THE IDEAS OF MODERNISM AND THE SOLUTION OF EDUCATIONAL ISSUES IN ABDULLA AVLONI'S DRAMAS.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Zayniddinova, S. (2023). THE IDEAS OF MODERNISM AND THE SOLUTION OF EDUCATIONAL ISSUES IN ABDULLA AVLONI’S DRAMAS. Modern Science and Research, 2(12), 1119–1124. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27423
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

This article talks about the dramas of the great exponent of Jadidi, poet, writer, dramatist Abdulla Avloni, and the ideas and educational issues of Jadidi in them. Information about the works written by Abdulla Awlani thinking about the interests of the people and the education of the youth and the meanings in them aimed at gaining knowledge and being free are presented. Examples of some of his works are given and explained.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1119

ABDULLA AVLONIY DRAMALARIDA JADIDCHILIK G’OYALARI VA

TARBIYA MASALALARI YECHIMI

Zayniddinova Sevinch Jaloliddin qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Professional ta’lim fakulteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yoʻnalishi

202-bosqich talabasi

e-mail:

szayniddinova199@gmail.com

Telefon: +99895 0119904

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429290

Annotatsiya. Ushbu maqolada buyuk jadidi namoyondasi, shoir, yozuvchi, dramaturg

Abdulla Avloniyning dramalari va ulardagi jadidichilik g‘oyalari va tarbiyaviy masalalari haqida
so‘z borgan. Abdulla Avloniyning xalq manfaati va yoshlar tarbiyasini o‘ylab yozgan asarlari va
ulardagi bilm olishga, erkin bo‘lishga qaratilgan ma’no mazmunlar haqida ma’lumotlar
keltirilgan. Bazi asarlaridan na’munalar keltirilib, izohlanib o‘tilgan.

Kalit so‘z: Tarbiya, ta’lim, maktab, bilm, ma’rifat, mavzu, jadidichilik, maktab,

pedagogika, saviya, ilm, tavsif, g‘oya.

THE IDEAS OF MODERNISM AND THE SOLUTION OF EDUCATIONAL

ISSUES IN ABDULLA AVLONI'S DRAMAS.

Abstract. This article talks about the dramas of the great exponent of Jadidi, poet, writer,

dramatist Abdulla Avloni, and the ideas and educational issues of Jadidi in them. Information
about the works written by Abdulla Awlani thinking about the interests of the people and the
education of the youth and the meanings in them aimed at gaining knowledge and being free are
presented. Examples of some of his works are given and explained.

Key word: Education, education, school, knowledge, enlightenment, subject, modernity,

school, pedagogy, level, science, description, idea.

ИДЕИ МОДЕРНИЗМА И РЕШЕНИЕ ВОСПИТАТЕЛЬНЫХ ВОПРОСОВ В

ДРАМАХ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ.

Аннотация. В данной статье говорится о драмах великого представителя

джадиди, поэта, писателя, драматурга Абдуллы Авлони и о идеях и просветительских
проблемах джадиди в них. Приводятся сведения о произведениях, написанных Абдуллой
Авлани, размышляющих об интересах народа и воспитании молодежи, и о смыслах в них,
направленных на получение знаний и свободу. Приводятся и поясняются примеры
некоторых его работ.

Ключевые слова: Образование, воспитание, школа, знание, просвещение, предмет,

модернизация, школа, педагогика, уровень, наука, описание, идея.


Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo’lgan buyuk

ijtimoiy ishdir, u shu darajada buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiri ham tarbiya bilan
bog’liq. Abdulla Avloniy inson tarbisini bir-biri bilan uzviy bog’liq bo`lgan uch yo`nalishga
bo`ladi: badan tarbiyasi, fikr tarbiyasi va axloq tarbiyasi. Inson uuchn avvalo badan salomat
bo’lmog’i zarurdir, badan soq bo’lgandagina inson uchun zarur bo’lgan boshqa amallarni
singdirish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1120

Buning uchun ichkilik, ko’knor, nasha kabi inson badanini bevaqt zalolatga, tubanlikka

olib boruvchi, salomatlikka zarar, «ba’zi harom, ba’zi makruh» narsalardan asrashi kerak. Bu esa
Avloniy yozishicha, fikr tarbiyasi uchun zamin yaratadi. Fikr tarbiyasi farzandni komil inson
darajasiga ko’tarishda muhim omil hisoblanadi. Bu vazifani amalga oshirishda asosiy mas`uliyat
o`qituvchi zimmasiga tushadi. Chunki muallim dars jarayonida o`quvchilarni fikrlashga, hari
qanday voqea hodisaning mohiyatini chuqur idrok qilishga o`rgatadi.

Bu o’rinda A. Avldoniy ta`lim va tarbiya birligiga alohida ahamiyat beradi. Inson aqliy

faoliyatinnig ifodasi bo`lmish fikr tarbiyasi orqaligina katta sharafga, barkamollikka erishadi, bu
o`rinda o’qituvchinnig fikrlash doirasining kengligi, bilim saviyasinnig har jihatdan yuksakligi
o’quvchilari tarbiyasida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Fikrlash qobiliyatini rivojlantirish aql bilan
ish tutishga olib keladi: o`quvchilarni yaxshi xulqlar bilan yomon xulqlarni farqlashga, komil
inson uchun zarur bo’lgan yaxshi xulqlarni egallashga, insonni zalolatga yetaklovchi yomon
xulqlardan uzoq bo’lishga o’rgatadi.

Abdulla Avloniy asarnnig «Yaxshi xulqlar» bobida fatonat, diyonat, islomiyat, nazorat,

g`ayrat, riyozat, qanoat shijoat, ilm, sabri ilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni sevmoq,
haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, xavf va rijo, itoat,
haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, afv haqida atroflicha fikr yuritadi, o`z
qarashlarini dalillash uchun Qur`oni karim oyatlaridan, hadisi sharifdan namunalar, ulug’
mutafakkirlar Aflotun, Arastu, Suqrot, Buqrot, ibn Sino, Mavlono Rumsiy, Shayx Sa`diy, Mirzo
Bedil fikrlarini keltiradi.

Jadidchilik harakati namoyandalari qarbiy Yevropa ma’rifatparvarlari kabi ilm-ma`rifatni,

zamonaviy taraqqiyotni bayroq qilib ko’tardilar, taraqqiyotga to’g’anoq bo’layotgan mutaassib
ulamolarga, qadimchilarga qarash keskin kurash olib bordilar. Shuni unutmaslik kerakki, o’zbek
ma`rifatparvarlarining Yevropa ma’rifatparvarlaridan ajralib turadigan asosiy jihati shundaki,
ularnnig faoliyati zaminida millatni mustamlakachilik zulmidan ozod etish, istiqlol g’oyasi yotar
edi. Shuning uchun ham jadid mutafakkirlari oq va qizil imperiyaga birday ma’qul emas edilar.
Abdulla Avloniy pedagogik qarashlarida aql va ilmning yuksak darajada ulug’lanishi bevosita
insonni ulug`lash bilan uzviy bog`lanadi.

Chunki Olloh insonni barcha mavjudodlardan, mahluqotlardan ulug’ qilib yaratdi. Unga

ikki dunyo saodatiga erishishdek buyuk maqsad uchun Aql berdi. Inson shu Aql yordamida ilm-
ma’rifatni, taraqqiyotni egallaydi, dunyoni boshqaradi. Mana A. Avloniyning aqlga bergan ta’rifi:
«Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur...

Janobi haq insonni hayvondan so`z va aql ila ayirlishdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram

sallollahu alayhi vassalam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi haq
buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz», demishla

1

. Abdulla Avloniy inson

salomatligi to’g’risida fikr yuritar ekan, uning asosiy omillaridan biri tozalika haqida alohida bob
ajratadi. «Nazofati» deb nomlanuvchi bobida odamni xalq o`rtasida hatto Olloh qoshida sevimli
qiladigan vosita pokizalik - nazofatdir. Inson nafaqat o`z badanini, kiyim-kechagini, shu bilan
birga, yashab turgan joyini, muhitni, shahrini pokiza saqlashi kerak.

1

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar. 1-juz. 1-tab'i –Toshkent, 1909. 1-2-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1121

Atrofmuhitning nopokligi turli-tuman kasalliklarning paydo bo`lishiga sababdir. Afsus

bilan aytish kerakki, Avloniy yashab turgan va undan keyin ham mustamlaka ma`murlari
o`lkannig obodonchiligi va aholisinnig salomatligini xayollaoriga ham keltirmadilar, faqat
shaharlarning mustamlakachilari yashaydigan qismigagina e`tibor berdilar.

1907-yilnnig oxirlarida Turkiston o’lkasiga sayohat qilgan atoqli tatar ma`rifatparvari,

yozuvchisi Abdurashid qozi Ibrohimov (kelib chiqishi o`zbek) chor Rusiyasining Turkiston
o`lkasida olib borayotgan dahshatli mustamlakachilik siyosatini fosh etgan edi: «Rus Toshkandida
qoyat tartibli bino va savdo uylari, tekis uylar, elektr nurlarida sayr qilib yurishlar Ovruponing bir
namunasidir. Ammo musulmon Toshkendi aksincha. Ilk bahorda, bahor oxirida shahar ichida
uylardan piyoda yurib o’tishning ham iloji bo`lmay qoladi.

Buni hatto so’z bilan ham ta’riflab bo’lmaydi... holbuki, shahar bir shahardir, Toshkanddir,

idorasi, kirim-chiqimi bir, umum aholisinnig asosiy qismi musulmonlardir. Daromad asosan
musulmon qismidan olinur, sarf-harajatlar faqat xristian qismiga ajratilur, hokimiyat qudrati
ruslarda, mamlakat daromadi ham ruslarda. Rus qismlaridagi yo`llarga umum daromaddan pul
ajratiladi, ammo musulmon qismdagilarning yo’llari nima bo’lsa bo’lsin, bir so`m ham
ajratilmaydi: na bir tekis yo’l, na bir chiroq bor, hech vaqo yo’q». Johillik, qofillik, tanballik
ilmsizlikdandir. Ilm insoniyat baxt-saodati, istiqboli yo`lini yoritib turuvchi mash`aldir. Ilm bilan
inson martabasi yuksaladi, nominishoni ulug`lanadi, o’zi izzat-hurmatga sazovar bo`ladi.

A. Avloniyning ulug’ zamondoshlaridan Ahmad Donish «Fiqh va faroyiz, hisob va sijil

tib, nujum, shoirlik, muallimlik madaniyat uchun eng foydali bo`lib, shu bilan limning o`sishiga
yo’l ochadi. Biroq bulardan asl maqsad xalqqa foyda keltirishdan iborat bo’lishi lozim. Butun
hunarlarning a’losi ilmdir, uning pog’onalari cheksizdir», - deb yozadi «Navodirul-voqoye»
asarida. A. Avloniy «Turkiy guliston...» asarida ushbu masalaga «Ilm» va «Aqsomi ilm» boblarini
ajratgan. Aql ilm tajriba bilan kamol topadi.

Avloniy fikricha, ilm har ishda bizga rahnamo, ikki dunyo saodatiga noil etuvchi ulug’

ne’matdur. Ilmsiz kishi mevasiz daraxt kabidur. Uning eng yaqinlarigagina emas hatto o’ziga ham
foydasi tegmas. Asar muallifi ilmni ikki qismga: ilmi diniy va ilmi faniyga ajratadi. Ammo u bu
ismlar o`rtasiga to`siq qo`ymaydi, aksincha, diniy kishi bo`lish uchun ham hisob, handasa, tarix,
hikmat, tib, kimyo, ziroat kabi fanniy ilmlarni o`rganish zarurligini ta’kidlaydi. Muallif fikricha,
har bir millatning taraqqiy va taoliysi yoshlarning ilm va ma`rifatiga, hunar va san’atiga bog`liqdir.

Ammo bizdagi: «Ajabo Qur’onimiz, Payg’ambarimiz o’qingiz, deb amr qilg’on holda,

bizlar na uchun harakat qilmaymiz, boshqa millatlarnnig o’g’ullari qizlari kecha demay, kunduz
demay, yoz demay, qish demay ilm yo’lida jonlarini fido qilub, qovushub, yugurushib,
ko’zlarimizni qamashdurib turgan bir zamonda bizlar hamon uyqudan g`aflatdan, jaholatdan
boshimizni ko’tarmaymiz, ibrat olmaymiz. Payqambarimiz: «Olim bo’l, ilm talab qiluvchi bo’l,
yoki ilmni eshituvchi bo’l, hech bo’lmasa, shularga muhabbat qiluvchi bo’l, beshinchisi bo’lma,
halok bo’lursan», - demadilarmu?»

2

Bundan ham kattaroq to`siq mustamlakachi ma`murlar bo`lib, o`lkada har qanday ijobiy

yangilikni, ayniqsa, maorif sohasidagi o`zgarishlarga, «usuli jadid» maktablarining xalq
ma`naviyatiga kirib borishiga tish-tirnoqlari bilan qarshilik ko’rsatar, ularga qarshi kurashda

2

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar. 1-juz. 1-tab'i –Toshkent, 1909. 3-4-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1122

mutaassib ulamolardan ustamonlik bilan foydalanar edilar. Zamonaviy kasb-hunar maktablari,
oliy o’quv yurtlari ochish, millatni ilm-ma`rifat kuridan bahramand qilishni mustamlaka
ma’murlari hayollariga ham keltirmas edilar.

Ozgina bo’lsa-da, rus tili va aniq fanlardan ibtidoiy tushunchaga ega bo’lish uchun esa rus-

tuzem maktablaridagina o’qish mumkin edi, ammo bu maktablarning asl mohiyati, maqsadi
ma`lum edi.1907-yilda Turkiston o`lkasigasayohat qilgan Abdurashid qozi Ibrahimov bu
masalaga alohida e’tibor beradi. A. Avloniy mana shu tariqa sabr, hilm, miqyosi nafs, intizom,
vijdon kabi insoniy fazilatlari haqida chuqur ma`noli fikrlari bayon qiladi. Ammo Vatan haqidagi
qarashlari yanada muhimroq, yanada e’tiborliroq. Vatan Ona kabi yagona, Ona kabi muqaddas.
Bu mavzu nechanecha adabiyot va san’at ahllari e’tiborini o’ziga jalb qilgan.

E’tibor bering, 1970-yillar boshida Erkin Vohidov «O`zbegim», Abdulla Oripovnnig

«O’zbekiston» qasidalari o’zbek xalqi orasida shunchalari aks sado berdiki, hatto sho`ro
mafkurachilarini talvasaga solib qo’ydi. O’zbekiston bo’ylab birorta to’yu tomosha yo’qki, bu ikki
she’r to’lib-toshib o’qilmasa yoki qo`shiq qilib aytilmasa. Nega millat his-tuyqularini shunchalar
junbushga soldi bu ikki she’r Ongimizga 100 yildan ortiq o`zga millatning o`zga vatanning
«buyuk»ligini singdirib keldilar. Xalqimiz o`z millati va o’z Vatani haqida iliq bir so`zga intiq edi.
XIX asrnnig 90yillari oxirlarida rus-tuzem maktablarida o`qiydigan mahalliy millat bolalari uchun
S. M. Gromeniskiynnig uch kitobdan iborat «Kniga dlya chteniya» («O`qish kitobi») asari darslik
sifatida nashrdan chiqarildi.

N. Ilminskiy qarashlari zaminida yaratilgan ushbu darslikda Rusiyani, rus xalqini

ulug`lovchi, Rusiyani buyuk vatan sifatida ta`rif-tavsif etuvchi o`nlab nazmiy va nasriy matnlar
yerilgan edi. Bu darslikning shovinistik maqsadini jidad pedagoglari tushunib yetgan vamillat
farzandlarini vatanparvarlik, millatparvarlik ruhida tarbiyalash masalasiga alohida e`tibor qaratgan
edilar. Bu hol ular yaratgan har bir darslikda, har bir ilmiy,badiiy asarlarda yaqqol ko’zga
tashlanadi.

O‘zbek pedagogikasiga hissa qo‘shgan taniqli ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy

pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida o‘zbek xalqining eng yaxshi
an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir. Tarixida
Abdulla Avloniy birinchi marta pedagogikaga «Pedagogiya», ya’ni bola tarbiyasining fanidir»,
deb ta’rif berdi. Tabiiy bunday ta’rif Abdulla Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan
dalolat beradi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz.//Toshkent - 2017, “O’zbekiston”, 593 b

2.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 1-jild. 2-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat,

1998.

3.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 1-jild. 2-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat,

2006.

4.

Normamatov S. Abdulla Avloniyning til va nutq madaniyatiga oid qarashlari.J/O‘zbek

tili va adabiyoti. 2004, №4. –B.107-109.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1123

5.

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar, ifodai maxsusa. 1-juz, 1-tab'.–Toshkent, 2006.

82-83-b.

6.

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar. 1-juz. 1-tab'i –Toshkent, 1909. 1

7.

Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. –Toshkent,Ma'naviyat. 2006. 54

8.

Boboxonov A., Maxsumov M. Abdulla Avloniy pedagogik faoliyati. O‘qituvchi, -

Toshkent. 1966, 43

9.

Hayitmetov A. Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan. –Toshkent, 137-

10.

Normamatov S. Abdulla Avloniy she'riyati leksikasining ma'noviy- uslubiy
xususiyatlari. Filol.fan.nomz.

diss.avtoreferati.- Toshkent, 2011. –B.26


References

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz.//Toshkent - 2017, “O’zbekiston”, 593 b

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 1-jild. 2-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat, 1998.

Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2 jildlik. 1-jild. 2-nashri. – Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

Normamatov S. Abdulla Avloniyning til va nutq madaniyatiga oid qarashlari.J/O‘zbek tili va adabiyoti. 2004, №4. –B.107-109.

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar, ifodai maxsusa. 1-juz, 1-tab'.–Toshkent, 2006. 82-83-b.

Avloniy A. Adabiyot yoxud milliy she'rlar. 1-juz. 1-tab'i –Toshkent, 1909. 1

Avloniy A. Tanlangan asarlar. 1-jild. –Toshkent,Ma'naviyat. 2006. 54

Boboxonov A., Maxsumov M. Abdulla Avloniy pedagogik faoliyati. O‘qituvchi, -Toshkent. 1966, 43

Hayitmetov A. Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan. –Toshkent, 137-

Normamatov S. Abdulla Avloniy she'riyati leksikasining ma'noviy- uslubiy xususiyatlari. Filol.fan.nomz. diss.avtoreferati.- Toshkent, 2011. –B.26

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов