SPECIFIC FEATURES OF THE NOVEL GENRE (IN THE EXAMPLE OF ULUGBEK HAMDAM'S MINI-NOVEL "NAMATAK")

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Oʻrolova , M. (2023). SPECIFIC FEATURES OF THE NOVEL GENRE (IN THE EXAMPLE OF ULUGBEK HAMDAM’S MINI-NOVEL "NAMATAK"). Modern Science and Research, 2(6), 1070–1072. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21479
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, Ulugbek Hamdam's mini-novel "Namatak", the definition of the concept of the novel, the events in the work, the content of the work, the concept of the novel in Uzbek literary studies, and the characteristics of the novel are discussed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1070

ROMAN JANRINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (ULUGʻBEK HAMDAMNING

“NAʼMATAK” MINI ROMANI MISOLIDA)

Oʻrolova Mohichehra

Termez davlat universiteti filologiya fakulteti

2- bosqich talabasi

mohichehrauralova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8066283

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Ulugʻbek Hamdamning “Naʼmatak”

mini- romanida,

roman tushunchasiga taʼrif, asardagi voqealar, asar mazmuni, oʻzbek adabiyotshunosligida
roman tushunchasi hamda romanga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan.

Kalit so’zlar:

Zamonaviy adabiyot, muammo, badiiy til, hajm, markaz, badiiy estetik,

ijtimoiy psixologik, voqea.

SPECIFIC FEATURES OF THE NOVEL GENRE (IN THE EXAMPLE OF

ULUGBEK HAMDAM'S MINI-NOVEL "NAMATAK")

Abstract.

In this article, Ulugbek Hamdam's mini-novel "Namatak", the definition of the

concept of the novel, the events in the work, the content of the work, the concept of the novel in
Uzbek literary studies, and the characteristics of the novel are discussed.

Key words:

Modern literature, problem, artistic language, volume, center, artistic

aesthetic, social psychological, event.

ОСОБЕННОСТИ ЖАНРА РОМАНА (НА ПРИМЕРЕ МИНИ-РОМАНА

УЛУГБЕКА ХАМДАМА «НАМАТАК»)

Аннотация.

В данной статье мини-роман Улугбека Хамдама «Наматак»,

определение понятия романа, события в произведении, содержание произведения, понятие
романа в узбекском литературоведении, характеристика романа Обсуждаются.

Ключевые слова:

современная литература, проблема, художественный язык,

объем, центр, художественная эстетика, социально-психологический, событие.


Roman haqida so'zlaganimizda, shaxs ruhiyatini keng qamrovda ifodalab, katta hajmliligi

bilan hikoya va qissadan ajralib turuvchi butunlikni tushunami. Ammo bu aksariyat romanlarga
xos. Sababi shundaki, ba'zi romanlar hajman qissadan uncha farq qilmasligi, bir syujetdan tarkib
topib, voqealar vaqt nuqtayi nazaridan qisqa davom etishi ham mumkin. Masalan yozuvchi
Ulug'bek Hamdam qalamiga mansub "Na'matak" romani. Asar hajm jihatidan juda kichik, biroq
uchta avlod haqida hikoya qiladi. Bunday vaziyatda o'quvchi tasavvurida "Roman" nima? - degan
savol tugʻilishi mumkin. Adabiyotushunos professor Dilmurod Quronov "Adabiyotshunoslik
lug'ati " kitobida roman haqida shunday deydi: "Roman (roman - lotin tilida emas, roman tillaridan
birida yozilgan ma'nosida)- zamonaviy adabiyotda epik turning yirik hajmli janridir".

Darhaqiqat roman bir sjuyetdan tarkib topuvchi butunlik. Romanning bugunini tushunish,

unga xos belgilarni aniqlash uchun, uning qachon va qayerda paydo bo'lganligi, ya'ni tarixiga
murojaat qilish kerak. Ilk romanlar milodning XII-XIII asrlarida roman tillarida so‘zlashuvchi
xalqlar orasida vujudga kelgan. "Roman tillari" tushunchasi Rimga tegishli degan ma‘noni
anglatib, lotin tili asosida shakllangan ispan, italyan, portugal, fransuz tillarini o‘z ichiga olgan.
Ovrupodagi deyarli barcha davlatlar uchun lotin tili rasmiy va badiiy til sanalgan. Ammo
aholining asosiy qismi, bu tilni bilmagan. Shu asnoda yurtdagi quyi tabaqa vakillariga o‘z tilini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1071

qulayroq o‘rgatish maqsadida, romanlar yozishga ehtiyoj sezilgan. Ulugʻbek Hamdamning
"Namatak" romanini mutoala qilgan odam, bir qarashda uning tub mazmun mohiyatini uncha
anglay olmasligi mumkin, ammo asarni tubdan tahlil qiladigan boʻlsak, uning zamirida qanday
yuksak maʼno yotganligini anglab olamiz.

"Qanday koʻzla boqsa odam olamga,

Shunday javob aylar olam odamga".

Quyidagi jumla asarga epigraf qilib olingan va asarning asl mohiyatini, ushbu jumla oʻzida

mujassam etgan desak ham mubolagʻa boʻlmaydi. Ikki qoʻshni hovlisi oʻrtasida bir naʼmatak
paydo boʻladi. Qoʻshnilar oʻzlarining tomonlariga tushgan naʼmataklarni "oʻzganing haqqi"
qabilida, chelakka terib, bir - birlariga olib chiqib berishardi. Shu asnoda, bu odatni ularning
farzandlar, yigit va qiz ham davom ettirishadi. Naʼmatak ularning tanishuvi, muhabbati va umr
yoʻllarining bogʻlanishiga sabab boʻldi. Oradan yillar oʻtib, oʻsha hovlida ularning avlodlari
yashar edi. "Zamonlar oʻtgan sayin, insonlar oʻzagara boradi" deganlaridek, bu avlodlarning
ochkoʻzlik, nafs, tuygʻulari insoniylik sifatlaridan ustun kelib, bir - birlari bilan har kuni
naʼmatakning ustidan janjal qilishardi. Bir kuni ikki qoʻshni yana qattiq urushishdi va janjal
fojiaga aylanib, oʻsha yigit va qizga baxt ulashgan naʼmatak bir qoʻshnining oʻlimi, yana birining
esa qamalishiga sabab boʻladi. Namatak chopilib qayta koʻkaradi, ammo endi uning atrofida bir -
biriga dushman ekanliginigina biluvchi, qoʻshni yigit va qiz paydo boʻladi. Hozirgi kunda keksa
nuroniylarimiz, yohud koʻpchilik insonlardan: "zamon oʻzgaryabdi, odamlarda odamgarchilik,
mehr - oqibat tuygʻulari qolmayabdi. Yoshlar oʻzgaryabdi, " kabi soʻzlarni kuzatamiz. Yozuvchi
ham xuddi shu jumlalarni asarida mujassam qilishga harakat qilgan. Yozuvchi birinchi avlod
orqali mehr oqibat, ikkinchisi orqali esa ochkoʻzlik, nafs sifatlarini yoritib bergan, zero har uchala
holat markazida ham Namatak turibdi. Demak har uchchala holatga ham Namatak sababchimi?

Bu savolga, yuqorida keltirilgan: "Qanday koʻzla boqsa odam olamga, Shunday javob

aylar olam odamga" epigrafi javob boʻla oladi.

Uchinchi avlod vakillari Namatakni, u bilan boʻlgan voqealarni uncha yaxshi bilishmaydi,

shunchaki bir- birlariga dushman ekanliklarini anglashadi xolos. Yozuvchi bu orqali insonlar
hozirda oʻzlari yashayotgan hayotga, voqealarga, hatto oʻz taqdirlariga, turli sinovlarning
chorasini topishga harakat ham qilmay qoʻyganligini, shunchalik darajada befarq boʻlib
ketishayotganini uqtirmoqchi boʻladi. Romanni oʻrganish borasida oʻzbek adabiyotshunosligida
dastlabki tadqiqotlar roman hajmining kattaligiga va mavzu janrining asosiy belgilariga qaratilgan
boʻlsa, keyinchalik romanning asl mohiyati oʻzga unsurlardan ham izlana boshlandi.
Adabiyotshunos professor Dilmurod Quronov: "asarda quyilgan muammolar koʻlami janr
xususiyatlarini belgilovchi unsur sifatida olinishi mumkin. Bu jihatdan roman dunyo- yu davrni
bilish maqsadiga qaratilgan boʻlsa, qissa markazida qahramon xarakteri hikoyada esa konkret
hayotiy voqea turadi deya taʼkidlagan. Koʻramizki, roman, qissa, hikoya janrlariga mansub asarlar
qahramonlari, asarda tutgan mavqei, ahamiyati, vazifasi jihatidan farqlanadi.

"Roman muallifi uchun qahramon vosita - dunyoni anglash vositasi, qissanafis uchun

qahramonning oʻzi maqsad (voqea - hodisalar vosita) hikoyanavis uchun voqeaning oʻzi maqsad
boʻlib qoladi". Xususan professor shu soʻzlari orqali romanni qanday farqlash lozimligi, uning
garchi yirik hajmli, hayotni keng koʻlamda tasvirlovchi, qahramonni davr bilan birgalikda talqin
qilishi, turfa taqdirlar orqali jamiyatdagi voqealarni ochib berib, koʻp chiziqli syujetda boʻlsada,
ammo, bu xususiyatlar aksariyat romanlarga xosligini takidlaydi va romanning janr xususiyatlarini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1072

shularning oʻzi bilangina belgilash kamlik qilishini aytib oʻtadiva romanning 3 ta muhim
xususiyatini takidlaydi.

1. Romaniy problema
2. Romaniy qahramon
3. Romaniy tafakkur
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak,
Keyingi vaqtlarda kitobxon uzundan uzoq tabiat tasviri va voqealardan toqatsizlana

boshladi va asarlarning baʼzi qismlarini mutolaa qilmay ketadigan boʻlishdi. Shu masalani
toʻgʻirlash, ya'ni hajmni qisqartirib, mazmunni kengaytirish uchun ham yozuvchi Ulugʻbek
Hamdam oʻzining " Naʼmatak" romanini yaratgandir balki. Har bir davrning badiiy - estetik talab-
ehtiyotlaridan kelib chiqqan holda romanga ham turli oʻzgarishlar kiritilib uning turfa xillari
(maishiy, ishqiy, tarbiyaviy, sarguzasht - dediktiv ijtimoiy - psixologik yaratilyabdi. Roman
janrining bir necha asrlik taraqqiyoti davomida uning turli xil ko‘rinishlari yaratilganligini va
hozirda ham o‘zgarib, takomilllashib borayotganini e‘tiborga olib shuni aytish munkinki,yuqorida
keltirilgan xususiyatlarning barchasini ham romanlardan izlash, ularni qat‘iy qoida deb olishimiz
to‘g‘ri bo‘lmaydi.

REFERENCES

1.

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.-Toshkent: Navoiy Universiteti,2018.

2.

Yo`ldoshev Q. Yoniq so`z-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

3.

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari.-Toshkent: O`zbekiston, 2002.

References

Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari.-Toshkent: Navoiy Universiteti,2018.

Yo`ldoshev Q. Yoniq so`z-Toshkent: Yangi asr avlodi, 2006.

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari.-Toshkent: O`zbekiston, 2002.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов