INNOVATION AND CREATIVITY AS A SOCIO-PSYCHOLOGICAL PHENOMENON

HAC
Google Scholar
To share
Beknazarova, L. (2023). INNOVATION AND CREATIVITY AS A SOCIO-PSYCHOLOGICAL PHENOMENON. Modern Science and Research, 2(9), 109–117. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24296
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Ushb maqolada innovatsiya va ijodkorlikning ijtimoiy-psixologik fenomen sifatida o‘rganilishi hamda oliy ta’lim tizimida muammoning yechimini aniqlash va talabalarni yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirishning muhim ijtimoiy -psixologik va pedagogik jihatlari tahlil qilingan. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog va talabalarning ijodiy – innovatsion rivojlanishi ga xos amaliy natijalar tahlili keltirilgan.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

109

INNOVATSIYA VA IJODKORLIK IJTIMOIY-PSIXOLOGIK FENOMEN SIFATIDA

Beknazarova Lola Sadinovna

Qarshi davlat universiteti psixologiya fanlari nomzodi, dotsent

https://doi.org/10.5281/zenodo.8416052

Annotatsiya.

Ushb maqolada innovatsiya va ijodkorlikning ijtimoiy-psixologik fenomen

sifatida o‘rganilishi hamda oliy ta’lim tizimida muammoning yechimini aniqlash va talabalarni
yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirishning muhim ijtimoiy -psixologik va pedagogik jihatlari
tahlil qilingan. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan
pedagog va talabalarning ijodiy – innovatsion rivojlanishi ga xos amaliy natijalar tahlili
keltirilgan.

Kalit so‘zlar

: Oliy ta’lim, muammo, ijodkorlik, innovatsiya, qobiliyat, ijodkor shaxs,

iste’dodi, yaratuvchanlik, xususiyat, ijodiy fikrlash, ijodiy faoliyat, ijodkorlik fenomeni,
kompetensiya, tadqiqotchi, pedagog, talaba, omil, muammo, yetuklik, tafakkur, psixologik
xususiyat.

INNOVATION AND CREATIVITY AS A SOCIO-PSYCHOLOGICAL

PHENOMENON

Abstract.

The article analyzes the study of innovation and creativity as a socio-

psychological phenomenon and the important socio-psychological and pedagogical aspects of
identifying a solution to the problem in the higher education system and shaping students as
mature professionals. Also presented is an analysis of practical results specific to the creative and
innovative development of educators and students, aimed at improving the effectiveness of
education in higher educational institutions.

Keywords:

higher education, problem, creativity, innovation, ability, creative personality,

talent, creativity, character, creative thinking, creative activity, phenomenon of creativity,
competence, researcher, educator, student, factor, problem, maturity, thinking, psychological
feature.

ИННОВАЦИИ И ТВОРЧЕСТВО КАК СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ

ЯВЛЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье рассматривается изучение инноваций и творчества

как социально-психологических феноменов, а также анализ важных социально-
психологических и педагогических аспектов определения решения проблемы в системе
высшего образования и становления студентов зрелыми специалистами. Также
представлен анализ практических результатов, присущих творческо – инновационному
развитию педагога и учащихся, направленных на повышение эффективности обучения в
высших учебных заведениях.

Ключевые слова:

высшее образование, проблема, творчество, инновации,

способности, творческая личность, талант, креативность, особенность, творческое
мышление, творческая деятельность, феномен творчества, компетентность,
исследователь, педагог, ученик, фактор, проблема, зрелость, мышление, психологическая
характеристика.


Kirish.

Hozirgi kunda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash muammosini o‘rganish,

psixologiya sohasining dolzarb muammolaridan biriga aylandi, mazkur muammoning yechimi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

110

ta’lim tizimida ko‘plab yangi g‘oyalarni yuzaga keltirishga hamda iqtidorli shaxslarni
yetishtirishga keng xizmat qiladi. Oliy ta’lim muassasalaridagi muammolarni aniqlash va ularni
yangi islohotlar darajasiga ko‘tarish, nostandart vazifalar va ularning yechimlarni hal qilish va bu
borada yangi takliflar ishlab chiqish, ob’ektlardan, imkoniyatlardan o‘z vaqtida foydalanish,
kelajakda soha egalarini yetuk mutaxassislar sifatida shakllantirish muhim masala bo’lib
hisoblanadi. Mohiyatan, innovatorlik, ijodkorlik bu – yaratish, ixtiro qilish demakdir.

Aqlli, iqtidorli, ijodkor insonning ijodi yuksak samaralar berishini qator ijtimoiy fan

sohalari isbotlagan. Ijodkorlik, innovatsion qobiliyat va ijodkor shaxsning iste’dodi,
yaratuvchanlik xususiyatlari, ijodiy fikrlash kabi masalalar D. Makkinnon, Dj.Gilford,
E.P.Torrens, K.L.Teylor, A.Olax, Dj.Renzulli, R.Sternberg, N.Rodjers, Ya.A.Ponomaryov,
V.N.Drujinin, A.M. Matyushkin, B.C.Yurkevich, A.A.Joldasbekov, I.Ya.Lerner, A.N.Luk,
A.V.Brushlinskiy, B.M.Teplov, D.B.Bogoyavlenskaya, M.A.Xolodnaya, Yu.D.Babaeva,
D.V.Ushakov, A.I.Savenkov va boshqa xorij tadqiqotchilarning ishlarida, o‘ziga xos tarzda tadqiq
etilgan [4]

Asosiy qism.

Tadqiqotchilardan D.V.Ushakovning yozishicha, “ijodkorlik takrorlanib

bo‘lmaydigan, tarixiy-ijtimoiy, sifatli innovatsion faoliyatdir” [14]. Boshqa bir muallif
M.G.Selyuchning so‘zlariga ko‘ra, “ijodiy faoliyat – yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangi
mahsulotlarni ishlab chiqaradigan faoliyatdir”[12]. Ushbu ikki yondashuvdan shu narsa ma’lum
bo‘ladiki, ijodkorlik nafaqat yangi narsalarni va vaziyatlarni hal etish balki, ijtimoiy-tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy-psixologik xususiyat hisoblanadi.

Biroq, ayrim tadqiqotchilar guruhi ijodkorlikni “ijtimoiy dadillik” tushunchasiga yaqin

ta’rif bilan tavsiflaydilar. Misol uchun, A.N.Lukning fikricha, ijodkor shaxs tavakkalchi, u ko‘p
g‘oyalarga ega va ularni ommaga oshkor etishdan qo‘rqmaydi. Muallif ijodkor shaxsga tegishli
quyidagi qobiliyatlar turlarini ajratib o‘tadi:[8]

-motivatsiya bilan bog‘liq qobiliyatlar (ko‘proq qiziqish va moslashuvchanlik);
-temperament bilan bog‘liq qobiliyatlar (yaxshi kayfiyat, samarali ijod);
-fikrlash qobiliyatlari (fikrlash orqali rejalashtirish va keyin vazifa amalga oshiriladi.

I.Ya.Lerner esa, ijodkorlikni bilim, ko‘nikma, malakalarni yangi vaziyatga o‘tkazish, yangi
yechim topish qobiliyatini ijodiy faoliyat sifatida tushuntiradi.

Demak, ushbu ta’rifga muvofiq muallif ijodkorlikni faoliyatni oldindan ko‘ra bilish,

muammolarni hal qilishda hushyorlik, g‘oyalarning amalga oshirilishini bashorat qilish qobiliyati
(hosil qilish qobiliyati) kabi xususiyatlar bilan bog‘laydi.

Shuni alohida ta’kidlash o‘tish joizki, ba’zan fanda ijodkorlik innovatsion o‘zgarishlar va

ilg‘or taraqqiyot darajasini belgilovchi, sifatli yangiliklarni ochib beruvchi, noyob tarixiy va
ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyat sifatida ham tavsiflanadi.

D.V.Chernilevskiyning fikricha, “Ijodiy faoliyat yuqori ijtimoiy ahamiyatga ega yangi

mahsulot ishlab chiqaradigan faoliyatdir”[15]. S.L.Rubinshteyn ijodkorlikni - muammoni hal
qilishdagi mahsuldor faoliyat, masalani oldindan ko‘ra bilish, g‘oyani amalga oshirish deb
hisoblaydi. Shu bilan birga, muallif insondagi bashorat qilish qobiliyatini “avlodga” tegishli
qobiliyat sifatida e’tirof etadi[13].

Darhaqiqat, hozirgi kunda zamonaviy jamiyat rivojlanishining asosiy shartlaridan biri bu,

oliy o‘quv yurti

talabalarida ijodiy-innovatsion qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Chunki ijodiy

faoliyat insonda yuksak his-tuyg‘ularva kasbiy, shaxsiy muhim sifatlarni rivojlantiradi. Boshqa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

111

tadqiqotchilar ham ijodkorlik xususiyati to‘g‘risida, o‘ziga xos fikr-mulohazalar bildirgan bo‘lib,
uni fikrlashning yuqori bosqichi sifatida ta’riflaydilar. Misol uchun, V.V.Korobkovaning
yozishicha, ijodiy faoliyat jarayonida shaxs o‘sadi, rivojlanadi va fikrlashning yuqori darajasiga
ko‘tariladi. Shuningdek, ijodkorlik inson faoliyatining eng oliy shaklidir. Hayotdagi yangi
o‘zgarishlar ijodiy faoliyat mahsulidir [6].

Muallif o‘z tadqiqotida, ijodkorlikni inson tafakkurining, mustaqil faoliyatining oliy shakli

sifatida ham e’tirof etadi. Mazkur yondashuvlardan farqli o‘laroq, intellekt masalasida yetakchi
bo’lgan tadqiqotchilar, ijodiy qobiliyat va intellektual qobiliyatlarni o‘zaro aloqado psixologik
hodisa sifatida o‘rganishgan.

Xuddi shunday qarashlar tadqiqotchilardan L.Tyorstoun va Dj.Gilfordlarning

izlanishlarida o‘z aksini topgan. Mualliflar ijodiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlar o‘rtasida qandaydir
aloqa mavjud deb xulosa qilishib, uni shaxsning muammolarga bo‘lgan sezgirlik qobiliyati,
ma’lumotlarni qayta aniqlash malakasi kabi kompetensiyalar bilan ta’riflashga harakat qilishgan.
Psixolog Ye.P.Torrens shaxsninng ijodkorlik, yaratuvchanlik sifatlarini baholovchi testlarni
yaratishga muvaffaq bo‘ldi va unda ijodkorlikni begilovchi quyidagi sifatlarni baholash maqsad
qilindi:

– muammolar va qarama-qarshiliklarni tushunish qobiliyati;
– stereotipik fikrlash usullaridan rad qilish;
– yangi g‘oyalarni yaratish va muammolarni hal qilishning noan’anaviy usullarini topish

qobiliyati ( I.Yu.Matvieeva 2008) [9];

– vaziyatning yetishmayotgan elementlari bo‘yicha, alohida farazlarni shakllantirish

qobiliyati.

Ushbu tasnifga muvofiq, insonning ijodiy harakat qilish modeli namoyon bo‘lib, unda

muammoni idrok etish, farazlarni shakllantirish, yechimlarni izlash, farazlarni tekshirish va
o‘zgartirish kabilar ham o‘rin oladi.

Ayrim tadqiqotchilar guruhining yozishicha, ijodkorlik jarayoni murakkab vaziyatlar va

ularni hal etish bosqichi kabi masalalar bilan ham xarakterlanadi.

A.I.Sannikovaning ta’kidlashicha, ijodkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qiyinchiliklar,

muammolar, ma’lumotlardagi bo‘shliqlar, yetishmayotgan elementlar, ushbu yetishmayotgan
elementlar haqida farazlarni taklif qilish, ularni takroran sinab ko‘rish va baholash [11]. Bunday
holatda insonning umumiy intellekti va maxsus qobiliyatlari o‘rta darajadan ancha yuqori bo‘lishi,
shuningdek, topshiriqni bajarish uchun avvalambor, shaxsda ishtiyoq bo‘lishi lozim.

Zamonaviy psixologiyada ijodkorlik fenomeniga nafaqat aqliy harakat, balki oliy insoniy

sifat, yuqori darajadagi obraz yoki turmush tarzi, dunyoga yangicha munosabat sifatida
qaralmoqda. Shaxs kamolotidagi ijodiy taqdir, shaxsning madaniyat bilan munosabati va muloqot
malakalari bilan belgilanadi.

Psixolog G.Olport o‘zining “Shaxs” nomli birinchi fundamental kitobida shunday deydi:

“har bir rassom, bastakor, o‘qituvchi, o‘quvchi, pianinochi, haykaltarosh, raqqosa, shoir,
dramaturg, rassom, notiq, fotograf, akrobat, uy bekasi va oddiy haydovchining o‘ziga xos
harakatlar uslubi bor. Shu bois ham, uslub ijodiy qobiliyatning yuqori darajasi hisoblanib, u yaxshi
integratsiyalashgan va shaxsning muvaffaqqiyatli xatti-harakati ishtirok yetganda yuzaga chiqadi”
deb ta’kidlaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

112

Mazkur yondashuvga ko‘ra, ijodkorlik bu – faqat ilm egasida emas, balki barcha kasb

egalari faoliyatiga ham xos psixologik unsurdir. Ya’ni u cheklangan amaliyot sohalarida shaxs
individualligini aks ettirish yoki yaxshi rasm chizishni anglatmaydi, balki u kundalik va oddiy
ko‘rinadigan narsalarda, masalan, kechki ovqat tayyorlash, mashinani ta’mirlash va hatto uy
yumushlarida ham ifodalanishi mumkin.

Masalan, ko‘pchilik yaxshi asar va ijod namunalarini dunyodagi eng yaxshisi deb

baholashadi, bu yangiliklarni yaratishga bo‘lgan ijodiy yondashuvni aks ettiradi va muhabbat bilan
uyg‘unlashadi. Demak, ijodiy kompetensiya insonning o‘ziga xos sifatlari va maxsus qobiliyatlari
majmui bo’lib, yangi va ilg‘or g‘oyalarni yaratishga xizmat qiladi. L.A.Adreevaning tadqiqotlari
shuni ko‘rsatadiki, har bir yoshning o‘ziga xos qobiliyatlari bor va u ijodkorlik uchun juda
muhimdir. Shuning uchun, bolani yoshligidan maktabni tugatguniga qadar, ijodga doimiy jalb
etish, aql-zakovat va moslashuvchanlik kabi sifatlarni rivojlantirish o‘ta muhim ish sanaladi [1].
Shunday tadqiqotlar mavjudki, ularda “ijodkorlik” fenomeni tafakkurning yetukligi va o‘zini o‘zi
tarbiyalay olish ko‘nikmalari bilan tavsiflanadi.

T.A.Kasilo o‘zining “Ijodiy faoliyat mezonlari muammosi” mavzusidagi ilmiy maqolasida,

ijodkor shaxslarni shunday ta’riflaydi: “Ijodkor kishilar ko‘pincha chuqur bilimga, turli qobiliyat,
ko‘nikma va qobiliyatlarga ega, shuningdek, atrof-muhitdagi voqelik, xatti-harakatlar haqida
o‘zlarining muqobil fikrlash tarziga ega shaxslardir. Bundan tashqari, bunday shaxslarda
tafakkurning yetukligi ustun bo‘lib, ular yangiliklarni aniqshga doir ko‘plab sifatlarni o‘zida
mujassamlashtira olgan shaxslardir” [5].

Demak, mazkur yondoshuvga muvofiq, ijodiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyati shundaki,

ijodiy qobiliyatli shaxslar avvalambor, o‘z g‘oyalarini amalga oshirishning yangi usullarini izlay
oladilar qolaversa, yangi texnologiyalarni amaliyotda qo‘llay oladilar, muammolarni yangicha
usulda yecha oladilar, o‘quv faoliyati davomida o‘z-o‘zini tarbiyalashga va rivojlantirishga katta
e’tibor qaratadilar. Shu bilan birga bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil qilish, umumlashtirish,
vaziyatlarni baholash, nazorat qilish kabi kompetensiyalarga ham ega bo’lishadi.

Ba’zi tadqiqotchilar, “ijodkorlik” fenomenini o‘qituvchilarning kasbiy faoliyati orqali

tushuntirishga harakat qilishadilar. Va asosiy omillar sifatida, muhim ijtimoiy-pedagogik
muammolarni tushuna olish, mashg‘ulotlarda muqobil yechimlarni topa bilish, o‘z imkoniyatlarini
rivojlantirishning pedagogik jihatlarini yaxshi bilish va uni takomillashtirishning amaliy, nazariy
yo‘llarini yaxshi bilishi kabilar e’tirof etiladi.

Ta’kidlash joizki, ijodkorlik yoki ijodiy sifatlarning rivojlanganligi, maxsus qobiliyatlar

bilan o‘zaro aloqador bo’lib, ushbu mazmundagi tadqiqotlar ham, “ijodkordik” fenomenini
tushuntirishda, alohida ahamiyatga ega ishlar turkumidan biri hisoblanadi.

Ijodkorlik, novatorlik kabi tushunchalar faqatgina psixologiya sohasining predmeti bo‘lib

qolmay balki u fanlararo tadqiqotlarning o‘rganish predmeti hisoblanadi. Shuning uchun ham unga
berilgan ta’rif va tavsiflar ham umumpsixologik, ham ijtimoiy-psixologik mazmundagi qarashlar
hisoblanadi.

Natija:

Oliy o‘quv yurtlari ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligini takomillashtirishning

amaliy jihatlarini aniqlash maqsadida tadqiqot uchun tanlangan metodikalar asosida natijalarini
tahlil qilishga harakat qildik.

N.Vishniyakovaning Kreativlikning psixologik xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi

natijalari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

113

1-rasm

Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, ijodiy-innovatsion ta’lim samaradorligiga erishish-

innovatsion faoliyat mazmunida yetakchi shaxsiga xos o‘zini o‘zi rivojlantirish, tolerantlilik,
mas’uliyatlilik, ijtimoiy faollik, kommunikativlik, yuqori darajadagi sotsial intellekt hamda
ishbilarmonlik kabi sifatlar innovatsion faoliyatni tashkil etishning zaruriy unsurlaridan biri
hisoblanadi.

Kreativlikning psixologik xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi natijalariga ko’ra, mazkur

so’rovnomaga bo’yicha Termiz davlat universitetida tahsil oluvchi talabalarda ikki oliygoh
talabalariga qaraganda yuqoriroq natijalar kuzatilgan.

Xorijlik tadqiqotchilarning maxsus tadqiqotlarida garchand kreativlik qobiliyati sohasida

yaqqol gender tafovutlar kuzatilmasligi aniqlangan bo‘lsa ham, ammo ba’zi tadqiqotlarning
natijalariga ko‘ra o‘z ijodiy salohiyatini talaba yigitlar quyi kurslarda, talaba qizlar esa yuqori
kurslarda namoyon etadilar

.

Keyingi keltirilgan jadvalda sinaluvchilardan shaxs ijodkorligining to’rt yo’nalishi

xususiyatlari darajasi so’rovnomasi bo’yicha olingan natijalari taqdim qilingan (2-rasm).

E.Tunikning Shaxs ijodkorligining to’rt yo’nalishi xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi

natijalari

7

7

9

6

7

7

8

8

6

8

7

7

7

8

6

7

6

10

8

8

9

10

5

7

0

2

4

6

8

10

12

SAMDU talabalari

QARDU talabalari

TERDU talabalari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

114

2-rasm

Shaxs ijodkorligining to’rt yo’nalishi xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan so’rovnoma

bo’yicha Samarqand davlat universiteti talabalarida Qarshi va Termiz davlat universitetlarida
tahsil oluvchi talabalarga qaraganda natijalar ijobiy va yuqoriroq kuzatilganligi ma’lum bo’lgan.
Hozirgi davrda talabalar qanday kasblar kelajakda rivojlanishini bilishi va o‘ziga ma’qul bo‘lgan
kasb uchun zarur bilimlarni egallashi, buning uchun, avvalo, shaxsiy qaror qabul qilishi lozim.

Shuningdek, bu turdagi dolzarb masalalarni tadqiq yetish uchun uzoq xorij va qo‘shma

shtatlar psixologiyasida ko‘plab tajriba sinovlardan o‘tgan test va so‘rovnomalarni tanlash va
ularni amaliyotga tatbiq yetish, tadqiqotni amalga oshiruvchi izlanuvchilarni oldiga murakkab
vazifalarni qo‘yadi.

Shaxs kreativlik xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi natijalari

20

16

20

18

18

18

18

21

14

21

15

18

0

5

10

15

20

25

Tavakkalchilikka

moyillik

Bilimga

qiziquvchanlik

Murakkablik

Ijodiy tasavvur

SAMDU talabalari

QARDU talabalari

TERDU talabalari

138,43

131,33

144,12

146,59

123,46

136,87

139,32

133,54

126,72

134,28

132,39

128,63

125,65

145,77

135,2

130,19

135,49

140,51

129,46

132,27

136,39

148,78

125,44

128,67

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

Ijodiy fikrlash

Qiziqish

Originallik

Tasavvurning boyligi

Intuitsiya

Emotsionallik,empatiya

Yumor hissi

Kasbga ijodiy munosabat

SAMDU pedagoglari

QARDU pedagoglari

TERDU pedagoglari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

115

3-rasm

Shaxs kreativlik xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi natijalari

Shaxs kreativlik darajasi xususiyatlarini

aniqlashga mo’ljallangan so’rovnoma bo’yicha

birinchi shkala ijodiy fikrlash shkalasi bo’yicha 138,43 natijani Samarqand davlat universiteti,
126,72 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda 135,49 natijani Termiz davlat universitetida
faoliyat yurituvchi pedagoglar tashkil etgan. Qiziqish shkala bo’yicha 131,33 natijani Samarqand
davlat universiteti, 134,28 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda 140,51 natijani Termiz
davlat universitetida faoliyat yurituvchi pedagoglar xarakterlangan.

Originallik shkalasi bo’yicha 144,12 natijani Samarqand davlat universiteti, 132,39

ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda 129,46 natijani Termiz davlat universitetida
faoliyat yurituvchi pedagoglar namoyon bo’lgan. Tasavvurning boyligi shkalaga ko’ra, 146,59
natijani Samarqand davlat universiteti, 128,63 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda
132,27 natijani Termiz davlat universitetida faoliyat yurituvchi pedagoglar tashkil etgan.

Intuitsiya shkalaga ko’ra, 123,46 natijani Samarqand davlat universiteti, 125,65

ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda 136,39 natijani Termiz davlat universitetida
faoliyat yurituvchi pedagoglar tashkil qilgan. Emotsionallik, empatiya shkalaga ko’ra, 136,87
natijani Samarqand davlat universiteti, 145,77 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda
148,78 natijani Termiz davlat universitetida faoliyat yurituvchi pedagoglar tashkil qilgan.

Navbatdagi yumor hissi shkalaga ko’ra, 139,32 natijani Samarqand davlat universiteti,

135,2 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda 125,44 natijani Termiz davlat universitetida
faoliyat yurituvchi pedagoglar farqlangan. Kasbga ijodiy munosabat shkalaga ko’ra, 133,54
natijani Samarqand davlat universiteti, 130,19 ko’rsatkichni Qarshi davlat universiteti hamda
128,67 natijani Termiz davlat universitetida faoliyat yurituvchi pedagoglar namoyon qilgan.

Keyingi keltirilgan jadvalda sinaluvchilardan shaxs ijodkorligining to’rt yo’nalish

xususiyatlari darajasi so’rovnomasi bo’yicha olingan natijalari taqdim qilingan (4-rasm).

Shaxs ijodkorligi xususiyatlarini aniqlash so’rovnomasi natijalari

4-rasm

145,27

149,64

134,57

142,76

138,28

133,53

139,4

127,9

134,57

140,39

136,87

132,75

0%

10%

20%

30%

40%

50%

60%

70%

80%

90%

100%

Tavakkalchilikka

moyillik

Bilimga

qiziquvchanlik

Murakkablik

Ijodiy tasavvur

SAMDU pedagoglari

QARDU pedagoglari

TERDU pedagoglari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

116

Pedagoglardan olingan natijalar shaxs ijodkorligi xususiyatlarini aniqlash metodikasi

boʼyicha ularning bergan mulohazalari ijodkorlikdan qay darajada foydalana olish bilim
koʼnikmalarning shakllanganligidan dalolat beradi. Metodikadan olingan natijalar pedagoglarning
subyektiv munosabatini aks ettirishga xizmat qiladi va kundalik turmushga qay darajada kirib
borganligini belgilashga xizmat qiladi.

Innovatsiyalar jamiyat ijtimoiy va madaniy taraqqiyotining muhim xususiyati sifatida

uning to‘la qaytadan qurilishiga olib kelmoqda. Bularning natijasida innovatsion ong, innovatsion
yoki kreativ (ijodiy) yondashuv, innovatsion faoliyat va ularga asoslangan innovatsion jamiyat
shakllanmoqda. Jamiyatda modernizatsiya va innovatsiya jarayonlarining ildizlari aslida insoniyat
tarixining ilk davrlariga borib taqaladi.

Chunki modernizatsiya va uning natijasida innovatsiyalarning tarqalishi tarixiy

jarayonning barcha bosqichlarida ham mavjud, aks holda progressiv taraqqiyotning o‘zi amalga
oshmagan bo‘lur edi. Faqat o‘tmishda bu jarayonlarning sur’ati ancha past bo‘lgan. Albatta,
bugungi kunga kelib modernizatsiyaning ham, uning natijasida amalga oshayotgan
innovatsiyalarning ham va ularga bog‘liq holda ijtimoiy taraqqiyot sur’atlari ham o‘ta tezlashib
ketgan. Modernizatsiya tarixiy taraqqiyotni ta’minlovchi va tarixni tashkillashtiruvchi asosiy omil
bo‘lsa, innovatsiyalar ana shu omilning natijasi sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Darhaqiqat, o‘quv mashg‘ulotlarida muammoli vaziyat va savollar bilan talabalar faolligini

oshirish, ularni ijodiy yondashuv talab qilinadigan aqliy faollikka undash o‘z samarasini
bermasligi mumkin emas. Biroq ayni vaqtda amaliyotda bunday shakldagi mashg‘ulotlarda odatda
o‘zining ijodiy faolligi bilan avvaldan ajralib turgan pedagoglarning dominantligi hamda nofaol
pedagoglarning yana ikkinchi qatorda qolib ketishiga ko‘pincha guvoh bo‘lish mumkin.

Xulosa:

Yuqorida keltirilgan olimlarning fikriga ko‘ra, ijodiy – innovatsion sifatlarning

poydevori erta yoshdan boshlab qo‘yilsa, xayoliy harakatlar shunchalik muhim va samarali
bo‘ladi. Har bir davrda innovatsion g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi sifatli, sog‘lom, ongli avlodni
tarbiyalash har bir pedagogning asosiy vazifasi hisoblanadi. Innovatsiya va ijodkorlik sifatlari,
metapsixologik mazmundagi kompetensiya bo‘lib, uni ushbu ikki tushuncha uyg‘unligida ko‘rib
chiqish, ko‘plab psixologik yondoshuvlar va konespsiyalarning integratsiyasi yuz berishiga keng
imkon beradi.


REFERENCES

1.

Андреев А. Л. Знания или компетенции? // Высш. образование в России : науч.-пед.
журн. - 2005. - № 2. - С. 3-11

2.

Alport D. Psychology of the power: theory of subjection; translated by Zaven Babloyan. -
Kharkov : HTsGI; SPb. :Aleteya. - 2002. - 168 pages - (Gender Researches series).

3.

Белова Е. С. Выявление творческого потенциала дошкольников с помощью теста Е.
П. Торренса. // Психологическая диагностика -2004. -№1.- С.21-41.

4.

Калошина И.П. Большая теорема Ферма и психология творчества: Монография /
И.П. Калошина. - М.: Юнити, 2011. – 319 c.

5.

Красило Т.А. К проблеме критериев творческой деятельности // Актуальные
проблемы психологического знания. – 2010. – №3. – С. 3-13.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

117

6.

Коробкова В. В. Формирование у подростков готовности к развитию своего
творческого потенциала в процессе учебно-познавательной деятельности : дис. ...
канд. пед. наук : 13.00.01 /

7.

Коробкова В. В. ; Перм. гос. пед. ун-т. - Пермь, 2000. – С.65.

8.

Лук А.Н. Очерки эвристической психологии. – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний,
2011. – С.64.

9.

Матвеева И. Ю. Творчество как мотив профессиональной деятельности молодых
специалистов / И. Ю. Матвеева // Молодые в библ. деле. -2008.-№7. –С.16 -18.

10.

Пономарев Я.А. Психология творения / Я. А. Пономарев. - М.: МПСИ; Воронеж:
НПО «МОДЭК», 1999. – С.112.

11.

Санникова А. И. Развитие творческого потенциала школьников в образовательном
процессе : автореф. дис. ..д-ра пед. наук : 13.00.01 / Санникова А. И.; Оренбург, гос.
ун-т. - Пермь, 2002. – С.19.

12.

Селюч М.Г. Рабочая книга по психологии творчества / М.Г. Селюч. - Благовещенск:
БГПУ, 2006. – С.45.

13.

Рубинштейн С.Л. Основый общей психологии. – СПб.: Питер, 2000. – С.321.

14.

Ушаков Д.В. Современные исследования творчества / Д.В. Ушаков // Психология.
Журнал Высшей школы экономики. – 2005. – Т. 2. - №4.- С.53 - 56.

15.

Чернилевский Д.В. Креативные аспекты становления образовательной системы. –
М., 2003. – С.163.

References

Андреев А. Л. Знания или компетенции? // Высш. образование в России : науч.-пед. журн. - 2005. - № 2. - С. 3-11

Alport D. Psychology of the power: theory of subjection; translated by Zaven Babloyan. - Kharkov : HTsGI; SPb. :Aleteya. - 2002. - 168 pages - (Gender Researches series).

Белова Е. С. Выявление творческого потенциала дошкольников с помощью теста Е. П. Торренса. // Психологическая диагностика -2004. -№1.- С.21-41.

Калошина И.П. Большая теорема Ферма и психология творчества: Монография / И.П. Калошина. - М.: Юнити, 2011. – 319 c.

Красило Т.А. К проблеме критериев творческой деятельности // Актуальные проблемы психологического знания. – 2010. – №3. – С. 3-13.

Коробкова В. В. Формирование у подростков готовности к развитию своего творческого потенциала в процессе учебно-познавательной деятельности : дис. ... канд. пед. наук : 13.00.01 /

Коробкова В. В. ; Перм. гос. пед. ун-т. - Пермь, 2000. – С.65.

Лук А.Н. Очерки эвристической психологии. – М.: БИНОМ. Лаборатория знаний, 2011. – С.64.

Матвеева И. Ю. Творчество как мотив профессиональной деятельности молодых специалистов / И. Ю. Матвеева // Молодые в библ. деле. -2008.-№7. –С.16 -18.

Пономарев Я.А. Психология творения / Я. А. Пономарев. - М.: МПСИ; Воронеж: НПО «МОДЭК», 1999. – С.112.

Санникова А. И. Развитие творческого потенциала школьников в образовательном процессе : автореф. дис. ..д-ра пед. наук : 13.00.01 / Санникова А. И.; Оренбург, гос. ун-т. - Пермь, 2002. – С.19.

Селюч М.Г. Рабочая книга по психологии творчества / М.Г. Селюч. - Благовещенск: БГПУ, 2006. – С.45.

Рубинштейн С.Л. Основый общей психологии. – СПб.: Питер, 2000. – С.321.

Ушаков Д.В. Современные исследования творчества / Д.В. Ушаков // Психология. Журнал Высшей школы экономики. – 2005. – Т. 2. - №4.- С.53 - 56.

Чернилевский Д.В. Креативные аспекты становления образовательной системы. – М., 2003. – С.163.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов