THOUGHTS ON EDUCATION AND MORALS IN THE WORK OF ABDULLA AVLONI "TURKISH GULISTAN OR MORALITY".

HAC
Google Scholar
To share
Zayniddinova, S. (2023). THOUGHTS ON EDUCATION AND MORALS IN THE WORK OF ABDULLA AVLONI "TURKISH GULISTAN OR MORALITY". Modern Science and Research, 2(12), 1124–1127. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27424
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article describes the role of enlightenment in the social activities and social views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and educational education presented in his work “Turkiy Guliston yoxud axloq” education and education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual, enlightened, and perfect.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1124

ABDULLA AVLONIYNING “TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ” ASARIDA

TARBIYA VA ODOB AXLOQ HAQIDAGI FIKRLAR

Zayniddinova Sevinch Jaloliddin qizi

Nizomiy nomidagi TDPUProfessional ta’lim fakulteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yoʻnalishi

202-bosqich talabasi

e-mail:

szayniddinova199@gmail.com

Telefon: +99895 0119904

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429297

Annotatsiya. Ushbu maqola atoqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniyning ijtimoiy

faoliyati va ijtimoiy qarashlarida ma’rifatparvarlikning o‘rni, shuningdek, uning “Turkiy Guliston
yoxud axloq” asarida keltirilgan ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga oid qarashlari, ta’lim-tarbiyaning
millat ma’naviyati, ma’rifatini yuksaltirishdagi ahamiyati va kelajak avlodni, millatni
ma’naviyatli, ma’rifatli, komil qilib tarbiyash kabi masalalarning qisqacha tahliliga
bag‘ishlanadi.

Kalit so‘z: Pedagogika, ta’lim-tarbiya, axloq, ma’rifatparvarlik, jadidchilik, yangi usul

maktablari.

THOUGHTS ON EDUCATION AND MORALS IN THE WORK OF ABDULLA

AVLONI "TURKISH GULISTAN OR MORALITY".

Abstract. This article describes the role of enlightenment in the social activities and social

views of the famous enlightened writer Abdulla Avloni, as well as his views on spiritual and
educational education presented in his work “Turkiy Guliston yoxud axloq” education and
education in the nation. It will be devoted to a brief analysis of issues such as the importance of
raising spirituality and enlightenment and raising the future generation, the nation, to be spiritual,
enlightened, and perfect.

Keywords: Pedagogy, education, ethics, enlightenment, modernism, new method schools.

МЫСЛИ ОБ ОБРАЗОВАНИИ И НРАВСТВЕННОСТИ В ПРОИЗВЕДЕНИИ

АБДУЛЛЫ АВЛОНИ «ТУРЕЦКИЙ ГУЛИСТАН ИЛИ МОРАЛЬ».

Аннотация. В данной статье описывается роль просветительства в

общественной деятельности и общественных взглядах известного писателя-
просветителя Абдуллы Авлони, а также его взгляды на духовно-просветительское
воспитание, изложенные в его труде «Турецкий Гулистан или Нравственность»,
воспитание и воспитание в нации. Он будет посвящен краткому анализу таких вопросов,
как важность повышения духовности и просвещения, воспитания будущего поколения,
нации духовными, просвещенными и совершенными.

Ключевые слова: Педагогика, образование, нравственность, просвещение,

модернизация, школы нового метода.

Ma’lumki, inson barkamolligi uning tashqi ko‘rinishiga qarab emas, balki uning ma’naviy

dunyosiga qarab belgilanadi. Jamiyatning ravnaqi va kelajagi ana shu jamiyatda yashovchilarning
ma’naviy kamolotiga bog‘liq.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1125

Zero, ma’naviy qashshoq insonlar bilan kelajagi porloq jamiyat qurib bo‘lmasligi hayot

haqiqatidir. Barkamol insonni tarbiyalash vazifasi esa muayyan darajada maktab zimmasiga
yuklatilgan. Demak, ertangi kun egalari bo‘lmish farzandlarimiz kamoloti ana shu ilm maskani
bilan bog‘liq. Bas, shunday ekan, butun e’tiborimizni maktabda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya
ishiga qaratmog‘imiz lozim. Bu esa, asosan, tarbiyachi-murabbiyga, u olib borayotgan tarbiyaviy
ish samaradorligiga bog‘liq. Odamlar o‘rtasida mehr-oqibat, haqiqiy insoniy munosabatlarni qaror
toptirishda sinf tarbiyaviy soatlari xushaxloqlik tarbiyasi saboqlari – katta ahamiyatga ega. Zero,
yaxshi tarbiya insonning bebaho boyligidir.

Tarbiya vositasida yosh avlodni yetuk insonlar qilib yetishtirish oldimizda turgan eng

dolzarb mavzulardan biridir.

Maktab milliy madaniyat, milliy urf-odatlar va qadriyatlarimiz asoslarini o‘rgatadigan

asosiy maskandir. Zotan, o‘zligini, o‘z ajdodlari kim ekanligini, o‘z tili, o‘z milliy madaniyati va
tarixini, qadriyatlarini, urf-odatlari va an’analarini, tarixiy ma’naviy merosini bilmay turib haqiqiy
baynalmilal inson bo‘lish ham mumkin emas.

Jumladan, o‘z vataniga, o‘z millatiga – xalqiga sadoqat, fidoyilik, bag‘rikenglik,

adolatlilik, kamtarlik, mehr-muruvvatlilik, o‘zligini anglash, sevgi, vafo, ilmga chanqoqlik,
yuksaklikka intilish, mehnatsevarlik, bardoshlilik, sabr-qanoat, saxovatlilik, jasoratlilik, ogohlik,
turli illatlarga qarshi kurashuvchanlik, andishalilik, mehmonnavozlik, do‘stlik va birodarlikni
ulug‘lash, avlod-ajdodlariga cheksiz hurmat-ehtirom, o‘z millati, tilini va qadriyatlarini avaylab-
asrash kabilar millatimizga xos xususiyatlardir.

1913-yilda quyida keltirilgan xususiyatlarni o‘zida jamlagan A.Avloniyning “Turkiy

guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. Ushbu asarida Abdulla Avloniy tarbiyada bolalarning
fikrini rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor bilan qaratadi. Negaki, fikrlash iqtidorini egallash
oliyjanob g‘oyalar tomon intilish demakdir. Shunday ekan, aqlli odamning axloqsiz bo‘lishi qiyin.
Avloniy ana shu ikki tushunchalarni yaqin va birlikda ko‘radi.

Nihoyat, gap xulqqa kelib taqaladi. Avloniy ularni ikkiga – yaxshi va yomon xulqqa

ajratadi.

Muallifning fikricha, aql bilan ish tutish – fatonat, sa’y-g‘ayrat, shijoat, ilm egallash,

pokizalik, nazokat, sabr-toqat, intizom, vijdonli bo‘lish, vatanni sevish, haqtalablik, hamma
narsaga ibrat ko‘zi bilan qarash, hayo, iffat, til odobi, idrok va zako, munislik va xayrixohlik,
sadoqat, adolat, muhabbat, afv kabilarni yaxshi xulq sirasiga kiritadi va mukammal inson uchun
zarur bo‘lgan fazilatlar deb hisoblaydi. Adib bularning har biriga alohida-alohida to‘xtalib o‘tadi.
O‘z mulohazalarini dalillash uchun Aristotel, Platon, Gippokrat, Sa’diy, Mirzo Bedil singari
mashhur mutafakkirlarning fikrlarini keltiradi. Adib har bir axloqiy kategoriyaga o‘z munosabatini
bildirganda, albatta, o‘sha fikrini ifodalovchi bayt yoki biror maqol-hikmat ilova qiladi.

“Bir tog‘ning o‘rnidan ko‘chib ketganini eshitsangiz, ishoningiz, ammo bir odamning

xulqi boshqa bo‘ldi deb eshitsangiz ishonmangiz”, - demishlar.

Xulqi yomon yuz, ko‘zlidin na sud
Yuz, ko‘zli xulqni qilmas kashud
Xulq mariziga davo istasang,
Marg davosin berilur qistasang.
Xulqi yomoning keturar ko‘p zarar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1126

Xulqing o‘zi boshingga kaltak urar.
Xulqi fano bo‘lsa degil alhazar,
Xor-u zalilikda qolur darbador.
Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo‘lmishlar Agar nafs tarbiyat topib,

yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikg‘a tavsif bo‘lub “yomon xulq” deb atalur.

Avloniy shu bilan birga, so‘zning inson qadr-qimmatini belgilashdagi roliga umuminsoniy

qarashlardan kelib chiqib baho beradi. So‘zning ma’nosiga alohida diqqat qildi. Til va so‘z
odobiga oid umuminsoniy fikrlarni davom ettirdi. “So‘z insonning daraja va kamoloni, ilm va
fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozisidur. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va
quvvatini, qadr va qimmatini so‘zlagan so‘zidan bilurlar…”

“Agar so‘z aql va hikmatga muvofiq bo‘lib, o‘ziga yoki eshituvchiga bir foyda

chiqaradurg‘on bo‘lmasa, asalarilar orasidan go‘ng‘illab yurgan qovog‘arilar kabi quruq
g‘o‘ng‘illamoq faqat bosh og‘rig‘idan boshqa narsa emasdir. Boshimizga keladirg‘on qattiq
kulfatlarning ko‘pi yumshoq tilimizdan keladur. Shuning uchun “Ko‘p o‘yla, oz so‘zla” –
demishlar”.

Insonni bezaydigan sifatlar ko‘p. Chinakam inson yalqovlik va dangasalikni o‘ziga nomus

deb biladi. Yoshligidan ilm, ma’rifatga, hunar va san’atga mehr qo‘yadi. Mehnatning aybi yo‘q.
Qora ishchi bilan olimning zahmati ko‘rinishidangina tafovutli. Ammo ularning har ikkisi ham
mehnat qiladi. Mehnat bilan kun kechirish esa buyuk saodat. Aksincha “… bu ko‘murchilik, bu
temirchilik – manga munosib ish emas, deb dangasalik qilub, ishsiz yursa, zo‘r ayb,
g‘ayratsizlikdur…”

Shuningdek, inson moddiy ne’matlarni yaratishdan tashqari, ularning qadriga ham yeta

bilmog‘i kerakligi haqida to‘xtaladi.. Bular o‘zaro juda yaqin, biri ikkinchisidan kelib
chiqadurg‘on tushunchalardir. Kimki bir parcha nonni mehnat bilan topsa, uning qadriga ham
yetadi. Bu haqda adib quyidagi fikrni bayon etgan edi: “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning
qadrini bilmakni aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o‘rinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, o‘rni
kelganda so‘mni ayamas. Saxovatning ziddi baxillik o‘ldig‘i kabi iqtisodning ziddi isrofdir…”.

Avloniyning “Hayo dilni ravshan qiladirg‘on bir nurdirki, inson har vaqt shul ma’naviy

nurning ziyosiga muhtojdir” degan fikri ham o‘rinli bolib, unda ma’naviy nurning ziyosi shu
Zero, Hazrati Luqmon: “Iffat nomusning eng mahkam suyanchig‘idir. Nafsning hujumiga shul
quvvat ila muqobala qilinur” deydi.

xulq haqida so‘z yuritganda masalaga shunchaki, umumiy yondashib qo‘ya qolmay, balki

aniq gap aytishga intiladi. Adibning diqqat markazida hamisha insoniylik mezoni turadi. Bu mezon
esa doimo keng omma manfaatlari nuqtayi nazarini ifoda etadi.

Avloniy tarbiyaning doirasini keng ma’noda tushunadi. Uni birgina axloq bilan chegaralab

qo’ymaydi. U birinchi navbatda bolaning sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilish lozimligini uqtiradi.
“Turkiy guliston yoxud axloq “asari ma’rifatparvarlik g’oyalarini targ’ib qiladi. Adib kitobda ilm
haqida shunday deydi: “Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat oliy,
muqaddas bir fazilatdir. Zeroki, ilm bizga o’z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko’rsatur”,-
deydi. Xulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g’oyasining
targ’ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma’naviyatimiz


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1127

rivojlanishida qimmatli bir manba bo’lib xizmat qiladi. Bu ulug’ adib ijodi, amaliy faoliyati
bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi, desak adashmaymiz.

REFERENCES

1.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston, yoxud axloq. T., 2008.

2.

Mustaqillik davri adabiyoti. Toshkent., 2004.

3.

Begali Qosimov va boshqalar. Milliy uyg’onish davri o’zbek

4.

adabiyoti. Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

5.

Mirzayev S. O’zbek adiblari. “Fan”. 2002.

6.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. T., 2008.

7.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston, yoxud axloq. T., 2008.

8.

Mustaqillik davri adabiyoti. Toshkent., 2004.

9.

Begali Qosimov va boshqalar. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. Toshkent
“Ma’naviyat” 2004.

10.

Mirzayev S. O’zbek adiblari. “Fan”. 2002. 5. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. T.,
2008

References

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston, yoxud axloq. T., 2008.

Mustaqillik davri adabiyoti. Toshkent., 2004.

Begali Qosimov va boshqalar. Milliy uyg’onish davri o’zbek

adabiyoti. Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

Mirzayev S. O’zbek adiblari. “Fan”. 2002.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. T., 2008.

Abdulla Avloniy. Turkiy guliston, yoxud axloq. T., 2008.

Mustaqillik davri adabiyoti. Toshkent., 2004.

Begali Qosimov va boshqalar. Milliy uyg’onish davri o’zbek adabiyoti. Toshkent “Ma’naviyat” 2004.

Mirzayev S. O’zbek adiblari. “Fan”. 2002. 5. Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. T., 2008

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов