FORMATION OF VALUABLE COMMUNICATION CULTURE AS A PEDAGOGICAL PROBLEM

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Raximova, M. (2023). FORMATION OF VALUABLE COMMUNICATION CULTURE AS A PEDAGOGICAL PROBLEM. Modern Science and Research, 2(8), 212–214. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22620
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the priority tasks of forming a culture of valuable communication. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

212

QАDRIYATLI MULOQOT MАDАNIYATINI SHАKLLАNTIRISH-

PEDАGOGIK MUАMMO SIFАTIDА

Madina Raximova Xasanovna

Osiyo xalqaro universiteti magistri

madi.psixolog@gmail.com.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8254820

Annotatsiya.

Ushbu maqolada qаdriyatli muloqot mаdаniyatini shаkllаntirishning ustuvor

vazifalariga alohida to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalardan
foydalanilgan.

Kalit so‘zlar:

Qаdriyatli muloqot,

qadimiy feodal madaniyat, taʼlim va tarbiya vazifalari,

konstruktiv muloqot, ijtimoiy jamoalar.

FORMATION OF VALUABLE COMMUNICATION CULTURE AS A

PEDAGOGICAL PROBLEM

Abstract.

This article focuses on the priority tasks of forming a culture of valuable

communication. Reasonable opinions and comments are used throughout the article.

Key words:

Valuable communication, ancient feudal culture, educational and educational

tasks, constructive communication, social communities.

ФОРМИРОВАНИЕ ЦЕННОСТНОЙ КУЛЬТУРЫ ОБЩЕНИЯ КАК

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ПРОБЛЕМА

Аннотация.

В данной статье акцентируется внимание на приоритетных задачах

формирования культуры ценностного общения. На протяжении всей статьи
используются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

Ценностное общение, античная феодальная культура,

воспитательно-воспитательные задачи, конструктивное общение, социальные общности.

Insoniyat qadim zamonlardan soʼz va nutqdan foydalanib keladi. Jamiyat taraqqiy etgan

sari, muomala, madaniyat va muloqot sanʼati ham rivojlanib borgan hamda qadriyat darajasiga
koʼtarilgan.

Qadriyatli muloqot madaniyati deganda umuminsoniy muloqot, yaʼni insoniy qadriyatlarga

asoslangan vaqt va makonga nisbatan qadriyatga ega boʼlgan munosabatni tushunamiz. Bular
sivilizatsiya, vatanparvarlik, tinchlik, urf-odatlar, oʼzaro hayrihohlik sifatida namoyon boʼlib
keladigan qadriyatlardir.

Qadriyatli muloqot madaniyati insonning boshqa vaqt va makonga nisbatan insonparvarlik

qadriyatlariga asoslangan konstruktiv muloqotda ishtirok etishga tayyorligini ifoda etadi.
Qadriyatli muloqot umuman, madaniyat, ijtimoiy jamoalar, alohida shaxsda insoniyatning
yashashi, birga boʼlishi, rivojlanishi va oʼzaro munosabati uchun zarur boʼlgan qadriyatdir.

Hayotning qadri, jamiyatni rivojlantirish qadriyati bilan muloqot madaniyatining oʼzaro

bogʼliqligi uning qadriyat ekanligini ifodalaydi. Qadriyatli muloqot madaniyatining shaxsiy va
ijtimoiy ahamiyati milliy gʼoyalar asosida rivojlantirish zarurligini belgilaydi. Ushbu vazifani hal
etishda esa muhim rolni umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼynaydi.

Maʼlumki, oʼrta asrlarda, qadimiy feodal madaniyatining kirib kelishi bilan muloqotga

ehtiyoj yanada sezila boshladi. Bu esa uygʼonish davri madaniyati paydo boʼlishiga sabab boʼldi.
Oʼz davrining, ilgʼor jamoatchilik vakillari muloqotning alohida xususiyatlari mavjudligi va undan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

213

koʼproq foydalanishga harakat qildilar. Shunday qilib, faylasuflar haqiqiy bilim olish, eʼtiqodlarni
rivojlantirish muloqot orqali amalga oshib borishini payqashdi. Ular inʼikos va boshqa
madaniyatni assimilyatsiya qilish uchun muloqotning maʼnosiga ahamiyat berishdi. Oʼsha
davridagi muloqot mohiyatining evolyutsiyasini tushunish uchun ayniqsa L. Feyvorax falsafasiga
alohida eʼtibor berib oʼtishimiz lozim. Faylasuf shunday fikr bildiradi: “Odamga qiziqish
muloqotga murojaat qilishga olib keldi”. L. Feyvorkning oʼz qarashlarida oʼzini anglash uchun
muloqot zarurligi, muloqot odam va atrof - olamning haqiqiy mohiyatni oʼrganish usuli ekanligini
eʼtirof etadi. Boshqa tomondan, bugungi kunda jamiyat umuminsoniy qadriyatlarning barcha
boshqa qadriyatlarga - individual va jamoaviy munosabatlarga nisbatan ustuvorligi nafaqat yaxshi
istak va chiroyli ibora, balki aksiologik imperativ tomonidan amalga oshirilgan degan xulosaga
keladi. Qadriyatli muloqot madaniyatining oʼziga xosligi «Qul tigin» yodgorliklarda ham oʼz
aksini topgan. «… oltin, kumush, ichkilik ipakni shuncha hisobsiz berayotgan Tabgʼach xalqi soʼzi
shirin, debosi (ipak kiyimlik va kiyim) nafis ekan. Shirin soʼzi, debosi bilan aldab yiroq xalqni shu
xilda yaqinlashtirar ekan. Yaqin qoʼshni boʼlgandan soʼng yovuz ilmni u yerda oʼrganar ekan»
degan soʼzlardan anglashiladiki, muloqotda xushmuomalalik , shirin soʼz orqali hamkorlik
aloqalarini yoʼlga qoʼyishga hamda “yovuz ilmni” yaʼni, turkona boʼlmagan bilimni (chet tili) ham
oʼrganib olinganligini koʼrishimiz mumkin.

Umuman olganda, muloqot insonning psixologik rivojlanishidagi muhim omil hisoblanadi.

Bizningcha, muloqot - ruhiy jarayonlar, holatlar va inson xulq-atvorida paydo boʼladigan, mavjud
boʼlgan va hayot davomida namoyon boʼladigan qadriyat deb taʼriflash mumkin.

Pedagogik adabiyotlarda muloqot, avvalambor, uni pedagogik amaliyotda qoʼllash nuqtai

nazaridan oʼrganiladi. Muloqot taʼlim va tarbiya vazifalarini amalga oshirishning asosiy
vositasidir. Zamonaviy pedagogik adabiyotlarda pedagogik muloqot oʼqituvchilar va oʼquvchilar
oʼrtasida ularning birgalikdagi faoliyatining maqsadi va mazmuni asosida vujudga keladigan
aloqani oʼrnatish va rivojlantirishning koʼp qirrali jarayoni sifatida qaraladi.

Muloqot muammolarini qadriyatli yondashuv nuqtai nazaridan hal qiladigan faylasuflar,

psixologlar oʼqituvchilarning bir qator tadqiqotlarini tahlil qiladi. Zamonaviy taʼlim maktab
oʼquvchilari tomonidan qadriyatlarni oʼzlashtirishni targʼib qilishning asosiy maqsadlaridan birini
belgilaydi. Shu munosabat bilan oʼquvchilar qadriyatlar, ayniqsa, bugungi kun qadriyatlari
boʼyicha harakat qilishlari, inkor etilmaydigan qadriyatlar asosida muloqot qilishlari kerak.
Faqatgina muloqotda qadriyatlarni egallash mumkin. Oʼz navbatida, ushbu jarayonda muloqot oʼzi
qadriyatga aylanadi. Chunki muloqot tufayli qadriyatlar umumiy ahamiyatga ega boʼladi. Shu bois
muloqot qadriyat muammosi koʼrinishda boʼlishi mumkin.

Muloqotga qadriyat sifatida yondashgan bir qatorda tadqiqotchilar muloqotni toʼgʼridan-

toʼgʼri qadriyatlar bilan bogʼlaydilar. Shunday qilib, tabiat, inson, inson sivilizatsiyasi, dunyo
madaniyati, erkinlik va shaxs huquqlari, muloqot va hamkorlik kabi qadriyatlarni shakllantirishda,
erkin va masʼuliyatli shaxsning muloqot qadriyatlarini ichki qadriyat sifatida amalga oshirish
sharti sifatida jamiyatning keyingi bosqichi uchun eng katta ahamiyatga ega ekanligini taʼkidlash
muhimdir.

Maʼlumki, inson hamkorlik jarayonida muloqotning oʼzi va boshqa shaxs qadriyatiga ega

boʼladi. Muloqot nafaqat uning ziddiyatli birligida (birlik - izolyatsiya), balki har qanday faoliyat
uchun shart boʼlgan qadriyat sifatida ham tan olinadi. Shuningdnk, baʼzi tadqiqotlarda
insonparvarlik gʼoyasi, sevgi, ezgulik, muloqot, baxt, qadr-qimmat kabi tushunchalar orqali


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

214

insonning hayot, idrok, goʼzallik, mehnat, Vatan kabi tushunchalar bilan birga ijtimoiy ahamiyatga
ega qadriyatini ochib beradi. Umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bunday koʼp qirrali muloqot
universal muloqot hisoblanadi. Chunki, “Shaxs munosabatlari rivojlanishining universalligi uning
dunyo bilan aloqalarining universalligi shartidir. Muloqot shakllarining rivojlanishi va
kommunikativ oʼzaro aloqalar tizimlari sivilizatsiya taraqqiyotiga hamroh boʼladi va kelajakka
qarab harakat universal muloqot sxemalarini yaratish zarurligini anglamay iloji yoʼq boʼlib
chiqadi. Madaniyatni anglash va boshqa madaniyatning qadriyat dunyosiga kirib borish doirasi
boʼyicha maʼlum bir madaniyatning rivojlanishini baholash mumkin”.

Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilarida qadriyatli muloqot madaniyatini

shakllantirish muammosi hamkorlik faoliyatining samaradorligiga ijobiy taʼsir koʼrsatuvchi
muhim omil sifatida juda koʼplab faylasuf, psixolog, pedagog olimlar tomonidan tahlil qilingan,
turlicha yondashuvlar asosida ochib berishga harakat qilingan. Umumiy holda qadriyatli muloqot
faoliyat jarayonida - bu muayyan insoniy qadriyatlarga asoslangan, masalan, toʼgʼrisoʼzlik,
xushmuomalalik, hamdardlik, oʼzaro hurmatga asoslangan va natijada pozitiv javob beradigan
muloqot jarayoni. Shunday qilib, qadriyatli muloqot oʼquvchi shaxsining asosiy axloq qoidalari
yoki axloq qoidalariga mos keladigan asoslarni yoki qabul qilinadigan aloqa tamoyillarini belgilab,
ushbu tushunchaning qadriyatli muloqot jarayoni, qadriyatli muloqotli faoliyat, qadriyatli muloqot
muhiti, qadriyatli muloqot natijaviyligi kabi aspektlari farqlanadi.

Taʼlim jarayonida har bir pedagog qadriyatli muloqotning oʼziga xos aspektlarini

tushuntirishi, amal qilishi, faoliyatda qoʼllash imkoniyatlarini oʼrgatib borilsa hamkorlik qilish
koʼnikmasi, insonparvarlik, vatanparvarlik, shaxs qadr-qimmatini anglaydi.

Taʼlim jarayoni oʼquvchini aqliy va hissiy imkoniyatlarini ham tarbiyalab boradi.

Maʼlumki, mantiqiy aql oʼquvchi shaxsining aql-idrok kuchini anglatsa, hissiy aql atrofdagi
odamlarni tushunishning empatik qobiliyatiga asoslanadi. Bu odamlar bilan samarali muloqot
qilish qobiliyati ham hisoblanadi. Qadriyatli muloqot qilish koʼnikmalari oʼquvchining shaxs
sifatida qadr-qimmatini ham ifoda etadi.

REFERENCES

1.

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.:Oʼzbekiston,2012.–46 b. 2. ”Taʼlim
toʼgʼrisida”gi qonun. Oʼzbekiston Respublikasi qonuni-637-son 23.09.2020

2.

Аminova F. Muloqot matni yaratish koʼnikmalarini shakllantirish (Monografiya) //
Toshkent, “Fan” – 2006 y. 100-b.

3.

Аsmolov А.G. Sistemno-deyatelnostniy podxod v razrabotke standartov novogo
pokoleniya//Pedagogika. 2009.№ 4. S.18-22.


References

Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.:Oʼzbekiston,2012.–46 b. 2. ”Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonun. Oʼzbekiston Respublikasi qonuni-637-son 23.09.2020

Аminova F. Muloqot matni yaratish koʼnikmalarini shakllantirish (Monografiya) // Toshkent, “Fan” – 2006 y. 100-b.

Аsmolov А.G. Sistemno-deyatelnostniy podxod v razrabotke standartov novogo pokoleniya//Pedagogika. 2009.№ 4. S.18-22.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов