EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS APPLIED AT DIFFERENT TIMES AND METHODS ON GROWTH OF WINTER WHEAT UNDER IRRIGATED TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Djabborov, S., & Mihriddinova, O. (2023). EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS APPLIED AT DIFFERENT TIMES AND METHODS ON GROWTH OF WINTER WHEAT UNDER IRRIGATED TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS. Modern Science and Research, 2(10), 690–694. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24664
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Currently, phosphorus fertilizers are used in winter wheat in all farms of the Republic in unscientifically unfounded norms and terms. Because no scientific research has been conducted in this regard. In addition, it is observed that phosphorus fertilizers are applied to winter wheat planted between rows of cotton, after planting, and in other periods, depending on the farmer's ability. It is known that each of the mineral nutrients used during the growth and development of plants has its own role. It is also important to apply phosphorus fertilizers in the appropriate rates and periods in winter wheat.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

690

UDK: 631.4+635.

SUG’ORILADIGAN TIPIK BO’Z TUPROQLAR SHAROITIDA FOSFOR O‘G‘ITLAR

TURLI MUDDAT VA USULLARDA QO‘LLANILGANDA KUZGI BUG‘DOYNI

O‘SIShIGA TA’SIRI

Djabborov Shavkat Razzoqovich

Toshkent davlat agrar universiteti katta o’qituvchisi q.x.f.f.d. (PhD)

Mihriddinova Odinaxon Rashidxo’ja qizi

Toshkent davlat agrar universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10031869

Annotatsiya.

Bugungi kunda Respublikaning barcha fermer xoʻjaliklarida fosforli oʻgʻitlar

kuzgi bugʻdoyda ilmiy - asoslanmagan meʼyor, muddatlarda qoʻllanilmoqda. Chunki, bu borada
ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Qolaversa gʻoʻza qator oralariga ekilayotgan kuzgi bugʻdoyda
fosforli oʻgʻitlar fermerni imkoniyatidan kelib chiqqan holda ekishdan keyin, bugʻdoyni tuplanish
va boshqa davrlarida ham qoʻllanilayotganligi kuzatilmoqda. maʼlumki, oʻsimliklarning oʻsishi
va rivojlanish davrlarida qoʻllaniladigan mineral oziqa elementlarning har birini oʻz oʻrni
mavjud.

Shuningdek, kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarni maqbul meʼyor va muddatlarda qoʻllash

ham muhim ahamiyatga egadir.

Kalit so‘zlar:

Fosforli o’g’itlarni kuzgi bug’doy, o’sishi va rivojlanishiga,mineral o’g’itlar

samaradorligi.

EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS APPLIED AT DIFFERENT TIMES

AND METHODS ON GROWTH OF WINTER WHEAT UNDER IRRIGATED TYPICAL

GRAY SOIL CONDITIONS

Abstract.

Currently, phosphorus fertilizers are used in winter wheat in all farms of the

Republic in unscientifically unfounded norms and terms. Because no scientific research has been
conducted in this regard. In addition, it is observed that phosphorus fertilizers are applied to
winter wheat planted between rows of cotton, after planting, and in other periods, depending on
the farmer's ability. It is known that each of the mineral nutrients used during the growth and
development of plants has its own role. It is also important to apply phosphorus fertilizers in the
appropriate rates and periods in winter wheat.

Key words:

Effect of phosphorus fertilizers on growth and development of winter wheat,

mineral fertilizers.

ВЛИЯНИЕ ФОСФОРНЫХ УДОБРЕНИЙ, ВНЕСЕННЫХ В РАЗНЫЕ ВРЕМЯ

И МЕТОДЫ, НА РОСТ ОЗИМОЙ ПШЕНИЦЫ В УСЛОВИЯХ ТИПИЧНОЙ

ОРОШАЕМОЙ СЕРОЙ ПОЧВЫ

Аннотация.

В настоящее время фосфорные удобрения применяются под озимой

пшеницей во всех хозяйствах республики в ненаучно обоснованных нормах и условиях.
Потому что никаких научных исследований на этот счет не проводилось. Кроме того,
отмечено, что фосфорные удобрения вносят под озимую пшеницу, посеянную между
рядами хлопчатника, после посева и в другие периоды, в зависимости от возможностей
агрария. Известно, что каждое из минеральных веществ, используемых в процессе роста
и развития растений, имеет свою роль. Также важно в соответствующие нормы и сроки
вносить фосфорные удобрения под озимую пшеницу.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

691

Ключевые слова:

Влияние фосфорных удобрений на рост и развитие озимой

пшеницы, минеральные удобрения.

Kirish.

Hozirgi kunlarda Respublikaning barcha fermer xoʻjaliklarida fosforli oʻgʻitlar

kuzgi bugʻdoyda ilmiy - asoslanmagan meʼyor, muddatlarda qoʻllanilmoqda. Chunki, bu borada
ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Qolaversa gʻoʻza qator oralariga ekilayotgan kuzgi bugʻdoyda
fosforli oʻgʻitlar fermerni imkoniyatidan kelib chiqqan holda ekishdan keyin, bugʻdoyni tuplanish
va boshqa davrlarida ham qoʻllanilayotganligi kuzatilmoqda.

Bu esa qoʻllanilayotgan oʻgʻitlarni samaradorligi pasayishiga va kuzgi bugʻdoyni fosfordan

deyarli foydalanmayotganligini koʻrsatadi. Shunday ekan, fosforli oʻgʻitlarni qoʻllashning maqbul
meʼyor va muddatlarini ilmiy asoslash dolzarb masala hisoblanadi.

Tadqiqotda gʻoʻza qator oralariga ekilayotgan kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarni (uch xil

mineral oʻgʻitlar fonida) ekish oldidan kultivator oʻgʻitlagichda, yer ustidan sepish va tuplanish
davrida qoʻllash kabi muddatlarining samaradorligi ilmiy asoslanadi.

Tipik boʻz tuproqlarining mexanik tarkibi hamda qoʻllanilgan oʻgʻitning meʼyor va

muddatlariga bogʻliq holda oʻsimlik oʻzlashtiradigan fosforni yogʻin-sochin va sugʻorish suvi
taʼsirida pastki qatlamlarga yuvilish darajasi va oʻsimliklarni oʻzlashtirishi hamda don hosili va
sifati aniqlanadi.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida gʻoʻza qator oralariga ekiladigan kuzgi

bugʻdoyda fosforli oʻgʻitni qoʻllash meʼyor va muddatlariga bogʻliq holda tuproqdagi nitratli azot,
harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliyning dinamikasi va oʻsimlik NPK oʻzlashtirishi, bir tonna
don uchun sarflashi hamda fosforni foydalanish koeffitsiyenti, don hosili va sifatiga taʼsirini
aniqlashdan iboratdir.

Tadqiqot uslubiyati.

Kuzgi bugʻdoy oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq holda

maʼdan oʻgʻitlar jumladan fosforli oʻgʻitlarni maqbul meʼyorlarining samaradorligi koʻpgina
izlanishlarda jumladan, T.P.Piraxunov, N.M.Ibragimov, L.A.Mirzayev, B.X.Tillabekov,
I.Abduraxmonov, D.U.Gʻofurov., B.K.Atoyev, S.K.Maxammadiyev, M.A.Usmonova va boshqa
olimlar – tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. Ammo, respublikamiz tuproqlarida fosfor, kaliy
va organik oʻgʻitlarning yetishmaganligi, almashlab ekish tizimi oʻzgarganligi, maʼdan oʻgʻitlarni
bir tomonlama qoʻllanilishi tufayli tuproq unumdorligi pasayib bormoqda.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproq, azot, fosfor va mahalliy kaliy oʻgʻiti, kuzgi bugʻdoyning

“Grom” navi, qoʻllash meʼyor va muddatlari tadqiqotning obyektini; Sugʻoriladigan tipik boʻz
tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyni oʻsishi, rivojlanishi, oʻsimlikning oziqa moddalarni
oʻzlashtirilishi, don hosili va sifatini taʼminlovchi fosforli oʻgʻitni maqbul meʼyor va muddatlarda
qoʻllash agrotexnologiyasini ishlab chiqish esa predmetini belgilaydi.

Kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarning meʼyor va muddatlarining samaradorligi dala

tajribasi sharoitida tadqiq qilinadi. Tajriba oʻtkazish, fenologik kuzatuv, tuproq va oʻsimlik
namunalari olish “Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari” (Toshkent 2007) qoʻllanmasiga asosan
oʻtkaziladi.

Tuproq va oʻsimlik namunalarining agrokimyoviy tahlili “Metodы agroximicheskix,

agrofizicheskix I mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax”
usulnomasiga binoan amalga oshiriladi. Olingan maʼlumotlar B.A.Dospexov usulida statistik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

692

tahlil qilinadi. Kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarni qoʻllashning iqtisodiy samaradorligi
N.A.Baranov usulida aniqlanadi.

Tadqiqot natijalar

Taʼkidlab oʻtamizki, kuzgi bugʻdoy oʻsimlgi azotli oʻgʻitlarga sut-

mum pishish davrigacha, fosforlilarga boshoqlash davrigacha, kaliyga esa gullash davrigacha
talabchan boʻladi. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirishda NPK nisbatlarini toʻgʻri belgilash asosiy
omillardan boʻlib hisoblanadi.

Kuzgi bugʻdoy 1 s. don hosili uchun 3,25 kg azot, 1,15 kg fosfor oʻzlashtirsa, oʻsimlik

orqali oʻzlashtirish koffitsiyenti 0,67 va 0,30 boʻlsa, har bir sentner don uchun 4,85 kg azot, 3,83
kg fosfor solinishi kerak boʻladi (Pryanishnikov, Zuyev, Golubyans). Demak, kuzgi bugʻdoy
oʻsimligi uchun azot, fosfor va kaliy elementlari zarurligi aniqlangan. Lekin bular orasida fosfor
alohida ahamiyatga egadir. Maqbul fosforli oziqlantirish oʻsimlik rivojini tezlashtiradi, natijada
erta muddatlarda hosil pishib yetiladi. Fosforli oziqlanish xujayralardagi nukleoproteinlar, oqsil
miqdorini keskin oshiradi.

Fosforli oʻgʻitlar kuzgi bugʻdoyni ildiz tizimini shakllanishiga va oʻsimlikda kechadigan

barcha fiziologik jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Fosfor bilan maqbul oziqlantirilganda
koʻchatlar yaxshi qishlab chiqadi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi keskin ortadi.

Fosfor oʻsimlik ildizlari tomonidan adsorbsiyalanadi, soʻng hamma toʻqima hujayralarga

taqsimlanadi. Oʻsimliklarning hosil beruvchi organlarida koʻproq fosfor toʻplanadi. Urugʻlar shu
darajada fosfor saqlashlari kerakki, ekilgan urugʻ ildiz otib, bu ildizlar tuproqdan oziqa olish
darajasiga yetgunga qadar fosforga talab boʻlmasin.

Hujayralarda fosfor, uglerod, vodorod, kislorod, azot va boshqa unsurlar bilan qoʻshilib,

murakkab organik birikmalar hosil qiladi. Agar hujayralarda fosfor va boshqa unsurlar yetishmasa,
hujayra yadrosi boʻlinmaydi. Shuning uchun fosforning yetishmasligi ziroat oʻsishini
sekinlashtiradi, meva yetilishini kechiktiradi. Fosfor boshqa bir necha energetik darajalarni
birlashtirishda va hosil qilishda alohida ahamiyatga ega. Bu esa energiyani saqlash, bir joydan
ikkinchi joyga oʻtkazish, oʻsimlikdagi energiyani ozod qilish xususiyatiga ega.

1-jadval

Вариа

нт

тартиб

и

Фосфорни қўллаш

усуллари ва муддатлари,

кг/га

Баландлиги, см

Экишда
н олдин

Униб

чиқиш

даврид

а

(сочма)

Туплан

ишда

(сочма)

Тупла

нишд

а

Найч

алаш

да

Бошоқ

лашда

Сут-

мум

пишиш

да

Амал

даври

охирида

ғўза

қатор

оралари
га 13-15

см

чуқурли

кда

1

-

-

-

17,3

41,2

81,7

84,6

98,1

2

90

-

-

18,6

44,6

84,3

88,4

101,2


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

693

3

-

90

-

18,4

42,5

82,8

85,6

99,7

4

60

-

30

18,5

43,8

84,1

86,9

100,5

5

-

-

-

17,8

44,1

82,9

85,2

101,3

6

125

-

-

18,7

46,0

86,5

89,7

105,5

7

-

125

-

18,6

43,9

83,9

86,9

103,6

8

88

-

37

18,7

45,5

85,4

88,3

104,1

9

-

-

-

18,1

45,5

83,3

85,8

102,1

10

160

-

-

18,9

46,4

87,1

89,9

106,2

11

-

160

-

18,7

44,5

84,5

87,1

104,2

12

115

-

45

18.8

46,1

86,0

87,8

104,7


Shuning uchun fosfor yetishmaganda metabolik jarayonlar qiyinlashadi, masalan,

shakarning kraxmalga va sellyulozaga aylanishi jarayonida qandning toʻplanib qolishi natijasida
shoxlarda va barglarda antotsion dogʻlar paydo boʻladi. Fosfor xlorofill tarkibiga kirmaydi.

Xlorofillning koʻpligi odatda fosforning kamligidan va azotning koʻpligidan darak beradi.

Oʻsimliklar bu holda toʻq yashil rangda boʻladilar. Tadqiqotlarning natijalariga koʻra oʻsimlikda
fosfor yetishmovchiligi sababli oʻsishi sekinlashishi, meva toʻla pishmasligi, toʻq yashil barglar
va shoxlar paydo boʻlishi yaqqol namoyon boʻladi.

Oʻgʻit sifatida ishlatishda fosfor azotdan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Shu oʻgʻitlarning

bittasi yoki ikkalasi ham tuproqqa solinadigan oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Baʼzi bir tabiiy sharoitda
oʻsimliklarni oziqa bilan taʼminlashda fosfor oʻgʻiti azotdan ham ustun turishi mumkin. Fosfor,
azot va oltingugurt kislorod bilan murakkab anionlar hosil qiladi. Lekin azotga nisbatan suvda kam
eriydi yoki umuman erimaydi desa ham boʻladi. Shu tufayli oʻsimliklar fosforni qiyin
oʻzlashtiradilar.

Bir gektar yerning haydov qatlami odatda eritmada 1 kg dan kam fosfor saqlaydi (umumiy

fosfor miqdori 1000 kg boʻlganda ham). Shunday boʻlsa ham fosforni suvda erimasligining ijobiy
tomoni bor. U ham boʻlsa, fosfor tuproqdan kam yuviladi, (azotga nisbatan) solingan tuproq
qatlamida turaveradi. Fosfor tuproqda mineral va organik shaklda uchraydi. Organik fosfor har xil
birikmalarning tarkibida bogʻlangandir.

U kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishi mumkin, lekin shunday boʻlsa ham bir joyda

muqim qoladi va faqat organik modda chirib maʼdanlashgandan keyingina uni oʻsimliklar
oʻzlashtirishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, Oʻzbekistonning tuproqlarida umumiy fosfor
miqdorlari 0,15-0,20 % boʻlishiga qaramay oʻsimlik oʻzlashtirish mumkin boʻlgan fosfor miqdori
umumiy fosforni (birlamchi fosfatlar) 3,5 % va (ikkilamchi fosfatlar) 4,0 % ni tashkil qiladi.

Bu esa ekinlardan xatto oʻrtacha hosil olish uchun ham yetarli emas. Qolaversa, keyingi

yillarida obyektiv sabablarga koʻra dehqonchilikda fosforli oʻgʻitlar talab darajasidan kam
qoʻllanilmoqda, bu esa tuproqlarda oʻsimlik oʻzlashtirish mumkin boʻlgan fosforni keskin
kamayishiga olib kelmoqda.

Fosfor oʻsimliklar oziqlanishida va umuman yer yuzidagi hamma oʻsimliklar hayotida juda

katta ahamiyatga ega, chunki u RNK, DNK va fitin tarkibiga kiradi. Tabiiy sharoitda fosforning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

694

turli xil mineral va organik birikmalari mavjud. Biroq, oʻsimliklar uchun asosan ortofosfat
kislotasidan hosil boʻlgan tuzlari foydalidir.

Dehqonchilikda tuproqdagi fosfor miqdorini sunʼiy ravishda, yaʼni mineral va organik

oʻgʻitlar hisobiga toʻldirib borish lozim.

Xulosalar.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitni maqbul

qoʻllash meʼyor va muddatlarini samaradorligi ilk bor ilmiy jihatdan asoslanadi; qoʻllanilgan
fosforli oʻgʻitni azot va kaliy fonida kuzgi bugʻdoyda fosforni oʻzlashtirish koeffitsentiga taʼsirini;
kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitning maqbul (gʻoʻza va kuzgi bugʻdoy qisqa rotatsiyali navbatlab
ekish tizimida) qoʻllash meʼyor va muddatlarini aniqlashdan iborat.

Magistrlik ilmiy tadqiqot ishining tayyorlashda, uslubiy qo‘llanmalarda talab etilgan

quyidagi qismlardan: Kirish, adabiyotlar sharhi, tajriba olib borish uslubiyoti, tuproq-iqlim
sharoitlari, asosiy qismda esa - olib borilgan tajriba natijalarining ilmiy taxlili, mavzuda
o‘rganilgan ekin hosil ko‘rsatkichlari tahlili, xulosa va takliflardan iborat.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-
fevral.

2.

Abduraxmonov I. “Irrigatsiya eroziyasiga chalingan yerlarda kuzgi bugʻdoydan keyin
ekilgan takroriy ekinlar hosildorligi”, // Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi,
urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi
halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-yil, 146-b.

3.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan
oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi,
urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi
halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73

4.

Atoyev B. K., Maxammadiyev S.K. “Kuzgi bugʻdoy navlari va oʻgʻitning tuproq oziq
tartiblariga taʼsiri”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, Toshkent, 2014-y.–B.20-
23. 22

5.

Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari. Toshkent. 2007. 147 b.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevral.

Abduraxmonov I. “Irrigatsiya eroziyasiga chalingan yerlarda kuzgi bugʻdoydan keyin ekilgan takroriy ekinlar hosildorligi”, // Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-yil, 146-b.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73

Atoyev B. K., Maxammadiyev S.K. “Kuzgi bugʻdoy navlari va oʻgʻitning tuproq oziq tartiblariga taʼsiri”. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari, Toshkent, 2014-y.–B.20-23. 22

Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari. Toshkent. 2007. 147 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов