PALEODEMOGRAPHIC CALCULATION METHODS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdurahmonov, A. (2023). PALEODEMOGRAPHIC CALCULATION METHODS. Modern Science and Research, 2(6), 520–534. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21107
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article provides information on Paleodemographic calculation methods.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

520

PALEODEMOGRAFIK HISOBLASH USULLARI

Aliyorbek Abdurahmonov

https://doi.org/10.5281/zenodo.8029333

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Paleodemografik hisoblash usullari haqida malumotlar

keltirilgan.

Kalit so’zilar:

Paleodemografik tadqiqotlar, demografik vaziyat, hududlarga aholining

joylashishi, ijtimoiy stratifikatsiya.

PALEODEMOGRAPHIC CALCULATION METHODS

Abstract.

This article provides information on Paleodemographic calculation methods.

Keywords:

Paleodemographic studies, demographic situation, population placement in

regions, social stratification.

ПАЛЕОДЕМОГРАФИЧЕСКИЕ МЕТОДЫ РАСЧЕТА

Аннотация.

В этой статье представлена информация о методах

Палеодемографического расчета.

Ключевые слова:

Палеодемографические исследования, демографическая ситуация,

расселение по территориям, социальная стратификация.


Paleodemografik tadqiqotlar qadimgi qabilalarning yoyilish dinamikasini kuzatish

imkonini beradi. Ular orqali hududlarga aholining joylashishi qanday kechganligi, yodgorliklar
jam boʻlgan rayonlarni aniqlash mumkin. Bu esa, oʻz navbatida ushbu joylarning biror madaniyat
tarkibiy qismining markazi yoki muayyan ibodat maskani boʻlganligi (dafn yodgorliklari
kontekstida) masalasini oydinlashtirishga xizmat qiladi. Shunday qilib, ushbu izlanishlar turli
madaniyatlarning ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy jihatdan oʻzaro bog‘liqligini, muayyan jamiyat
ichidagi ijtimoiy stratifikatsiyani anglashga yordam beradi.

Albatta, paleodemografiya yuqoridagi masalalarni toʻla hal qilishga qodir emas. Buning

uchun uni boshqa bilim sohalaridagi, masalan, antropologik tadqiqotlar bilan toʻldirish mumkin.
Moddiy madaniyat tarixiga oid ma’lumotlar mazkur masalalarga yanada oydinlik kiritadi.

Paleodemografik modellar asosan tosh davrining ovchi va termachi jamoalari uchun

yaratiladi hamda foydalaniladi. Bronza davriga oid demografik rekonstruksiya uzoq vaqtgacha
faqat bir necha ishlardan iborat boʻlgan. Bu bronza davri yodgorliklari tarqalgan barcha hududlarni
oʻrganib chiqishdagi muammolar bilan izohlanadi. Umuman olganda bunday muammo barcha
davr yodgorliklariga xos. Biroq, XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab yangi texnologiya va
uslubiyotlarning paydo boʻlishi bu masalani ma’lum darajada hal qilish imkonini yaratdi.

S.N.Bibikovning “Paleolit davrini paleoiqtisodiy modellashtirishning ayrim jihatlari”

nomli ishida Dnepr, Desna, Don daryolari boʻyidagi ba’zi paleolit davri turar-joylari va
manzilgohlari hamda Sharqiy Sibirdagi paleolit davriga oid keng oʻrganilgan Malta va Buret
manzilgohlarini tahlil qilgan. Muallif paleolit manzilgohlaridagi turar joylar soni 10 dan
oshmaganligini qayd etadi . Tuzilishiga koʻra ular hozirgi Shimoliy Osiyo va Shimoliy Amerikada
yashovchi chukcha, aleut, nenets, toviy, komi kabi xalqlarning uyiga oʻxshaydi. Ayni vaqtda
ushbu uylar oʻsha davr merosi emas, balki paleolit davri odamlari va zamonaviy shimolliklarning
turmush tarzi va mashg‘ulotlari umummiyligi mahsulidir .

S.N.Bibikov XIX asr oxiri – XX asr boshlarida shimolliklar orasida oʻtkazilgan roʻyxatga

olish ma’lumotlariga asoslanib, shimol xalqlarining manzilgohlarida ikki xil – qishki va yozgi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

521

turargohlar mavjudligini qayd etadi. Birinchilari mustahkam qurilgan boʻlsa, ikkinchilari engil
konstruksiyaga ega edi. S.N.Bibikov A.N.Chernish, N.I.Boriskovskiy, B.Klimlarning arxeologik
tadqiqotlariga tayanib, turargohning ichida bir necha oʻchoqlar borligi, manzilgohlarning chekka
qismlarida esa yozgi turargohlarning qoldig‘i sifatida alohida gulxanlar topilganini ta’kidlaydi .

Yana bir misol tariqasida Desna daryosi boʻyidagi Pushkari I manzilgohida turargoh ichida

ham, uning tashqarisida ham uchtadan oʻchoq boʻlganini keltiradi. Bu holat boshqa
manzilgohlarda ham kuzatiladi. Bundan bitta turargohda bir necha oila istiqomat qilgan, degan
xulosa kelib chiqadi. S.N.Bibikovning hisobicha, uylarning ichkari va tashqarisidagi oʻchoqlar
hamda “ishlab chiqarish oʻrinlari”ning soniga qarab paleolit davri manzilgohida yashagan oilalar
sonini aniqlash mumkin. Ushbu modelni asos qilib olgan holda, S.N.Bibikov oʻchoqlar (gulxanlar)
soni oilalar soniga teng, deb xulosa beradi . U etnografik ma’lumotlarga tayanib, paleolit davri
oilasi 5–7 kishidan iborat boʻlganini taxmin qiladi.

Shuningdek, tadqiqotchi qadimgi odamlarning goʻshtga boʻlgan ehtiyojini ham inobatga

oladi. U shimol xalqlariga parallel oʻtkazgan holda manzilgoh aholisining goʻshtga boʻlgan yillik
ehtiyoji 11 tonnani tashkil etishini hisoblab chiqqan. Tabiiy resurslar bazasi e’tiborga olinsa,
manzilgohning mavjud boʻlish davri 22–23 yilni tashkil etgan.

Shu bilan birga S.N.Bibikov aniq paleodemografik hisob-kitoblarga toʻsqinlik qiluvchi

jihatlarni ham qayd etadi. Hududlar boʻyicha aniq xronologik boʻlinish va ular oʻrtasida
sinxronizatsiyaning mavjud emasligi, oʻtroq yashovchi jamoalarning ham koʻchishi, qadimda
mavjud boʻlgan yodgorliklarning aniqlanganlariga nisbatan koʻproq ekanligi shular jumlasidan.
Umuman olganda, S.N.Bibikovning demografik tuzilishni aniqlash modeli quyidagilardan iborat:

1. Manzilgohdagi yoki qatlamdagi oilalarning umumiy sonini hisoblash.
2. Oila a’zolari sonini hisoblab chiqish.
3. U yoki bu hududdagi oilalar sonini hisoblash.
4. Umumiy natijalarni hisoblash.
Ushbu model paleolit jamiyati uchun yaratilgan boʻlsa-da, mazkur tamoyillar toʻldirilgan

holda boshqa tarixiy davrlarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.

V.M.Masson ham oʻzining Osiyo va Sharqning qadimgi imjtimoiy va xoʻjalik tizimlari

rekonstruksiyasi hamda oʻrganish usullariga bag‘ishlangan “Qadimgi jamiyatlarning iqtisodiyoti
va ijtimoiy tuzumi” nomli ishida paleodemografik tahlil mavzusiga toʻxtaladi . U tavsiflagan
usullardan biri yuqorida tilga olingan S.N.Bibikovning usuliga asoslanib, alohida manzilgohdagi
aholi sonini aniqlash orqali katta hududdagi aholi zichligini hisoblab chiqishdan iboratdir. Ayni
damda natijalar aniqligi yuqori boʻlishi uchun mazkur usul manzilgohlarning toʻlaligicha ochilgan
boʻlishini talab etadi. Bunda turargohlarning joylashish zichligi, oʻlchami va nima uchun xizmat
qilishi inobatga olinadi .

V.M.Masson bir qator tadqiqotchilar, jumladan, K.Renfryu bushmenlar, Yaqin Sharq,

Pokiston shaharlari aholisi zichligini oʻrganib, ulardagi koʻrsatgichlarni neolit, ilk, oʻrta va soʻnggi
bronza davri Egey dunyosi voqeligiga koʻchirganini qayd etadi. Bunday baholash konkret
arxeologik ma’lumotlarga asoslanmagani uchun V.M.Masson uni “gipotetik”, deb izohlaydi .

V.M.Masson K.Renfryuga tayanib, yana bir usulni keltiradi. Bunda hududning

xususiyatlarini aniqlash uchun bir madaniyat yoyilgan har 1000 kv. km. maydondagi manzilgohlar
koeffitsenti sonini hisoblash zarur boʻladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

522

V.M.Masson aholi sonini hisoblashning yana bir usulini taklif qilib, bunda hisob-kitob

muayyan ekologik tizimda jamoa yurituvchi xoʻjalik turi talab qiladigan ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan kelib chiqadi. Masalan, ovchi qabilalaridagi aholi sonini aniqlash ekologik
muvozanatni buzmagan holda tabiiy koʻpayishni inobatga olib biomassaning maydon birligiga
nisbatan miqdorini hisoblashdan iborat boʻladi . Ushbu usul arxeologik ma’lumotlar bilan ham
toʻldirilishi joiz.

A.N.Gey tomonidan bronza davri mozor-qoʻrg‘onlari asosida qadimdagi demografik

holatni baholash usullari qoʻllanadi. U oʻzining aholi sonini hisoblash metodikasini bir necha
bosqichga boʻladi.

Birinchi bosqich – mazkur yodgorliklarni qoldirgan qadimgi aholining jinsiy tarkibi va

yashash davomiyligini aniqlash. A.N.Geyning ta’kidlashicha, mazkur bosqich faqat antropologlar
tomonidan yosh va jinsiy tarkibi aniqlanib qazilgan mozorlarda qoʻllanilishi mumkin. Bunday
holat esa kam uchraydi.

Ikkinchi bosqich – aholi umumiy sonini, joylashish xarakteri va zichligini hisoblash.

Mazkur bosqichni amalga oshirish uchun muayyan hududdagi dafn yodgorliklarining umumiy
zichligini aniqlash zarur boʻladi. Misol tariqasida A.N.Gey Kuban daryosining oʻng tomonidagi
6400 kv. km. da 2666 ta qoʻrg‘on hisoblanganini keltiradi.

Uchinchi bosqich – oʻrganilayotgan hududda qoʻrg‘onlarga dafn etish xos boʻlgan

madaniyatlarga tegishli dafnlarning umumiy sonini aniqlash. Tadqiqotchi dafnlar sonini ikki xil
yoʻl bilan aniqlash mumkinligini ta’kidlaydi. Birinchisi – tadqiqot uchun tanlangan
madaniyatlarga tegishli dafnlarning oʻrtacha sonini aniqlab, olingan ma’lumotlarni butun
yodgorlik majmuasiga qoʻllash. Ikkinchisi – arealning turli qismlarida va har xil balandlikdagi
qoʻrg‘onlarda turli madaniyatlarning dafnlari bir tekisda taqsimlanmaganini inobatga olib
differensial hisob-kitobni amalga oshirish. Bu usullarning birini ikkinchisidan ustun deb
boʻlmaydi.

Shunday qilib, ushbu model ham yuqorida tilga olingan usullarga asoslansa-da, ulardan

farqli ravishda koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turmush tarzidagi qabilalar uchun tuzilgan.
Ta’kidlash joizki, A.N.Gey tomonidan taklif etilgan bu usul koʻproq bronza davri aholisining
zichligini rekonstruksiya qilishda qoʻl keladi.

Shu oʻrinda yana bir jihatga ahamiyat berish joiz. Qoʻrg‘onlarga dafn etilgan odamlar oʻsha

jamoada muayyan ijtimoiy mavqega ega boʻlgan. Ularning ma’lum manzildagi sonini hisoblab,
soʻng katta hududga ekstrapolyasiya qilish orqali oʻsha jamoaning yuqori tabaqalariga mansub
aholi sonini chiqarish mumkin xolos. Aholi joylashuvining yaxlit manzarasini hosil qilish uchun
manzilgohlar va oʻra qabrlar materiallariga asoslangan demografik tuzilmalar modelini ham
qoʻllash zarur.

V.N.Fedosova va T.I.Alekseevalar paleodemografiyaning asosiy muammolarini tahlil qilar

ekan, tuzilmalar uchun zarur boʻlgan antropologik ma’lumotlarning sifatiga toʻxtalib oʻtadi.
Paleodemografik rekonstruksiyalarning yuqori sifatini ta’minlaydigan birinchi shart – bu toʻla
qazilgan mozorlardir. Ikkinchi shart – turli yoshdagi dafn etilganlarning son tarkibi haqidagi toʻliq
ma’lumotlarning mavjudligi. Mualliflarning qayd etishicha, bunda asosiy muammolardan biri
chaqaloq va yosh bolalarga tegishli materialning kamligidir .

Ya.Pyonteki A.Veber paleodemografik ma’lumotlarni “real” demografiya bilan solishtirish

oʻrinli emas, deb hisoblaydi. Chunki qadimgi va zamonaviy aholini oʻrganishga nisbatan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

523

yondashuvlar tubdan farq qiladi. Materialni paleodemografik tadqiq etish doirasida oʻlim va
tug‘ilishning rekonstruktiv koʻrsatgichlariga asoslanib, paleopopulyasiyalarning biologik statusini
baholash muhim hisoblanadi. Bu turli madaniy va ijtimoiy tizimlarga tegishli guruhlarning yashab
qolish strategiyalari samaradorligini solishtirishga imkon beradi.

R.Meyndlning bir guruh tadqiqotchilar bilan hammmualliflikda yaratgan ishida ham qator

ahamiyatga molik fikrlar keltiriladi. Jumladan, tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ayollarda jinsiy
belgilar erkaklardan koʻra yaqqol ifodalanganligi sababli skeletlar va mayitlarning jinsiy
mansubligini aniqlashda erkak qoldiqlarini ayolga tegishli deb hisoblash ehtimoli katta . Bunday
xatolikka yoʻl qoʻymaslik uchun antropolog mutaxassislar va ularning mavzuga doir ishlarini jalb
qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Nemis mutaxassisi U.Vitver-Basxofenning fikricha, paleodemografik rekonstruksiyani

muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun qabrlarning xronologiyasi va xususiyatlarini bilgan holda
ularda toʻliq osteologik seriyaning mavjudligi talab qilinadi .

P.G.Romanova yosh va jinsiy tarkibni aniqlashda bolalarga tegishli materialning

etishmasligi muammosini hal qilish uchun bir-biridan farq qiluvchi ikki paleopopulyasiyani
modellashtirishga harakat qiladi. Misol tariqasida u Rossiyaning Stavropol oʻlkasida ilk bronza
davrida bolalar oʻlimi 10 va 30 % ni tashkil etgan ikki paleopopulyasiya mavjud boʻlganini taxmin
qiladi. Bu ma’lum darajada tadqiqotchi tomonidan keltirilgan arxeologik ma’lumotlar bilan ham
tasdiqlanadi .

Yuqoridagilarga xulosa yasab aytish mumkinki, paleodemografik modellarni yaratishda

rivojlanishda oʻxshash boʻlishiga qaramay zamonaviy jamoalarga asoslanishda ehtiyotkor boʻlish
zarur. Bunda iqlim, hudud, xoʻjalik yuritish darajasi kabi ta’sir etuvchi omillarni inobatga olish
kerak. Shuningdek, tahlil jarayonida moddiy madaniyat, dafn marosimlari va boshqa
xususiyatlarga asoslanib aholining chaqaloqlardan qariyalargacha tortib barcha yosh turlarini
nazarda tutuvchi paleopopulyasiya modelini yaratish lozim. Bundan tashqari ish jarayonida hech
qanday shubha uyg‘otmaydigan osteologik bazani hosil qilish zarur.

V.N.Fedosova oʻz ishida Evroosiyo, Afrika, Osiyo, Amerika, Avstraliya va Okeaniya

hududlaridagi aholining paleolitdan boshlab XIX asrgacha boʻlgan davrdagi yosh tarkibi va
zichligi boʻyicha ma’lumotlarni keltiradi. Masalan, Ukrainadagi mezolit davriga oid Vasilevka III
qabristonida bolalar oʻlimi salmog‘i 30 %, Vasilevka I va Voloshskoe qabristonlarida mos
ravishda 4 va 5,2 % ni tashkil etadi. Evropa paleopopulyasiyalari uchun bu koʻrsatgich 26,2 dan
63% gacha borsa, Sibir va Oʻrta Osiyo aholisi uchun 40,4 dan 59,7% ni tashkil etadi .
G.P.Romanova keltirgan ma’lumotlarga koʻra, neolit va bronza davrlarida Evropa hududida
bolalar oʻlimi 7 dan 67,1% gacha, Sibir va Oʻrta Osiyoda 22,5 dan 50% gacha borgan .

Shuningdek, V.N.Fedosova Janubi-G‘arbiy Osiyo hududi aholisining oʻlim yoshi haqida

ma’lumotlarni keltiradi. Paleolitga nisbatan neolit davrida oʻrtacha oʻlim yoshi 30-35ni tashkil
etadi. Eneolitda erkaklarning oʻrtacha yoshi 31-35 ni tashkil etsa, ayollarniki 29 yoshga tushib
ketadi. Bronza davrida bu koʻrsatgichlar deyarli oʻzgarmay erkaklarda 32, ayollarda 30 yoshni
tashkil etadi.

Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib, V.N.Fedosova yosh oʻzgaruvchanligi jarayonini

tuzilmasini ishlab chiqadi. Unga koʻra, dastlab demografik koʻrsatkichlarning yomonlashishi
ekotizim elementlari (ya’ni inson-tabiat, tabiat-inson) oʻzaro ta’siri mexanizmlarining yoʻlga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

524

qoʻyilmagani bilan izohlanadi. Keyinchalik muayyan iqtisodiy omillarni bartaraf etish orqali
barcha biologik koʻrsatgichlar yaxshi tomonga oʻzgara boshlagan .

A.E.Kisliy tomonidan mezolit davridan ilk davlatchilik davrigacha boʻlgan oraliqda aholi

soni oʻsish va kamayish dinamikasini izohlovchi rivojlanishning demostatik modeli ishlab
chiqilgan. U oʻz ishida Shimoliy Qora dengizboʻyi hududida XIX asr oxirigacha boʻlgan oʻrtacha
oʻlim yoshi haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. Uning fikricha, arxeologik ma’lumotlarga koʻra
mezolit davrida manzilgohlar soni unchalik koʻp boʻlmagan va oʻz-oʻzidan aholi soni ham kam
edi. Neolitda vaziyat aholi sonining bir muncha oshishi tomonga oʻzgaradi. Bronza davrida esa
aholi soni ancha ortgan. Shunday qilib, A.E.Kisliy neolit-bronza davrida yashash davomiyligining
pasayishi va aholi koʻpayish suratlarining oshishini oʻzlashtiruvchi xoʻjalikdan ishlab chiqaruvchi
xoʻjalikka oʻtilishi hamda ish kuchi salohiyatini koʻpaytirish zaruriyati bilan izohlaydi.

Soʻnggi bronza davrining oxirida aholi soni kamayib, bu holat skif-armat davrida ham

davom etadi. A.E.Kisliyning fikricha, Shimoliy Qora dengizboʻyidagi ekstensiv dasht xoʻjaligi
sharoitida etarlicha demopotensial yaratilmagan edi. Bronza davri oxirida iqlimning
yomonlashishi aholi oʻsishining kamayishi va buning natijasi oʻlaroq yashash davomiyligining
ortishiga olib keladi. A.E.Kisliy bu jarayonni demografik oʻtish deb ataydi .

Shuningdek, A.E.Kisliyning ta’kidlashicha, aholi stabilligiga erishilgach, aholi soni

geometrik progressiyada oʻsa boshlaydi va oʻsish suratlari yuqorilagani sari yashovchilar soni
shuncha tez kamayib boradi . Tadqiqotchi ushbu mexanizmlarni oʻzining “Tarixni demografik
oʻlchash” nomli monografiyasida batafsil tavsiflaydi.

V.V.Sidorov tomonidan demografik hisob-kitoblarda oʻziga xos yangilik taklif qilinadi . U

qaysidir ma’noda S.N.Bibikov tomonidan ilgari surilgan neolit davri manzilgohlarining qurilish
xususiyatlari va oʻchoqlar soniga tayanib paleodemografik modellashtirish g‘oyasini davom
ettiradi. Tadqiqotchining hisob usuli oʻrganilayotgan jamoalarga xos xoʻjalik birliklari va
jamoalarning kattaligini aniqlashga asoslanadi. Ushbu usulning tuzilishi quyidagicha:

1) bitta jamoadagi aholi sonini aniqlash. Bunda turargohdagi oʻchoqlar soni va idish-

tovoqlarning hajmi inobatga olinadi.

2) bir vaqtning oʻzida istiqomat qilishi mumkin boʻlgan jamoalar sonini aniqlash.

V.V.Sidorovning ta’kidlashicha, buning uchun ikki narsa talab etiladi. Biri – yirik sof komplekslar,
ikkinchisi – keng koʻlamli razvedka ishlari. Bu usuldan foydalangan tadqiqotchining qayd
etishicha, Moskva atroflaridagi 100 ming kv.km. hududda 42 jamoa istiqomat qilishi mumkin
boʻlgan boʻlsa, Kostroma atrofidagi 60 ming kv.km maydonda bu jamoalar soni 6 dan oshmas edi.
Bunday past koʻrsatgich manzilgohlar va turargohlar joylashgan koʻllarning soni va qulayligi bilan
izohlanadi.

A.T.Sinyuk A.N.Gey va S.J.Pustovalovning ishlarini tahlil qilib, mozor qoʻrg‘onlarga

asoslangan paleodemografik tuzilmalarni tanqid qiladi. U bunday usul bilan hisoblangan aholi
sonini shubha ostiga olib, demografiyani aniqlashda oʻra qabrlarga afzallik beradi. Uning fikricha,
qoʻrg‘onlarni barpo etish katta kuch talab etishi e’tiborga olinsa, jamoaning barcha a’zolari uchun
bunday inshootlarni yaratish mumkin boʻlmagan. Bundan tashqari, nobud boʻlgan qoʻrg‘onlar soni
qoʻshib hisoblanganda ham mavjud qoʻrg‘onlar soni qabilalarning yashab qolishi uchun zarur
boʻlgan odamlarning hatto minimal soniga mos kelmaydi . Boshqacha aytganda, qoʻrg‘onlarga
faqat jamoaning imtiyozli tabaqasi dafn etilgan. Biroq, A.T.Sinyuk oʻz tadqiqotini olib borgan
Don daryosi boʻyidagi oʻrmon-dasht hududidagi oʻra qabrlar soni juda kam sonli – 20–30ta boʻlib,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

525

koʻpincha 50ta dafndan oshmaydigan nekropollardan iborat boʻlgan. Shuning uchun mozor
qoʻrg‘onlar asosida aholi sonini aniqlash mumkin emas, degan fikr oʻzini oqlamaydi.

Demak, yuqoridagilarga tayanib hozirda aholi sonini hisoblashning ikkita asosiy yoʻnalishi

mavjudligini aytish mumkin. Ularning har biri oʻz yodgorlik turi, ya’ni manzilgohlar va
qabristonlarga asoslanadi. Birinchi yoʻnalish katta va kichik jamoalardagi aholi sonini
manzilgohlardagi turar-joylarning tuzilishi va odamlarning yashashi uchun zarur boʻlgan oziq-
ovqat zahirasini hisoblash orqali aniqlashdan iborat. Bu yoʻnalish, asosan, paleolit-neolit va
qisman bronza, ilk temir davri jamoalariga nisbatan qoʻllanadi.

Ikkinchi yoʻnalish aholi sonini jins va yosh tarkibini aniqlab, antropologiya, oʻra qabrlar

va mozor qoʻrg‘onlardagi dafnlarni qoʻllagan holda hisoblashni taqozo etadi. Bu yoʻnalish, asosan,
bronza va ilk temir davri uchun qoʻllanadi. Har ikki yoʻnalishda ham hisob-kitoblarning oʻziga
xos “tarmoqlari” mavjud boʻlsa-da, asosiy tamoyillar saqlanib qoladi.

Keltirilgan metodikalar bir-birini toʻldirib, haqiqatga yaqin demografik vaziyatni aks

ettiruvchi natijalarni olish imkonini beradi. Shu bilan birga, toʻlaqonli rekonstruksiya qilish uchun
etishmayotgan ma’lumotlarni toʻldirishda ba’zi analogiyalarni, ayniqsa, etnografik oʻxshatishlarni
tanlashga ehtiyotkorlik bilan yondashish zarur.

REFERENCES

1.

Мўйдинов, А. (2021). ЁШЛАРНИ ТУРЛИ ТАҲДИДЛАРДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШДА
АЖДОДЛАР МЕРОСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ.

Academic

research in educational sciences

,

2

(2), 132-137.

2.

Asilbek, M. (2022). SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF EDUCATION OF AN
ENLIGHTENED PERSON IN THE DEVELOPMENT OF SOCIETY. Conferencea, 183-
186.

3.

Adham o’g’li, M. A. (2022). THE ROLE OF NATIONAL WITCHCRAFT HERITAGE
IN

THE

SPIRITUAL

RISE

OF

SOCIETY

(SOCIO-PHILOSOPHICAL

ANALYSIS).

American Journal of Interdisciplinary Research and Development

,

10

, 122-

127.

4.

Muydinov, A. (2022). ENLIGHTENMENT IN TURKESTAN IN THE SECOND HALF
OF THE XIX-EARLY XX CENTURIES. ENLIGHTENMENT BY JADID
SCHOOL.

ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW

ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603

,

11

(10), 14-20.

5.

Ruzmatovich, U. S. (2022). PROCESSES OF ORGANIZATION OF TECHNICAL,
TACTICAL AND PHYSICAL PREPARATION IN NATIONAL WRESTLING
TRAINING.

INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT,

ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876

,

16

(3),

65-68.

6.

Ruzmatovich, U. S. (2022). CHANGES EXPECTED TO COME IN OUR LIFE
MOVEMENTS.

Web of Scientist: International Scientific Research Journal

,

3

(3), 485-

489.

7.

Shohbozjon, K., & Azizjon, M. (2022). PREPARING SCHOOL STUDENTS IN THE
FIELD OF PHYSICAL CULTURE AND SPORTS BEFORE ENTRY TO HIGHER


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

526

EDUCATION.

INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT,

ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor:
6.876

,

16

(10), 100-108.

8.

Shavkatovna, S. R. (2021). Developing Critical Thinking In Primary School
Students.

Conferencea

, 97-102.

9.

Oljayevna, O., & Shavkatovna, S. (2020). The Development of Logical Thinking of
Primary School Students in Mathematics.

European Journal of Research and Reflection in

Educational Sciences

,

8

(2), 235-239.

10.

Uljaevna, U. F., & Shavkatovna, S. R. (2021). Development and education of preschool
children.

Academicia: an international multidisciplinary research journal

,

11

(2), 326-329.

11.

Shavkatovna, S. R. N. (2021). Methodical Support Of Development Of Creative Activity
Of Primary School Students.

Conferencea

, 74-76.

12.

Rа’nоxоn,

S.

(2022).

BОSHLАNG'ICH

MАKTАB

О'QUVCHILАRIDА

MАTEMАTIKАGА MUNОSАBАT.

IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN

ILMIY JURNALI

,

2

(11), 203-207.

13.

Shavkatovna, S. R. (2021). Methodological Support for The Development of Primary
School Students' Creative Activities.

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

,

2

, 121-

123.

14.

Shavkatovna, S. R. (2021). Improvement of methodological pedagogical skills of
developing creative activity of primary school students.

ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal

,

11

(10), 289-292.

15.

Шарофутдинова, Р., & Абдуллаева, С. (2022). ФИКРЛАШ ҚОБИЛИЯТИНИ
РИВОЖЛАНТИРИШДА

МЕНТАЛ

АРИФМЕТИКА.

IJTIMOIY

FANLARDA

INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(11), 235-239.

16.

Maxamadaliyevna, Y. D., Òljayevna, Ò. F., Qizi, T. D. T., Shavkatovna, S. R. N., &
Anvarovna, A. O. (2020). Pedagogical Features Of Mental Development Of Preschool
Children.

Solid State Technology

,

63

(6), 14221-14225.

17.

Sharofutdinova, R. I., Asadullaev, A. N., & Tolibova, Z. X. (2021). The Factors and Basic
Concepts Determining Community Health.

Central Asian Journal of Medical and Natural

Science

,

2

(5), 376-379.

18.

Iqbоljоn, S. (2022). Bоshlаng'ich Sinf о'quv Jаrаyоnidа Аxbоrоt Texnоlоgiyаlаridаn
Fоydаlаnish. Ijоdkоr о'qituvchi, 2(20), 137-140.

19.

Iqbоljоn, S. (2022). KОMPYUTER YОRDАMIDА DАRSLАRNI TАSHKIL ETISH.
О'ZBEKISTОNDА FАNLАRАRО INNОVАTSIYАLАR VА ILMIY TАDQIQОTLАR
JURNАLI, 1(9), 246-249.

20.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). DEVELОPMENT ОF АCMEОLОGICАL CОMPETENCE ОF
FUTURE EDUCАTОRS IN THE CОNDITIОNS ОF INFОRMING EDUCАTIОN.
Internаtiоnаl Bulletin оf Аpplied Science аnd Technоlоgy, 3(5), 424-429.

21.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). THE АCTUАL STАTUS ОF THE METHОDОLОGY ОF
DEVELОPING АCMEОLОGICАL CОMPETENCE ОF FUTURE EDUCАTОRS IN


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

527

THE CОNDITIОNS ОF INFОRMING EDUCАTIОN. Академические исследования в
современной науке, 2(12), 206-213.

22.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). BО ‘LАJАK PEDАGОGLАRNING АKMEОLОGIK
KОMPETENTLIGINI RIVОJLАNTIRISH METОDIKАSINING АMАLIYОTDА
QОLLАSH. Педагогика и психология в современном мире: теоретические и
практические исследования, 2(7), 54-58.

23.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). PEDАGОGIK-PSIXОLОGIK FАNLАRNING BО ‘LАJАK
PEDАGОGLАRNING

АKMEОLОGIK

KОMPETENTLIGINI

RIVОJLАNTIRISHDАGI О ‘RNI.

Общественные науки в современном мире:

теоретические и практические исследования

,

2

(6), 17-24.

24.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). TА’LIMNI АXBОRОTLАSHTIRISH SHАRОITIDА BО
‘LАJАK

PEDАGОGLАRNING

АKMEОLОGIK

KОMPETENTLIGINI

RIVОJLАNTIRISH

MEXАNIZMLАRINI

TАKОMILLАSHTIRISHNING

PEDАGОGIK TIZIMI.

Инновационные исследования в современном мире: теория и

практика

,

2

(14), 13-19.

25.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). TА’LIMNI АXBОRОTLАSHTIRISH SHАRОITIDА BО
‘LАJАK

PEDАGОGLАRNING

АKMEОLОGIK

KОMPETENTLIGINI

RIVОJLАNTIRISH MОDELI.

Наука и технология в современном мире

,

2

(13), 77-84.

26.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). STRUCTURE АND CОMPОNENTS ОF THE
DEVELОPMENT ОF АCMEОLОGICАL CОMPETENCE ОF FUTURE EDUCАTОRS
IN THE CОNDITIОNS ОF EDUCАTIОN INFОRMАTIОN.

Internаtiоnаl Bulletin оf

Аpplied Science аnd Technоlоgy

,

3

(4), 574-580.

27.

Shаrоfutdinоv, I. (2023). FОRMS ОF SELF-DEVELОPMENT IN FUTURE
PEDАGОGUES BАSED ОN THE АCMEОLОGICАL АPPRОАCH IN THE PRОCESS
ОF INFОRMАTIZАTIОN ОF EDUCАTIОN. Science аnd innоvаtiоn, 2(B3), 5-8.

28.

Usmоnjоn

о’g’li,

S.

I.

(2022).

TА’LIM

TIZIMIDА

RАQАMLI

TEXNАLОGIYА.

INNОVАTIVE

DEVELОPMENTS

АND

RESEАRCH

IN

EDUCАTIОN

,

1

(12), 120-128.

29.

Абдужабборов, А., & Шарофутдинова, Р. (2023). БОШЛАНҒИЧ СИНФ
ЎҚУВЧИЛАРИДА

ИЖОДИЙ

ФАОЛИЯТНИ

РИВОЖЛАНТИРИШГА

ҚАРАТИЛГАН ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ.

30.

Sharofutdinova, R., & Abduqodirov, B. (2023). DEVELOPMENT OF CREATIVE
ACTIVITY OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS IN THE EDUCATIONAL
PROCESS.

Modern Science and Research

,

2

(5), 904-910.

31.

Sharafutdinova, R., & Abdujabborov, A. (2023). EDUCATIONAL TECHNOLOGIES
AIMED AT THE DEVELOPMENT OF CREATIVE ACTIVITY IN PRIMARY
SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(5), 890-896.

32.

Шарофутдинова,

Р.

(2023).

ИЖОД

ТУШУНЧАСИ

ФАОЛИЯТНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

МЕХАНИЗМИ.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(19), 854-861.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

528

33.

Шарофутдинова, Р. (2023). БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ ИЖОДИЙ
ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ-ИЖТИМОИЙ ПЕДАГОГИК ЗАРУРАТ
СИФАТИДА.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR

VA

ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(19), 842-847.

34.

Шарофутдинова, Р., & Абдуқодиров, Б. (2023). ТЕХНОЛОГИК ТАЪЛИМ
ЖАРАЁНИДА

ЎҚУВЧИЛАРИНИНГ

ИЖОДИЙ

ФАОЛИЯТИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ ВА ТАМОЙИЛЛАРИ.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(19), 862-868.

35.

Шарофутдинова, Р., & Абдужабборов, А. (2023). ТЕХНОЛОГИК ТАЪЛИМНИНГ
ИЖОДИЙ

ЙЎНАЛТИРИЛГАНЛИГИДА

ҲАМКОРЛИК

КЛАСТЕРИ.

O'ZBEKISTONDA

FANLARARO

INNOVATSIYALAR

VA

ILMIY

TADQIQOTLAR JURNALI

,

2

(19), 848-853.

36.

Shavkatovna, S. R. N., & Sohibaxon, S. (2023). MАXSUS TА'LIMNING RIVОJLАNISH
BОSQICHLАRI. O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI, 2(19), 830-836.

37.

Ra'noxon, S., Mahpuza, A., & Rahmatjonzoda, A. (2022). THEORETICAL
FOUNDATIONS FOR THE DEVELOPMENT OF LOGICAL THINKING WITH THE
HELP OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES.

Web of Scientist: International Scientific

Research Journal

,

3

(11), 881-885.

38.

Mahpuza, A., & Rаhmаtjоnzоdа, А. (2022). THE USE OF MODERN PEDAGOGICAL
TECHNOLOGIES

IN

MATHEMATICS

LESSONS

IN

ELEMENTARY

SCHOOL.

European International Journal of Multidisciplinary Research and

Management Studies

,

2

(11), 213-217.

39.

Maxamadaliyevna, Y. D., & O‘ljayevna, O. R. F. (2020). Tursunova Dilnavoz To ‘lqin
qizi, Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, Ashurova Oygul Anvarovna. Pedagogical
features of mental development of preschool children.

Solid State Technology

,

63

(6).

40.

Mirzaxolmatovna, X. Z., Nematovna, R. S., & Shavkatovna, S. R. (2022). FORMS OF
THINKING IN THE PROCESS OF STUDYING MATHEMATICS.

European

International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

2

(12), 259-

263.

41.

Ganiev, A. A., Abdullaev, S. Y., & Abdurahmonov, S. Z. (2021). Combined treatment for
early-stage skin cancer of the head and neck area.

World Bulletin of Public Health

,

4

, 3-6.

42.

Ganiev, A. A., & kizi Ganieva, O. O. TASAVVUF TARIQATI YO ‘NALISHLARI VA
NAQSHBANDIYA TARIQATINING O ‘ZIGA XOS JIHATLARI.

43.

Ruzmatovich, U. S., & Shohbozjon G‘ayratjon o‘g, Q. (2023). Uzbekistan's General
Education School Physical Education Programme: A Curriculum Analysis. Best Journal of
Innovation in Science, Research and Development, 2(5), 184-193.

44.

Ruzmatovich, U. S., & Shohbozjon G‘ayratjon o‘g, Q. (2023). Examining the First Age
Group's Health Test Needs for" Salomatlik" Regulation Using the Dynamic of Children's
Motor Potential. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(5),
194-200.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

529

45.

Kosimov, K., & Mamayusupov, J. (2019). Transitions melline integral of fractional
integrodifferential operators.

Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of

Engineering and Technology

,

1

(1), 12-15.

46.

Qo‘Ziyev, S. S., & Mamayusupov, J. S. (2021). Umumiy o ‘rta ta’lim maktablari uchun
elektron darslik yaratishning pedagogik shartlari.

Oriental renaissance: Innovative,

educational, natural and social sciences

,

1

(10), 447-453.

47.

Мамаюсупов, Ж. Ш. (2022). Интегральное преобразование Меллина для оператора
интегродифференцирования дробного порядка.

Periodica Journal of Modern

Philosophy, Social Sciences and Humanities

,

11

, 186-188.

48.

Mamayusupov, J. S. O. (2022). “IQTISOD” YO’NALISHI MUTAXASSISLARINI
TAYYORLASHDA MATEMATIKA FANINI O’QITISH USLUBIYOTI.

Academic

research in educational sciences

,

3

(3), 720-728.

49.

Mamayusupov, J., & Sattarov, A. (2022). Mellin Integral Replacement and its
Applications.

Eurasian Research Bulletin

,

15

, 256-263.

50.

Shoyunus o'g'li, M. J. (2023). PISA XALQARO BAHOLASH TIZIMI VA UNING
MATEMATIK AHAMIYATI.

Journal of new century innovations

,

25

(1), 3-8.

51.

Shoyunus o'g'li, M. J. (2023). MATEMATIK MODEL VA MATEMATIK
MODELLASHTIRISHNING UMUMIY PRINSIPLARI.

World scientific research

journal

,

13

(1), 45-48.

52.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

53.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

54.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

55.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

56.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).

57.

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

58.

Soxibov, S. (2023). THE FIGHT AGAINST CORRUPTION IS A HUGE TASK.

Modern

Science and Research

,

2

(5), 1037-1041.

59.

Soxibov, S. (2023). MEASURES TO FIGHT AGAINST CORRUPTION.

Modern Science

and Research

,

2

(5), 1031-1036.

60.

Anvar o‘g‘li, S. S. (2023). PHILOSOPHICAL-ANALYTICAL ANALYSIS OF
CONFLICT

OF

INTEREST

AND

PREVENTION

OF

CORRUPT


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

530

RELATIONS.

International journal of advanced research in education, technology and

management

,

2

(3).

61.

Anvar o’g’li, S. S. (2021, April). THE ROLE OF RELIGIOUS AND MORAL
EDUCATION IN THE FIGHT AGAINST CORRUPTION, ALONG WITH THE USE OF
ECONOMIC AND LEGAL FACTORS. In

E-Conference Globe

(pp. 55-57).

62.

Нажмиддинов, Э., & Мухамедиев, М. (2023). FISH HELMINTHS IN FISH
RESERVOIRS OF FERGANA VALLEY.

International journal of advanced research in

education, technology and management

,

2

(3).

63.

Нажмиддинов, Э. Х., & Муҳаммадиев, М. А. (2022). ФАРҒОНА ВОДИЙСИ СУВ
ҲАВЗАЛАРИ

БАЛИҚЛАРИ

ГЕЛЬМИНТЛАРИНИНГ

ТУР

ТАРКИБИ.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION

,

1

(12),

60-68.

64.

Нажмиддинов, Э. Х. (2022). ФАРҒОНА ВОДИЙСИ СУВ ҲАВЗАЛАРИ
БАЛИҚЛАРИ ГЕЛЬМИНТЛАРИ.

IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN

ILMIY JURNALI

,

2

(11), 189-194.

65.

Najmiddinov, E. (2022). THE SIGNIFICANCE OF NATURE IN THE FORMATION OF
PRESCHOOL

CHILDREN

IN

THE

IDEAL

GENERATION.

Science

and

Innovation

,

1

(8), 149-154.

66.

Najmiddinov, E. (2022). " ICHTHYOLOGY AND HYDROBIOLOGY" PROSPECTS
FOR THE DEVELOPMENT OF DIRECTIONS IN UZBEKISTAN.

Science and

Innovation

,

1

(8), 152-160.

67.

Abidjanovich, A. A. (2022). THE NEED TO IMPROVE HUMAN'S NOOSPHERICAL
RELATIONSHIP TO NATURE.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429

,

11

(11), 23-30.

68.

Abidjanovich, A. A. (2022). THE ROLE OF CONTINUOUS EDUCATION SYSTEM IN
IMPROVING PERSONAL ECOLOGICAL CULTURE.

INTERNATIONAL JOURNAL

OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact
factor: 7.429

,

11

(11), 5-12.

69.

Абдумаликов, А. (2022). АТРОФ-МУҲИТНИ АСРАШ БЎЙИЧА МИЛЛИЙ
СТРАТЕГИК РЕЖА ВА УНИНГ АҲАМИЯТИ.

Central Asian Academic Journal of

Scientific Research

,

2

(2), 251-258.

70.

Абдумаликов, А. (2022). ЯНГИ ТАРАҚҚИЁТ БОСҚИЧИДА ЭКОЛОГИК
МОДЕРНИЗАЦИЯЛАШ ДАСТУРИ.

Scientific progress

,

3

(2), 1179-1186.

71.

Абдумаликов, А. А. (2019). Human and Natural Harmony in the Historical
Process.

Scientific Bulletin of Namangan State University

,

1

(5), 205-209.

72.

Abidzhanovich, A. A. (2020). Issues Of Formation Of Rationality In Relations Of Nature
With Society.

The American Journal of Social Science and Education Innovations

,

2

(08),

301-304.

73.

Abdumalikov, A. A. (2019). Environmental Ecological Policy in Uzbekistan and Necessity
Of Formation Of Rational Communication To Nature.

Scientific and Technical Journal of

Namangan Institute of Engineering and Technology

,

1

(9), 94-101.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

531

74.

Мирзабоев, Й. А. (2022). Тур Ўзгариш Чизиқлари Учта Бўлган, Гиперболик
Қисмларининг Ҳаммаси Характеристик Учбурчаклардан Иборат Бўлган
Бешбурчакли Соҳада Учинчи Тартибли Кўринишдаги Параболик-Гиперболик
Тенглама Учун Битта Чегаравий Масала Ҳақида.

Theory And Analytical Aspects Of

Recent Research

,

1

(5), 363-366.

75.

MIRZABOYEV,

Y.

BOSHLANG’ICH

SINF

O’QITUVCHILARINING

MATEMATIKA

O

‘QITISH

METODIKASI.

O

‘RTA

UMUMTA’LIM

MAKTABLARIDA MATEMATIKA O ‘QITISHNING MAQSADI.

ЭКОНОМИКА

,

169-172.

76.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT
FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT.

Scientific and Technical Journal of Namangan

Institute of Engineering and Technology

,

2

(3), 263-270.

77.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND
CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

1

(5), 157-162.

78.

Qizi, S. G. G. O. (2022). LINGUISTIC BASIS AND PEDAGOGICAL CONDITIONS OF
TEACHING WORD MEANING TO PRIMARY CLASS STUDENTS.

European

International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies

,

2

(12), 117-

123.

79.

Qizi, S. G. G., & Teshaboyevna, D. D. Methods Of Formation Of Independent Reading
Skills In Primary School Pupils.

JournalNX

, 21-24.

80.

Kizi, S. G. G. (2021). Formation Of Independent Reading Skills in Primary School
Students.

Texas Journal of Multidisciplinary Studies

,

2

, 222-224.

81.

Valijonovna, K. I., Rakhmatjonovich, T. D., & Mukhtoraliyevna, Z. S. (2022).
Informational Technology at Education.

Spanish Journal of Innovation and Integrity

,

6

,

262-266.

82.

Akmaljonovna, A. Z. (2021). Methods of formation of independent reading skills in
primary school students.

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research

Journal

,

11

(3), 1425-1428.

83.

Dehqonova, M., & Tagonova, G. (2022). The Importance of Didactic Games in Speech
Therapy in the Development of Speech in Children with Autism and the Ability to Choose
Effective Methods.

European Journal of Innovation In Nonformal Education

,

2

(1), 133-

137.

84.

Dehqonova, M. (2022). BOLALARDAGI YOZUV BUZILISHLARI VA ULARDAGI
DISGRAFIYADA O ‘ZIGA XOS XATOLIKLARNI PAYDO BO ‘LISH
MEXANIZMI.

YANGI O'ZBEKISTONDA MILLIY TARAQQIYOT VA INNOVASIYALAR

,

405-407.

85.

Dehqonova, M., & Najmiddinova, N. (2022). ALOHIDA EHTIYOJGA EGA BO’LGAN
BOLALARNING OILAGA MOSLASHISHI UCHUN MUHIM OMILLAR.

YANGI

O'ZBEKISTONDA MILLIY TARAQQIYOT VA INNOVASIYALAR

, 90-92.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

532

86.

Dehqonova, M. (2023). MAXSUS MAKTABDA DAKTIL NUTQINI OʻQITISH-
TADQIQOT OBYEKTI SIFATIDA.

Наука и инновация

,

1

(1), 39-40.

87.

Qizi, D. M. S., & Qizi, R. G. X. (2022). METHODS OF STUDYING ADDITION AND
SUBTRACTION

OF

TWO-DIGIT

NUMBERS

IN

ELEMENTARY

SCHOOL.

Gospodarka i Innowacje.

,

22

, 61-67.

88.

Dehqonova, M. S. Q., & Axmedova, U. Y. Q. (2023). BO ‘LAJAK BOSHLANG ‘ICH
SINF O ‘QITUVCHILARINI MATEMATIK SAVODXONLIGINI OSHIRISH
JARAYONIDA ULARNING TAFAKKURI, QOBILIYATI VA INTELLEKTUAL
RIVOJLANISH.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

,

3

(4-2), 251-256.

89.

Otazhonov, S. M., Ergashev, R. N., Botirov, K. A., Qaxxorova, B. A., Xudoynazarova, M.
A., Abdukarimova, N. A., ... & Ismoilova, E. M. (2022, December). Influence of thickness
and temperature on photoelectric properties of p-CdTe-nCdS and pCdTe-CdSe
heterostructures. In

Journal of Physics: Conference Series

(Vol. 2388, No. 1, p. 012001).

IOP Publishing.

90.

Otajonov, S. M., Ergashev, R. N., Axmedov, T., Usmonov, Y., & Karimov, B. (2022,
December). Photoelectric properties of solar cells based on pCdTe-nCdS and pCdTe-
nCdSe heterostructures. In

Journal of Physics: Conference Series

(Vol. 2388, No. 1, p.

012062). IOP Publishing.

91.

Abdulvakhidov, K., Li, Z., Abdulvakhidov, B., Soldatov, A., Otajonov, S., Ergashev, R.,
... & Sitalo, E. (2023). Structure phase state and physical properties of YbMn1-x Fe x O3
compositions.

Applied Physics A

,

129

(3), 185.

92.

Ahmedova, U. Y. Q., & Axmedova, M. U. B. Q. (2021). Vatanim Surati.

Oriental

renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

1

(11), 877-883.

93.

Axmedova, U. (2022). On Certain Conditions Of Striking Coefficients Of Fourier Series
To Zero.

Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and

Technology

,

3

(3), 3-8.

94.

Qizi, A. U. Y., & Qizi, A. M. U. B. (2021). Research On Hydronyms and Their Importance.

95.

Umidaxon, A., & Gulirano, S. (2023). BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA
DARSLARIDA

AMALIY

MASHQLAR

YECHISH

JARAYONIDA

O'QUVCHILARNING

FIKRLASH

QOBILIYATINI

OSTIRISH

OMILLARI.

PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA IJTIMOIY TADQIQOTLAR

,

2

(5), 10-

14.

96.

Axmedov, O. U. B. O. G., & Qizi, A. U. Y. (2022). STEREOMETRIYA BO’LIMI VA
UNING

BA’ZI

AKSIOMALARIDAN

KELIB

CHIQADIGAN

NATIJALAR.

International scientific journal of Biruni

,

1

(2), 127-133.

97.

Axmedova, U. Y. Q., & Axmedova, M. U. B. Q. (2022). XALQ OG ‘ZAKI IJOD
NAMUNALARINING BOSHLANG ‘ICH SINF DARSLIKLARIDA QO ‘LLANISHI
VA ULARNING MAZMUNIY GURUHLANISHI.

International scientific journal of

Biruni

,

1

(2), 345-351.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

98.

Erkinovna, N. S. (2022). Educational Methods in Teaching the Russian
Language.

American Journal of Social and Humanitarian Research

,

3

(11), 260-263.

99.

Erkinovna, N. S. (2022). THE IMPORTANCE OF LISTENING SKILLS IN LEARNING
THE RUSSIAN LANGUAGE.

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN

EDUCATION

,

1

(12), 138-145.

100.

Erkinovna, N. S. (2022). MECHANISMS OF EFFECTIVE TEACHING OF FOREIGN
LANGUAGES USING INNOVATIVE METHODS.

Uzbek Scholar Journal

,

11

, 132-135.

101.

Erkinovna, N. S. (2023). RUSSIAN LANGUAGE IN THE MODERN WORLD.

Open

Access Repository

,

4

(3), 284-295.

102.

Rakhmatdjonov Shokhjahon Dilshodbek o‘g‘l //THE ROLE OF PHYSICAL CULTURE
IN PROVIDING THE PSYCHOLOGICAL HEALTH OF THE ATHLETE//
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION. International
scientific online conference. Canada. Part 2, 23.01.2022. 1-3

103.

Raxmatjonov

Shoxjahon

Dilshodbek

o‘g‘li

//SPORTCHI

PSIXOLOGIK

SALOMATLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR// GALAXY INTERNATIONAL
INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ). Vol. 10, Issue 11, Nov.(2022).
117-121 pages.

104.

QURBONOVA Saida Miralimjanovna, RAXMATJONOV Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li
//MAMLAKATIMIZ

PSIXOLOGLARI

ISHLARIDA

SHAXSLARARO

MUNOSABATDA MUOMALA MUAMMOSINING TALQINI// Journal of Pedagogical
and Psychological Studies. Vol. 1. № 5, (2023). 99-103 pages.

105.

Raxmatjonov

Shoxjahon

Dilshodbeko‘g‘li

//SPEECH

ISSUES

IN

PSYCHOLINGUISTICS// IQRO JURNALI № 2. 04.2023. 503-511 betlar.

106.

Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li, Vosiljonov Azizbek Boxodirjon o‘g‘li
//XORIJ PSIXOLOGLARINING ISHLARIDA SHAXSNING TADQIQ ETILISHI//
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION. Vol. 1. № 12,
2022. 39-47 pages.

107.

Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li //TALABALARDA TOLERANTLIKNI
RIVOJLANTIRISH – IJTIMOIY PSIXOLOGIK MUAMMO SIFATIDA// International
Journal of Economy and Innovation. Volume: 30. 2022. 66-70 pages.

108.

Rakhmatdjonov Shokhjahon Dilshodbek o‘g‘li //PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF THE
SPORTSMAN PERSONALITY DURING COMPETITIONS// IJTIMOIY FANLARDA
INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI. Vol. 2 No. 11 (2022). 215-221 betlar.

109.

Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li //Motiv Va Motivatsiya Muammosining Jahon
Va Mahalliy Psixologlar Tomonidan Tadqiq Etilganligi// American Journal of Social and
Humanitarian Research, Vol. 3 No. 11 (2022). 256-259 pages.

110.

Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li //TOLERANTLIK SHAKLLANAYOTGAN
SHAXS MODELINING TAVSIFI// International scientific journal «MODERN SCIENCE
АND RESEARCH». VOLUME 2 / ISSUE 5 /2023. 761-764 pages.

111.

Raxmatjonov Shoxjahon Dilshodbek o‘g‘li. (2023). PSIXOLOGIYADA MOTIVATSIYA
TURLARI, NAZARIYALARI VA TAHLILI. Научный Импульс, 1(10), 665-670.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

534

112.

Raximov, Q., & Samijonov, A. (2023). DESCRIPTION OF WAYS TO BUILD A SELF-
SIMILAR SOLUTION.

Modern Science and Research

,

2

(5), 950-958.

113.

Raximov, Q., & Samijonov, A. (2023). DESCRIPTION OF PROCESSES WITH
CONVECTIVE TRANSPORT.

Modern Science and Research

,

2

(5), 941-949.

114.

Kadirov, S. (2023). HISTORICAL AND CULTURAL MONUMENTS AND THEIR
CONDITION IN FERGANA REGION (1991-2020 IN THE CASE OF THE CITY OF
MARGILAN): THE ISSUE OF PRESERVATION, PROTECTION AND THEIR
USE.

Modern Science and Research

,

2

(5), 818-830.

115.

Abduraxmonov, A., & Kadirov, S. (2022). DEMOGRAFIK JARAYONLARNING
IQTISODIY-IJTIMOIY SOHALARNI RIVOJLANISHI BILAN BOG ‘LIQLIGI VA
DASTLABKI XUSUSIY MULK MASALALARI.

IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA

ONLAYN ILMIY JURNALI

,

2

(11), 222-229.

116.

Yo‘lchiboyeva, L. (2023). METHODS FOR GROWING SPEECH SKILLS OF
PRIMARY SCHOOL STUDENTS.

Modern Science and Research

,

2

(5), 1028-1030.

117.

Yo‘lchiboyeva, L. (2023). METHODOLOGY FOR TEACHING THE NOUN PHRASE
CATEGORY: ENHANCING LANGUAGE LEARNING IN STUDENTS.

Modern

Science and Research

,

2

(5), 1025-1027.

118.

Kalandarovna, Y. L. (2023). Superstitions in Linguoculturology.

DENMARK"

THEORETICAL AND PRACTICAL FOUNDATIONS OF SCIENTIFIC PROGRESS IN
MODERN SOCIETY"

,

14

(1).

119.

Qalandarovna, Y. L. L. (2023). O ‘QUVCHILAR NUTQINI O ‘STIRISH
METODIKASI.

IQRO JURNALI

,

2

(2), 637-645.

120.

Qalandarovna, Y. L. L. (2023). LINGVOKULTUROLOGIK BIRLIKLARNING
NUTQDAGI O'RNI.

IQRO

,

2

(2), 522-529.

121.

Kalandarovna,

Y.

L.

(2022).

ORIGIN

AND

CONCEPT

OF

TABOO

VOCABULARY.

Innovative Technologica: Methodical Research Journal

,

3

(10), 184-

190.

References

Мўйдинов, А. (2021). ЁШЛАРНИ ТУРЛИ ТАҲДИДЛАРДАН ҲИМОЯ ҚИЛИШДА АЖДОДЛАР МЕРОСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АҲАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(2), 132-137.

Asilbek, M. (2022). SOCIO-PHILOSOPHICAL ASPECTS OF EDUCATION OF AN ENLIGHTENED PERSON IN THE DEVELOPMENT OF SOCIETY. Conferencea, 183-186.

Adham o’g’li, M. A. (2022). THE ROLE OF NATIONAL WITCHCRAFT HERITAGE IN THE SPIRITUAL RISE OF SOCIETY (SOCIO-PHILOSOPHICAL ANALYSIS). American Journal of Interdisciplinary Research and Development, 10, 122-127.

Muydinov, A. (2022). ENLIGHTENMENT IN TURKESTAN IN THE SECOND HALF OF THE XIX-EARLY XX CENTURIES. ENLIGHTENMENT BY JADID SCHOOL. ASIA PACIFIC JOURNAL OF MARKETING & MANAGEMENT REVIEW ISSN: 2319-2836 Impact Factor: 7.603, 11(10), 14-20.

Ruzmatovich, U. S. (2022). PROCESSES OF ORGANIZATION OF TECHNICAL, TACTICAL AND PHYSICAL PREPARATION IN NATIONAL WRESTLING TRAINING. INTERNATIONAL JOURNAL OF RESEARCH IN COMMERCE, IT, ENGINEERING AND SOCIAL SCIENCES ISSN: 2349-7793 Impact Factor: 6.876, 16(3), 65-68.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов