ENVIRONMENTAL EDUCATION IN A PRESCHOOL ORGANIZATION

HAC
Google Scholar
f
183-186
0
1
To share
Abduvaliyeva, E. (2023). ENVIRONMENTAL EDUCATION IN A PRESCHOOL ORGANIZATION. Modern Science and Research, 2(10), 183–186. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/25928
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the importance of environmental education in preschool education. The essence of ecological education organized in the educational, training and labor process is highlighted.

Similar Articles


background image


183

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA EKOLOGIK TARBIYA

Abduvaliyeva Elmira Tolib qizi

Nizomiy nomidagi TDPU

Maktabgacha ta’lim fakulteti 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10185102

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Maktabgacha ta’lim tashkilotida ekalogik tarbiyaning

ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Ta’limiy, tarbiyaviy va mehnat jarayonda tashkil etiladigan

ekalogik tarbiyaning mohiyati yoritib beriladi.

Kalit so’zlar:

Tarbiya, tarbiya turlari, ekalogiya, ekalogik tarbiya, shaxs, mehnat, ta’lim,

bola shaxsi.

ENVIRONMENTAL EDUCATION IN A PRESCHOOL ORGANIZATION

Abstract.

This article talks about the importance of environmental education in preschool

education. The essence of ecological education organized in the educational, training and labor

process is highlighted.

Keywords:

Education, types of education, ecology, ecological education, personality,

labor, education, personality of a child.

ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ ВОСПИТАНИЕ В ДОШКОЛЬНОЙ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

В данной статье говорится о значении экологического воспитания в

дошкольном

образовании.

Выделена

сущность

экологического

образования,

организованного в образовательном, учебном и трудовом процессе.

Ключевые слова:

Образование, виды воспитания, экология, экологическое

воспитание, личность, труд, воспитание, личность ребенка.

Bugungi kunda insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri ekologik vaziyat

hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida

katta tashvish uyg'otmoqda. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasida

"Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boTishga majburdirlar", 55-

moddasida esa "Yer osti boyliklari, suv, o'simlik, va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy

zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir"

deyilgan. Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida

sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Ekologik bilim - bu tirik tabiatning tuzilishi,

rivojlanishi, o'zgarishi, yer yuzidagi tirik jonzotlarning holati, ularning bir birlariva atrof-muhit


background image


184

o'rtasida bo'lib turadiganmunosabatlarni, tabiiy boyliklarning son va sifatini, hajmini, xillarini

hamda ularni saqlash va tejamkorlik bilan foydalanish yo'llarini o'zlashtirishdan iboratdir.

Tarbiya shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga

qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan

xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yig’indisi.

Ekolgik ta’lim va tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun

hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan

xalqimizning tabiatga hurmat va e'tibor bilan qaraydigan urf-odatlarini, udumlarini tarbiyalash,

tabiiy boyliklarni ko'paytirish, bog'-u rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida

yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir. Insonni o'rab turgan tabiiy muhit va uning boyliklarini

biladigan, undan tejamkorlik bilan foydalanadigan, saqlaydigan, tabiat boyligiga, go'zalligiga

go'zallik qo'shadigan, ijtimoiy va tabiiy qonunlarni biladigan bilimdon shaxsni yetishtirish - bu

ekologik tarbiya maqsadi.

Ekologiya (qadimgi yunoncha: οἶκος — „uy“, „turar joy“) — organizmdan har xil darajada

yuqori turadigan sistemalar; populyatsiyalar, biotsenozlar, biogeotsenozlar (ekosistemalar) va

biosferaning tuzilishi, ularda kechadigan jarayonlarni oʻrganadigan biologiya fanlari majmui.

Ekologiyani organizmlar va ular bilan atrof muhit oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni oʻrganadigan

fan sifatida ham talqin qilinadi.

Hozirgi vaqtda maktabgacha pedagogikaning muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan va

mamlakatdagi ko'plab maktabgacha ta'lim muassasalarida amalga oshirilmoqda. Deyarli barcha

zamonaviy kompleks, asosiy dasturlarda maktabgacha yoshdagi bolalarni ekologik tarbiyalash

bo'limlari yoritilgan, bir qator qo'shimcha dasturlar mavjud. Maktabgacha yoshdagi bolalarga

mehnat tarbiyasini berish ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash mehnatga bo’lgan qiziqishlarini

oshirish, kattalar yaratgan mehnat mahsulini e`zozlash, uning qadriga etish ruhida tarbiyalashni

bolalik davridan boshlashi lozim. Bolalarning mehnat tarbiyasi burchagida gulzorda, o’simliklar

va hayvonlarni parvarishlash jarayonida amalga oshiriladi. Mexnat tarbiyasi xar bir guruhning

yosh xususiyatini hisobga olgan xolda amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Kichik

guruhda mehnat tarbiyasini berishda bolalar tarbiyachi bilan birga xonadagi o’simliklarga suv

quyadilar, akvariumdagi baliqlarga ovqat beradilar, qushlarga don tashlaydilar, boqcha hovlisidagi

poliz ekinlarini yig’ib-terib olishda ishtirok etadilar. O’rta guruhda mehnat tarbiyasi biroz

murakkablashadi, bog’cha maydonchasidagi o’simliklarni o’zlari parvarish qiladilar. Tabiat

burchagidagi hayvonlarni o’zlari ovqatlantiradilar, parvarishlaydilar. Katta tayyorlov guruhlarda

amalga oshiriladigan mehnat tarbiyasi ham bir muncha o’ziga xosligi, murakkabligi bilan ajralib


background image


185

turadi. Bolalarning o’simliklarga bo’lgan munosabati, mehnat qilishlari jonli tabiatga, Vatanga

bo’lgan muhabbatni yanada oshiradi.

Hammangiz yaxshi bilasiz, xalqimiz azaldan tabiatni muqaddas deb bilgan. Tuproqni,

suvni, havoni, ostonasini pok saqlashga intilgan. Xalqimizda “Birni kessang, o‘nni ek” degan dono

maqol ham bejiz aytilmagan.

Oilada yangi farzand dunyoga kelsa, unga atab nihol ekilgan. Afsuski, mana shu ezgu

odatlar bugun deyarli yo‘qolib ketdi.

Bugun dunyo miqyosida texnika va texnologiya, sanoat yuqori darajada rivojlangan XXI

asrda ekologiya bilan bog‘liq muammolar birinchi darajali muammo sifatida kun tartibiga

chiqayotgani bejiz emas.Avlodlarimiz bizdan keyin ham munosib tabiiy muhitda yashashlari

uchun biz tabiatga mehr va e’tibor berishimiz, u bilan uyg‘un bo‘lib yashashimiz kerak.

Bu nima degani? Bu – tabiatni toza-ozoda tutish, yer va suv resurslarini, ekologik tizimni

asrash, daraxt ekib, bog‘ yaratish degani.Eng muhim masala – aholining ekologik madaniyatini

oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur.Bugun ko‘chaga yoki istalgan joyga qarang. Hamma

joyda odamlar tashlab ketgan chiqindilarni ko‘rasiz.

Biz ona yurtimizni muqaddas deymiz. Agar shu yurt, shu tuproq biz uchun muqaddas

bo‘lsa, nima uchun uni toza-ozoda saqlamaymiz?

Albatta, bunday muammolarni faqat ma’muriy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi. Bunga yosh

avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat, unga daxldorlik hissini tarbiyalash orqali erishish

mumkin. Mahallada, ko‘chalarda chiqindi tashlagan kishini ko‘rganda, “bu ishingiz noto‘g‘ri

bo‘ldi”, deydigan muhitni shakllantirishimiz, odamlarimizni bunga o‘rgatishimiz kerak. Bu –

hammamizning ishimiz va insoniy burchimizdir”.

Xulosa qilib aytganda, ekalogik tarbiya bugungi kunda muhim hisoblanadi. Chunki bizni

o’rab turgan tabiatni asrab avaylash har birimizning muqqaddas burchimizdir. Ayniqsa, ekalogik

tarbiyani bolalarga makdabgacha yoshidanoq o’rgatish yanada maqsadga muvofiqdir. Chunki

besh yoshgacha bola atrofdagi 70% narsa-hodisani o’zlashtiradi. Ekalogik tarbiyani, ayniqsa,

bolalarga mehnat, ta’lim berish va ekskursiya jarayonlarida o’rgatish yanada oson va qulay bo’ladi

.Shuni ham aytib o’tishh kerakki, tarbiya berish jarayonini tarbiyschi ota-onalar bilan hamkorlikda

olib borsa yanada yaxshi. Nega deganda bolalar asosiy tarbiyani oiladan va tashqi muhitdan

olishadi. Darhaqiqat, ekalogik tarbiyani bolajonlarga markazlardagi faoliyat orqali ham

tushuntirsa bo’ladi. Masalan, turli sahna ko’rinishlar, ertak va hikoyalar, multfilmlar orqali

tushuntirish bolalarning qabul qilishini yanada osonlashtiradi.


background image


186

REFERENCES

1.

https://daryo.uz/ “Aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh

qotirishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev

2.

F.SH.Qodirova ,N.Qayumova, M.A’zamova “maktabgacha pedagogika” “Tafakkur

“nashiryoti Toshkent-2019-yil

3.

SH.A.Sadikova “Maktabgacha pedagogika” “Tafakkur bo’stoni” nashryoti Toshkent-

2013-yil

4.

www.lex.uz.

5.

Ergasheva, B. (2022). TALABALARINING PEDAGOGIK MODERINIZATSIYA

SHAROITIDA KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and

innovation, 1(B7), 401-405.

6.

Barno, E. (2023). OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TALIM

MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI. Research Focus International Scientific

Journal, 2(3), 103-105.

References

https://daryo.uz/ “Aholining ekologik madaniyatini oshirish haqida jiddiy bosh qotirishimiz zarur” — Shavkat Mirziyoyev

F.SH.Qodirova ,N.Qayumova, M.A’zamova “maktabgacha pedagogika” “Tafakkur “nashiryoti Toshkent-2019-yil

SH.A.Sadikova “Maktabgacha pedagogika” “Tafakkur bo’stoni” nashryoti Toshkent-2013-yil

www.lex.uz.

Ergasheva, B. (2022). TALABALARINING PEDAGOGIK MODERINIZATSIYA SHAROITIDA KASBIY TAYYORGARLIGINI TAKOMILLASHTIRISH. Science and innovation, 1(B7), 401-405.

Barno, E. (2023). OʻZBEKISTONDA MAKTABGACHA TALIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY TIZIMI. Research Focus International Scientific Journal, 2(3), 103-105.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов