THE ROLE OF DEMONSTRATION EXPERIMENTS AND THE METHODOLOGY OF THEIR USE IN TEACHING PHYSICS IN SECONDARY

HAC
Google Scholar
To share
Xudoynazarova, V. (2023). THE ROLE OF DEMONSTRATION EXPERIMENTS AND THE METHODOLOGY OF THEIR USE IN TEACHING PHYSICS IN SECONDARY . Modern Science and Research, 2(10), 655–658. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24639
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article describes the use of various methods and demonstration experiments based on the scope of students' thinking and imagination at the grade level in teaching physics in secondary schools.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

655

UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKANI O‘QITISHDA NAMOYISH

TAJRIBALARNING O‘RNI VA ULARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Xudoynazarova Visola Musurmonqulovna

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

fizika yo‘nalishi 1- bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10030309

Annotatasiya.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida fizika fani o‘qitishdagi sinflar

darajasida o‘quvchilar fikrlash va tasavvur qila olish doirasidan kelib chiqqan holda turli
metodlardan va namoyish tajribalardan foydalanish haqida bayon qilinadi.

Kalit so‘zlar:

“Fizika”, elektr toki, temperaturasi, zanjir, qonun, jism, maydon,

umumta’lim, fizika o‘qitish, o‘quvchi, fizik tajribalar va asboblar, namoyish tajribasi va texnikasi,
dars samaradorligi.

THE ROLE OF DEMONSTRATION EXPERIMENTS AND THE

METHODOLOGY OF THEIR USE IN TEACHING PHYSICS IN SECONDARY

Abstract

. This article describes the use of various methods and demonstration experiments

based on the scope of students' thinking and imagination at the grade level in teaching physics in
secondary schools.

Key words

: "Physics", electric current, temperature, chain, law, div, field, general

education, physics teaching, student, physical experiments and tools, demonstration experience
and techniques, lesson efficiency.

РОЛЬ ДЕМОНСТРАЦИОННЫХ ЭКСПЕРИМЕНТОВ И МЕТОДИКА ИХ

ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ПРИ ПРЕПОДАВАНИИ ФИЗИКИ В СРЕДНЕЙ ШКОЛЕ

Аннотация

. В данной статье описывается использование различных методов и

демонстрационных экспериментов, основанных на объеме способностей учащихся
мыслить и воображать на уровне класса при преподавании физики в средней школе.

Ключевые слова

: «Физика», электрический ток, температура, цепь, закон, тело,

поле, общее образование, преподавание физики, ученик, физические эксперименты и
инструменты, демонстрация опыта и приемов, эффективность урока.

Hozirda maktabimizda tarbiyalanib ta’lim olyotgan o‘quvchilar har tomonlama barkamaol

avlod bo‘lib, hayotga kirib kelishini ta’minlash jamiyat oldidagi eng ulug‘ maqsadlarimizdan biri
bo‘lib kelmoqda. Hozirgi davr bolalari juda jadal suratlar bilan rivojlanmoqdalar. Yoshlarning
kelajakdagi erishilayotgan yutuqlari mustaqil bilim olish layoqati, o‘z - o‘zini rivojlantirish hamda
takomillashtirish bilan birgalikda hayotga qarashlari ham o‘zgarib borgani yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda.

Fizika umuta’lim maktabarida haftasiga 2 soatdan o‘tiladi va shu bilan birgalikda bu

vaqtlar ichida o‘qituvchi juda kam narsalarni o‘quvchilar o‘rgata oladi,sababi bu vaqt 45
daqiqadan iborat bo‘lib bunda o‘qituvchi o‘quvchilar bilan salomlashishga davomat qilishga
vazifa so‘rashga va berishga ulgurishi bu vaqt davomida mavzu ham tushuntirishi kerak. Tabiiyki
bundan holda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu tushuntirishga juda kam vaqt sarflaydi va
shoshiladi. Mavzudagi asosiy joylarni tushuntiradi va shu bilan dars tugaydi. Tajriba namoyish
ko‘rsatishga esa vaqt qolmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

656

Boshlang‘ich tasavvurlarni o‘quvchilar 4-, 5-, 6- sinflarda o‘tiladigan tabiatshunoslik,

botanika, geografiya kabi fanlar orqali tasavvurga ega bo‘ladi.

Endi biz tajriba namoyishlarini ko‘rsatishga vaqtimiz bo‘lmasada ularga fizik terminlarni

5 sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilarga ular yoshligida o‘qigan ertaklar orqali ham tushuntirib qiziqish
uyg‘otishimiz shu orqali ularni fizika faniga tayyorlashimiz mumkin.

Masalan: “Qizil qalpoqcha” ertagidagi bo‘ri qizil qalpoqchadan oldin borish uchun

o‘rmonni kesib o‘tibdi degan so‘z o‘rniga ko‘chish orqali boribdi deb tushuntirsak fizikaning
boshlang‘ich tushunchalaridan biri bo‘lgan “ko‘chish” nimaligini haqida bolada tasavvur
uyg‘onadi. Shunday ertaklardan yana biri “Sholg‘om” bunda o‘quvchilar massa, og‘irlik, kuch va
h.k. lar haqida bilib tasavvur qila olishlari mumkin. Bobo sholg‘omni torta olmagach, yordamga
buvi, nabira, it, mushuk va sichqonni chaqiradi: kuchlarni qo‘shilish natijasida, sholg‘om o‘rnidan
siljiy boshlaydi va ish bajariladi.

Boshlang‘ich tushunchalarda moddiy nuqta, trayektoriya, yo‘l va ko‘chish, vaqt, tezlik

kabi kattaliklarni tushuntirishda o‘quvchilarni o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lib qolgan “Bo‘g‘irsoq’’
ertagi orqali qiziqtirish mumkin. O‘rmon tomon yo‘l olgan bo‘g‘irsoq trayektoriya orqali o‘rmon
yo‘lagidan yurib, yo‘lida har xil hayvonlarga duch keladi. Qo‘shiq aytib berib, vaqtdan yutadi. Bu
vaqt har xil hayvonlarda har xil bo‘ladi. Bu mavzularda bo‘g‘irsoqning shakli aylana bo‘lganligi
sababli harakatining osonligi yo‘lning notekisligi harakatga salbiy ta’sir qilmaydi. Ertak orqali
ko‘chish, yo‘l, trayektoriya, tezlik, vaqt kabi fizik kattalikar o‘quvchilarga qiziqarli qilib
tushuntirish mumkin.

O‘quvchilarni fizik hodisalarni o‘rganishda mustaqil ravishda kuzatish, tajribalar

o‘tkazish, tajriba natijalarini umumlashtirish hamda darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa
qo‘shimcha adabiyotlardan foydalana olishga o‘rgatish juda muhimdir.

Endi 6-, 7-, 8- sinflar uchun fizikani qanday tushuntirishimiz va qiziqtirishimiz mumkin.

Ma’lumki, organizm muhitning ravshanlik (yorug‘lik), harorat (temperatura), namlik (absolyut va
nisbiy), havo bosimi, shovqin, elektr va magnit maydoni, radiatsiya oqimi, radiaktivlik va shu kabi
fizik xarakteristikalarning o‘zgarishidan darhol sezadi.

Fizikani o‘rganishda o‘quvchilarga biofizikaga oid materiallardan ham foydalanish ayni

muddao bo‘ladi. Biofizika elementlarini o‘quvchilarga o‘rgatishda o‘qitishning turli formalaridan
foydalanish mumkin:dars, ekskursiya, amaliy ish va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quvchilarning
mustaqil tadqiqot olib borish faoliyati, referatlar tayyorlashi va h.k. Biroq biofizikaga oid
materialni o‘rganishda ko‘pincha darsdan foydalanish yaxshi natijaga erishiladi.

Issiqlik hodisalari mavzularida issiqlikning inson hayotida eng muhim o‘rin tutishi

ko‘rsatib beriladi. Bunda o‘quvchilarning yosh darajasini hisobga olib, televizorda ko‘rgan
multfilmlari, qadimgi dunyo tarixi darslarida eshitgan olov haqidagi afsonalari eslatilib, insonning
yashash uchun tabiatda olib borgan kurashlari qiziqarli holda tushuntiladi. Darslikda ulardan
ayrimlari keltirilgan. “Olovni bo‘ysundirish” nafaqat eng qadimgi davrda, balki hozirgi zamonning
eng kuchli texnikasida ham asosiy harakatlantiruvchi kuch ekanligi ko‘rsatib beriladi. Masalan:
Kosmik raketa, qit’alararo raketa, barcha kemalar, avtomobillar, traktorlar, poyezdlar va hokazo.
Shunga ko‘ra issiqlik hodisalarni o‘rgaish, u bilan bog‘liq mashinalarni ishlatish, sozlash va
takomillashtirishda kerak bo‘lishi tushuntiriladi. Undan keying mavzu “issiqlikni hosil qiluvchi va
qabul qiluvchilar”ga o‘tish bir maromda boradi. Yerdagi issiqlikning asosiy eng kata manbai -


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

657

Quyoshdir. Avtomobil dvigatelida yonib turgan benzinning ham asosi Quyosh ekanligi aytib
o‘tiladi. Bu bilan birga issiqlikni faqatgina nimanidir yondirish orqali emas, balki ish bajarib ham
hosil qilish mumkinligi isbotlab ko‘rsatish mumkin. Bundan tangani jun materialga ishqalaganda
isiganligi namoyish tajriba orqali tushuntirib ko‘rsatish mumkin.

Bu bilan ishning energiyaga, energiyaning ishga aylanishi tushunchasi hosil qilinishiga

imkon yaratiladi. Hozirgi zamonaviy fan-texnikaning rivojlanishi bilim, amaliyot va tajriba o‘zaro
aloqani uzviy bog‘lab borilishini taqozo qiladi. Fizika fani ishlab chiqarishdan ajratilgan alohida
holda o‘qitilsa, o‘quvchilar bu fanning nima uchun kerakligini, uni o‘rganishning nima uchun
zarurligini tushunishga qiynaladilar. O‘quvchilarning faqatgina fizika faniga qiziqishini oshirishga
qaratilmay, balki ularning texnik faolligini takomillashtirish, fan va texnika yutuqlarining
zamonaviy ishlab chiqarishdagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatish bilan ularning politexnik
tayyorgarligini kuchaytirishni ham nazarda tutadi.

Jumladan, “Elektr sig‘imi”, “Kondensatorlar”, “Yarim o‘tkazgichli asboblar”,

“Elektromagnit tebranishlar va to‘lqinlar” va boshqa mavzular o‘tilayotgan vaqtda uning amaliy
ahamiyatiga e’tibor berilishi, o‘quvchilarning texnik ijodiy qobiliyatlarini rivojlanishiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilar “Tokning magnit maydoni” masalasini o‘rganishda organizm
to‘qimalarining magnit xossalari, to‘qimalar ma’lum darajada suvga o‘xshab diamagnit ekani,
shuning uchun u tashqi magnit maydon ta’sirida umuman magnitlanmasligi haqida bilimga ega
bo‘ladilar.

Fizika fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarni bu fanga qiziqtirishni yana bir usullaridan

biri dars mobaynida fizik tajribalar tabiatdagi fizik jarayonlarni o‘quvchilarning o‘zlari fizikani
o‘rganishga qadar kuzatgan. lekin bu kuzatishlar natijasida barcha o‘quvchilar ularning nimaligi
haqida to‘g‘ri xulosa chiqara olmaydilar, albatta. Bundan tashqari hamma o‘quvchilar ham mavjud
jarayonlarning barchasini e’tibor bermaydilar. Shu sababli maktab sharoiti doirasida sinfda
maxsus tashkil etiladigan fizik tajribalarni ko‘rsatish zarur bo‘ladi.

Fizikadan to‘g‘ri tashkil etilib, namoyish qilingan va talqin etilgan tajribalar o‘quvchida

nafaqat asbob uskunalar tuzilishi, ishlashini o‘rganib qolmay, balki ulardagi qonuniyatlarni
o‘rganishiga ham imkoniyat tug‘diradi. Tajriba namoyishlarni asosan 9-, 10-, 11- sinf o’quvchilari
o’zlari qilib ko’rishga imkon berish kerak. Fizik namoyishlar o‘quvchilarga mazkur fanga bo‘lgan
qiziqishlarini ham oshiradi.

Namoyishlar yordmida fizik tushunchalar, fizik kattaliklar va ularni o‘lchash imkoniyatlari

beradi. So‘ngra ularga laboratoriya ishlarini bajarishda, masalalarni yechishda ko’nikma
shakllanadi, rivojlanadi va bilimlari chuqurlashib boradi. Fizika darslarining boshida shunday
tajribalarni namoyish etish kerakki, ular oddiy bo‘lsa ham, boshlang‘ich nuqta va soda tajriba
bo‘lsin. Ularda ko‘rgan hodisalar, keyinchalik boshqalarini tushuntirish uchun sabab bo‘ladi. Fizik
kattaliklarning o‘lchamlari (uzunlik, vaqt, massa, bosim, temperatura va boshqalar) aniqlanadi va
ular orasidagi miqdoriy va sifat bog‘lanishlari ko‘rsatiladi (suyulik bosimining idish tubiga
bosimi).

Namoyish tajribalarini o‘rgatish vaqtida fizika qonunlaridan amalda foydalanishni

ko‘rsatishdan iborat (issiqlik mashinasi, termometr). Keyingi namoyishlari bilimlarni
chuqurlashtirishga qaratilgandir. Ko‘rsatiladigan namoyishlar soni ko‘p bo‘lmasligi zarur. Tajriba
o‘qituvchi tushuntirishiga ko‘makchi sifatida berilishi kerak. Ishlatiladigan asboblar sodda va turli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

658

xil bo‘lishi, o‘quvchi diqqatini chalg‘itmasligi kerak. Eng muhimi namoyish qisqa vaqt talab
qilishi muhim ahamiyatga ega. Chunki 45 daqiqa juda kam vaqt hisoblanadi. Shuningdek, uyga
bajarish uchun qiziqarli tajribalar ham berish orqali o’quvchini fizikaga mehrini oshirish mumkin.
Masalan:

1. Yupqa devorli stakan olib, issiq suvga to’liq botirib qo‘ying. Keyin ochiq tomoni bilan

sovuq suvga to‘nkarib qo‘ying. Biroz vaqtdan so‘ng stakan ichida sovuq suv ko‘tariladi. Shunda
savol tug‘iladi. Nimaga?

2. Ikkita stakan olamiz. Ularning og‘zi bilan bir xil diametrda rezina halqa kesib olamiz.

Birinchi stakan og‘ziga rezina halqani qo‘yamiz. Kichik qog‘oz bo‘lagini stakan ichiga tashlab
yoqib yuboramiz. Darhol ikkinchi stakan og‘zini rezina halqa ustiga qo‘yib yopamiz. 1, 2 s dan
keyin yuqoridagi stakanni ko‘tarsangiz pastkisi ham qo‘shib ko‘tariladi.

3. Qalinroq karton qog‘ozdan quticha yasaymiz. Uning ichiga suv quyib qizigan elektr

plitkasiga qo‘ying. Suv isiydi va keyin qaynaydi. Qutiga hech narsa qilmay butun qoladi. Sababini
tushuntiring.

Istalgan namoyishli tajribaning pedagogik samadorligiga ya’ni uni o‘quvchilar to‘liq idrok

qilishlari va anglashlariga faqat ma’lum namoyishli tajribalar ko‘rsatish metodi bilan erishish
mumkin. O‘quv materialini darsda bayon qilish bilan namoyish tajribasi o‘rtasidagi bog‘lanish
dastlabki uslubiy talablardan biri hisoblanadi. Bunday bog‘lanishni amalga oshirish uchun
namoyish tajribalar qisqa muddatli bo‘lishi kerak.

Shuning uchun ham namoyish tajribalarning ko‘pchiligi sifat jihatidan ko‘riladi. Ularni

mashg‘ulotlarda o‘tkazish uchun miqdor jihatdan ko‘riladigan tajribalarni qo‘yilishiga nisbtan
ancha kam vaqt talab qilinadi. Namoyish tajriblar qisqa muddatli bo‘lishiga qaramay ular
nihoyatda ishonchli va tushunarli bo‘lishi kerak. Namoyish tajribalarning bu muhim sifatlari
asosan ularni qo‘yish texnikasiga bog‘liq. Namoyish tajribalarini o‘tkazish uslubi bilan
chambarchas bog‘liqdir. Namoyish texnikasi deganda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinganda
namoyish tajribaning eng katta samarasini va uning o‘quvchilar tomonidan bevosita idrok
qilinishini ta’minlovchi shart-sharoitlar tushuniladi.

Istalgan tajribaning samaradorligi birinchi navbatda maktab fizika asboblarining sifatiga

bog‘liq namoyish asboblariga alohida talablar qo‘yiladi. Bularga birinchi navbatda yuqori
texnikaviy sifat, qurilmalarning soddaligi, etarlicha katta o‘lcham, chiroyli tashqi ko‘rinish kiradi.
O‘qitishning ko‘rgazmali bo‘lishi uchun tajriba asboblarining sxemalarini yig‘ishda eng muhim
detallari o‘quvchilarga yaxshi ko‘rinib turishi lozim. Yuqoridagi kabi barcha mavzularda
namoyish eksperimentlarini tayyorlab, mashg‘ulotlarni o‘tilishi o‘quvchilar tomonidan
mavzularni o‘zlashtirish samaradorligi va ularning faolligi hamda fanga bo‘lgan qiziqishlarining
yanada ortishiga sababchi bo‘ladi.

REFERENCES

1. Perelman Ya.I. “Qiziqarli fizika” Toshkent, 2009 - y. 6 - bet.
2. Tursunmetov K. “Ma’lumotnoma” Toshkent, 2007 – y. 13-15- betlar .
3. Yo‘ldashev M. “8-sinf fizika darslik” Toshkent, 2010 – y. 105-122- betlar.
4. Landsberg L.S. “Optika”. Moskva. 1976 - y. 5-bet

References

Perelman Ya.I. “Qiziqarli fizika” Toshkent, 2009 - y. 6 - bet.

Tursunmetov K. “Ma’lumotnoma” Toshkent, 2007 – y. 13-15- betlar .

Yo‘ldashev M. “8-sinf fizika darslik” Toshkent, 2010 – y. 105-122- betlar.

Landsberg L.S. “Optika”. Moskva. 1976 - y. 5-bet

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов