ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF MEMBERSHIP IN THE WORLD TRADE ORGANIZATION

HAC
Google Scholar
To share
Xolmirzayeva, S. . (2023). ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF MEMBERSHIP IN THE WORLD TRADE ORGANIZATION. Modern Science and Research, 2(10), 998–1000. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26384
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the analysis of expected results and possible economic problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade Organization.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

998

JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIKNING O’ZBEKISTON UCHUN AFZALLIK

VA KAMCHILIKLARI

Xolmirzayeva Shoxista Arziqul qizi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

“Xalqaro huquq” fakulteti magstranti

E-mail:

@xolmirzayeva shoxista.mail.ru

Telefon: +99890-443-84-40.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10250461

Annotatsiya.

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga

a’zo bo’lishi bilan bog’liq holda kutilayotgan natijalar va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy
muammolar tahlili bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

Jahon savdo tashkiloti, a’zolik, iqtisodiy o’sish, proteksionizm, o’zini -o’zini

himoya qilish.

ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF MEMBERSHIP IN THE WORLD

TRADE ORGANIZATION

Abstract.

This article describes the analysis of expected results and possible economic

problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade
Organization.

Key words

: World Trade Organization, membership, economic growth, protectionism, self-

defense.

ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ ЧЛЕНСТВА ВО ВСЕМИРНОЙ

ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ

Аннотация.

В данной статье описан анализ ожидаемых результатов и возможных

экономических проблем, связанных с членством Республики Узбекистан во Всемирной
торговой организации.

Ключевые слова:

Всемирная торговая организация, членство, экономический рост,

протекционизм, самооборона.

Aytish joizki, bugungi global dunyoda barcha davlatlar bir- birlari bilan savdo aloqalari

sabab uzviy bog’liq. Bu esa o’z navbatida mazkur munosabatlar asnosida yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga soluvchi samarali xalqaro mexanizmni talab etadi. Negaki, savdo aloqalari
davomida davlatlar o’rtasida muayyan holatlar yuzasidan turli xil kelishmovchiliklar va nizolar
yuzaga kelishi tabiiy, albatta. Ushbu zarurat natijasi o’laroq Jahon savdo Tashkiloti xalqaro doirada
savdo munosabatlari sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida yuzaga
keldi.

Ma’lumki, Jahon savdo tashkilotining asosiy vazifasi xalqaro savdoni leberallashtirish,

savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, davlatlarning iqtisodiy o’sishi va xalq faravonligini
oshirishdir. Xususan, Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarga xalqaro tijorat uchun cheksiz
imkoniyatlar eshigi hisoblanib, o’z navbatida u a’zo davlatlar oldiga muayyan talablar qo’yadi.
Bundan ko’zlangan maqsad esa jahon bozorida muvafaqqiyatli faoliyat yuritish, tovarlar va
xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga adolatli savdo tizimini
ta’minlashdir. Mazkur talablardan eng asosiysi a’zo bo’lgan mamlakatlar ichki bozorini


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

999

erkinlashtirishning qat’iy talabidir. O’z navbatida mazkur vazifani bajarish ham davlatlar uchun
oson bo’lmasdan aksincha aksariyat hollarda milliy sanoatning tanazzuli bilan yakun topadi.

Bilamizki, mamlakatimiz iqtisodiyoti erkin bozor tamoyillariga asoslangan davlat qurish

yo’lidan bormoqda. Bunda esa asosiy vazifa iqtisodiyotni leberallashtirish erkin raqobatni qaror
toptirishdir. Ammo, aytish joizki, yillar davomida iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida xususan
transport, avtomobil sanoatida hali hanuzgacha monopoliya saqlanib kelinayotganligi oddiy
xalqning noroziligiga sabab bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi globallashuv asrida bu kabi
noroziliklarni vaqtida oldi olinmasa bu o’zining salbiy natijasini ko’rsatishi muqarrar. Shu va
boshqa omillarni inobatga olgan holda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilishi
monopoliyaga barham berish barobarida bir qator o’zining ijobiy jihatlarini namoyon etadi.
Mazkur manfaatlarning eng dastlabkisi bu iqtisodiy manfaat bo’lib, davlatlararo munosabatlarda
hech bir to’siqlarsiz tovar ayrboshlashga erishiladi. Ikkinchidan, xalqimizning turmush
sharoitlarini yaxshilashga imkon beriladi va ularga sifatli mahsulot este’mol qilish imkoni beriladi.
Uchinchidan, mamlakat hududiga olib kirilgan chet el tovarlari hisobiga milliy mahsulotlar
tannarxi pasayishiga va o’z o’rnida arzon mahsulot istemol qilishga erishiladi. To’rtinchidan, chet
el investetsiyalarining kirib kelishi ortadi va investetsiya jozibadorligiga erishiladi. Beshinchidan,
eng asosiysi ishlab chiqarishning ortishi hisobiga yangi ish o’rinlari yaratiladi va aholining
bandligi ta’minlanadi. Xususan, ayni sharoitda mamlakatimiz hududida ish bilan band bo’lmagan
minglab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarda mehnat migranti sifatida faoliyat yuritmoqda. Va agar
ularning mehnat kapitali mamlakat hududidagi ishlab chiqarishga sarflanishiga erishilsa bu
iqtisodiyotimiz uchun ulkan o’sish bo’ladi.

Shu o’rinda aytish kerakki, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik mamlakatimiz iqtisodiyotiga

ijobiy ta’sir qilish barobarida muayyan cheklovlarni ham joriy etadi. Xususan, mazkur to’siqlar
sirasiga bojxona ta’riflarini pasaytirish bilan bog’liq holda davlat byudjetini zarar ko’rishi
shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini raqobat qila olmaslik va ularning
sinish xavfi va eng asosiysi bozor erkinligiga davlat aralashuvini butunlay tugatish bilan bog’liq
ijrosi va yakuni bosiq va vazmin siyosat yuritish talab etadigan murakkab yo’ldir. O’zbekiston esa
ayni shu yo’lni tanladi va yangi O’zbekistoning Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga qabul qilinishi
mamlakat oldida turgan eng asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Xususan, “O’zbekiston- 2030”
strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning farmonida ham
mamlakatimizning jahon savdo tashkilotiga to’laqonli a’zo bo’lishi mamlakatimiz oldida turgan
ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Mazkur farmonga muvofiq, milliy qonunchilikni va
huquqni qo’llash amaliyotini jahon savdo tashkilotining qoida, mayor va bitimlariga moslashtirish,
yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash, jahon savdo
tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bozorga kirish bo’yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a’zo
bo’lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish vazifalari qo’yilgan.

Xususan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar Xitoy, qo’shni Qozog’iston va

Qirg’iziston davlatlarining tashkilotga a’zo bo’lishi bilan bo’gliq holda ularning iqtisodiyotida
ro’y bergan o’zgarishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tashkilotga a’zolik davlatlar uchun agar ular
tashkilot norma va kelishuvlaridan to’g’ri foydalana olishsa faqatgina manfaatli bo’lishi
shubhasiz. Misol tariqasida birgina Xitoy xalq Respublikasini oladigan bo’lsak, u 2001 yilda
tashkilot a’zoligiga qabul qilinganidan beri uning mahsulotlari butun jahon bozorini egalladi va


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1000

shu orqali u iqtisodiyoti ulkan darajada yuksaltirishga erishdi. Shu o’rinda aytish kerakki, agar
mamlakatimiz ham Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish bo’g’liq muzokaralardan unumli
foydalanib, o’ziga maqbul va manfaatli shartlar asosida tashkilot azoligiga qabul qilinishga erishsa
iqtisodiyoti va kelgusi faoliyati uchun manfaatli bo’ladi.

Xulosa o’rnida aytish joizki, O’zbekistonning jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi

mamlakatimiz iqtisodiyotida keskin o’zgarishlarni amalga oshirishni hamda mazkur o’zgarishlar
zamirida yuzaga keladigan o’ta murakkab iqtisodiy vazifalarning oqilona yechimini topishni talab
etadi. Shunga qaramay, tashkilotga a’zo bo’lish iqtisodiyotda monopolist boshqaruvga chek
qo’yib, erkin raqobatga yo’l ochadi. Bunday dadil qadam esa yurtimiz kelajagi uchun istiqbolli
bo’lishi shubxasiz, albatta.


REFERENCES

1.

Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o’zgarishlar dinamikasi va
baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo’nalishlar, 2001 yil.2(95) , bet. 44-53;

2.

O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni. https:// lex.uz/docs/-6600413.
















References

Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o’zgarishlar dinamikasi va baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo’nalishlar, 2001 yil.2(95) , bet. 44-53;

O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. https:// lex.uz/docs/-6600413.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов