KHOLMUHAMMAD KARIMIY NASRI ART AND SUBJECT SCOPE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sodiqova, D. (2023). KHOLMUHAMMAD KARIMIY NASRI ART AND SUBJECT SCOPE. Modern Science and Research, 2(6), 676–679. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21134
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Kholmuhammad Karimi, one of the ADIBS, whose current period significantly contributes to the development of Uzbek storytelling. Our writer has gained the attention of many literary critics and readers with his stories on various topics. In this article, the writer Nazar Eshonkul's H. His views on Karimiy, his thoughts and article on the writer shahsiyati by literary scholar Bahadir Karim, are included in the collections of Kholmuhammad Karimiy.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

676

XOLMUHAMMAD KARIMIY NASRI BADIIYATI VA MAVZU KO`LAMI

Sodiqova Dilshoda

Alisher Navoiy nomidagi TDO‘TAU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8032999

Annotatsiya.

Hozirgi davr o`zbek hikoyachiligining rivojiga sezilarli hissa qo`shib

kelayotgan adiblardan biri Xolmuhammad Karimiydir. Yozuvchimiz turli mavzulardagi hikoyalari
bilan ko`plab adabiyotshunoslar va kitobxonlar e`tiborini qozondi. Mazkur maqolada yozuvchi
Nazar Eshonqulning X.Karimiy haqidagi qarashlari, adabiyotshunos Bahodir Karimning
yozuvchi shahsiyati tog`risidagi fikrlari va maqolasi, Xolmuhammad Karimiyning to`plamlari
kiritilgan.

Kalit so`zlar

: hikoya janri, maishiy muammo, xronotop, anʼanaviy tasvir usuli, ramzlar

tili, pafos.

KHOLMUHAMMAD KARIMIY NASRI ART AND SUBJECT SCOPE

Abstract.

Kholmuhammad Karimi, one of the ADIBS, whose current period significantly

contributes to the development of Uzbek storytelling. Our writer has gained the attention of many
literary critics and readers with his stories on various topics. In this article, the writer Nazar
Eshonkul's H. His views on Karimiy, his thoughts and article on the writer shahsiyati by literary
scholar Bahadir Karim, are included in the collections of Kholmuhammad Karimiy.

Key words:

story genre, household problem, chronotope, traditional image method,

language of symbols, Paphos.

ИСКУССТВО И ТЕМАТИКА ПРОЗЫ ХАЛМУХАММЕДА КАРИМИ

Аннотация.

Одним из писателей, внесших значительный вклад в развитие

узбекского сказительства современности, является Халмухамед карими. Наш писатель
привлек внимание многих литературоведов и читателей своими рассказами на разные
темы. В этой статье представлен список произведений писателя Назара эшонкула.
Включены его взгляды на карими, мысли и статья литературного критика Бахадура
Карима о личности писателя, а также сборники халмухаммада карими.

Ключевые слова:

жанр рассказа, бытовая проблема, хронотоп, традиционный

метод изображения, язык символов, пафос.


Bugungi kunga kelib maʼnaviy qadriyat, madaniyat, adabiyot va ilm-fanga bo‘lgan eʼtibor

kuchaymoqda. Milliy mustaqillik qoʻlga kiritilgandan so‘ng barcha sohalarda boʻlgani kabi badiiy
adabiyot va adabiyotshunoslikda jiddiy oʻzgarishlar yuzaga keldi. Milliy adabiyotimiz turfa xil
shakl va ohanglarda oʻz aksini topa boshladi.

Hozirgi davr adabiyoti insonning botiniy olami, ruhiyatini badiiy tadqiq qilar ekan, xilma-

xil ramzlar, majoziy talqinlar anʼanasini yuksak darajaga koʻtardi. Jumladan, keyingi yillar oʻzbek
hikoyachiligida yangicha uslubiy izlanishlarni kuzatish mumkin. Hozirgi davrda bu janrning
rivojiga sezilarli xissa qo‘shib kelayotgan nosirlardan biri Xolmuhammad Karimiydir. Adib milliy
adabiy anʼanalarni ham, dunyo adabiyoti tajribalarini ham yaxshi oʻzlashtirgan, doimiy harakatda,
izlanishda, anʼanaviy tasvir usullarini yangilashga intilgan, oʻz uslubiga, fikriga ega ijodkordir.

Xolmuhammad Karim Xudoyberdi o‘g‘li Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida

Katman qishlog'ida 1966-yilning 21-yanvarida tug'ilgan. Shu qishloqdagi Abdulla Qodiriy
nomidagi o‘rta maktabni bitirib, paxta tozalash zavodida ishlagan. 1990-1995 yillarda Toshkent


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

677

Davlat Universitetining oʻzbek filologiya fakultetida oʻqiydi. Oʻqishni bitirib Oʻzbekiston Fanlar
Akademiyasining Qoʻlyozmalar institutida tadqiqotchi boʻlib ishga kiradi. 1996-yili aspiranturaga
qabul qilinadi. Manbashunoslik va matnshunoslik yoʻnalishida “Alisher Navoiyning “Xamsa”
dostonlari nasriy bayonlari tadqiqoti” (arab harfidagi eski oʻzbek tilida) nomli ilmiy mavzu ustida
ishlaydi. 1997-yilda “Hurayro” nomli birinchi hikoyasi matbuotda eʼlon qilingan edi. Shundan
keyin 2005-yilga kelib 12 ta hikoya jamlangan “Hurayro” nomli toʻplamni nashr ettiradi. 2011-
yilda (Toshkent: Akademnashr) “Hurliqo” qissa va hikoyalar toʻplami, 2014-yilda (Toshkent:
Akademnashr) “Buni hayot deydilar...” va 2017-yili (Toshkent: Sharq nashriyoti) “Ovunchoq
tosh” nomli hikoyalar toʻplami nashr etilgan hamda 2022-yili Turkiyaning uluslararo “Paradigma
akademik” nashriyotida “Samarqand fasli” qissa va hikoyalar toʻplami nashr etilgan, “Urush
koʻrgan odamlar” biografik kitob muallifi. Oilali, uch nafar farzandi bor. Professor ustozimiz
Bahodir Karim "Odamlarni tanish yo‘lida" nomli maqolasida: "Xolmuxammad Karimiy
toʻgʻrisoʻz, choʻrtkesar odam. Bor gapini yuzing-koʻzing demaydi, tabiiy bir tarzda aytadi-
qoʻyadi. Oʻzining kimligini ham yaxshi biladi. Oʻylashimcha, u maqtovdan koʻpirib, taltayib
ketmaydi. Tanqid sababli kalam-daftarini yig'ishtirib kuyadigan toifa ham emas. Ammo, men
sezib-bilib yuraman, xar kanday adibda boʻlganidek, unga ham baribir oʻz yozganlari xususida
adabiyotchilarning, biz kabi yakinlarining fikr-mulohazasi kerak, munosabat lozim"

1

-

deydi.Yozuvch hikoya janrida qalami o`tkir ijodkorlardandir. Hikoyaning ibtido koʻlami
umumbashariyatning orzu-istaklari, quvonch- tashvishlari, alam-iztiroblari tarixi bilan teng desak
mubolag'a bo'lmaydi.

Professor Uzoq Jo'raqulov: "Hikoya janri barcha adabiy janrlarning sinkretik shakli sifatida

lirika, drama, hamda eposga xos elementlarni sintez qilishi bilan birga, yuzaki qaraganda
noadabiy, ammo mohiyat e'tibori bilan umuminsoniy, demakki, adabiy, falsafiy, ilohiy
elementlarga boy ekani ham fikrimizni quvvatlaydi"

2

-deydi hikoya janri haqida to‘xtalib.

Inson tabiatning har bir mo'jizasiga hayrat bilan qaraydi, muhabbat iztirobidan ruhiyati

tozaradi, do'st-yorlarining aldovidan azob chekadi, tirikchilik tashvishlariga ko'miladi, "qayon
keldig-u, qayon ketamiz” mohiyatiga yetishishni istaydi. Badiiy adabiyotda insoniyat taqdiri
borasidagi bunday azaliy hamda adabiy kayfiyat mavzulari epik turning eng kichik janri hikoyada
mo'jizaviy tarzda, o'ziga xos ravishda aks ettiriladi. Adabiyotshunos Izzat Sulton o‘zining
"Adabiyot nazariyasi" kitobida: “Hikoya -inson hayotidagi uncha katta bo'lmagan bir voqea
tasviridir. U hamma xalqlarning adabiyotlarida eng ko'p rivoj topgan janr hisoblanadi. Hikoya
mazmuni ertakdagiga qaraganda bir necha bor hayotiydir.

3

Xolmuhammad Karimiyning ilk hikoyalar to‘plami "Hurayro" kitobning So'z boshisida

Nazar Eshonqulning yozuvchining hikoyalariga bo‘lgan iliq munosabatini bildirib o'tadi: "Men
Xolmuhammadning mashklarini oʻqib, bir narsadan xursand bo‘ldim. U ham boʻlsa, boshqalarga
oʻxshab yozmaslikka, dunyoni, hayotni, metofarani oʻziga xos koʻrishga intilishda koʻrinadi.
Shoirona kayfiyatini nasr yo‘lida yoki folklorimizdagi saj usulida sinab kurishi menga maʼqul
boʻldi. Albatta, birinchi toʻplami yoki bu yerda jamlangan mashqlar hali Xolmuhammadga
toʻlaqonli yozuvchi bulib yetishdi degan xulosani bermaydi. Buning uchun hali uning oldida

1

Bahodir Karim.Ruhiyat alifbosi.-T.:G`ofur G`ulon nashriyoti.2018.68-bet

2

Uzoq Jo`raqulov.Nazariy poetika masalalari.-T G`ofur G`ulon nashriyot.2015.

3

I.Sulton.Adabiyot nazaryasi.-T.:O`qituvchi nashriyoti.2005.168-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

678

adabiyotning mehnatini va shu mehnatdan oladigan zavqini his qilishdek mashaqqatli jarayon
turibdi. Eng muhimi, Xolmuhammad ana shu mashaqqatni oʻz tanasida, oʻz koʻnglida sinab
koʻrishga intilayotgan yigit. Xolmuhammad uchun hali hammasi oldinda. U ushbu toʻplami bilan
oʻzini ana shu mashaqqatlarga tayyorligini koʻrsatmoqchi boʻlyapti. Unga bu yoʻlda omad
tilaymiz. Agar ushbu mashqlarda koʻringan oʻziga xos mujdalarni u oʻzining usuliga aylantirolsa,
Xolmuxammaddan yaxshi, oʻziga xos yozuvchi chiqadi."

4

2005- yilda Alisher Navoiy nomidagi

O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida chiqqan "Hurayro" to‘plami 12 hikoyadan iborat.

Bu asarda turli mavzulardagi zamonaviy, tarixiy, falsafiy ruhdagi hikoyalar yoritilgan.

Masalan, to'plamidagi ilk hikoya "Hurayro" ijtimoiy mavzudagi, "Urushning o'gay farzandlari"
hikoyasi esa urush mavzusidagi hikoyalardir. Bunda yozuvchining o‘zi bevosita guvoh bo‘lgan
1984-1986 yillardagi afg'on urushi yoritiladi. Va bu haqda o'zi "Men 1984-86 yillari afgon
yurtidagi “cheklangan sovet armiyasi” saflarida xizmat qilganman. Xizmat qilgan chastim
afg'ondagi sovet armiyasini material bilan taminlovchi transport brigadasi edi. O‘sha yillari
sovetlar yurtida tinch-osuda, toʻkin-sochin davrlar xukm surardi. Ammo shunday “tinchlik”da
yashayotgan mamlakatning ayrim farzandlari “Vatan ximoya”si uchun deya urushga safarbar
etildi. Afsuski, ularning aksariyati bu beʼmani va bemantiq urushda halok boʻldi.

Men ana shu ajal soʻqmoqlarida sargardon boʻlgan navqiron yigitlarni “oʻz davrining oʻgay

farzandlari” deb atadim"

5

-deydi yozuvchi.

2017- yili "Sharq nashriyoti" dan bosilib chiqqan "Ovunchoq tosh" hikoyalar to'plami

yozuvchini ijodida yangi bir bosqichga olib chiqqan asar desak, menimcha, mubolag'a bo'lmas.
Chunki bu hikoyalarda bugungi kunimizda har qadamda uchrab turadigan ijtimoiy muammolar
("Yong'oqqa tushgan qurt"), hayot tashvishlariga o'ralashib qolgan kishilar taqdiri ( "Bolaginam",
" Zanjir", "To‘y"), har bir ijodkor qo‘l urib ko'rgan ish-muhabbat mavzusida ("Sodda qiz", “
Girya”) yozuvchining falsafiy qarashlari singdirilgan (" Jaydari falsafa") asarlar
jamlangan.To‘plamda 22 hikoya bor. “Yangi kitobga oʻndan ortiq hikoyalar jamlanibdi. Bularda
Xolmuhammad Karimiyning boshqalarga oʻxshamagan oʻziga xos ifoda, bayon usuli koʻzga
tashlanadi. Ba'zan hikoyaning birinchi jumlasida tasvirni xaddan tashqari siqiq holatda beradi.
“Qirda itorqa loy tom eski qal'adek qaqqayib turibdi” (“Yovvoyi qon”).

Jiddiy tasvir, tinik manzara, oʻxshatishi original.

Q

undosh va keng unlilar takrori

evaziga jaranglagan jumla. Jumlada bor-yoʻgʻi sakkizta soʻz bor. Shu zaylda kam soʻz bilan koʻp
fikr aytishga urinadi. Bunday ichki manera oʻzini oqlaydi va tabiiyki, yozuvchi kalamining fazilati
pallasiga yuk bosadi. Ikkinchi bir muxim xususiyati Xolmuhammad Karimiy hikoyalarida
hikoyachi-roviy bilan obrazlarning nutqi aralashib, oʻzaro qorishib ketadi. Yozuvchi muallif bilan
qahramonlar orasiga ulkan to`siqlar qo`ymaydi, ulardan biri ikkinchisining “mulki”ga bemalol
oʻtib, kuchib yuraveradi. Hikoyanavis imkon topguncha voqelikni ramzlar tiliga koʻchirishga
intiladi, tuganchida detallarni ishga soladi. “Usmonkul zanjirga karab uylanib koldi”
(“Zanjir”hikoyasidan)

6

yozuvchilar bilan tajribalaridan oʻrganish maqsadida muttasil ular bilan

suhbatda boʻlib turganman.

4

Xolmuhammad Karimiy.Hurayro.-T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti.2005

5

Xolmuhammad Karimiy.Hurayro.-T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti.2005

6

Bahodir Karim.Ruhiyat alifbosi.-T.:G`ofur G`ulon nashriyoti.2018.68-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

679

Biz odam bolalari bu dunyoga nima sabab kelganmiz, qanday yashaymiz, kim boʻlib bu

dunyodan ketamiz, shu kabi savollar yuzasidan anglagan narsalarimni butun insoniyat bilan baham
koʻrish maqsadida hikoyalar va qissalar yozdim. Va yozishda davom etmoqdaman”-deydi.

Yozuvchining 2022- yilda Turkiyaning uluslararo "Paradigma akademik" nashriyotida

"Samarqand fasli" qissa va hikoyalar to'plami nashrdan chiqdi 30 dan ortiq va 1 qissadan iborat bu
to'plamda Xolmuhammad Karimiyning boshqalarga o‘xshamagan o`ziga xos ifoda bayon usuli
ko‘zga tashlanadi. To`plam 31 hikoya va bir qissadan iborat.

Adib hikoyalarining asosiy qismi Katman qishlog`ida bo`lib o`tadi. Yozuvchi makon va

zamon qilib aynan o`zi tug`ilgan qishloqni tanlaydi. “Zotan, uning xikoyalaridagi deyarlik barcha
hodisalar o`sha Katman degan bir «adabiy mamlakat»da sodir bo`ladi. Nazarimda, bu xam
yozuvchi ijodidagi juda muhim adabiy unsurlardan biri sanaladi. Dunyo adabiyotida ham, o`zbek
nasri tarixida xam bunday tajribalar mavjud va, albatta, o`zini oqlab kelmoqda.

7

Har qanday nasriy-badiiy asar voqealari ma’lum bir makon va zamonda sodir bo`ladi. Shu

voqelik pafosiga mos xronotopni adibning o`zi tanlaydi yoki o`z poetik tafakkuri orqali yaratib
oladi. Syujet voqealari real-tarixiy,fantastik-xayoliy yoki mavhumot zamon va makonda yuz
berishi mumkin. Makon va zamon tushunchasi umummatndan ajralmagan holda ko`prok badiiy
asarning tashkillanishi, syujet qurilishi va dinamikasiga tegishli bo`ladi. Rus adabiyotshunosi
M.M.Baxtin syujet bilan xronotop aloqasiga to`xtalib ta’kidlaydiki, syujetning tuguni ham,
yechimi ham xronotopga oid, umuman, asosiy syujetni tashkillashtirish xronotopga daxldor
bo`ladi

8

.

Badiiy adabiyotning predmeti inson hisoblanar ekan, u avvalo, oʻzi yashagan jamiyat,

tabiat, borliq bilan uzviy aloqada oʻrganiladi. Har bir davr adabiyotida oʻsha zamon jamiyatining
ong darajasi aks etadi. Shu bilan birga, badiiy adabiyot oʻzi aks ettirgan g‘oyalar bilan kishilar
qalbiga, ruhiga kuchli tasir oʻtkazib, ularda yangi-yangi qarashlar, fikrlar tugʻilishiga, insonning
maʼnaviy dunyosi boyishiga xizmat qiladi. Shu maʼnoda Xolmuhammad Karimiy hikoyalaridagi
obrazlar ham oʻzida davr ruhini, pafosini, zamondosh inson qiyofasini tasvirlab berish bilan bir
qatorda kishilar maʼnaviy-ruhiy olamiga ta’sir koʻrsatib, tafakkurining boyishiga xizmat qiladi.


REFERENCES

1.

Bahodir Karim. Ruhiyat alifbosi.-T.:G`ofur G`ulon nashriyoti.2018

2.

Uzoq Jo`raqulov. Nazariy poetika masalalari.-T G`ofur G`ulon nashriyot.2015

3.

I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.-T.:O`qituvchi nashriyoti.2005.168-bet

4.

Xolmuhammad Karimiy. Hurayro.-T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy
kutubxonasi nashriyoti.2005

5.

Бахтин М.М. Литературно-критическиие статьи.- М.1986.стр. 282.

7

Bahodir Karim.Ruhiyat alifbosi.-T.:G`ofur G`ulon nashriyoti.2018

8

Бахтин М.М. Литературно-критическиие статьи.- М.1986.стр. 282.

References

Bahodir Karim. Ruhiyat alifbosi.-T.:G`ofur G`ulon nashriyoti.2018

Uzoq Jo`raqulov. Nazariy poetika masalalari.-T G`ofur G`ulon nashriyot.2015

I.Sulton. Adabiyot nazariyasi.-T.:O`qituvchi nashriyoti.2005.168-bet

Xolmuhammad Karimiy. Hurayro.-T.: Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti.2005

Бахтин М.М. Литературно-критическиие статьи.- М.1986.стр. 282.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов