PORTRAIT-AS A PSYCHOLOGICAL IMAGE METHOD

HAC
Google Scholar
To share
Rushana, Z. (2023). PORTRAIT-AS A PSYCHOLOGICAL IMAGE METHOD. Modern Science and Research, 2(10), 140–148. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24547
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Portrait is one of the image tools that help to clearly imagine the characters of the work of art. That is, the artist's artistic skill can be determined by his portrayal of the portrait of a literary hero. In this article, the role of the portrait in the emergence of artistic psychologism, artistic skills and their research are covered in detail using the example of the works of Abduqayum Yoldosh.

Similar Articles


background image



140

PORTRET – PSIXOLOGIK TASVIR USULI SIFATIDA

Rushana Zaripova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

tayanch doktoranti

rushanazaripova73@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.10027897

Annotatsiya.

Portret–badiiy asar qahramonlarini aniq tasavvur qilishga yordam

beradigan tasvir vositalaridan biri. Ya’ni ijodkorning badiiy mahoratini uning adabiy qahramon

portretini tasvirlashiga qarab ham belgilasa bo‘ladi. Ushbu maqolada ham badiiy

psixologizmning yuzaga kelishida portretning o‘rni, badiiy mahorat va ularning tadqiqi

Abduqayum Yo‘ldosh asarlari misolida atroflicha yoritiladi.

Kalit so‘zlar:

portret, obraz, badiiyat, psixologizm, psixologik tasvir, uslub, mahorat.

PORTRAIT-AS A PSYCHOLOGICAL IMAGE METHOD

Abstact.

Portrait is one of the image tools that help to clearly imagine the characters of

the work of art. That is, the artist's artistic skill can be determined by his portrayal of the portrait

of a literary hero. In this article, the role of the portrait in the emergence of artistic

psychologism, artistic skills and their research are covered in detail using the example of the

works of Abduqayum Yoldosh.

Key words:

portrait, image, artistry, psychologism, psychological image, style, skill.

ПОРТРЕТ-КАК МЕТОД ПСИХОЛОГИЧЕСКОГО ИЗОБРАЖЕНИЯ

Аннотация.

Портрет – один из средств изображения, помогающий ясно

представить

себе

персонажей

художественного

произведения.

То

есть

художественное мастерство художника можно определить по изображению им

портрета литературного героя. В данной статье на примере творчества Абдукаюма

Юлдоша подробно освещена роль портрета в возникновении художественного

психологизма, художественного мастерства и их исследования.

Ключевые

слова:

портрет,

образ,

художественность,

психологизм,

психологический образ, стиль, мастерство.

Epik turning roman janrida qahramon portretini batafsil chizish imkoniyati kengroq,

hikoyada bu imkoniyat nisbatan chegaralangan bo‘lishiga qaramay, qahramon xarakterini

ochishda portret muhim ahamiyat kasb etadi. Biz yuqorida portret–badiiy asar qahramonlarni

aniq tasavvur qilishga yordam beradigan tasvir vositalaridan biri ekanligi haqida fikr yuritgan


background image



141

edik. Ya’ni ijodkorning badiiy mahoratini uning adabiy qahramon portretini tasvirlashiga qarab

ham belgilasa bo‘ladi. Biz odamlarning o‘ziga xos xususiyatlarini tasvirlashda mavjud

kishilarga monand va ayni vaqtda chiroyliroq qilib ishlaydigan yaxshi portret ustalaridan o‘rnak

olishimiz kerak

1

ligini hayot yana bir bor isbot etadi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz, portret

orqali xarakterni ochib berishda o‘tgan asrning boshlaridayoq o‘z mahoratini namoyon qilgan

adib Abdulla Qodiriydir. Ijodkorning “O‘tkan kunlar” romanida Oftob oyim, O‘zbek oyim,

Yusufbek Hoji, Otabek, Hasanali, Homid kabi obrazlarning o‘ziga xos portreti yaratilgan.

Qodiriy Kumushni tanishtirar ekan uning portretini yuzidagi “qora xoli”gacha ixlos bilan, o

‘zgacha bir mehr bilan tasvirlaydi. Xuddi mana shu “ixlos” Zaynabga kelganda ijodkorning

“xasisligi” tutadi. Zaynabning go’zalligi o‘zgalar tilidan, masalan, O‘zbek oyim tomonidan

“Toshkent shahrining eng go‘zal qizlaridan ekan”ligi oddiy xabar sifatida, gap orasida “qistirib”

o‘tiladi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, bu, albatta, yozuvchining badiiy niyati bilan

bog‘liq. Masalan, Kumush portretini eslaymiz:

“...uyning to‘riga soling‘an atlas ko‘rpa, par yostiq quchog‘ida sovuqdan erinibmi va yo

boshqa bir sabab bilanmi uyg‘oq yotqan bir qizni ko‘ramiz. Uning qora zulfi par yostiqning

turlik tomonig‘a tartibsiz suratda to‘zg‘ib, quyuq jinggila kiprak ostidag‘i timqora ko‘zlari bir

nuqtag‘a tikilgan-da, nimadir bir narsani ko‘rgan kabi... qop-qora kamon, o‘tib ketkan nafis,

qiyig‘ qoshlari chimirilgan-da, nimadir bir narsadan cho‘chigan kabi... to‘lg‘an oydek g‘uborsiz

oq yuzi bir oz qizilliqg‘a aylangan-da, kimdandir uyalg‘an kabi... Shu vaqt ko‘rpani qayirib

ushlagan oq nozik qo‘llari bilan latif burnining o‘ng tomonida, tabi’atning nihoyatda usta qo‘li

bilan qo‘ndirilg‘an qora xolini qashidi va boshini yostiqdan olib o‘lturdi. Sariq rupoh atlas

ko‘ynakning ustidan uning o‘rtacha ko‘kragi bir oz ko‘tarilib turmoq-da edi. Turib o‘lturgach

boshini bir silkitdi-da, ijirg‘anib qo‘ydi. Silkinish orqasida uning yuzini to‘zg‘ig‘an soch tolalari

o‘rab olib jonso‘z bir suratka kirgizdi. Bu qiz suratida ko‘ringan malak qutidorning qizi —

Kumushbibi edi.”

2

Qodiriyning portret yaratish an’anasi zamonaviy adabiyotimizda ijod qilayotgan

yozuvchilarimiz asarlarida, jumladan Abduqayum Yo’ldosh asarlarida ham o‘ziga xos uslubda

davom ettirilmoqda. Masalan, “Tushov” hikoyasida Ayol portretini tasvirlar ekan, yozuvchi

bunda portretning ekspozitsion turidan foydalanadi, ya’ni qahramon asarda ilk marta ko‘rinishi

bilanoq uning tashqi ko‘rinishini ta’riflaydi:

“Ayol... go‘zal edi. Sutday oydin oqshom uning marmar kabi oppoq, silliq yuzini, o‘ng

1

Arastu. Poetika. Ritorika. Toshkent–2011, 41-b.

2

Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. 23-24-б.


background image



142

yonog‘idagi moshday qora xolini, nim ochilgan g‘unchaday ol lablarini, iyagidagi

tugmadekkina chuqurchasini, parvozga shaylangan qaldirg‘och qanotiday qoshlarini, safga

tizilgan mag‘lub cherikning nayzalariday quyuq kipriklarini, oqqushniki misol bo‘ynini,

mutanosib nozik yelkalari-yu siynalarini, ne bir ajib shaklda harakatsiz qotgan ingichka, uzun-

uzun barmoqlarini alohida ta’kidlab ko‘rsatmoqdaydiki, baayni hozirgina musavvir Behzod

yoyinki Chingiz Ahmar mo‘yqalamidan bunyod

bo‘lgan Sharq go‘zali hali farog‘atda

xobgohida orom olayotganday...”

3

deb tasvirlansa, yana bir hikoyasi “Homiy”dagi Oysuluvni

“Yuzlari tiniq, qoshlari qaldirg‘och qanotiday, uzun-uzun kipriklari quyuq, hech qanday

bo‘yoq-mo‘yoq surilmasa-da g‘unchadek qip-qizil lablari tagida bittagina moshdek xol, iyagida

husnini yana oshirib turgan chuqurcha, zulukday qop-qora soch deganingiz yelkani shaloladay

qoplab turibdi” – deb Qodiriyona portretni chizib beradi. Lekin, shu o‘rinda aytish joizki, ikki

asardagi porteretda ham o‘xshash jihatlar ko‘p.

Yana biz Qodiriyning ayrim qahramonlar, jumladan salbiy obrazlar xarakterini ochib

berishida o‘ziga xos uslubni ko’ramiz. Masalan, Otabek va Kumushga dushmanlik qilgan

Jannatning qiyofasi,

“yerdan bichib olg’andek pak-pakana, burni yuzi bilan baravar, deyarli

tep-tekis, ko’zi qoqqan qoziq o’rnidek chup-chuqur, og’zi qulog’i bilan qoshiq solishar

darajada juda katta, yuzi qirq yillik og’riqlarnikidek sap-sariq, qirq besh yoshlar chamasida

bir xotin”

4

–deb tasvirlanadi. Otabekni o’ldirish qasdida bo’lgan uning o‘g‘li Sodiqning

ko‘rinishi ham:

“sariq tanli, ukkining ko‘zidek chaqchayib o‘ynab va yonib turgan qizil ko‘zli,

yuziga parchinlangandek yuza (puchuq) burunli, manglayi qancha tashqariga o‘sib chiqqan

bo‘lsa, yuzi o‘shancha ichkariga ketgan, vaqtsizroq yaratilib qolgan bir maxluq”

5

–deb

tavsiflanadi. Har ikki qahramonlarning tashqi ko‘rinishi fe’l-atvoriga mutanosib holda

tasvirlangan. Umuman olganda, “O‘tkan kunlar” romanida tasvirlangan qahramonlar portreti

nihoyatda puxta ishlanganligi bilan ajralib turadi.

Abduqayum Yo’ldoshev ham salbiy obrazlar xarakterini ochib berishda ularing portretini

mohirona chizib beradi. Masalan, “Homiy” hikoyasidagi Sunnatullo qiyofasi dastlab “yum-

yumaloq, to‘ntarilgan qozon bog‘lab olganday ulkan qorin osilib qolgan qirq besh yoshlardagi

bir kishi” sifatida tasvirlansa, “Intiqom” hikoyasida Mo‘minboy portreti asar boshidanoq

“o‘lguday pishiq-puxta, buning ustiga mug‘ombir, uyiga borib qolsangiz ichimlikning zarari

haqida ezmalanib gapiraveradigan, bu yerda (korxonada) esa, tekinligi uchun, hissasini miq

3

A.Yo’ldoshev. Mubtalo. Hikoyalar. Toshkent–2023. 218-b

4

Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. 133-б

5

Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014. 139-б


background image



143

etmay yutaveradigan, qolgan-qutgan gazak-pazaklarniyam cho‘ntagiga urib ketishdan istihola

qilmaydigan...”

6

tarzida ochib beriladi. Voqealar davomida “Homiy” dagi Sunnatulla hunar

bilim yurtiga homiylik qilish bahonasida dargohning eng go‘zal talabasi Oysuluvga hirs bilan

boqishi, direktorga “faqat shu qiz mening firmamga sekretarlikka borsin” deb buyruq berishi va

direktorning ham bu boyvachchadan nimadir undirib qolish umidida Oysuluvning qarshiligiga

qaramasdan bunga “sharoit yaratib berishi” kitobxonnin g‘azabini keltirsa, “Intiqom”

hikoyasida Mo‘minboyni keyinchalik o‘z manfaati uchun har ishga qodirligi, mansab

pillapoyalari uchun har narsani “qurbon qilishga tayyor” ligini ko‘rish mumkin.

Abduqayum Yo‘ldoshning yuqorida misol tariqasida keltirib o‘tilgan hikoyalarida

xarakterni ochib berish vositasi sifatida obrazlar nutqidan ham unumli foydalaniladi. Masalan,

yozuvchining “Tushov” hikoyasida Bobo, Ota, Bola va Ayolning xarakteri ularning nutqi orqali

ochib beriladi. Asardagi Ayol hayot tashvishlari, ikir-chikirlariga o‘ralashib qolgan kishilarni

tushkunlik, maqsadsizlik “tushov”idan, kishanidan ozod qilmoqchi bo‘ladi. Ya’ni, umri qora

mehnatda kechgan Bobo, uning izidan churq etmasdan ergashgan Ota va hali murg‘ak qalbida

orzulari osmon Nevaraga uchishni, parvoz qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladi. Bundagi tasviriy

voqealar ramziy ma’noda ifodalanadi. Ya’ni, hayot mazmuni dori sepilgan dalada erta-yu kech

qora mehnat qilib, mehnatiga yarasha rohat ko‘rmagan, xayolida ish, ish va yana ish bo‘lib,

Ayolning “Nimalarni o‘ylayapsiz?” degan savoliga, “Nimani bo‘lardi, bir balo qilib uyga tezroq

yetib borsam, kampir beradigan bir kosa makaron sho‘rvaga yarimta nonni to‘g‘rab, bo‘ktirib,

to‘yi-ib yeb olsam... so‘ngminan yotsam. Ertaga qiladigan ishlar ko‘p” deb javob bergan

Boboning ruhiyati uning nutqi orqali yaqqol ochib beriladi.

Otaning yarim gaz havoga ko‘tarilishi va “qulab tushishi”da ham bir ramziylik bo‘lib, u

hali Bobo kabi ongi “qotib” qolmagan edi. U erkin bo‘lishni, ozod bo‘lishni, hayotning mayda

ikir-chikirlarini unutib,ozgina bo‘lsa-da,odamdek yashashni istagan edi. Endi parvoz qildim

deganda, arzimagan o‘y-xayollari uni yana tuproqqa “mixlab” qo‘yadi. Hikoyaning shu joyini

eslab o‘tamiz:

– Nimalarni o’yladingiz, otajon? – iztirob bilan shivirladi Ayol.

Esankirab qolgan, bir yerga, bir ko’kka qarayotgan Ota go’ldirab javob qaytardi:

Endi... bir sog’in sigirimiz bor edi o’zi, shunga bugun ikki bog’gina o’t o’rib kelay

desam, dori sepilmagan joy topolmadim. Bilmadim, xotin ne deb kutib oladi endi... So’ngminan,

ovul-jamoatning oldida uyalaman, kenjatoyim oltiga kirib so’laqmonday bola bo’lgan bo’lsayam

6

A.Yo‘ldoshev. “Qaydasan, mo‘jiza…”. Qissa va hikoyalar. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom”–2019-y. 142-b.


background image



144

qo’lini haliga dovur halollab ololganim yo’q, shunga ertaga raisdan qarz so’rasammi deb turib

edim; so’ngminan, bu yoqda kattasiyam maktabni bitirdi, uning boshini ikkita qilib qo’yish

tashvishi bor... Bu yoqda hali qaynog’amizning to’yi bo’ynimizda turibdi, o’zbekchlik, tuzukroq

to’yona obormasak uyat bo’lar. So’ngminan...”

7

Nutq zamiridagi fikrlar doim gapiruvchi shaxs orqali gavdalanadi va uning nutqi davomida

yuzaga keladi. Nutqqa tegishli bir masala borki, bu — nutq mayllaridir: buyruq, iltijo, hikoya,

do‘q po‘pisa, savol, javob va hokazolar.

8

Yuqoridagi hikoyada ushbu mayllarning deyarli

barchasini ko‘rishimiz mumkin. Buyruq, iltijo, savol-javob Ayol nutqida uchrasa, do‘q-po‘pisa

Bobo nutqida, hikoya esa Ota nutqida uchraydi. Bolaning ruhiy dunyosi alohida bir qarashda

tasvirlanadiki, uning nutqida iltijo maylidan foydalanib, Bolaning xarakteri ochib berishga

harakat qilinadi. Shuningdek, Otaning nutqi orqali jamiyatdagi minglab, balki millionlab

kishilarning umumlashma xarakteri ochib berilgan. Yozuvchi asar qahramonlariga bekorga

ma’lum bir ism qo‘ymagan. Bobo, Ota, Bola, Ayol tarzida umumiy nom bilan ataydi. Bunda

yozuvchining ma’lum bir ko‘zlangan maqsadi yotadi, albatta.

Ma’lumki, inson aksar hollarda kayfiyatga muvofiq yashaydi. Ayniqsa, о‘zi bilan о‘zi

qolgan kishi tevarak-atrofni kо‘nglida kechayotgan hissiyotlar ta’siri о‘laroq kо‘radi. Shu bois

ham shod, quvnoq, qalbi farahbaxsh tuyg‘ular bilan limmo-lim kishi qushlarning parvozini,

quyoshning nur sochib turganini kо‘rgani, bulbullar “chah-chah”ini eshitgani kabi, kо‘ngli

xufton kishiga bular “ shovqin- suron”day tuyulib, battar kayfiyatini tushiradi. Yozuvchi

qahramonlar faoliyatining ular ruhiyati bilan muvofiqligini ta’minlar ekan, tabiat tasvirlaridan,

ya’ni, obrazlar xarakterini ochishda peysajdan mohirlik bilan foydalanadi.

Masalan, adibning “Tushov” nomli hikoyasidagi bir o’rindagi tabiat tasviriga e’tibor

qilamiz:

“... So‘lim sunbulaning sokin oqshomi. Ko‘kda chimildiqdan chiqib kelgan iboli

kelinchakning tillaqoshiday yaraqlayotgan hilol sutrang yog‘du separ, yelka bilan bitta bo‘lib

yoyilgan quyuq sochlarga sepilgan tilla gardiday yulduzlar jimirlar, tuproq yo‘ldan ko‘pchigan

siyrak chang betartib qurilgan pastak kulbalar, xashak va g‘o‘zapoya g‘aramlari-yu bir

yonboshiga og‘ib qolgan simyog‘ochlar uzra harir ro‘mol yanglig‘ ohista chayqalib turardi...”

9

Mazkur peysaj tasviri hikoyada tasvirlanajak keyingi voqealarga o‘quvchini tayyorlab

boradi...

7

A.Yo’ldoshev. Mubtalo. Hikoyalar. Toshkent–2023. 223-b

8

Arastu. Poetika. Toshkent–2011, 47-b.

9

A.Yo’ldoshev. Mubtalo. Hikoyalar. Toshkent–2023. 217-b


background image



145

Biz ijodini tadqiqot ob’ekti sifatida ijodini o‘rganayotgan yozuvchi, Abduqayum

Yo‘ldoshning jumboqli hikoyalar yozishni ma’qul ko‘rishini guvohi bo‘lamiz. Ya’nikim, uning

hikoyalarida ramz va qahramonlar ruhiyati bir-birini to‘ldirib, o‘zaro mutanosiblikda vujudga

keladi. Yozuvchi ijodida “badiiy obraz” ko‘p hollarda “ramzli obraz” sifatida talqin qilinadi.

Badiiy obrazning xususiyatlari haqida so‘z ketganda avvalo, individuallashtirilgan

umumlashma sifatida namoyon bo‘lishi xususida to‘xtalish zarur.

10

Badiiy asarda ijodkor o’z

maqsadiga qachon erishadi? Aytish mumkinki, qachonki, xarakterni mohirona va o‘zi

o‘ylagandek tasvirlab berganida, uni yoritganida erishishi mumkin. Bir so‘z bilan aytganda,

xarakter kichik bir she’rdan tortib katta-katta romanlarda ham namoyon bo‘lishi shart va lozim.

Haqiqatdan ham, aksar hollarda Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida obrazlarni

umumlashtirilgan holda ko‘ramiz. Hikoyalardagi obrazlarning umumlashtirilganligini ramz va

ruhiyat tasvirining o‘zaro mutanosib tarzda berilishidan bilishimiz mumkin. Shuning uchun ham

Abduqayum Yo‘ldosh hikoyalarida ruhiyat tasviri ko‘p hollarda obrazlar individualligi orqali

ifodalanadi. Uning hikoyalaridagi qahramonlarning dunyoqarashi o‘zgacha. Albatta, inson

xarakteri, uning ruhiy o‘ziga xosligi ko‘p jihatdan u yashayotgan muhit shart-sharoitlari bilan

bog‘liqdir

11

. Shuning uchun ham Abduqayum Yo‘ldosh yaratgan xarakter egalari ham o‘zi

yashab turgan muhit mahsuli. Masalan, “Tushov” dagi Bobo va Ota, “Biz bo‘lmagan

joylarda...” Do‘stboy, “Homiy”dagi Sunnatilla, “O‘zgalar fikri”da Ahmadali, “Bezori”da

No‘monjon, “Alvido, go‘zallik...”da Muslim, Oysuluv, “Pul jodusi”da Sodiq, “Parim bo‘lsa”da

G‘aniboy, Ibodulla va boshqa bir qator obrazlar shular jumlasidan. Bularning tabiatidagi davrga

xoslik yaqqol ko‘zga tashlanib turadi.

Yozuvchining ruhiyat tasvirini ifodalashda ramzlardan mohirona foydalanishi orqali

yaratilgan asarlaridan biri sifatida “Vijdon” hikoyasini aytishimiz mumkin.

Ma’lumki, vijdon-ko‘z bilan ko‘rib, ushlab bo‘lmaydigan, faqat his qilish mumkin

bo‘lgan tuyg‘u, vijdonni pulga sotib olib bo‘lmaydi, majburlab singdirib bo‘lmaydi va bugungi

kunda topilmas narsaga aylanayotgan noyob qalb gavhari. Abduqayum Yo’ldoshning “Vijdon”

hikoyasi boshdan oxirigacha kitobxonga “yuragini ochmaydi”. Muallif qisqagina hikoyada

o‘ziga xos tasvirlash, ruhiy kechinmalarni tasvirlaydiki, tugunni shu qadar mohirlik bilan

qo‘yadiki, kitobxon asar so‘ngiga qadar gap nima haqida ketayotganligini anglay olmay turadi.

“...ehtiyotkorona bosilayotgan qadam saslari yaqinlasha-yaqinlasha, nihoyat, eshigimga

kelib taqalganini his qilaman, shu his barobarida seskanib ko‘z ochgan mubham vahimadan

10

Dilmurod Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., 2004-yil, 64-bet

11

Қуронов Д. Руҳий дунё таҳлили.Тошкент–1995, 50-b.


background image



146

majolsizlanib, to‘xtab qolguday ahvolga tushadi yuragim. Dastlab bunday chog‘lari amallab

o‘rnimdan turardim-u, shosha-pisha uydagi bor chiroqlarni yoqib chiqardim; so‘ng bunga

qanoat hosil qilmay magnitofonni chinqirtib qo‘yib, charog‘on xona o‘rtasida o‘tirib olgan ko‘yi

papiros tutuniga ko‘milgancha o‘zim bilan o‘zim shoshqol o‘ynashga tushib ketardim. Lekin

suv ostida bosim ta’siridan qutulib bo‘lmaganiday, ko‘ngilga sirg‘alib kirib ulgurgan qutqu

ilonini sitib chiqarishga ilojsiz ekanimni anglagach bu benaf ovoragarchilik o‘z-o‘zidan barham

topdi...

12

U qanday raqibki muallif uning ko‘zlariga qarashga jur’at etolmaydi? Undan qutulish

uchun o‘zini har ko‘yga soladi?

Asar voqealarida tasvirlanuvchi inson emasligini kitobxon qalban his etib turadi. Chunki,

undagi ba’zi tasviriylik mavhumlik sari yetaklaydi. Yuqoridagi jumlalarda insonning ong osti,

aniqroq qilib aytganda qalban tug‘yonlari aks etib, vijdon azobidan xalos bo‘luvchi kishi obrazini

ko‘rish mumkin. Lekin muallif hikoya davomida biror marta vijdonga ishora qilmaydi. Hatto

kitobxonni bu haqida o‘ylashga imkoiyat ham bermaydi. Faqatgina hikoya “Vijdon” deb

nomlanishi asar tahlili tomon birozgina yo‘l ochadi xolos.

...Bilaman, u nafaqat begona eshiklardan, begona odamlardan ham cho‘chiydi...

Inson shu kabi sifatga ega bo‘lishi nechog‘lik haqiqatga yaqin? Demak, bu yerda

ramziylik bor.

Mualif nimani nazarda tutgan, nimadan bu qadar bezib qolgan? U qanday raqibki, undan

qo‘rqadi? Uni azoblanishidan rohat tuyadi? Uning qadam tovushlaridanoq hadik, xavotirga

tushadi? Bularga birgina javob berish mumkin: Inson faqat Vijdoni bilan yuzma-yuz

kelgandagiga haqiqat oldida tiz cho‘kishga majbur bo‘ladi. Aytish mumkin, ijodkorning

“Puankare”dan keyin eng ta’sirli hikoyalaridan biri–“Vijdon”! Yozuvchining yutug‘i ham,

mahorati ham kitobxonning fikrini bir nuqtada, asar oxirigacha ushlab tura oladi. Tugun bilan

boshlangan mavzuning yechimi o‘quvchiga havola qilinadi. Sarlavhadan boshqa biror jumlada

vijdon tilga olinmaydi. So‘zlarni, maqollarni topib qo‘llash A.Qahhorni eslatadi. Asosiy fikrni

muallif nutqi, monolog orqali berishga o‘rgangan yozuvchi bu safar ham uslubiga xiyonat

qilmaydi. Umidi so‘nayotgan vijdon yashagisi kelayotgan, hayotga tashna, lekin o‘limi

yaqinlashib qolgan odam singari. Vijdonli odamning vijdonidan mahrum bo‘layotganidagi

holati, xarakteri shu qadar ishonarli tasvirlanganki, hech bir shubhaga o‘rin qoldirilmagan.

Vijdon oldida har kim o‘zining “kim” ekanligini juda yaxshi biladi.

12

Абдуқаюм Йўлдош. Виждон (ҳикоя) - www.ziyouz.uz


background image



147

Ijodkor qisqagina ushbu hikoyasida

“muzday ko‘rpaga o‘ranib...”,

“saqichday quyuq

zulmat...”

singari o‘ziga xos o‘xshatishlardan ham o‘rinli foydalangan.

Adibning “Parim bo‘lsa” hikoyasi qahramonlar xatti-harakati psixologik jihatdan

g‘oyatda ishonarli ishlangan asarlardan biridir. Hikoya qahramoni birovning kо‘nglini

og‘ritmaydigan, oqkо‘ngil yigit Ibodullaning о‘ziga xos qiyofasi ilk tasvirlardanoq yodda

qoladigan tarzda chiziladi. Hikoyadagi “Umri kindik qoni to‘kilgan ovulida o‘tayotgan

bo‘lishiga qaramasdan Ibodulla shahar jinnisi edi. Bemalol aytish mumkinki, baliq suvda o‘zini

qanday emin-erkin sezsa, allaqachon “shaharlik” laqabiga ega bo‘lib ulgurgan jo‘ramam o‘zini

shaharda shunday his qilardi. ... Har gal shaharga tushish jo‘ram uchun bayram edi. O‘ziyam

og‘zining tanobi qochib, ikki-uch kunlab astoyidil tayyorgarlik ko‘rardi: sochlar oldrilgan,

ko‘ylak- shimlar yuvdirilgan, dazmollatilgan, hattoki ro‘molchaga qimmatgina atirdan mo‘l-

ko‘l sepilgan...” tasviri juda tabiiy, ortiqcha zо‘riqishsiz tasvirlanadi.

Xulosa.

Abduqayum Yoʻldoshev asarlarida davr va inson muammosining yoritilishida, yozuvchi

nuqtayi nazari va qahramon tabiati, xarakterlar rangbarangligi va ruhiyat tasviri, maishiy hayot

tasvirini gavdalantirishda yozuvchining individual uslubi, nasr va janr imkoniyatlari, badiiy til

vositalarining adib ijodidagi oʻrni alohida seziladi. Asarlarda yozuvchi qahramonlarning ichki va

tashqi qiyofadoshligi, adibning poetik mahorati, individual poetik uslubga xos ruhiy psixologik

ijod uslubining oʻziga xos koʻrinishi deyish mumkin.

Abduqayum Yoʻldoshev hikoyalarida davr va inson muammosi, davrning inson

xarakteriga taʼsiri va yozuvchining barqaror xarakterlar yaratish borasidagi mahorati ochib

berilgan. Abduqayum Yoʻldoshev yaratgan xarakterlarni tushunish uchun uning birgina

hikoyasini oʻqib chiqish kifoya qilmaydi, negaki, bir asarida yaratgan obraz, xarakter boshqa bir

asarida yaratilgan obraz va xarakterning mantiqiy davomidek tuyuladi.

REFERENCES

1.

Arastu. Poetika. Ritorika. Toshkent–2011.

2.

Қуронов Д. Руҳий дунё таҳлили.Тошкент–1995

3.

Турдимов Ш. Этнос ва эпос. – Тошкент: Ўзбекистон, 2012.

4.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., 2004-yil Boboyev T. “Adabiyotshunoslik

asoslari”. T: “O‘zbekiston”. 2002-y.

5.

М.Абдураҳмонова, “Руҳий дунё тасвири”- “Ўзбекистон” нашриёти, Тошкент —

1977.


background image



148

6.

Султон И. Адабиёт назарияси. Тошкент, “Ўқитувчи”– 1986-й.

7.

Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. Дарслик. Т., “Шарқ”-2002.

8.

Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014.

9.

Yo‘ldoshev A. “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari”. Hikoyalar. Toshkent- “Yangi asr

avlodi”- 2021.

10.

Yo‘ldoshev A. “Qaydasan, mo‘jiza…”. Qissa va hikoyalar. – Toshkent: “G‘afur

G‘ulom”–2019-y

11.

Yo’ldoshev A. Mubtalo. Hikoyalar. Toshkent–2023.

References

Arastu. Poetika. Ritorika. Toshkent–2011.

Қуронов Д. Руҳий дунё таҳлили.Тошкент–1995

Турдимов Ш. Этнос ва эпос. – Тошкент: Ўзбекистон, 2012.

Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. – T., 2004-yil Boboyev T. “Adabiyotshunoslik asoslari”. T: “O‘zbekiston”. 2002-y.

М.Абдураҳмонова, “Руҳий дунё тасвири”- “Ўзбекистон” нашриёти, Тошкент — 1977.

Султон И. Адабиёт назарияси. Тошкент, “Ўқитувчи”– 1986-й.

Умуров Ҳ. Адабиёт назарияси. Дарслик. Т., “Шарқ”-2002.

Қодирий А. Ўткан кунлар. – Тошкент: Шарқ, 2014.

Yo‘ldoshev A. “Mashaqqatlar osha yulduzlar sari”. Hikoyalar. Toshkent- “Yangi asr avlodi”- 2021.

Yo‘ldoshev A. “Qaydasan, mo‘jiza…”. Qissa va hikoyalar. – Toshkent: “G‘afur G‘ulom”–2019-y

Yo’ldoshev A. Mubtalo. Hikoyalar. Toshkent–2023.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов