STUDY OF THE EFFICIENCY OF APPLICATION OF ORGANIC COMPOSTS IN COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

HAC
Google Scholar
To share
Amankulov, S. ., Ochilova, O. ., Toshmurodova, F., & Ergashev, U. (2023). STUDY OF THE EFFICIENCY OF APPLICATION OF ORGANIC COMPOSTS IN COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS. Modern Science and Research, 2(10), 257–261. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25082
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the agriculture of our country, the demand for organic fertilizers is high, and in some cases there is a shortage of them. In fact, tons of organic fertilizer should be applied. However, it is not possible to collect this amount of organic fertilizers. It is necessary to find additional sources of organic mass and nutrients that can be given to the soil, fresh water mud, leaves of trees that have fallen in the fall, bacterial preparations, some of them contain large amounts of organic matter, macro- and microelements, and plants There are other substances necessary for growth. With organic fertilizers, along with all the nutrients necessary for the plant, a large amount of microorganisms also fall into the soil. These microorganisms enrich the microflora of the soil and activate the microbiological processes (rotting, ammonification) taking place in it.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

257

631.8.

TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA G‘O‘ZADA ORGANIK KOMPOSTLARNI

QO‘LLASH SAMARADORLIGINI O’RGANISH

Amankulov Shaxzod Shodibek o’g’li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Ochilova Odinaxon Akmal qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Toshmurodova Fotima Xolboy qizi

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

Ergashev Urozali Maxmud o’g’li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10087399

Annotatsiya.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yuqori

bo‘lib,ayrim hollarda ularning yetishmasligi kuzatiladi.Masalan O‘zbekiston sharoitida gumus
balansini defitsitsiz holatda ushlab turish uchun har bir gektar sug‘oriladigan yerga har yili 17-
18 tonna organik o‘g‘it qo‘llanilishi kerak aslida. Lekin,hozircha ushbu miqdordagi organik
o‘g‘itlarni to‘plash imkoniyati yo‘q. Tuproqqa berish mumkun bo‘ladigan organik massa va oziq
elementlarining qo‘shimcha manbalarini topish kerak, chuchuk suv loyqasi kuzda to‘kilgan daraxt
barglari bakterial preparatlar bularning tarkibida ko‘p miqdorda ayrimlarida 50% gacha organik
moddalar, makro va mikroelementlar va o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan boshqa moddalar
bo‘ladi. Organik o‘g‘itlar bilan tuproqqa o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha oziq elementlar
bilan bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi. Ushbu mikroorganizmlar tuproq
mikroflorasini boyitib, uning tarkibida kechadigan mikrobiologik jarayonlar (chirish,
ammonifikatsiya) ni faollashtiriladi.

Kalit so‘zlar:

Bo‘z tuproqlar g‘o‘zada organik kompostlarni qo‘llash samaradorligi

tuproq unumdorligi hosildorlikni oshirish.

STUDY OF THE EFFICIENCY OF APPLICATION OF ORGANIC COMPOSTS IN

COTTON UNDER TYPICAL GRAY SOIL CONDITIONS

Abstract.

In the agriculture of our country, the demand for organic fertilizers is high, and

in some cases there is a shortage of them. In fact, tons of organic fertilizer should be applied.
However, it is not possible to collect this amount of organic fertilizers. It is necessary to find
additional sources of organic mass and nutrients that can be given to the soil, fresh water mud,
leaves of trees that have fallen in the fall, bacterial preparations, some of them contain large
amounts of organic matter, macro- and microelements, and plants There are other substances
necessary for growth. With organic fertilizers, along with all the nutrients necessary for the plant,
a large amount of microorganisms also fall into the soil. These microorganisms enrich the
microflora of the soil and activate the microbiological processes (rotting, ammonification) taking
place in it.

Keywords:

Effectiveness of applying organic composts to cotton on gray soils, increasing

soil fertility and productivity.

ИЗУЧЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРИМЕНЕНИЯ ОРГАНИЧЕСКИХ

КОМПОСТОВ В ХЛОПКОВЕ В ТИПИЧНЫХ УСЛОВИЯХ СЕРОЙ ПОЧВЫ


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

258

Аннотация.

В сельском хозяйстве нашей страны потребность в органических

удобрениях высока, а в ряде случаев наблюдается их нехватка, ведь необходимо вносить
тонны органических удобрений. Однако собрать такое количество органических
удобрений невозможно. Необходимо найти дополнительные источники органической
массы и питательных веществ, которые можно давать в почву, пресноводную грязь,
опавшие осенью листья деревьев, бактериальные препараты, некоторые из них содержат
большое количество органических веществ, макро- и микроэлементы и растения Есть и
другие вещества, необходимые для роста. С органическими удобрениями вместе со всеми
необходимыми растению питательными веществами в почву попадает и большое
количество микроорганизмов. Эти микроорганизмы обогащают микрофлору почвы и
активизируют происходящие в ней микробиологические процессы (гниение,
аммонификация).

Ключевые слова.

Эффективность внесения органических компостов под

хлопчатник на серых почвах, повышение плодородия и урожайности почв.

Kirish.

Bugungi kunda

tuproq unumdorligi va olinadigan qishloq xo‘jalik mahsulotlari

sifatini oshirishda organik o‘g‘itlar va kompostlar muhim o‘rinni egallaydi. Keyingi yillarda butun
dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham yer resurslaridan jadal sur’atda foydalanish natijasida
tuproqlarda gumus va oziq elementlar miqdorining kamayishi kuzatilib, tuproqda ayrim
elementlarning yetishmasligi sodir bo‘lmoqda. Buning asosiy sababi tuproqlardan har yili hosil
orqali oziq elementlari tashqariga ko‘proq chiqib ketib, kamroq qaytib kelishi, ya’ni chiqim va
kirim balansining buzilishidir. Ushbu holat bir qator salbiy ko‘rinishlarga olib keladi, jumladan
tuproqlarning antropogen ta’sirlariga qarshiligi kamayib, eroziya jarayonlari kuchayadi, fizik-
kimyoviy xususiyatlari yomonlashib, agronomik qimmatli xisoblangan agrigatlik tarkibi buziladi.
Bir so‘z bilan aytganda,tuproqlarning degradadsiyasi sodir bo‘ladi, shuning uchun tuproq
unumdorligini oshirishda, ularning organik modda va oziq elementlar bilan boyitish va qishloq
xo‘jalik ekinlaridan yuqori hosil yetishtrish uchun dehqonchilikda o‘g‘it qo‘llash, almashlab ekish
va boshqa bir qator agrotexnik tadbirlarni keng joriy etish tavsiya etiladi.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida organik o‘g‘itlarga bo‘lgan talab yuqori bo‘lib,ayrim

hollarda ularning yetishmasligi kuzatiladi.Masalan O‘zbekiston sharoitida gumus balansini
defitsitsiz holatda ushlab turish uchun har bir gektar sug‘oriladigan yerga har yili 17-18 tonna
organik o‘g‘it qo‘llanilishi kerak aslida. Lekin,hozircha ushbu miqdordagi organik o‘g‘itlarni
to‘plash imkoniyati yo‘q.

Organik o‘g‘itlar bilan tuproqqa o‘simlik uchun zarur bo‘lgan barcha oziq elementlar bilan

bir vaqtda ancha miqdorda mikroorganizmlar ham tushadi. Ushbu mikroorganizmlar tuproq
mikroflorasini boyitib, uning tarkibida kechadigan mikrobiologik jarayonlar (chirish,
minerilizatsiya, ammonifikatsiya) ni faollashtiriladi. Bunday o‘g‘itlardan oqilona foydalanish
qishloq xo‘jaligi uchun o‘ta muhim ekanligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Shuning uchun bu borada
ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb masala hisoblanadi.

bo‘z tuproq sharoitida organik o‘g‘itlardan, biogumusdan va kompostdan samarali

foydalanish va shudgorda solinganda tuproqni gumus va azot, fosfor va kaliyni harakatchan
shakllari xususiyatlariga hamda o‘simlik tomonidan oziqa moddalarni (NPK) o‘zlashtirilishiga,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

259

paxta hosiliga ta’siri aniqlanib, organik o‘g‘it, biogumus va kompostlarni chirishi natijasida
tuproqda organik modda ko‘payishi evaziga, ekinlarga qo‘llanilayotgan mineral o‘g‘itlar
samaradorligi va ko‘zlangan ekinlar hosildorligi oshib, sifati yaxshilanadi hamda tuproq
unumdorligini saqlash va tiklanishi aniqlanadi

.

Go‘ngni saqlashda sifatli tayyorlanishi uchun

ustiga 10-15 santimetr qalinlikda tuproq tortilib, yozda uning ustiga ikki-uch mahal tonnasiga 60-
100 litr hisobida suv sepib turiladi. Shu usulda saqlanganda go‘ng tarkibidagi yo‘qoladigan oziqa
moddalar miqdori ancha kamayadi va bu miqdor 25-30 foizni tashkil etadi. Go‘ng boshqa
usullarda saqlanganda uni sifati pasayib, tarkibida oziq moddalar miqdori ko‘proq kamayadi, ya’ni
go‘ng bir yil davomida o‘ralarda shibbalab nam holda ustiga tuproq yopmasdan saqlanganda oziqa
moddalar yo‘qolishi 54 foizni, suv sepilmaganda 57 foizgachani tashkil etgan. Go‘ngni
shibbalamasdan kichik to‘plarda saqlashda yo‘qotiladigan oziq moddalar miqdori ba’zan 60-65
foizgacha yetgan.

Q.Mirzajonov,

A.G‘ofurov, Sh.Nurmatov [20;32-33-b] ma’lumotlariga ko‘ra,

deflyatsiyalangan o‘tloqi-soz qumoq tuproqlarda gektariga 60 tonna lignin solinganda paxtadan
olinadigan qo‘shimcha hosil gektariga 5,4 sentnerni, uning ikkinchi va uchinchi yillardagi ta’siri
natijasida esa mos holda 3,6 va 2,0 sentnerni tashkil etgan.

T.S.Zokirov, M.M.Toshko‘ziev, N.M.Ibragimov, B.I.Niyazaliev (2000 T.S.Zokirov,

M.M.Toshko‘ziev, N.M.Ibragimov, B.I.Niyazaliev (2000) O‘zbekiston bo‘z tuproqlarida o‘simlik
qoldiqlari va qo‘llanilgan o‘g‘itlarning parchalanishini, gumusning tarkib topishini o‘rganish
asosida bo‘z tuproqlarning gumus holatini, o‘simlik qoldiqlari hamda o‘g‘itlarning gumifikatsiyasi
jarayonlarini yoritib berishgan.) O‘zbekiston bo‘z tuproqlarida o‘simlik qoldiqlari va qo‘llanilgan
o‘g‘itlarning parchalanishini, gumusning tarkib topishini o‘rganish asosida bo‘z tuproqlarning
gumus holatini, o‘simlik qoldiqlari hamda o‘g‘itlarning gumifikatsiyasi jarayonlarini yoritib
berishgan.

Natijalar

. Kompost 20 t/ga va Biogumus 10t/ga qo‘llanilgan 6 va 7 variantlarda

harakatchan fosfor miqdori tuproqni haydov (0-30 sm) va ostki qatlamlarida (30-50 sm) kam
darajada (30.0-31.0mg/kg va 26.0-28.0mg/kg) bo‘ldi.

N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga

qo‘llanilgan 8 variantda harakatchan fosfor miqdori asosan 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda 29.5 va
27.0 mg/kg ni, pastki 50-70 sm va 70-100sm qatlamlarda kam darajada (24.0 va 22.0 mg/kg)
bo‘ldi.

Ushbu mineral o‘g‘it me’yorlariga qoramol go‘ngi 10,20,30,40t/ga qo‘llanilgan 9,10,11,12

variantlarda harakatchan fosfor miqdori 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda 30.6;31.4 ;32.0; 32.6 mg/kg
va 28,0; 28.6;29.0; 29.2 mg/kg ni, pastki 50-70 sm va 70-100sm qatlamlarda kam darajada
(26.6;25.8;27.0;27.4 va 20.9;20.6;22.0; 22.2 mg/kg) bo‘ldi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar
sharoitida N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga mineral o‘g‘it me’yorlariga kompost 20t/ga

va biogumus 10 t/ga qo‘llanilganda nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar gullash davrida olinib, bu
turdagi o‘g‘it tuproqning 0-30 va 30-50 sm li qatlamlarida mutanosib ravishda 38,0 va 38,6 mg/kg
ga teng bo‘lib, nazoratdan 25,8-26,4 mg/kg ga va N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga

mineral o‘g‘it qo‘llanilgan 8-variantga nisbatan esa 2,4-3,0 mg/kg ga ortganligi aniqlangan.
Demak, bu o‘g‘itlarni tuproqdagi harakatchan fosfor miqdorining o‘zgarishiga ta’sirlari deyarli
teng bo‘lganligi aniqlandi. Qoramol go‘ngi gektariga 10,20,30,40 tonna qo‘llanilgan 2, 3, 4, 5
variantlarda almashinuvchi kaliy miqdori g‘o‘zani 2-4 chin barg davrida tuproqni 0-30 va 30-50


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

260

sm qatlamlarida kam darajada (200-214 mg/kg va 190-200 mg/kg) bo‘lganligi aniqlandi. Kompost
20 t/ga va Biogumus 10t/ga qo‘llanilgan 6 va 7 variantlarda almashinuvchi kaliy miqdori tuproqni
haydov (0-30 sm) va ostki qatlamlarida (30-50 sm) kam darajada ( 212-216mg/kg va 202-
204mg/kg) bo‘ldi. N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga qo‘llanilgan 8 variantda

almashinuvchi kaliy miqdori asosan 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda 212 va 205 mg/kg ni, pastki
50-70 sm va 70-100sm qatlamlarda kam darajada (196 va 188 mg/kg) bo‘ldi. Ushbu mineral o‘g‘it
me’yorlariga qoramol go‘ngi 10,20,30,40t/ga qo‘llanilgan 9,10,11,12 variantlarda almashinuvchi
kaliy miqdori 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda 215-224 mg/kg va 207-210mg/kg ni, pastki 50-70
sm va 70-100sm qatlamlarda kam darajada (200-208 va 192-200 mg/kg) bo‘ldi.

N 150 kg/ga, P

2

O

5

100kg/ga, K

2

O 75 kg/ga mineral o‘g‘it me’yorlariga kompost 20t/ga va biogumus 10t/ga

qo‘llanilgan 13 va 14 variantlarda almashinuvchi kaliy miqdori 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda
226-228 mg/kg va 214 -216 mg/kgni, pastki 50-70 sm va 70-100 sm qatlamlarda kam darajada
(210-212 va 204-206 mg/kg) bo‘lganligi aniqlandi.

Xulosa.

G‘o‘zaning o‘sib, rivojlanishi, quruq massa to‘plashi va oziq unsurlarni o‘zlashtirishi

uchun nisbatan maqbul sharoit N 150 kg/ga, P

2

O

5

100 kg/ga, K

2

O 75 kg/ga bilan birgalikda

kompost 20t/ga va biogumus 10t/ga qo‘llanilganda yaratilishi kuzatilgan holda nazorat variantiga
nisbatan (1var) g‘o‘za tupining bo‘yi 17,50-19,67 smga, hosil shoxi 4,37-4,85 donaga, ko‘saklar
soni 8,69-9,22 donaga, ochilgani 3,83-3,97 donaga ortanligi aniqlandi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z
tuproqlar sharoitida 3 qaytariqdan o‘rtacha nisbatan yuqori paxta hosili

(39,0 va 39,7 s/ga) N-

150kg/ga P-100kg/ga K-75 kg/ga bilan birgalikda kompost (20t/ga) va biogumus (10t/ga)
qo‘llanilganda olinib, nazoratga nisbatan qo‘shimcha paxta hosili 22,5-23,2 s/ga ni, N-150kg/ga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

261

P-100kg/ga K-75 kg/ga qo‘lllanilgan variantga nisbatan 10,5-11,2 s/ga ni, faqat go‘ng (30 va
40t/ga) qo‘llanilgan variantlarga nisbatan 10,5-11,8s/gani tashkil etgan.

REFERENCES

1.

Mirzajonov K.M., Umbetayev U. Влияние сульфоаммолизированных продуктов на
подвижност фосфора в карбонатных почвах. Tuproq unumdorligini oshirish
muammolari. 1-qism. Toshkent-2007, 192-196 b.

2.

Mirzajonov K.M., Mirzajonov B.K. Действие гумофоса на рост, развитие и
урожайность хлопчатника. Tuproq unumdorligini oshirish muammolari. Toshkent-2007.
220-223 b.

3.

Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning texnogen
ifloslanishi va unga o‘g‘itlarning ta’siri. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ilovasi
AGRO-ILM 4 (16) son. 2010. 26-27bet.

4.

Зокиров Т.С., Косимова И.К., Эргашев А.Э. Продукта переработки сельскому
хозяйству тeзисы докладов II Всесоюзной конференсий. Aндижан,1985, С.144-148.


References

Mirzajonov K.M., Umbetayev U. Влияние сульфоаммолизированных продуктов на подвижност фосфора в карбонатных почвах. Tuproq unumdorligini oshirish muammolari. 1-qism. Toshkent-2007, 192-196 b.

Mirzajonov K.M., Mirzajonov B.K. Действие гумофоса на рост, развитие и урожайность хлопчатника. Tuproq unumdorligini oshirish muammolari. Toshkent-2007. 220-223 b.

Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarning texnogen ifloslanishi va unga o‘g‘itlarning ta’siri. // O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy ilovasi AGRO-ILM 4 (16) son. 2010. 26-27bet.

Зокиров Т.С., Косимова И.К., Эргашев А.Э. Продукта переработки сельскому хозяйству тeзисы докладов II Всесоюзной конференсий. Aндижан,1985, С.144-148.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов