EFFICIENCY IN THE INTEGRATION OF ELEMENTARY CLASSES.

HAC
Google Scholar
To share
Yusufaliyeva, G. (2023). EFFICIENCY IN THE INTEGRATION OF ELEMENTARY CLASSES. Modern Science and Research, 2(12), 247–250. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27201
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, the development of the theory of integration in the educational process is important for the development of scientific pedagogical concepts in order to achieve efficiency in the integration of primary school lessons. Based on the specific goals of the integrated process, i.e., interdisciplinary communication, the characteristic features of the lessons and the requirements for them are revealed.

Similar Articles


background image

247

BOSHLANG‘ICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASHDA

SAMARADORLIK.

Yusufaliyeva Gulnora Abduraxmonovna

Guliston davlat pedagogika instituti

Pedagogika kafedrasi o‘qituvchisi

gulnora@gmail.com

Anontatsiya.

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslarini integratsiyalashda

samaradorlikka erishish uchun ta’lim jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti
ilmiy pedagogik tushunchalar rivoji uchun muhim ahamiyatga eganilgi hususida fikr yuritilgan.
Integratsiyalashgan jarayonni ya’ni fanlararo aloqaning o‘ziga xos maqsadlaridan kelib
chiqqan holda darslarning harakterli xususiyatlari va ularga qo‘yiladigan talablar mavjudligi
ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

integratsiyalash, ilmiy pedagogik tushunchalar, uyg‘unlashtirish, ta’lim,

tarbiya, bilim, ko‘nikma.

EFFICIENCY IN THE INTEGRATION OF ELEMENTARY CLASSES.

Abstract.

In this article, the development of the theory of integration in the educational

process is important for the development of scientific pedagogical concepts in order to achieve
efficiency in the integration of primary school lessons. Based on the specific goals of the
integrated process, i.e., interdisciplinary communication, the characteristic features of the
lessons and the requirements for them are revealed.

Key words:

integration, scientific pedagogical concepts, harmonization, education,

training, knowledge, skills.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ В ИНТЕГРАЦИИ УРОКОВ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ.

Аннотация.

В данной статье развитие теории интеграции в образовательном

процессе имеет важное значение для разработки научно-педагогических концепций с
целью достижения эффективности интеграции уроков начальной школы. Исходя из
конкретных целей интегрированного процесса, т. е. межпредметной коммуникации,
выявляются характерные особенности уроков и требования к ним.

Ключевые слова:

интеграция, научно-педагогические концепции, гармонизация,

образование, подготовка, знания, умения.


background image

248

Inson o‘z hayotida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy munosabatlarga kirishishi,

jamiyatda o‘z o‘rnini egallashi, duch keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng
muhimi o‘z sohasi, kasbi bo‘yicha raqobatbardosh bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan bilimlarga ega
bo‘lishi lozim. Ta’limning istiqbolini belgilash uchun buyuk ajdodlarimizning bolalarga ta’lim-
tarbiya berish borasidagi fikrlarini o‘rganish muhimdir. O‘tmishda yashab o‘tgan barcha
allomalarimiz qarashlarida ta’lim-tarbiya hamohang tarzda olib borilishi va bunda o‘qituvchi o‘z
xulq-atvori, muomala madaniyati, bilimdonligi bilan bolalarga namuna bo‘lishi lozimligi
ko‘rsatiladi. Albatta, har bir murabbiyning yurish-turishi, so‘zlash madaniyatiga qarab ilm
oluvchining ichki e’tiqodi shakllanishi va bu esa o‘z navbatida, o‘quvchilar xulq-atvoriga ta’sir
etishi mumkin. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy - axloqiy tarbiyalashga texnologik
yondashuv integratsiyalashgan darslarni paydo bo‘lishiga asos bo‘ldi. Masalan: fanlarning
ko‘payishi, o‘quv fanlari ko‘paygan sari o‘quvchilarga taqdim etiladigan bilimlar manbaining
maydalashib ketishi, o‘quv rejasida takror materiallar sonining ortib ketishi, o‘quvchining
ijtimoiy tajribasiga kirmay qolayotgan bilimlarning ko‘payib borishi shular jumlasidandir.

O‘qitish jarayonida integratsiyani qo‘llash nazariyasi taraqqiyoti ilmiy pedagogik

tushunchalar rivoji uchun muhim ahamiyatga ega. Integratsiya differentsiya bilan uzviy
bog‘liqdir.

Bu uzviylik o‘quvchilarda olayotgan bilimlarini anglashga bo‘lgan intilishlari tizimini

barpo qilishlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Integratsiya jarayonini boshlang‘ich ta’limda joriy
etish turli murakkabliklarga ega. Chunki integratsiyalash yuqori sinflarda ancha qulay kechadi.
Lekin boshlang‘ich sinflarda qo‘llashning o‘ziga xos murakkabliklari mavjud.

O‘quv materialining ma’naviy yig‘indisini tuzish usullari eslab qolish qobiliyatining

muhim xususiyatlaridan biridir va ma’noli tayanch nuqtalarini ajratib, asosiy ma’noni nisbatan
bilgan narsalariga asosan o‘zlashtiradi. Bundan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. Bir fanga
oid bilimlarni o‘rganish usullarini egallash ikkinchi fanni o‘zlashtirganda o‘quvchining analitik -
sintetik faoliyatini katta maqsadga yo‘naltirilgan masalalarni yechim xususiyatlariga qaratiladi
va nihoyat umumiy hamda alohida turgan masalalarni amalga oshirish, o‘qitishning hamma
murakkab masalalarini yechishga imkon bermaydi. Shuning uchun har bir o‘qituvchining faol
ishi falararo aloqalarni kuchaytirish, kengaytirish va chuqurlashtirishdan, o‘quvchilarni o‘qitish
va tarbiya qilishni uyg‘unlashtirishning yechimini topish muhim yo‘nalishlardan biri bo‘ladi va
ulardan dialektik shakldagi fikrlashni shakllantirishga erishish lozim. Integratsiyani quyi
sinflarda o‘zlashtirishni faollashtirish vositasi deya olamiz.


background image

249

Mamlakatimizda

ta’lim

jarayonida

pedagogik

texnologiyalarni

qo‘llanishi,

mashg‘ulotlarning rang-barang qiziqarli tarzda tashkil etilishiga olib kelishi bilan birga o‘quv
materialining chuqur o‘zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratadi. Ma’lumki, darsni
o‘tishda, ayniqsa, unga ijodiy yondashishda ta’limiy, tarbiyaviy axborotli rivojlantiruvchi
maqsadlar amalga oshiriladi. Har bir o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini olib borishda o‘z
faoliyatini tahlil qila bilish va shu asosida tegishli xulosa chiqara olishga erishish kerak. Agarda
o‘qituvchi o‘zi o‘tkazayotgan mashg‘ulotlarning samaradorligini baholay olmasa, u holda yo‘l
qo‘ygan kamchiliklarini ham sezmaydi va uning faoliyatida ijodiy yondashuv amalga oshmaydi.

Zamonaviy o‘qituvchi uchun yangi texnologiyaga asoslangan integratsion dars o‘tish,

ijodiy faoliyat sari qadam qo‘yilganligini ifoda etadi. shu bilan birga ta’lim sifati va
mo‘ljallangan natijalarga erishish uchun integratsiyalangan texnologiyalar orqali quyidagi
vazifalarni bajarish majburiyati turadi.

- ta’lim tizimida o‘quvchi nimani bilishi, bajara olishi va u qanday shaxsiy xususiyatlarga

ega bo‘lishi zarur ekanligi haqida axborot mavjud bo‘lshi zarur.

- o‘quvchi o‘quv fanlari bo‘yicha berilayotgan bilimlarni xotirasida saqlabgina qolmay,

balki shu asosda o‘z tafakkurini tizimli ravishda rivojlantirib borishi zarur;

- ijodiy o‘quv faoliyati muhitini yaratish lozim: ushbu faoliyatga faqat ma’ro‘z a asosida

emas, balki harakat maqsadli yo‘naltirilgan jarayon va ularning natijasida olinadigan mahsulotga
ega bo‘lish orqali erishiladi;

- ta’lim tizimi ishonchli tashxis, o‘quvchining bilimini ob’yektiv nazorat qilish va baholash

mezonlariga ega bo‘lishi kerak.

O‘qituvchining dars jarayonida integratsiyalashgan texnologiyalarni qo‘llashdagi ta’lim

samaradorligini aniqlash ta’limni to‘g‘ri olib borayotganligini baholashda muhim omil bo‘lib
hisoblanadi. Integratsiyalashtirish natijasida tejab qolingan vaqt mobaynida darslikdan tashqari
ma’lumotlar berishimiz mumkin bo‘ladi. Masalan oqish darsi bilan odobnoma darsini
integtasiyalashtirish jarayonida har ikkala fanga tegishli bo‘lgan savol bilan murojaat qilamiz,
natijada o‘quvchi ikkala fandan ham o‘tganlarini takrorlab oladi va qo‘shimcha o‘zi bilganlarini
ham ifoda etadi. Bunday maqsadni amalga oshirihda bizga interaktiv metodlarimiz yordam
beradi.

Qoyilayotgan muammo har ikkala darsga taaluqli bo‘lishi lozim. Darsda integratsion

texnologiyani qo‘llash jarayonida foydalaniladigan metod va vositalarning xilma-xil bo‘lishini
ta’minlash integratsiyalashgan darslarni yanada qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Darslarning sifat
samaradorligi oshadi. Texnologiyalar asosida amalga oshiriladigan dars, ma’lum maqsadlarga


background image

250

asosan amalga oshirilishi zarur. Integratsiyalashgan jarayonni ya’ni fanlararo aloqaning o‘ziga
xos maqsadlaridan kelib chiqqan holda darslarning harakterli xususiyatlari va ularga
qo‘yiladigan talablar mavjud.

Dars-bevosita o‘qituvchining rahbarligida o‘quvchilar guruhi bilan olib boriladigan

ta’lim-tarbiya jarayoni bo‘lib, ayniqsa boshlang‘ich sinflarda o‘quv ishining asosini tashkil etadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni amalga oshirish, o‘z navbatida, bir qator tashkiliy chora-

tadbirlarni amalga oshirilishini taqozo etadi. O‘qituvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rishi bilan
birgalikda, uni amalga oshirish uchun qanday dars turi va uslublardan foydalanishini aniq bilish
lozim. Albatta o‘qituvchi dars o‘tishda turli xil shakl va uslublardan foydalanadi, ularni to‘g‘ri
qo‘llash esa darsning sifatini oshiradi. Har bir fanlararo aloqador dars o‘quvchilarga ma’lum
miqdorda bilim-tasavvur va tushunchalar beradi. Demak, o‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘ra
turib, avvalo maqsadni aniq belgilab olish, shunga ko‘ra darsning mazmunini belgilab, asosiy
savollarni ajratib olish kerak bo‘ladi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflardagi o‘qish, tabiat, odobnoma
va boshqa fanlarning matnlari mazmunini gapirib berish bilan chegaralanmaslik talab etiladi.

O‘qituvchi har bir darsning mazmunini aniqlashda fanning o‘zi, fanlararo aloqalar

hisobga olinishi darkor. O‘qituvchi darsning maqsadini aniqlagach unda qanday tasavvurlar va
tushunchalar o‘z aksini topishini, o‘quvchilar ushbu darsda qanday malaka va ko‘nikmalarga ega
bo‘lishi kerakligini belgilab olishi zarur. Ta’lim-tarbiya jarayoniga integratsiyalashgan
texnologiyalarni qo‘llash avvalo pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va
demokratizatsiyalashni qo‘llashni talab etadi. Chunki o‘quv jarayonini amalga oshirmay turib
qo‘llangan har qanday texnologiya kutilgan samara bermaydi.

REFERENCES

1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: “Nasaf”. 2000.-80 b.
2. Yo’ldoshev J. Xorijda ta'lim. Integratsiyalashgan va maxsus kurslar.-T.: «Sharq» 1995.
3. O’.Asqarova. G.Egamberdieva. Boshlang’ich ta'limda integratsiya. Namangan -2007 y.
4. R.A. Mavlonova, N. H. Rahmonqulova Boshlang’ich ta'limning integratsiyalashgan

pedagogika – T.; “Ilm Ziyo”. -2009 y.

References

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: “Nasaf”. 2000.-80 b.

Yo’ldoshev J. Xorijda ta'lim. Integratsiyalashgan va maxsus kurslar.-T.: «Sharq» 1995.

O’.Asqarova. G.Egamberdieva. Boshlang’ich ta'limda integratsiya. Namangan -2007 y.

R.A. Mavlonova, N. H. Rahmonqulova Boshlang’ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogika – T.; “Ilm Ziyo”. -2009 y.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов