DEVELOPMENT OF THE ORCHESTRA OF MUSICAL INSTRUMENTS IN KARAKALPAKSTAN

HAC
Google Scholar
To share
Segizbaeva, G. ., & Kamalova, G. (2023). DEVELOPMENT OF THE ORCHESTRA OF MUSICAL INSTRUMENTS IN KARAKALPAKSTAN. Modern Science and Research, 2(10), 875–879. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24805
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, the formation and development of the orchestra of wind instruments in Karakalpakstan, and the effective activities of famous teachers in this field will be discussed in detail. In addition, the work of pedagogue Polat Tnibaev, who is working effectively in the development of Karakalpak music art, will be covered.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

875

QORAQALPOGʻISTONDA DAMLI CHOLGʻULAR ORKESTRINING

RIVOJLANISHI

Segizbaeva Guldana

Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyası Nukus filiali “Umumiy kasbiy va ijtimoiy gumanitar

fanlar kafedrası” “Musiqashunoslik” mutaxassisligi 2-kurs talabasi

G.M.Kamalova

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.10052364

Annotatsiya.

Bu maqolada Qoraqalpogʻistonda damli cholgʻular orkestrining shakllanishi

va rivojlanishi, bu sohadagi taniqli ustozlarning samarali faoliyati haqida keng toʻxtalib oʻtiladi.
Bundan tashqari Qoraqalpoq musiqa san’ati rivojlanishida samarli mehnat qilayotgan pedagog
Polat Tnibaevning faoliyati haqida yoritiladi.

Kalit soʻzlar:

musiqa, san’at, damli cholgʻular, nota, dirijyor, simfonik orkestr,

konservatoriya, teatr.

DEVELOPMENT OF THE ORCHESTRA OF MUSICAL INSTRUMENTS IN

KARAKALPAKSTAN

Abstract.

In this article, the formation and development of the orchestra of wind

instruments in Karakalpakstan, and the effective activities of famous teachers in this field will be
discussed in detail. In addition, the work of pedagogue Polat Tnibaev, who is working effectively
in the development of Karakalpak music art, will be covered.

Key words:

music, art, musical instruments, sheet music, conductor, symphony orchestra,

conservatory, theater.

РАЗВИТИЕ ОРКЕСТРА МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В

КАРАКАЛПАКСТАНЕ

Аннотация.

В данной статье будет подробно рассмотрено становление и

развитие оркестра духовых инструментов в Каракалпакстане, а также эффективная
деятельность известных педагогов в этой области. Кроме того, будет освещена
деятельность педагога Полата Тнибаева, который эффективно работает в сфере
развития каракалпакского музыкального искусства.

Ключевые слова:

музыка, искусство, музыкальные инструменты, ноты, дирижер,

симфонический оркестр, консерватория, театр.

Musiqa bu insoniyat uchun berilgan katta boylikdir. Inson bu dunyoga kelishidan boshlab

musiqaga boʻlgan tuygʻulari shakllana boshlaydi. Musiqa oʻz ichiga juda koʻp davrlarni qamrab
oladi. Qadim zamonlarda hali gaplashish tushunchasi boʻlmastan oldin, odamzot harxil tovushlar
chiqarishni va shuning natijasida bir-biriga xabar berishni boshlaydi, keyinchalik tovush kuchini
orttirish maqsadida har davrning oʻz musiqa cholgʻulari paydo boʻla boshlaydi. Musiqa
cholgʻularining eng qadimiysi damli cholgʻular hisoblanadi.

Damli cholgʻular eramizdan avvalgi III asrlarda nay tarzida paydo boʻlgan. U dastlab

Qadimgi Misr va sharq davlatlariga, keyinchalik Yevropaga kirib keldi. Hozirgi davrda damli
cholgʻular barcha xalqlarda keng tarqalgan va rivojlangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

876

Qoraqalpogʻistonda torli va damli cholgʻular mutaxasisligi uchilishe ochilgannan boshlab

faoliyat yuritgan. Uning dastlabki oʻqituvchilari N.Muxammeddinov, A.N.Kogay,
K.Nametullaev, V.S.Shelomencov, N.I.Yagodin, T.Ótemuratov, N.L.Brokman, soʻngra
Sh.Paxratdinov, T.Esirkepov, M.Tarixov, M.Rustambekov, T.Berdibekova, M.Zuxurov,
D.Reymov, L.Paxratdinova, N.M.Murmancev, A.M.Anoshin, V.M.Klyuchnikov, Ya.N.Coy,
R.Xallıev keyingi yillari A.Qoshımbetov, A.Losevskiy, A.V.Maryuxin, V.Maksimov,
P.Qurbanazarov, E.Orınbaev, S.Seytqasımov, P.Tnıbaev, J.Sharipovlar yoshlarga ustozlik etib,
shu kunga qadar rivojlanib kelmoqda.

Damli cholgʻular qoraqalpoq musiqa san’atiga oʻtgan asrning 40-yillaridan soʻng kirib

kelgan xorijiy cholgʻu hisoblanadi. Ulardan milliy kadrlar yoʻq edi.

1960-yili musiqa uchilishesi ochilgannan soʻng damli cholgʻular mutaxasisligiga oliy

oʻquv yurtiga oʻqishga kirib, bitirib chiqqan kadrlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat
korsatgan madaniyat xodimi, Oʻzbekiston manaviyat va marifat ishlari a’losi A.Abdikamalov
(truba), Qoraqalpogʻiston Respublikasiga xizmat koʻrsatgan san’atkor P.Qurbanazarov (klarnet),
S.Muxameddinov (fleyta), Q.Qarlıbaev (fagot), A.Orazbaev (truba), T.Musaev(fagot),
J.Qoshımbetov (valtorna), S.Seytqasımov (truba), J.Sharipov (tuba) boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida damli cholgʻular ijrochiligining rivoji, bu yoʻnalishda

kadrlar ilmiy darajasini oshirishlik, ilmiy ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirish, talantli yoshlarni
qidirib bu sohaga tortishda koʻplab ishlar olib borilmoqda. Bu oʻlkada tugʻilib yuksalgan
birqancha avlod Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasida ta’lim olib, katta natija va tajribaga ega
boʻlgan dirijyorlar, damli cholgʻular ijrochilari va tajriybali pedagog kadrlar yetilib chiqqan. Bular
orasida Tnibaev Polat (fagot), Musaev Timur (fagot), Orınbaev Erkin (gaboy), Qudaybergenov
Tólepbergen (truba), Erniyazov Aydos (valtorna), Xabipov Miyras (dirijyor, fleyta), Sharipov
Jaqsılıq (tuba), Zoitov Timur (klarnet), Aliev Nursultan (trombon), Jumabaev Abdirasul (trombon)
va boshqalar bor.

1

Filialimizda damli cholgʻular sohasining rivojlanishiga katta hissa qoʻshayotgan

pedagoglarning biri bu P.Tnibaevdir. U 1981-yili Nukus shahrida taniqli Tnibay baxshining
oilasida dunyoga kelgan. Uning ota-bobolari qoraqalpoq musiqa madaniyatining rivojida juda
katta mehnat qilgan baxshilardan edilar. Uning otasi Karimbay baxshi, otasi Tnibay baxshi, narigi
otasi Qurbanbay baxshi elimiz sevgan san’at shaydolaridan edi. Shu sababli P.Tnibaev bolaliginan
musiqiy muhitda ulgʻaygan.

1988-1996-yillari umumiy oʻrta ta’lim maktabida ta’lim olib, shu bilan bir vaqtda Eshjan

baxshi nomidagi musiqa bilim yurtida akkardyon sinfida tahsil oldi. 1996-2000-yillar oraligʻida
hozirgi Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida gʻijjak cholgʻusida A.X.Abdullaev sinfida
tahsil oldi. 2000-yili M.Ashrafiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasida fagot
cholgʻusida X.Kadirov sinfiga oʻqishga kiradi. Bu yerda juda koʻp qiyinchiliklarni boshidan
kechirib, bularni mushkul mehnat va mashaqqat bilan yengib oʻtadi. Albatta, yosh ijrochining oʻzi

1

Radjabov J.X. Damli cholg`ular ijrochiligining muhim va dolzarb masalalari//Musiqa san’atida ijrochilik mahoratini

takomillashtirishning dolzarb masalalari: An’anaviylik va zamonaviylik Respublika ilmiy-anjuman materiallari
toʻplami. Nukus, 2022.b.24-29.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

877

uchun begona boʻlgan musiqiy asbobni tezlik bilan organishi va katta yutuqlarga erishishi etirofga
loyiq.

P.Tnibaev konservatoriyani muvaffaqiyatli tugallab, 2006-2008-yillari “Opera va simfonik

orkestr dirijyorligi” mutaxasisligida Z.V.Xaqnazarov sinfida magistratura yoʻnalishida bilim
oladi. Bu yoʻlda “P.I.Chaykovskiyning №6 simfoniyası” haqida dissertaciya ishini yoqlaydi.

Yaxshi bilimga ega boʻlgandan soʻng, Qoraqalpogʻistonga qaytib oʻz faoliyatini boshlaydi.

P.Tnibaev Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabida, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat
akademik teatrida faoliyat yuritadi.

2013-yildan e’tiboran, damli cholgʻular orkestrini tuzish uchun jadal kirishadi. Bu

orkestrning ochilishi juda qiziqarli boʻlgan. U bir kuni ishga damli cholgʻular uchun yozilgan
A.Volkovning “Eger marshi” asarini olib keladi. Bu asarni oʻquvchilariga eshittirib, chaldirib
koʻrsa hammasi yaxshi ijro qilib beradi. Keyingi darsda “Fanfariy marsh” asarini olib keladi.
Oʻquvchilar bu asarni ham juda qiziqish bilan kutib olib, sevib ijro etadi. Shundan soʻng damli
cholgʻular orkestrining koncert dasturi tayyor boʻladi. 2015-yili 20-noyabr kuni P.Tnibaev
boshchiligidagi birinchi kontsert dasturi keng jamoatchilik tomonidan yuqori kayfiyatta kutib
olinadi. Qoraqalpogʻistonda damli cholgʻular orkestri juda yaxshi rivojlanib, 2015-2017-yillari
damli orkestrning koncertlari juda katta muvaffaqqiyatga erishadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarorida olis

hududlarda yashovchi fuqarolarga madaniy dam olish xizmatlari koʻrsatish darajasini oshirishlik,
respublikaning barcha hududlarida teatr, cirk va boshqa turdagi ommaviy-madaniy va koncert-
tomosha choralarini tizimli turda yoʻlga qoʻyish, madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh
ijodkorlardi izlab topish va qoʻllab-quvvatlash, ta’lim muassasalarini milliy cholgʻular, musiqa
darsliklari, notalar toʻplamlari va oʻqish-metodik adabiyotlar bilan ta’minlashning yaxlit tizimini
yaratish

2

maqsadida davlatimizda keng xajmli ishlar olib borilmoqda. Shu qatorda filialimizning

damli cholgʻular orkestri ham Respublikamizdagi birqancha bogʻlarda, dam olish maskanlarida
kontsertlar berib kelmoqda.

P.Tnibaev bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasida madaniyat sohasida samarali

mehnat qilayotgan ustozlarining biri boʻlib, uning pedagogik faoliyati ham katta ahamiyatga ega.
Hozirgi kunda 50 ka yaqin shogirdlari xalqimizning eng yaxshi ijrochilari safidan oʻrin olib,
madaniyat sohasidagi muassasalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishmoqda.

Oʻz shogirdlaridan hardoyim ma’suliyatni, intizom va matonatlikni talab qiluvchi mohir

ijrochi Paganinining “Bir kun chalmasam oʻzimni yomon sezaman, ikkita kun chalmasam
atrofımdagilar, uch kun chalmasam xalqim sezadi”,- degan soʻzlarga rioya qiladi.

P.Tnibaev pedagogik faoliyati davomida ilmiy ishlar bilan ham shugʻullanib kelmoqda.

Hozirgi kunda “Qoraqalpogʻistonda orkestrning rivoji va uning yoshlar manaviy tarbiyasidagi
pedagogik tomilları” mavzusidagi doktorlik dissertaciyasini yoqlamoqda.

P.Tnibaev qoraqalpoq madaniyatining rivojida fidoyi xizmat qilib, filialimiz talabalarini

yetuk mutaxassis boʻlib chiqishi uchun oʻz ustida ishlashi, tarbiya, insonlarni hurmat qilish kabi
ulugʻ hislarni oʻrgatib, atroflicha toʻgʻri yoʻl koʻrsatib kelmoqda. Dirijyorning shu kabi mehnatlari

2

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarori


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

878

inobatga olinib, 2022-yili 15-aprel “Madaniyat va sanʼat xodimlari” kuni munosabati bilan
“Madaniyat va sanʼat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi Nukus filialida pedagog kadrlar ilmiy darajasini

takomillashtirish hamda damli cholgʻular ijrochiligi san’atida tahsil olib, rivojlanayotgan
yoshlarimiz ta’limining birgalikda sifatini oshirish boʻyicha keng hajmli ishlar olib borilmoqda.
Oʻz ishiga fidoyi barcha ustozlar yordamida bu oʻlkaning iqtidorli farzandlarini yaqin kelajakda
Respublika va jahon sahnalarida olib chiqib, ularning yutuqlarini qoʻlga kiritganligining guvohi
boʻlamiz.

REFERENCES

1.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarori.

2.

Левин С. Духовые инструменты в истории музыкальной культуры. 4.2.Л., 1983.

3.

Левин С. Духовые инструменты в истории музыкальной культуры. 4.1.Л., 1973.

4.

Салихов Б., Матякубов Б. Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғуларда ижрочилик
тарихи. Т., 2007.

5.

Segizbaeva G. “Qoraqalpogʻistonda fortepiano janrining rivojlanishida Dilbar
Erniyazovaning tutgan oʻrni”. Journal of Culture and Art 1.3. (2023): 110-114-b.

6.

Segizbaeva G. “Qaraqalpaqstanda dáslepki muzıkalı drama janrınıń payda bolıwı”. Muzıka
hám kórkem óner xabarshısı 1.1. (2023): 188-192-b.

7.

Radjabov J.X. Damli cholg`ular ijrochiligining muhim va dolzarb masalalari//Musiqa
san’atida ijrochilik mahoratini takomillashtirishning dolzarb masalalari: An’anaviylik va
zamonaviylik Respublika ilmiy-anjuman materiallari toʻplami. Nukus, 2022.b.24-29.

8.

Niyazbaeva A., Kamalova G. ÓZBEKISTON XALQ BAXSHISI QALLIEV TEŃELBAY
GENJEBAEVICH IJODI //Общественные науки в современном мире: теоретические и
практические исследования. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 22-24.

9.

Niyazbaeva A. J., Kamalova G. M. CHANQOVUZ MUSIQA ASBOBI VA UNING
TURLARI //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 1.– С. 26-30.

10.

Jamģırbaevna N. A. QISSAXONLAR //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI
ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 113-116.

11.

Charshemov J. Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers //Vital Annex:
International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С.
270-273.

12.

https://www.researchgate.net/publication/365024275_THE_DRAMATURGY_OF_A_KOZ
LOVSKY'S_BALLET_TANOVAR

13.

Charshemov, Jamil. "Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers."

Vital Annex:

International Journal of Novel Research in Advanced Sciences

2.3 (2023): 270-273.

14.

SEGIZBAEVA

G.

QORAQOLPOGʻISTONDA

FORTEPIANO

JANRINING

RIVOJLANISHIDA DILBAR ERNIYAZOVANING TUTGAN OʻRNI //Journal of Culture
and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 110-114.

15.

Тажетдинова С. М., Худайбергенова Г. Ж. Формирование музыкальной культуры
студентов //Молодой ученый. – 2018. – №. 47. – С. 380-382.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

879

16.

Тажетдинова С. М. Народные песни как фактор развития личности учащихся //Вестник
Курганского государственного университета. – 2018. – №. 3 (50). – С. 62-62.

17.

Dauletbaev T. CHOLG ‘U ASBOBLARINI O ‘RGATISHDA NOTA SAVODINI
OSHIRISH //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. –
2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 31-33.

18.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

19.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of
Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

20.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

21.

Tajimuratova Shakhnoza Saginbaevna. (2022). MANAGEMENT AND STUDY OF
CULTURE AND ART. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1),
758–762.

22.

Sag’inbaevna, T. S. (2023). Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence.
Spanish Journal of Innovation and Integrity, 18, 39-41.



References

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 02.02.2022-yildagi PQ-112-sonli qarori.

Левин С. Духовые инструменты в истории музыкальной культуры. 4.2.Л., 1983.

Левин С. Духовые инструменты в истории музыкальной культуры. 4.1.Л., 1973.

Салихов Б., Матякубов Б. Ўзбекистонда дамли ва зарбли чолғуларда ижрочилик тарихи. Т., 2007.

Segizbaeva G. “Qoraqalpogʻistonda fortepiano janrining rivojlanishida Dilbar Erniyazovaning tutgan oʻrni”. Journal of Culture and Art 1.3. (2023): 110-114-b.

Segizbaeva G. “Qaraqalpaqstanda dáslepki muzıkalı drama janrınıń payda bolıwı”. Muzıka hám kórkem óner xabarshısı 1.1. (2023): 188-192-b.

Radjabov J.X. Damli cholg`ular ijrochiligining muhim va dolzarb masalalari//Musiqa san’atida ijrochilik mahoratini takomillashtirishning dolzarb masalalari: An’anaviylik va zamonaviylik Respublika ilmiy-anjuman materiallari toʻplami. Nukus, 2022.b.24-29.

Niyazbaeva A., Kamalova G. ÓZBEKISTON XALQ BAXSHISI QALLIEV TEŃELBAY GENJEBAEVICH IJODI //Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2023. – Т. 2. – №. 7. – С. 22-24.

Niyazbaeva A. J., Kamalova G. M. CHANQOVUZ MUSIQA ASBOBI VA UNING TURLARI //Journal of Integrated Education and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 1.– С. 26-30.

Jamģırbaevna N. A. QISSAXONLAR //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 5. – С. 113-116.

Charshemov J. Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers //Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences. – 2023. – Т. 2. – №. 3. – С. 270-273.

https://www.researchgate.net/publication/365024275_THE_DRAMATURGY_OF_A_KOZLOVSKY'S_BALLET_TANOVAR

Charshemov, Jamil. "Problems of Using Karakalpak Folklore in Composers." Vital Annex: International Journal of Novel Research in Advanced Sciences 2.3 (2023): 270-273.

SEGIZBAEVA G. QORAQOLPOGʻISTONDA FORTEPIANO JANRINING RIVOJLANISHIDA DILBAR ERNIYAZOVANING TUTGAN OʻRNI //Journal of Culture and Art. – 2023. – Т. 1. – №. 3. – С. 110-114.

Тажетдинова С. М., Худайбергенова Г. Ж. Формирование музыкальной культуры студентов //Молодой ученый. – 2018. – №. 47. – С. 380-382.

Тажетдинова С. М. Народные песни как фактор развития личности учащихся //Вестник Курганского государственного университета. – 2018. – №. 3 (50). – С. 62-62.

Dauletbaev T. CHOLG ‘U ASBOBLARINI O ‘RGATISHDA NOTA SAVODINI OSHIRISH //BOSHQARUV VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI. – 2023. – Т. 3. – №. 3. – С. 31-33.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Tajimuratova Shakhnoza Saginbaevna. (2022). MANAGEMENT AND STUDY OF CULTURE AND ART. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 758–762.

Sag’inbaevna, T. S. (2023). Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 18, 39-41.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов