MAIN CHARACTERISTICS OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN THE PEDAGOGICAL TEAM

HAC
Google Scholar
To share
Abdusattorova, Y. . (2023). MAIN CHARACTERISTICS OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN THE PEDAGOGICAL TEAM. Modern Science and Research, 2(10), 76–80. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24427
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the analysis of the pedagogical and psychological foundations of creating a healthy environment in the community of educational institutions. Eliminating psychological stress in the team, improving the professional skills of the head of the educational institution and subordinates, properly organizing the free time of employees, creating the opportunity to freely include suggestions in the organization of labor activities, creating a friendly atmosphere in the team, as well as in activities Opinions and facts about the creation of cooperative relations are presented.


background image



76

PEDAGOGIK JAMOADAGI PSIXOLOGIK MUHITNING ASOSIY

XUSUSIYATLARI

Abdusattorova Yulduz Baxtiyor qizi

Guliston tumani 2-maktab psixologi

+998990603281

https://doi.org/10.5281/zenodo.10001922

Annotatsiya.

Mazkur maqolada ta’lim muassasalari jamoasida sog’lom muhitni

yaratishning pedagogik-psixologik asoslarini tahliliga e’tibor qaratilgan. Jamoadagi psixologik

zo’riqishlarni bartaraf etish, ta’lim muassasasi rahbari va bo’ysunuvchilarning kasbiy mahoratini

oshirish, xodimlarning bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkillashtirish, mehnat faoliyatini tashkil etishga

takliflarni erkin kiritish imkoniyatini yaratish, jamoada do’stona, shuningdek faoliyatda

hamkorlik munosabatlarini yaratish haqida fikr mulohazalar va faktlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

ta’lim, ta’lim muassasasi, o’qituvchi, pedagogik, psixologik,

psixokorreksiya, korreksion pedagogika, jamoa, tarbiya, invidual, e’tibor, harakat.

MAIN CHARACTERISTICS OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT IN

THE PEDAGOGICAL TEAM

Abstract.

This article focuses on the analysis of the pedagogical and psychological

foundations of creating a healthy environment in the community of educational institutions.

Eliminating psychological stress in the team, improving the professional skills of the head of the

educational institution and subordinates, properly organizing the free time of employees, creating

the opportunity to freely include suggestions in the organization of labor activities, creating a

friendly atmosphere in the team, as well as in activities Opinions and facts about the creation of

cooperative relations are presented.

Key words:

education, educational institution, teacher, pedagogical, psychological,

psychocorrection, corrective pedagogy, team, education, individual, attention, action.

ОСНОВНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ СРЕДЫ В

ПЕДАГОГИЧЕСКОМ КОЛЛЕКТИВЕ

Аннотация.

Данная статья посвящена анализу педагогических и психологических

основ создания здоровой среды в обществе образовательных учреждений. Устранение

психологического напряжения в коллективе, повышение профессиональных навыков

руководителя учебного заведения и подчиненных, правильная организация свободного

времени сотрудников, создание возможности свободно включать предложения в

организацию трудовой деятельности, создание доброжелательной атмосферы в


background image



77

коллективе, а также в деятельности представлены мнения и факты о создании

кооперативных отношений.

Ключевые

слова:

образование,

образовательное

учреждение,

педагог,

педагогическая, психологическая, психокоррекция, коррекционная педагогика, коллектив,

воспитание, личность, внимание, действие.

Pedagogik jamoalarda psixologik muhitning ijobiyligi ta’lim-tarbiya sifatini yaxshilashga

xizmat qiluvchi muhim komponentlardan biri ekanligi nazariy va amaliy jihatdan inkor etib

bo`lmaydigan faktdir. Jamoada ijobiy psixologik muhit mavjud bo`lsa, nafaqat pedagogik

majburiyatlar, balki har qanday mehnat jamoasi oldiga qo`yilgan vazifalar sifatli bajarilishiga

zamin hozirlanadi. Masalaning yana bir muhim tomoni ham borki, bu ham bo`lsa, mehnat jamoasi

a’zolarining o`z kasbidan qoniqqanligidir. Chunki, jamoada ijobiy muhit bo`lishi uchun, jamoa

azolari o`zidan, ayniqsa, o`z kasbidan qoniqqan bo’lishlari zarur.

Psixologlar pedagogik jamoa ruhiy muhitining asosiy xususiyatlari sifatida quyidagi

ko'rsatkichlami ajratib ko’rsatadilar:

jamoa a’zolarining o'zaro munosabatlaridan, mehnat jarayonidan, rahbarlikdan

qanoatlanganligi;

qanday kayfiyatning ustunligi;

rahbar va ular qo’l ostidagilaming bir-birini o’zaro tushunishi;

jamoani boshqarish va o’zini o’zi boshqarishda jamoa a’zolarining ishtirok etish darajasi;

uyushqoqlik, ongli intizom, ishning unumdorligi. Bu har qanday jamoaga, shu jumladan

pedagogik jamoaga ham taalluqlidir. To’g’ri, bolalar jamoaiarining ruhiy muhiti o’ziga xos

xususiyatlarga ega.

Pedagogik jamoaning asosiy beigilari:

Ichki, ishonchli xotirjamlikning namoyon bo’lishi, doimiy tetiklik, harakat qilishga

tayyorlik. Jamoa har bir a’zosida o’z qadr-qimmatini bilish tuyg’usining mavjudligi, o’z jamoasi

bilan faxrlanish.

Jamoaning birligi, uning a’zolarining do’stona birlashishi. Ichki munosabatlarda ayrim

tarbiyalanuvchilami tanqid qilish va jazolash mumkin, lekin bunday ta’sir ko’rsatishning maxsus

shakllaridan tashqarida har bir tarbiyalanuvchiga tegishli baho berish, uni begonalar oldida himoya

qilish, unga hech qanday ozor etkazmaslik.

Jamoa barcha a’zolarining himoyalanganligi. Har bir tarbiyalanuvchi, u qanchalik zaif,

kuchsiz bo’lmasin, o ‘zining yakkaligi yoki himoyasizligini his etmasligi kerak.


background image



78

Jamoa barcha a’zolarining oqilona va foydali faolligi.

Harakatlarda va so'zlarda o’zini tuta bilish.

Pedagogik jamoalarda psixologik muhit masalasi bir tomondan muayyan mehnat

jamoasidagi psixologik muhit sifatida talqin qilinishi mumkin, ikkinchi tomondan pedagogik

jamoaning o`ziga xosliklaridan kelib chiqib, murakkab ijtimoiy psixologik va pedagogik

jarayonlar zamirida yuzaga keladigan, pedagog shaxsidagi individual xususiyatlar turli psixologik

fenomenlarga boy serqirra ilmiy-amaliy tadqiqodlar uchun ob`ektdir. Jamoani ijtimoiy-psixologik

muhiti - guruhning eng ajralmas psixologik xarakteristikasidir, bu guruhning birgalikdagi

hamkorlikdagi faoliyati bilan bevosita bog’liq bo’lgan alohida ob’ektlarni (hodisalarni,

jarayonlarni) aks ettirishning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog’liq ijtimoiy jarayondir. Guruh

faoliyatining samaradorligi jamoaning ijtimoiy- psixologik muhiti holatiga bog’liq.

Jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit Sog’lom ijtimoiy- psixologik iqlimning eng muhim

belgilari:

- guruh a’zolarining bir-biriga bo’lgan ishonchi va yuqori talabchanligi;

- o’zaro do’stona va konstruktiv tanqid qilish;

- butun jamoaga tegishli masalalarni muhokama qilishda o’z fikrini erkin ifoda etish;

- menejerlarning bo’ysunuvchilarga bosimining yo’qligi va ularning guruh uchun muhim

bo’lgan qarorlarni qabul qilish huquqini tan olishlari;

- jamoa a’zolarining vazifalari va ularni amalga oshirishdagi ishlar holati to’g’risida yetarli

darajada xabardorligi;

- jamoa a’zolarida jamoaga tegishli bo’lganidan mamnunlik hissiyoti;

- jamoaning har qanday a’zosida ko’ngilsizlik holatini keltirib chiqaradigan holatlarda

(aldanish, umidsizlik, rejalarni buzish) yuqori darajada hissiy ishtirok etish va o’zaro yordam;

- guruhning har bir a’zosi tomonidan ishlarning holati uchun javobgarlikni o’z zimmasiga

olish va boshqalar.

Xulosa o`rnida o`qituvchi alohida e’tibor talab qiladigan obyektdir. Amaliyot shuni

ko’rsatadiki, odatda o’qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo’ladilar. Hamma gap

psixolog o’zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o’qituvchilarga nisbatan

egallaydigan pozisiyasi juda muhim rol o’ynaydi.

Psixolog pozisiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

- pedagog bilan bo’lgan munosabatga ustanovka;

- pedagoglarni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka


background image



79

-subyekt subyekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi

munosabatlarga ustanovka.

Ta`lim jarayonida shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo’lgan konstruktiv hamkorlikni

ta’minlay oladi.

REFERENCES

1.

Djurayev R. Ta’lim menejmenti. T.: Voris-nashriyot. 2006 yil.

2.

Turopovna, Baratova Nasiba. "Pedagogik jamoa va uni shakllantirish yo’llari, uslublari."

integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal 3.5 (2022): 283-

290.

3.

Abdusamatova, Osiyo Olimjanovna, and Mekhriddin Mukhiddin Ugli Xusniddinov.

"Pedagoglar jamoasini boshqarishning psixologik xususiyatlari." Academic research in

educational sciences 2.Special Issue 1 (2021): 343-348.

4.

G’oziyev, E. (2010). Umumiy psixologiya. Yangi asr avlodi.

5.

Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

6.

Исмоиловна А. З., Нарзуллаевна К. Г. (2022). В процессе формирования личности,

преодоления эмоционального состояния в семейном окружении. Евразийский журнал

гуманитарных и социальных наук, 6, 31-33.

7.

Ismoilovna, A. Z. (2021). Methodology of organizational capacity development in gifted

children. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10),

1957-1961.

8.

7Ismoilovna, A. Z. (2022). Prerequisites for identifying gifted children and shaping their

abilities. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(6), 308-

311.

9.

Ismoilovna, A. Z. (2023, February). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLLARDA

BILISH JARAYONLARINING RIVOJLANISHI. In Proceedings of International

Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 2, No. 2, pp. 204-210).

10.

Ismoilovna, A. Z. (2023). OSMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVOR. "GERMANY"

MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND

DEVELOPMENT PROSPECTS, 9(1).

11.

Абдуллаева,

З.

И.

(2021).

ИЗУЧЕНИЕ

КОММУНИКАТИВНО-

ОРГАНИЗАЦИОННЫХ ОСОБЕННОСТЕЙ ОДАРЕННЫХ ДЕТЕЙ. Вестник науки и

образования, (8-2 (111)), 90-94.


background image



80

12.

Каракулович Ю. А., Исмоиловна А. З. (2021). ПСИХОЛОГИЧЕСКОЕ

ИССЛЕДОВАНИЕ ЭМОЦИЙ И ЭМОЦИЙ В МИРОВОЙ ПСИХОЛОГИИ. Galaxy

International Interdisciplinary Research Journal, 9(10), 419-421.

References

Djurayev R. Ta’lim menejmenti. T.: Voris-nashriyot. 2006 yil.

Turopovna, Baratova Nasiba. "Pedagogik jamoa va uni shakllantirish yo’llari, uslublari." integration of science, education and practice. Scientific-methodical journal 3.5 (2022): 283-290.

Abdusamatova, Osiyo Olimjanovna, and Mekhriddin Mukhiddin Ugli Xusniddinov. "Pedagoglar jamoasini boshqarishning psixologik xususiyatlari." Academic research in educational sciences 2.Special Issue 1 (2021): 343-348.

G’oziyev, E. (2010). Umumiy psixologiya. Yangi asr avlodi.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов