30-Sentabr, 2024-Yil
29
JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIKNING O’ZBEKISTON UCHUN AFZALLIK
VA KAMCHILIKLARI
Xolmirzayeva Shoxista Arziqul qizi
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi yakkabog’ tuman
Adliya bo’limi Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuristkonsulti.
E-mail:
@xolmirzayeva shoxista.mail.ru
Telefon: +99890-443-84-40.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13763390
Annotatsiya.
Ushbu tezisda O’zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo
bo’lishi bilan bog’liq holda kutilayotgan natijalar va yuzaga kelishi mumkin bo’lgan iqtisodiy
muammolar tahlili bayon qilingan.
Kalit so’zlar:
Jahon savdo tashkiloti, a’zolik, iqtisodiy o’sish, proteksionizm, o’zini -o’zini
himoya qilish.
ADVANTAGES AND DISADVANTAGES OF MEMBERSHIP IN THE WORLD
TRADE ORGANIZATION
Abstract.
This thesis describes the analysis of the expected results and possible economic
problems related to the membership of the Republic of Uzbekistan in the World Trade
Organization.
Key words:
World Trade Organization, membership, economic growth, protectionism, self-
defense.
ПРЕИМУЩЕСТВА И НЕДОСТАТКИ ЧЛЕНСТВА ВО ВСЕМИРНОЙ
ТОРГОВОЙ ОРГАНИЗАЦИИ
Аннотация.
В данной диссертации описаны ожидаемые результаты и возможные
экономические проблемы, связанные с членством Республики Узбекистан во Всемирной
торговой организации.
Ключевые слова:
Всемирная торговая организация, членство, экономический рост,
протекционизм, самооборона.
Aytish joizki, bugungi global dunyoda barcha davlatlar bir- birlari bilan savdo aloqalari
sabab uzviy bog’liq. Bu esa o’z navbatida mazkur munosabatlar asnosida yuzaga keladigan
munosabatlarni tartibga soluvchi samarali xalqaro mexanizmni talab etadi. Negaki, savdo aloqalari
davomida davlatlar o’rtasida muayyan holatlar yuzasidan turli xil kelishmovchiliklar va nizolar
yuzaga kelishi tabiiy albatta. Ushbu zarurat natijasi o’laroq Jahon savdo Tashkiloti xalqaro doirada
30-Sentabr, 2024-Yil
30
savdo munosabatlari sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida yuzaga
keldi. Ma’lumki, Jahon savdo tashkilotining asosiy vazifasi xalqaro savdoni leberallashtirish,
savdo bitimlarining odilligini ta’minlash, davlatlarning iqtisodiy o’sishi va xalq faravonligini
oshirishdir. Xususan, Jahon savdo tashkiloti a’zo davlatlarga xalqaro tijorat uchun cheksiz
imkoniyatlar eshigi hisoblanib, o’z navbatida u a’zo davlatlar oldiga muayyan talablar qo’yadi.
Mazkur talablardan eng asosiysi a’zo bo’lgan mamlakatlar ichki bozorini
erkinlashtirishning qat’iy talabidir. O’z navbatida mazkur vazifani bajarish ham davlatlar uchun
oson bo’lmasdan aksincha aksariyat hollarda milliy sanoatning tanazzuli bilan yakun topadi.
Bilamizki, mamlakatimiz iqtisodiyoti erkin bozor tamoyillariga asoslangan davlat qurish
yo’lidan bormoqda. Bunda esa asosiy vazifa iqtisodiyotni leberallashtirish erkin raqobatni qaror
toptirishdir. Ammo, aytish joizki, yillar davomida iqtisodiyotning ba’zi tarmoqlarida xususan
transport, avtomobil sanoatida hali hanuzgacha monopoliya saqlanib kelinayotganligi oddiy
xalqning noroziligiga sabab bo’lib kelmoqda. Ayniqsa, hozirgi globallashuv asrida bu kabi
noroziliklarni vaqtida oldi olinmasa bu o’zining salbiy natijasini ko’rsatishi muqarrar. Shu va
boshqa omillarni inobatga olgan holda mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga qo’shilishi
monopoliyaga barham berish barobarida bir qator o’zining ijobiy jihatlarini namoyon etadi.
Mazkur manfaatlarning eng dastlabkisi bu iqtisodiy manfaat bo’lib, davlatlararo
munosabatlarda hech bir to’siqlarsiz tovar ayrboshlashga erishiladi. Ikkinchidan, xalqimizning
turmush sharoitlarini yaxshilashga imkon beriladi va ularga sifatli mahsulot este’mol qilish imkoni
beriladi. Uchinchidan, mamlakat hududiga olib kirilgan chet el tovarlari hisobiga milliy
mahsulotlar tannarxi pasayishiga va o’z o’rnida arzon mahsulot istemol qilishga erishiladi.
To’rtinchidan, chet el investetsiyalarining kirib kelishi ortadi va investetsiya
jozibadorligiga erishiladi. Beshinchidan, eng asosiysi ishlab chiqarishning ortishi hisobiga yangi
ish o’rinlari yaratiladi va aholining bandligi ta’minlanadi. Xususan, ayni sharoitda mamlakatimiz
hududida ish bilan band bo’lmagan minglab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarda mehnat migranti
sifatida faoliyat yuritmoqda. Va agar ularning mehnat kapitali mamlakat hududidagi ishlab
chiqarishga sarflanishiga erishilsa bu iqtisodiyotimiz uchun ulkan o’sish bo’ladi.
Shu o’rinda aytish kerakki, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik mamlakatimiz iqtisodiyotiga
ijobiy ta’sir qilish barobarida muayyan cheklovlarni ham joriy etadi. Xususan, mazkur to’siqlar
sirasiga bojxona ta’riflarini pasaytirish bilan bog’liq holda davlat byudjetini zarar ko’rishi
shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlarini raqobat qila olmaslik va ularning
sinish xavfi va eng asosiysi bozor erkinligiga davlat aralashuvini butunlay tugatish bilan bog’liq
ijrosi va yakuni bosiq va vazmin siyosat yuritish talab etadigan murakkab yo’ldir. O’zbekiston esa
30-Sentabr, 2024-Yil
31
ayni shu yo’lni tanladi va yangi O’zbekistoning Jahon savdo tashkiloti a’zoligiga qabul qilinishi
mamlakat oldida turgan eng asosiy vazifa sifatida belgilab berildi. Xususan, “O’zbekiston- 2030”
strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentning farmonida ham
mamlakatimizning jahon savdo tashkilotiga to’laqonli a’zo bo’lishi mamlakatimiz oldida turgan
ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. Mazkur farmonga muvofiq, milliy qonunchilikni va
huquqni qo’llash amaliyotini jahon savdo tashkilotining qoida, mayor va bitimlariga moslashtirish,
yiliga kamida 10 ta xorijiy davlat bilan bozorga kirish muzokaralarini yakunlash, jahon savdo
tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bozorga kirish bo’yicha muzokaralarni tizimli olib borish va a’zo
bo’lish jarayonini samarali yakuniga yetkazish vazifalari qo’yilgan.
Xususan, Jahon savdo tashkilotiga a’zo davlatlar Xitoy, qo’shni Qozog’iston va
Qirg’iziston davlatlarining tashkilotga a’zo bo’lishi bilan bo’gliq holda ularning iqtisodiyotida
ro’y bergan o’zgarishlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tashkilotga a’zolik davlatlar uchun agar ular
tashkilot norma va kelishuvlaridan to’g’ri foydalana olishsa faqatgina manfaatli bo’lishi
shubhasiz. Misol tariqasida birgina Xitoy xalq Respublikasini oladigan bo’lsak, u 2001 yilda
tashkilot a’zoligiga qabul qilinganidan beri uning mahsulotlari butun jahon bozorini egalladi va
shu orqali u iqtisodiyoti ulkan darajada yuksaltirishga erishdi. Shu o’rinda aytish kerakki, agar
mamlakatimiz ham Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lish bo’g’liq muzokaralardan unumli
foydalanib, o’ziga maqbul va manfaatli shartlar asosida tashkilot azoligiga qabul qilinishga erishsa
iqtisodiyoti va kelgusi faoliyati uchun manfaatli bo’ladi.
Xulosa o’rnida aytish joizki, O’zbekistonning jahon savdo tashkilotiga a’zo bo’lishi
mamlakatimiz iqtisodiyotida keskin o’zgarishlarni amalga oshirishni hamda mazkur o’zgarishlar
zamirida yuzaga keladigan o’ta murakkab iqtisodiy vazifalarning oqilona yechimini topishni talab
etadi. Shunga qaramay, tashkilotga a’zo bo’lish iqtisodiyotda monopolist boshqaruvga chek
qo’yib, erkin raqobatga yo’l ochadi. Bunday dadil qadam esa yurtimiz kelajagi uchun istiqbolli
bo’lishi shubxasiz, albatta.
REFERENCES
1.
Ponkratova L.A., Chjao Xing. Xitoyning tashqi savdosi: tarkibiy o’zgarishlar dinamikasi va
baholash xususiyatlari. Milliy manfaatlar: ustuvor yo’nalishlar, 2001 yil.2(95), bet. 44-53;
2.
O’zbekiston – 2030” strategiyasi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmoni. https:// lex.uz/docs/-6600413
