ISSUES OF COMBATING SEXUAL VIOLENCE AGAINST MINORS

HAC
Google Scholar
To share
Agzamova , B. ., & Muhammadjonov , A. (2023). ISSUES OF COMBATING SEXUAL VIOLENCE AGAINST MINORS. Modern Science and Research, 2(10), 547–552. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25484
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reflects on the fact that the reforms carried out in our country in recent years are aimed directly at ensuring human rights and freedoms, protecting it from various encroachments, creating conditions for the implementation of human rights and interests, especially the fight against sexual violence against minors has become one of the pressing issues of today at the level of Public Policy.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

547

VOYAGA YETMAGANLARGA NISBATAN JINSIY ZO‘RAVONLIKKA

QARSHI KURASHISH MASALALARI

Agzamova Barnoxon Axunovna

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi psixolog, 3-darajali yurist.

Telefon: +998911261471

agzamovabarnohon@gmail.com

Muhammadjonov Ahadjon A’zamjon o‘g‘li

Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi “Davlat huquqiy faoliyat” yo‘nalishi

2-bosqich 20-22-guruh o‘quvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10130775

Annotatsiya.

Ushbu maqolada so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

islohotlarbevosita inson huquqlariva erkinliklarini ta’minlash, uni turli tajovuzlardan himoya
qilish, inson huquq va manfaatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishga
qaratilayotganligi, ayniqsa voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashish
davlat siyosati darajasida bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanganligi va unga
qarshi kurash choralari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

axloqiy normalar, voyaga etmaganlar, jinsiy zo‘ravonlik, jinsiy erkinlik va

daxlsizlik, qashshoqlik, ishsizlik, bolalarning beparvoligi, og‘ir turmush sharoitlari, huquqni
mufofaza qiluvchi organlar.

ISSUES OF COMBATING SEXUAL VIOLENCE AGAINST MINORS

Abstract.

This article reflects on the fact that the reforms carried out in our country in

recent years are aimed directly at ensuring human rights and freedoms, protecting it from various
encroachments, creating conditions for the implementation of human rights and interests,
especially the fight against sexual violence against minors has become one of the pressing issues
of today at the level of Public Policy.

Key concepts:

moral norms, minors, sexual violence, sexual freedom and immunity,

poverty, unemployment, child neglect, harsh living conditions, law enforcement agencies.

ПРОБЛЕМЫ БОРЬБЫ С СЕКСУАЛЬНЫМ НАСИЛИЕМ В ОТНОШЕНИИ

НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИХ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются проводимые в последние годы в

нашей стране реформы, направленные на непосредственное обеспечение прав и свобод
человека, защиту его от различного рода посягательств, создание условий для реализации
прав и интересов человека.В частности, борьба с сексуальным насилием в отношении
несовершеннолетних стала одним из актуальных вопросов сегодняшнего дня на уровне
государственной политики.

Ключевые понятия:

моральные нормы, несовершеннолетние, сексуальное насилие,

сексуальная свобода и неприкосновенность, бедность, безработица, безнадзорность
детей, суровые условия жизни, правоохранительные органы.


Ma’lumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bevosita

inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, uni turli tajovuzlardan himoya qilish, inson huquq va
manfaatlarini amalga oshirish uchun sharoitlar yaratishga qaratilmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

548

Zero O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasining 19-

moddasida inson huquq va erkinliklari xususida norma belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra O‘zbekiston
Respublikasida insonning huquq va erkinliklari xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan
normalariga binoan hamda ushbu Konstitutsiyaga muvofiq eʼtirof etiladi va kafolatlanadi. Inson
huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi

1

.

Tabiiyki, har qanday jamiyat va davlatning kelajagi bevosita aholining axloqiy

tushunchalari va xatti-harakatlarini sog‘lomlashtirish, shuningdek ularning ma’naviy
barkamolligini oshirishga bog‘liqdir.

Umum e'tirof etilgan axloq normalarini jinoiy-huquqiy himoya qilish Jinoyat kodeksining

turli bo‘limlari va boblari normalari bilan himoyalangan. Ushbu me'yorlarning asosiy vazifasi
shaxsning manfaatlarini ifodalovchi va o‘sha mamlakatda yashovchi aholining ma’naviy
sog‘lomligi va daxlsizligini himoya qilishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi

2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoniga 1-ilovasida ham Konstitutsiya va qonunlarning
ustuvorligini taʼminlash, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoya qilinishini taʼminlashni
sud-huquq islohotlarining bosh mezoniga aylantirish

2

lozimligi ko‘rsatib qo‘yildi

Mamlakatimizda bu masalaga alohida e’tibor qaratildi, va barcha yo‘nalishlarda

jinoyatchilikka qarshi kurashish targ‘ib qilindi. Jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlash va
bu borada ichki ishlar organlari, sud, prokuratura, adliya va huquqni muhofaza qiluvchi
organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni yanada rivojlantirish
davlatimizning asosiy vazifalaridan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugungi kunda eng xavfli jinoyatlardan biri jamiyat uchun muhim bo‘lgan va shaxsga

qarshi qaratilgan harakatlar jinsiy erkinlik va daxlsizlikni, axloqiy normalarni buzishdir. Bu o‘z
navbatida, ushbu jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish mexanizmini yanada takomillashtirish,
samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi.

Rasmiy statistik ma'lumotlarga ko'ra,yurtimizda 16 yoshga to‘lmagan bola bilan jinsiy

aloqa qilganlikda aybdor deb topilganlar soni 2019-yilda 99 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu
ko‘rsatkich 2020-yilda 153 nafar, 2021-yilda 216 nafar, 2022-yilda 238 nafarni tashkil etgan.

14 yoshga to‘lmagan bola bilan zo‘rlik ishlatib, jinsiy aloqaga kirishganlikda aybdor dep

topilganlar soni 2019-yilda 52 nafar, 2020-yilda 35 nafar, 2021-yilda 57 nafar, 2022-yilda esa 73
nafarni tashkil etgan.

3

Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxilsizligi va erkinligiga qarshi jinoyatlarning oldini olish

ularni bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Shuni ta’kidlash kerakki, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy huquqbuzarliklarning

oldini olish har qanday jinoyatning oldini olish kabi ilmiy asoslangan va qonuniy bo‘lishi kerak .

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatchiliklarning oldini

olish masalasi uzoq vaqtdan beri olimlarni qiziqtirib keladi.

1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2

O

‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 2023 yil 11 sentyabrdagi

PF-158-son farmoni.

3

https://www.amerikaovozi.com/a/7046722.html


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

549

Hozirgi kunda jinsiy tajovuz uchun qattiq jinoiy javobgarlikni belgilaydigan qonun katta

tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuning uchun jinsiy zo‘ravonlikka qarshi kurashda jinoyat
qonunchiligining rolini faqat jinoyatchilarni jazolash vositasiga tenglashtirish noto‘g‘ri bo‘lar edi.
Jinoyat qonuni har qanday shaxsga, shu jumladan jinsiy zo‘ravonlik qilganlarga nisbatan ham
bunday qilmishlar sodir etishlarini oldini olish vositasi sifatida fuqarolarda ushbu harakatlarga
nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi, ularni ushbu harakatlarga qarshi kurashga jalb
qiladi. Shuning uchun qonunni targ‘ib qilish juda muhimdir. Xususan, jinsiy tajovuz uchun
javobgarlikni belgilovchi qonunchilik nafaqat yoshlarga yetkazilishi, balki har tomonlama
tushuntirilishi kerak.

Buning uchun albatta yoshlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan davra

suhbatlari tashkil etish zarur.Bunday suhbatlarda nafaqat ushbu jinoyat uchun jazo choralari
to‘g‘risida ma’lumot berish, balki uning ijtimoiy xavfliligi, axloqsizligi, g‘ayriinsoniyligini fosh
etish, yoshlarni tartibsiz jinsiy aloqa va umuman zo‘ravonlikning oqibatlari va unga nisbatan jazo
turlari haqida ma’lumotlar berib borish zarur deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi

jinoyatlarning oldini olish choralarini belgilashda, birinchi navbatda, ushbu jinoyatlarning
sabablari va shartlariga va jinoyat natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy xavfli oqibatlarni bartaraf
etishga alohida e'tibor qaratish lozim.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarning oldini olish choralarini umumiy yoki

ijtimoiy profilaktika choralari va maxsus (kriminologik) profilaktika choralariga bo‘lish mumkin.

Ushbu turdagi jinoyatlarning umumiy profilaktikasi keng qamrovli bo‘lib, jamiyatning

ijobiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish, mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa
institutlarning rivojlanishi, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlarga olib
keladigan hodisalar va nomutanosibliklarni bartaraf etish, zararli ta’sirlarni kamaytirish orqali
amalga oshiriladi. Boshqacha qilib aytganda, jamiyatda umumiy farovonlikni ta’minlash,
jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatlarni rivojlantirish, qashshoqlik, ishsizlik, bolalarning
beparvoligi, og‘ir turmush sharoitlari, jamiyat erkinligini bartaraf etish, demokratiyadan
foydalanayotgan shaxslar va guruhlar tomonidan uyushtirilayotgan axloqsiz jinoyatlarini bartaraf
etish orqali jinoyatchilikning oldi olinadi.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy tajovuzlarning oldini olish bo‘yicha ijtimoiy chora-

tadbirlar qatorida jamiyat a’zolarining ma’naviy yuksalishini, ularning ma’naviy, madaniy,
axloqiy va huquqiy ongini rivojlantirishni ta’minlash muhimdir. Chunki jinsiy jinoyatlar sodir
etish jinoyatchining axloqiy va madaniy darajasi, uning axloqsizlik darajasi, ongsizligi qanchalik
pastligini ko‘rsatadi.

Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligi jinoyatlariga qarshi

profilaktika chorasi sifatida “jinoyatchilikka moyil odamlar sonini kamaytirishdan tashqari,
bunday jinoiy tajovuz qurbonlari sonini kamaytirishga ham alohida e’tibor qaratish lozim” degan
fikrni e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Buning uchun, birinchi navbatda, voyaga
yetmaganlarni to‘g‘ri tarbiyalash muhimdir.

O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bu turdagi jinoyatlarning aksariyati (57% yopiq

xonada (shu jumladan kvartirada yoki boshqa yashash xonasida), 12% zinapoyalarda, podvallarda,
liftlarda, zinapoyalarda yoki zinapoyalarda uyga kirishda, mashinalarda); 20% ko‘chada,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

550

xiyobonda yoki parkda; 6% jamoat joylarida sodir bo‘lgan, 5% hollarda jinoyat joyini aniqlab
bo‘lmaydi.

4

Voyaga yetmaganlarning hayoti, sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi tajovuz

qurbonlarining kriminogen xususiyatlarini o‘rganish ularni yoshiga qarab tasniflashni talab qiladi
va bu borada quyidagicha: 14 yoshgacha va 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan
qurbonlarning kriminologik tavsifiga ajratish mumkin.

Birinchi guruhdagi balog‘atga yetmaganlar (yosh bolalar) zo‘ravonlik va qiynoqqa

solinganligini bilishadi. Lekin ular buni aniq tushuntira olmasliklari mumkin. Va agar qurbonlar
maktab yoshidagi bolalar bo‘lsa, ular ko‘pincha kattalarga ularga qarshi qilingan yomon xatti-
harakatlar haqida gapirishdan uyaladilar. 12 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ularga qarshi
qilingan jinsiy harakatlar ularning jismoniy va ma'naviy (axloqiy) pokligining ifloslanishi
ekanligini bilishmaydi.

Ikkinchi guruh, 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar, ba'zida

fohishalikka moyil. Chunki bu ularda paydo bo‘lgan jinsiy qiziqishni qondiradi. Ushbu guruh
qurbonlarni yana ikkita toifada o‘rganishni talab qiladi: 14 yoshdan 16 yoshgacha va 16 yoshdan
18 yoshgacha bo‘lganlar.

Ushbu jinoyatlar qurbonlarini bunday toifalarga ajratishimizning sababi shundaki, voyaga

yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlar 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga qarshi
qaratilgan. Shu bilan birga, 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar faqat zo‘rlash,
jinsiy ekspluatatsiya va fohishalik qurboni bo‘lishlari mumkin.

Buning sababi shundaki, bunday shaxslar, 16 yoshgacha bo‘lgan qurbonlardan farqli

o‘laroq, ularga qarshi amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan harakatlarning salbiy oqibatlarini
tushunishadi.

Shunday qilib, voyaga yetmaganlarning sog‘lig‘i, jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi

jinoyatlarning kechikishiga sabab bo‘lgan omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1.

Jabrlanuvchining hayotiy tajribasi va huquqiy ongining past darajasi;

2.

Qo‘rqoqlik, uyalmaslik, shuningdek, mahalladagi qo‘shnilarning “nutqidan” qochish;

3.

Voyaga yetmaganlarning kelajakdagi nikohi buzilishidan qo‘rqing;

4.

Hujumchi va uning yaqin qarindoshlari yoki do‘stlari tomonidan qasos sifatida tahdidlar;

5.

Huquqni muhofaza qilish organlarini o‘z vaqtida xabardor qilmaslik va hokazo.
Shuni ta’kidlash kerakki, ba’zi hollarda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinsiy

huquqbuzarliklar doimiy monitoringni talab qiladi. Ayniqsa, yoshlarga bo‘sh vaqtlarini to‘g‘ri
tashkil etishda yordam berish va bu davrda ularni nazorat qilish juda muhimdir. Jinsiy
jinoyatlarning oldini olishda ishchi kuchining imkoniyatlaridan samarali foydalanish ham
muhimdir.

Jinoyatchilikning oldini olish sohasidagi eng muhim maxsus vakolatli organlar voyaga

yetmaganlarning jinsiy daxlsizligiga qarshi jinoyatlarning oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan
ichki ishlar organlari hisoblanadi. Chunki bunday organlar jinoyatlarning oldini olishda kengroq
tajribaga va maxsus tizimlarga ega bo‘lishi mumkin.

4

Http:

S.S.Niyozova. Considerations for the prevention of crimes against the sexual integrity of minors.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

551

Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va erkinligini buzadigan jinoyatlarning oldini

olishda prokuratura organlari ham markaziy rol o‘ynaydi. Chunki prokuratura huquqni muhofaza
qilish organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashdagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarni bartaraf

etishda sud tizimining roli ham katta.

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 118-, 119-, 121-, 128-moddalarida fikr

yuritilayotgan jinoiy qilmishlar va ular uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Voyaga yetmaganlargan nisbatan jinsiy zo‘ravonliklarni oldini olishda,Adliya tizimining

o‘rni ham takildlab o‘tish joiz. Hususan FHDYo idoralari norasmiy nikoh orqali sodir bo‘lishi
mumkin bo‘lgan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy huquqbuzarliklarning oldini olishlari
mumkin. Shu maqsadda FHDYo organlari aholi o‘rtasida oila va nikoh masalalari bo‘yicha
huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishlari kerak, nafaqat nikoh tomonlaridan biri o‘n olti yoshga
to‘lmaganida nikohni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish orqali, qonun buzilishini va erta turmushni
oldi olinadi.

Yuqorida qayd etilgan maxsus organlar ushbu turdagi jinoyatlarni oldini olish bo‘yicha

muntazam choralar ko‘rishlari uchun: birinchidan, bunday choralar uyushgan holda ta'minlanishi
kerak; ikkinchidan, u faqat vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘llanilishi kerak; uchinchidan,
bunday organlar o‘z vaqtida to‘liq va ishonchli ma'lumotlarga ega bo‘lishi kerak; to‘rtinchidan,
profilaktika choralari kuchga kirishi va huquqiy normalar orqali amalga oshirilishi kerak. Maxsus
davlat idoralaridan tashqari, fuqarolar huquqni muhofaza qilish organlariga ular tayyorlanayotgan
yoki sodir etilayotganligi to‘g‘risida xabar berish orqali jinsiy daxlsizlik va jinsiy erkinlikka qarshi
jinoyatlarning oldini olishda faol ishtirok etishlari kerak.

Xulosa qilib aytganda, voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va erkinligiga qarshi

jinoyatlarning samarali oldini olish uchun bir vaqtning o‘zida jinoyatchining shaxsini,
jabrlanuvchining xulq-atvorini, yoshini, oilasini hisobga olgan holda jinoyat uchun sharoit
yaratadigan holatlarni aniqlash kerak.

Voyaga yetmaganlarning jinsiy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlarning

umumiy oldini olishda quyidagi chora-tadbirlar ham ijobiy rol o‘ynaydi:

- jinsiy huquqbuzarliklarni sodir etishga qodir bo‘lgan shaxslar ustidan ularning xatti-

harakatlari va jamoatchilik tomonidan berilgan tavsifni hisobga olgan holda ijtimoiy nazoratni
o‘rnatish;

- ilgari zo‘rlash yoki boshqa jinsiy huquqbuzarliklar uchun sudlangan shaxslar ustidan

ma'muriy nazorat o‘rnatish;

- zo‘rlash jinoyati sodir etilishining oldini olish, shaxslarni xabardor qilish bilan bog‘liq

tezkor choralarni ko‘rish.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi
2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoni.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

552

4.

Http: S.S.Niyozova. Considerations for the prevention of crimes against the sexual integrity
of minors.

5.

5.https://uza.uz/oz/posts/adliya-vazirligi-ayollar-huquqlarini-kuchaytirishga-oid-jiddiy-
takliflarni-ilgari-surdi_328563

6.

6.https://www.amerikaovozi.com/a/7046722.html

7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “H

uquqbuzarliklar

profilaktikasi

va

jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi

14.03.2017 yildagi PQ-2833-son Qarori.

References

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. https://lex.uz/docs/111453.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoni.

Http: S.S.Niyozova. Considerations for the prevention of crimes against the sexual integrity of minors.

5.https://uza.uz/oz/posts/adliya-vazirligi-ayollar-huquqlarini-kuchaytirishga-oid-jiddiy-takliflarni-ilgari-surdi_328563

6.https://www.amerikaovozi.com/a/7046722.html

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 14.03.2017 yildagi PQ-2833-son Qarori.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов