga bо‘ysundiradi. Kino о‘ziga xos san’at turi bо‘lib unda
ssenariydan tashqari filmlarning о‘zi ham oldi-sotdi qilinadi. Bunday oldi-sotdisiz kinoning
kelgusi taraqqiyoti samarali bо‘lmay qolishi mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

876

Aktyorlarni rollarga tanlash nihoyatda mas’uliyatli ish. Unda hatoga yо‘l qо‘yilsa, film

muvaffaqiyatsiz chiqishi mumkin. Agar rejissyor aktyor tanlashda hato qilmaslikni istasa,
birinchidan qahramonlar obrazlari ustida yaxshilab о‘ylab olishi kerak. U yordamchilarga qarab
о‘tirmay о‘z g‘oyasi va maqsadidagi aniq obrazni ijro etishga qodir ijrochini bexato topish uchun
turli teatr aktyorlarini va kinoaktyorlarni yaxshi bilishi lozim. Teatrdan farqli о‘laroq, kino
rejissyor aktyorlar bilan yetarlicha mashq qilish uchun "tayyorgarlik davrini" chо‘zib
yuborolmaydi. Agarda rejissyor aktyorni avvaldan yaxshi bilgan, ya’ni uning boshqa filmlarida
shu aktyor qatnashgan bо‘lsa, u holda ish ancha yengillashadi. Rejissyorning aktyorlar bilan
ishlash uslubi, xarakteri rejisyorgagina emas, aktyorlarning о‘ziga ham bog‘liq. Ulardan ba’zilari
alohida mashq etishni talab etmaydi, chunkitajribasi, mahorati rejissyorning talabini tushunishga
yordamberadi. Boshqa bir turdagi aktyorlar esa tajribali, hatto yuksak mahorat egasi bо‘lsa ham,
bо‘lajak roli haqida rejissyor batafsil gapirib berishini xohlaydilar.

Demak, har qanday holatda ham rejissyor о‘z filmida badiiy obraz yaratadigan aktyorlarga

diqqat-e’tibor bilan qarashi zarur. Rejissyorlar shartli ravishda ikki turga bо‘linadilar: ulardan
birini "aktyorlik" rejissyori deyiladi. Bu turdagi rejissyorlar kinoning barcha tasviriy vositalarini
teatrda bо‘lganidek aktyor imkoniyatlari orqali ifodalaydilar (N.G‘aniyev, SH.Abbosov,
E.Ishmuhammedov, A.Hamroyevlar).

Boshqa tipdagi rejissyorlar esa о‘z fikr va g‘oyalarini kino san’atining barcha ifoda

vositalari, shu jumladan, aktyorlar orqali ochishni ma’qul kо‘radilar (K.Yormatov, L.Fayziyev).
Teleekranlardatez-tez namoyish etib turiladigan jangari filmlarda aktyorlar о‘yini birqancha
maxsus effektlar bilan boyitiladi, ular filmdagi asosiy obrazni yaratishda aktyorga ham, rejissyorga
ham yordam beradilar. Rejissyor qaysi tipga taalluqli bо‘lmasin, badiiy kinoda uning ishi,ayniqsa
aktyorsiz bitmaydi. Suratga olish ishlari ketayotganda ham rejissyor aktyor bilan ishlashni davom
ettiradi.

REFERENCES

1.

Muhammedov.M <<Rejussura asoslari>>Toshkent - 2007

2.

Avdullaeva.M <<Rejussura>> Toshkent -2016

3.

M.MAHAMMEDOV,M.KARABAYEV,N.KASIMOVA,F.FAYZIYEVA <<Rejussura>>
Toshkent -2020

References

Muhammedov.M <>Toshkent - 2007

Avdullaeva.M <> Toshkent -2016

M.MAHAMMEDOV,M.KARABAYEV,N.KASIMOVA,F.FAYZIYEVA <> Toshkent -2020

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов