METHODICAL DEVELOPMENT OF LINGUISTIC COMPETENCIES OF BLACK SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF THE ASSIMILATION OF LINGUISTIC DISCIPLINES.

HAC
Google Scholar
To share
Abdurazaxova, S. (2023). METHODICAL DEVELOPMENT OF LINGUISTIC COMPETENCIES OF BLACK SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF THE ASSIMILATION OF LINGUISTIC DISCIPLINES. Modern Science and Research, 2(9), 420–423. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24232
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article presents the scientific-theoretical foundations of the formation of language competences in primary school students through children's literature. The level of the article is determined by the fact that the research works of foreign and local scientists on this topic are covered.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

420

TILSHUNOSLIK FANLARINI ÓQITISH ASOSIDA QORAQALPOQ MAKTAB

ÓQUVCHILARINING LINGIVISTIK KOMPETENCIYALARINI METODIK

RIVOJLANTIRISH.

Abdurazaxova Shaydagúl

NMPI stajor-izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8391393

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlanǵich sinf óquvchilarida bolalar adabiyoti orqali til

kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari keltirilgan. Maqolaning saviyasi shu
mavzuda xorijlik va mahalliy olimlarning tadqiqot ishlari ham yoritilgani bilan belgilanadi.

Kalit sózlar:

til, tilshunoslik, lingvistik kompetensiya.

METHODICAL DEVELOPMENT OF LINGUISTIC COMPETENCIES OF BLACK

SCHOOL STUDENTS ON THE BASIS OF THE ASSIMILATION OF LINGUISTIC

DISCIPLINES.

Abstract.

This article presents the scientific-theoretical foundations of the formation of

language competences in primary school students through children's literature. The level of the
article is determined by the fact that the research works of foreign and local scientists on this topic
are covered.

Key words:

language, linguistics, linguistic competence.

МЕТОДИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ЯЗЫКОВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ

КАРАКАЛПАКСКОЙ ШКОЛЫ НА ОСНОВЕ ИЗУЧЕНИЯ ЯЗЫКОВЫХ

ДИСЦИПЛИН.

Аннотация.

В данной статье представлены научно-теоретические основы

формирования языковых компетенций у учащихся начальных классов посредством детской
литературы. Уровень статьи определяется тем, что освещаются исследовательские
работы зарубежных и отечественных ученых по данной теме.

Ключевые слова:

язык, лингвистика, языковая компетенция.

Respublikamiz umumtálim maktablarida ona tilini óqitishda óquvchilarning nutqini

óstirish, luǵat ustida ishlash, tálim oluvchilarning ijodiy fikrlashlariga zamin yaratish va darslarni
integrativ yondashuvlar asosida tashkil etish borasidagi muammolar bir qator olimlarimiz
tomonidan tadqiq etilgan.

Bugun kunda tálim sohasida kompetensiya, kompetentlilik kabi tushunchalar muomalada

juda keng foydalanilmoqda. Bu sózning asl máno-mazmuni nimalardan iborat?

Kompetensiya (“competence”, “to compete” sózidan kelib chiqib) sózi ózida

“musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” mánolarini ifodalaydi. Sózma-sóz tarjima
qilganda “musobaqalashishga layoqatlilik” mánosida ifodalanadi. Atamaning mohiyati shundan
iboratki, “samaradorlik”, “moslashuvchanlik”, “yutuqlilik”, “uquvlilik”, “muvaffaqiyatlilik,
“natijalilik”, “tushunuvchanlik”, “xususiyat”, “sifat”, “miqdor” kabi tushunchalar bilan
tasniflanadi.

Yuqoridagi málumotlardan kórinib turibdiki, lingvistik kompetensiya óquvchilarda tilning

grammatikaga oid bilimlarini rivojlantirish va ózbek tilining keng imkoniyatlaridan unumli
foydalangan holda óquvchilar óz fikrlarini tóǵri, izchil, ravon va mánoli, shu bilan birga
tinglovchiga tushunarli tarzda bayon etishini shakllantirishdan iborat.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

421

Tilning grammatikga oid bilimlari deyilganda esa biz tilshunoslik fanining bólimlari:

fonetika – tovushlar, leksikalogiya - sózlarning luǵaviy boyligi, sózning tarkibi, sóz yasalishi,
morfologiya - sóz shaklari, sintaksis - sóz tuzilishi va qurilishi, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq
uslublariga oid tushunchalarni egallashi tushuniladi.

Mazkur kompetensiyani rivojlantirish mazmuni óquvchilarda fikr va mulohazalarini óz ona

tilida erkin, aniq, qisqa, ravon va tushunarli tarzda bayon eta olishiga, óz nutqida adabiy til
normalariga rioya qilgan holda sózlash, imlo va uslubiy xatolarsiz fikr almashishga yordam beradi.
Umumtálim maktablarida mazkur kompetensiyalarga ega óquvchini tarbiyalash “Ona tili”
fanining zimmasidadir. Biroq amaldagi darsliklarimiz lingvistik bilimdon óquvchini qay darajada
tarbiyalamoqda?!

Olima G.Yusupovaning “Bólajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini

shakllantirishda aralash tálimdan foydalanish metodikasi” nomli tadqiqoti natijasida bólajak
pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash tálimdan foydalanishning
tanishuv, ijodiy qism, baholash bosqichlari, ózbek tilini bilish darajasini xalqaro mezonlar asosida
baholash texnologiyalari aniqlashtirilganligini kórishimiz mumkin .

Bolalar adabiyoti orqali boshlanǵich sinf óquvchilarining lingvistik kompetensiyalarini

shakllantirish metodikasini yaratish maqsadini amalga oshirish uchun bir qator vazifalar ishlab
chiqildi. Mazkur vazifalar quyidagilar etib belgilandi:

- ona tili darslarida óquvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish yuzasidan

pedagogik va metodik imkoniyatlarni tahlil qilish;

- boshlanǵich sinf óquvchilarining lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning

didaktik komponentlarini yaratish, mavjudlarini takomillashtirish;

- ilǵor pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida lingvistik kompetensiyalarni

shakllantirishdagi didaktik jihatlarini belgilash;

- boshlanǵich sinf óquvchilarining lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-

metodik taminotini takomillashtirish;

- “Ona tili va óqish savodxonligi” darsligini tahlil qilish va darslik mavzularini

mustahkamlashga xizmat qiluvchi qóshimcha metodik adabiyotlar ishlab chiqish.

Mazkur vazifalarning amaldagi holati boshlanǵich sinf óqituvchilari uchun óquvchilarning

lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish uchun xizmat qilsa, óquvchilar uchun
esa maktabda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi. Mazkur tadqiqot natijalari tálim
sifatiga ijobiy tásir etadi.
Madaniyatlararo muloqot kompetensiyasi haqida gapirar ekanmiz avvalo, kompetensiya sózining
tom mánosiga e’tibor qaratishimiz lozim. Shunday ekan “Kompetensiya” tushunchasi lotincha
“competere” –

mos kelmoq

sózidan olingan bólib,

“óz kasbiga yaroqli, loyiq”

degan mánoni

anglatadi.[1] Bundan tashqari ushbu sóz keng mánoda umumiy yoki muayyan keng qamrovli
masalalarni yechishda mavjud bilim va kónikmalarni amaliy tajribada qóllay olishni ham
anglatadi. Demak, kompetensiya –kutilgan natijaga olib keluvchi faoliyat, egallangan bilim,
kónikma va malakalarni amaliyotda qóllay olish layoqatidir.

Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bólsak “kompetensiya” atamasi ilk bor XX asr

órtalarida N.Xomskiy tomonidan qóllanilgan bólib, tildan foydalanish jarayonida faoliyatga
yónaltirilgan bilim, kónikma va malakalar majmui sifatida baho beradi. Uning izdoshlari bólgan
bázi bir olimlar esa ushbu tushuncha kompetensiyaviy yondashuv sifatida talqin etilgan. Bunda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

422

kompetentlilik va kompetensiyaviy yondashuv tushunchalari tálimda natijaviylikni kórsatuvchi
omillar sifatida qayd etiladi.

“Kompetentlik”– subyekt va uning faoliyatiga berilgan tavsif bólib, u kópincha, turli

málumotlar beradigan luǵaviy-me’yoriy adabiyotlarda “biror-nima haqida fikr yuritish, óz fikr-
mulohazasini bildirish imkonini beradigan bilimlarni chuqur egallash” deya táriflanadi. Boshqacha
aytganda, kompetentlik –avvalambor, ishni bajarish (maqsadga erishish) uchun nimalar zarur
ekanligini tushunishning chuqur bilimlarga asoslangan darajasidir. Kasbiy kompetentlik esa
kasbiy faoliyatga oid masalalarni hal etishda bilim va kónikmalarni amaliy tajribada samarali
qóllay olish mahoratidir.

R.P. Milrudning fikricha: “...kompetensiya –shunday alohida faoliyat sohasiki, bunda

individ(shaxs) yuqori darajadagi ózlashtirilgan yutuqlar strategiyasini namoyish qiladi. Tajriba,
mavjud bilimlar va doimiy óz ustida ishlash asosida atrofdagi borliqning turli sohalarida qanday
xatti-harakatlarni amalga oshirish kerakligi haqidagi strategiyalar, malaka va amaliy bilimlar olish
maqsadida amalga oshiriladigan xatti-harakatlardir. Demak, kompetentlilik –shakllangan malaka
va egallangan amaliy bilimlar asosida muvaffaqiyat strategiyalarini ózlashtirish hisobiga samarali
faoliyat yuritish qobiliyatidir . Shuning uchun kompetentlikni zamonaviy tushunish insonda ham
óz imkoniyatlarini ishga solish va muayyan funksiyalarni bajara olish qobiliyati hamda unga
mustaqil va mas’uliyatli harakat qilishi uchun imkon beradigan ruhiy holatlarning mavjudligini óz
ichiga oladi.

Óquv jarayoniga kompetensiyaviy yondashuvni tatbiq etish muammosi óz tarixiga ega

bólib, kelib chiqishiga kóra, N. Xomskiy, R. Uayt, J. Raven, D. Xayms kabi chet mualliflar
tadqiqotlariga borib taqaladi.

Bizning respublikada tálimga kompetensiyaviy yondashuvning joriy qilinishi ushbu

yondashuv asosida Davlat tálim standartining takomillashtirilishiga, uzluksiz tálim tizimining
barcha bosqich óquv dasturlari va darsliklari mazmuniga ózgartirishlar kiritilishiga olib keldi.
Kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirilgan va Ózbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 2017 yil 8 aprelda tasdiqlangan Davlat tálim standartida umumiy órta tálim
bosqichida óquvchilarning yosh xususiyatlariga mos ravishda tayanch va xususiy kompetensiyalar
shakllantirilishi talablari belgilab berilgan. Tayanch kompetensiyalar sifatida kommunikativ
kompetensiya, axborotlar bilan ishlash kompetensiyalari, ózini ózi rivojlantirish kompetensiyalari,
ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalari, milliy va umummadaniy kompetensiya, matematik
savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bólish hamda foydalanish kompetensiyalari
belgilangan. Bugungi kunda barcha fanlar bóyicha Davlat tálim standartlarida kompetensiyaning
turlari aks ettirilgan va xususiy fanga oid kompetensiyalar ishlab chiqilgan. Davlat tálim
standartlarida, xususan, chet tillarni óqitish bóyicha quyidagi kompetensiyalar belgilangan:

Lingvistik kompetensiya yáni bunda til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida

bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, óqish va yozish) bóyicha
kónikmalarni egallash nazarda tutiladi. Sotsiolingvistik kompetensiya sózlovchining biror-bir
nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik
shakl, ifoda usulini tanlash imkonini yaratadigan kompetensiya hisoblanadi. Órganilayotgan chet
tilda kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bólganda takroran sórash, uzr sórash va
hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadigan
kompetensiya bu pragmatik kompetensiyadir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

423

Kompetentlilik yondashuvining shakllanishi tálimni taraqqiy ettirish talabi, zamonaviy

jamiyat ehtiyojlariga moslashish yóllarini qidirish bilan boǵliq hisoblanadi. Kompetentlilik
yondashuvi shaxsda bilimlardan tashqari amaliy vazifalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishga
intilishini ham aks ettiradi. Kasbiy faoliyat mazmunining ózgarishi, yangi texnologiyalarni
qóllash, ózgacha miqyosdagi tayyorgarlikni, umumtálim asosi maktabdanoq shakllantiriluvchi
kasbiy tayyorgarlikni taqozo etadi.

Yuqorida keltirib ótilgan ushbu kompetensiyalar talabalarning chet tilidagi kommunikativ

komptensiyalarini shakllanishga olib kelishi kózda tutiladi. Bundan kórinib turibdiki,
kommunikativ kompetensiya ham tayanch kompetensiyalar asosida turadigan ham xususiy
kompetensiyalar jamuljamidan kelib chiqadigan, kompetentlikni táminlab berishga xizmat
qiladigan asosiy kompetensiyadir. Óz navbatida kommunikativ kompetentlilik, lingvistik,
sotsiolingvistik, diskursiv, strategik, ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy kompetensiyalarni kabi
kompetensiyalarni óz ichiga oladi.


REFERENCES

1.

Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. “Ózbekiston nashriyoti” Toshkent-2021.

2.

Axmedova G.M. Ózbek tili darslarida óquvchilar nutqini yasama sózlar bilan boyitishning
metodik asoslari: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2007.

3.

Haydarova M.E. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli luǵat. – Toshkent.: Fan va
texnologiya, 2009.

4.

M.A.Kenjayeva. 5-6-sinf óquvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish
metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Toshkent, 2021.

5.

Ona tili va adabiyot fanini óqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar óquv
moduli. – Toshkent. 2017. -110-b.

6.

Oxunjonova O. Tálim bosqichlarida sinonimlar mavzusini óqitish metodikasi: ped.fan.nom.
…diss. – Toshkent, 2009. – 140-b.

7.

Tóxliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. Ózbek tili óqitish metodikasi. – Toshkent. 2010.
– 314-b.

8.

Yusupova G. Bólajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash
tálimdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Urganch. 2020.

9.

Yusupova Sh. Hozirgi ózbek dabiy tili darslarida óquvchilar tafakkurini óstirishning ilmiy-
metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped.fan.dok. … diss. – Toshkent, 2005. –
279-b.


References

Ózbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. “Ózbekiston nashriyoti” Toshkent-2021.

Axmedova G.M. Ózbek tili darslarida óquvchilar nutqini yasama sózlar bilan boyitishning metodik asoslari: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2007.

Haydarova M.E. va boshqalar. Pedagogika fanidan izohli luǵat. – Toshkent.: Fan va texnologiya, 2009.

M.A.Kenjayeva. 5-6-sinf óquvchilarida lingvistik kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Toshkent, 2021.

Ona tili va adabiyot fanini óqitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar óquv moduli. – Toshkent. 2017. -110-b.

Oxunjonova O. Tálim bosqichlarida sinonimlar mavzusini óqitish metodikasi: ped.fan.nom. …diss. – Toshkent, 2009. – 140-b.

Tóxliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. Ózbek tili óqitish metodikasi. – Toshkent. 2010. – 314-b.

Yusupova G. Bólajak pedagoglarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishda aralash tálimdan foydalanish metodikasi: ped.fan.dok (PhD). …diss. – Urganch. 2020.

Yusupova Sh. Hozirgi ózbek dabiy tili darslarida óquvchilar tafakkurini óstirishning ilmiy-metodik asoslari (akademik litseylar misolida): ped.fan.dok. … diss. – Toshkent, 2005. – 279-b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов