USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING NATURAL SCIENCES

HAC
Google Scholar
To share
Raimqulova, Y. (2023). USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING NATURAL SCIENCES. Modern Science and Research, 2(12), 139–143. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/26627
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the aspects of improving the use of digital technologies in the teaching of natural sciences in primary grades of general secondary schools.

Similar Articles


background image


139

TABIIY FANLARNI OʻQITISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Raimqulova Yulduz Muhiddin qizi

Guliston davlat pedagogika insituti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10335550

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida

tabiiy fanlarni oʻqitishda raqamli texnologiyalardan foydalanishni takomillashtirish jihatlari

haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Tabiiy fan, individual yondashish, mediya, media savodxonligi treningni

individuallashtirish, ijodiy rolli o‘yinlar, tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi metodlar.

USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN TEACHING NATURAL SCIENCES

Abstract.

This article talks about the aspects of improving the use of digital technologies in

the teaching of natural sciences in primary grades of general secondary schools.

Key words:

Natural science, individual approach, media, media literacy, individualization

of training, creative role-playing games, methods of developing critical thinking.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ

ЕСТЕСТВЕННЫХ НАУК

Аннотация.

В данной статье говорится об аспектах совершенствования

использования цифровых технологий при преподавании естественных наук в начальных

классах общеобразовательных школ.

Ключевые

слова:

Естествознание,

индивидуальный

подход,

медиа,

медиаграмотность, индивидуализация обучения, творческие ролевые игры, методы

развития критического мышления.

Bugungi kunda tabiiy fan sifati va samaradorligini oshirishda kompyuter va axborot

texnologiyalarining

zamonaviy

texnologiyalaridan

samarali

foydalanish

asosiy

omil

hisoblanmoqda. “Multimediali darslar”dan foydalanish fizika va kimyo fanlari dars jarayonida

sifat va samaradorlikni oshirish imkonini beradi. Multimedia yoki raqamli o‘quv resurslari

o‘quvchilarga axborotni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlovchi turli xil media elementlaridan

foydalangan holda aqliy tasavvurlar bilan yaxshi munosabatda. bo‘lishga yordam beradi.

Ta`lim uchun multimediadan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, rasm va

so‘zlarni birlashtirishgan o‘quvchilarda faqat so‘zlardan foydalanadiganlarga qaraganda ko‘proq

ijobiy natijalar kuzatilgan.


background image


140

O‘quvchilari uchun o‘qitish va o‘rganish jarayonida multimedia qo‘llash vositalarining ba`zi

afzalliklari quyidagicha umumlashtiriladi:

1. Mavhum tushunchalarni aniq tarkibga aylantirish qobiliyati

2. Cheklangan vaqt ichida katta hajmdagi ma`lumotlarni kamroq harakat bilan taqdim etish

qobiliyati

3. Qobiliyatli o‘quvchilarning o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish

4. O‘qituvchiga o‘quvchilarning ta`limdagi pozitsiyasini bilish qobiliyatini beradi.

Multimedia vositalari pedagogik nuqtayi nazaridan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ta`lim-

tarbiya jarayoniga tatbiq etilishida kompyuter asosida yangicha yondashuv hisoblanadi. Shu

orqali, o‘quvchilarda ta`lim jarayonining samaradorlik darajasini oshirishda muhim vosita

hisoblanadi. Shu sababdan boshlang‘ich sinf darslarini o‘rganishda rivojlantiruvchi muammoli va

pedagogik texnologiyalarni asosiy jihatlarini o‘zida ifodalovchi

Insoniyatning tabiat qonunlari haqidagi bilimlarini, ilmiy asoslangan amaliy faoliyatlarini

bilish jarayonini ilm-fan taraqqiyoti belgilaydi. Nazariy bilimlar mazmun – mohiyatini anglashga

bo‘lgan ehtiyoj amaliyotda tug’iladi va ularning to‘g’riligi amaliyot orqali tekshiriladi hamda

tasdiqlanadi.

Bunday usullarning o‘ziga hos afzalligi shundaki, ular faqat o‘quvchi va o‘qituvchilarning

birgalikdagi faoliyat ko‘rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday hamkorlik jarayoni o‘ziga hos

xususiyatlarga ega. Ya’ni:

- o‘quvchilarning o‘quv jarayonida fanga bo‘lgan qiziqishlari doimiyligini ta’minlash;

- o‘quvchilarning dars davomida mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga imkon yaratish;

- o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini mustaqil holda har bir masalaga ijodiy

yondashgan holda bilimga ega bo‘lgan intilishlarini kuchaytirish;

Hozirgi davr o‘qituvchi va o‘quvchilari oldiga katta talablar qo‘ymoqda, bu talablarning eng

asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligi, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalariga,

maktablardagi turli xil o‘quv mashg’ulotlari, ularni tashkil qilinishi va u orqali o‘quvchilarni turli

bilim va ko‘nikmalarni egallab olishidir. Bugungi kunda ta’lim jarayonini to‘g’ri va samarali

tashkil etishda innovatsion texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy

kompyuterlarning o‘rni beqiyosdir.

Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika va videofilmlardan foydalanish dars

jarayonini yana-da qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida

ishlashi va har bir darsga «men bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni


background image


141

qiziqarli tashkil qila olaman» deya o‘ziga savol berishi ya’ni, an’anaviy ta’limdan qochib,

noan’anaviy ta’lim berishga intilishi lozim.

Ma’lumki, ta’lim bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyat turi bo‘lib, dars

orqali o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg’ulotlar vositasida o‘quvchilarga

yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib olishi natijasida undan foydalanish kompetensiyalariga

ega bo‘ladi. Yangi bilimlarni o‘rganish jarayonida esa o‘quvchilar o‘zlashtirishning turli

ko‘rinishlaridan foydalanishlari tabiiy hol masalan, ma’lumotlarni qabul qilish, ularni qayta

ishlash hamda amaliyotga tatbiq etish kabi jarayonlarda amalga oshadi. Hozirgi kunda

umumta’lim maktablarida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini

takomillashtirish, ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalar imkoniyatlaridan to‘laqonli

foydalanish eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi yetuk pedagog olimlar tomonidan e’tirof

etilganligi xech kimga sir emas.

Mamlakatimizdagi deyarli barcha umumta’lim maktablari zamonaviy kompyuter va

telekommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan. Bu esa, o‘z navbatida, boshlang’ich sinf

o‘qituvchilarning o‘z mehnat faoliyatlariga yangicha yondashuvlarini talab etadi. Boshlang’ich

sinf darslari o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etilishi, o‘qituvchini texnik vositalar

tomonidan siqib chiqishiga emas, balki yangicha yondashuv orqali uning vazifasi va rolini

o‘zgartirib, o‘qituvchilik faoliyatini yanada serqirra, ijodiy va kreativ yondashuvga asoslangan

kasbga aylantiradi.

Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish usuli ta`lim sohasi yo‘nalishlari

bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto, har bir oila multimedia

vositalarisiz, hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia

vositalari asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitish samarasi an`anaviy usulga qaraganda 2

barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30%

gacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib,olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi.

Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash

25-30% gacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, vedio va grafika

ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.[4]

Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil

qildik. Yuqoridagi fikrlarga xulosa qilib shuni aytish lozimki, boshlang‘ich ta`limning sifat va

samaradorligini rivojlantirishda o‘qituvchining kasbiy kompetentligi va o‘qimishlilik darajasi,

bolalar psixologiyasi, zamonaviy pedagogik axborot texnologiyalarini puxta bilishi muhim

ahamiyatga ega. Shu sababdan, hozirgi paytda pedagog va dastur tuzuvchisi mutaxassislarning


background image


142

birlashib, turli fanlardan multimedia darsliklari yaratish ta`lim samaradorligini oshirish uchun

kutilgan natijalarni berishini unutmasligimiz kerak.

REFERENCES

1.

2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha

rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF- 5712-sonli Farmoni

2.

Oʼzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

Oʼzbekiston

Respublikasi

Vazirlar

Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarni yanada rivojlantirishni

davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar

akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan

takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-4387-son qarori

3.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi

oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” PF-

5847-son Farmoni

4.

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE

DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY

SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf

5.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN

THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL

SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

6.

Karimova,

Sevara.

"CHARACTERISTICS

OF

NATURAL

TEACHING

METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and

socialsciences1.11(2021):737-740.

https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-

natural-teaching-methodologny.

7.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of

Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic

Teaching (EJLAT) April 2023.

8.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY

SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023.

– С. 43-45.

9.

Mamatova , . H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL

ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 2(9),

5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865


background image


143

10.

Pedagogik texnologiya. N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva. –T.: Chopon NMIU, 2012. 90-bet.

11.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M.,

To‘rayev A.B. – Toshkent: 2015. 168-bet.

12.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY

SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023.

– С. 43-45.

References

2019 yil 29 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida” PF- 5712-sonli Farmoni

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 iyuldagi “Matematika taʼlimi va fanlarni yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlash, shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari toʼgʼrisida” PQ-4387-son qarori

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida” PF- 5847-son Farmoni

Karimova S.S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. http://scientists.uz/uploads/202206/B-43.pdf

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova, Sevara. "CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY."Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and socialsciences1.11(2021):737-740. https://cyberleninka.ru/article/n/characteristics-of-natural-teaching-methodologny.

Karimova Sevara “Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students”In volume 19, of Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching (EJLAT) April 2023.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 43-45.

Mamatova , . H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 2(9), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865

Pedagogik texnologiya. N.X.Avliyakulov, N.N.Musaeva. –T.: Chopon NMIU, 2012. 90-bet.

Innovatsion ta’lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To‘rayev A.B. – Toshkent: 2015. 168-bet.

Qizi K. S. S. FORMATION OF NATURE AWARENESS SKILLS OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 43-45.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов