THE PROBLEM OF THINKING OF YOUNG CHILDREN

HAC
Google Scholar
To share
Abdusattorova, Y. . (2023). THE PROBLEM OF THINKING OF YOUNG CHILDREN. Modern Science and Research, 2(10), 456–460. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24420
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This proverb describes ways of developing thinking and speech of young children based on their general development. It was mentioned that children of kindergarten age master the naming of objects, events, qualities, characteristics, relationships that are expressed visually or involved in their activities.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

456

KICHIK YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKUR MUAMMOSI

Abdusattorova Yulduz Baxtiyor qizi

Guliston tumani 2-maktab psixologi

+998990603281

https://doi.org/10.5281/zenodo.10001186

Annotatsiya.

Mazkur maqolda kichik yoshdagi bolalarning umumiy rivojlanishidan kelib

chiqib ularning tafakkurini, nutqini rivojlantirish usullari haqida ko'rsatilgan. Bog’cha yoshidagi
bolalar eng avvalo ko’rgazmali ifodalangan yoki ularning faoliyatlarga jalb etilgan predmetlar,
hodisalar, sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o’zlashtirishi haqida aytib
o'tilgan.

Kalit so'zlar:

tafakkur, xotira, o'yinli metodlar, muloqot, nutq madaniyati, faoliyat, obraz,

umumlashtirish, olam, mantiq.

THE PROBLEM OF THINKING OF YOUNG CHILDREN

Abstract.

This proverb describes ways of developing thinking and speech of young children

based on their general development. It was mentioned that children of kindergarten age master
the naming of objects, events, qualities, characteristics, relationships that are expressed visually
or involved in their activities.

Key words:

thinking, memory, game methods, communication, speech culture, activity,

image, generalization, world, logic.

ПРОБЛЕМА МЫШЛЕНИЯ МАЛЕНЬКИХ ДЕТЕЙ

Аннотация.

В этой пословице описаны способы развития мышления и речи детей

раннего возраста с учетом их общего развития. Отмечено, что дети дошкольного
возраста осваивают называние предметов, событий, качеств, характеристик,
отношений, которые выражаются зрительно или участвуют в их деятельности.

Ключевые слова:

мышление, память, игровые методы, общение, культура речи,

деятельность, образ, обобщение, мир, логика.


Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o’zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu

ob’ektlarga ta’sir ko’rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga
erishish uchun o’rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko’rgazma-obrazli xotira
bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o’rganiladigan xossalari haqida
ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni
bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan
amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo’lgan savolga javob topish
uchun etarli emas. Bu savollar: «yuzaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va
bu harakat natijasida nima hosil bo’ladi?»dan iborat.

Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur

yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson
tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o’zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda
anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli
xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog’liqliklarga asoslangan zarur
aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur
jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o’tish sodir bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

457

Tafakkur

-

narsa va hodisalar o’rtasidagi eng muhim bog’lanishlar va munosabatlarning

ongimizda aks ettirilishi.

Bola tug’ilishidanoq tafakkur qilish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Tafakkur bolaning o’sib,

bilim va tajribalarining ortib borishi jarayonida rivojlanadi. Bola (chaqaloq) dastlab tashqi olamni
va undagi narsalami sezish, idrok qilish orqaligina biladi. Bunday bilish bolaning ana shu narsalar
bilan bo’lgan aktiv faoliyati davomida tobora takomillashib boradi. Kichik yoshdagi bolalar
atroflaridagi narsalar bilan qanchalik ko’p munosabatda bo’lsalar bu narsalar o’rtasidagi o’xshash
tomonlarni shunchalik ko’proq payqay boshlaydilar.

Keyinchalik bolalar o’xshash narsalami umumlashtira boshlaydilar. Masalan, 6-7 oylik

bola uyda yolg’iz qolgan paytida stol oldiga emaklab kelib, dasturxonni tortib o’ziga kerakli
narsalami oUshga muvaffaq bo’lar ekan, xuddi shunday yo’l bilan karavotning ustidagi narsalami
ham olishga harakat qiladi. U dasturxonni tortgan kabi choyshab yoki ashyoni tortib karavot
ustidagi narsalarni olishga urinib ko’radi.

Ilk bolalik yoshidagi bolalaming tafakkuri o’z-o’zicha, ya’ni stixiyali ravishda emas, balki

katta odamlaming rahbarligida rivojlana boshlaydi. Katta odamlar bolalarning shu paytgacha
orttirgan bilimlariga asoslanib, ularning o’zlari mustaqil egallay olmaydigan tushuncha va
bilimlami o'zlashtirib olishlarida yordamlashadlar. Ana shu tariqa bolalar o’zlarining individual
faoliyatlari orqali bilish mumkin bo’lgan ayrim narsalami va ayrim tushunchalamigina emas, balki
butun insoniyat tomonidan yaratilgan tushunchalami hamda mantiqiy fikr qilish shakllarini ham
egallab ola boshlaydlar. Bolalarda tafakkur bir yoshga to’lib, ilk yoshga qadam qo’ygan davrdan
boshlab namoyon bo’la boshlaydi. Ana shu davr mobaynida, birinchidan bolalar anchagina
turmush tajribasiga ega bo’ladilar, Bolalar bir yoshdan oshgach, o’zlariga yaqin narsalaming nima
uchun kerakligini tushunadigan bo’lib qoladlar (masalan, uydagi idish-tovoqlar, piyola va
qoshiqlaming nimaga kerakligini bilib oladilar).

Ikki yoshda bolalar tafakkurining eng ko’zga tashlanib turadigan xususiyati shundan

iboratki, ular ayni shu chog’da ko’rib, idrok qilib turgan narsalari haqida tafakkur qiladlar.
Tafakkurning asosiy jarayonlari, ya’ni analiz, sintez, umumlashtirish bolalarning narsalar bilan
bo’lgan amaliy faoliyatlari jarayonida sodir bo’ladi. Ana shuning uchun ulaming tafakkurlari
bevosita harakatlari bilan bog’liq bo’ladi, tafakkur harakatlarida namoyon bo’ladi.

Yasli yoshidagi bolalar idrok qilayotgan narsalarining ichki va eng muhim xususiyatlarini

hali aks ettira olmaydilar. Shu sababli ular idrok qilayotgan narsalami umumlashtirganlarida bu
narsalaming ko’zga tashlanib turadigan tashqi belgilariga, xususiyatlarigagina asoslanadilar.
Masalan, bir yarim yoshli bola olmani, koptokni, yog’ochdan qilingan yumaloq sharni
umumlashtirib, ularning hammasini olma deb ataydi. Shunday qilib, kicliik yoshdagi bolalarda
tafakkur ularning turmush tajribalarining orta borishi, turli xil narsalarga doir bilim va
tushunchalaming ko’payishi hamda nutqning rivojlanishi jarayonida takomillashib boradi.

Tafakkur bolaning bog’cha yoshdagi davrida juda tez rivojlana boshlaydi. Buning sababi,

birinchidan, bog’cha yoshdagi bolalarda turmush tajribasining anchagina ko’payishi, ikkinchidan,
bu davrda bolalar nutqining nisbatan yaxshi o’sgan bo’lishi, uchinchidan esa, bog’chada harakatlar
qilish imkoniyatiga ega bo’Iishlaridir. Bog’cha yoshdagi bolalar o’zlarining mustaqil harakatlari
davomida atroflaridagi turli xil narsalar bilan bevosita taqqoslash, analiz qilish va nihoyat
umumlashtirish kabi fikr qilish jarayonlarini vujudga keltiradi va takomillashtiradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

458

Bolaning bog’cha yoshdagi davrida uning erkin harakat qilish maydoni yasli yoshdagi

daviga nisbatan juda ham kengayib ketadi. Bu esa tafakkurning rivojlanishi uchun juda katta
ahamiyatga egadir. Bog’cha yoshdagi bolalar o’z tajribalarida ancha narsalami bilib olganlaridan
so’ng narsalarning ichki xususiyatlari bilan ham qiziqa boshlaydilar. Shu sababli ularda juda ko’p
savollar (bu nima? nega bunaqa? kim qilgan? qayeidan kelgan? nima qiladi? kabi) paydo bo’ladi.
Bu shubhasiz, tafakkurning faol va jadal rivojlanishi uchun zamin hozirlaydi. Bog’cha yoshdagi
bolalarda har xil sohalaiga doir savollarning tug’ilishi ular tafakkurining shakllanayotganligidan
darak beradi. Shuning uchun bolalarning savollariga doimo ahamiyat bilan qarash kerak. Bola o’z
savoliga javob topa olmasa yoki katta odamlar uning savoliga ahamiyat bermasalar, undagi
qiziquvchanlik, sinchkovlik susaya boshlaydi. Lekin bog’cha yoshdagi bolalarning hamma
savollariga javob berish qiyin, chunki ular o’zlari hali mutlaqo tushunmaydigan narsalar va
hodisalar haqida ham savol beraveradilar.

Tarbiyachi bolalarning son-sanoqsiz savollariga ulaming yosh xususiyatlarini hisobga

olgan holda javob berishi va tushuntirishi lozim. Odatda, har qanday tafakkur jarayoni biron
narsaga tushuna olmaslik, biron narsadan taajjublanish, hayron qolish natijasida hosil bo’ladi. Juda
ko’p ota-onalar va ayrim tarbiyachilar bolalar ortiqcharoq savol bersalar, ulami ko’p mahmadana
bo’lma, sen bunday gaplami qayerdan o’rganding, deb jerkib tashlaydilar. Bola bir necha marta
ana shunday pand egandan so’ng, kattalarga savol bermaydigan, ayrim murakkab narsalarni o’z
bilganicha yoki afsonalardagi kabi xato tushunadigan bo’lib qoladi. Masalan, 7 yoshli katta guruh
bolasi yomg’ir qayerdan yog’adi? degan savol beradi. Bu bolaga yomg’irning yuzaga kelishi juda
sodda va tushunarli qilib gapirib beriladi (hatto sovuq oynaga issiq par qilib ta’sir qilganda, suv
zarrachalarining yuzaga kelishi misol qilib ko’rsatiladi). Bola bir oz qarab turib, yo’q unaqa emas
deb javob beradi. Bo’lmasa, qani sen tushuntirib ber, deb so’raladi. Shunda bola quyidagicha
tushuntirib beradi: Yomg’ir osmonda yashaydi, uning uyi bulutlardan ham balandda. Bulutlar
ochilib ketgan paytda yomg’ir yog’ilib ketadi deb tushuntiradi. Bolaning ana shunday afsonaviy
tushunchasidan voz kechib, to’g’ri, Umumiy tushunchani yuzaga keltirguncha ancha vaqt ketadi.
Ana shuning uchun bog’cha yoshidagi, hali turmush tajribasi oz bo’lgan bolalarga tabiat
hodisalarini bunday yolg’on afsonaviy tarzda tushuntirish yaramaydi. Bolalar beradigan
savollarning juda qiziq bo’lishiga bir necha sabablar bor.

Birinchidan, bog’cha yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalami qanday

bo’lsa, shundayligicha, ya’ni yaxlit holda, xuddi rasmdagidek aks ettiradilar, ikkinchidan, ularda
katta odamlardagidek idrok qilayotgan narsa va hodisalarni chuqur analiz va sintez qilish
xususiyati hali o’smagan bo’ladi, uchinchidan, ularda turli tabiat va jamiyat hodisalariga doir ilmiy
tushunchalar hali tarkib topmagan va nihoyat, to’rtinchidan, ulaming turmush tajribalari juda oz
bo’ladi. Bog’cha yoshidagi bolalaming beradigan savollaridan ular tafakkurining konkret obrazli
xarakterga ega ekanligi ham ko’rinib turadi. Masalan, bog’cha yoshidagi bolalar quyidagi
savollami berishlari mumkin: Bulutlar nega yuradi? Osmon kattami, yer kattami? Yulduzlar
nechta? Osmondagi yulduzlar nima uchun kunduzi ko’rinmaydi? Daraxtlar nima yeb o’sadi?
Qorbobo odammi? Hozir qorbobo qayerda? Nima uchun qorbobo yozda kelmaydi? Elektr toki
qayerdan keladi? Nega simda olov ko’rinmaydi?

Bog’cha yoshidagi bolalarni tabiat va jamiyatdagi narsalaming sababiy bog’liqligi hamda

ichki taraqqiyot qonunlari emas, balki shu narsalaming o’zi qiziqtiradi. Ular hamma narsani
bilishga intiladilar. Ayrim bolalar haddan tashqari ko’p savollar beradilar, boshqa bir bolalar esa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

459

deyarli hech qachon savol bermaydilar. Bolalarning juda ko’plab savollar berishlari ijobiy
xarakterga ega bo’lib, bu ulaming qiziquvchanligini, faolligi va mustaqilligidan darak beradi.
Odatda juda passiv va tortinchoq bolalar savol bermaydilar. Bunday bolalarga turli mashg’ulotlar
ekskursiyalar vaqtida tarbiyachining o’zi savol berishi, shu bilan ularni faollashtirib borishi lozim.
Bog’cha yoshidagi bolalaming tajribalari orta borgan sari narsa va hodisalar o’rtasidgai o’zaro
bog’liqlik hamda ayrim tabiiy sabablarni tushuna boshlaydilar. Masalan, katta guruh bolalarining
gaplariga diqqat qilsak, ular shunday hodisalar haqida mulohaza yuritishayotganlarining guvohi
bo’lamiz. Temir og’ir narsa bo’lgani uchun suvda cho’kadi, yog’och yengil, shuning uchun u
oqadimi, ichi bo’sh banka yengil, shuning uchun u cho’kmaydi, urug’ni yerga eksa, ko’karib
chiqadi va shu kabilar. Bog’cha yoshidagi bolalar tafakkur (fikr yuritish) jarayonida ayni shu
chog’da idrok qilayotgan narsalargina emas, balki ilgari idrok qilgan narsalariga ham tayana
oladilar. Masalan, bolaga ilgaridan ma’lum bo’lgan biron topshiriq yoki savol berilsa, u o’z
tasavvuriga asoslanib, qiynalmay, darhol javob qaytaradi. Chunonchi 6 yoshli bir boladan yong’oq
suvda cho’kadimi yoki oqadimi? deb so’ralganida, u oqadi deb javob beigan. Bolaning to’g’ri
javob beiganligiga sabab shundaki, u o’z tajribasida yong’oqni suvga tashlab ko’rgan. Ana shu
tarzda bog’cha yoshidagi bolalarda induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning eng sodda sharkllari
yuzaga kela boshlaydi.

REFERENCES

1.

L. Mirjalolova. Bolalarni gapirtirib o’ynaladigan o’yinlarga nutqiy jihatdan tayyorlash. T.:
2005.

2.

E.G’oziev. Tafakkur psixologiyasi. T.: O’qituvchi, 1990.

3.

G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

4.

Mo’minova L.R. Malktabgacha yoshdagi bolalami savodga o’rgatish dasturi. -T „ 1996.

5.

Z.Nishanova, G. Alimova., Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. O’quv
qo’llanma „ T., 2006

6.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности,
преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал
гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

7.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted
children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10),
1957-1961.

8.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their
abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-
311.

9.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARDA
BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of International
Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2, pp. 204-210).

10.

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR. " GERMANY"
MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND
DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

460

11.

Абдуллаева,

З.

И.

(2021).

ИЗУЧЕНИЕ

КОММУНИКАТИВНО-

ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и
образования, (8-2 (111)), 90-94.

12.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ
ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy
International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

References

L. Mirjalolova. Bolalarni gapirtirib o’ynaladigan o’yinlarga nutqiy jihatdan tayyorlash. T.: 2005.

E.G’oziev. Tafakkur psixologiyasi. T.: O’qituvchi, 1990.

G’oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.

Mo’minova L.R. Malktabgacha yoshdagi bolalami savodga o’rgatish dasturi. -T 1996.

Z.Nishanova, G. Alimova., Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi. O’quv qo’llanma T., 2006

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности, преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1957-1961.

Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-311.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARDA BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2, pp. 204-210).

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR. " GERMANY" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).

Абдуллаева, З. И. (2021). ИЗУЧЕНИЕ КОММУНИКАТИВНО-ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и образования, (8-2 (111)), 90-94.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов