CURIOSITY AND CURIOSITY ARE YESTERDAY AND TODAY OF ART.

HAC
Google Scholar
To share
Salomov, M. ., & Raxmanova, G. (2023). CURIOSITY AND CURIOSITY ARE YESTERDAY AND TODAY OF ART. Modern Science and Research, 2(10), 414–420. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24382
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the emergence of askiya and the art of curiosity and its scientific study, the teaching of folk art, the scientific study of unique forms such as payrov, rhyme, bahri-bayt, legend, radif, saying, rabbi and recommendations for the further development of the art of askiya and curiosity are discussed in detail.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

414

ASKIYA VA QIZIQCHILIK SAN’ATNING KECHA VA BUGUNI.

Ma’ruf Salomov

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat inistituti Nukus filiali

“Sahna va ekran dramaturgiyasi san’ati” sirtqi ta’lim yo‘nalishi talabasi

Surxondaryo Viloyati Termiz tuman madaniyat va turizm bo‘limi tasarufidagi 3-sonli

madaniyat va turizim markazi rejissyori

Raxmanova Gauxar Kengesbaevna

Ilmiy rahbar.

O‘zDSMI Nukus filiali o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8435801

Annotatsiya.

Bu maqolada askiya va qiziqchilik san’atining paydo bo‘lishi va uni ilmiy

o‘rganish, xalq og‘zaki ijodini o‘qitish, payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif, aytishuv, rabbiya
kabi noyob shakllarini ilmiy o‘rganish hamda askiya va qiziqchilik san’atini yanada
rivojlantirishga doir tavsiyalar atroflicha muhokama qilinadi.

Kalit so‘zlar:

askiya va qiziqchilik, san’at, xalq, ijod, payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona,

radif, aytishuv, rabbiya.

CURIOSITY AND CURIOSITY ARE YESTERDAY AND TODAY OF ART.

Abstract.

In this article, the emergence of askiya and the art of curiosity and its scientific

study, the teaching of folk art, the scientific study of unique forms such as payrov, rhyme, bahri-
bayt, legend, radif, saying, rabbi and recommendations for the further development of the art of
askiya and curiosity are discussed in detail.

Key words:

askiya and curiosity, art, folk, creation, payrov, rhyme, bahri-bayt, myth, radif,

saying, rabbi.

ЛЮБОПЫТСТВО И ЛЮБОЗНАТЕЛЬНОСТЬ – ЭТО ВЧЕРА И СЕГОДНЯ

ИСКУССТВА.

Аннотация.

В данной статье рассматривается возникновение искусства аския и

любознательности, быть и его научное изучение, обучение народному творчеству, научное
изучение уникальных форм, таких как пайров, рифма, бахри-байт, миф, радиф, поговорка,
равбиа, а также искусство аскии и любопытства.

Ключевые слова:

аския и любопытство, искусство, народное, творчество, пайров,

рифма, бахри-байт, миф, радиф, поговорка, раввин.

Hayot o‘zi bir askiya undagi voqiyalar qiziq

Muallif so‘zi

Eng oliy baxt — inson salomatligi. Inson salomatligining tayanchlaridan biri — samimiy

kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o‘zining kulish fazilati bilangina ajralib
turadi. Yaxshi, beg‘ubor kulgidan ruhiy sog‘liq, tetiklik paydo bo‘ladi.

Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan

o‘taveradi. Shifokorlar ko‘pincha kulgini umr uzaytirish dorisi, deya ta’riflaydi. Haqiqatdan, kulib,
quvnab yurgan odam uzoq umr ko‘radi, bu fikr hayotda o‘z isbotini topgan. Kulgi kirgan har bir
xonadondan g‘am-tashvish, urish-janjal, g‘iybat-bo‘hton, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib,
xushmuomalalik va ahillik kuchayadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

415

Ammo faqat kulgi bilan hayot kechirib bo‘lmaydi. Kulishning ham vaqti-soati, me’yori

bor. Shuningdek, kulgi odobi ham mavjud. Ana shularga amal qilib kulgan kishigina kulgining
qadriga yetadi.

1

Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning Askiya

sanʼatida mujassam topgani hammamizga yaxshi maʼlum. Turli xalqlarning milliy oʻzligini,
ularning xalq og‘zaki ijodi, anʼana va urfodatlarini ifoda etadigan Askiyachilik sanʼati
umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadrlidir.

Darhaqiqat, Askiyaichilik qadim tarixdan bizlarga sado berib kelmoqda. O‘zi askiya va

qiziqchilik qachon qayerda paydo bo‘lgan shu xaqida biroz malumot bersak!.

Qiziqchilik

- oʻzbek anʼanaviy teatr turi. Qiziqchilik teatri, asosan, Qoʻqon xonligi

hududida (ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda) rasm boʻlgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), toʻda
boshligʻi va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan. Uning repertuarini tanqid va muqallid
janrlaridagi hajviy va yumoristik komediyalar, kulki-hikoya tashkil etgan. Qiziqchilik ogʻzaki
dramaturgiyaga asoslangan; bunda koʻrsatiladigan tomoshalarning fabulasi, syujeti, ayrim
barqaror savoljavoblari maʼlum boʻlib, qiziqchilari tomonidan oldindan oʻzlashtirilgan va shu
asosda ijod va ijro qilingan.

Qiziqchilar oʻz ijodlarida koʻproq soʻz sanʼatiga tayangan, xalq poetik ijodi, til boyligi,

askiyachi, mumtoz adabiyot namunalaridan ustalik bilan foydalanganlar; muayyan rolda
oʻynaganda xarakterga yarasha liboslarda chiqsa-da, odatda, qizil, sariq yoki jigarrang matodan
tikilgan yoki quroq kamzul kiygan. 19-asrda qiziqchilarning truppalari (mas, Bidiyorshum, Zokir
Eshon boshchiligidagi toʻdalar) faoliyat koʻrsatgan. Zokirjon qiziq toʻdasiga 20 dan ziyod qiziqchi
uyushgan boʻlib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyish etishgan. 20-
asrning 1-yarmida Yusufjon qiziq Shakarjonov boshliq 50 ga yaqin qiziqchi Qiziqchilik merosini
saqlab, yangi sharoitlarda baholiqudrat ijod qilib, oʻz bilim va tajribalarini yosh ijrochilarga
singdirib keldilar. 20-asrning 2-yarmida qiziqchilarning yangi avlodi maydonga keldi.

Ular anʼanaviy teatr merosi, ijro madaniyatidan taʼsirlangan boʻlsalar-da, Qiziqchilikni

milliy anʼanalarga tayangan va jahon kulgi ustalari ijodidan taʼsirlangan holda oʻz dasturlarini
oʻzlari toʻqib, oʻzlari ijro etadilar. Bu tarixiy jarayon Zaynobiddin Yusupov, Muhiddin qiziq
Darveshov, Joʻraxon Poʻlatov kabi qiziqchilar faoliyatidan boshlangan. Mustaqillik davrida
Mirzobek Xolmetov, Obid Asomov va ular tuzgan Qiziqchilik teatri shuhrat qozondi. Shuningdek,
"Mirzo", "Obid-A", "Qahqaha", "Handalak" kabi Qiziqchilik guruhlarining tanilishida
televideniye muhim rol oʻynadi.

2

Askiya

(arab, zakiy — oʻtkir zehnli, hozirjavob) — oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi

turi; folklor janri; ikki va undan ziyod kishi yoki guruhning xalq yigʻinlari (sayil, toʻy, bayram)da
maʼlum mavzu boʻyicha badiiy soʻzda tortishuvi.

Taraflar baʼzan davrada, baʼzan qarama-qarshi oʻtirgan, turgan yoki yurgan holda tez javob

berishga, oʻz javoblarini loʻnda, sermaʼno, latif, taʼsirli, jozibali va kulgili chiqarishga harakat
qiladilar. Javob topishda qaysi taraf mavzu, janr doirasidan chetlashsa yoki soʻz tanlashda pala-
partishlikka yoʻl qoʻysa oʻsha taraf yengilgan hisoblanadi.

Tomoshabin oʻz kulgisi va ehtirosli qiyqiriqlari bilan taraflar va ularning javoblariga baho

berib boradi; mazmundor, serqochirim Askiyadan zavqlanadi, sayoz va qoʻpollaridan ranjiydi.
Askiyaning mazmunli, serzavq, kulgili chiqishida taraflardan hozirjavoblik, badihagoʻylik,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

416

shuningdek mavzuga aloqador keng va chuqur maʼnoli soʻzlarni topa bilish, yuz, koʻz, qoʻl, tana
harakatlaridan, tovush va imo-isho-ralardan oʻrinli foydalana bilish talab etiladi.

Askiya turlarini mukammal egallagan, katta davralarda tortisha oladigan kishilar askiyachi,

askiyaboz deb ataladi. Turkistonda bunday kishilar badihagoʻy nomi bilan yuritilgan. Askiyachi
tilning keng imkoniyatlarini puxta egallagan, soʻz oʻyini, qochirim, hazil-mutoyiba, kinoya,
tashbih, kesatiq, oʻxshatish, mubolagʻa, mashara kabi hajv sanʼati vositalaridan ustalik bilan
foydalana oladigan boʻlishi lozim. Askiya tortishuvida zakiylik, hozir-javoblik asosiy me-zon
hisoblanadi. Askiyaning vazifasi kulgi chiqarish orqali kishilarning kayfiyatini rostlash, ularga
zavq baxsh etish, muayyan mavzu doirasida ularning bilimlarini yanada kengaytirish, aklini,
fikrini charxlash, ziyrak, hozirjavob boʻlishga daʼvat etish, shu bilan birga turmushdagi va ayrim
kishilar xulqidagi kamchiliklar ustidan yengil kulgi uygʻotishdir.

Askiyachi

Askiya turlarini mukammal egallagan, katta davralarda tortisha oladigan

kishilar askiyachi, askiyaboz deb ataladi. Turkistonda bunday kishilar badihagoʻy nomi bilan
yuritilgan. Askiyachi tilning keng imkoniyatlarini puxta egallagan, soʻz oʻyini, qochirim, hazil-
mutoyiba, kinoya, tashbih, kesatiq, oʻxshatish, mubolagʻa, mashara kabi hajv sanʼati vositalaridan
ustalik bilan foydalana oladigan boʻlishi lozim.

Askiya tortishuvida zakiylik, hozir-javoblik asosiy me-zon hisoblanadi. Askiyaning

vazifasi kulgi chiqarish orqali kishilarning kayfiyatini rostlash, ularga zavq baxsh etish, muayyan
mavzu doirasida ularning bilimlarini yanada kengaytirish, aklini, fikrini charxlash, ziyrak,
hozirjavob boʻlishga daʼvat etish, shu bilan birga turmushdagi va ayrim kishilar xulqidagi
kamchiliklar ustidan yengil kulgi uygʻotishdir.

Turlari

Askiyaning payrov, qofiya, radif, tutal, oʻxshatdim, boʻlasizmi, bahri bayt, safsata,

„gulmi-siz, jambilmisiz, rayhonmisiz“, shirinkorlik, afsona, rabbiya, laqab kabi turlari bor.

Lug‘aviy ma’nolari

Askiya

[a. ا ګڒا- ziyraklar, zakiylar] Oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining bir janri boʻlib, unda

soʻz oʻyiniga, qochiriqqa asoslangan holda ikki yoki undan ortiq kishi yoki taraflar
musobaqalashadi. Askiya, odatda, toʻy-tomosha, sayl, ziyofat kabi yigʻinlarda oʻtkaziladi. Askiya
aytishmoq. Shunday misobaqada (askiyada) tarafkash sifatida qatnashmoq. Askiya qilmoq. Soʻz
oʻyini, qochiriqlar bilan masxara, mayna qilmoq

3

Askiya

— so‘z o‘yinlaridan foydalangan holda mot qilish sanʼati, davradagilarning

zukkoligi, hozirjavob va topqirligi asosidagi taraflar musobaqasi 4

Etimologiyasi

Askiya bu arabcha soʻz azkiyau shakliga ega boʻlib, oʻzbek tiliga fathali hamzani a

tovushiga, k undoshining taʼsiri bilan zal undoshini s undoshiga, choziq I, a tovushlarini I, a
tovushlariga almashtirib, soʻz oxiridagi dammali hamzani tashlab qabul qilingan. Bu soʻz „oʻtkir
zehnli boʻldi“ maʼnosini anglatadi 5

Tarixi

Askiya oʻzbek xalqi orasida koʻp asrlardan beri mavjud boʻlib, uning dastlabki shakli

urugʻchilik davrida paydo boʻlgan.

Alohida janr sifatida, asosan, XV asrdan shakllangan. Bu davrda Mir Sarbirahcha,

Mavlono Burhonilang, Said Gʻiyosiddin sharfa, Mavlono Xalil Sahof, Muhammad Badaxshiy kabi
mashhur askiyachilar yashagan. Bular ora-sida eng isteʼdodlisi va atoqlisi Mavlono Abdulvoseʼ
munshiy boʻlgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

417

XVIII — XIX asrlarda Askiya, ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda rivojlangan.

Bachqir qishlogʻi (Fargʻona vodiysi)da Dexlon yuzboshi Shernazarov (1860- 1942) va Zangiota
qishlogʻi (Toshkent)da Saidahmad askiyachi (1880- 1940) kabi mashhur askiyachilar oʻtgan.

Ularning anʼanalarini XX asrning 40 — 60-yillarida Erka qori Karimov, Mamayusuf Tilla-

boyev, Yusufjon Shakarjonov, Rasul qori Mamadaliyev, Aka Buxor Zokirov va boshqa davom
ettirdilar. Keyingi yillar Tursun-buva (Ijroqoʻmbuva) Aminov, Mamaroziq Ishoqov, Rahmatqul
va Abdullajon Yasha-rovlar, Abdulhay Maxsum Qozoqov, Ma-majon Madaminov, Toshkentda
aka-uka Shojalilovlar Askiya rivojiga katta hissa qoʻshdilar.

50-yillardan Askiya konsert da-sturlariga ham kiritildi. Lutfixonim Sarimsoqova, Joʻraxon

Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Muhammadjon Mirzayev, Gʻanijon Toshmatov, Gavhar
Rahimova, Soyib Xoʻjayev kabi sanʼatkorlar Askiyani teatr sahnasiga olib chiqib,
tomoshabinlarga manzur qilganlar. Hozir ham bayram, sayillar va toʻy marosimlarida Askiya
musobaqalari, kechalari va hokazo oʻtkazib turiladi, askiyachilarning respublika koʻriklari
uyushtiriladi.

1960-yillarda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)

va Sanʼatshunoslik instituti folklor ekspeditsiyalari koʻplab Askiya aytishuvlarini yozib oldi.
Askiya payrovlari yozil-gan plastinkalar chiqarildi. „Askiya“ hujjatli filmi (rejissyor M.
Qayumov) yaratildi. Askiya ogʻzaki va yozma adabiyotda ham uchraydi: „Alpomish“,
„Kuntugʻmush“ dostonlarida Askiyaga xos qochirimlar, soʻz oʻyinlariga boy parchalar bor.
Navoiyning „Majolis un-nafois“, K. Yashinning „Tor-mor“ dramasi va boshqa asarlarda Askiya
vositasida yaratilgan maroqli epizodlar, tili Askiya yordamida individu-allashtirilgan personajlar
mavjud.

Hozir Askiyaning payrov turi ayniqsa keng rivoj topgan.

Qiziqchilik

- oʻzbek anʼanaviy teatr turi. Q. teatri, asosan, Qoʻqon xonligi hududida

(ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Toshkentda) rasm boʻlgan, ijrochisi qiziqchi (qiziq), toʻda boshligʻi
va ish yurituvchisi korfarmon deb atalgan. Uning repertuarini tanqid va muqallid janrlaridagi
hajviy va yumoristik komediyalar, kulki-hikoya tashkil etgan.

Q. ogʻzaki dramaturgiyaga asoslangan; bunda koʻrsatiladigan tomoshalarning fabulasi,

syujeti, ayrim barqaror savoljavoblari maʼlum boʻlib, qiziqchilari tomonidan oldindan
oʻzlashtirilgan va shu asosda ijod va ijro qilingan. Qiziqchilar oʻz ijodlarida koʻproq soʻz sanʼatiga
tayangan, xalq poetik ijodi, til boyligi, askiyachi, mumtoz adabiyot namunalaridan ustalik bilan
foydalanganlar; muayyan rolda oʻynaganda xarakterga yarasha liboslarda chiqsa-da, odatda, qizil,
sariq yoki jigarrang matodan tikilgan yoki quroq kamzul kiygan. 19-asrda qiziqchilarning
truppalari (mas, Bidiyorshum, Zokir Eshon boshchiligidagi toʻdalar) faoliyat koʻrsatgan. Zokirjon
qiziq toʻdasiga 20 dan ziyod qiziqchi uyushgan boʻlib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-
hikoyalar va latifalar namoyish etishgan. 20-asrning 1-yarmida Yusufjon qiziq Shakarjonov
boshliq 50 ga yaqin qiziqchi Q. merosini saqlab, yangi sharoitlarda baholiqudrat ijod qilib, oʻz
bilim va tajribalarini yosh ijrochilarga singdirib keldilar.

20-asrning 2-yarmida qiziqchilarning yangi avlodi maydonga keldi. Ular anʼanaviy teatr

merosi, ijro madaniyatidan taʼsirlangan boʻlsalar-da, Q.ni milliy anʼanalarga tayangan va jahon
kulgi ustalari ijodidan taʼsirlangan holda oʻz dasturlarini oʻzlari toʻqib, oʻzlari ijro etadilar. Bu
tarixiy jarayon Zaynobiddin Yusupov, Muhiddin qiziq Darveshov, Joʻraxon Poʻlatov kabi
qiziqchilar faoliyatidan boshlangan. Mustaqillik davrida Mirzobek Xolmetov, Obid Asomov va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

418

ular tuzgan Q. teatri shuhrat qozondi. Shuningdek, "Mirzo", "Obid-A", "Qahqaha", "Handalak"
kabi Q. guruhlarining tanilishida televideniye muhim rol oʻynadi.

6

Ha 19-20-asrlarda askiya va qiziqchilik san’atiga e’tbor bo‘lmagan deya olmaymiz! Biroq

xozirgi davirdek yaniy 21-asir texnalogyalar asrida muxtaram yurtboshmiz askiya va qiziqchilik
san’atiga bergan etbori tarizxa bo‘lmagan desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Milliy askiya va qiziqchilik san’ati rivojlantiriladi, maxsus markaz tashkil etiladi
Marg‘ilon shahrida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika askiya va qiziqchilik

san’ati markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) tashkil etiladi;

Markazda askiya va qiziqchilik ijrochiligi yo‘nalishida «ustoz-shogird» an’analarini

rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash,
madaniyat va ta’lim muassasalarida askiya va qiziqchilik san’ati to‘garaklarini tashkil etish ishlari
olib boriladi;

Har yili so‘z ustalari va qiziqchilar o‘rtasida «Xush kayfiyat» respublika ko‘rik-tanlovi

hamda askiya kechalari, askiya va milliy qiziqchilik san’atini jahon miqyosida targ‘ib qilish
maqsadida har ikki yilda bir marta «Tabassum» xalqaro kulgi festivali o‘tkaziladi.

Askiya va qiziqchilik san’ati sohasida har yili kamida 3 ta ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat

buyurtmasi tanlov asosida shakllantiriladi.

Har yili kamida 5 ta sahnada namoyish etishga mo‘ljallangan hajviy asar uchun davlat

buyurtmasi beriladi.

Ijodiy tanlov asosida erkin ijodkor va jamoalar tomonidan har yili kamida 10 ta konsert-

tomosha tadbiri va askiya kechalariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq
xarajatlar qoplab beriladi.

Har yili kamida 25 ta yuksak badiiy saviyadagi Internet va ijtimoiy tarmoqlar uchun

mo‘ljallangan audiovizual asarlar yaratish uchun davlat buyurtmasi beriladi, bunda eng keng
ommalashgan 5 ta audiovizual asar ijodkorlari Madaniyat va turizm vazirligi hay’atining qarori
bilan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan
taqdirlanadi.

Davlat organlari, muassasalari va korxonalari har chorakda kamida bir marotaba budjetdan

tashqari mablag‘lari hamda kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan o‘z xodimlarining
madaniy-estetik hordiq chiqarishi uchun ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini
tashkil etish, shuningdek, konsert, sirk va teatrlarga, askiya, qiziqchilik va so‘z san’ati
tomoshalariga kirish uchun chipta va abonementlarni xarid qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

7

Shuningdek, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining askiya va qiziqchilik sanʼatini saqlash va targ‘ib

etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Bu borada ijodkorlar, folklorshunos olimlar,
o‘qituvchi va mutaxassislarning ijodiy va ilmiy faoliyati qo‘llab-quvvatlanadi.

Askiya va qiziqchilik bilan shug‘ullanuvchi ijodkorlarga har tomonlama ko‘maklashish,

ommaviy bayramlar va madaniy tadbirlarda ularning faol ishtirokini taʼminlash, mamlakatimizda
va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, ko‘rik-tanlov, ijodiy kechalar,
askiya va qiziqchilik tomoshalarini tashkil etish ham markazning vazifalari sirasiga kiradi.

Hujjat bilan, endi askiya va qiziqchilik sanʼatining payrov, qofiya, bahri-bayt, afsona, radif,

aytishuv, rabbiya kabi noyob shakllarini asrash va targ‘ib etish, sahnaviy sujetlarini rivojlantirish
hamda isteʼdodli so‘z ustalarining ijod fondini va maxsus adabiyotlarni yaratishga kirishiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

419

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi

respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etildi. Bu haqda shahardagi Ijodkorlar
bog‘ida milliy askiyachilik va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish maqsadida o‘tkazilgan
uchrashuvda maʼlum qilindi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Prezidentining “Respublika milliy askiya va qiziqchilik

sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga qaratilgan uchrashuv
so‘z ustalarining ichakuzdi askiyalari bilan boshlangan.

Vodiy viloyatlari askiya va qiziqchilik sanʼati ustalari, soha mutaxassislari jalb etilgan

tadbirda Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Prezident Administratsiyasi
madaniyat va sanʼatni rivojlantirish sho‘basi mudiri Nodirbek Sayfullayev ishtirok etgan.

Askiyachilik hazil-mutoyiba sanʼat turi sifatida 2014-yili YUNESKOning Insoniyat

nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

8

Ayrim taʼlim muassasalarida “Askiya va qiziqchilik sanʼati” yoʻnalishi ochiladi.

“Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–222-son, 11.07.2023-y.) ga ko‘ra:

- askiya va qiziqchilik sanʼati sohasida taniqli ijodkorlarning mahorat maktablari faoliyati

yoʻlga qoʻyiladi;

- ushbu qarorda belgilangan tartibda oʻzining mahorat maktabini yaratgan ijodkorlar asosiy

ish joyi orqali har oyda mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 5 baravari (4 mln 900 ming
soʻm) miqdorida qoʻshimcha ragʻbatlantirib boriladi;

- mahorat maktablariga ular faoliyat yuritadigan muassasa obyektlaridan tekin foydalanish

huquqi berilib, ularga ushbu muassasa tomonidan alohida xona ajratiladi.

2024/2025 oʻquv yilidan Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji

hamda Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabida “Askiya va qiziqchilik sanʼati”
yoʻnalishi ochiladi.

9

“Gastrol safarlarimizni Buxoroda boshlashning o‘ziga xos sabablari bor. Bu dargoh

Respublikamiz bo‘ylab san’at va madaniyat sohasida xizmat qilib kelayotgan ko‘plab ustozlar va
bir qancha iste’dodlarni tarbiyalagan muqaddas dargoh”, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi
respublika askiya va qiziqchilik san’ati markazi direktori Shamsidin Bobojonov.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

420

Askiya va qiziqchilik san’atni targ‘ib qilish bo‘yicha Surxondaryo viloyati Termiz tuman

madaniyat markazidaxam samarali ishlar olib borilmoqda. Musol uchun: “Askiya va qiziqchilik
san’atida ayol qiziqchilarmiz soni qo‘l bilan sanoqli darajada hatoki yo‘q desakham mubolag‘a
qilmagan bo‘lamiz.

Ammo bu kamchilikni bartaraf qilish o‘z qo‘limizda buning uchun kerak bo‘lsa uyma-uy

kirib bo‘lsa ham yosh qizlarmizni askiya va qiziqchilik san’atiga qiziqishini oshirib, ularni jahon
sahnalariga olib chiqishimiz kerak”,– deydi Termiz tuman madaniyat bo‘limi askiya va qiziqchilik
san’ati to‘garak raxbari Vohid usta Nortojiyev. Vohid usta hozirgi kunda Termiz tuman madaniyat
bo‘limida askiya va qiziqchilik san’ati sir asrorlarini yosh avlodga o‘rgatib kelmoqda. Vohid
ustanining ham bir nechta qiz shogirdlari bo‘lib ular bilan ko‘plab ko‘rik tanlovlarida ishtirok
etmoqda. Askiya va qizqchilik san’ati xozoirgi davirda o‘ta kerakli kasiblardan bir. Negaki ayrim
insonlarni o‘zlarni o‘zlariga yaqqol ko‘zgudek ko‘rsatib beradigan noyob san’at bu askiya va
qiziqchilikdir. Muhtaram yurt boshmizning milliy va qadimiy askiya va qiziqchilik san’atiga
qaratgan etborlari xalqimiz qalbidan o‘chmas iz qoldirdi deb bemalol ayta olamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezmdenti qarori bilan askiya va qiziqchilik san’ati yanada

rivolanmoqda.

REFERENCES

1. O.Qo‘chqorov Kulgu darg‘alari xaqida askiya va qiziqchilik xaqida T.2005
2. Ad. Qodirov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003.
3. Muhammadiyev R., Askiya, T., 1970
4. Qodirov M. X., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981
5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
6.

Ad. Qodirov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003.

7. Ishtimoyi tarmoq: Kun yangiliklari.
8. Ishtimoyi tarmoq: Daryo
9. Ta’lim nazorati rasmiy kanali

References

O.Qo‘chqorov Kulgu darg‘alari xaqida askiya va qiziqchilik xaqida T.2005

Ad. Qodirov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003.

Muhammadiyev R., Askiya, T., 1970

Qodirov M. X., Oʻzbek xalq tomosha sanʼati, T., 1981

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Ad. Qodirov M., Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003.

Ishtimoyi tarmoq: Kun yangiliklari.

Ishtimoyi tarmoq: Daryo

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов