EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS ON GROWTH AND DEVELOPMENT OF WINTER WHEAT

HAC
Google Scholar
To share
Djabborov , S. ., Ammanov , A., & Xojimurodov, S. (2024). EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS ON GROWTH AND DEVELOPMENT OF WINTER WHEAT. Modern Science and Research, 3(1), 1136–1141. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/28768
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Nowadays, phosphorus fertilizers are applied to winter wheat in all farms of the Republic in unscientifically unfounded terms and conditions. Because no scientific research has been conducted in this regard. In addition, it is observed that phosphorus fertilizers are used in autumn wheat planted between rows of cotton, after planting, and in other periods of wheat, depending on the possibility of the farmer. This indicates that the efficiency of the used fertilizers decreases and that winter wheat is almost not using phosphorus. Therefore, scientific substantiation of acceptable norms and terms of application of phosphorus fertilizers is an urgent issue of today.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1136

UDK: 635.

KUZGI BUG‘DOYNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHIGA FOSFORLI

O’G’ITLARNI TA’SIRI

Djabborov Shavkat Razzoqovich

Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.f.d. katta o’qituvchisi

Ammanov Abram Bo’ron o’g’li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Xojimurodov Sunnatilla Boymurod o'g'li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10602702

Annotatsiya. Hozirgi kunlarda Respublikaning barcha fermer xo‘jaliklarida fosforli

o‘g‘itlar kuzgi bug‘doyda ilmiy - asoslanmagan me’yor, muddatlarda qo‘llanilmoqda. Chunki, bu
borada ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Qolaversa g‘o‘za qator oralariga ekilayotgan kuzgi
bug‘doyda fosforli o‘g‘itlar fermerni imkoniyatidan kelib chiqqan holda ekishdan keyin,
bug‘doyni tuplanish va boshqa davrlarida ham qo‘llanilayotganligi kuzatilmoqda. Bu esa
qo‘llanilayotgan o‘g‘itlarni samaradorligi pasayishiga va kuzgi bug‘doyni fosfordan deyarli
foydalanmayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, fosforli o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yor
va muddatlarini ilmiy asoslash shu kunning dolzarb masalasi hisoblanadi.

Kalit so‘zlar: Mineral o’g’it, kuzgi bug’doy, o’sishi va rivojlanishiga, tasiri o’simlikni

o’sish davrlari o’g’itlar samaradorligi.

EFFECT OF PHOSPHORUS FERTILIZERS ON GROWTH AND

DEVELOPMENT OF WINTER WHEAT

Abstract. Nowadays, phosphorus fertilizers are applied to winter wheat in all farms of the

Republic in unscientifically unfounded terms and conditions. Because no scientific research has
been conducted in this regard. In addition, it is observed that phosphorus fertilizers are used in
autumn wheat planted between rows of cotton, after planting, and in other periods of wheat,
depending on the possibility of the farmer. This indicates that the efficiency of the used fertilizers
decreases and that winter wheat is almost not using phosphorus. Therefore, scientific
substantiation of acceptable norms and terms of application of phosphorus fertilizers is an urgent
issue of today.

Keywords: Mineral fertilizer, winter wheat, the growth and development, growth periods

of the plant, the effectiveness of fertilizers.

ВЛИЯНИЕ ФОСФОРНЫХ УДОБРЕНИЙ НА РОСТ И РАЗВИТИЕ ОЗИМОЙ

ПШЕНИЦЫ

Аннотация. В настоящее время фосфорные удобрения вносятся под озимую

пшеницу во всех хозяйствах республики в ненаучно необоснованных условиях. Потому что
никаких научных исследований на этот счет не проводилось. Кроме того, отмечено, что
фосфорные удобрения вносят в осеннюю пшеницу, посеянную между рядами хлопчатника,
после посева и в другие периоды пшеницы, в зависимости от возможностей агрария. Это
свидетельствует о том, что эффективность применяемых удобрений снижается и
озимая пшеница практически не использует фосфор. Поэтому научное обоснование
допустимых норм и сроков внесения фосфорных удобрений является актуальной задачей


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1137

современности.

Ключевые слова: Минеральные удобрения озимой пшеницы, ее рост и развитие,

эффективность удобрений в период роста растения.


Kirish.

Respublikamizda hozirgi vaqtda sug‘oriladigan yerlarda bug‘doy yetishtirish

evaziga don mustaqilligiga erishilib, bir qismini xorij davlatlariga sotish imkoniyatlariga erishildi.

Endigi vazifa sug‘oriladigan yerlarda dehqonchilikni intensiv rivojlantirish, resurstejamkor

texnologiyalar orqali mineral o‘g‘itlar samaradorligini oshirishdan iborat. Respublikada kuzgi
bug‘doyni 1122600 gektar maydonga ekish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 60-65 % qismi g‘o‘za
qator oralariga, 30-35 % qismi esa shudgordan keyin ekiladi. Shunday ekan, kuzgi bug‘doyda
qo‘llaniladigan barcha agrotexnik tadbir orasida ma’dan o‘g‘itlarga, shu jumladan fosforga
bo‘lgan talabini aniqlash Respublikamizda g‘allachilik sohasini rivojlantirishga va don
mustaqilligini yanada mustahkamlashda hal etuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga

moʻljallangan strategiyasida “...aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligida
ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida intensiv
innovatsion texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini
oshirish, ekologik sof mahsulot yetishtirish” kabi vazifalar belgilangan. Bu borada mazkur
vazifalarni amalga oshirish uchun karbamid asosidagi suspenziyaning kuzgi bug‘doy uchun
maqbul me’yor va muddatlarini aniqlash bo’yicha ilmiy izlanishlar dolzarb hisoblanadi.

Tipik boʻz tuproqlarining mexanik tarkibi hamda qoʻllanilgan oʻgʻitning meʼyor va

muddatlariga bogʻliq holda oʻsimlik oʻzlashtiradigan mineral o’g’itlarni yogʻin-sochin va
sugʻorish suvi taʼsirida pastki qatlamlarga yuvilish darajasi va oʻsimliklarni oʻzlashtirishi hamda
don hosili va sifati aniqlanadi. Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida gʻoʻza qator oralariga
ekiladigan kuzgi bugʻdoyda fosforli azotli kaliyli oʻgʻitni qoʻllash meʼyor va muddatlariga bogʻliq
holda tuproqdagi nitratli azot, harakatchan fosfor, almashinuvchi kaliyning dinamikasi va oʻsimlik
NPK oʻzlashtirishi, bir tonna don uchun sarflashi hamda fosforni foydalanish koeffitsiyenti, don
hosili va sifatiga taʼsirini aniqlashdan iboratdir.

Tadqiqot uslubiyati.

Kuzgi bugʻdoy oʻtkaziladigan agrotexnik tadbirlarga bogʻliq holda

maʼdan oʻgʻitlar jumladan mineral oʻgʻitlarni maqbul meʼyorlarining samaradorligi koʻpgina
izlanishlarda jumladan, T.P.Piraxunov, N.M.Ibragimov, L.A.Mirzayev, B.X.Tillabekov,
I.Abduraxmonov, D.U.Gʻofurov., B.K.Atoyev, S.K.Maxammadiyev, M.A.Usmonova va boshqa
olimlar – tadqiqotchilar tomonidan oʻrganilgan. A.S.Avdoninbug‘doyning ma’dan o‘g‘itlarga,
xususan azotga, fosforga va kaliyga bo‘lgan t alabi va o‘zlashtirishi o‘simlikning sut-mum pishish
davriga qadar davom etadi deb hisoblaydi. L.A.Zuyev va P.F.Golubeva larning fikricha bug‘doy
fosforli o‘g‘itlarga o‘sish va rivojlanishining dastlabki kunlaridanoq ehtiyoj sezadi. Ammo,
respublikamiz tuproqlarida fosfor, kaliy va organik oʻgʻitlarning yetishmaganligi, almashlab ekish
tizimi oʻzgarganligi, maʼdan oʻgʻitlarni bir tomonlama qoʻllanilishi tufayli tuproq unumdorligi
pasayib bormoqda.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproq, azot, fosfor va mahalliy kaliy oʻgʻiti, kuzgi bugʻdoyning

“Grom” navi, qoʻllash meʼyor va muddatlari tadqiqotning obyektini;


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1138

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyni oʻsishi, rivojlanishi,

oʻsimlikning oziqa moddalarni oʻzlashtirilishi, don hosili va sifatini taʼminlovchi fosforli oʻgʻitni
maqbul meʼyor va muddatlarda qoʻllash agrotexnologiyasini ishlab chiqish esa predmetini
belgilaydi. Kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitlarning meʼyor va muddatlarining samaradorligi dala
tajribasi sharoitida tadqiq qilinadi. Tajriba oʻtkazish, fenologik kuzatuv, tuproq va oʻsimlik
namunalari olish “Dala tajribalarini oʻtkazish uslublari” (Toshkent 2007) qoʻllanmasiga asosan
oʻtkaziladi.

Tuproq va oʻsimlik namunalarining agrokimyoviy tahlili “Metodы agroximicheskix,

agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnыx xlopkovыx rayonax”
usulnomasiga binoan amalga oshiriladi. Olingan maʼlumotlar B.A.Dospexov usulida statistik
tahlil qilinadi. Kuzgi bugʻdoyda mineral oʻgʻitlarni qoʻllashning iqtisodiy samaradorligi
N.A.Baranov usulida aniqlanadi.

Tadqiqot natijalar

Taʼkidlab oʻtamizki, kuzgi bugʻdoy oʻsimlgi azotli oʻgʻitlarga sut-

mum pishish davrigacha, fosforlilarga boshoqlash davrigacha, kaliyga esa gullash davrigacha
talabchan boʻladi. Kuzgi bugʻdoyni oziqlantirishda NPK nisbatlarini toʻgʻri belgilash asosiy
omillardan boʻlib hisoblanadi. tipik bo‘z tuproqlari sharoitida qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlarning
me’yorlariga bog‘liq holda karbamid asosidagi suspenziyalar me’yorlari va muddatlarini
maqbullashtirilishi hisobiga nazorat variantida tuproqning haydov (0-30 sm) qatlamida nitratli azot
miqdori (N-180, P

2

O

5

-125, K

2

O-90 kg/ga) dastlabki holatidan 2,7-1,9 mg/kg ga, P

2

O

5

– 0,7-2,4

mg/kg, K

2

O – 20-28 mg/kg farqlangan, N-NO

3

miqdori 16,6 mg/kg, P

2

O

5

-23,7 va K

2

O-300 mg/kg

ni tashkil etganligi va dastlabki holatidan 2,1; 2,9 va 30,0 mg/kg ga farqlanganligi aniqlangan.

Ta’kidlash joizki, agar kuzgi bug‘doyning poya balandligi uning qo‘llanilgan tadbirlar

ta’sirida o‘sishini ko‘rsatsa, quruq massa to‘plashi esa rivojlanishidan darak beradi. Biz uchun
muhim ko‘rsatkichlar kuzgi bug‘doyni amal davri oxirida to‘plagan quruq massasi bo‘yicha
hisoblanadi, chunki, qo‘llanilgan barcha agrotexnik tadbirlarning ta’siri shu davrda namoyon
bo‘ladi.

Kuzgi bugʻdoy 1 s. don hosili uchun 3,25 kg azot, 1,15 kg fosfor oʻzlashtirsa, oʻsimlik

orqali oʻzlashtirish koffitsiyenti 0,67 va 0,30 boʻlsa, har bir sentner don uchun 4,85 kg azot, 3,83
kg fosfor solinishi kerak boʻladi (Pryanishnikov, Zuyev, Golubyans). Demak, kuzgi bugʻdoy
oʻsimligi uchun azot, fosfor va kaliy elementlari zarurligi aniqlangan. Lekin bular orasida fosfor
alohida ahamiyatga egadir. Maqbul fosforli oziqlantirish oʻsimlik rivojini tezlashtiradi, natijada
erta muddatlarda hosil pishib yetiladi. Fosforli oziqlanish xujayralardagi nukleoproteinlar, oqsil
miqdorini keskin oshiradi. Fosforli oʻgʻitlar kuzgi bugʻdoyni ildiz tizimini shakllanishiga va
oʻsimlikda kechadigan barcha fiziologik jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Fosfor bilan maqbul
oziqlantirilganda koʻchatlar yaxshi qishlab chiqadi, kasallik va zararkunandalarga chidamliligi
keskin ortadi.Fosfor oʻsimlik ildizlari tomonidan adsorbsiyalanadi, soʻng hamma toʻqima
hujayralarga taqsimlanadi. Oʻsimliklarning hosil beruvchi organlarida koʻproq fosfor toʻplanadi.
Urugʻlar shu darajada fosfor saqlashlari kerakki, ekilgan urugʻ ildiz otib, bu ildizlar tuproqdan
oziqa olish darajasiga yetgunga qadar fosforga talab boʻlmasin. Hujayralarda fosfor, uglerod,
vodorod, kislorod, azot va boshqa unsurlar bilan qoʻshilib, murakkab organik birikmalar hosil
qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1139

Fosfor o‘g‘itlar turli muddat va usullarda qo‘llanilganda kuzgi bug‘doyni o‘sishiga ta’siri

Va

ria

nt t

artibi

Ma’dan o‘g‘itlarni

yillik me’yorlari,

kg/ga

Fosforni qo‘llash usullari va muddatlari,

kg/ga

Balandligi, sm

N

P

2

O

5

K

2

O

ekishdan oldin

unib chiqish

davrida

(sochma)

tuplanishda

(sochma)

Tuplanish

da

Naycha

lashda

Boshoq

lash-da

Amal

davri

oxirida

g‘o‘za qator

oralariga 13-

15 sm

chukurlikda

1

130

-

65

-

-

-

17,3

41,2

81,7

98,1

2

130

90

65

90

-

-

18,6

44,6

84,3

101,2

3

130

90

65

-

90

-

18,4

42,5

82,8

99,7

4

130

90

65

60

-

30

18,5

43,8

84,1

100,5

5

180

-

90

-

-

-

17,8

44,1

82,9

101,3

6

180

125

90

125

-

-

18,7

46,0

86,5

105,5

7

180

125

90

-

125

-

18,6

43,9

83,9

103,6

8

180

125

90

88

-

37

18,7

45,5

85,4

104,1

9

230

-

115

-

-

-

18,1

45,5

83,3

102,1

10

230

160

115

160

-

-

18,9

46,4

87,1

106,2

11

230

160

115

-

160

-

18,7

44,5

84,5

104,2

12

230

160

115

115

-

45

18.8

46,1

86,0

104,7

Mineral o‘g‘itlar N

180

,K

90

kg/ga me’yorlarda qo‘llanilgan fonda fosforli o‘g‘it ekish

oldidan 70 % (88 kg/ga) va kuzgi bug‘doy tuplanish davrida 30 % (37 kg/ga) qo‘llanilgan (8)
variantda o‘simlik balandligi naychalash davrida 45,5; boshoqlashda 85,4; sut-mum pishishda 88,3
va pishishda 104,1 sm ni tashkil etib, nazoratdan mutanosib ravishda 1,4; 2,5; 3,1 va 2,8 sm ga
yuqori bo‘lganligi kuzatildi.

Tajribada eng maqbul ko‘rsatkichlar ushbu fonda fosforli o‘g‘it ekishdan oldin g‘o‘za qator

oralariga 125 kg/ga ekishdan oldin 13-15 sm chuqurlikda qo‘llanilgan variantda olindi va
nazoratga nisbatan naychalash, boshoqlash, sut-mum pishish va pishish davrlariga mutanosib
ravishda 1,9; 3,6; 4,5 va 4,2 sm ga yuqori bo‘lganligi aniqlandi.

Oʻgʻit sifatida ishlatishda fosfor azotdan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Shu oʻgʻitlarning

bittasi yoki ikkalasi ham tuproqqa solinadigan oʻgʻitlar tarkibiga kiradi. Baʼzi bir tabiiy sharoitda
oʻsimliklarni oziqa bilan taʼminlashda fosfor oʻgʻiti azotdan ham ustun turishi mumkin. Fosfor,
azot va oltingugurt kislorod bilan murakkab anionlar hosil qiladi. Lekin azotga nisbatan suvda kam
eriydi yoki umuman erimaydi desa ham boʻladi. Shu tufayli oʻsimliklar fosforni qiyin
oʻzlashtiradilar.

Bir gektar yerning haydov qatlami odatda eritmada 1 kg dan kam fosfor saqlaydi (umumiy

fosfor miqdori 1000 kg boʻlganda ham). Shunday boʻlsa ham fosforni suvda erimasligining ijobiy
tomoni bor. U ham boʻlsa, fosfor tuproqdan kam yuviladi, (azotga nisbatan) solingan tuproq


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1140

qatlamida turaveradi. Fosfor tuproqda mineral va organik shaklda uchraydi. Organik fosfor har xil
birikmalarning tarkibida bogʻlangandir. U kimyoviy reaksiyalarda ishtirok etishi mumkin, lekin
shunday boʻlsa ham bir joyda muqim qoladi va faqat organik modda chirib maʼdanlashgandan
keyingina uni oʻsimliklar oʻzlashtirishi mumkin. Shuni ham aytish kerakki, Oʻzbekistonning
tuproqlarida umumiy fosfor miqdorlari 0,15-0,20 % boʻlishiga qaramay oʻsimlik oʻzlashtirish
mumkin boʻlgan fosfor miqdori umumiy fosforni (birlamchi fosfatlar) 3,5 % va (ikkilamchi
fosfatlar) 4,0 % ni tashkil qiladi. Bu esa ekinlardan xatto oʻrtacha hosil olish uchun ham yetarli
emas. Kuzgi bug‘doyning tuplanish davrida turli fonlarda qo‘llanilgan fosforli o‘g‘it
me’yorlaridan qat’iy nazar nazorat variantiga yaqin ko‘rsatkichlar olindi.

Shunday ekan yuqoridagi ma’lumotlar asosida xulosaga keladigan bo‘lsak, mineral

o‘g‘itlar N

180

,K

90

kg/ga fonda fosforli o‘g‘it ekishdan oldin g‘o‘za qator oralariga 125 kg/ga

ekishdan oldin 13-15 sm chuqurlikda qo‘llanilish kerakligi ilmiy jihatdan isbotlandi.

Xulosalar.

Sugʻoriladigan tipik boʻz tuproqlar sharoitida kuzgi bugʻdoyda fosforli oʻgʻitni maqbul

qoʻllash meʼyor va muddatlarini samaradorligi ilk bor ilmiy jihatdan asoslanadi; qoʻllanilgan
fosforli oʻgʻitni azot va kaliy fonida kuzgi bugʻdoyda fosforni oʻzlashtirish koeffitsentiga Kuzgi
bug‘doyni rivojlanish davrlariga bog‘liq holda nisbatan yuqori umumiy azot, fosfor va kaliy
miqdorlari suspenziyalar 8,0 kg/ga naychalashda va 12,0 kg/ga boshoqlashda N-180, P

2

O

5

–125,

K

2

O–90 kg/ga fonida qo‘llanilganda kuzatilib, naychalash davrida mutanosib ravishda 3,100;

0,740; 1,320 % ni, don tarkibida 2,320; 0,860 va 0,520 % ni tashkil etgan kuzgi bugʻdoyda mineral
oʻgʻitning maqbul (gʻoʻza va kuzgi bugʻdoy qisqa rotatsiyali navbatlab ekish tizimida) qoʻllash
meʼyor va muddatlarini aniqlashdan iborat. Kirish, adabiyotlar sharhi, tajriba olib borish
uslubiyoti, tuproq-iqlim sharoitlari, asosiy qismda esa- olib borilgan tajriba natijalarining ilmiy
taxlili, mavzuda o‘rganilgan ekin hosil ko‘rsatkichlari tahlili, xulosa va takliflardan iborat.

Demak, yuqoridagi ilmiy ma’lumotlar asosida xulosaga keladigan bo‘lsak, kuzgi

bug‘doyning ang‘iz va ildiz qoldiqlarining miqdor o‘zgarishi barcha agrotexnik tadbirlar kabi
fosforli o‘g‘itni qo‘llash me’yor, muddat va usullariga ham bog‘liq ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-
fevral.

2.

Ishmuxamedova R.Ch., Xasanova R.Z. Влияние подкормки озимой пшенисы через корня
и листя на морфо-физиологические показатели. Актуалные проблемы современной
науки. –Москва, 2017. №6 (97). -С.180-183.

3.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan
oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi,
urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi
halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73


background image

ISSN:

2181-3906

2024

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 3 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1141

4.

Ibragimov N.M., Mirzayev L.A., G‘ofurov D.U. Kuzgi bug‘doyda qo‘llanilgan turli
me’yordagi azotli o‘g‘itlarning tuproqdagi nitrat shaklidagi azot va don hosiliga ta’siri.
Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami, Toshkent, 2011 y. 75-77 b.

References

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947 - son Farmon “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” 2017-yil 7-fevral.

Ishmuxamedova R.Ch., Xasanova R.Z. Влияние подкормки озимой пшенисы через корня и листя на морфо-физиологические показатели. Актуалные проблемы современной науки. –Москва, 2017. №6 (97). -С.180-183.

Ataxanov N., Moʻminov A., Xaydarov O., “Kuzgi bugʻdoyni maʼdanli oʻgʻitlar bilan oziqlantirish muddatlari va meʼyori”,// Boshoqli, dukkakli don va moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi hamda ularni yetishtirish agrotexnikasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi halqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallari toʻplami, Andijon-2011-y.– B.73

Ibragimov N.M., Mirzayev L.A., G‘ofurov D.U. Kuzgi bug‘doyda qo‘llanilgan turli me’yordagi azotli o‘g‘itlarning tuproqdagi nitrat shaklidagi azot va don hosiliga ta’siri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami, Toshkent, 2011 y. 75-77 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов