PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mamatova , . H., Karimova, S., & Mamayusupova, . Z. (2023). PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI. Modern Science and Research, 2(9), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/23865
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

To sum up, Farhod's image of educating a perfect person is skillfully described. We, students, play an important role in educating young people. Our future is in the hands of young people, so paying special attention to the education of our children is our highest duty.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA PEDAGOGIK TAHLIL

Mamatova Hilola

GulDPI dotsent (PHD)

Karimova Sevara

GulDU 2-kurs tayanch doktoranti

Mamayusupova Zarema

GulDPI I-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8321490

Annotatsiya.

Xulosa qilib aytganimizda Farhod timsolida komil insonni tarbiyalash

mohirlik bilan tasvirlangan.Biz o'quvchi yoshlarni tarbiyalashda muhim vosita vazifasini
bajaradi.Bizning kelajagimiz yoshlar qo'lidadir,shuning uchun farzandlarimizning tarbiyasiga
alohida e'tibor berish,bizning eng oliy vazifamiz hisoblanadi.

Kalit so'zlar:

Alisher Navoiy, komil inson, ta'lim va tarbiya,ishq,doston.

PEDAGOGICAL ANALYSIS IN THE WORKS OF ALISHER NAVOI

Abstract.

To sum up, Farhod's image of educating a perfect person is skillfully described.

We, students, play an important role in educating young people. Our future is in the hands of
young people, so paying special attention to the education of our children is our highest duty.

Key words:

Alisher Navoi, perfect person, education and upbringing, love, saga.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ В ТВОРЧЕСТВЕ АЛИШЕРА НАВОИ

Аннотация.

Подводя итог,воспитание совершенного человека умело изображено в

образе Фархада.Мы,студенты,играем важную роль в воспитании молодежи.Наше
будущее находится в руках молодых людей,поэтому уделяем особое внимание образование
наших детей – наш высший долг.

Ключевые слова:

Алишер Навои, совершенный человек, воспитание и воспитание,

любовь, эпос.


O'zbek turkiy va forsiy til va adabiyotining yirik namoyondasi, adab ilmining sultoni, buyuk

mutafakkir beqiyos qalam egasi Mir Alisher Navoly komil inson hamda g'azal mulkining
sultonidir.O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Andug'aniyevich Karimov ta'biri
bilan aytganda,

1

"Agar bu ulug zotni avliyo desak, avliyolamning avliyosi, mutafakkir desak

mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlaming sultonidir deb ta'riflagan.Chindan ham
Alisher Navoiy chinakam buyuk mutafakkir va o'chmas, unutilmas shoirdir.Alisher Navoiy
nafaqat, turkly, forsiy til va adabiyotining balki jahon adabiyoti xazinasini boyitgan buyuk allora
hisoblanadi. E. Bertelsning ta'biricha

2

Alisher Navoiyni bilish uchun uning kutubxonasidan to'la

boxabar bo'lish kerak-deya ta'kidlaydi. Haqiqatdan ham, Navoiyning asarlarini o'rganganimiz sari,
Navoiyning ijodiga shunchalik qiziqib, ilm-ma'rifat olamiga shungib boramiz Navoiyni qanchalik
ko'p o'qisak, o'rgansak, u haqida shunchalik kam maʼlumotga ega ekanligimizni anglaymiz...

Alisher Navoiyning adabiy merosi, so'nmas asarlari, biz uchun bitmas-tuganmas ilm-

ma'rifat, ta'lim va tarbiya xazinasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Navoiyning shoh asari
boʻlgan "Xamsa bunga yaqqol misoldir. "Xamsa asari 1483-1485-yillarda yozilgan boʻlib,u o'z
ichiga besh dostonni qamrab olgan Ular quyidagilar: "Hayrat ul-abror","Farhod va Shirin", "Layli
va Majnun" "Sab'ayi sayyor", "Saddi Iskandary" "Xamsa" asari har jihatdan yetuk asardir. "Xamsa
Navoiy tafakkurining mahsuli, insonni to'g'ri yo'lga boshlovchi, insonni komil inson qilib


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan "Xamsa"ning birinchi dostoni, Hayrat ul-abror
falsafiy ta'limiy, tarbiyaviy va axloqiy doston hisoblanadi. Uning birinchi maqolati lymon haqida.
Maqolatning birinchi baytidanoq adib iymonning inson hayoti, insoniylik mohiyatida tutgan
o'mini belgilab beradi..

“ Kimki jahon ahlida inson erur “. Bilki nishoni anga Iymon erur ”

3

.

Ya'ni shoir kim bu dunyoda inson deb atalibdi, uning insoniylik belgisi iymondir deya

ta'kidlaydi lymoni yo'q odamni odamn deb hisoblamaydi. Haqiqatdan ham iymonsiz inson h
kabidir. Uning iymonsizligiga sabab ilmsizligi axloqsizligidir. “Hayrat ul-abror “ dostoni
hukmdorlarga bag'ishlangan “Salotin bob”da nomli uchinchi maqolatida buyuk mutafakkiming
adolat haqidagi qarashlari o'rganiladi.Maqolatda adibning tenglik, ozodlik, adolatli davlat va
jamiyat borasidagi qarashlari o'z ifodasini topgan. Alisher Navoiy ushbu bobda bo'lajak shohlarni,
jamiyat rahbarlarini odil, oqil, adolatli bo'lishga, davlatda tinchlik va tenglikni saqlashga, el-yurt
uchun, xalq uchun qayg'urishga, uning g'amini o'z g'amidek ko'rishga undaydi, va bu orqali
bo'lajak davlat rahbarlarini tarbiyalaydi. Chunki davlat rahbari insoniylik, ilm-ma'rifat, ta'lim va
tarbiya, jihatlari bilan xalqqa o'rnak bo'lishi lozim. Ushbu ibratli fikrlar, o'gitlar bugungi
jamiyatimizning bo'lajak davlat rahbarlarini tarbiyalashda, ularni har tomonlama yetuk inson bo'lib
yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi Zeroki xalqni doim o'ylagan uning dardi bilan yashagan
davlat rahbarini xalq ham ulug'laydi e'zozlaydi. Bugungi kunda ham jamiyatimizda bo'lajak davlat
rahbarlarini tarbiyalashda dolzarb muammolarga duch kelamiz Alisher Navoiyning ushbu dostoni
bugungi zamonamizni tarbiyalashda muhim vositadir...

Alisher Navoiy “Xamsa“ sining ikkinchi dostoni bo'lgan Farhod va Shirin dostoni haqida

so'z yuritamiz. "Farhod va Shirin dostoni 54 bob va 5782 baytdan iborat Adib bu dostonni Shavq
dostoni deb ataydi. Chunki unda ishq kuylanadi ishq talqin qilinadi.Bu shunday ishqki, u insonni
poklayd) ezgulik sari yetaklaydi, unga o'zligini tanitadi, unda komillik sifatlarini, komil insonni
tarbiyaladı Dostonda asosiy g'oya komil inson g'oyasi ilgari suriladi. Bunda Farhod komil inson
deya ta'riflanadi.Dostonning asosiy voqealari ovozasi olamni tutgan, qudrat-u davlatda tengsiz,
Chin xoqonining farzandsizligi va bundan uning iztirobga tushganligi bilan boshlanadi.Uning
yagona orzusi farzandli bo'lish edi. Olloh taolo unga o'g'il farzand ato etdi. Chin xoqoni Farhod
deb ism qo'ydi. Otasi uning yetuk inson bo'lishi uchun ta'lim-tarbiyasiga alohida e'tibor qaratadi.
Natijada Farhod ta'limning dastlabki uch oyida butkul savodi chiqadi,bir yilda Qur'oni karimni
yod oldi. Farhodning har tomonlama aql zakovatli, yetuk inson bo'lib o'sishida uning tarbiyachi
ustozi Mulkoroning o'mi beqiyosdir Farhod Shirin ismli qizga oshiq bo'ladi. Shiringa yetishish
uchun barcha qiyinchiliklarni sabr-matonat bilan yengishga harakat qiladi Chin xoqoni Farhodning
ishq dardidan qiynalganini ko'rib, uning ko'nglini olish uchun to'rt fasiga moslab, to'rt qasrni
qurdirishga farmon beradi. Qurilish uchun Xitoyning mashhur me'mori Boniy, naqqoshi Moniy,
tosh yo'nuvchi Qoran qurilishga jalb etiladilar. Farhod qurilish bo'layotgan yerga borib, mashhur
quruvchilar ustalarning ishlarini ko'rib, ularga shogirdlikka tushishga qaror qiladi.Bu quruvchi
ustalar buyuk kasb egalari, o'z hunarlarini mislsiz san'at darajasiga yetkazgan kishilar edi. Boniy,
Moniy, Qoran Farhodning haqiqiy ustozlari edi. Farhod ustozlari o'rgatgan hunarni mukammal
egallashga harakat qiladi.

Dostonda Farhod o'z sevgisiga yetishish uchun ko'p qiyinchiliklarni boshdan kechiradi

barcha to'siqlarni yengib o'tadi,o'z nafsini tiyishni o'rganadi. Shu orqali komil inson sifatlarini
o'zida mujassam qiladi. Farhodning komil inson darajasiga erishishida avvalo, uning otasi Chin


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

mamlakatining hukmdorining o'mi beqiyosdir.Chunki u o'z farzandini yoshligidan to'g'ni
tarbiyalashga, ilm-ma'rifatli qilishga, chiniqtirishga harakat qiladi.Farhodni hunar egallashida
unga buyuk ustozlik vazifasini bajar Xitoy hunarmandlari Boniy, Moniy, Qoran kabi ustozlaming
hissasi kattadir Ular Farhodga o'rgatibgina qolmay, Farhodni har bir ishda sabrli, chidamli,
qat'iyatli bo`lishni o'rgatishgan. Xulosa qilib aytganimizda bu hayotda har bir insonga ustoz kerak.
Chunki usto inson hayot yo'llarida murakkab qiyinchiliklarga jarayonlarga duch keladi. Insonni
to'g'ri yo'lga boshlovchi, unga ta'lim va tarbiya beruvchi bu ustozdir. Bunday ulug' nomga erishish
mushkul va mashaqqatli vazifadir.

REFERENCES

1.

Sultonmurod OLIM “ Naqshband va Navoiy “. Toshkent nashriyoti 3-bet.

2.

9-sinf Adabiyoti Darslik 2019-yil Toshkent O'ZBEKISTON NMIU 2019.53-56-57-60-bet

3.

ISLOM KARIMOV “ YUKSAK MA'NAVIYAT, YENGILMAS KUCH” asari 30-bet.

4.

Myxiddinovna M. H. METHODS OF TEACHING ENGLISH BASED ON CREATIVE
THINKING //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т.
1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.

5.

Mamatova K. THE POTENTIAL OF THE LEADER IN MANAGING THE
EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С.
180-183.

6.

Mamatova K. M. Creative Techniques, Methods and Trends in English Language Teaching
//Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 2.

7.

MAMATOVA K. CREATIVE APPROACH TO TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN
LANGUAGE //O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2019,[1/3] ISSN
2181-7324.

8.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills
Of Primary School Students.

Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching

,

19

, 183-

187.

9.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE
WITH THE WORLD.

American Journal of Applied Science and Technology

,

3

(06), 09-14.

10.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of
Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. –
Т. 19. – С. 183-187.

11.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH
THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №.
06. – С. 09-14.

12.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN
THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL
SECONDARY SCHOOLS.

Science and innovation

,

1

(B6), 214-218.

13.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE
DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY
SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

14.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY
//Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. –
№. 11. – С. 737-740.

15.

Karimova, S., & Ashurova, M. (2023). TYPES OF EDUCATION. Modern Science and
Research, 2(8),

161–163.

Retrieved

from

https://inlibrary.uz/index.php/science-

research/article/view/22537

16.

Mamatova, X., Karimova, S., & Turgʻunboyeva, M. (2023). EDUCATION IS
UPBRINGING, KNOWLEDGE IS SALVATION. Modern Science and Research, 2(8), 164–
166. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22538


References

Sultonmurod OLIM “ Naqshband va Navoiy “. Toshkent nashriyoti 3-bet.

9-sinf Adabiyoti Darslik 2019-yil Toshkent O'ZBEKISTON NMIU 2019.53-56-57-60-bet

ISLOM KARIMOV “ YUKSAK MA'NAVIYAT, YENGILMAS KUCH” asari 30-bet.

Myxiddinovna M. H. METHODS OF TEACHING ENGLISH BASED ON CREATIVE THINKING //Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. – 2021. – Т. 1. – №. 1.5 Pedagogical sciences.

Mamatova K. THE POTENTIAL OF THE LEADER IN MANAGING THE EDUCATIONAL INSTITUTIONS //Science and innovation. – 2023. – Т. 2. – №. B5. – С. 180-183.

Mamatova K. M. Creative Techniques, Methods and Trends in English Language Teaching //Eastern European Scientific Journal. – 2018. – №. 2.

MAMATOVA K. CREATIVE APPROACH TO TEACHING ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE //O ‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI XABARLARI, 2019,[1/3] ISSN 2181-7324.

Shahriddinоvna, K. S. (2023). Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 19, 183-187.

Shahriddinovna, K. S. (2023). INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD. American Journal of Applied Science and Technology, 3(06), 09-14.

Shahriddinоvna K. S. Didactic Features Of Development Of Nature Perception Skills Of Primary School Students //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. – 2023. – Т. 19. – С. 183-187.

Shahriddinovna K. S. INTRODUCING CHILDREN OF PRIMARY SCHOOL AGE WITH THE WORLD //American Journal of Applied Science and Technology. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 09-14.

Karimova, S. (2022). THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS. Science and innovation, 1(B6), 214-218.

Karimova S. THE ROLE AND IMPORTANCE OF" NATURAL SCIENCES" IN THE DEVELOPMENT OF UNDERSTANDING OF NATURE IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B6. – С. 214-218.

Karimova S. CHARACTERISTICS OF NATURAL TEACHING METHODOLOGНY //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2021. – Т. 1. – №. 11. – С. 737-740.

Karimova, S., & Ashurova, M. (2023). TYPES OF EDUCATION. Modern Science and Research, 2(8), 161–163. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22537

Mamatova, X., Karimova, S., & Turgʻunboyeva, M. (2023). EDUCATION IS UPBRINGING, KNOWLEDGE IS SALVATION. Modern Science and Research, 2(8), 164–166. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22538

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов