HISTORICAL THEME IN WORLD ANIMATION ART, INTERPRETATION OF IMAGES AND ITS ROLE IN UZBEK ANIMATION ART

HAC
Google Scholar
To share
Tleumuratova А. (2023). HISTORICAL THEME IN WORLD ANIMATION ART, INTERPRETATION OF IMAGES AND ITS ROLE IN UZBEK ANIMATION ART. Modern Science and Research, 2(10), 1105–1111. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24852
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the role of historical images in world animation art and the interpretation of images.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1105

JAHON ANIMATSIYA SAN`ATIDA TARIXIY MAVZU, OBRAZLAR TALQINI VA

O’ZBEK ANIMATSIYA SAN’ATIDA TUTGAN O’RNI

Tleumuratova Аziza

Qoraqalpoq davlat universiteti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10064466

Annotatsiya.

Ushbu maqolada tarixiy obrazlarning jahon animatsiya san’atida tutgan

o’rni va obrazlar talqiniga to’xtalingan.

Kalit so’zlar:

Obraz, badiiy obraz, personaj, syujet, animatsiya.

HISTORICAL THEME IN WORLD ANIMATION ART, INTERPRETATION OF

IMAGES AND ITS ROLE IN UZBEK ANIMATION ART.

Abstract.

This article focuses on the role of historical images in world animation art and

the interpretation of images.

Key words:

Image, artistic image, character, plot, animation.

ИСТОРИЧЕСКАЯ ТЕМА В МИРОВОМ АНИМАЦИОННОМ ИСКУССТВЕ,

ИНТЕРПРЕТАЦИЯОБРАЗОВ И ЕЕ РОЛЬ В УЗБЕКСКОМ АНИМАЦИОННОМ

ИСКУССТВЕ

Аннотация.

В данной статье рассматривается проблема освещения

роли

исторических образов в мировом анимационном искусстве и интерпретации образов.

Ключевые слова

:

Образ, художественный образ, персонаж, сюжет, анимация.

Jahon animatsiyasida tarixiy mavzularda juda ko`p multifilmlar ishlangan. Har bir davlat

o`z tarixini animatsion filmlar orqali ham keng namoyish etadi. Bunday multfilmlarda tarixiy
haqiqat yoki to`qima afsonalarga asoslanib syujetlar yaratiladi. Xususan tarixiy haqiqatga
asoslangan multfilmlarda muhit tasvirlari, ranglar, liboslar, maishiy buyumlar, qahramonlarning
tasvirlari hammasi bir-biriga uyg`un ravishda tanlangan tarixiy syujetni yoritib berishga xizmat
qiladi.

Qolaversa shunday detallar orqali tasvirlanayotgan syujet qaysi hudud va qaysi millatga

tegishli mavzuni yoritayotganini bilish mumkin. Mavzuga mos musiqiy effektlar qo`shish orqali
ta`sirchanlikni oshiriladi. Bunday tarixiy animatsion filmlar muayyan bir davlat yoki butun jahon
tarixida sodir bo`lgan o`zgarishlar, shu o`zgarishlarga sabab bo`lgan tarixiy shaxslar va ularning
hayoti haqidagi voqealardan iborat bo`ladi. Jahon animatsiya san’atida yaratilgan eng sara va
mashhur multfilmlarni tahlil qilamiz.

Avvalo obraz, badiiy obraz va tarixiy obraz tushunchalariga muxtasar to`xtalsak.

Ko`pchilik obraz haqida umumiy tushunchaga ega. Obraz – bu bilim faoliyati, xotira, tafakkur va
tasavvur faoliyati natijasidir. Obraz, badiiy obraz — voqelikni faqat san’atga xos usulda
o‘zlashtirib va o‘zgartirib harakterlovchi estetik kategoriya. Shuningdek, badiiy asarda ijodiy
qayta yaratilgan har qanday voqea ham obraz deb yuritiladi.

Obrazda obektiv anglash bilan subektiv ijodiy tafakkur qorishib ketadi. Badiiy obrazning

o‘ziga xos xususiyatlari real voqelikka va fikrlash jarayoniga bo‘lgan munosabatda aniq namoyon
bo‘ladi. Obraz voqelikning badiiy in’ikosi sifatida real mavjud ob’ektning hissiy aniq, tayin zamon
va makonda davom etgan, moddiy, tugal, o‘zicha etuk xususiyatlariga ega bo‘ladi. Badiiy obrazni


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1106

real ob’ekt bilan chalkashtirmaslik kerak; ushartlilik, ramziylik xususiyati bilan real voqelikdan
farq qiladi va asarningi chki "illyuziyali" olamini tashkil qiladi.

Obraz voqelikning oddiy in’ikosi bo‘lmay, balki uni umumlashtirib, alohida, o‘tkinchi,

tasodifiy hodisaning eng mohiyatli, o‘zgarmas, muhim, adabiy jihatlarini ochib beradi.

Mavhum tushunchadan farqli ravishda obraz ko‘rgazmalilik xususiyatini namoyon etadi, u

voqealarni mavhum mulohazalar bilan emas, balki hissiy yaxlit, bir butun takrorlanmas tarzda aks
ettiradi. Obrazning badiiyligi mavjud voqelikni aks ettirish va uni anglash xususiyati bilan
belgilanmaydi, balki badiiylik obrazning misli ko‘rilmagan, yangi o‘ylab chiqarilgan dunyo yarata
olish imkoniyatida yuzaga chiqadi. Obrazda ob’ektiv mavjud va muhim jihatlar bilan birga,
bo‘lishi mumkin bo‘lgan, mo‘ljaldagi, xohishdagi, yaʼni turmushning emotsional-irodaviy
tomonlariga munosabat, uning koʻrinmas, ichki imkoniyatlari bilan bogʻliq xususiyatlar ham
muxrlangan boʻladi.

Shuningdek, badiiy obrazda xayolot, boʻyoq, tovush, soʻz va boshqalarni ijodiy ishlash

yoʻli bilan sanʼat asari yaratiladi. Qisqa qilib aytganda obraz bu qiyofa, qaysiki shaxsning faqat
tashqi ko`rinishini emas, balki jamiyki ma`naviy va jismoniy hossalarini o’zida namoyon etadigan
qiyofasi. "Badiiy obraz – bu tasavvur yordamida yaratilgan, estetik ahamiyatga ega bo‘lgan aniq
va shu bilan birga inson hayotining umumlashtirilgan tasviridir" (L. I. Timofeev)[1:167]. Agar
obraz tarixiylik kasb etsa, tarixiy davr va makonda gavdalansa – u tarixiy obraz deb yuritiladi

Jahon animatsiyasida tarixiy mavzularda juda ko`p multifilmlar ishlangan. Har bir davlat

o`z tarixini animatsion filmlar orqali ham keng namoyish etadi. Bunday multfilmlarda tarixiy
haqiqat yoki to`qima afsonalarga asoslanib syujetlar yaratiladi. Xususan tarixiy haqiqatga
asoslangan multfilmlarda muhit tasvirlari, ranglar, liboslar, maishiy buyumlar, qahramonlarning
tasvirlari hammasi bir-biriga uyg`un ravishda tanlangan tarixiy syujetni yoritib berishga xizmat
qiladi.

Qolaversa shunday detallar orqali tasvirlanayotgan syujet qaysi hudud va qaysi millatga

tegishli mavzuni yoritayotganini bilish mumkin. Mavzuga mos musiqiy effektlar qo`shish orqali
ta`sirchanlikni oshiriladi. Bunday tarixiy animatsion filmlar muayyan bir davlat yoki butun jahon
tarixida sodir bo`lgano`zgarishlar, shu o`zgarishlarga sabab bo`lgan tarixiy shaxslar va ularning
hayoti haqidagi voqealardan iborat bo`ladi. Filmning badiiy tuzilmasi jihatidan tarixiy davr
to`g`risidagi savol etarlicha o`rganilmagan mavzu hisoblanadi. Kino nazariyasida “tarixiy film”
tushunchasi nafaqat davr bilan, balki voqeelikning yoritilishi bilan bog`liq. Bu o`z o`rnida o`tmish
voqealarini gavdalantirishdir. Kinoensiklopediyada quyidagicha ta`rif beriladi: “Tarixiy film, kino
san`ati mahsuloti bo`lib, o`tmishda sodir bo`lgan real voqeelik va real tarixiy shaxslar tasvirlari
asosidagi syujet”[2:124].

Tarixni o`rganib, holis anglab, kelajak avlodga o`zgarishlarsiz etkazish nazarda

tutilmoqda. Albatta, badiiy boyitilgan san`at asarlari asl tarixiy haqiqat mohiyatidan
chetlashmasligi zarur. Tarixiy asarlar yaratuvchi ijodkorlar o`z asarlarida qanchalar haqqoniylik,
ilmiy dalillanganlik bilan yondashuvini belgilab beradi. Buni bir multfilm yaratilishi misolida
tahlil qilsak: birinchi mas`uliyat badiiy asar (hikoya, qissa, ssenariy) yozuvchisi elkasiga tushadi.
Ijodkor yozuvchi keng qamrovli bilimlar egasi bo`lishi lozim. Ozgina sustkashlik bilan qandaydir
ma`lumot noto`g`ri talqin qilinishi va ko`p tanqidlar olib kelishi mumkin. Keyingi navbatda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1107

rassom hamda rejissyorning malakaliligi tanlangan mavzuni qanchalar aniq va tushunarli qilib
ochib berishda birlamchi omildir.

Albatta, animatsion filmda eng avval rassomning ijodiy faoliyati ko`rinadi. Ilk ta`ssurot

filmning tasviriy echimi orqali paydo bo`ladi. Ssenariyni to`laqonli qamrab olish va qanchalar
ta`sirchan namoyish etish ham rassom-animatorlarning vazifasi. Bu borada ulardan asar
g`oyasining davr, hudud, madaniyat jihatidan to`g`ri tasvirlash talab etiladi. Bunda
madaniyatshunoslik, dinshunoslik, san`atshunoslik, libos tarixi kabi sohalaridan ko`plab
bilimlarga ega bo`lish lozim. Ranglarning, liboslarning va muhit tasvirlarining qanday ifoda
etilishi, san`at va me`mochilikning davriy uslublariga mos bo`lishi ko`zda tutilgan holda ish olib
boriladi. Hududlarning oziga xos me`morchilik uslublari, oddiy kichkina naqshdan tortib toshahar
va qishloqlarning ko`rinishlarigacha aniq ma`lumotlar asosida tasvirlanadi. Personajlar hayotiy
qilib chiziladi va nisbatan kamroq stillashtiriladi.

Shundagina tarixiy asar tarixiylik xususiyatini ko`rinishda ifoda eta oladi. Tarixiy rivoyat

(afsonalar, ertaklar)ga asoslangan to`qima obrazli multfilmlarda esa faqatgina bir xalq tarixidan
hikoya qilibgina qolmasdan, asosan umuminsoniy ezgu g`oyalar va bolalar tarbiyasida muhim
ahamiyatga ega qarashlar tasvirlanadi. Chunki aksariyat manbaalar qadimgi davr voqealarini
yoritadi va eng qadimgi davr tarixi dunyo mamlakatlari uchun nisbatan umumiylik kasb etadi.
Ularda uzoq o`tmishdan to bugungi kungacha echimini topmagan, dolzarb bashariyat
muammolarini bartaraf etish masalalari qahramonlar hayo timisolida gavdalantiriladi. Masalan,
ertaklar turli xalqlarda turlicha bo`lishiga qaramasdan aksariyat ertaklarda yalmog`iz, yovuz
devlar yoki ajdarlar, yovuzlikka qarshi kurashuvchi botir qahramonlar obrazini uchratish mumkin.
Rivoyatlarda insoniyatni zalolatga etaklovchi hasad, yolg`onchilik, baxillik, ochko`zlik kabi
illatlarga qarshi mehr-muruvvat, to`g`ri sozlik, saxiylik singari fazilatlar madh etiladi. Afsonalarda
esa xalq qahramonlari millat boshiga tushgan musibatni aritish uchun ko`rsatgan jasoratlari
tasvirlanadi.

Animatsion entsiklopediya dunyo tarixida katta o`zgarishlarga sabab bo`lgan insonlar

haqida ma`lumotga ega bo`lishning eng oddiy va qiziqarli usulidir. Prezidentlar, kashfiyotchi
olimlar, sarkardalar va boshqa dunyoga mashhur shaxslar hayotidan ishlangan animatsion “Tarix
- shaxslarda” nomli serial shunday uslubdagi multfilm hisoblanadi. Serialda jumladan,
LeonardodaVinchi, Betxoven, Xristofor Kolumb va boshqa tarixiy shaxslar hayoti yoritilgan. Bu
multfilmlar nafaqat bolalar uchun balki, kattalar uchun ham qiziqarli ma`lumotlarni ulashadi.
Tasvirlar, qahramonlar qiyofalari o`tgan asrda keng rivojlangan realistik Disney animatsiya
maktabi qoidalari asosida, chizma usulda yaratilgan. Qahramonlar qiyofalari ommaga ma`lum
tasvirlarga monand yaratilgan. Ya`ni, agar qahramon tashqi ko`rinishi haqida ma`lumot yoki
tasvirlar etib kelgan bo`lsa, shunga aynan o`xshash xarakter yaratilgan.

“Xua Mulan haqida qo`shiq” nomli xitoy xalq poemasi asosida yaratilgan “Mulan” (“Walt

Disney” studiyasi – 1998 yil) [3]. multfilmi ham tarixiy mavzudagi multfilmlardan sanaladi.
Mashhur multfilmda bosqinchi xun qabilalariga qarshi vatan himoyasi uchun safarbar qilingan
xitoy qo`shini safiga sobiq zobit otasining o`rniga borib qo`shilgan va jasorat ko`rsatgan qiz haqida
hikoya qilinadi. Filmda dovyurak qiz faqat erkaklardan iborat qo`shin ichida aslida kim ekanligini
yashirib jangga chiqadi. Xunlar bilan jangda g`alabaga erishishda asosiyishni bajaradi.
Qahramonning asosiy maqsadi jangga qodir bo`lmagan otasini saqlab qolish edi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1108

Ammo, Mulan bu ishi ketidan oxir oqibatda butun xitoyni bosqinchilar zulmidan

qutqarishga muvoffaq bo`ladi. Bu yo`lda oddiy qizni askar bo`lishdek mashaqqatlar va daxshatli
janglar qarshi oldi. Qahramon obrazida mard jangchilardek jasurlik, shijoat, oilaga, vatanga
muhabbat, shu bilan birga ayollarga xos nafosat, soddalik, g`amxo`rlik xususiyatlari
mujassamlashitirilgan. Shuningdek, bu xususiyatlarni bir qahramon qiyofasida navbati bilan
almashinib turishi personajning asl tipaji saqlanib qolganishiga monelik ko`rsatmagan.

Dunyoning boshqa bir tomonidagi yana bir qahramon ayol haqida hikoya qiluvchi

Pakaxontas multfilmi ham ko`pchilikk ama`lum. Pakaxontas – amerika hindulari malikasi. Serial
va to`liq hajmdagi animatsion filmlari suratga olingan bo`lib, 90 yillarda chizma va kompyuter
grafika texnikasida ishlangan. Ma`lumki, amerika qit`alarida tub aholi – mahalliy hindular
istiqomat qilgan va evropadan borgan axoli hukmronligi o`rnatilgach, asta-sekinlik bilan kamaya
borgan. Shu davrda hindu qabilalarini birlashtirgan, Paka qabilasi malikasi Pakaxontas katta
sahnaga chiqadi. Uning asl ismi Matoaka bo`lsada Pokahontas laqabi bilan mashhur edi va Jon
Smit bilan voqealar paytida u bor-yo‘g‘i o‘n ikki yoshda edi. Bosqinchi, kelgindi oqtanlilarga
qarshi kurash olib boradi.

Mahalliy hindu qabilalarning rang-barang urf-odatlariyu, takrorlanmas turli madaniyatlari,

e`tiqodiy qarashlari aks ettirilgan multfilmda Pakaxontas oldidan turli sinovlar chiqadi. Har xil
qabilalar a`zolaridan yig`ilgan jamoasi bilan birgalikda turli to`siqlarni engib o`tadi. Juda qiyin
vaziyatlarda doim ular bilan birga bo`lgan ilohlari yo`l korsatib ko`mak berishi ham tasvirlanadi.
Pakaxontas timsolida ayol jasorati, vatanparvarlik, inson hayoti azizligi, tenglik, bir-birini qadriga
etish va tabiatga muhabbat g`oyalari ilgari suriladi.

Yana bir tarixiy rivoyat (buni haqiqat sifatida qabul qilish e`tiqodiy masala) asosida

ishlangan mashhur multfilm “Misr shaxzodasi” deb nomlanadi. Dream Works Studiosi hech
qachon muqaddaslarga tajovuz qilishdan qo‘rqmaydilar – ularning Muso payg‘ambarga va Misr
yahudiylarining najotiga bag‘ishlangan ilk multfilmi bunga misol. Ular “Misr shahzodasi” ning
Injil yozishmalarida juda ehtiyotkorlik bilan ishladilar. Va biz bilamizki, tarixchilar Musoning
mavjudligini yoki yo‘qligini hali hal qilmaganlar. “Ammo biz ishonamizki, bunday katta
afsonaviy shaxs haqiqiy prototipsiz amalga oshirishi mumkin emas edi” – deyiladi internet
nashrlarining birida [4]. Bunday asarlarda muhit ham personajlar ham yaqqol ajralib turuvchi
xarakterga ega bo`ladi.

Qolaversa filmda voqealar Misr diyorida yuz beradi. Eng mashhur tarixiy obidalarni o`zida

jamlagan bu mamlakat tarixini ochib berishda foydalanish manbaalari etarlicha. Faqatgina shu
manbaalardan unumli foydalanib o`sha davr mahobatini tasvirlay olish lozim. Bu borada filmda
juda yaxshi ish olib borilgan deyish mumkin. Fir`avn saroylari, misr tarixiy madaniyati ichida
shaxzoda sifatida ulg`aygan payg`ambar va uning boshidan kechirganlari mahorat bilan
tasvirlangan.

Navbatdagi multfilm rus madaniyatiga mansub. Rus xalqi tarixida bahodirlari bo`lgani va

xalqni turli yovuzlardan himoya qilgan engilmas pahlavonlar bo`lgani haqida rivoyatlar bor.
Ertaklarda, afsonalarda asosiy kumir sifatida shunday bahodirlari madh etiladi. “Uch bahodir”
yoki “o`ttiz uch bahodir” haqidagi ertaklar ayniqsa mashhurdir. Uch bahodir haqidagi ertaklarda
ular aka-uka bo`lganligi yoki ayrimlarida do`st bo`lganligi aytiladi. Farazan uch bahodir haqidagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1109

ertaklar tug`ilishiga sabab sifatida tarixda ruserlariga skandinaviyadan ko`chib kelgan uch aka-uka
va ularning knyazliklarga asos solishi, davlatchilik tashkil qilishi voqealari ko`rilishi mumkin.

Multfilmlarda ham bu bahodirlar katta jussali, og`ir fe`l-atvorli, salobatli, qo`rqmas

qahramon obrazida, o`z ulovlari, og`ir qurol-aslahalari bilan tasvirlanadi. “Ilya Muromets”,
“Alyosha Papovich”, “Uch bahodir” kabi ko`plab multfilmlarda aynan shunday yigitlarni yurtga
yov kelganda maydonga chiqib haloskor bo`lganligi namoyish etiladi.

Yuqorida misol tariqasida keltirilgan multfilmlar jahon tajribasining bir bo`lagi xolos.

Aslida bunday mavzularda juda kop multfilmlar ishlangan bo`lib, ulardan eng sifatlilari dunyo
e`tiborini tortgan. Demak tarixiy multfilm qanchalar sifatli bo`lishi targ`ibot etilayotgan mavzuni
qanchalar keng qamrovli bo`lishini belgilab beradi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda multiplikatsion filmlar ishlab chiqarish sohasini

takomillashtirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, 2017-yil 7-avgustda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ 3176- sonli qarori imzolandi. Qarorga muvofiq, O‘zbekistonda 2018-
yilda yiliga 15 ta, 2022-yildan boshlab esa 50 ta multfilm ishlab chiqarish kerakligi belgilab
qo‘yilganligi sohaga qaratilgan e’tibor va talab da’lilidir.

Shu o’rinda milliy tariximiz va

qadriyatlarimiz o’z aksini topgan animatsion filmlarni yaratish va ekranlashtirish bugungi
kunning dolzarb vazifalaridan biridir, zero

“O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi bu isbot

talab bo’lmagan ushbu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko’tarilishi zarur” [5.197].

Xulosa qiladigan bo`lsak, jahon tajribasida tarixiy multfilmlar nafaqat tarixdan so`zlovchi

bir hikoyalar ketma-ketligi, yoki tarix kitobining tasviriy ko`rinishi emas, balki har ko`rgan
tomoshabin uchun ham bilim, ham zavq, ham ma`naviyat ulashuvchi ijod na`munasi demakdir.
Shuningdek bu ijod na`munasi sifati yuqori bo`lishi uning qadrini oshirib sarf-xarajatlarini ortig`i
bilan qoplaydi. Buni yaxshi anglagan tajribali studiyalar har qanday mamlakat xalqi tarixi va
etnikasidan foydalanib film yaratishga intilishadi.


REFERENCES

1.

“Cлово и образ” (cборник) Л.И.Тимофеев.1964,288b.

2.

“Время в кино” Natalya Marievskaya. Прогресс-Традиция, 2015 г.;336b.

3.

ттп://www.анимамусеум.ру5.5. ттп://www.Мультик.ру

4.

Astir.uz

5.

O’zbekiston Respublikasi prezidentining qarorimilliy kinoindustriyani rivojlantirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida- ПҚ-3880-son 24.07.2018.

6.

Aziza T., Zakir A. The Role of Animated Films Based on the Works of Alisher Navoi in
Shaping Children's Worldview //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022. –
Т. 6. – С. 100-103.

7.

Aziza T. TARIXIY ASARLANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN
O’RNI:“YULDUZLI TUNLAR” ASARINING BOSH G’OYASI //Journal of Integrated
Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 42-46.

8.

Alliyarov, M. . (2023). Importance of Excavation Work in the Organization and
Enrichment of Museums. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 2(6), 35–
40. Retrieved from


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1110

9.

Alliyarov, M. (2023). Primitive Community Layout Architecture. Spanish Journal of
Innovation and Integrity, 18, 36-38.

10.

Alliyarov M. THE ARCHITECTURE OF THE GOTHIC PERIOD IS ALSO
HISTORICAL //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 182-184.

11.

Alliyarov M. A., Rakhimbaev O. D. MONUMENTAL ARCHITECTURE OF ANCIENT
KHOREZM //Матрица научного познания. – 2019. – №. 1. – С. 145-152.

12.

Orınbaevich A. J., Muratbaevich I. A., Alimovich T. M. THE MEANING OF THE
COLOR COMPOSITION IN THE VISUAL ARTS //Spectrum Journal of Innovation,
Reforms and Development. – 2022. – Т. 3. – С. 67-69

13.

Jiyenbaevich M. I. The evolution of music pedagogy of the karakalpak people: Historical
and theoretical aspects //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. –
2021. – Т. 11. – №. 10. – С. 27-32.

14.

Jiyenbaevich M. I. Competence-based approach in higher musical and professional
education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022.
– Т. 12. – №. 4. – С. 42-47.

15.

Moyanov I. TRAINING AND DEVELOPMENT OF ART PERSONNEL //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 65-69.

16.

Jiyenbaevich M. I. COMPETENCE-BASED APPROACH IN HIGHER MUSICAL AND
PROFESSIONAL EDUCATION //PROMINENCE OF INFORMATION BASES&
MEDIA ASSESSMENTS IN THE POST CONFLICT MARKETING ENVIORNMENT.

17.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ
ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ: Моянов Ыкласбай Жийенбаевич Ўзбекистон
Давлат санъат вамаданият институти Нукус филиали,«халқ ижодиёти» кафедраси в.
в. б доценти. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) //Образование и
инновационные исследования международный научно-методический журнал. –
2021. – №. 5.

18.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ
ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //Образование и инновационные исследования
международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.

19.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ
ТАЛАБАЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ

ИШЛАШ

КЎНИКМАЛАРИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

20.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT
PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal
of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

21.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT
//Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

22.

Tajimuratova Shakhnoza Saginbaevna. (2022). MANAGEMENT AND STUDY OF
CULTURE AND ART. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1),
758–762.

23.

Sag’inbaevna, T. S. (2023). Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence.
Spanish Journal of Innovation and Integrity, 18, 39-41.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1111

24.

Ануаровна O. Р. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚ КУЙЛАРИ ВОСИТАСИДА БОЛАЛАР
ИЖОДКОРЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. – 2023.

25.

Anuarovna U. E. IMPROVING THE MECHANISMS OF EDUCATING STUDENTS IN
THE SPIRIT OF INTER-ETHNIC HARMONY BASED ON NATIONAL MUSIC IN THE
CONDITIONS OF ETHNO-CULTURAL RELATIONS //International Journal of Advance
Scientific Research. – 2023. – Т. 3. – №. 09. – С. 329-333.

26.

БОЛАЛАР Қ. Х. К. В., РИВОЖЛАНТИРИШ И. MODERN SCIENCE АND
RESEARCH //MODERN SCIENCE. – 2023. – Т. 2181. – С. 3906.

27.

Ospanova R. DEVELOPMENT OF CHILDREN'S CREATIVITY THROUGH BLACK
FOLK SONGS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 70-73.






References

“Cлово и образ” (cборник) Л.И.Тимофеев.1964,288b.

“Время в кино” Natalya Marievskaya. Прогресс-Традиция, 2015 г.;336b.

ттп://www.анимамусеум.ру5.5. ттп://www.Мультик.ру

Astir.uz

O’zbekiston Respublikasi prezidentining qarorimilliy kinoindustriyani rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida- ПҚ-3880-son 24.07.2018.

Aziza T., Zakir A. The Role of Animated Films Based on the Works of Alisher Navoi in Shaping Children's Worldview //Zien Journal of Social Sciences and Humanities. – 2022. – Т. 6. – С. 100-103.

Aziza T. TARIXIY ASARLANING JAMIYAT TARAQQIYOTIDA TUTGAN O’RNI:“YULDUZLI TUNLAR” ASARINING BOSH G’OYASI //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 4. – С. 42-46.

Alliyarov, M. . (2023). Importance of Excavation Work in the Organization and Enrichment of Museums. Procedia of Philosophical and Pedagogical Sciences, 2(6), 35–40. Retrieved from

Alliyarov, M. (2023). Primitive Community Layout Architecture. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 18, 36-38.

Alliyarov M. THE ARCHITECTURE OF THE GOTHIC PERIOD IS ALSO HISTORICAL //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 182-184.

Alliyarov M. A., Rakhimbaev O. D. MONUMENTAL ARCHITECTURE OF ANCIENT KHOREZM //Матрица научного познания. – 2019. – №. 1. – С. 145-152.

Orınbaevich A. J., Muratbaevich I. A., Alimovich T. M. THE MEANING OF THE COLOR COMPOSITION IN THE VISUAL ARTS //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 3. – С. 67-69

Jiyenbaevich M. I. The evolution of music pedagogy of the karakalpak people: Historical and theoretical aspects //Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities. – 2021. – Т. 11. – №. 10. – С. 27-32.

Jiyenbaevich M. I. Competence-based approach in higher musical and professional education //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 12. – №. 4. – С. 42-47.

Moyanov I. TRAINING AND DEVELOPMENT OF ART PERSONNEL //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 65-69.

Jiyenbaevich M. I. COMPETENCE-BASED APPROACH IN HIGHER MUSICAL AND PROFESSIONAL EDUCATION //PROMINENCE OF INFORMATION BASES& MEDIA ASSESSMENTS IN THE POST CONFLICT MARKETING ENVIORNMENT.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ: Моянов Ыкласбай Жийенбаевич Ўзбекистон Давлат санъат вамаданият институти Нукус филиали,«халқ ижодиёти» кафедраси в. в. б доценти. Педагогика фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.

Моянов Ы. Д. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚИ МУСИҚИЙ ПЕДАГОГИКАСИНИНГ ТАРИХИЙ-НАЗАРИЙ ЖИҲАТЛАРИ //Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. – 2021. – №. 5.

Тажимуратова Ш. С. САНЪАТШУНОСЛИК ФАНЛАРИНИ ЎҚИТИШ ОРҚАЛИ ТАЛАБАЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ИШЛАШ КЎНИКМАЛАРИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ. – 2023.

Saginbaevna T. S. FORMATION OF STUDENTS'SKILLS OF INDEPENDENT PERFORMANCE THROUGH THE TEACHING OF ART HISTORY //Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development. – 2022. – Т. 9. – С. 386-392.

Tajimuraova S. S. INFORMATION AND COMMUNICATIONS IN MANAGEMENT //Journal of Integrated Education and Research. – 2022. – Т. 1. – №. 5. – С. 509-511.

Tajimuratova Shakhnoza Saginbaevna. (2022). MANAGEMENT AND STUDY OF CULTURE AND ART. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 758–762.

Sag’inbaevna, T. S. (2023). Cultural Life in Uzbekistan during the Years of Independence. Spanish Journal of Innovation and Integrity, 18, 39-41.

Ануаровна O. Р. ҚОРАҚАЛПОҚ ХАЛҚ КУЙЛАРИ ВОСИТАСИДА БОЛАЛАР ИЖОДКОРЛИГИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ. – 2023.

Anuarovna U. E. IMPROVING THE MECHANISMS OF EDUCATING STUDENTS IN THE SPIRIT OF INTER-ETHNIC HARMONY BASED ON NATIONAL MUSIC IN THE CONDITIONS OF ETHNO-CULTURAL RELATIONS //International Journal of Advance Scientific Research. – 2023. – Т. 3. – №. 09. – С. 329-333.

БОЛАЛАР Қ. Х. К. В., РИВОЖЛАНТИРИШ И. MODERN SCIENCE АND RESEARCH //MODERN SCIENCE. – 2023. – Т. 2181. – С. 3906.

Ospanova R. DEVELOPMENT OF CHILDREN'S CREATIVITY THROUGH BLACK FOLK SONGS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 70-73.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов