EFFECTIVE USE OF NEW INTERACTIVE METHODS IN HISTORY TEACHING

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Irgashev, A. (2023). EFFECTIVE USE OF NEW INTERACTIVE METHODS IN HISTORY TEACHING. Modern Science and Research, 2(7), 352–355. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22236
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The article talks about the use of modern educational methods in history lessons and what should be paid attention to in this process. Some educational methods are also explained.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

352

TARIX FANINI O’QITISHDA YANGI INTERFAOL METODLARDAN SAMARALI

FOYDALANISH

Irgashev Aziz Axmatovich

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahar, Xalq ta’limiga qarashli 5-o’rta maktab

Tarix fani o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8187360

Annotatsiya.

Maqolada tarix darslarida zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish va

ushbu jarayonda nimalarga e’tibor berilishi kerakligi xususida so’z yuritilgan. Shuningdek ayrim
ta’lim metodlari haqida tushunchalar berilgan.

Kalit so’zlar:

Interfaol, strategiya, grafik organayzer, “Keys-stadi”, “Blits-so’rov”,

“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim”, “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Muzyorar”,
“Zinama-zina”.

EFFECTIVE USE OF NEW INTERACTIVE METHODS IN HISTORY

TEACHING

Abstract.

The article talks about the use of modern educational methods in history lessons

and what should be paid attention to in this process. Some educational methods are also explained.

Keywords:

Interactive, strategy, graphic organizer, "Case-study", "Blitz-inquiry",

"Modeling", "Creative work", "Problem-based learning", "Brainstorming", "Boomerang ",
"Muzyorar", "Zinama-zina".

ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ НОВЫХ ИНТЕРАКТИВНЫХ

МЕТОДОВ В ПРЕПОДАВАНИИ ИСТОРИИ

Аннотация.

В статье говорится об использовании современных образовательных

методик на уроках истории и на что следует обратить внимание в этом процессе. Также
объясняются некоторые методы обучения.

Ключевые слова:

Интерактив, стратегия, графический органайзер, «Кейс-стади»,

«Блиц-опрос», «Моделирование», «Творчество», «Проблемное обучение», «Мозговой
штурм», «Бумеранг», «Музёрар». "Зинама-зина".


KIRISH

Hozirgi globallashgan davrda har bir sohada yangi texnologiyalar, yangi g’oyalar vujudga

kelmoqda. Ta’lim sohasi ham bunday o’zgarishlardan chetda qolmayapti. Jamiyat ijtimoiy,
madaniy, iqtisodiy, madaniy ehtiyojlarini, unung malakali kadrlarga, shaxsning esa sifatli ta’limga
bo’lgan talabini qon-qodirish, ta’lim tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlash maqsadida mavjud
mexanizmning qayta ishlab chiqilishi va takomillashtirilishini ya’ni ta’lim tizimini modernizatsiya
qilishni taqozo etdi. Hozirgi kunda dunyoning eng rivojlangan davlatlarining tajribalari o’rganilib,
bizning ta’lim tizimimizga tadbiq etilmoqda. Bugungi kun o’qituvchisidan o’z sohasi bo’yicha
chuqur bilimga ega bo’lish bilan birga, ta’lim sohasiga tadbiq etilayotgan ilg’or ta’lim
metodlaridan ham xabardor bo’lish va ushbu metodlardan dars jarayonida muntazam foydalanish,
shaxsiy tajribalar asosida bu metodlarni boyitib borish talab etilmoqda.

Har bir fan o’qituvchisi saboq berayotgan o’quvchilarini o’z faniga qiziqtirishi lozim.

Buning uchun o’qituvchi yuqori pedogogik mahoratga ega bo’lishi lozim. O’qituvchi va o’quvchi
o’rtasida o’zaro hamkorlik vujudga kelishi zarur. O’quvchilar o’qituvchiga mehr qo’ysagina,
uning faniga qiziqadi va qunt bilan o’rganadi. Buning uchun o’qituvchi o’z ustida ishlashi, har bir


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

353

darsga qunt bilan tayyorgarlik ko’rib o’quvchilarga darslikdan tashqari yangi ma’lumotlarni bera
olishi zarur.

METOD VA METODOLOGIYA

Hozirgi kunda zamonaviy ta’limning samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li – bu

mashg’ulotni interfaol metodlar yordamida tashkil etishdir deb hisoblanmoqda. Bugungi kunda
ta’lim muassasalarida interfaol ta’limni tashkil etishda quyidagi eng ommaviy texnologiyalar
qo’llanilmoqda: interfaol metodlar, strategiyalar, grafik organayzerlar va boshqa texnologiyalar
shular jumlasidandir. Tarix darslarini tashkil etish jarayonida yuqoridagi interfaol
texnologiyalardan samarali foydalanish dars jarayonida o’quvchilarni yanada faol bo’lishga,
faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida,
hamjihatlik bilan hal etishga va ularni mustaqil fikrlashga o’rgatib, ularni mustaqil hayotga
tayyorlaydi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Interfaol metodlar deganda - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga

undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar tushiniladi. Bu metodlar
qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi
butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo’ligan yondashuvning foydali
jihatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi:

- Ta’lim samarasi yuqoriroq bo’lgan o’qish-o’rganish;
- Ta’lim oluvchining yuqori darajada rag’batlantirish; - Ilgari ottirilgan bilimlarning ham

e’tiborga olinishi;

- Ta’lim jarayoni ta’lim oluvchining maqsad extiyojlariga muvofiqlashtirilishi;
- Ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va ma’suliyatining qo’llab-quvvatlanishi;
- Ikki taraflama fikr mulohazaga sharoit yaratish.
Shunday qilib, fanlarni o’qitish jarayonida interfaol metodlardan foydalanish

o’quvchilarning fikrlashini kengaytiradi va muammolarni to’g’ri yechimini topishlariga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi. Ularning ijodkorligi va faolligini oshiradi. Bu metodlarni tafsiflashda ularni
interfaol metodlar, interfaol ta’lim strategiyalari, interfaol grafik organayzerlarga ajiratish
mumkin. Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol metodlar quyidagilar sanaladi:

1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi”, “Blits-so’rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”,

“Muammoli ta’lim” va b.

2. Iterfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Muzyorar”, “Zinama-zina”

va boshqalar

3. Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn

diagrammasi”, “T-jadval”, “Klaster” va b.

Tarix darslarida “BBB” metodi o’quvchilarning mantiqiy tafakkur yuritish ko’nikmalariga

ega bo’lishlarida katta o’rin tutadi. Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy
bog’liqlikni ko’rsata va asoslay olish o’quvchilarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarni
asoslay olish va tengdoshlari fikrlari bilan o’z fikrini taqqoslay olishiga imkon yaratadi. Ushbu
metodni 7-sinfda “Yevropa madaniyati” mavzusi bo’yicha tahlil qilib ko’rsak. O’qituvchi
tomonidan qog’ozga 6- sinfda Rim va Yunoniston madaniyati haqida nimalarni bilishlari
“Bilardim” deb yozilgan ustunga yozib boriladi. Buning natijasida o’quvchilarda 6-sinfda olgan
bilimlarini mustahkamlash imkoniyati paydo bo’ladi. Ikkinchi ustundagi “Bilmoqchi edim”


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

354

katakchasiga o’quvchilar Yevropa madaniyati bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarni yozadilar.
Dars davomida o’qituvchi ana shu savollarga alohida to’xtalib o’tib, o’quvchilarni qiziqtirgan
savollariga javob olishlariga ko’maklashadi. ”Bilib oldim “ deb yozilgan ustunga o’quvchilar dars
davomida o’rgangan yangi tushunchalarini yozib, olgan yangi bilimlarini mustahkamlaydilar va
o’tilgan mavzu bilan taqqoslay oladilar. Bu metod o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi.

O’quvchilarni fan bo’yicha o’zlashtirishlarini aniqlab borishda “Shkalalashtirish”

metodidan foydalanishi mumkin. Bunda o’qituvchi bir varoq qog’ozga ikki qutb: “juda ko’p” va
“juda kam” tomonlarga ega bo’lgan shkala chiziladi. Ishtirokchilarga muhokama qilinayotgan
mavzu bo’yicha shkalada, o’z xabardorligi va bilimdonligiga qarab, bir nuqta chizib qo’yish taklif
etiladi. Mashq yakunida o’qituvchi xulosa chiqaradi. Ishtirokchilar mavzu ko’rib chiqilgandan
keyin yana bir bor o’zlarining naqadar bilimdonliklarini belgilashlari uchun shkalalashtirish
takroran o’tkazilishi mumkin. Bu metodning afzalligi shundaki, bu jarayonga barcha o’quvchilarni
jalb qilinadi, o’quvchilarning u yoki bu o’quv mavzusi borasidagi bilimlarini aniqlash, ularning
o’sishi, ma’lum mavzuni o’zlashtirishda olg’a siljishlarini kuzatishga imkon beradi.

O’quvchilarni fan bo’yicha o’zlashtirishlarini aniqlab borishda “Shkalalashtirish”

metodidan foydalanishi mumkin. Bunda o’qituvchi bir varoq qog’ozga ikki qutb: “juda ko’p” va
“juda kam” tomonlarga ega bo’lgan shkala chiziladi. Ishtirokchilarga muhokama qilinayotgan
mavzu bo’yicha shkalada, o’z xabardorligi va bilimdonligiga qarab, bir nuqta chizib qo’yish taklif
etiladi. Mashq yakunida o’qituvchi xulosa chiqaradi. Ishtirokchilar mavzu ko’rib chiqilgandan
keyin yaha bir bor o’zlarining naqadar bilimdonliklarini belgilashlari uchun shkalalashtirish
takroran o’tkazilishi mumkin. Bu metodning afzalligi shundaki, bu jarayonga barcha o’quvchilarni
jalb qilinadi, o’quvchilarning u yoki bu o’quv mavzusi borasidagi bilimlarini aniqlash, ularning
o’sishi, ma’lum mavzuni o’zlashtirishda olg’a siljishlarini kuzatishga imkon beradi.

XULOSA

Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma-xil hamda ko’p sonli bo’lib,

ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan
maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va muayyan ta’lim-tarbiya maqsadlar uchun mos bo’lib,
uning o’rniga boshqa metod qo’llash maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ta’lim metodlarini
qaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda tutilgan samarani berishini bilish muhim
ahamyatga ega. Bunda o’qituvchining topqirligi va o’quvchilarning imkoniyatlarini to’g’ri
baholay olishi katta o’rin egallaydi. Yuqorida tahlil qilingan metodlardan fan o’qituvchilari dars
jarayonida foydalanishlari, metodga ijodiy yondashib, unga ozgartirishlar kiritishlari mumkin.
Ta’lim metodlani qo’llashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Agarda
o’qituvchi bu jihatni hisobga olmasa ko’zlangan maqsadga erisha olmasligi mumkin. Chunki
o’quvchilarning fikrlash qobilyatlari inobatga olinishi zarur. Masalan, 5-6 sinflarda FSMU, Insert,
Venn diagrammasini qo’llash maqsadga muofiq emas. Bunday usullar 5-6 sinf o’quvchilarga
tushunarsiz bo’lishi va ularga qiyinchlik tug’dirishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, tarix darslarida interfaol metodlardan foydalanish o’quvchilarni

ushbu fanga bo’lgan ishtiyoqlarini o’stiradi. Ularni hamjihatlikda ishlashga va mustaqil fikrlashga
o’rgatadi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

355

REFERENCES

1.

Alayeva O. U, Jo’rayeva S. N, Mirzayeva S. P “Ta’lim metodlari” o’quv uslubiy
qo’llanma”. Toshkent;”Navro’z”, 2017.

2.

Dehqonova M. U, Djanaliyeva G. A. Ta’lim metodlarini tanlash mezonlari va
muammolari. Ta’lim texnologiyalari. 2006 . 2-son.

3.

Yo’ldoshev J, Hasanov S. Pedogogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma.
Toshkent:Iqtisod-moliya. 2009-yil.

4.

Elektron manba: www. ziyonet. uz

References

Alayeva O. U, Jo’rayeva S. N, Mirzayeva S. P “Ta’lim metodlari” o’quv uslubiy qo’llanma”. Toshkent;”Navro’z”, 2017.

Dehqonova M. U, Djanaliyeva G. A. Ta’lim metodlarini tanlash mezonlari va muammolari. Ta’lim texnologiyalari. 2006 . 2-son.

Yo’ldoshev J, Hasanov S. Pedogogik texnologiyalar. O’quv qo’llanma. Toshkent:Iqtisod-moliya. 2009-yil.

Elektron manba: www. ziyonet. uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов