SOCIAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF CHILD PERSONAL EDUCATION IN THE WORKS OF ABDULLA AVLONI

HAC
Google Scholar
To share
Zayniddinova , S. (2023). SOCIAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF CHILD PERSONAL EDUCATION IN THE WORKS OF ABDULLA AVLONI. Modern Science and Research, 2(12), 1115–1118. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/27421
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Abdulla Avloni is one of the mature figures of the national renaissance period, one of the prominent representatives of the Jadidist movement. If we pay attention to the works of Abdulla Awlani, it is worth noting that their original content is aimed at education. The writer's work "Turkish Gulistan or Ethics" is one of the most important in this regard. The work contains many stories about morality, behavior, good and bad, patience, contentment, loyalty, justice, tyranny, obedience, elegance, poetry, etc. This article describes the educational aspects of Abdulla Avloni's work "Turkish Gulistan or Ethics".


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1115

ABDULLA AVLONIY ASARLARIDA BOLA SHAXSI TARBIYASINI

SHAKLLANISHINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Zayniddinova Sevinch Jaloliddin qizi.

Nizomiy nomidagi TDPU Professional ta’lim fakulteti

Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yoʻnalishi

202-bosqich talabasi

e-mail:

szayniddinova199@gmail.com

Telefon: +99895 0119904

https://doi.org/10.5281/zenodo.10429281

Annotatsiya. Milliy uyg‘onish davri yetuk siymolaridan biri bo‘lmish, jadidchilik

harakatining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan biri Abdulla Avloniydir. Abdulla Avloniyning
asarlariga e’tibor qiladigan bo‘lsak undagi asl mazmun ta’lim tarbiyaga qaratilganligi bilan
e’tiborga sazovordir. Adibning “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bu boradagi eng
asosiylaridandir. Asarda axloq, xulq, yaxshilik va yomonlik, sabr, qanoat, sadoqat, adolat, zulm,
itoat, nazofat, riyozat va hokazolar to‘g‘risida ko‘plab hikoyatlar keltirib o‘tilgan. Ushbu maqola
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asaridagi tarbiyaviy jihatlar bayon etilgan.

Kalit so‘z: Maktab, bilm, tarbiya, fikr, malaka, pedogogika, “Turkiy guliston yohud

axloq”, jadidchilik, milliy uyg‘onish, Abdulla Avloniy, faoliyat, dars jarayoni.

SOCIAL-PEDAGOGICAL CHARACTERISTICS OF THE FORMATION OF

CHILD PERSONAL EDUCATION IN THE WORKS OF ABDULLA AVLONI

Abstract. Abdulla Avloni is one of the mature figures of the national renaissance period,

one of the prominent representatives of the Jadidist movement. If we pay attention to the works
of Abdulla Awlani, it is worth noting that their original content is aimed at education. The writer's
work "Turkish Gulistan or Ethics" is one of the most important in this regard. The work contains
many stories about morality, behavior, good and bad, patience, contentment, loyalty, justice,
tyranny, obedience, elegance, poetry, etc. This article describes the educational aspects of
Abdulla Avloni's work "Turkish Gulistan or Ethics".

Key words: School, knowledge, education, thought, competence, pedagogy, "Turkish

culture and morality", modernism, national revival, Abdulla Avloni, activity, teaching process.

СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА СТАНОВЛЕНИЯ

ЛИЧНОСТНОГО ОБРАЗОВАНИЯ ДЕТЕЙ В ТВОРЧЕСТВАХ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ

Аннотация. Абдулла Авлони – одна из зрелых фигур эпохи национального

Возрождения, один из ярких представителей джадидистского движения. Если обратить
внимание на произведения Абдуллы Авлани, то стоит отметить, что их оригинальное
содержание направлено на образование. Произведение писателя «Турецкий Гулистан, или
Этика» является одним из важнейших в этом отношении. Произведение содержит
множество рассказов о морали, поведении, добре и зле, терпении, довольстве, верности,
справедливости, угнетении, послушании, элегантности, поэзии и т. д. В данной статье
описаны просветительские аспекты произведения Абдуллы Авлони «Турецкий Гулистан
или Этика».


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1116

Ключевые слова: Школа, знания, образование, мысль, компетентность, педагогика,

«Турецкая культура и этика», модернизм, национальное возрождение, Абдулла Авлони,
деятельность, учебный процесс.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Mutafakkir olim

Abu Nosir Forobiy ta’lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va
shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.

Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat

qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning
mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy
va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib
boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat,
sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini
e’tiborga olishi zarur. Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi,
jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin egallaydi. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina
bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan
iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni, o‘rganishidir”. Ma’rifat darg‘asi
Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yohud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli
qilib ta’riflaydi: “Tarbiya «pedago‘giya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur... Keyinchalik
Avloniy “Sadoyi Turkiston”, “Turon”, “Ishti-rokiyun” gazetalarida, “Kasabachilik harakati”
jurnalida bosh muharrir bo‘lib ishlaydi va shu barobarida o‘zbek matbuotining asoschilaridan biri
sifatida xalqqa taniladi.

Abdulla Avloniy o‘zbek teatrining asoschilaridan biri edi. U 1913-yilda “Turkiston” nomli

teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. “Turkiston” o‘zining qat’iy
Nizomini ham e’lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g‘oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy
edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (Abdulla Qodiriy) kabi XX asr boshlari
o‘zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr ozarbayjon va tatar
dramaturglari asarlari “Badbaxt kelin”, “Xo‘r-xo‘r”, “Jaholat”, “O‘liklar”, “Joy ijaraga olgan
kishi”, “Man o‘lmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”, “Qotili Karima”, “Uy
tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oila”larni o‘zbekchaga tarjima qilib sahnaga qo‘ygan.
Abdulla Avloniyning o‘zi Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“To‘y”), Boy (“Padarkush”)
rollarini ijro etgan. U truppa uchun “Advakatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki sevgi”,
“Po‘rtugaliya inqilobi” kabi dramalarini yozadi.

Abdulla Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning

asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan, jumladan, I.A.Krilovning 21ta masali, “Maymun ila
ko‘zoynak”, “G‘ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo‘lovchi”, “Qarg‘a ila Zag‘izg‘on”, “Tulki ila Qarg‘a”
kabi asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqqan.

Bu borada J.SHaripov “Maktab guliston” kitobidagi tarjimalarini atroflicha tahlil etib,

ularning sifatiga ham yuksak baho beradi. “Abdulla Avloniy asl nusxaning mazmunini, badiiy
nafosati, chiroyli obrazlarini to‘g‘ri talqin qilib, ehtiros bilan tarjima etgan”, – degan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1117

Abdulla Avloniyning 1913-yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. U

1917-yilga kelib ikkinchi marta nashr qilindi, asarda insonlarni “yaxshilik-ka chaqirguvchi,
yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm” – axloq haqida fikr yuritilgan.

U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb

nomlangan birinchi qismida u 31 fazilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20
illatga ta’rif beradi. O‘z mulohazalarini dalillash uchun Qur’on oyatlari va hadislardan,
shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa’diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafakkirlarning
fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy kategoriyaga o‘z munosabatini bildirgach, o‘sha fikrning
mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi. Avloniy “axloq ulamosi”ning
qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs
tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni
suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g‘azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning
belgilari deb biladi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyayev yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda,

Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib
kelayotgan o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim deydi. Mana, ulug‘
ajdodimiz nima deb yozganlar: "Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi,
baxtli bo‘lib izzat-xurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xonlikka tushishi, baxtsizlik
yukini tortishi, eʼtibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asr bolishi ularning o‘z ota-onalaridan
bolalikda olgan tarbiyalariga bogliq". Ushbu fikrga Prezidentimiz shunday fikr bildiradilar:
"Qarang, qanday bebaho, oltinga teng so‘zlar". Albatta bu soʻz qiymatini oltinga tenglashtirsak
mubolag‘a bo‘lmaydi. So‘z ichida qanchadan-qancha maʼno-mazmun yogʻilib turibdi. Albatta bu
so‘zlardan to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va farzand tarbiyasini chiroyli va mustahkam qilib berishni
oʻz oldimizga maqsad qilib qo‘yishimiz lozim.

Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik va milliy uyg‘onish g‘oyalarini kuylagan dastlabki

she’rlari o‘zbek milliy uyg‘onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo‘lib qoladi. U bu
turkumga mansub she’rlarida o‘zbek mumtoz adabiyotidagi she’riy shakllarni katta ijtimoiy
mazmun, ma’rifatparvarlik g‘oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.

Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she’r va masallar yozgan. Shoir bu

asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga,
mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg‘otishni maqsad qilib qo‘ygan. Uning ko‘pgina
she’rlari zamirida Vatanni sevish g‘oyasi yotadi. Shoir bu she’rlarida Vatanni sodda va samimiy
misralarda tasvirlaganki, faqat o‘sha 10-yillarning o‘rtalaridagina emas, balki bugungi maktab
yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin.

REFERENCES

1.

Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy
olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so‘zi”, 2017- yil 4-avgust .

2.

Shavkat Mirziyoyev.O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta
kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan
tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so‘zi”, 2020-yil 1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1118

3.

Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 2-жилд. Тошкент "Маънавият"
2006.

4.

Mamasoli Jumaboyev . O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti. Toshkent - "O‘ZBEKISTON"
– 2003

5.

Ulug‘bek Dolimov."Мilliy uyg‘onish pedagogikasi" «NOSHIR» ТОШКЕНТ – 2012

6.

Norboy о‘g‘li, H. F. (2023). Umumiy о ‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda raqamli
texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish: 1-SON 1- TO’PLAM
IYUL 2023 yil. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 1(1), 276-281.

7.

Inoyatova, Z., Karomatova, D., Adilova, M., & Khakimov, F. Improving the mechanisms
of using digital technologies in the management of general secondary education
institutions.

8.

Hayitov, A., & Abdurasulova, F. (2022). Interfaol metodlar asosida boshlang‘ich sinflar
darslarini samarali tashkil etish usullari. Science and innovation, 1(B7), 598- 604.

References

Shavkat Mirziyoyev.Adabiyot va san’at, madaniyatni rivojlantirish- xalqimiz ma’naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir. “Xalq so‘zi”, 2017- yil 4-avgust.

Shavkat Mirziyoyev.O‘qituvchi va murabbiylar – yangi O‘zbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanchimizdir. O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrigi,” Xalq so‘zi”, 2020-yil 1-oktyabr. № 207. (7709) 3-bet

Абдулла Авлоний. Танланган асарлар. 2 жилдлик. 2-жилд. Тошкент "Маънавият" 2006.

Mamasoli Jumaboyev . O‘zbek va chet el bolalar adabiyoti. Toshkent - "O‘ZBEKISTON" – 2003

Ulug‘bek Dolimov."Мilliy uyg‘onish pedagogikasi" «NOSHIR» ТОШКЕНТ – 2012

Norboy о‘g‘li, H. F. (2023). Umumiy о ‘rta ta’lim muassasalarini boshqarishda raqamli texnologiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish: 1-SON 1- TO’PLAM IYUL 2023 yil. Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 1(1), 276-281.

Inoyatova, Z., Karomatova, D., Adilova, M., & Khakimov, F. Improving the mechanisms of using digital technologies in the management of general secondary education institutions.

Hayitov, A., & Abdurasulova, F. (2022). Interfaol metodlar asosida boshlang‘ich sinflar darslarini samarali tashkil etish usullari. Science and innovation, 1(B7), 598- 604.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов